OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiToʻrtkoʻz (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/07/10
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Toʻrtkoʻz (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

Xurram choʻponning iti – Olapar suruvning ortidan yura olmay qoldi. Olapar yotoqlay boshladi. Kechga tomon egasi itini chaylaga qamab, yana qoʻylarini soyga yoyib yubordi.

Xurram qishloq va xoʻjalikning qoʻylarini boqib yuradi. Uning oyogʻini opalari yoshligida beshikka notoʻgʻri belaganligidan qiyshiq qilib qoʻyishgan. Keyin bola oyoqlagandagina oqsoq ekanligi bilinib qoladi.

Xurram oʻzining choʻloqligini unutib qoʻygan. Mudom kulib turadi. Uni qishlogʻida va qoʻshni dahadagilar ham birdek Xurram choʻloq, deydi. Biroq Xurram bundan xafa boʻlmaydi.

U yoshligidan ota kasb – choʻponlik qiladi. Qoʻyning tilini yaxshi biladi. Suruvni Olapar va Toʻrtkoʻz qoʻriqlaydi. Xurramning xotini – Oʻgʻiloy itlarga har kuni uch mahal atala pishirib beradi.

Olaparning bolalaydigan payti keldi... Chaylada Oʻgʻiloy unga qarab turibdi. It esa oyoqlarini choʻzganicha uzala tushib yotardi.

Toʻrtkoʻzning bir oʻzi Xurramga yordam beryapti. Toʻrtkoʻz aqlli it. Egasining nima demoqchiligini sezib turadi. Qoʻylarni huda-behuda hurkitib chopmaydi.

Saharlab qoʻylarni yotoqdan haydab chiqadi. Toʻrtkoʻz biroz ular bilan yuradi. Soʻng qirning ustiga chiqib yotadi. Tushga yaqin u qir atrofidagi qoʻylarni qaytarib yana qoʻtonga opkeladi. Yoʻlda suv ichishadi. Soʻng yotoqda salkam uch soatcha dam olishadi. Yana qoʻylar sekin oʻtlagani turib ketishadi. Bu safar ular yarim kechagacha dashtda oʻtlab yurishadi.

Xurramning har kungi yurish-turmushi shunday boʻladi. Toʻrtkoʻz ham shunga koʻnikkan. Endi u Olaparning ham oʻrniga ishlashi zarur. Suruv ham Toʻrtkoʻzga koʻnikkan edi. U egasi boʻlmasa ham suruvini bemalol boqib yuraverishi mumkin. Ba’zida Xurram suruvini yarim kun Toʻrtkoʻzga tashlab ketmoqchi ham boʻladi. Lekin qoʻshni choʻponlardan hadiksiraydi. Negaki, suruvlarni bir-biriga qoʻshib yuborib, keyin ishni chuvalashtirishi mumkin...

Ortiqcha tashvish. Dahmaza boʻladi. Burnogʻi yili Obroʻy choʻpon suruvini atay Oltiboy choʻponning otariga qoʻshib yuborib, bir kechada Oltiboyning oltmishta qoʻyini yoʻqqa chiqargan edi. Choʻpon zotining makri bir necha filga yuk boʻladi...

Toʻrtkoʻz egasiga ham, suruviga ham mehribon edi. Dumini likillatib, tilini osiltirganicha Xurramning oldida turar yoki suruvning atrofida aylanib yurardi. Uni tevarak-atrofdagi choʻponlar ham yaxshi koʻrishardi...

Buni qarangki, Toʻrtkoʻz Olaparga ham mehribon ekan. Qoʻtonga yaqin qolganida Toʻrtkoʻz uvladi. Unga javoban Olapar ham uvladi. Toʻrtkoʻz irgʻishlay boshladi. U negadir xursand edi. Yotoqqa yetib kelishdi. Oʻgʻiloy Xurramning oldiga dasturxon yozib, non, choy va ovqatini qoʻydi. Soʻng Toʻrtkoʻzning yalogʻiga ham atala soldi. It ovqatini yeb uyasi tomon ketdi. Uyasida biroz yotdi. Soʻng chaylaga – Olapar turgan joyga keldi. Ular bir-birlari bilan hidlashishdi. Toʻrtkoʻz Olaparning oyoqlari ostiga yotib oldi. Olapar ham uning boʻyniga boshini qoʻyib uzala tushdi. Ular ancha vaqt shu taxlit yotishdi.

Suruv azonlab yotoqdan qoʻzgʻaldi-yu, shitob bilan quduq tomon keldi. Suv ichib yana soy boʻylab oʻtlab ketishdi. Xurram oqsoq eshagidan tushib, arqonni qoziqqa ildi. Xurjunni tagiga tashlab, yonboshladi. Uning koʻzi ilinibdi. Turib qarasaki, qoʻylar qirdan oshib ketishgan. Toʻrtkoʻz ham joyida yoʻq. Oqsoqlanib eshagiga mindi. Qirning naridan suruvini qaytarib, yotoqqa opkeldi.

Toʻrtkoʻz uyasining oldida yotardi. Olapar esa uya ichida. Toʻrtkoʻz egasini koʻrdi-yu, uyalgandek dumini likillatdi. Koʻzlarini olib qochdi. Tumshugʻini burib, lab-lunjini yaladi. Ikki yaloqda esa atala yuqi laxta-laxta boʻlib turardi. Angladiki, itlarning ishtahasi yoʻq.

