OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Sergey Dovlatov. Akam (hikoya)
 
Asarga baho bering

3 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSergey Dovlatov
Asar nomiAkam (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Belletristika
Mualliflar
   - Sergey Dovlatov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonNizom Komil
Hajm36KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Urugʻ-aymogʻim» kitobidan


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Akam (hikoya)
Sergey Dovlatov

Hayot xolavachcham Boryani – men uni aka derdim – qip-qizil jinoyatchiga aylantirdi-qoʻydi. Omadi chopgani shu-da. Aks holda, xudo urib, kattakon bir partiya arbobi boʻpketarmidi...

Bunday deyishga vajkarsonlarim yetib ortadi. Lekin hozircha shoshmay turaylik...

Xolam baobroʻ adabiy muharrirlardan edi. Eri Aron harbiy shifoxonaning boshligʻi oʻlib, salomatlik toʻgʻrisida ma’ruzalar oʻqib turar, buning ustiga, turli-tuman markalar yigʻish bilan shugʻullanardi. Xullas, risoladagiday oila edi.

Akamning dunyoga kelishi antiqa boʻlgan. Qizlik chogʻida xolamning boshiga ham ishq savdosi tushgan. U Sergey Mironovich Kirovning muovini Alek¬sandr Ugarovni sevib qolgan. Leningradlik qariyalar obkomning taniqli bu arbobini hali-hali eslashadi.

Uning oilasi bor edi. Xolamni nikohga chap berib tuzoqqa ilintirgan ekan-da.

Shuytib, xolam homilador boʻpqoladi.

Tugʻish payti yaqinlashadi. Uni tugʻruqxonaga olib ketishadi.

Onam Smolniyga boradi. Ming mashaqqat bilan Kirovning oʻrinbosari huzuriga kirib, ahvolni tushuntiradi.

Ugarov qovogʻini solib, kimlargadir topshiriq beradi. Obkom yugurdaklari tugʻuruqxonaga ketma-ket gul va meva-cheva tashiy boshlaydi. Xolamning uyiga qarta oʻynashga moʻljallab yasalgan naqshinkor stol eltib qoʻyishadi. Chamasi, sinfiy yot unsurlardan musodara qilingan chiqarov.

Xolam istarasi issiq, pahlavonkelbat oʻgʻil tugʻadi. Men aka deb oʻsgan Borya – shu. Onam obkomga yana boradi. Lekin ichkariga kirolmaydi. Ugarov kekkayib ketgani uchun emas. Ioʻq. U xalq dushmani sifatida qamoqqa olingan edi.

Uttiz sakkizinchi yil edi... Xolam qoʻlida chaqalogʻi bilan qoladi.

Yaxshiyam Ugarov eri emas ekan. Boʻlmasa, xolamni surgun qilishardi. Shundoq boʻladiki, arbobning xotini bilan farzandlari Sibirga joʻnatiladi. Bunisiyam yaxshi emas, albatta. Lekin nachora...

Anglashimcha, xolam bilib turib shu ishni qilgan. U chiroyli, sergʻayrat va oʻziga ishongan ayol edi. Hech narsadan tap tortmasdi. Faqat... partiyaviy tanqiddan choʻchirdi.

Shu orada Aron paydo boʻladi. U xolamni qattiq sevib qolib, unga uylanadi.

Aron shlyapa tikadigan ustaxona egasining oʻgʻli edi. U boshqa yahudiylarga – mijgʻov, nimjon, kaltabin va xayolparast qavmdoshlariga oʻxshamas, baland boʻyli, baquvvat va matonatli kishi edi. Sobiq inqilobchi talaba, qizil askar, nepchi. Keyinchalik – ma’muriy idora xodimi. Va nihoyat, keksaygan chogʻida – revizionist va dissident...

Aron xolamni yeru koʻkka ishonmasdi. Uni dada deb chaqaloqning tili chiqdi.

Urush boshlandi. Biz Novosibirskka borib qoldik. Borya uch yoshga toʻldi. U boqchaga qatnar, men hali goʻdak edim.

Borya boqchadan oq qand opkelardi. Asta lunjidan chiqazib likobchaga qoʻyardi.

Men «emayman» deb tantiqlik qilardim.

Boryaning xunobi oshardi:
– Qand erib ketadi-ku...

Keyin urush tugadi. Ochlik ham barham topdi.

Akamning boʻyi choʻzilib, Gʻarbiy ovrupolik yigitlarday chiroyli oʻspirin boʻlib qoldi. Koʻzlari koʻm-koʻk, sochlari jingalak. U progressiv italyan kinolaridagi yosh qahramonlarni eslatardi. Harqalay, qarindosh-urugʻning nazarida shunday edi...

U benuqson sovet bolasi edi. Pioner, a’lochi, futbolchi, temir-tersak yigʻuvchi. Kundalik tutib, ulugʻ zotlarning hikmatli soʻzlarini yozib borardi. Hovlisiga qayin koʻchati oʻtqazgan edi. Drama toʻgaragida unga yosh gvardiyachilarning rolini topshirishardi...

Men undan kichkina boʻlsam-da, rasvo bola edim. Har doim uni menga oʻrnak qilib koʻrsatishardi.

Akam rostgoʻy edi, sipo va bilagʻon edi. Hamma menga pisanda qilardi: qara, Borya yaxshi oʻqiydi, ota-onasiga yordam beradi, sport bilan shugʻullanadi... Borya rayon olimpiadasida gʻolib boʻldi... Borya yarador qushni davoladi... Borya detektorli priyomnik yasadi. (Ulay agar, buning nimaligini qaligacha bilmayman.)

Vo darigʻ! Usha kunlari koʻz koʻrib quloq eshitmagan bir voqea yuz bersa boʻladimi! Bay-bay-bay-bay! Aytishga betim chidamaydi. Uyat, uyat...

Qoʻying-chi, akam maktab direktorining ustiga siyvordi-da-ey!

Bu bema’nilik darsdan keyin sodir boʻladi. Akam fizkulturachilar kuniga bagʻishlangan devoriy gazeta chiqarayotgan ekan. Atrofida – sinfdoshlari.

