OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiMorboz (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm13KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/06/14
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Morboz (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

Qishloqning oʻrtarogʻidagi qirning biqinida chogʻroqqina hovlimiz va boloxonali uyimiz boʻlardi. Men faqatgina hovlimizda va ba’zan tomga chiqib oʻynar edim. Gohida akam – Naim qirning ustiga opchiqib, oʻzim tengi bolalarning orasiga qoʻshib qoʻyardi. Men esa bu yerda oʻynayotganlarga unchalik ham el boʻlib ketolmasdim. Darhol buvimning oldiga oshiqar edim. U kishi menga koʻpgina ertagu doston, choʻpchagu matallarni erinmasdan aytib berar edi. Buvim oq tushgan sochlariga kalit tuyulgan iplarni oʻrib yurardi. Bu kalitlar ichiga mayiz, turshak, yongʻoq va latta-puttalar solingan sandiqning zulfida osilib turgan mushtdek qulfchalarga solinar edi. Bularning hammasi menga sirli, sinoatli boʻlib tuyulardi... Buvim akam ikkimizni qoʻshnimiznikiga ergashtirib borganida, Naim buvimning sochlaridagi kalitlar bilan oʻynab turib, birini pichoqchasi bilan kesib oldi. Soʻng qulfning tumshugʻiga kalitni tiqib, sandiqni ochdi. Shirinliklardan birov bilmaydigandek olib yedi. Albatta, akam menga ham gullab qoʻymasligimni uqtirib, shirinkoma bergandi.

Buvim akamdan koʻra meni koʻproq yaxshi koʻrardi, deb oʻylardim. U choʻpchaklarni aytib boʻlganidan soʻng asta oʻrnidan turardi-da kolotasi ostidagi sochlaridan tegishli kalitni olib, sandigʻidan sarxil yeguliklarni keltirib oldimga qoʻyardi. Biz ertaktinglovchilar esa bor dunyoni unutib, bemalol ogʻizlarimizni kappa-kappa ochib, xoʻrakxoʻrlikka tushardik...

Buvimning oldiga kirayotib, onam ikkalasining sirli ovozda gaplashayotganini sezdimu dahlizda koʻymalanib turdim. Onamning uni ovutish uchun aytayotgan gaplarini tingladim: « Nafasingizni issiq qiling. Yaxshi gapgayam, yomon gapgayam farishta omin, derkan.

Siz hali koʻp yashaysiz. Ana Fozila kampirga qarang, ikki yuzi qip-qizil xoʻrozday...»

Buvim esa onamning gaplariga beparvo tarzda noliydi: »...yoʻq, bolam, mening ham izzatim bitganga oʻxshaydi. Birgina Fozilani hisoblamasang, bu tegrada mening tengi tushim qolmadi. Izzatim borida ketganim ma’qul koʻrinadi. Ana bolalaring ham ulgʻaydi. Azamdan keyin ham eslab turishadi. Ha, esimdan chiqay debdi, tunov kuni men ularni ergashtirib Kunsuluv kampirnikiga boruvdim, Naim tushmagur kalitni oʻgʻirlab, sandiqlarimni kovlabdi. Anovi katta sandiqda hammasi tayyor turibdi, kaliti baxmal koʻrpachaning qatida.»

Ularning suhbati mening xayollarimni shoshirib qoʻygandi. Nima qilarimni bilmay, akamni topish uchun tashqariga chiqdim. U hayotda oʻt oʻrayotgan ekan. Akam ikki tutam oʻtni oʻradi-yu yana kissasiga qoʻlini solib, boz ogʻziga nimalarnidir tiqardi. Oldiga sekin borib, unga eshitganlarimning hammasini aytib berdim. Akam shundan keyin uy tomon shoshib yugurib ketdi. U eshikni shartta ochdi-da oʻzini buvimning quchogʻiga tashladi. Naim sal fursat oʻtib, tisarildi-da buvimga xitob qildi: « Siz oʻlmang buvi, hali koʻp yashashingiz kerak. Sandigʻingizdagi turshaklarni men oʻgʻirlab yegan edim. Katta boʻlsam, Siyob bozoridan turshaklarni qoplab opkelaman. Siz men bilan, Toir bilan yashang. Oʻzimiz sizga mayiz, yongʻoqlarni opkelib beramiz...»

