OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiQulmat (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/07/10
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qulmat (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

Bu odam yoʻgʻon gavdali, sochlariga oq oralagan, yoshi oltmishlar atrofida edi.

Qattiq ham, past ham gapirmaydi. Kulishi ham, xafa boʻlishi ham tez va oson. Kishining yuziga razm solib, kayfiyatiga qarab gap ochadi. Ancha sergak va qoʻrqoq odam.

Qulmat asli qozoq birodarldarimizning yurtida tugʻilib oʻsgan. Otasi – Abdu elning qoʻy-echkilarini boqadigan – choʻpon boʻlgan. Onasi qoʻli kosov, sochi supurgi boʻlib, uyda bolalariga qaragan.

* * *

Abdu xotinini yerli xalqning odatiga koʻra, opqochib tanmahramlikka qabul qilgan. Qizning senga tegmayman, oʻz qalligʻim bor, deb dod solishiga ham qaramasdan uni hafta-oʻn kun uyida saqlagan. Qiz boyoqish yigʻlaydi, xarxasha qiladi, dodlaydi. Abdu esa buni odatiy, shunchaki koʻngil hushi, qiz oʻzini ersirab qolibdi, deb oʻylamaslik uchun qilyapti, deb xayol qilardi.

Biroq qiz uvvos solib yigʻlardi.Dardini aytib, sannardi:
-Meni qoʻyib yubor, senga baribir tegmayman, oʻzimning yigitim bor. Agar u sening bu ishingdan xabar topsa, xonumoningni kuydiradi. Men uni yaxshi koʻraman. Bizning orzularimiz bor. Seni yomon koʻraman. Tushunyapsanmi, axir! Senga xotin boʻlish uchun tugʻilmaganman. Oʻtinaman, qoʻllarimni boʻshat. Sendek johildan hazar qilaman. Mening oʻrnimda opang yoki singling boʻlganida nima qilarding? Ey nomard, oyoq-qoʻllarimni boʻshatgin.

Qiz choʻkka tushib Abduga yalinadi. Yigʻlab, siqtaydi.Zorlanadi. Biroq yigitning yuzi qilt etmaydi.U qizning yoniga sekingina kelib, yuzlarini silamoqchi boʻladi. Qiz esa boshini asabiy chayqaydi. Sochlarga uzatilgan qoʻllarni bandi qiz «gʻarch» etib tishlab oladi. Yigit «dod» soladi. Qizi tushmagur ham tishlagan joyini mahkam tutib turadi. Ogʻriq jonidan oʻtganidan soʻng Abdu chidab turolmasdan qizning yuziga tarsaki tortadi.
-Manjalaqi, iflos... – deb soʻkinadi.
-Qoʻling sinsin, podachi, hoʻkiz, taning goʻrda chirigur, - deya qiz qargʻanadi.

Podachi yigitning qoʻlidagi tish izlaridan qon sizib chiqayotgandi. U qoʻlini ushlagancha qizga qarab hayronu lol boʻlib turardi. Yigit karaxt edi.

Qiz esa Abduni tugʻilganiga pushaymon qiladigan darajada qargʻar edi:
-Omading yurishmasin. Xotinga zor boʻlib oʻtgin. Opangu singling ham mendan badtar zulm topsin. Bolalaringga otalik qila olmagin. Xotiningning xushtori hovlingda hushtak chalib seni bezovta qilsin. Shunda sen uni tomosho qilgin...

Yigit qizga yana tarsaki tushiradi. Qiz esa yerga yuztuban yiqiladi. Yana yigʻlaydi. Qargʻashdan toʻxtaydi.

Yigit uning yigʻidan toʻxtashini ham kutib turadi. Oradan ancha vaqt oʻtadi. Xonani sukunat qoplaydi. Podachi bandi qizga tikilib oʻtiraveradi. Qiz esa yuztuban yotganicha joyidan qimirlamaydi.
-Men sen aytganingdek, xotinga zor boʻlmayman, - deydi podachi qizni gapga solmoqchi boʻlib.