Kimdir derazaga qarab:
– Iskovuch kelyapti! – deydi.

(Maktab direktori Chebotaryovga shunday laqab qoʻyishgan edi.)

Bu yogʻi ketdi – akam sakrab deraza rafiga chiqadi. Qizlardan teskari qarab turishni soʻraydi. Masofani obdon chamalab turib... choptirivoradi-da yaramas. Direktor boshdan-oyoq harom boʻladi.

Ana hangoma, mana hangoma! Birovga aytsangiz ishonmaydi. Oradan biror oy oʻtgach, shu voqeaga guvoh boʻlganlarning oʻzlari ham, buni xuddi tushlarida koʻrganday, ikkilanib yurishdi. Manzara chindan ham mudqish va ayanchli edi.

Direktor Chebotaryovni-ku qoʻyavering, baqa boʻlib qolgan ekan u. Keyin birdan gezarib-boʻzarib bidirlay ketadi:
– Men senga oʻxshaganlarni zonada ishtonchan emaklatganman, iblis! Mening sovunimga kir yuvmagansan qali!

Shu tobda Chebotaryovning tomirlarida sobiq turma ishboshisining qoni gupuradi. Kim bilibdi deysiz! Mudom bashang kiyinib yuradi: boshida novvotrang shlyapa, egnida jujuncha, qoʻlida qappaygan portfel...

Akam bu qilgʻiliqni maktabni tugatishiga bir qafta qolganda qildi. Naqd boʻlib tur-gan oltin medaldan maqrum boʻldi. Ota-onasi unga yetuklik attestati berishga direktorni zoʻrgʻa koʻndirishdi.

Ushanda akamdan soʻradim:
– Nega bunday qilding?
– Men qar bir oʻquvchi pinqona orzu qiladigan ishni qildim, – dedi akam. – Iskovuchni koʻrdimu shu zaqoti bir qarorga keldim – yo qozir, yoki qech qachon! Hozir ayni payti! Shu ishni qilmasam, oʻzimdan ixlosim qaytadi...

Usha kezlardayoq badxohlik qonimda bor ekanmi, tilimni tiyolmadim:
– Maktabing peshtoqiga yuz yildan keyin mana shunday lavha oʻrnatib qoʻyishadi: «Bu yerda Boris Dovlatov oʻqigan... Uning kimligini oʻzingiz bilasiz...»

Akamning nojoʻya qilmishi bir necha oy muhokama qilindi. Keyin Boris teatr san’ati institutiga oʻqishga kirdi. San’atshunos boʻlmoqchi edi. Uning xurmacha qiligʻi unutila bordi. Institutda yaxshi oʻqirdi-da. Komsomol tashkilotining kotibi edi. Yana – bebiliska qon beradigan donor, devoriy gazeta muharriri, futbolda darvozabon...

Akam ulgʻayib, yanayam ochilib ketdi. Rostdan ham italyan kinoaktyorlariga oʻxshardi. Qizlar ortidan ergashib yurardi.

Shunga qaramay, u ma’sum va uyatchan yigitligicha qolgan edi. Qizlarning noz-karashmasi unga yoqmasdi. Kundaligida yozilgan manovi gaplar yodimda qolgan:

«Kitob bilan ayol zotidagi eng muhim narsa – shakl emas, mazmun...»

Hatto hozir, dunyoga butkul qoʻl siltab qoʻyganimdan keyin ham, bunday «hikmat» menga bema’ni tuyuladi. Men, avvalgiday, chiroyli ayollarni yoqtiraman.

Bundan tashqari, bid’atga berilgan odamman. Mana, masalan, semiz ayollar yolgʻonchiday tuyulaveradi menga. Ayniqsa – oʻzi semiz-u, siynasi bebaraka ayollar...

Darvoqe, gap men haqimda emas.

Akam institutni bitirdi. Imtiyozli diplom oldi. Komsomoldagi ishlari ham tahsinga sazovor edi.

U choʻlquvar hamda qurilish otryadining komandiri boʻldi. Militsiyaga koʻmaklashish drujinalarida javlon urdi. Kishilar ongidagi kapitalizm illatlariga qarshi ayovsiz jang qildi.

Butun mikrorayonda akamning nigohiday bokira nigoh hech kimda yoʻq edi...

Boris Lenin komsomoli nomidagi teatrga adabiy maslahatchi boʻlib ishga joylashdi. Bu endi aql bovar qilmas gap edi. Ona suti ogʻzidan ketmagan kechagi talaba-yu, mana shunday moʻ‘tabar dargoh!

U vazifasiga astoydil kirishdi. Boris progressiv san’at tarafdori edi. Shu yoʻlda jonbozlik koʻrsatdi. Albatta, haddidan oshmay, odob-andisha bi¬lan. Asta-sekin Vampilov, Borshagovskiy, Mrojek kabilarning yuzaga chiqishiga sababchi boʻldi.

Nomdor-nomdor sovet dramaturglari undan hayiqishardi. Isyonkor teatrparast yoshlar esa u bilan faxrlanardi.

Borisni mas’uliyatli xizmat safarlariga joʻnatishardi. U hatto Kremldagi kengash-larda qatnashgan edi. Partiyaga kirishni shama qilganlar ham boʻldi. Akam ikkilanardi. Uzini munosibmasman deb hisoblardi.

Kutilmaganda akajonim yana oʻzini koʻrsatdi. Qanday soʻzlab berishni ham bilmayman. Qisqasi, Borya oʻn ikkita talonchilikka qoʻl urdi.

Institutda Chapin degan oshnasi boʻlardi. Ikkovlashib ajnabiy sayyohlar yuradigan oʻn ikki avtobusga hamla qilishadi. Sayyohlar jomadonlari, radiopriyomniklari, magnitofon-lari, yomgʻirpoʻshu shlyapalarigacha – jamiki bor-budlari bilan vidolashishadi. Ikkala shov-voz avtobuslarning ehtiyot gʻildiraklarini qoldirib ketishni ham ep koʻrishmaydi.