Buvisining oʻpkasi toʻlib tursa-da kulimsiradi. « Kim oʻlaman, debdi. Mening jonimni olaman, degan Azroil ham sendek nevaralarim borligini koʻrib, shashtidan tushadi. Sen bilan Toirning bolalaringni koʻrmay turib, oʻlmayman.»

Shunday qilib, buvim men bilan akamga oʻlmayman, deb va’da berdi.

Kunlar soviy boshlagan damlar. Buvimning uyidagi sandalda shiftdagi qassoblar bir paytlari otgan harom tomirga qarab yotaman. Qachonki, shu yerda yotib shiftdagi tomirlarni koʻrsam, darhol esimga bobom tushadi. Biroq men bobomning yuz qiyofasini tuzukroq eslay olmayman.

Endilar buvim menga choʻpchagu matallardan tashqari, qishlogʻimizdagi xosiyatli va bexosiyat joylar va u yerlarda uchraydigan jin-ajinlar haqida soʻzlab berardi. Buvim turadigan uy juda keng edi. Qish paytlari hamsoyalarning bolalariyam biznikiga kelib oʻynar edi. Bir kuni bizlar buvimni ham unutib, poygakda qiy-chuv qilib oʻynayotganimizda, buvim yalingan ovozda Naimni chaqirdi. Biz bu paytda Naim bilan Husniyani kelin-kuyovlardek yasantirib boʻlgandik. Akam boshidagi bobomdan qolgan sallani silab-silab buvimning oldiga bordi. U oʻzi oʻtirgan koʻrpachaning tepasini yoniga tortib, qaragin, deya imo qildi. Shunda Naim choʻchib tushdi-yu, ortiga tisarildi. Bizlar ham hayron boʻlib oʻsha tomonga boʻylab, unchalar katta boʻlmagan qoramtir ilonning kulcha shaklda oʻziga –oʻzi oʻralib yotganini koʻrdik. Naim tashqariga otilib chiqdi. Sal fursat oʻtib, qoʻlida boltani tutganicha hovliqib uyga kirdi. «Men bu ilonni oldin ham koʻrganman. Yomon ilon bu. Oʻtgan yili uyimizning shiftidagi qaldirgʻochning bolalarini yeganini koʻrganman. Qaldirgʻochlar chirqillab qoluvdi. Men tayoq opkelgunimcha bu iflos da’f boʻlgandi. Ilonni yoʻq qilishimiz kerak, agar uni oʻldirmasak, u yana keyin qachonlardir oilamizga ziyon yetkizishi mumkin.»

Buvim ham xuddi bizlardek Naimning gaplariga jimgina quloq solib tursa-da, biroq ilonni oʻldirishga unamadi. Akamning qoʻlidagi boltasini olib, yoniga qoʻydi. Qaytaga un opkelishni buyurdi. Oshxonadagi supradan bir kosa un keltirib, buvimning qoʻliga tutqizdim. Buvim undan siqimlab olib, ilonning ustiga sepdi. Ilon oʻsha zahotiyoq uzun boʻlib, bizning oldimizdan sirgʻalib oʻtdi-da, hovli tomon ravona boʻldi...

Buvim ilonlarning ham xuddi biznikidek oilasi va Shohimoron degan podshohi borligini aytdi. Bu podsho har bir xonadonga oʻzining ilonlaridan bir juftini tayin etib joylashtirgan, odamlar oʻz uylarida Shohimoronning ilonlarini koʻrgudek boʻlishsa, darhol uning ustiga un separ ekan. Va mana shu ustiga un sepilgan ilon xonadon sohiblarining yaxshi niyatda ekanligini Shohimoronga aytar emish. Buvimning bu gaplarini tinglayotganimizda koʻnglimizda zarracha gumon tugʻilmadi.

Oradan ancha yillar oʻtdi. Naim bilan Husniyaning toʻylari boʻldi. Ular qirning ustiga uy solib, qora qozonini boʻlak qilishdi. Buvim yashaydigan uyning shiftida bobomning surati osigʻliq turardi. Endi esa men uning yoniga buvimning ham suratini ilib qoʻydim... Buvim turadigan uy menga qolgan edi. Buvim tushlarimga kirib chiqardi.

