OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiOmonat (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm9KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/06/14
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Omonat (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

Qunduz kampir qizi – Kibriyoni oʻylabsa besaranjom boʻladi. Uni deb yuragi siqiladi. Choli ham bildirmay yuradi-yu, baribir uning ham koʻngli zada. Boʻlmasa, cholu kampir bir etak bolani katta qilib, uyli-joyli qildi. Hammasi oʻzi bilan oʻzi ovora.

Elda oilaning oʻziga yarasha obroʻsi bor.

Kibriyo muallimlikka oʻqidi. Soʻng biroz qishloq maktabida ishladi. Sovchilarning sanogʻi yoʻq edi. Otasi eski qadrdoni - Oʻroz temirchining oʻgʻli – Saparmuroddan kelgan sovchilarga rozilik berdi. Boʻlajak kuyov bir paytlar Kibriyo bilan birga muallimlik kursida oʻqigan edi.

Otasi tuzuk odam, onasi ham ba’mani, roʻzgʻori tinch.

Toʻy boʻldi. Ahil oila maktabga borib-kelib, bolalarga saboq berardi. Odamlarning ularga havasi kelardi. Oradan yillar oʻtardi. Ular kutgan va kutayotgan quvonch kechikardi. Koʻngilda xiralik boshlanaverdi.

Kibriyo ham, Saparmurod ham oʻzini odamlardan tortib yuradigan, davralardan qochadigan boʻlib qolishdi.

Ular avval oʻz-oʻzidan, soʻng bir-biridan shubhalana boshlashdi...

Tevarak atrofdagilar ham turli xil tusmollarni aytib, oʻzlaricha fol ochishardi:
— Gulday umri oʻtib boryapti.
— Tumso xotinni boshiga uradimi, hayda-da, boshqasini ol. Ana olam guliston.
— Qiz bechoraga jabr boʻldi-da.
— Qaysi tomonning ajdodlarida bularday odam boʻlgan ekan...
— Bechoralarning peshonasi shoʻr ekan.

Qudalar ham halovatini yoʻqotishdi.

Er-xotin har turli tadbirlarga rioya qilishdi. Biroq foydasi boʻlmadi. Gʻaroyib usullarni qoʻllab koʻrishdi, hammasi besamar ketdi.

Barchaning boshi egik edi.

Oradagi xijolatpazlikni kim qaysi yoʻsinda hal qilishni birov bilmasdi.

Dardisar edi. Boshi va oxiri koʻrinmaydigan vaziyat yuzaga kelgandi.

Saparmurod maktabidan kelib uyga kirdi. Ust-boshini almashtirib tashqariga chiqib, mollariga suv tutdi. Quradagi qoʻchqorlarning oldiga beda tashladi. Ariqdan qoʻlini yuvib, yana qayta uyga kirmoqchi boʻlganida gujum tagidagi supada otasining yonboshlaganicha oʻziga qarab turganini koʻrdi. Otasi sallasini yoniga olib qoʻyib, qalpoqchasini qiya kiyib, choy ichib oʻtirardi.

Bu odam erta bahordan to kech kuzgacha betinim ishlaydi. Ustaxonasida oʻroq, ketmon, qoziq, suvliq, taqa, uzangi kabi narsalarni yasaydi. Atrof qishloqdagi chavondozlarning otlariga nagʻal qoqadi, uzangi, suvliqlarini yangilab beradi. Oʻzi yasagan buyumlarni odamlarga sotadi. Lekin bozorga opchiqmaydi. Kerak odam, ustaxonadan kelib opketadi. Usta puliga talashmaydi. Nasiyaga ham molini berib yuboradi.

Nevaralariga chanqovuz ham yasab beradi. Bolalar koʻcha-kuyda oʻzlariyam, boshqalar ham bezor boʻlgunicha chanqovuzni chalib yuradi.

Temirchi boʻlgani bilan uning koʻngli yumshoq. Birovga qattiq gapirmaydi. Kishining iltimosini yoʻq demasdan bajaradi. Shu sabab boʻlsa kerakki, Oʻroz temirchini qishloqning odamlari hurmat qiladi.

Oʻroz temirchi ariqdan qoʻlini yuvayotgan oʻgʻlini koʻrdi-yu yana indamay qoʻydi. Goʻyoki, uni koʻrmaganday dasturxondagi chivinlarni qoʻli bilan silkib haydadi.