Ertasiga ularni hibsga olishdi. Biz karaxt boʻlib qolgan edik. Xolam doʻsti, yozuvchi Yuriy Germanning oldiga chopdi. U militsiyadagi general oʻrtoqlariga qoʻngʻiroq qildi.

Akamni sudda shaharning eng oldi advokati Kiselyov himoya qildi.

Sud jarayonida boshqa tafsilotlar ham oydinlashdi. Ma’lum boʻlishicha, jabrdiydalar rivojlanayotgan mamlakatlarning fuqarolari va sotsialistik tashkilotlarning a’zolari ekan.

Kiselyov shundan foydalanmoqchi boʻldi. Akamga shoshib savol tashladi:

Sudlanuvchi Dovlatov, aytingchi, sayyohlar rivojlanayotgan mamlakatlarning fuqarolari va sotsialistik tashkilotlarning vakillari ekanini bilganmidingiz?

Afsuski, yoʻq, – dedi Boris. Menimcha, javob joʻyali boʻldi.

Bilganingizda-chi, shu ishni qilarmidingiz?

Akamning yuzi tundlashdi. Advokatning savoli bema’nidek tuyuldi unga. Peshonasi tirishdi, qoshlari chimirildi. «Shu ham savol boʻldimi?!» degan ifoda bor edi unda.

Kiselyovga jon kirdi:
– Xoʻp, mayli, – dedi u, – oxirgi savol. Balki, bu janoblarni jamiyatning reaktsion qatlamiga mansub kishilar deb oʻylagandirsiz?

Sudya uning gapini boʻldi:
– Urtoq advokat, sudlanuvchini jahon inqilobining jangchisiga aylantirib yubor-mang!

Ammo akam advokatning boyagi savoliga bosh silkishga ulgurgan edi. Ya’ni, ha, shu gap koʻnglimga keluvdi... Sudya ovozini koʻtardi:
– Tergovda mavjud dalillarga asoslanib gapirish kerak! Akam uch yilga kesildi.

Borya sudda oʻzini mardona tutdi. Boʻlar-boʻlmasga iljayaverib, sudyaning gʻashiga tegdi.

Hukm oʻqilganda akamning bir tuki ham oʻzgarmadi. Uni sud zalidan soqchilar kuzatu-vida olib chiqib ketishdi.

Soʻng yuqori sud organlariga shikoyat arizasi, qandaydir yugur-yugurlar, qoʻngʻiroqlar... Hech biridan naf boʻlmadi.

Akamni Tyumenga joʻnatishdi. Qattiq tartibli lagerga. Xat yozishib turdik. Uning barcha nomalari shunday soʻzlar bilan boshlanardi: «Hammasi joyida. Mixdayman...»

Bora-bora undan keladigan maktublarning ruqi ham, mazmuni ham oʻzgardi: «Bir juft jun paypoq... Ingliz tilini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma... Sirma shim... Umumiy daftar... Nemis tilini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma... Sarimsoqpiyoz... Limon... Avtoruchka... Frantsuz tilini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma... Va yana – gitara chalishni mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma...»

Lagerdan kelayotgan xabarlar taskinbaxsh edi. Katta tarbiyachi Bukin xolamga shunday deb yozibdi:

«Boris Dovlatov lager tartibiga qat’iy rioya qiladi... Maqbuslar oʻrtasida obroʻyi yaxshi... Meqnat topshiriqlarini ortigʻi bilan bajaradi... Badiiy toʻgarak ishlarida faol... »

Akam bir xatida navbatchilikka tayinlanganini, keyin – brigadir boʻlganini, keyin – brigadirlar kengashining raisi va nihoyat – hammom mudiri lavozimiga loyiq koʻrilganini yozgan edi.

Bu kishini hayratda qoldiradigan sur’at edi. Lagerda bunday martabaga erishish juda qiyin. Shu gʻayrat bilan erkinlikda byurokratik rahbariyatning yogʻli, serdaromad joylariga oʻrnashib olish hech gai emas. Masalan, taqsimot idoralariga. U yogʻi – dalahovli, chet el safarlari...

Akam shiddat bilan tuzalish yoʻlidan borardi. U lagerning mash’ali edi. Unga ham hasad, ham havas qilishardi.

Bir yildan soʻng uni «kimyo»ga oʻtkazishdi. Ya’ni, erkinlikda yashashga. Mahalliy kimyo kombinatida ishlash sharti bilan.

Usha yerda uylandi. Fidoyi kursdoshi Liza koʻrgani borgan ekan. Dekabristlarning xotiniga oʻxshagisi kelgan-da. Turmush qurib qoʻyaqolishibdi...

Bu orada esa men universitetdan haydaldim, xolos. Keyin armiyaga chaqirildim. Soqchilar rotasiga tushib qoldim. Lagerga nazoratchi etib tayinlashdi.

Falakning gardishini qarangki, men soqchi, Borya – mahbus.

Akamni qoʻriqlagan iaytlarim ham boʻldi. Lekin bu hol uzoqqa choʻzilmadi. U kunlarni eslagim ham, gaiirgim ham kelmaydi. Gaiirsam, adabiy asarga oʻxshab qoladi. Xuddi Sholoxovning «Don hikoyalari»day.

Men soqchi, akam mahbus – vassalom.

Ikkalamiz deyarli bir vaqtda qaytdik. Akam ozod etildi, men xizmatdan boʻshadim.

Qarindosh-urugʻlar «Metropol»da dabdabali ziyofat uyushtirishdi. Asosan akamning qaytishi nishonlandi. Mening sha’nimga ham iliq soʻzlar aytildi, albatta.

Roman togʻam ehtiroslarini quyidagicha ifoda etdi:
– Shunday odamlar boʻladiki, ular sudraluvchi jonzotlardan farq qilmaydi. Makonla-ri – botqoqlik. Lekin shunday insonlar ham borki, beixtiyor togʻ burgutlari koʻz oldingga keladi. Ular qanotlarini baralla yozib, osmoni falakda iarvoz qilishadi. Kelinglar, Borya uchun – togʻ burguti uchun ichamiz! Ilohim, bulutlar ortda qolaversin! Qani, oldik!
– Ofarin! – deya qiyqirishdi xesh-aqrabolar. – Qoyil, Borya! Togʻ burguti, yigitlar-ning guli!

