OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiqul Hamroyev
Asar nomiHovlidagi daraxt (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiqul Hamroyev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm14KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Hovlidagi daraxt (hikoya)
Shodiqul Hamroyev

Hovlimizdan oqib oʻtadigan ariq labidagi bu daraxt qishlogʻimizda yagona hisoblanardi. Daraxtning boʻyi uyimiz tomi bilan teng edi. U eniga uncha tarvaqaylab ketmagan, xuddi butalganday qaddi tik, tanasi va shoxlari esa rahmatli bobomning hassasiday sipsilliq edi. Daraxtning kishini hayratga soladigan bir jihati bor edi. U yilda ikki marta bahor bilan kuz boshlarida gullar, biroq meva tugmas edi.

Bahorda daraxtning bikarang gʻuj-gʻuj gʻunchalari hovlimizga oʻzgacha fayz baxsh etar, uning shoxidan qushlar arimas edi.

Kuzning boshlarida gullashi chindan ham hayratomuz edi, odamlar bunday paytda uning atrofida oʻralashib «nahotki, daraxt ham kuzda gullasa», deya koʻzlariga ishonmay, qoʻllari bilan nafis gʻunchalarni ushlab-ushlab koʻrishar edi.

Yana shunisi qiziqki, hech kim, hatto otam ham uning qanaqa daraxt ekanini bilmas edi. Biz bolalar uning ensiz kichik barglariga, tekis shoxlariga qarab gilosga oʻxshatardik va oʻzimizcha uni gilos deb atardik. Aslida gilos emasligini bilardik... Daraxt otamga bobo meros yodgorlik hisoblanar, shu sababli uni nihoyatda avaylardi. Va bizdan ham shuni qattiq talab qilardi.

Yozning oʻrtalari edi. Onam singlim va akamni ergashtirib qoʻshni qishloqda yashovchi bobomnikiga mehmonga ketishdi. Uyda otam bilan men yolgʻiz qoldik. Supada yonboshlab yotgan otam botayotgan quyoshning alvon shafaqlarida tovlanib turgan daraxtimizga xayolga choʻmgancha tikilib turardi. Shunda men:
— Ota, nega daraxtimiz hech meva tugmaydi?— deb soʻradim. Savolimdan otam ajablandilar, shekilli, ancha vaqt xuddi nimadir qidirganday yuzimga tikilib qoldilar, soʻng, «Mevami? Tugadi, oʻglim. Mana men, sen, onang, singling va akang shu daraxtning mevalarimiz... »

Tabiiyki, men otamning gaplarini unchalik tushunmadim, buni oʻzi ham sezdi shekilli, qoʻli bilan boshimni silab, ««Bu gaplarning ma’nosini katta boʻlganingda tushunib olarsan», dedi va boshqa bu haqda ogʻiz ochmadi.

Otam nafaqat yolgʻiz bu daraxtni, umuman yashillikni sevar edi.

Eshak aravaday imillab ketayotgan eski poezdning old vagonlaridan biri jazo mudatini oʻtab qaytayotgan mahbuslar bilan toʻla edi. Vagonda shunday bir gʻayri-tabiiy jimlik choʻkkan ediki, ular bir-bir bilan past ovozda shivirlashib gaplashishar, koʻplari esa derazadan tashqariga qaragancha chuqur xayolga choʻmib borishar edi. Vagonning oldingi tomonida soch-soqoli oʻsib ketgan, gavdali bir mahbus oʻng tirsagini deraza raxiga qoʻnib, tashqaridan koʻz uzmay borardi. Poezdning imillab yurishi jon-jonidan oʻtib ketgan, «Tezroq manzilga yeta qolsaydik... » degan oʻy ichini tirnaydi. U toliqdi chogʻi, derazadan surilib taxta oʻrindiqqa oʻtirdi-da, nonushta qila boshladi.

Tamaddi qilib olgach, u yana vagon derazasi qarshisiga keldi, oynadan boshini yelkasigacha chiqarib, oldinga qaradi, chamasi, besh yuz metrlar narida shundoq temir yoʻl labida nimadir qorayib koʻringonday boʻldi. Nihoyat, oʻsha narsa aniq-tiniq koʻrindi:u yaqinda qiygʻos barg yozgan daraxt ekan. Haligi kishi oʻzini bosolmay, bongani shosha-pisha ichkariga oldi-da, koʻzlarini chaqnatib vagondagilarga hayqirdi: «Ogʻaynilar, yashillik! Oldinda qiygʻos barg yozgan daraxt», deya u oʻzini eshikka urdi.

