OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiMergan Muso (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm11KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/07/10
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Mergan Muso (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

Yer yuzida qanchalar shaharu qishloqlar bor. Har birining oʻz odati, an’analari mavjudki, ular orasida tavofutni ilgʻash qiyish emas.

Biri biriga oʻxshamagan udumlarini koʻrib yoki eshitib hayron qolasiz. Tafovut shaharlar orasida emas, balki qishloqlar oʻrtasida va qoʻyingki, ularning odamlarida ham seziladi.

Yer yuzida Jom degan qishloq bor. Qishloqning qachon paydo boʻlganligini hech kim aniq aytib bera olmaydi. U haqda tarixiy manbalarda kam ma’lumotlar berilgan. Manbalarda faqatgina Jom qishlogʻi bilan bogʻliq tarixiy voqealar xususida qaydlar bor. Qishloqning tarixi esa alohida zikr qilingan joylar yoʻq. Shu tufayli Jom qishlogʻining tarixi haqida turli-tuman tarixiy rivoyatlar uchraydi.

Mamlakat xaritasini qoʻlga olib, qarasangiz Jom qishlogʻi Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining chegarasini aniqlab turganligiga guvoh boʻlasiz.

Jom bilan Qashqadaryoning Umakay, Sarson, Arabbandi, Qoraqiya, Chuvulloq va Qoʻchqorbuloq kabi qishloqlari yonma-yon. Ularni faqatgina togʻlar ajratib turadi. Odamlarning bir-biri bilan quda-andachiligi bor.

Toʻylar kim oʻzariga boʻlmasdi. Mehmon ham uning oti ham aziz bilinardi. Qoʻnoq berilar edi. Uy toʻla mehmonlarga yoshlar xizmat qilishardi. Taomdan soʻng, yoshlar yelkasida sochiq, birining qoʻlida oftoba, birining qoʻlida tuftan mehmonning qoʻliga suv quyishadi. Oftobani tutgan bola albatta ikki qoʻllab mehmonning ilkiga suv qoʻyishi shart. Qoʻnoqning otiga ham yigitlar koʻz-quloq boʻlib turishadi. Yemini, xashagini oxurga soladi. Tagini kuraydi. Qashlaydi. Otni sovutishadi. Ogʻzidan suvliqlarini, ustidan egar-jabduqlarini olib otga dam beradi. Mehmonning izzati bitib yoki toʻy tugaganidan soʻng oti oldiga kelganida uzangisini yoshlar tutib turishadi. Suvoriy otiga irgʻib minadi-da, mezbonlar bilan xayrlashadi.

Mana shu ishlarning boshida kayvoni turadi. U el-ulusning eng qadrli va obroʻli odami boʻladi. Kayvoni shu elning toʻyi-yu ma’rakasiga bosh-qosh boʻlib, to soʻnggi fotihaga dovur turadi.

Qishloqda otalar bolalariga erta turish kerakligini, negaki, yaratgan oʻz bandalariga saharlab rizq ulashishini mudom uqtirishadi. Shundan boʻlsa kerak, odamlar erta turib, hammasi oʻziga tegishli yumushlar bilan andarmon boʻlishadi. Bolalar molu-qoʻylarini dashtga haydashadi. Qizlar sigir sogʻishadi. Onalar non yopishadi. Otalar esa yelkasiga choponni tashlab, tomorqani aylangancha reja tuzadilar. Kelinlar esa hovliga suv sepib, supiradi. Jomda kelinlar kuyovning qarindoshlaridan birortasini ham ismi bilan chaqirmaydi. Kelin ularga oʻziga mos tarzda nom topadi. Masalan, katta aka, kenjatoy, polvon uka, qoraqosh ammasi, oy, avliyoshdagi avliyo kabi. Hattoki, ba’zi kelinlar uydaga mushukni haydab solish uchun pisht deyish oʻrniga hurmat bilan «pishing» degan ekan.

Jom bir tilli va bir urugʻli el. Atrof qishloqdagilar bu elga havas bilan qarashadi. Jomda yana bir ajabtovur odat borki, bu haqda soʻzlasak yomon boʻlmas. Ilgarilari bu qishloqqa falakning gardishi bilan kelib qolgan va yerli yigitlarlarga erga tekkan oʻzga millat vakilalari ham bor. Ularni qishloq ahli oʻz millatining nomi bilan ataydi. Masalan, Arab momo, Noʻgʻoy kampir, Tojik momo, Nayman momo kabi. Ayni chaqiriqlar yangragan paytda zigʻircha ham gʻayirlik sezilmaydi. Qaytaga momolar bu qishloq yigitlarining bir paytlar boshi aylanib, ularga nasib qilgani haqida qochirimli hikoyalarni aytib berishadi.

Momolar uzoq-uzoqlarga tikilganicha oʻz yoshliklari, oʻsib-ulgʻaygan joylari haqida ham gapirib berardilar. Ularning soʻzlarida ogʻriq allanechuk gʻussa bor edi. Momolar oʻtmishini soʻylab bergach, albatta xoʻrsinardi.