Shunda Gorkiyning «Boʻron qushi qoʻshigʻi» esimga keldi. Togʻam ovozini sal iasayti-rib qoʻshimcha qildi:
– Endi Seryoja uchun, burgutcha uchun ichamiz! Toʻgʻri, u hali iolaion, qanotlari zaifroq. Lekin uni ham ioyonsiz kengliklar kutmoqda!
– Xudo asrasin! – deya oʻtirgan joyida baqirvordi onam. Togʻam u tomonga bir sigirqarash qilib qoʻydi.

Xolam yana allakimlarga qoʻngʻiroq qildi. Natijada akamni «Lenfilm»ga ishga olish-di. Yorituvchimi... shunga oʻxshash bir yumushga tirkab qoʻyishdi.

Men koʻi nusxali gazetaga ishga joylashdim. Buning ustiga, hikoyalar yoza boshladim.

Akam xizmat iillaioyalaridan jadal koʻtarila boshladi. Koʻi vaqt oʻtmay laborant boʻldi. Keyin – disietcher. Keyin – katta disietcher. Va nihoyat – kartina direktorining oʻrinbosari. Ya’ni, moddiy ashyolarga mas’ul shaxs.

Lagerda yurganida tuzalishning mashqini rosa olgan ekan azamat. Mana, endi oʻzini toʻxtatolmayotganga oʻxshardi.

Bir oydan soʻng surati «Hurmat taxtasi«ga ilindi. Uni rejissyorlar, operatorlar va shaxsan »Lenfilm» direktori Zvonaryov yaxshi koʻrib qoldi. Farroshlarni aytmaysizmi...

Tez kunlarda kartina direktorligiga tayinlashni ham va’da qilishgan edi.

«Lenfilm»ning oʻn olti nafar keksa kommunisti unga partiyaga kirishi uchun tavsiya-noma yozib berishga tayyor turardi. Ammo akam hamon ikkilanardi.

U «Anna Karenina»dagi Levinni eslatardi. Nikoh arafasida Levin yoshlikda qilgan zinolarini oʻylab ezilgan boʻlsa, akamni ham shu masala qiynardi. Xoʻsh, oldin jinoyat qilgan odam kommunist boʻlishi mumkinmi?

Keksa kommunistlar mumkin deb hisoblashardi...

Menga qiyoslaganda akam tamom boshqacha edi. Xushchaqchaq, gapga chechan, ishbilarmon. Uni oʻta muhim xizmat safarlariga joʻnatishardi. Porloq kelajagiga hech kim shubha qilmasdi. Qamalib chiqqaniga-ku birovni ishontirish amrimahol edi. Uzoqroq tanish-bilishlar u emas, meni turmada yotgan deb oʻylashardi.

Ittifoqo yana nimadir sodir boʻla boshladi. Birdan emas, albatta, asta-sekin. Goʻyo ra-von taralayotgan dilrabo kuyga gʻiychillagan yoqimsiz tovush aralashib qolayotganga oʻxshardi.

Akam hamon ot ustida edi. Majlislarda nutq soʻzlar, xizmat safarlariga borishni kanda qilmasdi. Ammo icha boshlagan va ayollarga aylanishadigan odat chiqargan edi.

Uni betayin davralarda uchratadigan boʻlib qolishdi. U koʻpincha piyonistalar, chayqovchilar, oʻzini Xalxin-Gol qahramoni deb ataydigan mubham faxriylar qurshovida yurardi.

Kayfi tarqagach, yana majlisga chopar, nutq soʻzlab boʻlib darhol iziga – ulfatlari dav-rasiga qaytardi.

Akam oʻzining oyogʻiga oʻzi bolta urayotganini bilmasdi.

U uch kunlab uyiga kelmasdi. Qandaydir koski ayollarnikida qolib ketardi. Bunday ayollar orasida nihoyatda xunuklari koʻp uchrardi. Yanglishmasam, bittasining ismi Greta edi. Tomogʻida buqogʻi ham bor edi. Bir kuni akamga:
– Tuzukrogʻini topsang oʻlasanmi? – dedim ensam qotib.
– Tentak! – U meni jerkib tashladi. – Ishxonasidan spirt olib chiqishini bilasanmi? Xohlaganicha oladi!

Koʻrinib turibdiki, akam yoshligida qulogʻiga quyib olgan gapga hanuz amal qilarkan: «Kitob bilan ayol zotidagi eng muhim narsa – shakl emas, mazmun...»

Keyin Boris «Narva« restoranida ofitsiantni doʻpposlab qoʻydi. Akam undan »Suli-ko»ni chalishni talab qilgan...

Tez-tez militsiyaga tushadigan boʻlib qoldi. Har gal «Lenfilm»ning partbyurosi jo-niga ora kirardi.

Biz bu sarguzashtlar nima bilan tugashini kutardik...

Yozda «Dauriya» filmini suratga oluvchi guruh bilan Chitaga ketdi. Orqasidan shumxa-bar keldi: Boris davlat mashinasida odam bosib ketibdi. Tagʻin deng, sovet armiyasining zobitini. Zobit oʻlibdi...

Bizning boʻlarimiz boʻldi. Nima qilishimizni bilmasdik. Chitadan bir-biriga zid turli-tuman xabarlar kelib turardi. Emishki, Boris gʻirt mast holda rulga oʻtirgan. Boshqa bir xabarga koʻra, zobit ham kayfda boʻlgan. Albatta, buning endi ahamiyati yoʻq, u oʻlgan...

