OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiSovgʻa (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm10KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/06/14
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sovgʻa (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

Safarning buvisi hamma kampirlar kabi mehribon edi.

Buvining choli zotiljamdan qazo qilganiga koʻp vaqt boʻlgan. U paytlari doʻxtir deganlari bu qishloqda boʻlmagan ham. Buvi bir qiz, bir oʻgʻli bilan qoladi.

Urushdan keyingi davrlar, sharoit in qadar. Buvi odamlarning ul-bul xizmatlarini qilib ikki bolasini boqadi.

Vaqti kelib qizini qoʻshnisi – Pahlavon tegirmonchining oʻgʻli – Yoʻldoshboyga uzatadi. Kuyovi ham xoʻjalikda otasiga yordamchi boʻlib ishlardi. Yoʻldoshboy kampirni ham, oʻgʻlini ham sekin-asta oʻz qaramogʻiga oladi. Qaynisini oʻz yoniga olib, ish oʻrgatdi. Xizmat haqiga deb ozgina boʻlsa-da, un beradi.

Buvi tursa ham, oʻtirsa ham kuyovi Yoʻldoshboyni duo qiladi, alqaydi.

Bu orada Safar tugʻiladi. Unga ismni ham buvi qoʻyadi. Negaki, chaqaloq safar oyida tugʻilgan edi.

Keyin Ramazon tugʻiladi. Qizlar va yana oʻgʻillar dunyoga keladi. Yoʻldoshning oilasi kattalasha boshlaydi. Buvi bilan qizi bolalarni yuvib-tarab, ulgʻaytiradi.

Yoʻldosh qaynisi – Xolmatning suyagi qotganidan soʻng, onasi bilan oʻziga atab hovlisining yonidan bir xona, bir dahliz uy solib beradi. Buvi bilan oʻgʻli yangi uyga koʻchib oʻtadi va oʻsha yerda yashay boshlaydi.

Xolmat biroz dangasaroq chiqdi. Ishga ham borib-bormay yurdi. Uni bu ishlari uchun Yoʻldoshboy koyiydi. Onasi esa javraydi. Opasi ham gapirib koʻradi. Baribir Xolmat yalqovlikdan qutila olmaydi.

U choshgohgacha uxlaydi. Soʻngg yuvinib-taranib kelib choy ichadi. Yana ustiga choponini ilib, joʻralarinikiga ketadi. Kunbotar payti ulfatlari bilan qirning ustiga chiqib, qishloqni tomosha qiladi. Yonboshlab olib, allamahallargacha gurung qiladi.

Bemahalda uyga kirib keladi. Ona oʻrnidan turadi. Oʻgʻliga atab dasturxon yozadi. Choy keltiradi. Tokchadan bir tuyur nonni ham opkeb qoʻyadi. Oʻchoq boshida kuymalanadi. Qozonning tagiga olov yonib, ovqat isitadi. Keyin taomni oʻgʻlining oldiga keltiradi. Xolmat yengini shimarib, sekingina dasturxonga intiladi. Ovqatni yeya boshlagani mahali yonida oʻtirgan onasiga asta koʻz osti bilan qarab qoʻyadi.

