OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiGʻafur muallim (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/07/10
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Gʻafur muallim (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

Uning bobosini Ziyod attor deyishardi. Uylari qishloqning teparogʻida, suvga yaqin joylashgandi. Lekin ular dehqonchilik bilan shugʻullanmasdi. Ziyod attor faqatgina mollarini shahardan opkelib, ustiga ustamasini qoʻyib, qishloqning odamiga sotib, roʻzgʻorini tebratgan.

Ziyod attor bolalarni yaxshi koʻradi. Ularga holva, mayiz, parvarda va boshqa shunga oʻxshash narsalarni in’om qiladi. Shu vajdan boʻlsa kerak, qishloq bolalari uni koʻrdi deguncha, ortidan ergashadi. Attordan ulushini oladi. Evaziga uning otu eshagini sugʻoradi, molu qoʻylariga oʻt soladi. Tagini kuraydi. Ziyod attorning uyi xuddiki, bolalar bogʻchasiga oʻxshaydi.

Ziyod attorning Yoqub ismli oʻgʻli bor. U otasining uyiga egalik qiladi. Yoqub ham boshda ota kasbi – attorlik bilan shugʻullandi. Biroq eplay olmadi. Soʻng, togʻa kasbi – qassoblik bilan kun kechira boshladi. Ota-bolaning roʻzgʻori bitta. Qora qozonni Yoqubning xotini qaynatadi.

Ziyod attor nevarali boʻladi. Uning otini esa Gʻafur deb qoʻyishadi.

Ziyod attor... Yoqub qassob... Gʻafur... Mana shu shajara oraligʻidagi vaqt, masofa, tarix va taqdir haqida odamning qancha-qancha orzu-yu armonlari borligini bir karra yodga olsangiz... Yurak chidarmikan?!

Gʻafur sinchkov boʻlib, hovlidagi hamma narsa uning nazaridan chetda qolmasdi. Bobosining doʻltaxonasidagi attorlik mollari qaerda qanday turishini yoddan biladigan boʻldi. Otasining anjomlarini ham xuddi shu taxlit bilardi.

Momosidan, onasidan turli xil ertak, masalu matallar eshitadi. Unga ayniqsa, itlar bilan bogʻliq boʻlgan voqea-hodisalar juda xush yoqardi. Uni ot bilan kuchuk juda-juda rom etgandi. U bir paytlari oʻziga togʻasi sovgʻa qilgan – Olaparni erkalardi. U qulogʻi va dumi kesilgan yirik it edi. Bola itni minganida ham jonivor churq etmasdan turardi. U ot minishdan choʻchir edi.

Gʻafurning hatti-harakatlari oʻziga mos, kishi havasini keltirardi. Uning ziyrakligi va kattalarga xos salmoq bilan gapirishi va fikrlash tarzi atrofdagilar uchun ajabtovur tuyulardi. U hayotdan koʻrgan va koʻrayotganlarinidan nedir saboq olayotgandi. Uydagilar: buvisi, onasi, otasi-yu bobosidan eshitayotganlaridan ham nedir ibrat olar edi. Mana shunday damlarda uning yuragidagi, aqlidagi nedir boʻshliqlar goʻyoki toʻlishayotgandek edi. Bu hisdan uning oʻzi ham, unga koʻz-quloq boʻlib turganlar ham birdek xursand edi.

Gʻafur birdaniga olam, borliq, turish-turmush haqida oʻylay boshladi.

Bobosining oti kasal boʻlib qoldi. Emlashdi. Foydasi boʻlmadi. Ot borgan sari holidan toyib, soʻlayib qoldi. Bobo otning yollarini siladi. Uning xoʻrligi keldi. Buni kuzatib turgan bolakayning koʻzlariga esa yosh keldi. U bobosining shu bilan birga otning yoniga choʻkka tushdi. Ular birgalikda otning yollarini silab, badanlarini qashlashdi. Ot esa boshini yerga solganicha yotardi. Bola uning boshlarini silaganda, ot koʻzlarini yumdi. Aftidan, bu siylov unga yoqayotgandi. Ot biroz turib koʻzlarini ochdi-yu ularga qaradi. Soʻng yana koʻzlarini yumib oldi. Otning koʻzlaridan yosh sizib oqdi. Bolaning eti uvushdi, u bir otga, bir bobosiga qarab turardi. Bobo esa koʻzlarini nevarasidan yashirdi. Bolaning ham yuzi namlandi. Bobo achchiq xoʻrsindi.

Ziyod attorning oti oʻrnidan turmaydi. Otni Yoqub qassob halollab oladi. Uning goʻshtini roʻzgʻorda kim yesa yeydi-yu, lekin Ziyod attor bilan nevarasi – Gʻafur bir chimdim tatib ham koʻrishmaydi. Otdan ayrilish Gʻafur uchun hayotdagi katta saboqning boshlanishi edi.

Oradan vaqt oʻtib Olapar ham oʻz-oʻzidan yoʻqolib qoladi. Gʻafur uni qidirib qarindoshlarinikiga boradi. Dashtu qirlarni izlaydi. Barisi befoyda. Olapar topilmaydi. Ancha vaqtdan keyin Otqamar darasida Olaparning oʻlib yotganini eshitadi. Bobosi bilan birga u yerga bordi. Itni koʻradi. Xoʻrligi keldi. Oʻpkasi toʻlib, yigʻlaydi. Oʻsha damda bobosining, yaxshi it oʻligini egasiga koʻrsatmaydi, degan gapi unga taskin beradi.

