OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiUnutilgan va’da (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm13KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/07/10
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Unutilgan va’da (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

Barnoni Narzibaland mahallasidagi yigitlar tunu kun oʻylaydigan boʻp qolishdi.

Barno ham haqiqiy barno yigitni izladi. U oʻzining chiroyi, qomatining bahosini bilardi.

Necha-necha yigitlar uning izidan ichikib yurdi. Qanchalab ishqiy maktublar bitildiki, barisi abas boʻldi. Barno birortasiga ham javob yozmadi. Lekin oʻqib, huzur qilardi.

Bir kuni yoʻlda ketayotganida qizning sochidan kimdir tortqiladi. Qiz ugirilib qaradi. Kamol ekan.
-Senda gapim bor edi, Barno, - dedi u.
-Nima gap ekan? – soʻroqlaydi qiz.
-Yur, sal chetga chiqaylik, bafurja aytaman. Bu yerda sal noqulay, - deydi yigit.
-Yoʻq, uydagilar koʻrsa, meni urishadi. Otamning fe’lini bilasiz, yomon, - deydi qiz.
-Barno menga tekkin. Seni baxtli qilaman. Ertaga uyingga sovchi joʻnataman, - deydi-yu Kamol yugurib ketadi.

Yigit qizning koʻziga tik qarab gapirgandi. Barno yigitning oʻktamligidan, qat’iy gapidan shoshgan boʻlsa-da, ich-ichidan rizoligini tuydi. U bilan baxtu iqbol egasi boʻlmogʻini oʻylab qoldi. Yigitning koʻzlari unsiz soʻzlagandi...

Ertasiga Kamolning ammasi bilan opasi qiznikiga qulchilikka kelishdi. Yana ikki-uch marta kelishdi. Ish bitmadi. Aniqrogʻi, qizning otasi – Rajab mirob rozi boʻlmadi.

Kamolning, sovchilarning va butun Narzibaland mahallasidagi yigitlarning umidi soʻndi. Hattoki, Barnoning ham. Negaki, qiz oʻzini Kamolga uzatishadi, deb oʻylagan va oʻzi ham shunga shaylanib turgan edi. Biroq ish mutlaqo teskari boʻldi.

Rajab mirob qizini beshkentlik joʻrasi – Abduholiq

chavondozning Irismat degan oʻgʻliga berdi.

Kuyov bola Moskva tomonlarda oʻqigan ziyolinoma yigit ekan. Sovchilar Barnoning rasmini olis yurtda ta’lim olayotgan kuyov bolaga joʻnatish uchun opketishadi. Irismatning rasmini esa qizga tashlab ketishdi.

Ikki yosh mezon oyining oxirlarida yuzma-yuz koʻrishadi. Suhbat. Va’dalar. Begʻubor ichikishlar...

Soʻng Irismat Barnoni uyigacha kuzatmoqqa shaylanib, yoʻlga tushishadi.

Katta yoʻldan burilib, koʻprikdan oʻtib, Narzibaland mahallasiga kirar chogʻi bu ikki yoshni bir toʻda bolalar oʻrab olishadi.
-Yaxshi yigit, papiruskang bormi? – soʻraydi bola.
-Yoʻq, men chakmayman, - javob beradi Irismat.
-Bu yerlarda nima qip yuribsan? – soʻraydi bola.
-Oʻzim, shunday aylanib, - deydi Irismat.
-Ey, Barno senmisan, - deya hayajonlanadi bola. – Bu kim boʻldi. Kamol qara, kuyov bola mahallamizga kelibdi. Uyalmasdan, hadiksiramasdan yurishi qara buni.
-Yuzi qalinga oʻxshaydi. Beandisha, - deydi sherigi.
-Kamol sen Barnoni uyiga kuzatib qoʻy. Biz oʻzimiz bu kuyovbolani katta koʻchaga chiqarib uyini koʻrsatib qoʻyamiz, - deydi bolalar.

Kamol Barnoning oldiga keladi-da, unga «ketdik» deya ishora qiladi. Ular ikkalasi sekin yoʻlga tushadi. Irismat esa baqirmoqchi boʻlganida bolalar ogʻzini yopib katta koʻchagacha goh sudrab, goh koʻtarib opchiqishadi. Bolalar uni yuk mashinasiga mindirib yuborishdi.

Kamol Barnoni uyiga opkeladi. Qiz yigʻlaydi. Yigit gapirmasdan turib, qizni sekingina oʻpib oladi. Barno yigitni quchoqlab olib, ancha vaqtgacha boshini yelkasiga qoʻyganicha yigʻlaydi.

Ular oydinda ajralishadi. Kamol Barnoni darchadan to uyiga kirib ketguncha qarab turadi.

