OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiOmadi kulmayotgan odam (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm11KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/07/10
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Omadi kulmayotgan odam (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

«Qaerdadir bir xatolikka yoʻl qoʻyganman. Shuning hisobidan omadim yurishmayotgan boʻlsa kerak, - deb xayol surardi u. – Balki menga shunday tuyulayotgandir. Aslida men bekamikoʻst insonman. Bundan tashqari, oʻzimga razm solsam, hamma a’zolarim joyida. Soch, qosh, koʻz, burun, ogʻiz, tish, boʻyin, oyoq-qoʻl. Toʻrt mucham ham sogʻu salomat.»

U shunday oʻylar bilan tevarak-atrofdagi tengu toʻshlariga razm soladi. Ularning ham oʻzidan ortiq joyi yoʻq. Hammasi oʻzi bilan oʻzi ovora. Nima bilandir andarmon. Nedir umidvorligi bor.
-Balki men bu dunyoga kelmaganimda nima boʻlardi, - deya oʻylay boshladi. – Unda men kim yoki nima maqomida qaysi joydan oʻrin olardim? Ana shunda hayotim qanday boʻlardi? Ne yoʻriqda yurardim. Hozirgidan boshqacha yasharmidim? Boshqacha yashashim qanday boʻlardi? Aslida oʻsha hayotni idrok qilib boʻlarmidi? Yoʻq.Men baribir mana shunday yashashga mahkum ekanman. Taqdir tazyiqidan qochib ketolmasdim. Bu umr men uchun berilgan ekan, uni yashashga majburman. Keyin qolganiga bir gap boʻlar.

Ayni oʻy-xayollarni surayotgan odam – Sherbek edi. Uning qisqacha hayoti yoʻli haqida ham sizlarni voqif etsak, harna tushunishga osonroq boʻlardi. Keling, yaxshisi, hozir gapni shundan boshlasak.

U bundan qirq yillar chamasi avval mana shu togʻli qishloqda dunyoga keladi. Otasi – Razzoq qishloqning qoʻyini boqadi. Onasi –Dilsora esa roʻzgʻor ishlarini bajaradi. Kambagʻalroq oila. Sherbekdan soʻng yana besh qiz va ikki oʻgʻil tugʻiladi. Roʻzgʻor kattalashadi, hammasi oʻsdi, ulgʻaydi. Sherbek oilaning toʻngʻichi boʻlgani uchun, koʻp ishlarni otasi unga oʻrgatardi. U koʻp tamizli bola edi. Bir koʻrgan ishini oʻzi boshqatdan qila olardi. Xuddi mana shu xislati uchun uni otasi, onasi va boshqalar ham izzat qilardi. Buning ustiga u otasining yonida kecha-yu kunduz tayoq sudrab qoʻy boqardi. Odobi joyida, hulqi yaxshi. Maktabida oʻqishi ham yomonmas. Muallimlari ham maqtaydi. Tengdoshlarini Sherbekdan oʻrnak olishga da’vat qilarkan.

Xullas, unga koʻpchilikning havasi kelardi. Va kimlardir Sherbekka hasad ham qilardi.

Uning ovozi doʻrillab, moʻylabi sabza urdi. Ota-ona bolasining voyaga yetganini ham sezmay qolibdi. Izidan singillari va ukalari ham boʻy choʻzib yetib kelaveribdi. Vaqt deganlari koʻz ochib yumgunicha oʻtgani bilinmagan.

Sherbekni erta bahorda suruv boqishdan ozod qilishdi. Endi u betinim oʻqiy boshladi. Uning tarbiyasidan qishloqning atangan muallimi – Nishon Sattor xabar oladi. Negaki, Razzoq choʻponning oʻzi bir paytlari Nishon Sattor bilan birga oʻqigan. Eski qadrdon.

Nishon Sattor maktabda biologiyadan dars beradi. Hammaga birdek odam. El-ulusning bogʻidagi novdalarni oʻzlari istagan mevaga payvand qilib beradi. U payvand qilgan novdalar bexato oladi.

