OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiNiyoz (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm10KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/07/10
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Niyoz (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

Amirxon Eshon kampirining gapiga kirib, Nurmat baxshinikiga qulchilikka joʻnadi. Baxshi Yaxshiboyday yigitni unchalik mensimagandi. Borgan sovchilarni qaytaraverdi. Yaxshiboyning ota-onasi u yoshligida qazo qilib, bola bir singlisi bilan qolgandi. Ikkalasini esa amakisi asrab olgandi. Yaxshiboy qoʻlidan ish keladigan boʻlganidan keyin qishloqning podasini boqib va buning evaziga kun kechiradi.

Yaxshiboy eshonning ham, baxshining ham suruvini boqardi. Muylabi sabza urgandan soʻng Nurmat baxshining har doim suruvga qoʻy qoʻshadigan katta qizi – Roziyaga koʻngli sust ketdi. Uydagilarga dardini aytdi. Yangasi bordi, amakisi bordi, boshqalar ham bordi. Barisi bekor boʻldi. Umidi uzilgan amakisi oxiri eshonning kampiri – Toshbuvi momoni ishga soldi...

* * *

Nurmat baxshi Amirxon eshonni uzoqdan koʻra turib, unga peshvoz chiqdi. Eshonni eshagidan tushirib, arqonni qoziqqa ildi. Xurjunni yelkasiga oldi. Mehmonining qoʻliga suv qoʻydi. Soʻng mehmonxonaga kirishdi. Salom-alik, hol-ahvol soʻrashildi. Bir piyola choy ichib boʻlingandan soʻng, eshon hayron boʻlib turgan baxshiga qarab gap boshladi:
-Baxshi men qulchilikka keldim, Roziyaga.
-Ha, eshon buva. Qani u yogʻini ham eshitaylik-chi? Nima gap ekan. Ayting-chi? – deya baxshi alanglaydi.
-Yaxshiboyni bilasan. Oʻzimizning yigit. Aybi nuqsoni yoʻq. Tarbiyasi, odobi joyida. Shu yigitning baxtini bekam qilsang. Savob ham boʻlardi. Buning ustiga Yaxshiboy bilan Roziya qizimiz bir-birini haliginday... – deya eshon gapining oxirini aytmaydi.
-Eshon buva, Yaxshiboy yetim boʻlsa, uy-joyi ham yoʻq. Bola-chaqani qanday boqarkan, - deydi baxshi hadiksirab.
-Ey, baxshi hammasi xudoning ishi. Roziqboy erta oʻlay, bolalarim yetim qolsin, dermidi. Roziqboyni yaxshi bilasan. Qoʻli ochiq, tanti yigit edi. Xudo umridan qisgan ekan. Na iloj. Olmaning tagiga olma tushadi, baxshi. Yaxshiboy ham Roziqboyning oʻgʻli. Toʻrt muchasi sogʻ, uyni oʻzi qurib oladi. Qarindoshlari ham qarab turmas. Men ham uylanganimda birgina oq yaxtak bilan ishtondan boʻlak hech vaqom yoʻq edi. Mana endi qara, shuncha dovu daskaga ega boʻlib turibman. Baxshi, sal kenglik qilgin. Amakingga oʻxshab, Omonboyday yigitlarni koʻzlamagin, tagʻin, - deydi eshon.
-Omonning yoʻrigʻi boshqa. Amakim uni yeru koʻkka ishonmaydi. Hammaning havasi keladi. Qaniydi, hammaga ham Omonday kuyov nasib qilsa, - deydi baxshi.
-Toʻxta, Omon hozir otasiniyam tanimaydi, baxshi. Amakingning katta oʻgʻli boʻlib qoldi u. Bir paytlar amaking ham «xato qilmadimmi?» deb oʻylanib qoluvdi. Lekin Omonning enasi oʻtkir xotin edi. Hamma masalani hal qilardi. Uncha-muncha erkak uning yoʻlini toʻsa olmasdi. Qishloqning ayollariga paranji tashlattirgan ham oʻsha ayol edi. Parda bechora xotinining dastidan uyalardi. Urushdan keyin uncha koʻp yashamadi. Soʻng kampiri ot minib koʻp davru davron surdi. Omon esa Omonboy boʻldi. Otasining nomini koʻpam tutmadi.