Onasi esa mungʻayibgina oʻgʻliga qarab oʻtirardi. Xolmat ovqatini yeb boʻlgach, yostiqqa yonboshlab yotadi. Choynakdan piyolaga choy suzadi. Ichib koʻradi.
-Choyingiz sovuqroqmi, ona, - deydi Xolmat ajablanib.
-Yaxlagandirda bolam. Safarga damlattiruvdim. Bir piyola oʻzim ham ichuvdim. Qolganini senga opqoʻyuvdim, - deydi ona.
-Ona yaxshiroq ish topmasam boʻlmaydi, Sizniyam qiynab qoʻyyapman, - deydi oʻgʻli.
-Xudo insof bersa, hech narsa emas, bolam, - deydi ona.
-Bu nima deganingiz ona? Men sizga sigir opbersam, deb yuribman. Sut, qatiq beminnat boʻlardi. Oʻzingiz ham mol bilan ovunib yurardingiz. Keyin men armiyaga ketganimda ham sizga ilhaq boʻlib yurmasdim. Buzoqchasini katta qilib sotardingiz. Harna, roʻzgʻor tebranib turardi-da, - deydi oʻgʻli.
-Bolam sen oʻzing tebranmasang, roʻzgʻor tebranmaydi, - deydi ona sirligina qilib.
-Tinchlikmi, ona? Boyadan beri sal noroziday boʻlib gapiryapsiz. Yo men biror xato qildimmi? – dedi oʻgʻli.
— Yoʻq, bolam, pochchangning oldida oʻzimni oʻngʻaysiz sezyapman. Ular sirtidan asayam, ichida... - deydi ona.
-Nimaga oʻngʻaysiz boʻlasiz? – deya oʻgʻil soʻroqlaydi.
-Endi Yoʻldoshboyning roʻzgʻori boshqa. Oʻzimizniki ham boshqa. Opang bechora kunora mayda-chuyda opchiqadi. Pochchang ham «nima kerak» deb soʻrab turadi. Nevaram ham kelaganida nimalarnidir koʻtarib keladi. Ularning oldida uyalyapman. Tunov kuni kuyov seni ishga kelmay qoʻygan, dedi. Opang ham yurish-turshingdan noliganday boʻldi, - deydi ona.
-Nima qilishim kerak ona? – deydi oʻgʻil.
— Uyalishing kerak, bolam, Ana shunda hammasi yaxshi boʻladi. Birov senga yomon koʻz bilan qaramaydi, - deydi ona. – Dangasalikka oʻrganyapsan.
-Ta’na qilmang, ona! Kuyovingiz bilan qizingiz menga aql oʻrgatmasin. Nima qilayotganimni oʻzim yaxshi bilaman. Men ularning qoʻlida qaram boʻlib ishlashdan uyalaman, - dedi oʻgʻli.
— Odamlardan ham uyalsang yaxshi boʻlardi, - deydi onasi. – Pochang bilan opang seni yomon boʻlsin demayapti. Ishlasin, oʻrgansin, oyoqqa turib olsin, deydi. Erta-indin bir roʻzgʻorning boshini tutishing kerak. Ana unda nima qilasan. Bolalaring polaponday ogʻzini ochib turadi. Ularni yedirish, ichirish, kiydirish kerak boʻladi. Pochchangdan mingdan ming rozi boʻlishimiz kerak. Kambagʻalning bolasi «gʻing» demasdan shuncha yordam qilyapti. Baraka topsin, beminnat ekan. Faqat sening yurish-turishingdan «eh, attang» deyishyapti.
-Ona, endi hammasi iziga tushib ketadi. Sal sabr qilaylik -deydi oʻgʻli. – Qani dasturxonga omin!

Ona oʻrnidan turdi. Oʻgʻliga joy solib berdi. Soʻng ikkalasi ham boshlarini koʻrpaga burkab uxlashdi.

Xolmatga nasihatu maslahatlar kor qilmadi.

Onasi indamay qoʻydi.

Opasi esa gapirishdan charchadi.

Yoʻldoshboy ham yoʻlga solaman, deb koʻrdi. Boʻlmadi. Oxiri u ham qoʻl siltadi. Biroq buvining holidan xabar olib turishardi.

Bir kuni tushga yaqin Komil pochtachi buvining uyiga kirib keldi. Salom alikdan soʻng buviga bir qogʻozchani tutqazdi. Buvi esa «bu nimasi?» deb soʻradi.

Komil pochtachi esa «xola oʻgʻlingiz – Xolmatboyni armiyaga chaqirishgan, shuning qogʻozchasi,» deb tushuntirdi.
-Ertaga komissariatga borsin,tayinglang. Tagʻin esingizdan chiqmasin, - deya pochtachi uqtirdi.
— Mayli uka, ertaga oʻzim joʻnataman. Xavotir olmang, - dedi buvi.

Kampir kechki payt oʻgʻliga bu xabarni aytdi. Koʻchalik ust-boshini taxladi. Asrab qoʻygan pullarini ham berib, saharda oʻgʻlini rayon markaziga joʻnatdi. Oʻgʻil ketadi.

Kunbotar mahali Xolmat yana uyiga qaytib keladi. Aytishicha, indiniga armiyaga joʻnab ketarkan, bugun esa sochlarini olib, uylariga javob beribdi. Buvi kuyovi bilan qizini chaqirib keldi. Allamahalgacha ular buvinikida suhbatlashib oʻtirishdi. Ertasiga yaqin qarindoshlar chaqirildi. Hammasi boʻlajak askarga omonlik tiladi. Ba’zilari esa armiyada asqotishi mumkin boʻlgan maslahatu tavsiyalarni berdi. Olamjahon nasihat qilindi. Oxiri hamma xayrlashdi.

Boʻlajak askar – Xolmat safar xaltasini yelkasiga tashlab, yoʻlga otlandi. Onasi yarimta nonni qoʻlida tutganicha, uydan chopib chiqdi.

