OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Saydi Umirov. Davr uning taqdirida
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSaydi Umirov
Asar nomiDavr uning taqdirida
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Saydi Umirov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Maqolalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm11KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
"Hurriyat" gazetasidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Davr uning taqdirida
Saydi Umirov

«
Ahmadjon Meliboyev ijodiga nazar
»

Uning maqola, ocherk, kitoblarini oʻqish, ma’ruza, hikoyalarini tinglash maroqli, mayin yumorga boy, ichakuzdi hangomalarini bir eshitgan odam yana eshitsam, hamsuhbat boʻlsam deydi, bosh muharrirlik mahoratiga boshqa bosh muharrirlar havas qilishadi, u yurtimiz ziyolilarini – adib, olim, san’atkor, musavvir, jurnalist, matbaachi, noshir, turli kasb sohiblarini yaxshi taniydi, ziyoli ahli ham, tabiiyki, uni yaxshi biladi, hurmat qiladi. Sal kam qirq yil davomida qalamkash, muharrir, rahbar sifatida yurt kezishlar, behisob uchrashuvlar, muloqotlar samarasi bu, albatta.

Ahmadjon Meliboyevni yaqin va uzoq xorijda ham biladiganlar ancha, u Qirgʻizistonning Olabuqa tumanida tugʻilib oʻsdi, Oʻshda oʻqituvchilar kursida tahsil olib, oʻzbek, rus tillarida saboq berdi, qirgʻizcha gapirish, yozishni oʻrgandi, Qozogʻistonda Boyqoʻngʻirda harbiy xizmatda boʻldi, u yerdan gazetalarga «Soldat maktublari» yuborib turdi. Oʻzbekistonda oʻqidi, ishladi, tanildi, Rossiyaga ham bir necha topqir bordi, Amerikasini ham ikki marta koʻrib keldi, Belgiya, Misr va boshqa davlatlarda boʻldi, taassurotlarini safarnomalarida roʻy-rost, xolis yoritishga intildi.

Ahmadjon Meliboyev bilimi kuchli, saviyasi yuqoriligi, dunyoqarashi kengligi, xushmuomalasi bois, turli kasb sohiblari bilan ularning oʻz tilida soʻzlasha, savol-javob qila oladi. Uni yaxshi biladiganlar gurung, muloqotlarini eslashadi, oʻzlaricha ta’rif-tavsif qilishadi.

Men ham bir-ikki voqeani keltiray. Oʻn toʻrt yil muqaddam bilimdon olim, mohir pedagog Boyboʻta Doʻstqoraevning ellik yoshini nishonlash uchun bir guruh ijodkorlar Chiroqchiga borgandik. U oʻqigan maktabda uchrashuv, qarindosh – urugʻ, doʻst-birodarlari davrasida gurunglar boʻldi. Qaerda boʻlmaylik, Ahmadjon nuqtadon notiq, hazil, askiya, latifa ustasi sifatida barchani ogʻziga qaratdi, davraning guli boʻldi, tumanning oʻzida ham muxlislari, tanish-bilishlari koʻpligiga amin boʻldik. Ketish oldidan Chiyali bozorga kirdik. Chiroqchiliklar odamning jonidan boshqa hamma narsa bor, oʻgʻrisi yoʻq, deya faxrlanib yuradigan Chiyali bozorini aylandik. Goʻsht rastasidagi tartib, ayniqsa, havas qilgulik edi. «Buning bahosi qancha boʻldi», - dedi «OʻzAS» bosh muxarriri semiz qoʻy goʻshtiyu dirillab turgan oq quyruq egasiga ishora qilib.
– Sizga tekin, Ahmadjon aka dedi sotuvchi yigit jilmayib, - Televizorlarda koʻrib, gazetangizni oʻqib turamiz.» Ahmadjon mutaassir boʻldi.

Xayol beixtiyor yana uzoqlarga olib ketdi. Oʻttiz yetti yil burun boʻlgʻusi talabalardan kirish imtihoni olib turibmiz. Savollarga boshqalardan uch-toʻrt yosh kattaroq, boʻyi tikroq, koʻzlari chaqnoq yigitning ona-tili va adabiyotidan savollarga burro va toʻliq javoblari bizni toʻliq qanoatlantirdi, qoʻshimcha savollarga ham sharillatib javob berdi. Sherigim bilan bahomiz yakdil - «5» boʻldi. Kamoli xursand boʻlganimdan «Sizdan kelajakda oʻtkir jurnalist, zoʻr muharrir chiqadi», deb yuboribman. «Yaxshi gap yaxshi-da, farishtalar omin der ekan», deya ba’zan ushbu voqeani eslatib turadi Ahmadjon.

