OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiHol (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/07/10
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Hol (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

Uning orziqishlari uzoqqa choʻzilmadi. Kutilmaganda otasi qazo qildi. Oila birdaniga sarosimaga tushib qoldi. Otasining marosimlarini oʻtkazdi. Uning xayoli parishon edi.

Oʻylardiki, otasi uzoqroq safarga ketgan, erta indin eshikdan kirib keladi. Keyin bolalar uning ustiga oʻzini otishadi. Ota esa ularni erkalab bagʻriga bosadi. Yana dasturxon boshida hammasi jamuljam oʻtirishadi. Ota bolalariga tikiladi. Uning koʻzlariga hech kim tik qaramaydi. U uzoq xayollarga choʻmadi... Otaning nelarni xayol surganidan bolalari bexabar boʻladi.

Bola yana bir holatni hamon yodida saqlaydiki, bu ham bir umrlik xotira edi. Ota oʻgʻlini yoniga chorlab, unga ammasini ya’ni oʻzining opasini chaqirib kelishini aytadi. Bola esa ammani oʻzi bilan birga ergashtirib uyga keladi. Dasturxon boshida opa-uka –ikkalasi holi qolishadi. Ular oʻzaro ancha vaqt suhbatlashadilar.

Quyosh botishi oldidan ota uydan chiqadi. Chiqib tomorqani bir aylanib, yana deraza oldiga borib oʻtiradi. Ota boshini roʻmol bilan oʻrab olgandi. U deraza oldida oʻtirganicha, hovlini, ekinlarni, daraxtlarni va bu yerda ishlayotgan bolalarini zimdan kuzatadi. Ota xuddi shu deraza oldida qosh qorayguncha oʻtirdi. Uni hech kim bezovta qilmasdi. Ammasi ham, onasi ham, bolalari ham.

Ota oʻrnidan turib, uyning orqa tomoniga yurdi. Bu paytda poda va suruv uyga qaytgan edi. U sigiru qoʻy, hoʻkizu qoʻchqorlarini koʻzdan kechirdi. Jonivorlarga oʻzi xashak tashladi.

Dasturxon otaga mahtal edi. Hamma oʻtirgan, faqat otaning joyi boʻsh. Ugra osh hali suzilmasdan turibdi. Amma esa bolalarga ovqat yeyishning qoidalarini tushuntiradi. Shu paytda ota eshikdan kirib keladi. Joyiga sekingina borib oʻtiradi. Hammaga ota xush koʻradigan taom – ugra osh suzildi. Barcha ishtaha bilan ovqat yeyishga tushdi. Ota murchdan taomga koʻproq sepdi. Choy ichishga ham navbat yetdi. Otaning manglayidan, boʻynidan ter tomchilardi.

Opa-uka oʻzlarining yoshlik damlarini, ota-onasini va boshqa qilgan shoʻxliklarini eslashdi. Keyin esa ota bolalariga burgut, boʻri, ot kabi jonivorlar va ular bilan bogʻliq qishloq odamlarining fe’l-atvori haqida yarim tungacha soʻzlab berdi...

Ertalab onasining dod-voyidan hamma uygʻonib ketdi. Bolalarni uyga kiritishmadi. Faqatgina amma « otangizdan rozi boʻlingizlar,» deya eshik oldida turardi.

Hovlini bir pasda tumonot odam bosdi. Qarindosh-urugʻlar »otamlab» yigʻlashdi. Peshinga yaqin tobutning narvonini uyga suyab qoʻyishdi. Xuddi mana shu damda bola ammasining oldiga keldi. Uning koʻzi toʻla yosh edi.
-Amma, otamni bir koʻrsatinglar, maylimi? Bu mening oxirgi iltimosim. Otamni ham oxirgi koʻrishim boʻladi...

Bola koʻp gaplarni aytishi mumkin edi. Biroq oʻpkasi toʻlib yigʻlab yubordi-yu, quduq boshiga ketdi. Kimdir unga suv tutdi. Hovuri bosilib, koʻz oldi yorishgandek boʻldi. Uning xayollari ostin-ustin boʻlib ketgan edi. Sodir boʻlgan voqea uni batamom gangitib qoʻygan, sarosimaga tushib qolgan edi...

Ana shu damda amma uni sekingina chaqirdi:
-Poʻlatjon bolam, bu yoqqa kel, ammang aylansin sendan. Kel, tezroq yur, boʻtam.

Ismini eshitiboq, bola ammasi tomon yugurdi. Amma uning qoʻlidan tutib, «Hov, egachilar yoʻl beringlar, bolasi kelyapti. Otasi bilan koʻrishmoqchi. Qani bolam kel-chi. Mana shu yerda tur,» dedi-yu amma mayitning yuzini sekingina ochdi.