Momolar yoshligini, tugʻilib oʻsgan manzillarini sogʻinardi.

Jomda Muso degan odam yashaydi. U serfarzand. «Kachchak» degan laqabi borligini uning oʻzi ham biladi. Muso tinib-tinchimas odam. Yoshi oʻtinqirab qolganiga qaramasdan harakatlari haliyam chaqqon. Eshagiga oʻzi minadi.

Muso kachchak yoshligida juda shoʻx boʻlgan. Tekkanga tegib, tegmaganga kesak otadigan oʻspirin tengqurlari orasida dadilligi bilan ajralib turadi. Muso anchayin quv va qitmirroq edi. Uning savodi ham yomon emasdi.

Mulla Rahimga shariatdagi farzu sunnatlardan savol berib javobini eshitardi. Muso esa mullo Rahimning javobi nega mullo Misrnikidan farq qilishini yana soʻraydi. Mullo Rahim jim turadi. Soʻng ikkovi Musoning oʻzi tayyorlagan musallasdan bukkunicha ichishadi. Musoning mullo Rahimga ichi achiydi, rahmi keladi. Uning mullaligiga ishonmaydi.

Muso qoʻshnisi – Xolmon komissar bilan boʻyinsa edi. Uning yoshi Musodan katta boʻlib, u urush paytlari atrofdagi qishloq yigitlarini ruyxat qilib jangga joʻnatavergan. Koʻpgina harbiy va boshqa mutasaddilar bilan muloqoti yaxshi boʻlgan. Xolmon komissar goʻppiroq odam edi. Birov uni maqtasa echkiemarday shishardi. U urushga oʻzining tugʻishgan ukasi – Qamarni ham joʻnattirivoradi. Shundan soʻng uning obroʻsi yurt ogʻalarining orasida oshgandek boʻladi. Xolmon komissar goʻyoki yurt ogʻalari bilan har kuni saharda choy ichib yuradigandek, ularning nomidan ham ba’zi bir gaplarni aytib odamlarni ogʻziga qaratib turardi. Xolmon komissar oʻrischa ibora-yu soʻzlarni gap orasida ishlatib qoʻyardi. Biroq uning oʻrischasi noʻnoq edi. Muso oʻrischani bilmasa-da, baribir komissarni mot qilardi. Muso ba’zi bir soʻzlarning oʻrischa tarjimasini undan soʻrardi. Masalan, poʻstak, uzangi, gelagay, uvuz, tuyoq va boshqa shunga oʻxshagan soʻzlar boʻlardi. Xolmon komissar esa bu soʻzlarning tarjimasi qanday boʻlishini umuman bilmasdi.

Muso Samarqandga qatnab tunukasozlik boʻyicha hunar orttirib keldi. U uyida oʻtirib olib hokandoz, pechka, moʻri, choʻt, oʻroq kabi narsalarni yasab onasini boqardi. Musoning eng birinchi qilgan katta ishi – bu Xolmon komissarni uyining tomini tunuka bilan yopgani boʻldi. Shundan keyin uning faoliyati avj oldi. Hamma loysuvoq tomlarini Musoga aytib tunuka qoplattirardi.

Shunday kunlarning birida Muso tom ustida tunuka yopa turib, pastda qizil koʻylakli qizga nazar soladi. Qizi tushmagur ham tunukasozni zimdan kuzatib turgan boʻladi. U tomni ham, qizning masalasini ham tez kunlarda bitkazib, bu yerdan ketadi. Musoning uyqusidan halovat yoʻqoladi. Yurish-turishi oʻzgaradi.

Ajoyib kunlarning birida, kechki dasturxonga yigʻilib, choy ichib oʻtirgan mahali onasi Musoni odatdagidek qistalang qiladi: «Bolam, uylangin, men ham nevaralar boqay. Ularni koʻtarib yuray. Kelinning qoʻlidan choy ichay. Bu yoq umrim qancha qoldi, yolgʻiz xudo biladi. Bolam koʻzingning ostiga olganing boʻlsa aytgin, taraddusini koʻray...»

Oqibat Muso oʻsha qizil koʻylakli qizni aytadi. Onasi xursand boʻladi. Ertasiga tuguncha bilan boʻlgʻusi qudanikiga keladi. Yana boshqa e’tiborli odamlar oraga tushadi. Baribir foydasi boʻlmaydi. Oxiri chidolmasdan Musoning oʻzi ham taomilni buzib keladi.

«Qizlaringni bersanglar menday yigitga berasizlar, mendan ortiqqa u ham tegmasa kerak. Uning menda koʻngli bor, ishonmasanglar soʻrab koʻringlar,»

Baribir foydasi boʻlmaydi. Oqibat Muso qizil koʻylakli qizni opqochib ketadi. Biroz muddat u qiz bilan koʻzdan panada – Samarqandda oʻzi bir paytlari ijarada yashagan tojik kampirnikida turadi. Soʻng qishloqqa qaytib keladi. Mulla Misr ularga nikoh oʻqiydi. Tuy qilinadi. Qudalar bir muddat bir-birlariga tumtayib yurishadi. Keyinchalik hammasi joyiga tushib ketadi.