Oʻgʻlining oldiga kelib, unga non tutdi. Xolmat nonni tishladi. Koʻziga yosh keldi. Buvi ham yigʻlab oʻgʻlini kuzatdi.

Uni pochchasi – Yoʻldoshboy rayon markazigacha oborib, harbiylarning idorasidan kuzatib qaytdi.

Xullas, Xolmat armiyaga ketdi. Endi buvi nevarasi – Safar bilan uyda oʻtirardi. Buvi nabirasiga turli rivoyat, ertak aytib berardi. Yana boshqa savollariga ham javob berardi.

Oradan oʻn besh-yigirma kunlar oʻtib, yana Komil Pochtachi uyga keladi. Bu safar u askar yigitdan xabar olib kelgan edi. Buvi xursand boʻladi. U nomani olib qizining oldiga boradi, ona-bola xatni ochib oʻqishadi.

Xatning mazmuni shu edikim, Xolmat yaxshi joylashibdi. Sal sovuqroq ekan. Oʻrischadan qiynalayotganini demasa boshqa ishlari yaxshi. Hammaga salom yoʻllagan.

Buvi xursand boʻldi. Qizi ham sevindi...

Kuyovi ham xabar topdi. Tinchlandi. Va shu kunning oʻzida buvini uylariga koʻchirib keldi. « Shu yerda to Xolmat armiyadan kelgunicha yuring. Keyin bir gap boʻlar,» deyishdi.

Buvining yuragi toʻliqdi. Shodligini qanday izhor qilishini bilmay qoldi. Bundan ayniqsa, Safar oʻzida yoʻq sevinib ketdi...

Endi u qizinikida yashab yurardi.

Gohida oʻz uyiga kelib, koʻrpa-toʻshaklarini oftobga yoyib, uyni supurib, sandiqlarini ham birma-bir titkilab qoʻyardi. Soʻng hamma narsalarini joyiga taxlardi. Buvi sandiqqa ehtiyot boʻlardi. Sandiqning burnida kichkina qulf ham osigʻliq turardi. Kalit esa buvining jamalagiga taqilgan.

Mana shu sandiq mudom Safar uchun sirli tuyuldi. Bir kuni u jamalakdan sandiqning kalitini bildirmasdan yechib oldi-da, buvisining uyiga ukasi – Ramazon bilan keldi.

Safar darhol kalitni qulfga soldi. Buradi. Aylandi. Sandiq ochildi. Uning ichida turli xil gazmollar, kiyim-kechaklar bor edi. Ikki bola barcha buyumlarni chiqarib tashladi. Tagrogʻidan esa ikkita oʻyinchoq miltiq chiqdi. Ular miltiqni sandiqdan olib oʻynashdi. Boshqa tomonlarni ham taftish qilishdi.

Aka-ukalarni miltiq qiziqtirardi. Ular oʻyinchoq qurol bilan xumoridan chiqqunicha mazza qilib oʻynashdi. Oxirida miltiqni avvalgi holidagiday qilib joyiga qoʻyishdi. Uning ustidan esa yana oʻsha gazmolu kiyim-kechaklarni taxlashdi. Sandiqni qulflab, kalitini esa bildirmasdan buvisining sochiga taqib qoʻyishdi.

Safar bilan Ramazon har vaqt buvining sandigʻidan miltiqlarni olib, oʻynashardi va yana joyiga bildirmasdan qoʻyishardi.

Buvi esa bundan mutlaqo bexabar edi.

Bu orada Xolmatning ham armiyadan qaytar vaqti ham yaqinlashayotgan edi. Hovli tozalandi. Tayyorgarlik koʻrila boshlandi. Askar erta bahorda keldi. Safar esa suyunchiga ketdi. Buvining uyiga yaqin qarindoshlar kela boshladi.

Kuyov bir qoʻzini suyib, qozon osdi. Xolmat bilan hol-ahvol soʻrab oʻtirdilar. Kechga tomon hamma tarqab ketgach, uyda askar oʻgʻil, qiz-kuyovi, nevaralari qolgach, buvi sekingina sandiqni ochib, Safar bilan Ramazonga ikkita miltiq berdi. »Mana, bolalarim, togʻang sizlarga miltiq opkepti, olinglar,» dedi.

Ramazon esa, «buvi bu miltiq sizniki, togʻam opkelmagan, avval ham buni bizlar sandiqda turganini koʻruvdik,» dedi.

Shunda bir uy odam yerga qarab qoldi.