Xolamga hech narsani bildirmadik. Togʻalarim toʻrt yuz soʻm pul yigʻib berishdi. Men Chitaga uchishim kerak edi – nima gapligini aniqlash va biron bir ma’nili tadbir qoʻllash uchun. Mahbusga ul-bul narsa kiritish, advokat yollash va hokazo...
– Iloji topilsa, tergovchining ogʻzini moylash kerak, – derdi Roman togʻam.

Ioʻl hozirligini koʻra boshladim.

Birdan, yarim tunda, telefon jiringlab qoldi. Goʻshakni oldim. Sukunat qa’ridan qulogʻimga akamning ovozi sirgʻalib kirdi: – Uxlayotganmiding?
– Borya! – deb qichqirib yubordim. – Tirikmisan?! Otmaydimi ishqilib?! Mastmiding?

Tirikman, – dedi akam. – Otmaydi, otmaydi... Falokat-da... Ichmagan edim... Nari borsa toʻrt yil berar. Sigaretni oldingmi?

Qanaqa sigaret?
– Yaponlarniki. Chita Yaponiya bilan bir tomonlama savdo bitimi tuzgan. Bu yerda «Xi layt» degan ajoyib sigaret sotadi. Tugʻilgan kuningga bir oʻra-mini joʻnatuvdim. Olmadingmi?
– Ioʻq. Gap bunda emas hozir...
– Nega endi? Zoʻr sigaret! Amerikaning litsenziyasi boʻyicha tayyorlangan. Soʻzini boʻldim:
– Turmadamisan?
– E, yoʻgʻ-e, – deb javob berdi akam, – nafasing qursin! Mehmonxonadaman. Tergovchi oldimga kepturadi. Ismi Larisa. Loʻmbillagan... Mana, senga salom aytyapti...

Goʻshakdan ayol kishining ovozi eshitildi:
– Tu-tu-tu, joʻjaginam! Yana akam gapni ilib ketdi:

Ovora boʻlib Chitaga kelib yurma. Sud Leningradda boʻladi. Oyimning xabari bormi?

Ioʻq.

Yaxshi boʻpti...
– Borya! – deb qichqirdim yana. – Nima joʻnataylik? Ahvoling ogʻirdir? Harholda, odam oʻldirgansan! Odam oʻldirgansan!
– Baqirma muncha. Zobitlar oʻlish uchun tugʻiladi-da. Yana qaytaraman – falokat bu, taso-dif... Ha, aytganday, yuborgan sigaretlarim qayoqqa gʻoyib boʻldiykan?

Hech qancha vaqt oʻtmay Chitadan oʻsha hodisaning ikki nafar ishtirokchisi keldi. Jumboq oydinlashdi. Ularning gapiga qaraganda, bundoq boʻlgan.

Kimningdir tugʻilgan kuni ekan. Shuni tabiat qoʻynida nishonlamoqchi boʻlishadi. Borya esa kechqurun davlat mashinasida kelib, davraga qoʻshiladi. Odatdagiday, ichkilik yetmay qoladi. Doʻkonlar berk. Mehmonlarning ta’bi tirriq. Shunda Borya otilib chiqadi:
– Samogon topib kelaman! Kim men bilan boradi?

Kayfi borligi uchun uni shashtidan qaytarmoqchi boʻlishadi. Akam oyoq tirab turib oladi. Pirovardida uch kishi u bilan birga joʻnaydi. Mashina haydovchisi ham orqa oʻrindiqda mudrab borayotgan ekan.

Yarim soat oʻtar-oʻtmas, mototsiklni urib ketishadi. Egasi hushiga kelmay jon beradi.

Hamma talvasaga tushadi. Ammo akam hushyor! Qaroridan qaytmaydi, ya’ni samogon izlab ketadi. Un besh minutda topib, davradoshlarini obdon siylaydi. Sal oʻziga kelgan haydovchiga ham ichiradi. U yana pinakka ketadi.

Ana shundan keyingina akam militsiyaga qoʻngʻiroq qiladi. Izquvarlar tezda yetib keli-shadi.

Murda va majaqlangan mototsikl darrov topiladi. Tezkor xodimlar qarshisida toʻrt nafar mast odam chayqalib turardi. Ularning orasida eng hushyori akam ekan.
– Haydovchi kim? – deb soʻraydi leytenant Dudko.

Akam xurrak otib yotgan haydovchini koʻrsatadi. Uni moshinaga ortishadi. Boshqalarni uy-uylariga eltib qoʻyib, manzillarini yozib olishadi.

Akam uch kungacha yashirinib yuradi. Badanida spirtdan asar qolmagach, militsiyaga kelib, aybiga iqror boʻladi.

Bu vaqt orasida haydovchi ham oʻziga keladi. Uni dastlabki tergov kamerasiga qamab qoʻyishgan ekan. U kayfda odam bosib ketganiga chippa-chin ishonadi.

Kutilmaganda akam kirib kelib, rulda men oʻtirgan edim, deydi.
– Nega boʻlmasa Kraxmalnikovni koʻrsatdingiz? – deydi leytenant achchiqlanib.
– Siz haydovchi kim deb soʻradingiz, men javob berdim...
– Uch kundan beri qaysi goʻrda yuruvdingiz?
– Qoʻrqib ketdim-da, xoʻjayin...

Akamning yuzidagi soxta ifodani leytenant payqaydi.
– Qoʻrqqanmishlar-a!

Keyin tagʻin savol beradi:
– Ushanda kayfingiz bormidi?
– Mutlaqo! – deydi akam.

Ammo endi hech narsani isbot qilib boʻlmasdi. Bazmi jamshid ishtirokchilari, Borya ichmagan edi, deb bir gapda turib olishadi. Haydovchi ishxonasi bergan hayfsan bilan qutulib ketadi.

Akam bilib yoʻl tutgan edi. Endi uni kayfda rulga oʻtirgan kishi sifatida emas, bax-tsiz hodisa sababchisi sifatida sud qilishadi.

Tergovchi Larisa akamga bunday degan ekan:
– Sen hatto toʻshakda yotib ham tergovni chalgʻitasan... Bir haftadan keyin Boris Leningradga keldi.