Bir zumda vagon toʻs-toʻpolon boʻlib ketdi, hayqiriqdan jonlangan kishilar bir-birlarini itarib-turtib, shovqin koʻtargancha eshik tomonga otilishdi... Poezd yoʻl boʻyidagi daraxt qarshisidan oʻtishiga oʻn-yigirma metrlar qolganda boya daraxtni birinchi boʻlib koʻrgan kishi oʻzini poezddan yerga tashladi, uning ortidan qolganlar... Ular Hizrga yoʻliqqanday, daraxt shoxlariga osilishar, uzoq qamoq yillarida dillarida tugib yurgan eng ezgu soʻzlarini aytishib, daraxt barglarini koʻzlariga tavob aylashar, yuzlariga koʻzlaridan tinimsiz oqayotgan shukronalik yoshiga yuvishar edi...

Onamning aytishicha, oʻsha vagon derazasidan turib daraxtni birinchi boʻlib koʻrgan kishi - mening otam ekan. U yigitlik paytida tuhmatdan olti yilga qamalgan ekan...

Bizning avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan yagona yodgorlik, otamning aytishicha, hovlimizdagi mana shu yilda ikki marta gullaydigan daraxt eqan. Bobomning bobosimi, balkim uning ham bobosimi, xullas, kunlardan bir kun shom mahali qoʻlidagi hassasini ariq labiga suqib, oʻzi tahorat olgani oʻtiribdi. Bobom tahoratni olib, hassaga qoʻl uzatmoqchi ekan, shu payt moʻ‘jiza yuz berganini koʻrib, hayratdan yoqa ushlab qolibdi ariq labiga suqilgan hassa nish otib koʻkarayotgan emish... Shu zahotiyoq bobom «Ey, jonivor, sening taningda namlik bor ekan-u, men shuncha vaqt gunohga botib seni sudrab yuribman... Mayli, unib-oʻsgin», deya hassasini shu yerda qoldiribdi. Shu-shu to dunyodan koʻz yumguncha hassaga ehtiyoj sezmabdi. O’lim toʻshagida yotganda esa oʻgʻillariga «Mening hassamdan koʻkargan ana u daraxt koʻp xosiyatli. Uni sizlarga qoldiraman, koʻz qorachugʻlaringdagg asranglar... Kuloqlaringda boʻlsin kimki bu daraxtni xor qilsa, oʻzi ham dunyodan xor-zor boʻlib oʻtadi», deb vasiyat qilib, oq fotiha bergan ekan.

Daraxtimizning oʻtmishi haqidagi bu gaplar biz bolalarga, xuddi ertakka oʻxshab tuyular, unga ishonish-ishonmasligimizni bilmasdik.

Bir kuni otamga: «Nega daraxtimiz boshqa daraxtlarga oʻxshab tomiridan koʻpaymaydi? Agar koʻpayganda koʻchatlarini kovlab olib, hovlimizning boshqa yerlarita ham oʻtqazar edik», dedim.
— Koʻpaymaganiga sabab, — dedi otam, — bu daraxtning tomiri boshqa daraxtlar singari yonboshga emas, yer qa’riga tik oʻsadi... Buning yana bir ajoyib xussiyati - boshqa daraxt ildizlari bilan chatishmaydi hamda oʻziga keraqli ozuqani oʻzi topib, yer ustidagi tanasini toza va mustahkam saqlaydi... .

Otam daraxtga bolta yo qaychi urishga sira-sira ruxsat bermas, buni u ogʻir gunoh, shafqatsizlik, deb bilar edi. Bizdan sal uzoqroqda yashaydigan, doimo soyabonli kepka kiyib yuradigan Muhojir laqabli kishi bilan otam oʻrtasida nifoq ana shu daraxt tufayli kelib chiqdi. Muhojir qishlogʻimizga chetdan kelib qolgan, uning nasl-nasabini, kimligini, yurtini qishloqda birov bilmas, bu haqda oʻzi ham gapirmas edi. Muhojir degan nomni unga qishloqdagilar qoʻygandi. Balki bir paytlar bu nom unga ogʻir botgandir, lekin keyin u bunga shu qadar oʻrganib ketgandiki, xudi ota-onasi qoʻyib ketgan ismdan ardoqli boʻlib qolgandi.

Shu Muhojir bir kuni hovlimizga qaychi koʻtarib kirib keldi-da, otamdan «Ana shu daraxtingizdan payvandlik bersangiz?» deb soʻradi.
— Payvand solganingiz bilan, baribir, uni koʻkartirolmaysiz, — dedi otam uni xushlamay.
— Siz payvandlik beravering, u yogʻi oʻzimning ishim, — dedi Muhojir bilagʻonlik bilan.
— Payvand qilishdan maqsad nima? Axir bu daraxt meva bermasa... — dedi otam daraxtga tigʻ urdirgisi kelmay.
— Shunchaki bir havas-da... Nima, bizning hovlida ham bitta shunaqa daraxt oʻssa yomon-mi?— dedi Muhojir.
— Bu sizga, — dedi otam jahl bilan, — havasga oʻstiradigan daraxt emas! Undan keyin ovora boʻlmang, baribir, payvandlik bermayman!