Yaxshiboyga qizingni bersang, baxshi. Ikkovi baxtli boʻlsin. Sen bilan men tilovchi odammiz. Kel, shu ishga yoʻq demagil, - deya Amirxon eshon soʻzini tugatdi.
-Bilmasam, Eshon buva, onasining ham gapini olsak nima qilarkan? – deya baxshi talmovsiradi. – Harna umr savdosi. Masalasi ogʻirroq. Pishiq-puxta oʻylagan ma’qulmikan. Erta-indin qiynalmaslik uchun hozirdan ishni pishitsak degandim.
-Baxshi oldingga sichqon-pishak oʻynagani kelganim yoʻq. Men oldin ham Yaxshiboydan qanchalab sovchilar kelgan. Xotiningni pesh qilma. Hozir yo «ha» yoki «yoʻq» degin. Ayollar bilan kengashishga toqatim yoʻq. Aytib qoʻyay, agar yoʻq deydigan boʻlsang, sen bilan salom-alikni yigʻishtiraman. Menday eshon sen uchun yoʻq hisobi. Bor gap shu, omin, - deya eshon oʻrnidan qoʻzgʻoldi.
-Eshon buva, oʻtiring, oʻtiring, hali hech gap boʻlgani yoʻq-ku, - deya baxshi oʻrnidan turib, mehmoniga talpindi.

Biroq Amirxon Eshon mezbonning iltifotlariga beparvo boʻlib, oʻrnidan dast turdi. Yelkasiga chakmonini tashlab, sallasini toʻgʻrilagan kishi boʻlib, eshikdan chiqdi.

Nurmat baxshi yalindi, yolvordi. Eshon parvo qilmasdan eshagi tomon yoʻl oldi. Baxshi uning xurjuniga ul-bul solib, uydan yugurib kelib, arqonni yechdi. Egar jabduqlarni tortdi. Soʻng xurjunni egarga tashladi. Mezbon alanglab turardi. Tili lol edi. Mehmon eshagiga irgʻib mindi.
-Eshon buva yaxshi boring, yana keling, - dedi baxshi.
-Eshonni keladigan qildingmi sen zangʻar. Agar qizim boʻlganida Yaxshiboyni oʻzimga kuyov qilardim. Ey, sadqai odam ket, - deya mezbon eshagini niqtab joʻnab ketdi.
-Eshon buva, siz tushunmadingiz, men hali... – deya baxshi uning ortidan gapirganicha qoldi.

Nurmat baxshi Amirxon eshonning ortidan ancha vaqtgacha qarab qoldi.

«Eshon buva xafa boʻlib ketdi. Endi nima qilsam ekan. Balkim yarim yoʻldan qaytib kelib yana mendan gap soʻrar. Rozi boʻlsam, nima qilardi?» – deya ichida koʻp gaplarni takrorladi.

Eshon iziga qaytmadi.

Nurmat baxshi ortiga qaytdi. Uyiga kirdi. Kampiri qizi – Roziyaga imo qildi. Qiz uydan chiqdi. Soʻng sekin gap boshladi:
-Eshon buva nimaga kelgan ekan. Ketishi sal tezroq va ajabtovur boʻldi. Yoki birorta ishi esiga tushib qoldimikan?
-U kishi qulchilikka kelgan ekan, - dedi baxshi.
-Kimga? – dedi kampirining koʻzlari chaqnab.
-Roziyaga, - deydi baxshi erinibgina.
-Roziyaga... kimdan kelibdi, - deydi kampir boʻynini choʻzib.
-Kimdan boʻlardi, anovi Yaxshiboy bor-ku, shundan kelgan, - deydi baxshi bepisand.
-Ha, shunday deng, boshqa odam qolib, endi eshonni oʻrtaga solibdi-da. Ular ham anoyi emas. Yumshoq yerni bosgisi kelmaydi. Siz nima deb javob berdingiz, - deydi kampiri.
-Hali hech narsa deb javob berganim yoʻq. Lekin oʻylanib qoldim. Boshim qotdi. Nima desam ekan, - deydi baxshi.
-Nimayam der edingiz. Yoʻq deng. Yaxshiboyga beradigan qizim yoʻq. Shunda qutilasiz, qoʻyasiz. Eshoniyam, boshqasiyam bizni tinch qoʻyadi, - deya kampiri javray ketdi.
-Sen shunday deysanu lekin eshon xafa boʻladi. Hozir u ham xursand boʻlib ketgani yoʻq. Eshon olamjahon nasihatlarni qildi. Ammo mendan sado chiqmadi. Xotin kel, shu odamning sazasi oʻlmasin. Roziyani Yaxshiboyga beraylik, - deydi baxshi.
-Yaxshiboy yetimcha boʻlsa, uy-joyi yoʻq. Buning ustiga u bizning tengimiz emas. Men qizimni u yetimcha uchun tuqqanim yoʻq. Mening ham oʻzimga orzuyim, niyatlarim bor. Oʻsha eshoningiz oʻz qizini Yaxshiboyga berarmidi? – deya kampiri shangʻillay boshladi.
-Ha, qizim boʻlganida Yaxshiboyni oʻzim kuyov qilardim, dedi eshon buva, - deya gap boshladi Nurmat baxshi.
-Eshon buva shunday dedimi? – deya kampirning ovozi pasaydi. – Unday boʻlsa yaxshilab oʻylab koʻrish kerak ekan. Balki baxti ochilib ketar.
-Mana xotin oʻzing bir oʻylab koʻr, hech kim onadan toʻla-toʻkis tugʻilmagan-ku! Roziyani Yaxshiboyga boʻlmasa yana bir boshqasiga berishimiz kerak-ku axir! Oʻzimizdan qiyos, seni olganimda ahvolimiz qanday edi-yu, mana hozir qay ahvoldamiz? Shuncha narsani ikkovimiz yaratdik. Birov opkelib bergani yoʻq-ku! Munday oʻylab qarasak, Yaxshiboy ham yomon yigit emas, tuzuk. Mehnatkash, odobi, uyati bor. Buning ustiga eshon buva uni deb roʻzgʻorimizga bosh urib keldi, - dedi baxshi.
-Bu bilan qizimizni Yaxshiboy yetimchaga beramiz demoqchimisiz. Adashmayapsizmikin? – deya kampiri taajjublanadi.
-Izzatimizni bilganimiz yaxshi emasmi, kampir. Obroʻyimiz joyida, hurmatimizni qilib kelishdi. Roziyani bersak Yaxshiboyday yigitga beramiz-da. Undan ortigʻiga beraolamizmi? Tagʻin, qizingning ham koʻngli bor deganday boʻluvdi. Yana boshqa boshogʻriqlar paydo boʻlmasin. Bolang uchun katta gapirishning mavridi emas. Keyin elga sharmanda boʻlib yurmaylik, - deydi baxshi.
-Nima qil deysiz? Qizimizni Yaxshiboyga qoʻsh-qoʻllab topshiramizmi? – deya kampiri eriga oʻqraydi.
-Hovliqma kampir, el qatori hamma ishimiz boʻlaveradi. Sabr qil-chi. Hammasi joy-joyiga tushib ketaveradi, - dedi baxshi.