Bu vaqtda xolam hammasidan xabardor edi. Iigʻlab-siqtab oʻtirmadi. Militsiyada tani-shi bor yozuvchilarga qoʻngʻiroq qildi. Yana oʻsha – Yuriy German, Metter, Saparov.

Shular tufayli akamga tegishmadi. Sudgacha tinch qoʻyishdi. Faqat, shahardan jilmas-lik toʻgʻrisida tilxat olishdi. Bir kuni uyimizga akam kirib keldi.
– Sen Leningrad yaqinida xizmat qilgansan-a? Shu atrofdagi lagerlarni ham bilar-san?
– Ha, Obuxovoda boʻlganman... Gorelovoda, Piskaryovoda ham boʻlganman.
– Xoʻsh, seningcha, qaysi birida yotganim ma’qul?
– Obuxovoda tartib sal yumshoqroq, nazarimda.
– Yaxshisi, borib koʻrib kelamiz...

Obuxovoga joʻnadik. Kazarmaga kirdik. Navbatchi bilan gaplashdik. Eski tanishlarni surishtirdik. Hayal oʻtmay kazarmaga serjantlar Goderidze bilan Osipenkolar chopib ki-rishdi.

Quchoqlashib koʻrishdik. Ularga akamni tanishtirdim. Lagerning eski ma’-muriyatidan kimlar qolganini soʻradim.
– Kapitan Deryabin, – deyishdi ular.

Kapitan Deryabinni yaxshi bilaman. Koʻngli ochiq, araqqa toʻymaydigan bir odam. Men xizmat qilgan kezlarda u leytenant edi.

Zonaga qoʻngʻiroq qildik. Deryabin bir zumda yetib keldi.
– O-o! – deb qiyqirdi u ostonadanoq. – Seryoga kepqopti-ku! Qaysi shamol uchirdi? Uz-garib ketibsan-a, xumpar! Yozuvchi boʻpketgan deb eshitdim, shu rostmi? Rost boʻlsa, senga yoza-digan narsa topib qoʻyganman. Quloq sol. Shu desang, santexniklar brigadasini ishga opchiquvdim. Soqchi tayinlab, oʻzim yozilgani ketsam, bir mahbus qochmoqchi boʻpti. Rostdan ham qochibdi. Ioʻq, uchib ketibdi. Ha, ha, parvoz qipti. Sheriklari devor yonida oʻsgan qaragʻayning uchini egishibdi-da, mahbusning qoʻltigʻidan oʻtkazilgan montaj qayishini da-raxtning uchiga ilib, uni qoʻyib yuborishibdi. Mahbus qaragʻay qaddini rostlamasdan burun qayishni yechib yuborishi kerak ekan. Ammo moʻljalni notoʻgʻri olgan shekilli, qor uyumi us-tiga emas, toʻppa-toʻgʻri voenkomatning hov-lisiga borib tushibdi. Anovini qara! Ha, senbop yana bir detal – uni qoʻlga olayotganlarida voenkomning burnini tishlavopti, xumpar!

Men Deryabinni akam bilan tanishtirdim.
– Lyoxa, – dedi kapitan qoʻlini choʻzib.
– Bob.
– Bir ish bor, – dedim Deryabinga, – oʻzingdan qolar gap yoʻq...

Biz kazarmadan koʻra oʻrmon chetidagi yalanglikni ma’qul koʻrdik. Goderid-ze bilan Osipenkoni ham taklif qildik. Portfeldan toʻrt shisha «Zveroboy»-ni oldik. Agʻanab yotgan archa ustiga tizilishdik.
– Ulmaguncha yashayveraylik! – deyishdi turmachilar stakanlarni choʻqishtirib. Sal oʻtmay akam bilan Deryabin ogʻiz-burun oʻpisha boshlashdi. Ayni paytda Borya savolni ham kanda qilmasdi:
– Ichkari issiqmi? Blokpostlarda soqchi itlar nechta? Qoʻriqlashning kamera printsi-piga rioya qilinadimi?
– Gʻam yema, – deyishdi yangi ulfatlar.
– Yaxshi zona, – deli Goderidze, – dam olasan, maishat qilasan, uyingga sal et qoʻyib ke-tasan-da...
– Doʻkon ham uzoq emas, – deya gapni ilib ketdi Osipenko. – Oqidan deysanmi, qizilidan deysanmi, pivomi...
– Men borimda yotib qolinglar, yigitlar. Lyoxa Deryabinni ishdan boʻshatishsa, ahvolingizga voy... Urnimga qandaydir toʻliqsiz oliy ma’lumotli kishilar kelib qolsa, ana oʻshanda eslaysizlar meni!..

Borya uning uy telefonini yozib oldi.
– Men ham yozvolay, – dedi Deryabin.
– Hojati yoʻq, – dedi akam, – bir oydan keyin shu yerda boʻlaman. Elektrpoezdda uyga qaytayotganimizda:
– Boshlanishi chakki emas, – deb qoʻydi u.

Men yigʻlavoray dedim. Yo «Zveroboy» ta’sir qildimi...

Hech qancha vaqt oʻtmay sud boshlandi. Akamni yana oʻsha advokat Kiselyov himoya qildi. Zalda oʻtirganlar uning gaplariga qarsak chalib turishdi.

Qizigʻi shundaki, halok boʻlgan zobit Korobchenko emas, mening akam jabrlanuvchiga aylanib qoldi.

Pirovardida advokat bunday dedi:
– Inson hayoti koʻpdan-koʻp xatarli burilishlari boʻlgan togʻ yoʻlini eslatadi. Mening himoyamdagi sudlanuvchi ana shunday burilishlardan birining qurboni boʻldi.

Akam yana uch yilga kesildi.

Sud boʻlayotgan kuni Chitadan banderol oldim. Unda yaponlarning oʻn quti «Xi layt» sigareti bor edi.

Boryani Obuxovoga joʻnatishdi. Sharoit yaxshi, soqchilar mehribon degan mazmunda xat-lar kelib turdi.

Kapitan Deryabin soʻzining ustidan chiqadigan odam ekan. Akamni non kesuvchilikka qoʻyibdi. Turmada bu – katta mansab.