Uygʻonib ketganimda hali tonggacha uzoq vaqt bor edi. Uyqumda koʻrgan tushimni xotirlay boshladim. Bobom bilan buvimning surati ustida ust-boshi oq va soqol moʻylabi ham qordek oppoq nuroniy chehrali bobo koʻrindi. U menga taxminan mana bunday degan edi: «oʻgʻlim sen hayotda oʻzingga tanmahram izlamagin. Uni topgan taqdiringda ham u senga vafo qilar, lekin hayot vafolik qilmaydi. Negaki, sening ortingda yigʻlab qoladigan va suratingni bobong va buvingnikidek uyining toʻriga osib qoʻyadigan valiahding boʻlmaydi. Oʻksinma bolam. Sen bu gaplarni doʻst tanmi yoki dushman tanmi deya muqoyasa qilib ovora boʻlma. Men doʻst tanman.»

Bu tushimni eslar ekanman, oʻzimning ham aqlim shoshib qoldi. Ertalabki nonushtadan soʻng, koʻrgan tushimning ta’birini onamdan soʻraganday boʻldim. Ishonqiramay turgan onam menga savol yogʻdira boshladi.

«Judayam oppoqmi?»

«Ha.»

«Sochlari ham oqmi yoki sallasi bormidi?»

«E’tibor bermabman.»

«Balki Xoʻjai Hizr boʻlmasin?»

«Ismini aytmadi.»

«Qoʻlining bosh barmogʻini ushlab koʻrmadingmi?»

«U mendan ancha uzoqda turgan edi.»

Onam men bilan hisoblashmadi. Men akamga qaraganda noshudroq edim. Mabodo qizlar gap qotsa ham uyalib, ikki yuzim qizarib ketardi. Uydagilarimiz buni yaxshi bilashardi. Yoʻq, maktabda oʻqib yurgan chogʻimda, oʻzimdan ikki sinf qoʻyida oʻqiydigan Kimiyo ismli qiz bilan oramizda nedir iliqlikni sezganman. Yigit boʻla turib men ichimdagi dardimni aytishga botina olmadm. Qiz boʻla turib, u uyaladi. Xullas, Kimiyo «senday lapashangdan oʻrgildim,» deganday menga etagini ham tutqizmay erga tegib ketadi. Onam esa uzoqroq qarindoshimiz boʻlgan Yormat kattaning qizi – Musallamni menga unashtirib qoʻydi. U bilganini va oʻylaganini qildi. Negaki, qishlogʻimizda menga oʻxshagan yoshi oʻtinqiragan yigitlar oʻzlariga munosib qayliq tanlashga ragʻbat topmasdilar. Kimniki unga munosib deb bilishsa, yigit boshini ham qilib rozi-rizoligini bildirar edi. Soʻng qoʻshganlari bilan «dunyo deganlari shu ekanda...» deya qoʻshilib yashab ketaveradilar...

Aloq-chaloq tushlar koʻraverdim. Men irimchi emasdim, biroq buvim rahmatlining ta’sirimi yoki onamning pandi bilanmi har tugul, uxlashim oldidan yostigʻimning ostiga piyoz va pichoqni qoʻyib yotardim. Toʻshakda chalqancha yotamanu uyqum kelmay yostiq ostidagi narsalarni oʻylay boshladim. Ular mening taqdirimni oʻzgartira olarmikan yoki hazorisfanddan ham bir dasta qoʻysammikin? Yoxud bir paytlari Naim ombordan koʻtarib kelgan boltani opkelib solaymi? Kulgim qistaydi. Shu onda xuddi shakkoklik qilayotgandek darhol sergak tortaman.

...yana oʻsha nuroniy yuzli boboni tushimda koʻrdim. U meni turtib oʻygʻotdi-yu oʻzi esa bobom bilan buvimning osigʻliq turgan suvratlarining ustiga koʻtarilib oldi. Shosha-pisha salom berdim. U alik oldi. Men uning oldida xuddi gunohkordek boshimni quyi soldim. Nuroniy chehrali bobo mendan gina qildi: »bolam soʻzlarimga quloq solmabsan. Gaplarim senga kor qilmabdi. Senga Shohimoronning nazari tushgan. Shu sabab uylanishni xayolingga ham keltirma. Hali ham kech emas. Senga oxirgi gapim shuki, qachonki u bilan uchrashganingdan soʻng, taqdir yoʻling ochilib, niyatingga yetishing mumkin. Agar aksini qiladigan boʻlsang, maqsadga va koʻzlagan manzilinga yetmogʻing mushkul.»

Men Shohimoron bilan uchrashuv qachon va qay joyda boʻlishini soʻrashga fursat yetmay, nuroniy chehra devorga singib ketdi.