Qiz esa yana indamasdan yotaveradi. Uning gaplariga parvo ham qilmasdi. Yigitning alami qoʻziydi.
-Men senga uylanaman, - dedi ovozini oʻktam qilib.
-Men esa senga tegmayman, - deydi qiz ham qat’iy.
-Baribir olaman, hech qaerga qochib ketolmaysan, - dedi yigit tahdid bilan.
-Sen yaxshi koʻrmayman, - deydi qiz bamaylixotir.
-Farqi yoʻq. Qaytaga seni yaxshi koʻraman, - deydi yigit.
-Qalligʻim bor. Ahdu paymon qilganmiz, - deydi qiz.
-Endi uni ham unutasan. Sen meniki boʻlasan, - deydi yigit bepisandlik bilan.
-Seni unutsam unutamanki, uni aslo unutmayman. Shuni doimo sen ham yodingda saqlagin, - deydi qiz.
-Uni xayolingdan chiqarib tashlasam-chi? – deya oʻsmoqchilaydi yigit.
-Uddasidan chiqa olmaysan, koʻp chiranaverma. U bilan necha-necha bedor tunlarni oʻtkazib, bir-birimizga soʻz berganmiz. Yulduzlarga boqib, ont ichganmiz, - deydi qiz.
-Gapingni koʻp anglab olmayapman. Tushuntiribroq aytsang-chi? Soʻz berish, ont ichish... Bu bilan nima demoqchisan? – soʻroqladi yigit ajibsinib.
-U bilan birga yashashni, bir etak bola boqishni, kelgusi hayotimizni kelishib olganmiz, - deydi qiz. – Senga men aytmoqchi boʻlgan gaplar begona. Bularni baribir tushunmaysan. Birovning hayotiga chang solish eng ogʻir gunoh ekanligini hali beri anglamasang kerak. Sening tabiating ham ta’bing ham boshqa. Oʻzingga mos qayliq toparsan ham. Lekin meni qiynama. Oʻzing ham ovora boʻlmagin. Hali oldinda seniyam, meniyam koʻp narsalar kutib turibdi.

Abdu taniga igna sanchgandek, seskanib tushdi. Qizni bir qadar tushungisi keldi. U gapirgan soʻzlarining magʻzini chaqishga urinib koʻrdi. Baribir, toʻxtamga kela olmadi. Xayollari tizgindan chiqib ketardi. Nimani oʻylayotgani ham yodidan koʻtarilib, boshi guvillar edi. Oʻzida nedir noqislikni sezgandek boʻldi.

Shu damda u oʻzini mana shu oyoq-qoʻli bogʻliq qizning oldida nochor va notovon seza boshladi. Mana shu narsani anglagani barobarida oʻzidan irganib va qasd olishga ishtiyoqi osha boshladi.
-Oyoq-qoʻlimni boʻshat, - dedi qiz yigitga.
-Yoʻq, boʻshatmayman. Qachonki, sen meni oʻzinga er deb tan olsanggina iplarni yechaman, - deydi podachi.
-Seni ikki dunyoda ham tan olmayman. Bu ishingdan oʻzing ham uyalgin. Axir senga qalligʻim bor, deb aytdim-ku! – deya qiz achchiqlandi.
-Kim oʻzi oʻsha yigiting? – soʻroqlaydi yigit.
-Nozim baqqolning oʻgʻli – Karim, - deydi qiz.
-Uning mendan nima ortigʻi bor? Qaeriga ishqing tushdi, bilmadim. Yoki boshqa.. – deya kesatdi yigit.
-Biz bir-birimizga koʻngil qoʻyganmiz. Sen buni his qilishing mushkul, - dedi qiz.
-Koʻngil... – deya yigit oʻylanib qoldi. –Koʻnglingga qoʻtir jomashov. Nozim baqqolning Karimi bergan va’dalarni men ham bersam va tagʻin soʻzimning ustidan chiqsam, nima deysan? Odam qilgan ishni odam qiladi-ku! Koʻnglim seni tusasa nima qilay? Ayt, ovulda sendan boshqa qizlar ham toʻlib-toshib yotibdi-ku! Shuni sen ham tushunsan-chi?
-Tushundim. Lekin koʻnglim seni tusamasa men ham nima qilay? Odam oʻz yuragiga buyura olmasligini sen ham tushungin, - deya qiz beparvo qaraydi.
-Nima qil, deysan. Olib ketaymi? – deydi podachi joʻshib.
— Oyoq-qoʻllarimni yechib, menga javob ber. Uyimga ketay. Senga ham atalgani bordir. Xudo xayringni bersin. Menga rahm qil, - deya qiz oʻtinib soʻraydi.
-Yoʻq, - deydi Abdu qat’iy tarzda. – Sen menikisan. Erta-indin toʻy qilamiz. Oʻtgan kunlaringni unutasan. Hammasini yangidan boshlaysan.