Bu orada akamning xotini qiz tugʻdi. Bir kuni menga qoʻngʻiroq qilib:
– Boryani koʻrishga ruxsat berishdi. Boʻsh boʻlsang, birga boraylik. Chaqaloq bilan qiynalaman, – deb qoldi.

Toʻrt kishi yoʻlga tushdik – xolam, kennoyim Liza, ikki oylik Natasha va men.

Avgustning diqqinafas kuni edi. Natasha manzilga yetgunimizcha yigʻidan toʻxtamadi. Liza holdan toydi. Xolamning boshiga ogʻriq kirdi.

Mana, nihoyat, uchrashuv boʻladigan xonadamiz. Bu yerda bizdan boshqa yana olti kishi bor edi. Mahbuslarni shisha toʻsiq bizdan ajratib turardi.

Liza chaqaloqni yoʻrgakdan yechdi. Akamdan darak yoʻq. Soqchining oldiga bordim:
– Qani Dovlatov?
– Kutinglar, – dedi u toʻngʻillab.
– Navbatchiga qoʻngʻiroq qil, akamni chaqirsin. Lyoxa Deryabinga kelganimni ayt.

Soqchi sal past tushdi:
– Men Deryabinga boʻysunmayman. Mening xoʻjayinim boshqa.
– Boʻlaqol, ogʻaynichalish!

Shu payt akam kelib qoldi. Egnida lager korjomasi. Moshinkada olingan sochi sal oʻsibdi. Rangi tiniq, toʻlishgan.

Xolam tuynukdan olma, kolbasa va shokolad uzatdi. Liza nuqul qiziga gapirardi:
– Ana dadang, koʻryapsanmi, ana dadang... Akam negadir mendan koʻz uzmasdi.
– Shimingning ahvolini qara, – dedi u nihoyat, – rangi ham molboʻqimi-ey... Bir yahudiy bilan tanishtirib qoʻyaymi? Zonada qulingoʻrgilsin shimlar tikadi. Leningradda ham unga teng keladigani yoʻq.
– E, qoʻysang-chi! Shu tobda mening tashvishimni qilasanmi?
– Qoʻrqma, – deya davom etdi u, – tekin. Pul beraman, shimbop gazmol olasan, yahudiy ti-kib beradi. Bunaqa yurish yarashmaydi senga.
– Pul beraman?! – Xolamning koʻzlari ola-kula boʻlib ketdi. – Pul nima qiladi senda? Lagerda pul olib yurish mumkin emas-ku!
– Pul mikrobga oʻxshagan narsa, – dedi Boris, – hamma yerda boʻladi. Mana, kommunizm qursak – balki boshqacha boʻlar...
– Qizingga bir qarab qoʻysang-chi, – dedi Liza yalinganday.
– Koʻrdim, koʻrdim, ajoyib qizcha.
– Ovqatlari tuzukmi? – deb soʻradim Borisdan.
– Mazasi yoʻq. Men oshxonaga bormayman. Birortasini gastronomga joʻnatamiz. Lekin tushdan keyin hech narsa topib boʻlmaydi. Bu Nikita tushmagur qishloq xoʻjaligini barbod qildi. Bir vaqtlar butun Ovruponi boqqanmiz-a! Endigi umid – xususiy sektordan...
– Sekinroq, – deb qoʻydi xolam.

Akam xizmat muddati tugaganidan keyin qolib ishlayotgan bir yigitni cha-qirib, qulogʻiga bir nimalar dedi. U oʻzini oqlay boshladi. Uzuq-yuluq gaplari qulogʻimga chalindi.
– Iltimos qiluvdim-ku, – derdi akam.
– Toʻgʻri. Tashvishlanma. Un minutda keladi.
– Un ikki yarimga, deganman.
– Iloji boʻlmadi-da.
– Meni xafa qildilaring.
– Borya, meni bilasan-ku... Gapim – gap. Tolik besh minutdan keyin shu yerda boʻladi...
– Lekin hozir ichgimiz kelyapti.
– Nima gap oʻzi? – deb soʻradim akamdan.
– Bir arbobni araqqa joʻnatuvdim, haligacha yoʻq... Bu yer harbiy boʻlinma emas, kaptar-xona...
– Kartserga tushasan, – dedi Liza.
– Nima, kartserdagilar odammasmi?!

Chaqaloq yana yigʻini boshladi. Liza tumtaydi. Akamning bee’tiborligidan xafa boʻlgan edi. Xolam ketma-ket dori yuta boshladi.

Uchrashuv vaqti tugab borardi. Mahbuslardan birini deyarli sudrab olib kirib ke-tishdi. U orqasiga qayrilib, koʻrgani kelgan xotiniga baqirdi:
– Nadka, birovga ishtoningni yechsang – oʻldiraman! Yerning tagidan boʻlsa ham topib, abjagʻingni chiqaraman! Meni bilasan-a?!
– Ketaylik, – dedim men, – vaqtimiz tugadi. Xolam yuzini burdi. Liza nuqul chaqalogʻini silkitardi.
– Araq-chi? – dedi akam.
– Uzlaring ichaveringlar.
– Sen bilan ichmoqchi edim-da.
– Keragi yoʻq, aka, hozir koʻngilga sigʻarmidi...
– Ha, mayli... Lekin anovi Tolikni baribir aspalasopinga joʻnataman. Men uchun in-sondagi eng muhim fazilat – mas’uliyatni his eta bilishi.

Shu payt shisha koʻtarib, halloslagancha Tolik kelib qoldi.
– Mana, bir soʻmu oʻttiz tiyin qaytimi...
– Men koʻrmay qoʻyaqolay, – dedi navbatchi Boryaga sirlangan krujkasini tutaturib.

Akam chapdastlik bilan krujkani toʻldirdi. Hamma bir qultumdan ichdi. Mahbuslar ham, koʻrgani kelganlar ham, nazoratchi ham, hatto navbatchi ham chetda qolmadi.