Shunday deya otam indamay nari ketdi.

Muhojirning gʻayrilpgi qoʻzidi, lekin hech narsa demay koʻzlarini ayyorona qisdi-da, bir otamga, bir daraxtga qaragancha hovlimizdan chiqib ketdi. Usha kuni borliq tun koʻrpasiga burkanguncha otam daraxt yonidan ketmadi, shundan soʻng ikki-uch kun ta’bi xira tortib yurdi. Muhojir bilan esa butunlay gaplashmay koʻydi.

Yerdan qor va zax ketib, oʻrniga quyoshning hovuri endi inayotgan payt borliqda uzilish, oʻlik davr hukm suradi. Chor-atrof qipyalangoch, sholday ruhsiz. Bunday paytda odamda beparvolik, lanjlik paydo boʻladi. Ana shunday behalovat kunlarda otam «Bolalarim, yana yigirma kuncha zerikasiz, soʻng daraxtimiz barg yozib koladi», deb dalda berardi. Shunday kunlarning birida oqshomga yaqin hovlimizga shaharda oʻqiydigan katta opam kirib keldi. Daf’atan uni taniyolmay qoldik u taqimiga uradigan tim qora sochlarini yelkasidan kestirib-di, egnida beli boʻgʻma, badaniga yopishib turgan, tizzadan keladigan oq matodan koʻylak. Opam, oʻziga hayron qotib tikilib turganimizni sezdi-yu biroq sir boy bermay oldingiday sharaqlab kulganicha otamning quchogʻiga tashlandi. Otam uni xushlamaygina peshonasidan oʻpib qoʻydi. Odatdagiday navbat menga keldi, opam oʻng yuzimdan «choʻlp» etib bir oʻpdi-da, qoʻlimga tillarang qogʻozga oʻrogʻliq konfetni tutqazdi. Otamga oʻgʻrincha bir qarab, opamning sovgʻasini oldim.

Tunda esa hamma uxlab qolganidan soʻng otam bilan onamning opam toʻgʻrisidagi gaplari qulogʻpmga chalindi:
— Qizimiz ham sochini kestiribdi... — dedi onam past ovozda.
— Koʻrdim... Hamma ayb oʻzimizda, tarbiyasini toʻgri berolmabmiz, — dedi otam «uf» tortib.

Otam betoblanib qolganda daraxtimizning kurtak yozishiga oʻn kunlar qolgandi. Shomga yaqin ketmonni koʻtarib daladan qaytgan otam «etim uvishib ketayapti», deya koʻrpaga oʻranib oldi. Kunduzi ish joyida nam yerga yotib biroz mizgʻigan ekan.

Onamning «vrach chaqiraylik» deganiga sira koʻnmadi. «Ertalabgacha oʻtib ketar, ustimga koʻrpalarni qalinroq yopinglar», dedi u. Lekin tuni bilan «oh-voh» qilib, ertalab belida huruj qilayotgan ogriqning zoʻridan butunlay oʻrnidan turolmay qoldi.

Onam vrach chaqirdi va otamni kasalxonaga yotqizadigan boʻlishdi. Uni hovlimizdan olib chiqayotganda «daraxtga koʻz-quloq boʻlinglar», deya u qayta-qayta tayinladi.

Bu gapdan biz bolalar qandaydir hushyor tortib qoldik.

Ba’zan kun ora, ba’zan har kuni oilamizdan kimlar kasalxonaga borardi. Tabiiyki, otam eng avval kelgan kishidan daraxt haqida soʻrardi. Oradan hafta oʻtdi, lekin otamning kasali tuzalay demas, kasalxonaga qanday keltirilgan boʻlsa, shu alfozda oʻrnidan qimirlay olmasdan, shiftga termulib yotardi. Otamnnng hisobi boʻyicha shu kunlarda daraxt kurtak chiqarishi kerak edi. Lekin uning tanasida biron jonlanish boʻlganini koʻrmadik, u qishda qanday yalangʻoch holda boʻlsa, shundayligicha qaqqayib turardi. Biz uchun eng ogʻiri kasalxonaga borish va otamning ilinj toʻla koʻzlariga qarash edi.

Bahor yarimlay deb qolganda ham daraxtimizda jonlanish sezilmadi. Endi otam ham u haqda soʻramay qoʻydi, faqat vrachlarga «tuzalmasam ham uyimga ketaman», deb yosh boladay xarxasha qila boshladi.