Podachi yigit xonadan chiqadi. Qiz esa ukrab-ukrab yigʻlab qoladi.

Bu orada ovulda «Mahfirat yoʻqolibdi,» degan gap tarqaldi. Uni izlashga tushdilar.

Qizni yoʻqlovchilar Abdularning darvozasiga kelib toʻxtashdi. Qizni koʻradi. Sogʻu salomat. Mahfiratning yigʻlaganidan koʻzlari shishib ketgan. Hech kimga biror soʻz aytmaydi. Qiz behol edi. Kayfiyati va ahvoli zabun ediki, gapu soʻz aytarga hushi yoʻq edi.

Qizni yana qaytarib oʻz uyiga opkelishadi.Ovulning odatlariga binoan Mahfiratnikiga odam boradi. Va shu orada qizning oʻzi Nozim baqqolning oʻgʻli – Karimni izlab ularnikiga boradi. Karim esa «senga it tekkan, endi hammasi bekor,» deb qizni iziga qaytaradi. Qiz bechora boʻlgan voqeani aytib beradi. Yigit esa pinagini ham buzmasdan, qoʻlini siltaydi. Qiz bechora oʻpkasi toʻlib yigʻlaganicha, uyiga keladi.

Soʻng Abdu podachidan kelgan sovchilarga qoʻshilib ketadi. Mahfirat taqdiri tavakkal deya u bilan yashayveradi.

Er-xotin oʻtmishni eslamasdan kun kechirardi... Endi ular kelajak haqida xayol surishardi.

Ular tirnoqqa zoriqishardi. Podachi uydan bezib, tayogʻini sudraganicha qoʻy-echkilarini bepoyon biyobonda boqib yurardi.

Ana shunday zim-ziyo tunda Mahfiratning osmonini yoritib, uyiga

Karim kirib keladi. Ikkalasi butun olamni unutib, koʻzyoshlariga belanib totli damlarini, ahdu paymonlarini eslashadi. Entikishdi. Bir-birlarini yupatishdi...

Mahfiratning oyi kuni yaqinlashganida doya kampir ularnikida yashab turdi. Abdu xursand boʻldi. Bir qoʻchqorni soʻyib, qozon osdi. Koʻngiletar doʻstlarini chaqirdi.

Chaqaloqqa Qulmat deya ism berishdi.

Abdu podachi oʻzida yoʻq xursand. Mahfirat ham koʻngli toʻq. Oʻgʻil tuqqanidan maqtanmaydigan, ogʻzi pishiq xotin ekan.

Mahfirat kampir oʻgʻli – Qulmatning orzu havasini koʻrdi. Eri – Abduning dunyobexabarligidan, bir paytlari unga bergan azoblari uchun olgan qasosidan baxtiyor edi.

U Karimni ham xayolining bir chekkasida saqlar edi.

Bularning bari kampirga nash’a qilardi...

Qulmat esa taqdiridan bexabar yashab yurardi...