Saparmurod ariqdan hatlab oʻtdi-da, otasi tomon kela boshladi.
— Salom, ota, - dedi u.
— Salom oʻgʻlim, kel qani, oʻtir-chi, - dedi otasi.

Ota-bola qoʻl berib koʻrishdilar.
— Qani ota, bu yerda oʻtiribsiz? Salqinlayman dedingizmi? Yoki biror ish bormidi?
— Toshqul kapitan nevaralariga toʻy qilgan ekan, shunga boruvdim. Qaytayotib shu yerda oʻtirgan joyim, - dedi ota.
— Ha,yaxshi qipsiz.Sogʻligingiz yaxshimi,ota? Charchamayapsizmi? Shogirdlaringiz ham qoʻlingizdan ishni olgandir-da?
— Hammasi yaxshi, bolam. Shogirdlarning oʻzi eplaydi. Lekin hali yoshligi bor ularning. Koʻpam ularga ishonish kerak emas. Ishni berib, boshida turmasang koʻngildagiday qilmaydi, baribir. Lekin pishiq bachalar. Vaqti kelib, katta usta boʻp ketishi hech gap emas. Ishdan qochmaydi. Yolgʻon aytmaydi. Birovning moliga ola qaramaydi. Eng keragi ham shu oʻzi ! –dedi otasi hayajonlanib.
— Ota, toʻy yaxshi oʻtdimi? – deb soʻraydi oʻgʻli.
— Ha, zoʻr boʻldi. Toshqul kapitan yaxshi haq berdi. Oʻzining yubileyini ham qoʻshibdi.Baraka topsin, bolalari durust ekan. Hammasi topganini dasturxonga qoʻyibdi. Elning oldidan oʻtgani yaxshida. Bolam sen ham toʻyga bordingmi?
— Yoʻq, - deydi oʻgʻli yerga qarab. – Maktabda darsim koʻp edi. Borolmadim. Erta-indin toʻy qulluq boʻlsinga oʻtib kelarman.
— Bolam bunday qilmagin, elning toʻy-yu ma’rakasiga aralashish kerak. Ertaga hisob-kitobi boʻladi, - deydi otasi.

Ota bolaning suhbati mana shu yerda uziladi. Ikkalasi ham jim oʻtirardi. Hech biri birinchi boʻlib gap aytarga jazm etolmay turishardi.

Ota oʻgʻlining dardini bilardi. Hozir Toshqul kapitanning toʻyi bahona yigitning koʻngli oʻksidi. Yarasi tirnalganday boʻldi. Saparmurod oʻzini aybdor seza boshladi. Yuzlari qizarib, otasining oldida oʻzini oʻngʻaysiz his qilardi.

Oʻroz temirchi piyolasiga choy qoʻyar ekan, koʻzining qiri bilan oʻgʻlining avzoyiga nazar soldi. Yigit shoshib, otaning qoʻlidan choynakni olib, piyolaga choy qoʻyib otasiga uzatdi.

Otasi piyolasidagi choyni hoʻplaganicha, uyiga qarab, xayollarga choʻmib ketdi.
— Bolam, - dedi u oʻgʻliga koʻzlarini yirib qaragancha. – Kelin qaerda? Koʻrinmaydi?
— Enasinikiga ketgan, - dedi oʻgʻil xomush boʻlib.
— Ha, shunday degin. Quda momo yaxshimi ishqilib?
— Yaxshi, ikkovi Kitobdagi eshon buvanikiga bormoqchi edi. Shunga ketgan.
— Bolam nima boʻlsayam sabr qilinglar. Xudoning rahmi kelsa, hech gap emas. Tagʻin kelinning koʻnglini ogʻritma. Yaratganning ham bizga atalgan kuni bordir. Buyam egamning sinovi, bolam.
— Rahmat ota, lekin bu azob ekan, - deydi oʻgʻil.
— Chidaysan bolam, chidaysan. Bitta sen emassan-ku. Oxiri yaxshi boʻlarini koʻnglim sezyapti.

Oʻroz temirchi dasturxonga fotiha oʻqidi. Ota-bola omin qilishib, oʻrinlaridan turishdi. Ota bogʻ oralab ustaxonasiga ketdi. Oʻgʻli esa qaytib uyga kirdi.

