OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiOqayotgan odam (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/07/10
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oqayotgan odam (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

-Onam doyalik qilardi. Otam ham doʻxtir edi. Qishloqdagilar oilamizni hurmat bilan tilga olishardi. Ayniqsa, onamni koʻproq alqaydilar, - dedi Abdulla.

Ehtiyotkorona gap tashlayman:
-Otangizning ham oʻrni yomon boʻlmagandir. Har holda er kishi... roʻzgʻorning boshida baribir u kishi turadilar...
-Toʻgʻri, otam tillaga teng inson edi. Bechora otam bu dunyoda koʻp yashamadi. Kasalga chalinib qazo qildi.
-Uzr, yarangizni yangilabman-da. Kechirasiz. Men bunday deb oʻylamovdim, - deyman hijolat tortib.
-Otamning qazosi tuyqusdan boʻldi.Aka-uka, qarindosh-urugʻ dovdirab qoldik. Hamma bizning koʻnglimizga qaragan. Oradan yillar oʻtdi. Izlar bosildi. Onam sekin-asta bizni uyli-joyli qildi. Hammamiz oʻz-oʻzimiz bilan ovora boʻldik. Bizlar endi oʻz hayot yoʻlimizni boshladik, - deya soʻzini davom ettirdi Abdulla. – Men katta shaharga kelib oʻqidim. Onam va boshqa qarindoshlar menga pul berib turardi. Oʻzim ham boʻsh vaqtimda hammollik qildim. Bu orada akalarim ham uylandi. Opalarim esa erga tegdi. Onam doyalikni tashlay desa ham el-ulus bunga unamadi.

Men oʻqishni tugatdim. Uydaman. Ishga kirish uchun u yer bu yerga bosh suqdim. Lekin ish topolmay, men uzoq vaqt uyda qoldim. Akam bir kuni meni oʻzi bilan ergashtirib shaharga olib tushdi.

Bir idoraga yuzlandik. Eshikni taqillatib, akam ichkariga kirdi. Men esa tashqarida uni kutib oʻtirardim. Bir mahal akam meni ichkariga opkirdi. Xonaning toʻrida jussali, sochlari yonga silliqgina taralgan, moʻylovli kishi oʻtirardi. Meni iliq kutib oldi. Qoʻl berib koʻrishdik. Hol-ahvol soʻrashdik. U kishi meni andak savolga tutdi:
-Qaerni, qanday bitirganman? Zararli odatlarim bormi-yoʻqmi? Yalqovmanmi yoki ishchanmanmi? Yoshim?..

Qimtinibroq javob berdim. Ma’qul topdi chogʻi, uka ertadan boshlab ishni boshlayverasiz, dedi.

Quyuqroq xayrlashdik.

Uyga keldik. Ertasiga koʻrimliroq kiyinib, akam bilan yangi ishxonamga keldik. Boyagi kishi meni jamoa bilan tanishtirdi.

Men geologlar bilan ishlardim. Oddiy laborant. Boʻlim mudirimiz esa koʻzoynak taqqan, kamgap, jikkakgina chol edi.
-Igor Sergeevich Pavlov, - deya menga qoʻl uzatdi u.
-Abdulla Mengnorov, - dedim.

Qarasam, Igor Sergeevich shinavanda, ishiga puxta, uquvli, bilimdon odam ekan. Ikkovimizdan boshqa yana ham qiz juvonlar bu yerda ishlardi. Bizga ular har xil joylardan tekshirish uchun turli xil shisha idishlarda yerdan, togʻdan olingan jinslarni keltirishardi.

Bizlar esa idishlarni olardik-da maxsus tamgʻa qoʻyib, taxmonga taxlardik. Soʻng esa peshma – pesh idishlardagi jinsni labaratoriyada analiz qilib, xulosasini yozib qoʻyardik. Yana esa egalariga topshirar edik.

Men bu idorada koʻnikib ketdim. Hammamiz ahil va inoq boʻlib ishlardik

Ishlarim bir zaylda ketayotgan mana shunday damda meni uylantirish masalasi oʻrtaga tushdi. Eng birinchi boʻlib onam gap boshladi:
-Bolam hamma ogʻir kunlarimiz ortda qoldi, oʻqiding, mana ishlayapsan ham, birovdan kam, birovdan ziyod. Shu desang koʻzim tirikligida sening bolalaringni ham bagʻrimga bossam, armonim qolmasdi, bolam.
-Sal sabr qilaylik, ona, - deyman.
-Yoʻq, bolam, - deydi onam qat’iy. – Endi kami qolmadi, qaysi eshikka borsam, menga birov yoʻq demaydi. Shunga qarab aytsam, koʻz ostingga olganing boʻlsa gapirsang, yomon boʻlmasdi. Sen ham, men ham ovora boʻlib yurmasdik. Nima deding?
-Bilmasam, - deyman. – Oʻylab koʻrmagan ekanman.
-Rostini aytaver bolam. Buni umr savdosi deyishadi. Uyalma. Koʻnglingdagi gapirgin.
-Ochigʻi gap, ona, men siz oʻylagan yoshdan oʻtibman, - dedim – endi bu yogʻiga biror narsa deyishga hayronman. Ona siz nimani ravo koʻrsangiz shuni qiling.
-Boʻpti bolam, bilsang ammangning Gulsara degan qizi bor. Shuni kelin qilamiz. Odobi ham joyida, - dedi onam.

Men ammamning Gulsara degan qizini koʻrdim. Gaplashdik. Yomonga oʻxshamadi. Onamning oʻzi sovchi boʻldi. Ish bitdi. Non ushatildi.

Qish boshlanishidan oldinroq toʻyimiz boʻldi. Gulsara bilan birga yashay boshladik. Birin-ketin bolalarimiz tugʻila boshladi. Biz esa xursand boʻldik... Chiroyli ismlarni topib qoʻydik... Erkaladik...

Gulsara menga, men esa unga mehribon edik. Onam niyatiga yetgan edi. Bolalarimni bagʻriga bosdi...

Ajabki, shundan soʻng onamning tobi qochdi va koʻp oʻtmasdan kutilmaganda qazo qildi.

Yigʻi-sigʻi, dod-voy. Qaniydiki, foydasi boʻlsa. Bizlar ancha vaqtlargacha onamni oʻylab yurdik...

Keyin esa...

Vaqt oʻtishi bilan hammamiz oʻz ishimiz bilan ovora edik. Gulsara menga toʻrt oʻgʻil va besh qizni tugʻib berdi. Men ham endi oilam bilan andarmon boʻla boshladim. Ishim ham joyida, yurish-turishim ham yomon emas. Xotinim katta oʻgʻlimni uylantirishga tushdi. Oʻzim ham hayron qoldim. Vaqtning oʻtishini qarang?!

...Nevaramni bagʻrimga bosar ekanman, koʻzimdan yosh sizib chiqdi. E’tibor qilmagan ekanman. Koʻzyoshlarim iyaklarimdan pastga tomchilayotgan ekan.

Koʻz yoshim koʻp xotiralarimni ham oqizib ketayotgandi...