OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiUloqcha (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/07/10
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Uloqcha (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

Oston karvon mehmonxonasida yonboshlab yotganida kampiri sekingina kirdi-da, poygakka oʻtirdi.
-Dasturxon opkirsinmi?
-Yoʻq, kerakmas, kampir, - dedi Oston karvon.
-Balki, choy icharsiz?
-Mayli, damlab kel-chi, - dedi Karvon.
-Halima, hov qiz, otangga choy opkel, - deya kampir uydan turib ovoz beradi.
-Mardondan xabar bormi? – soʻraydi Karvon.
-Yoʻq, ish bilan ovora boʻlib yurgandir-da. Endilar kep qolsa kerak. Bechora bolam, ukalarini, singillarini oʻylab tunu kun tinim bilmaydi, - deydi kampir.
-Kampir shu bolangga unchalik ishonch yoʻq. Xayoli joyida emas uning, - deydi Karvon.
-Unday demang, farishtalar yomon gapgayam, yaxshi gapgayam omin deydi. Mardon pishiq, - dedi kampir.
-Buyam bir gap-da, kampir. Shu bolang katta shaharda bir baloni boshlagan. Shuning uchun bu yerlarga kelolmay yuribdi. Koʻnglim sezyapti, harqalay oxiri baxayr boʻlsin.

Shu orada qizi mehmonxonaga choy opkiradi-yu yana chiqib ketdi.

Kampir choyni qaytaradi. Biroz oʻtib, cholga bir piyola choy uzatdi.

Oston karvon choyni huzur qilib simirdi.

Orada kampiriga ham qarab qoʻyadi. Boshida kolota, roʻmol egnida esa kamzul. Yuzlari burishgan. Roʻmolining tagidan ikki tutam oqargan soch yoyilib chiqqan. Soʻng koʻzi koʻziga tushadi. Kampiri esa yerga qaraydi.

Karvon kuldi. Yelkalari qimirlab, soqoli selkillab ovozi chiqmasdan kuldi. Kampiri hayron. Sekin soʻroqladi:
-Nimaga kulyapsiz?
-Yoshligimni esladim, kampir, - dedi Karvon.
-Ha, ustimdan kulyapsizmi deb oʻylabman, - deydi kampir.
-Yoʻq, kampir. Mardon oʻgʻlimiz ham oʻzimga tortdi. Shuni oʻylab turib, yoshligimni esladim.
-Yoshligingizga Mardonning nima aloqasi bor ekan. Munday tushuntirib aytsangiz-chi? – deydi kampir.
-Aloqasi bor kampir. Axir undayam mening qonimdan bor-ku! Qochib qayoqqa boradi?..

Kampir, mollarga qara. Bugun kechga Ortiq Eshon ham kepqolsa kerak. Bozorda shunday deganday boʻluvdi. U – bu tayyorgarligingni koʻrarsan, - dedi Karvon.

Kampiri uydan chiqqach, karvon oʻgʻlini oʻylay boshladi. Undan xavotir olardi. Hadiksirardi. Xavfsirar edi.

Mardon – Oston karvonning soʻnggi xotinidan bosh farzand. Maktabni bitirdi-yu, oʻqiyman, deb katta shaharga ketdi. Oʻqishga kira olmadi. Ishga joylashdi. Va oʻsha katta shahardan uyga qaytmadi. Yoʻq, har zamonda qishloqqa kelib ota-onasidan xabar olib ketardi. Soʻngi vaqtlarda Oston karvon negadir oʻgʻliga ilhaq boʻlaverdi.

Mardon oʻqishga kirmadi. Kichikroq bir idorada chilangar boʻlib ishlayverdi. Yosh yigit bu yerda bir qizga koʻngil qoʻydi. Sayribogʻ qilishdi. Qiz ham kambagʻalroq oiladan ekan. Mardonni ota-onasi bilan tanishtirdi.

Vaqti soati yetib, ikki yosh roʻzgʻor qiladi. Bundan esa Oston karvon bexabar.

Mardon toʻy kunini belgiladi. U qishloqqa borib, ota-ona va boshqa qarindoshlarini oʻzining toʻyiga aytib keldi.

Katta shaharda kichikroq toʻy boʻldi. Kelin-kuyovni kelinning uyiga tushirib kelishadi. Quda-andalar bir-ikki kun obdon suhbatlashishdi. Hammasi joyida.

Qudalar ham bir-birlariga ma’qul tushishdi. Keyin Karvon qishlogʻida ham yoshlarga atab elu ulusni chorlab, ularga osh ulashdi.

Kelin-kuyovni yana katta tantana bilan katta shaharga kuzatib qoʻydilar.

Mardon otasidan hayiqibroq yurdi. Dakki eshitaman, deb oʻyladi. Yoʻq. Karvon oʻgʻliga bir ogʻiz ham chakki ish qilibsan, bolam, deb koyimadi.

Qaytaga oʻgʻlini maqtadi. Kelini, qudalarini birma-bir sifatlab alqadi:
-Mana yangi qarindoshlarni ham orttirdik. Baraka topishsin, yaxshi odamlar ekan. Mardonboy ham yomon yigit emas. Yulduzi yulduziga toʻgʻri kelibdi. Qoʻsha qarishsin. Buning ustiga qudachilik ming yilchilik derkan. Ha, mayli, hammasi oʻz kuniga omon boʻlishsin.

Mardon oʻgʻil koʻrdi. Nevarasiga Karvonning oʻzi ism qoʻygan edi. Eski oshnasi – qamashilik Norboʻta raisning hurmatiga nevarasiga Norboʻta deb ism qoʻydi.

Norboʻta bir yoshga toʻlganida Karvon qishlogʻida yana katta toʻy qilib berdi. Katta shahardan qudalar keldi. Ularning izzatini qilishdi.