Nishon Sattorning oʻzida ham yaxshigina bogʻ bor. Boʻsh vaqtini topdi deguncha, qoʻliga ketmon olib, sarpoychan boʻlib, bogʻida ishlaydi.

Nishon Sattorni ota buvasining ham eskichadan xabari boʻlgan. Oʻzining ham eskicha-yu yangichadan durustgina ilmi bor.

Razzoq choʻpon gʻirromlikni bilmaydi. Yolgʻonni xush koʻrmaydi. Eski oshnochilikning hurmatiga Razzoq choʻpon joʻrasi Nishon Sattorga dardini aytadi:
-Joʻra, mana men oʻqimadim. Sen esa oʻqiding. Martabang koʻz tegmasin yomonmas. Endi, shu desang bizni Sherbek ham maktabni bitiray deb qopdi.
— Xoʻsh, nima qilish kerak? – deya soʻroqlaydi Nishon Sattor.
-Bir tomondan xotin, ikkinchi tomondan oʻgʻilning oʻzi ham gʻingshiydi, - deya gap boshlaydi choʻpon.
-Nima deb gʻingshiydi? – yana soʻroqlaydi Nishon Sattor.
-Oʻqiyman, deydi, joʻra, lekin bolaning zehni oʻtkir. Qarashlari ham oʻktam. Odam boʻladigan siyogʻi bor. Salgina tarbiya kerak. Shunga sen madrasa koʻrgan odamsan. Oʻqishdan, yurish-turishidan xabardor boʻlib tursang, deb turgan joyim, - deydi choʻpon.
-Boʻpti, oshno, sening nechta bolang boʻlsa ham hammasiga yordam qilaman. Xavotir olma. Sherbekdan yaxshi shogirdi chiqadi. Oʻzim ham uni koʻzimning tagiga olib yuruvdim. Meni ham bu yerga bogʻlab qoʻygani yoʻq, - deydi muallim.
-Ey, ana endi tilimning uchida turgan gapni topdim. Bolani senga shogirdlikka beraman. Enasi ham maqtadi. Surishtirsam, oʻqishi yomon emaskan, qolgan amru-ma’rufni oʻzing qilarsan, - deydi joʻrasi.

Nishon Sattor rozi boʻladi. Ikki oshno oftobshuvoqda barraxoʻrlik qilishadi.

Sherbek – shogird. Nishon Sattor – ustoz. Shogird esa ustozning amriga muntazir. Berilgan topshiriqlarni bajaradi. Tushunmagan joylarini soʻraydi. Koʻp narsalarni oʻrgandi.

Sherbekning maktabni tamomlash damlari yaqinlashardi. Oʻqishi yaxshi ekan, tilla medal beramiz deyishdi. «Bersanglar, bola olaveradi-da,» dedi otasi. Bu orada maktar direktori Berdiqul Yoʻldosh choʻponnikiga keladi. Bolani osmonu falakka chiqarib maqtadi. Unga Nishon Sattor ham joʻr boʻldi.

Choʻponning xotini bu damda bir laganda dimlangan goʻshtni mehmonlarning oldiga tortdi. Choʻpon taxmonidan yashirib qoʻygan arogʻini opchiqdi. Piyolalarga suzildi. Birinchi boʻlib, Berdiqul Yoʻldoshga uzatdi. Oldi. Ikkinchisini Nishon Sattorga uzatdi. Olmadi. «Ancha boʻldi, tashlaganman, ma’raka-mavridlarda namoz oʻqiyapman, uyat boʻladi,» deya rad etdi. Soʻng choʻpon uni qistamadi.