Poʻlat otasining yuziga unsiz tikilib turdi. Koʻzlari yumuq. Jagʻi tangʻilgan. Yuzidan salgina qon qochgan. Oqargan. Ota uxlagandek, uxlaganda ham dunyodan, hovlidagi ahvoldan boxabardek va shu barobarida baxtiyor odamdek kulgichlarini qimtib yotardi. Bola sekingina mayitning yoniga choʻkkaladi. Otasining qoʻlidan ohistagina ushladi. Panjalarini mahkam siqdi. Ichida esa, «xayr otajon, bizdan, mendan rozi boʻling...» dedi. Bu damda u koʻnglidagi borki nekligini aytmoqqa, jamiki dardu hasratini yormoqqa tayyor edi. Biroq kimdir uning bilagidan tutdi. Bolaning lablari titradi. Yuragidan xoʻrsiniq otilib chiqdi.
-Oʻzingni bos bolam, - dedi ammasi. – Ota-ona oʻlmogʻi meros. Xudoyam oʻzi yaxshi koʻrgan odamlarini yoniga tezroq opketadi. Otangning umrini sizlarga qoʻshib bersin. U koʻrmagan kunlarni sizlar koʻringlar. Yigʻlamagin bolam, otangning ruhi bezovta boʻladi...

Poʻlat uydan chiqib, quduq oldidagi olmaga kelib suyandi. Shu yerdan turib tomorqasini kuzatardi. Kecha mana shu joylarni otasini bir aylanib chiqqandi. Ana shu paytda u kishi ne xayollarni surgan boʻlsa...

Zardoluning dovuchchalarini va xuddi mana shu - oʻzi suyanib turgan olmaning koʻm-koʻk mevalarini ham ushlab koʻruvdi. Ayniqsa, ariq boʻyidagi qari tutning tanasini qoʻllari bilan siypalaganichi! Ota mana shu tutni bir paytlar bobosi ekkanligini bolalariga aytib bergandi. Tutning gʻadir tanasini ushlab turib, balki xayolan bobosi va otasi bilan suhbatlashgandir.

Otasi mana shu tutning mevasi pishgan paytlarda tagidan tutlarni terib xuddi yosh boladek tamshanib yer edi. Uning tut yeyishi bolalarining ham havasini keltirardi...

Yigʻi ovozi kuchaydi. Bu paytda otani tobutga olishayotgandi. Janoza namozi peshinda oʻqildi. Tobutni izdihom qoʻlma-qoʻl qilishib, qabristonga eltdi. Otani lahadga togʻasi – Bekpoʻlat qoʻydi. Jiyanlari choponining bariga tuproq solib, sekingina chimning ustiga toʻkishdi. Qabr ustiga tuproq tortishdi. Tuproqdan doʻnglik yasaldi. Uni yana chim bilan ham qoplashdi.

Soʻng hamma Boʻriboy oqsoqolning amri bilan oʻtirishdi. Qabristonda uning oʻziga mos sukunati hukmron edi.

Mulla Eshturdi tevarak-atrofga bir qarab oldi-da, Qur'on tilovat qildi. Omin qilingach, xalq sekin-asta oʻrnidan turib, qabristondan chiqa boshladi. Shu paytda mulla Eshturdining, «ey, haloyiq, Isamat qanday odam edi?» degan xitobi yangraydi. Shunda barcha «yaxshi odam edi bechora, Isamat tuzuk inson edi,» deya birvarakayiga joʻr boʻlishadi.

Qabristondan qaytib yana hamma uyga kelishdi. Uzoqdan kelganlar duoi fotihani oʻqib boz iziga qaytishdi. Kechga tomon yana qarindoshlar toʻplanib, otaning nega bunday erta ketganligini taxminu tusmol qilib gaplashib oʻtirishdi. Ularning hammasi otani maqtashardi. Uydagilarga ovqat suzildi. Poʻlatning ishtahasi yoʻq edi. Sekingina uydan chiqdi. U otasi oʻlimidan bir kun avval oʻtirgan derazaning oldiga keldi.

Endi u otasining bu uyga hech qachon qaytmasligiga batamom ishongandi. Poʻlat alamli xoʻrsiniqni ichiga yutdi. Otasi bilan bogʻliq xotiralar bilan yashashi mumkinligini angladi.

Oʻlimning otani roʻzgʻordan opketishi oila uchun ancha mushkulliklarni keltirdi. Poʻlatning va ukalarining ruhiyati qattiq zarbaga duch keldi.

Amma ularning uyida ancha vaqt yurdi. U bolalarga ukasining yaxshiligini, yoshligini oshirib, maqtab gapirib berardi. Gapirib berardi-yu, bechoraning oʻzi ham yigʻlab yuborardi. Oʻzini tutolmasdi. Ammani esa hech kim yupatmasdi ham. Negaki, hamma ammaga qoʻshilib yigʻlardi.

Poʻlat hayitda otasining qabriga bordi. Koʻrsaki, qabr yonida olma daraxti koʻkarib turibdi. Duo oʻqidi. Endi oʻrnidan turaman deganda, Hasan goʻrkov keldi. U kishi ham tilovat qildi. Qarindoshlar kimdir unga pul uzatdi, goʻrkov olmadi.
-Men oʻzi tut ekmoqchi edim, - dedi Hasan goʻrkov. – Nima boʻldi-yu mana shu olmani ekib qoʻyibman. Akamning arvohlari shod boʻlsin, dedimda. Rahmatli Isamat akaning menga koʻp xizmatlari singan...

Poʻlat oʻzining boshida, taqdirida koʻp sinoatlar borligini ayni joyda turib, izdihomga tikilganicha oʻylab qoldi...

Goʻrkov esa kim bilandir gaplashib turardi...