OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSaylovboy Jumagʻulov
Asar nomiMening xotinim yozuvchi (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/Qoraqalpoq adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Saylovboy Jumagʻulov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonQoraqalpoq tilidan Yorqul UMAROV tarjimasi
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/12/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Mening xotinim yozuvchi (hajviya)
Saylovboy Jumagʻulov

Yozuvchilik ham koʻngilga tegib ketarkan. Mana shu kasbga kirishganimga ham yigirma besh yil boʻlibdi. Am¬mo hech narsa orttirmabman. Haliyam yosh yozuvchiligimcha qolibman. Shuncha narsa yozibman-u birorta sov¬ringa sazovor boʻlmabman. Bor-yoʻgʻi yozganim toʻrt-besh qissa, toʻqqiz drama, yuzga yaqin katta-kichik hikoyalar ekan. Bundan tashqari taxtaning qalinligiday uch kitobim yorugʻlik yuzini koʻribdi, xolos. Ijodimning tugagani shu boʻlsa kerak. Endi qalam-daftarni yigʻishtirib, sakkiz soatlik ish topsammikin?!

Tashqariga chiqsam, doʻkonchi xotinim hovlining kun¬chiqar tomonidagi oʻrindiqda pista chaqib oʻtirardi.

– Oyshaxon, – dedim uning qitiq-patiga tegish niyatida: – Sen yozuvchi boʻlishni istarmiding?

Bu soʻzimga xotinim qotib-qotib kuladi, «Meni kalaka qilayapsizmi? Men bir doʻkonchi boʻlsam, savdo xodimidan yozuvchi chiqarmidi?» – deya xafa boʻladi, deb oʻylagan edim.

Lekin xayollarim puch boʻlib chiqdi. Xotinim gapimga parvo qilmasdan pista chaqqanicha: ..

– Harakat qilib koʻray-chi! – dedi esnab.

Doʻkonchi xotinim shu kuni ijod xonamning kalitini olib, yozuv stolimga borib oʻtirdi. Hayron boʻlib qotib qolgan joyim shundaki, anchagina yozuvchilik taj¬ribasiga ega, matbuotda tanilib qolgan mendek eridan maslahat ham olmadi. Bugungi muhim boʻlgan tijorat mavzuida yozmasdan, antiqa doʻkon ochganligi toʻgʻrisidagi oʻzining boshidan kechirgan voqealarni qogʻozga tushirishga kirishdi.

Tongda turib oʻqisam «Doʻkonchi qiz» degan yetti yarim betlik hikoya paydo boʻlibdi. Ba’zi yerlarini tuzatib berdim. U bozorga borib, yoʻl-yoʻlakay yoshlar gazetasiga topshirib qaytdi. Hikoya ikki kundan soʻng «Mening birinchi hikoyam» rukni ostida bosilib chiqdi.

Shu kuni kechqurun telefonda tahririyatda ishlaydigan allakimning uzoq maslahatini olib, yana yeng shimarib yozuvga oʻtirdi. Oradan hafta oʻtgani yoʻq. Uning yetti yarim betli hikoyasi birdaniga «Doʻkonchi qizning kundaligi» degan yangi ochilgan gazetalarning birida: «Davomi. Boshi gazetamizning oʻtgan sonlarida», – degan koʻrsatkichlar ostida bir yarim oy uzluksiz bosilib turdi.

Qissa bosilib chiqishi bilan xotinimning obroʻyi birdaniga oshib ketdi. Endi u turli tashkilotlarga uchrashuvlarga chaqiriladigan boʻldi. Uning nomi mashhur yozuvchilarning ma’ruzalarida tilga olinardi.

Oradan uch-toʻrt oy oʻtgani yoʻq. Men oʻylaganimday, qalam haqi chor atrofdan qorday yogʻa boshladi. Dastlab «oʻzi chiqqani bir qissa boʻlsa, bu pullar adashib yurgan boʻlmasin«, deb oʻyladim. Tekshirtirib koʻrsam, hammasi toʻgʻri ekan.

Televidenieda ishlaydigan bittasi xotinimning asari boʻyicha ikki qismdan iborat telekoʻrsatuv tayyorlabdi. Taniqli rejissyorlarimizdan bittasi bu asarni teatr uchun sahnalashtirishni boshlab yuboribdi. Yil oʻtmasdan xotinim Yozuvchilar uyushmasiga bosh maslahatchi boʻlib koʻtarildi. Endi uning uzundan-uzoq ismi plenumlarda, katta-katta yigʻinlarda, matbuotlarda tez-tez tilga olina boshlandi. Hatto nomdor tanqidchilarimizning ham nazaridan chetda qolmadi. Ular bizning xotinning qissasi mazmuni bilan gʻoya¬sini chuqur oʻrganishga yeng shimarib ishga kirishib ketdilar.

Holimga maymunlar yigʻlay boshladi: men endi bir umr koʻplab asarlar yozgan xonamning eshigini qoqib kiradigan boʻldim. Ovqat pishirish, bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanishlar kaminaning zimmasiga tushdi.

Telefon qurgʻur ham kunu tun xotinim uchun jiring¬laydigan boʻldi.

Yaxshisi, yozuvchiligimni qaytadan qoʻlimga olma¬sam boʻlmas! Yozuvchilar uyushmasiga bordim. U yerdagilar meni iliq kutib olishdi. Adabiyotga yana qay¬tishimni ma’qullashdi. Yaqinda a’zolikka qabul qilishga va’da berishdi. Ammo buning uchun taniqli ikki yozuvchidan tavsiyanoma olishim kerak ekan.

– Bittasini oʻzim beraman, – dedi meni iliq kutib olgan yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi. – Meniyam mashhur shoirlardan obroʻyim kam emas. She’rlarimning toʻrtinchi toʻplami chiqish arafasida. mas’ul kotib degan nomim bor. Ammo sizdan iltimos, ikkinchi tavsiyanomani mendan kuchliroq boʻlgan yozuvchi beraqolsin.

– Unda respublikamizdagi taniqli yozuvchilardan biri, bir nechta mukofotlarning sovrindori Turimbet Qoʻspoʻlatovdan olsam qanday boʻlarkan?

– U boʻlmaydi. Romanlari talabga javob ber¬maydi. Koʻchirmachi deyishyapti.

– Mashhur shoir Xoʻjaboy Seitovdan olarman. Toʻqqizta kitobi chiqqan.

– Shoiringizning she’riy toʻplamlari kitob doʻ¬konlarida oʻtmasdan ichiga suvaraklar uya qurib olgan.

– Boʻlmasa, kimdan olay axir?

– Qiziq ekansiz-ku, – dedi mas’ul kotib ach¬chiq¬lanib. – Yoki boʻlmasa joʻrttaga oʻzi aytsin, deb turibsizmi? Koʻpchilik taniydigan, siz tavsiyanoma olishga arziydigan yozuvchi uyingizda yashaydi-ku?

– Voy-boʻy, mening xotinimni aytayapsizmi?

– Ha-da. Bizda undan boshqa mashhur yana kim ham bor? Ana shu kishidan zoʻr tavsiyanomani ola¬siz. Boʻlmasa, biz sizni a’zolikka qabul qila olmaymiz.

… Men shu yerdagi oʻrindiqqa behol oʻtirib qol¬dim. Yopiray, u menga a’zolik uchun tavsiyanoma berarmikin? Toʻgʻrisi, boshim qotib qoldi...

– Balo uribdimi, berar. Axir u bilan bir uyda turamiz-ku!..

«Yoshlik» jurnalining 2011-yil, 7-sonidan olindi.