Ahmadjon talabalik yillaridayoq matbuotda bot-bot chiqib turardi. Jurfakni tugatishi bilanoq yoshlar gazetasiga ishga oʻtdi, qalami yanada charxlandi, keyin «Yosh gvardiya» nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari sifatida koʻplab kitoblar yuzaga kelishiga bosh qoʻshdi, oʻzi ham «Bir zaminda yashaymiz», «Umidli dunyo», «Ikkinchi iste’dod» , «Salim buvaning sarguzashtlari (ikki tilda)» nomli kitoblar chiqardi.

Kuzatuvchanlik, sinchkovlik, boshqalar e’tibor bermagan narsalarga e’tibor berish, koʻrmagan narsalarni koʻrish, dolzarb mavzu, muammolar topish, «eski» mavzularning yangicha qirralarini koʻra bilish, matnga mayin iliq yumor singdirib yuborish Ahmadjon Meliboyev asarlariga xos fazilatlardanki, bu ilk maqolalaridayoq namoyon boʻlgan edi. Gazetaga endi ishga oʻtgan kezlari «Bir narsa yozuvdim, koʻrib fikringizni aytsangiz», deb qoldi. Qishloqda oʻtgan bir toʻy haqida ekan. Bu mavzuda qancha narsa yozilgan, yozilayapti, yozilajak, biror yangi gap aytib boʻlarmikan, deya fikr oʻtdi hayolimdan boshda. Oʻqib koʻrsam, chindan ham, yangi, ma’qul, maqbul gap aytibdi. Kechki bazm. Bir guruh qalamkashlar vaqt ajratib, yoʻl bosib shahardan borishadi. «Yangi mehmonlar kelishdi, ashuladan boʻlsin», deyishadi toʻy sohiblari xonandalarga. Koʻzlari suzilib, esnab turgan «san’atkor» boshlab yuboradi:

Nasihatim eshit, ey oʻgʻlon,
Toʻyingga keladi yaxshi ham yomon

«Charchab kelib, endi nonga, choyga qoʻl uzatgan edik, hushyor tortib bir-birimizga qaradik», yozadi muallif. Ikkinchi «san’atkor» esa xirqiroq ovozda avjini oladi.

Ba’zilar oshingni yer,

Andin keyin boshingni yer.

«Endi oshga qoʻl uzatgan edik, darhol lagandan qoʻl tortdik». Biri-biridan sayoz, saviyasi past ashulalardan hammaning ensasi qotgani, toʻy sohiblari hijolatda qolgani maqolada afsus-nadomat bilan tavsiflanadi. Ishni tugatib, toʻyga kelgan shu yerlik shofyor yigit, iltimoslarga koʻra, rubobni qoʻlga olib mumtoz ashulalardan birini shirali, mayin ovozi bilan shu qadar goʻzal ijro etadiki, yosh-yalang, hatto chol-kampirlar beixtiyor oʻyinga tushib ketishadi, otarchilar – pul bandalari sekingina juftakni rostlab qolishadi.

Yosh muallif oddiy, hayotiy voqeani shu tarzda goh jiddiy, goh hazil ohanglarda tabiiy, samimiy tasvirlashga uringan edi, sargʻayib ketgan gazeta varagʻini hali-hozir talabalarga namuna sifatida koʻrsataman.

Publitsist maqoladan maqolaga, kitobdan kitobga oʻsib, qalami qayralib bordi.

Ahmadjon Meliboyev yirik, salmoqli maqola, ocherklar yozishga ham (Chingiz Aytmatov bilan qurgan suhbatlari, ijodi, faoliyati haqidagi turkum maqolalari, xorijiy safarnoma, esselari, ekologiya, ma’naviyat, qadriyatlarning dolzarb, ogʻriqli muammolarini dadil koʻtargan oʻtkir chiqishlarini eslaylik), bir chimdim ichakuzdi qatralar, qiziq hangomalar yozishga ham (adib, san’atkorlar hayoti ijodiga oid maroqli voqea, kulgili hikoyalari bunga misol) birdek mohir.

«Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligiga bosh muharrirlik qilgan 1988-2000 yillar Ahmadjon Meliboyev hayoti, ijodiy faoliyatida eng qizgʻin, samarali davr boʻldi. Qayta qurish, oshkoralik, turfa fikrlik, hur fikrlikni eng koʻp va xoʻp aks ettirgan jasoratli, mahoratli nashr, shubhasiz, «Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati» boʻldi. Ijtimoiy hayot, tarix, adabiyot, til, din, ekologiya, ma’naviy qadriyatlarning dolzarb, ogʻriqli muammolariga oid oʻtkir chiqishlar koʻproq shu gazetada chop etildi, adadi 1988 yildagi 220.000 nushadan 1990 yilda 900.000 nushaga yetdi. Eng sara maqolalardan tartib berilgan ikki jildlik «Fitna san’ati» kitobi badiiy publitsistikamizning gultoji boʻldi. Orada mas’ul lavozimda toʻrt yilcha ishlab, yana qadrdon nashri rahbarligiga qaytgach, tez orada gazeta yanada maroqliroq, mazmunliroq chiqa boshladi. Gazetaning oʻtgan yil, 21 oktyabr – Til bayramiga bagʻishlangan soni haqida «Har soning qadr oʻlubon, har sahifang oʻqishli boʻlsin» nomli matbuot obzori maqomida bir narsa yozib, «Hurriyat»da chiqqan edim. Darhaqiqat, har bir sonida eng kami ikki-uchta voqea boʻladigan, oʻqimasa armon boʻlib qoladigan material beriladi. E’tiborga, e’tirofga loyiq, qiziqib oʻqiladigan materiallarda biri «Muharrir minbari» rukni ostida berilayotgan turkum maqolalardir. Hozir ular soni 100 dan oshdi. Aksariyati Ahmadjon Meliboyev qalamiga mansub ushbu maqolalarni, ta’bir joiz boʻlsa, boshlovchi maqola deb atagan boʻlardim. Shoʻrolar zamonida bosh maqola keng urf boʻlgan, ayniqsa, «Pravda» bosh maqolalarining oʻzi yozgan edi. Hukmron mafkuraning karnayi boʻlgan, rasmiy, zerikarli uslubda yozilgan ushbu dabdabali, dagʻdagʻali bosh maqolalar ittifoqchi respublikalar gazetalarida koʻchirilib, tarjima qilib bosilar, uning koʻrsatmalari bilan hisoblashmay iloj yoʻq edi. SSSR parchalanib kompartiya barham topib, sobiq respublikalar mustaqillikka erishgach, da’vatkor, «dono» bosh maqolalarga ham zarurat, hojat qolmadi, ular oʻrnini «Muharrir minbari» ruknidagi jonli, tabiiy yozilgan, oʻquvchini muammoni birga oʻylashga, ijodiy hamkorlikka undaydigan maroqli boshlovchi maqolalar egallamoqda, «OʻzAS»da bosilgan bunday maqolalardan tarkib topgan «Hushtakni kim chaladi?» kitobi tezroq chiqishini orziqib kutamiz. Yaqinda 50 yilligini nishonlagan «Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati» da she’ri, hikoyasi, ocherki, suhbati, tarjimasi, surati bilan chiqishni har bir ijodkor sharaf deb biladi. Gazetaning saviyasi ancha baland, talab ham shunga yarasha yuqori. Jiddiy chiqishlari bilan jamoatchilikni oʻylantiradigan, hazil-mutoyibalari bilan kuldiradigan, salkam qirq yil davomida jurnalistikaning qattiq nonini yeb, imtiyozu imkoniyatlaridan bahramand boʻlib kelayotgan hamkasbimiz oʻzini ayamay, tunni kunga ulab mehnat qilishlari, muharrir sifatida ba’zan yumshoq gilamlar ustidan ohista yurib borib qattiq gap eshitishlari, matbuotning toʻgʻri, toʻqmoqli soʻziga chiday olmagan amaldorlar bilan tortishishlar, sud jarayonlarida qatnashishlar, oʻtmaydigan matohini oʻtkazish uchun hol-joniga qoʻymaydigan qalam ahli bilan dod-muomalalar, hatto shirin yolgʻonlar aytishga toʻgʻri kelishlar, yolgʻiz oʻzigagina ayon nuqsonlar, bari-barisi, pirovardida yurakka ogʻir tushadi, gohi-gohida bezovta qilib, ogohlantirib turadi.

Xomsut emgan bandamiz. Ba’zan hamkasbimizning oʻzidan ham oʻtadi, me’yorni sal oshirgan, hazil qilaman deb ta’bi nozik odamning dilini ogʻritib, qiziq gap aytaman deb qovun tushiribroq, kishini oʻylantiribroq qoʻygan hollar ham boʻlib turadi. Hazilni birov toʻgʻri tushunadi, koʻngliga olmaydi, birov zohiran sezdirmaydi-yu, diliga tugib qoʻyadi. Biz-ku uzoq yillik qadrdonmiz, bir-birimizga ustozu shogirdmiz, har qancha hazil boʻlsa koʻtaramiz, lekin e’tirozli fikrlar, tanqidiy gaplar boʻlsa yuzimizga aytamiz. Aytamiz-u koʻp oʻtmay shirin suhbatlari, hazil-mutoyibalari, maroqli maqolalarini sogʻinib qolamiz.

Ahmadjon Meliboyevning ilk kitobi «Bir zaminda yashaymiz» deb, hozir nashriyotga topshirgan kitobi «Yolgʻiz yashab boʻlmaydi» deb ataladi. Kitoblar nomi yozuvchi ijodiy kredosiga ishora qilib turadi. Solijon Sharipov kuzatganidek, Abdulla Oripov lutf etganidek, fazodan «Quvaning anoricha» koʻrinadigan ona sayyoramizni e’zozlaylik, tinch-totuv yashab hamkoru hamdast boʻlib uni yashnataylik.