Soqoli oʻsgan bir mahbus krujkani baland koʻtarib xitob qildi:
– Buyuk vatanimiz uchun! Shaxsan oʻrtoq Stalin uchun! Fashistlar Germaniyasi ustidan qozongan gʻalabamiz uchun! Barcha toʻplardan baravariga oʻt ochilsin – babax!
– Yashasin Imre Nadning ashaddiy reaktsion toʻdasi! – deya uni qoʻllab-quvvatladi boshqa bir mahbus.

Navbatchi akamning yelkasiga asta qoʻlini qoʻydi:
– Bob, sen boraqol endi.

Biz xayrlashdik. Tuynukdan akamga qoʻlimni uzatdim. Xolam oʻgʻliga moʻltirab qaradi. Liza birdan oʻkirivorgan edi, chaqaloq uygʻonib ketib chirillay boshladi. Zonani tark et-dik...

Oradan bir yilcha oʻtdi. Akamdan xat kelib turdi. Hamon non kesarkan. Deryabin pen-siyaga chiqqach, Boryani elektr montyorligiga oʻtkazishibdi.

Keyin uni Ichki ishlar boshqarmasining vakili soʻroqlab kebdi. Lagerlar toʻgʻrisida hujjatli film yaratishga qaror qilishgan ekan. Sovet lagerlari – dunyodagi eng insonpar-var lagerlar ekani haqida. Film faqat xizmat doirasidagina namoyish etilarmish. Nomi: «Axloq tuzatish mehnat koloniyalarini qoʻriqlash usullari».

Akam uzoq-yaqin lagerlarni aylanib chiqibdi. Unga «GAZ-61» moshinasini berib qoʻyishibdi. Zarur uskunalar bilan ta’minlashibdi. Akamni ikki soqchi – Goderidze bilan Osipenko har doim qoʻriqlab yurarkan.

Boris uyga ham tez-tez kelib turardi.

Yozga chiqib film tayyor boʻladi. Boris bir vaqtning oʻzida ham kinoopera¬tor, ham re-jissyor, ham diktorlik vazifasini bajaribdi.

Iyun oyida film rahbarlarga koʻrsatilibdi. Zalda nuqul generallar bilan polkov-niklar emish. Muqokama chogʻida general Shurepov:
– Yaxshi, kerakli film... – debdi. – Xuddi «Ming bir kecha»ning oʻzginasi!

Borisni maqtashibdi. Sentyabrga qolmay ozodlikka chiqarishni ham va’da qilishibdi.

Akamning tabiatidagi eng asosiy xislatni mana endi anglab yetgandekman. U beorom, beboshu behalovat turmushni xush koʻrarkan. Borya favqulodda vaziyatlardagina erkin nafas olishi mumkin. Qamoqda martaba orttiradi, jar yoqasiga kelib qolganida yashash uchun kura-shadi.

Nihoyat uni ozod qilishdi.

Bu yogʻi takror. Charxpalak yana ishga tushdi. Xolam Yuriy Germanga qoʻngʻiroq qildi. Akamni hujjatli filmlar studiyasiga oddiy ishchi qilib olishdi. Ikki oydan keyin u ovoz operatori boʻldi. Yarim yildan soʻng esa – ta’minot boʻlimining boshligʻi.

Ayni oʻsha kunlarda meni ishdan butunlay haydashdi.

Men hikoya yozar va onamning nafaqasiga kun koʻrar edim...

Xolam kasalga chalinib olamdan oʻtgach, qogʻozlari orasidan qoʻykoʻz, istarasi issiq bir kishining surati chiqib qoldi. Bu Kirovning oʻrinbosari – Alek¬sandr Ivanovich Ugarov edi. Akamning xuddi oʻzi. Sal yoshroq koʻrinadi, xolos.

Borya otasi kimligini oldin ham bilardi. Endi ochiqchasiga gaplashdik.

Akam ota tomon qarindoshlarini izlab topsa boʻlardi. Lekin xohlamadi. Gapimni choʻrt kesdi:
– Menga oʻzing yetib-ortasan. Boshqa odamning keragi yoʻq. Keyin oʻylanib turib, qoʻshib qoʻydi:
– Qiziq! Men – chala rusman. Sen – chala yahudiysan. Ammo ikkalamiz ham araq bilan pivoga oʻchmiz-a...

Yetmish toʻqqizinchi yili men muhojirotga ketishga ahd qildim. Akamni qistasam, koʻnmadi.

U yana icha boshlagan, restoranda mushtlashmagan kuni yoʻq edi. Tepasida ishdan haydalish xavfi muallaq turardi.

Shunda bir narsaga qat’iy ishonch hosil qildim: erkinlikda yashash Borisning mijoziga yoqmas ekan, unga – qamoq tuzuk ekan.

Oxirgi marta oʻtindim:
– Ketaylik.

Akam ma’yus javob qaytardi:
– Ke, qoʻy. Menga toʻgʻri kelmaydi, – dedi u. – Yahudiyligimni isbotlash uchun idorama-idora loʻkillashim kerak... Bundan ortiq tahqir boʻladimi... Aragʻimdan qoʻymasin. Ichvosam bas – menga Nyu-York nimayu Leningrad nima! Poshshodek yuraveraman...

Aeroportda akam koʻzyoshi qildi. Qaribdi chogʻi. Innaykeyin, kuzatib qolishdan koʻra joʻnab ketish hamisha yengil kechadi...

Mana, toʻrt yildirki, men Nyu-Yorkda yashayman. Leningradga muntazam posilka joʻnatib turaman. Bir kuni, kutilmaganda, u yoqdan banderol keldi.

Pochtaxonadayoq ochdim. Qarasam – Olimpiya oʻyinlari ramzi tushirilgan havorang koʻylak. Yana – shisha tiqinini sugʻuradigan qoʻlbola ochqich.

Uylanib qoldim – shuncha yil yashab, esda qoladigan, men uchun tabarruk nima bor oʻzi? Keyin topdim: toʻrt chaqmoq qand, yaponlarning «Xi layt» sigareti, havorang koʻylak va mana shu ochqich...