Endi Gʻafur hayotdagi yoʻqotish, ayriliqlar haqida ham oʻz-oʻzidan oʻylay boshlaydi. U oʻzicha yaxshi-yu yomonni, foyda-yu zararni solishtira boshlaydi. Gʻafur qushlar, hayvonlar haqidagi xayollardan endi odamlar haqida ular orasidagi tafovut xususida fikr yurita boshladi. Endi u odamlar, roʻzgʻor, oilalar orasidagi nomutanosibliklar haqida oʻylar edi.

U joʻrasi Ikromning nega otasiz yashashi kerakligini, Hoshim boboning kampiri nega oʻlib qolishi kerak, Inoyat bobo nega aroq ichadi, deya oʻziga oʻzi savol berardi.

Gʻafur bu dunyoning oxiri, hayotning sinoatlaridan tezroq boxabar boʻlishiga oshiqardi. Dunyoni oxiriga qadar bilgisi kelardi. Yosh Gʻafurga xayollari tutqich bermasdi. U savol beraverib, hammani bezor qilgandi. U nimanidir kashf qilmoqchi boʻlardi. Va bu borada oʻzini ixtironing uddasidan chiqa olmayotgan noshuddek sezardi.

Gʻafurni onasi oqshom togʻoraga solib choʻmiltirdi. Sochlarini kuzadi. Tirnoqlarini oldi. Unga atab xalta tikishdi. Atalgan xalta xuddi bobosining attorlik toʻrvasiga oʻxshab ketardi. Ertasiga ertalab xaltasiga qalam, daftar, siyohdon solib bobosi qoʻliga oldi. Keyin Gʻafurni ham qoʻlidan tutib yoʻlga opchiqishdi. Bobo nevarasi bilan maktabga borayotgan edi. Uni old partaga oʻtirgizishdi. Bobosi uni oʻzining eski oshnasi - Shermat muallimga topshirdi.

Gʻafur darslarni yaxshi oʻzlashtirdi. Odobi, xulqi joyida edi. Unga oʻqituvchilarning ham oʻquvchilarning ham birdek havasi kelardi. Sinfida hamma uning gapiga quloq solardi. U xuddi shu taxlit – havas qiladigan darajada maktabda oʻqidi.

Maktabni bitirgandan soʻng, uni otasi – Yoqub qassob Jizzaxga muallimlik kursiga opkeladi. Taassufki, Gʻafur imtihondan yiqiladi. Keyin qishloqqa qaytishdan uyalib, oʻsha yerda choʻlni oʻzlashtirish brigadalardan biriga ishga kiradi. Yana tinimsiz oʻqiydi, ham ishlaydi. Koʻp narsa unga alam qilardi. U oʻzini qasdma qasdiga yashayotgandek sezardi. Gʻafur taqdirida nima borligini tezroq bilgisi kelib, jangdagi sarkarda kabi hayotiga peshvoz chiqardi. U nedir yorugʻlik koʻrishni istardi. U muallimlik kursiga kirishni va uylanishini oʻylardi. Kechalari uyqusi qochardi.

«Hammasiga chidayman, yorugʻ kunlarim oldinda, yaratganning menga aytgani ham bordir. Men esa faqat sabot bilan olgʻa yurishim kerak.» Uning xayollari mana oʻylar bilan band edi. Hayot uni qattiq sinadi. Dardga yoʻliqdi. Uch yil yana shifoxonada yotdi. Shunda ham uning qoʻlidan kitob tushmadi. Dardni bergan xudo da’vosini ham beradi, deganidek Gʻafur tuzaldi. Jizzaxdagi muallimlik kursini ham bitirdi. Uning yuzi yorugʻ boʻldi. Yelkasidan togʻ agʻdarilib, jonajon qishlogʻi – Jomga yoʻl oldi.

Maktabda matematika fanidan saboq beradigan muallim boʻlib ishga joylashdi. Hamma bilan tez til topishib ketdi. Gʻafur muallimning matematikadan dars oʻtishi boʻyicha atrof maktablari orasida oldiga tushadigan yoʻqligi rost. U bir paytlar oʻqitgan bolalari bugungi kunda oʻzi bilan birga xizmat qilishadi. Koʻpchilik ota-onalar oʻz bolalarini Gʻafur muallim oʻqitishini juda-juda istashadilar.

Gʻafur muallim baxtini rostakamiga maktabidan topdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. U turmush oʻrtogʻi – Zumradxonimni ham oʻz oʻquvchilari orasidan topdi. Muallimning maktublarini mahbubasi – Zumradga oʻz oʻquvchisi – Eldor eltib berardi. Zumrad ham xuddi ertakdagi kabi havas qilsa arziydigan zaifa. Gʻafur muallimning koʻnglini tushunadi. Eri bilan faxrlanadi.

Gʻafur muallim oʻziga, kuchiga, toʻleiga ishonadi. Davralarda oʻzi oʻqitgan bolalarning hozirgi kunda erishgan muvaqqiyatlaridan soʻzlab beradi.