Berdiqul Yoʻldosh qoʻlida qadah bilan bolaga omad, choʻponning oʻziga, oilasiga tinchlik, zafar tiladi. Keyin mezbon bilan piyolani toʻqishtirdi-da, bir himo bilan piyoladagi aroqni ichib yubordi. Aftini burushtirib lagandagi goʻshtdan bir parchasini ogʻzini qiyshaytirganicha tashlab yubordi. Gurunglashib, shishadagi aroq tugay deganida, Berdiqul Yoʻldosh choʻponga yuzlanib:
-Razzoq aka, Sherbek oʻgʻlingiz yaxshi yigit. Boshqa farzandlaringiz ham yaxshi. Maktabning oldi. Hamma ularni maqtaydi. Buning uchun sizga rahmat. Bu yerga kelishdan maqsad aka, oʻgʻlingizga medal obberish edi. Siz bunga nima deysiz va qanday qaraysiz?
-Qanday qarardim? Rahmat uka, siz bizni siylabsiz, sizni xudo ziyoda qilsin. Martabangiz bundan ham baland boʻlsin. Bu yaxshiligingizni oʻla-oʻlgunimcha unutmayman, uka, - deydi choʻpon.
-Tashakkur sizga, - deydi Beriqul Yoʻldosh chaynalibroq va soʻng koʻzlari baqraytirib mezbonga yuzlanadi.

Bechora uy egasi oʻzida yoʻq xursand. Taxmondan yana bir shisha aroq keltirib dasturxonga qoʻyadi
-Ey, rahmat ukalar. Bu esdan chiqmaydigan yaxshilik boʻldi-da. Bolam bechora buni eshitib, xursand boʻladi. Sevinchim ichimga sigʻmayapti, - deydi choʻpon.
-Men ham seni tushunaman, - deydi Nishon Sattor.
-Bularning hammasi sening sharofating bilan. Sen bolani tarbiyalamaganingda, uni tergab surishtirmaganingda mana shunday xursandchilik boʻlmasdi. Umringdan baraka topgin, oshno, - deydi choʻpon.
-Aka, siz tushunmayapsiz. Tilla medal bu juda ulugʻ narsa. Hammagayam nasib qilavermaydi, - deydi Berdiqul Yoʻldosh.
-Qiziqmisiz uka, sizniyam, tillaniyam, mana shu oshnomniyam duppa-durust tushunib turibman. Lekin bizning Sherbekka shu narsani lozim topganlaringizdan boshim osmonga yetdi, - deydi choʻpon.

Berdiqul Yoʻldosh boshqa gap ochmaydi. Ikkinchi shishadagi aroqni ham to oxirigacha ichadi.

Choʻponni yana tabriklaydi. U xursand. Xayrlashuv chogʻida Berdiqul Yoʻldosh choʻponni bagʻriga bosib, yuzlaridan oʻpib oladi. Nishon Sattor Berdiqul Yoʻldoshni oʻzi bilan birga opketadi.

Maktabni bitirar arafasida tilla medalni Sherbekka berishmaydi. Keyinroq ma’lum boʻlishicha, Berdiqul Yoʻldosh oʻsha medalni Joniqul noschining oʻgʻliga bir echkining puliga berib yuborgan ekan.

Razzoq choʻpon bundan xafa boʻlmadi. Faqatgina Berdiqulning onasi betayinroq edi, deb qoʻya qoldi.

Sherbek azim shaharga oʻqishga keldi. Hujjatlarini topshirdi, imtihonlardan ham yaxshi baholar bilan oʻtdi. Oʻgʻil bahonasida choʻpon ham azim shaharga keldi. Sayru sayohat qildi. Soʻng oʻgʻlini yetaklab qishloqqa qaytdi.

Qaddini gʻoz tutib uyga keldi. Nishon Sattorni chaqirtirdi. Unga yaxshilab ziyofat berdi. Doʻppi, chopon, qiyiqchani tugunchaga solib, uning oldiga qoʻydi. Rahmatlar eshitdi. Koʻpdan koʻp duo oldi. Va oʻzi ham mezbonlarni duo qildi.

Razzoq choʻpon oʻgʻli Sherbekni oʻzi bilan birga azim shaharga opkeldi. Boshdan oyoq kiyintirdi. Talabalar yotoqxonasiga joylashtirdi. Bolasining boʻlajak domlalari bilan ham tanishdi.