Toʻrtkoʻz Olaparga alagʻda boʻlib, bugun suruvning ortidan dashtga chiqmadi. Olapar ham chayladan chiqib, oʻz uyasiga kelibdi. Toʻrtkoʻz favqulodda shiddatkor va mehribonligini koʻrsatdi. Olapar esa injiq boʻlib qopdi...

Yaloqdagi ataladan totinmoqchi boʻlgan hakka-yu olashaqshaqni Toʻrtkoʻz jon-jahdi bilan quvlardi. Qushlar esa beparvo uchib ketishardi. Bundan itning jahli badtar chiqardi. Uning sherigiga beminnat xizmat qilgisi va xarakatlari orqali muhabbatini izhor etmoqchi ekanligi bilinib turardi.

Olapar esa uni bamaylixotir kuzatib yotardi. U aftidan parishon, Toʻrtkoʻz esa jonsarak edi.

Tong yorisha boshlagach, Xurram oʻrnidan turdi. Suruv ham sekingina oyoqlana boshlabdi. Toʻrtkoʻz uyasining ustida oyoqlariga boshini qoʻyganicha atrofni kuzatib turardi. U yuz-qoʻlini yuvib uyaga yaqinroq keldi. Olapar joyidan qimirlamasdan irillardi.

Boʻztoʻrgʻayning ovozi eshitildi. Mahliyo boʻldi. Xoʻroz qichqirdi. Mollar boʻkirdi. Uyadan esa kuchukvachchalarning chiyillagan ovozi ham eshitildi. Shunda u bilan itning koʻzlari toʻqnashdi. Olapar qadalib tikildi. Egasi yuzini burdi. Toʻrtkoʻz esa bu paytda beparvogina boʻlib egasiga tikilib turardi. It ayni lahzada bu dunyoning sinoatini kashf etayotgandek yoxud nedir masalaning yechimini topa olgandek bemalol va xotirjam edi.

Xurram ortiga qayrilib, suruvining ketidan ergashdi. Oʻgʻiloy atala pishirib, ikki yaloqqa qoʻydi. Toʻrtkoʻz kelib ulushini yedi. Biroq Olapar uyasidan ham chiqmadi. Shundan keyin Oʻgʻiloy atala toʻla yaloqni Olapar yotgan uyaning ogʻzigacha opkeladi-yu sekin ichkariga siljitmoqchi boʻlganida it unga tashlanadi. Ayol jonholatda «voy-voy»lab uyiga qarab qochadi. U itni qargʻaydi.

It esa bolalarini undan qizgʻangan edi. Olaparning ikkita oʻziga oʻxshagan va ikkita xuddi Toʻrtkoʻzga oʻxshagan qop-qora, oyoqlari katta kuchukvachchasi bor edi. Ne ajabki, ularning hammasi otlon edi. Ular to koʻzi ochilib, sakrab yurib ketmagunlaricha Toʻrtkoʻz ham suruv ortidan dashtga chiqmadi. Kuchukchalar yigirma kunlikdan oshgach, Toʻrtkoʻz har doimgidek suruvning ortidan adirga yoʻl oldi. Olapar esa uyasida qolardi.

Kuchukchalar katta boʻlishgach, Xurram birini shoʻrchalik Rajab choʻponga, yana birini esa Togʻoshar degan choʻpon joʻralariga berib yubordi.

Qolgan ikkitasi esa Olapar bilan Toʻrtkoʻzga ergashib, suruv ortidan dalada yuradigan boʻldi. Ularga Toʻrtkoʻz rahnamolik qilardi. Ikkalasi ham bir-biridan ziyod kuchuk boʻldi. Endilikda ular suruvni toʻrt tomondan qoʻriqlab yurardi.

Bir kuni erta tongdan itlarning avzoyi buzildi. Ular bezovta edi. Toʻrtkoʻz uyoqdan buyoqqa chopardi. Olapar esa tumshugʻini osmonga choʻzib uvlaydi. Bolalari ham behalovat – yer tirnaydi.

Ular adirda ham xuddi shunday – besaranjom yurishdi. Tinmay uvullashdi. Vovulladi. Xurram oqsoq itlarining bu harakatidan nedir sinoat borligini ilgʻadi. Xotiniga ham buni aytdi. Kechki ovqatni yeb boʻlgach, er-xotin bolalarini ham tashqariga opchiqib joy soldi. Atrofiga jun arqonni tashladi. Qoʻtondagi bolali qoʻylarni ham tashqi yotoqqa keltirishdi. Oʻchoqni, chiroqni oʻchirib, uydan ham, qoʻydan ham xotirjam boʻlib oʻringa yotishdi.Ular bemalol edi. Biroq itlar xavotirda edi. Bezovta vovullashardi. Uyoqdan-buyoqqa tinimsiz yugurishardi... Itlar egasiga nimanidir tushuntirmoqchi boʻlardi. Biroq er-xotin bemalol, miriqib uxlashardi...

Ertalab itlarning ovozi eshitilmasdi. Xurram sapchib oʻrnidan turdi. Tevarakka qaradi. Oʻzining quloqlaridan tortib, tanini chimchilab koʻrdi. Koʻzini uqaladi. Hammasi rost edi.

Uy bilan qoʻton yer bilan bitta boʻlib yotardi...

Itlar esa suruvning toʻrt tomonida tik turardi...