Musallam ikkimizning toʻyimiz tiramoh faslining boshlarida boʻldi. Bu toʻyga koʻzim uchib turgani yoʻq edi. Mening xayolimni yonimda oʻtirgan kelin – Musallam emas, balki nuroniy chehraning gaplari oʻgʻirlagan edi.

Toʻydan keyin oʻsha nuroniy chehraning gaplarini unuta boshlayotgan edi. Buning ustiga qoʻlim-qoʻlimga tegmay roʻzgʻor tashvishlari bilan band boʻldim. Nuroniy chehra ham meni yodidan chiqargan chogʻi, hech koʻrinmay ketdi.

Men xayolim yetgan qadar koʻp narsalarni orzu qilardim. Orzularim, niyatlarim va istaklarim serob edi. Ulardan koʻpining bahridan oʻtdim, deya olmaymanu lekin ne qilayki, armonga aylandi. Bu esa menga qattiq alam qilardi. Nachora... Orzular dastlab koʻngilda ming yillik chinorning tomirlari kabi ildiz otar ekan. Agar ular armonga aylansa, misoli chinor soʻlarkan, tomirlari esa koʻnglingizdagi dogʻdek qotib turar ekan.

Orzu... armon... dogʻ... Dilsiyohlikning asl ibtidosi shundan boshlanadi...

Men nuroniy chehradan xafa boʻla boshladim. Uning hech qursa, yana bir bor boʻlsa-da, uyimizga kelishini intiq boʻlib kutayotgan edim. Shohimoron haqidagi gaplarni xotinimga ham aytib berdim. U esa yigʻladi. Yigʻidan koʻzlari shishib, qizarib ketdi. Koʻzyoshlari bilan u meni ovutmoqchi boʻlardi. Koʻnglim oʻksib, uni asta bagʻrimga tortaman. Yupataman. Faqatgina ikkimiz bir-birimizga achinar edik. Koʻzyoshlarimizning achchiq ta’mini lablarimiz sezsa-da, men unga, u esa menga shirin va’dalar aytib pichirlar edik.

Nuroniy chehradan ham, Shohimorondan ham koʻnglim sovidi. Hafsalam pir boʻldi.

Kunlar isib, dalalarda boychechaklar ochila boshlagan kezlarda bir tush koʻrdim. Yoʻq, tush emas, oʻngim ekan. Buni keyinroq fahmlab yetdim. Bir paytlari uyimizning yonida tegirmon boʻlardi.

Tegirmondan pastroqda esa biz aziz deb biladigan joy bor edi. Xuddi oʻsha qoʻyindining yonida harsang turardi. Men tushimda alahsirab, oʻsha harsangning oldiga kelaman, u yerda esa ikkita kichkinagina bolalarning oʻynab yurganini koʻraman. Koʻnglim iyib, ulardan kichigini koʻtarib olib, uyimga ketayotgan edim. Boshqasi – kattarogʻi harsang tomonga qarab, «bobo, bobo anovi kishi ukamni uyiga opketyapti,» deydi.

Men bu gapni eshitib, hayronlik bilan ortimga ugirilib qaradim. Shunda soqol-moʻylabi ham, ust-boshi ham oppoq chol harsang orasidan chiqib men tomon kela boshladi. U sekin keldi-da, menga bir ogʻiz ham gapirmasdan koʻksimdagi goʻdakka qoʻl choʻzdi. Goʻdak ham shu imoga mahtal turgan ekan, chogʻi oʻzini cholning bagʻriga otdi. Keyin chol bir ogʻiz ham gapirmasdan bolani bagʻriga bosganicha kelgan yoʻliga qaytib ketdi. Qariya harsangga singib ketgandi. Bu shundayin bir lahza ediki, men uni aqlimga sigʻdira olmasdim. Xayollarim ham xuddi dahshatli mahluqni koʻrib, jonsarak ahvolda potrab qochgan ojiz hayvonlardek har tarafga sochilib ketgan edi. Fursat oʻtib, aqlimni yigʻishtirib, keksa muysafedning ortidan baqirdim: «Ey-y-y, Shohimoron chiq, bu yoqqa, nega mening bolalarimni ushlab turibsan. Biz ularga zormiz-ku, axir. Ey, ilonlar podshohi insof bormi senda? Bizlarni zor qaqshatishdan muddaong ne, ey zolim Shohimoron?»

Harsangga suyanib koʻp va xoʻb yalindim, yolvordim va lekin hech sado chiqmadi. Toshni quchoqlab uxlabman. Birov turtadi, qarasam Musallam sal narida esa onam harsangga tikilib turardi.