Bu dargohda ham Sherbek yaxshi oʻqidi. Boʻlajak doʻxtir – Sherbek tez orada tilga tushdi. Oʻqishda ham, ishda ham faol edi.

Shu yerda xatirchilik Mahfirat degan qiz bilan tanishdi. Qiz esa oʻzidan ikki kurs qoʻyida oʻqirdi. Avval oʻqishu saboqdan soʻng esa hayot haqida suhbat qurishardi. Voqealar tezroq rivojlandi. Ota-onalar ikki tomonni surishtirib, tezda toʻyni boshlashdi. Yosh oila ahil yashab yurishdi. Orada bolalar tugʻildi. Ikkalasi ham katta shaharda ishlay boshladi.

Bir kuni er xotinini izlab, tungi navbatchilik paytida ishxonasiga keladi. Xotin esa joyida yoʻq. Qaytib ketadi. Yana keladi, yana ham yoʻq. Botinib va shubha aralash undan qayda yurganini soʻraydi. Xotin esa ovozi qaltirab, «vizov» boʻluvdi, deydi. Sherbek gumonsiraydi.

Oqibat u Mahfiratni ishxonasidagi bir feldsher yigit bilan jinoyat ustida qoʻlga tushiradi. Ikkalasini ham rosa uradi. Onadan tugʻilganiga pushaymon qildiradi. Soʻng uyiga keladi-da, oʻziga tegishli buyumlarni jamodonga joylab, ishxonasiga keladi. Shu yerda bir muddat yotib turadi. Keyinchalik bir doʻstinikiga boradi. Va oʻsha joyda muqim yashaydi.

Doʻstining xotini uning ham osh-ovqatini pishirib, kirlarini yuvib qoʻyardi. Sherbek bu uyda bir yildan yashagach, doʻstining xotini unga kelin topadi. Uyi bor, ammo boshi ochiq. Oʻqituvchi, bir marta ogʻzi kuygan ayol ekan...

Tanishadi. Oʻrtada ancha vaqt oʻtadi. Bordi-keldi asnosida ikkovi bir-biriga ma’qul tushadi. Mulla nikoh oʻqiydi. Ish oson koʻchdi. Endi Sherbek oʻsha muallima ayol bilan yashay boshlaydi. Yangi kelin-kuyovlar olis tunlargacha shirin xayollar surishardi. Oʻrtada oʻgʻil koʻrishadi. Unga Sherbekning oʻzi Pahlavon deya ism qoʻyadi. Chaqaloq ikki yashar boʻlganida muallima ayolning fe’li ayniydi. Erini uyga kiritmaydi.

Sherbek koʻch-koʻronini olib yana doʻstinikiga keladi.

Muhokama qilishadi. Muallima ayolni yozgʻirishadi. Hammasi befoyda.Tafsilot yoʻq.Sharh ham yoʻq.Gapu soʻzlar, nasihatu maslahatlar abas...

Keyinchalik muallima ayol boshqa er tutadi. Bu paytda esa Sherbek oltinchi marta uylanib, hattoki unisi bilan ham ajrashgan boʻladi.

Ana shunday kunlarning birida Sherbek oʻzining achchiq qismati haqida oʻksik koʻnglida xoʻrsiniq aralash xayol suradi.

U najot yoʻlini topishga intiladi. Biroq oʻsha yoʻlga qaerdan borishni bilmaydi.

Bir kuni onasi folbinga boradi. Sherbekka fol ochtiradi... Soʻng oʻgʻlining oldiga keladi. Bolasining aftadahol, miskin, gʻaribligidan xoʻrligi kelib, yigʻlaydi. Oʻgʻil onani tinchlantiradi. Lekin ona yana oʻksib-oʻksib yigʻlaydi.

Emishki, Sherbek yettinchi marta uylansa baxti ochilib, omadi choparkan. Yulduzlar shuni bashorat qilayotgan ekan.

Biroq yigit bu gaplarga ishonmaydi. U yanayam indamasdan turib, onasining soʻzlariga quloq tutardi...