Chol-kampirning gapi shu yerda uziladi. Ikkovi ham miq etmay oʻtirdi. Kampir achchiqlandi.

Baxshi eshonni kuzatganidan soʻng, ancha vaqt oʻziga kelolmay yurdi. Qoʻli ishga bormay, koʻngli alagʻda boʻldi. Qizini oborib topshirib kelolmaydi. Ulardan yana sado yoʻq. Arosat.

Xayriyatki, Yaxshiboyning amakisi – Poʻlat qassob baxshining eshigini taqillatdi. Uy egalarining yuzi yorishdi. Poʻlat qassobni ular ichkariga taklif qilishdi. Salom-alikdan soʻng, qassob muddaoga oʻtdi.
-Baxshi buva, yana oʻsha gap. Oraga eshon buva ham tushdi. Roziyani boshingizga yostiq qilib yotmaysiz-ku! Yaxshiboyga bering. Bizlar ham qarab turmaymiz. Qoʻldan kelganicha yordam beramiz. Keling, xoʻb deng. Ikkovi baxtli boʻlsin. Siznikiga ham kelaverib juda charchadik. Xudo xayringizni bersin.
-Qizi borning nozi bor deydi-ku! – deya baxshi kuladi.
-Noz me’yoridan oshib ketdi, - deydi qassob.
-Mayli, qassob uka, ayollarni joʻnatinglar, anovinday narsalarni kelishib olib, toʻyga hozirlik koʻraylik, - deydi baxshi.
-Rahmat sizga, baxshi buva. Kuyov muborak boʻlsin, - deydi qassob.
-Qulluq, qulluq, sizga kelin muborak, - deydi baxshi.
-Muborak, qulluq, qulluq, - deydi qassob.

Yaxshiboy bilan Roziyaning toʻyi belgilandi. Kelin-kuyovni Poʻlat qassobnikiga tushirishdi. Ular baxtli oilalardan biri boʻlib yashay boshlashdi. Keyinchalik yosh oila oʻzlariga atab alohida uy-joy ham kurib oldi. Bu uyda koʻp mehmonlar kutildi.

Yaxshiboy bilan Roziya tirnoqqa zoriqa boshladi. Chora izlab, uni axtarishdi. Oxiri Nurmat baxshi Amirxon eshonning oldiga keldi. Masalani tushuntirdi. Eshon bosh irgʻab, jim turganicha hammasini eshitdi.

Yaxshiboy esa eshonga qoʻy-qoʻzi, qoʻchqor nazr qildi. Eshon esa ilmu amalini qildi.

Moʻ‘jiza ruy berdi. Roziya uyalinqirab, eriga shivirladi. Kuyov bola sekin siypalab qoʻydi.

Chaqaloqni kutib olishga tayyorgarlik koʻrila boshlashdi. Hamma Roziyaga ehtiyot boʻldi. Yoz kunlarining birida u dunyoga keldi. Barcha ularni tabriklashdi. Yaxshiboy Amirxon eshonni chorlab keldi. Oldiga bir tugunni qoʻydi. Soʻng bolaga ism qoʻyib berishini soʻradi. Amirxon eshon oʻylanib turdi-da, chaqaloqqa «Niyoz» deb nom qoʻydi.

Qulogʻiga esa azon aytdi...