Kechga tomon Kibriyo keldi. Er-xotin yarim tungacha gurunglashdi.
— Siz rozi boʻlsangiz, ukamning xotini ogʻiroyoq. Erta-indin koʻzi yoriydi. Chaqaloq tugʻilgandanoq oʻzim boqib olaman, - deydi xotini dabdurustdan.
— Bu qanday boʻlarkan?
— Keyin Ollohning irodasidagi boʻlaveradi.
— Ukang nima deydi. Keliningchi? Uydagilarichi? – deya eri oʻylanib qoladi.
— Parvo qilmang. Hammasining koʻzi oʻng. Birov hech narsa demaydi. Ukam begona emas-ku! – deydi xotini shaddodlik bilan.
— Bu narsa sening xayolingga qaerdan keldi? – deydi eri hayron boʻlib.
— Enam aytdi, bu gapni. Mana Qamar buvaning Musurmon oʻgʻli Karomat yanga bilan oʻn ikki yil oʻzimizdek bola kutib yashadi. Farzand asrab oluvdi, keyin qatorasiga etaklari toʻla oʻgʻil-qiz boʻldi. Shunga qarab, biz ham asrab olaylik yoʻlimiz ochilar, - deydi xotini.
— Bilmay qoldim, boshim qotdi, - dedi eri.

Xullas, chaqaloq tugʻildi. Uni Kibriyo uyiga opkeldi, yoʻrgaklab, beshikka beladi. Yuvib-tarab katta qila boshladi.

Qunduz kampir qiziga bilmaganlarini oʻrgatib turdi. Er-xotin mana shu chaqaloqqa oʻrganib, behad bogʻlanib qoldi. Bolani erkalaydi, opichadi, yuzlarini silaydi.

Kibriyo tonggacha beshik boshida halak. Bola ularning koʻz oʻngida ulgʻayib boraverardi.

Bir kuni Kibriyolarnikiga ukasi – Vohid keldi. Uni aziz mehmon bilib, uyning toʻriga oʻtkazishdi. Oldiga dasturxon

yozishdi. Opa uka hol ahvol soʻrashdi. Uka pochchasini soʻraydi. Opasi hozir keladi, Obidni ergashtirib, boqqa chiquvdi, deydi.

Bir mahal Saparmurod Obidni koʻtarib uyga kirib keladi. Ular soʻrashishadi.
— Togʻa kelibdi, salom berchi? – deydi Saparmurod Obidga.
— Salom, - deydi bolakay begonasirab.
— E,e, oldiga borib, koʻrish-chi, - deydi Kibriyo.
— Kel-chi, bu yoqqa, - deya Vohid bolani oʻziga chorladi.
— Yoʻq bormayman, - deydi bolakay. – Men dadamga boraman.

Bola oʻzini Saparmurodning bagʻriga otdi. U Vohiddan begonasirab turardi.

Shunda Vohidning yuragi muzlab ketdi. Opasi tashqariga chiqib, ovqatga unnay boshladi.

Saparmurod esa Obidning kichkina qoʻllarini ushlab turardi.

Bolakay boshini Saparmurodning koʻksiga qoʻyganicha, asl otasi – Vohidga begonasirab, hadik aralash qarab turardi.

Bir zumda Kibriyo ovqatini dasturxonga qoʻydi. Hammasi oshni xush koʻrib yeyishdi.

Oʻrtadagi hijolatpazlik baribir tarqalmadi. U uvada bulutdek koʻngilga soya tashlab turardi.

Vohid bu yerda – opasinikida mana shunday vaziyatga tusharini umuman xayoliga keltirmagan edi.

«Yaxshiyamki, xotinimni opkelmagan ekanman, boʻlmasa u bechorayam tugʻilganiga va tuqqaniga pushaymon boʻlardi,» deya xayol surardi.

Qaytar mahali bolakay Vohidga qarab:
— Yaxshi boring togʻa, yanayam biznikiga kelib turing, - dedi.
— Xoʻp boʻladi, - dedi Vohid. – Oʻzing ham biznikiga borgin.
— Mayli, boraman. Otam bilan onam oborishsa albatta siznikiga boraman, - dedi oʻktam ovoz bilan bolakay.
— Xayr, - dedi Vohid.
— Xayr, togʻa, - deydi bola.
— Xayr, yaxshi bor, uydagilarga salom ayt, kelib tur, - deydi opasi bilan pochchasi.

Vohid bolakayni «jiyan» ham, «oʻgʻlim» ham deyishga tili aylanmay butun vujudi karaxt boʻlib qolgandi.

U oʻz uyiga qay tarzda yetib kelganini sezmaydi...