Karvon nevarasini suyib erkalatardi. Uni yetaklab qoʻradagi qoʻylarni, tabladagi otlarni, tuyalarni koʻrsatardi. Nevarasi bu jonivorlarga qiziqsinib qarardi.

Norboʻta jonivorlarga qiziqadigan bola boʻlib oʻsdi. Bundan Karvon xursand. Mening fe’lim, a’molim suyak suribdi, deb oʻyladi.

Karvon Norboʻtaga atab bir echkini berdi.
-Mana shu echki seniki bolam. Yem-emishini oʻzim beraman. Faqat qarasang boʻldi, - dedi Karvon.
-Qarayman, bobo, - deydi Norboʻta.
-Juda zotdor echki bu. Egiz tugʻadi. Sutini buving sogʻib oladi, - dedi Karvon.
-Sutini buvim sogʻib olsa, bolalari nimani ichadi? – soʻraydi bola.
-Bolalariga ham qoldiradi. Lekin toʻgʻri aytasan, uloqchalarga sherik boʻlamiz-ku! – deydi Karvon.

Norboʻta oʻzicha ariq boʻyidan oʻtlarni yulib kelib, bogʻliq turgan echkining oldiga tashlaydi. Echki esa oʻtni birdaniga yeb qoʻyadi. Keyin oshxonadan poʻchoqlarni chiqarib berardi. Endi u echkiga mehr bilan qarardi. Xashak, suv tutardi.

Uni kuzatib yurgan Oston karvon nevarasining ishidan oʻzida yoʻq xursand edi.

Oston karvon jonivorlarni yaxshi koʻradigan odamni koʻrsa rostakamiga dili yayraydi. Nevarasi Karvonning koʻnglidan chiqdi.
-Yashang, Norboʻtavoy! Balli oʻgʻlim! Echkini koʻpaytirsangiz sizga mashina oberamiz. Keyin xotin oberamiz! – deya Karvon nevarasiga dalda beradi.
-Menga mashina ham, xotin ham kerakkmas, - deydi nevarasi.
-Yoʻq, bolam hozir shunday deysang. Lekin keyinchalik ikkoviyam kerak boʻladi. Xoʻb degin, bolam, - deydi Karvon bepisandgina.
-Men tuya minaman bobo, - deydi Norboʻta.
-Boʻpti, qani yur-chi, - deya karvon uni ortidan ergashtirib keladi.

Kelib tuya turgan joyda toʻxtashadi. Kavsh qaytarayotgan tuya egasiga qarab turadi. Karvon tuyaning tumshugʻi aralash boshini qashlaydi. Bir muddat oʻtib, «choʻk jonivor, choʻk,» deydi.

Tuya dastlab old oyoqlarini buklab choʻk tushadi, soʻng oyoqlarini yigʻib yotadi.
-Qani, Norboʻta min-chi! – deya nevarasiga amr qiladi.

Nevarasi chopib kelib tuyaning ikki oʻrkachining orasiga minib oladi.
-Mahkam ushla. Tagʻin yiqilib tushmagin, bolam, - deydi-yu oʻzi ham nevarasini tutib turadi.
-Tur, jonivor, tur, - deya Karvon tuyani oʻrnidan qoʻzgʻaydi.

Tuya ohista oʻrnidan turadi.
-Choʻx, jonivor, choʻx, - deya Karvon tuyani niqtaydi.

Tuya qoziq atrofida sekingina aylanadi. Norboʻta oʻrkachdan ushlaganicha zavqlanib atrofga qaraydi. Qoziq atrofida ikki-uch aylangach, tuyani toʻxtatib, nevarasini tushiradi.

Norboʻta yana qaytib minmoqchi boʻldi. Karvon unamaydi. Keyin sekingina unga tushuntiradi.
-Hali, koʻp minasan bolam. Mening tuya minib bormagan joyim qolmadi. Koʻp joylarni, koʻp odamlarni koʻrdim. Endi mana uyda oʻtiribman. Hali sen ham koʻp sinovlardan oʻtasan. Bezor ham boʻlarsan, bolam. Faqat sabr qil.

Vaqti kelib karvon nevarasiga atagan echki egiz tugʻadi. Ikkovi ham oʻzida yoʻq xursand. Uloqchaning biri koʻp yashamadi. Nimjon ekan chogʻi, bir kundan keyin oʻlib qoldi. Ikkinchi uloqcha dikinglab oʻynab yurdi. Sekin-asta oʻzini tutib oldi.

Unga Norboʻta shisha idishning ogʻziga soʻrgʻich tutib, tuyaning sutidan berardi.

Uloqcha ham onasini emardi. Ham Norboʻta qarashardi. Yiltillab, oʻzgara boshladi.

Uloqcha Norboʻtani begonasiramasdan oldiga chopib kelardi. Soʻng soʻrgʻichni surib sut ichardi.

Norboʻta echkini ham, uloqchani ham parvarish qilib yurdi. Uloqcha anchagina kattarib qoldi. Shohi chiqdi.

Bir kuni Karvonnikiga Ortiq Eshon keldi. Karvon esa bolalariga biron jonliq suyib, ovqat pishirishni buyurdi.

Shunda oʻrtanchi oʻgʻli–Kabir uloqchani suyib, mehmondorchilikka nimtalaydi.

Norboʻta ertalab turib qoʻraga kirsa, uloqchasi yoʻq. Tashqarida esa terisi torda osilib turardi.

... Karvon qarasa, nevarasi yigʻlab oʻtiribdi. Echki esa marayapti. Uloqchaning terisini koʻrdi-yu, koʻzlarini yumdi.

«Eh, attang...» dedi Karvon.