Musoning kattakon bogʻi bor. Unda turli navli uzumlar pishadi. Bogʻda u bolalarini yoniga olib mehnat qiladi. Roʻzgʻorini mana shu bogʻ hisobidan boqadi. Uning uzumlari nafaqat Jomda balki, tevarak atrofdagi qishloqlarda mashhur. Mayizi ham yaxshi boʻladi.

Uzumlar ayni gʻarq boʻlib pishgan mahali qoʻliga ov miltigʻini olib, hosilni qushu oʻgʻrilardan oʻzi qoʻriqlaydi. Ov miltiqni Xolmon komissar topib bergan. Qoʻliga xujjat ham obergan.

U uzumini yemoqchi boʻlgan mayna, chumchuq va olashaqshaqlarni otadi. Otilgan qushlarning tanasini esa uzumzorga uzun tayoq chiqib unga osib qoʻyadi. Gohida koʻzqoʻrqitarga Muso osmonga qarata miltiqdan oʻq otadi.

Kunlardan birida Muso uzumzorga oʻgʻri kirayotganini payqab qoladi. Surishtirib bilsa, mahallaning bolalari shoʻxlik qilayotgan ekan. U miltigʻini oʻqladi. Oʻgʻrilarni ham, qushlarni ham choʻchitib qoʻyish uchun kun buyi huda-behuda oʻq otaverdi. Muso qilayotgan ishidan ma’ni topmasdi. Faqatgina, miltigʻi bor ekanligini, uzumzorga kirmoqchi boʻlgan oʻgʻrining yuragiga hadik solib qoʻyish niyati bor edi.

Musoning koʻhlikkina qizi bbor edi: Oyqiz. Qizi tushmagur koʻzga yaqin edi. Koʻp yigitlar unga oshiq boʻlsa-da, lekin Oyqiz ularga roʻyxushlik bermasdi. Qizning koʻngliga birgina yigit yoʻl topadi. U yigitning singillariga roʻmolcha beradi. Bu esa rizolik belgisi edi. Yigit bilan qizning uchrashuvi boʻladi. Ikkalasi bir-biriga ahdu paymon qilishadi. Shirin-shirin xayollarni surishadi. Baxtdan va’dalar berishadi.

Ajoyib yoz kunlarining birida yigit singlisining qoʻliga xat tutqizib, Oyqiznikiga joʻnatadi. Singil ega maktubni egasiga eltadi. Yigit esa qachon qorongʻu tushar ekan, deya zoriqib uyda oʻtiradi. Vaqtning oʻtishi, oftobning joyiga siljishi uning uchun toʻxtab turgandek yoki yalqovlik bilan harakatlanayotgandek tuyulardi. U quyoshni qoʻli bilan botirib qoʻygisi kelardi.

Intiqib kutilgan damlar ham yetib keldi. Osmonda yulduzlar quyuqlashardi. Qushlarning chugʻur-chugʻuri ham bosildi. Itlar ham gohida akillab ovoz berardi. Yigit mana shu pallada Musoning uzumzori tomon yoʻl oladi.

Ularning uchrashuv joyi – bogʻning oʻrtasidagi xochsifat yogʻochning boshiga telpak, egniga eski toʻn yopilgan manzil edi. Yigit oʻsha joyga kelib Oyqizni kuta boshladi. Oyqiz esa chiqavermay, yigitni oʻziga mahtal qilardi. Yigit bezovta boʻla boshladi. Oqibat yigitning toqati tugab uyiga qarab keta boshlaydi.

Kutilmaganda tunni oʻq ovozi buzadi. Muso yigitni moʻljalga olgandi. Oʻq yigitning boldiridan bir parcha goʻshtni yulib ketgandi. Bogʻbon yugurib borib, yigitning qoʻllarini orqasiga qayirib bogʻladi. Yigit esa tanidagi ogʻriqdan ingrab yotardi. Oyqiz esa uyda unsiz yigʻlardi. Muso yigitni urmoqchi boʻldi, biroq qoʻli bormadi. Koʻngli Musoning xato qilayotganini aytib turardi.

Muso asirining qoʻllarini boʻshatib, yarasiga kigiz bosdi. Oyqiz ham yordam berdi. Muso ham, Oyqiz ham yigitning oldida oʻzlarini gunohkor sezardi.

Muso shundan soʻng yigitning uyiga bordi. Boʻlib oʻtgan voqeani batafsil tushuntirdi. Yarash-yarash boʻldi. Yigitnikidan sovchilar keldi...

Muso oʻzi bir paytlar otgan kuyovini boshqalaridan ayricha koʻradi...