Men bu gapni maktabdan uyga qaytayotganimda Muhojirning qizidan eshitdim.
— Endi bizning ham sizlarnnvg hovlida oʻsadigan daraxtga oʻxshash oʻz daraxtimiz boʻladi, — dedi Muhojirning qizi maqtanish uchun lablarini choʻchchaytirib.
— Hech-da, — dedim qovogʻimni uyib, — bizning daraxtimiz boshqa hech qaerda oʻsmaydi...
— Ie, hali xabaring yoʻqmi?— dedi Muhojirning qizi chindan ajablanib. — Otam, ana u daroz akang bor-ku, oʻshangga zanjiri uzun eski choʻntak soatini bergan edi, u evaziga daraxtlaringni shoxidan bir emas, uchta kesib keltirib berdi. Otam allaqachonlar payvand qilib qoʻyganlar...

Uning gaplaridan jahlim chiqdi va sezdirmay biqiniga tirnoqlarimni botirib, qattiq chimchilab oldimu, shu zahoti uyga tomon chopdim. Muhojirning qizi chinqirib yigʻlaganicha qoldi.

Upkam ogzimga tiqilgudek boʻlib hovlimizga kirib keldim va daraxtimiz ostiga toʻshalgan oʻrinda hushsiz kishiday yotgan otamga koʻzim tushib bir zum oʻzimni yoʻqotib qoʻydim, soʻng Muhojirning qizidan eshitganlarimni unga oqizmay-tomizmay aytdim.

Otamning koʻngli battar xira tortdi, u tirsaklariga suyanib yostiqdan boshini koʻtardi va qon toʻlgan koʻzlari bilan hovli yuzasidan akamni izladi. Akam hovlimizga kiraverishda bir oyogʻi siniq kursida boshini quyi egib oʻtirar edi.
— Shu gaplar rostmi?— dedi otam unga xirillagan ovozda.

Onam, singlim va men nafasimizni ichimizga yutganimizcha akamning ogʻzini poylar edik. Akam qoʻrqapisa boshini koʻtarib otamga bir qaradi-da, soʻng yana quyi egdi...
— Demak, rost!— dedi otam qahr bilan, soʻng dona-dona ohangda, — ikkinchi bu hovlida qorangni koʻrmay.
— Yoʻqol! - deb hansiraganicha boshini yostiqqa tashladi.

Hovlidan akamning qanday chiqib ketganini koʻrmay qolibman, onam bilan singlimning unsiz yigʻlayotganidan angladimki, akam ketibdi...

Buni otam ham sezdi, lekin uning yuzida bir qahr qotib qolgandi.
— O’gʻlim! — dedi otam menga, — daraxtning ustiga chiqib, kesilgan shoxlariga qarachi...

Men koʻz ochib yumguncha daraxtga chiqib oldim rostdan daraxtning uchta shoxchasi kesilgan ekan. Kaychi oʻtmas boʻlganidan shoxlar tishlab tortilganday, gʻajib tagalangan edi.
— Topdingmi? — dedi otam, — unda yaxshplab razmsolchi, namlik boryaga?..

Shoxlar qurib qolgan edi. Men otamdan koʻzlarimni olib qochdim...
— Endi pastga tush, — dedi otam va bolta keltirishimni buyurdi.

Men oʻtinxondan bolta keltirdim.
— Daraxt tanasini ozroq tilchi!— dedi otam. Daraxt tanasidan bir payraha oʻrnicha chamasi kesdim. Otam yana tirsaklariga suyanib yostiqdan oʻmganini koʻtardi va oʻtkir nigohini daraxtning kesilgan joyiga qadadi... Uning yuzi avval xom suriday boʻzardp, keyin boshi «shilq» etib yostiqqa tushdi.
— Belkurakni olib kel, endi daraxtning ostini kavla!— dedi u shivirlab.

Men daraxt ostidan bir belkurak tuproq kovlab olgan edim, dimogʻimga qandaydir badboʻy hid urildi, engashib tuproqqa yaxshiroq razm tashladim unga qandaydir sargʻish narsa singib ketgan edi. Otam ming azob bilan, tipirchilay-tipirchilay oʻrnidan qoʻzgʻaldi va qaltiroq qoʻllarini choʻzib men kovlagan tuproqdan bir siqim olib, koʻziga yaqin keltirdi-da
— Ostiga dori sepishgan ekan, vahshiylar! - dedi u ilonday vishillab va daraxt poyiga sudralib keldi-da, tuproqni sidirib, tomirlarini ushlab koʻrdi. Tomirlarni daraxlarning tiriklik belgisi — namlik butkul tark etmagan edi...

Otamning yuzida umid shu’lalandi...

— Oz boʻlsa-da, hali vaqt bor ekan. Endi oyoqqa turishim kerak, — deb pichnrladi u daraxt tomirlariga qarab...