Ayni pishiqchilik mahali Rajab mirob bilan Abduholiq chavondoz tuy boshlaydi. Kelin-kuyov katta niyatu umid bilan bir yostiqqa bosh qoʻyadilar. Boshning bittasi ya’ni Irismatning kallasi yoriq edi. Negaki, Narzibaland mahallasidan Barnonin kelin qilib opketish paytida kimdir tosh bilan kuyov bolaning boshiga ishlov beradi.

Irismat beshkentdagi maktabida oʻris tilidan dars beradi. Barnoning husni beshkentda ham ovoza boʻlib ketadi. Qoʻni-qoʻshnilar uni koʻrish uchun atay bahonalar topib, eshikni taqillatishadi. Soʻng suhbat quriladi.

Irismat Barnoning Narzibaland mahallasidagi hayoti bilan bogʻliq voqealarni eslagisi kelmaydi. Kelinni ham ota-onasinikiga joʻnatgisi kelmaydi. Kuyov uni Kamoldan qizgʻanar edi.

Bu paytda esa Kamol ham xolasining qiziga oʻylanib, bir roʻzgʻorning boshini tutgan edi. Endi uning xayolini bola-chaqa tashvishi band etgandi.

Irismat aroq ichishga oʻrgandi. Bu orada u yolgʻiz oʻgʻil koʻrdi. Otini esa Temur qoʻydi. Boshqa farzandlari turmadi. Qasdiga olib u yana ichadigan boʻldi. Avval maktabdan haydashdi, soʻng uni davralarga ham qoʻshmaydigan boʻldilar. Bora-bora toʻy-yu ma’rakalarga ham aytilmaydigan boʻldi. U uyida tunu kun aroq ichib yotardi. Dunyoni unutardi.

Irismat oʻz-oʻzidan tevarak-atrofdan uzilib qoldi. Hamma unga achinardi. Ayniqsa, Abduholiq chavondoz oʻgʻlining bu ahvolidan boshini egib yuradigan boʻldi.

Ustiga ustak kelin Barno ham bolani olib otasinikiga ketib qoldi. U qudasining oʻzi qizini keltirib qoʻyib ketadi, deb oʻylagandi. Biroq unday boʻlib chiqmadi. Koʻp narsa qorongʻu edi.

Rajab mirob ham qizining achchiq qismatidan xabardor edi. Hech narsa deya olmadi. Shu zayl qiz bir bolasi bilan otasinikida yuraverdi.

Irismat ichishga mukkasidan ketdi. Undan hattoki otasi ham voz kechib yubordi. U olamni unutgandi.

Oradan yillar oʻtadi. Qudalar bir-biridan xafa boʻlmaydi. Negaki, Irismat hali tuzalmagan edi. Barno bilan Temur ham uni eslaydigan boʻlishdi. Uyat oʻlimdan ogʻir. Barno oqibat eridan talogʻini soʻrab oladi...

Shundan keyin Rajab mirob qizini Mulla Nosirning Polvoniga beradi. Polvonning xotinini oʻtgan yili ilon chaqib oʻldiradi. Polvon esa ikkita qizi bilan qoladi. Toʻy kichkina va dabdabasiz oʻtadi. Barnoni Polvonnikiga kechga tomon opkelishadi. Ertasiga bu yerga onasini izlab Temur ham keladi. Onasi unga dasturxon yozib, oldiga choy, non va ovqat qoʻyadi.
-Ona, uyga ketamiz, - deydi bolasi.
-Yoʻq. Bolam, endi shu yerda yashaymiz, - deydi onasi.
-Menga bu yer yoqmayapti ona. Otamning, buvamning uyida yashaylik, - deydi bola.
-Bolam senga qanday tushuntirsam ekan. Buvang meni mana shu yerning egasiga erga berdi. Endi u bilan yashashim kerak. Uning xizmatini qilishga majburman. U senga ham otalik qiladi. Sen esa unga katta oʻgʻil boʻlasan, - deydi Barno.
-Yoʻq, boʻlishi mumkin emas. U kishi menga otalik qila olmaydi. Men unga oʻgʻil boʻla olmayman. Axir biz butunlay boshqa odamlarmiz-ku! – deydi Temur onasiga ajablanib.

Ona-bola dasturxon boshida shu taxlit suhbatlashib oʻtirganlarida Polvonning ikkita qizi ham xontaxta atrofiga kelib oʻtirishadi.
-Ona, bizlarga ham non bering, - deydi qizlar.
-Mana qizlarim, olinglar, qanddan ham choyga solinglar. Keyin koʻchaga chiqasizlar, - deydi Barno.
-Bu ayol sizlarga ona boʻlmaydi, Mening onamni sizlar ona deyishingiz mumkin emas, tushundingizmi? – deydi bola qizlarga qarab.
-Buni bizlarga otamiz aytgan. Shuning uchun biz ona, deyapmiz, - deydi ular.
-Mana men sizning otangizni ota demayman-ku! – deydi bola. – Mening otam bor. U kishi beshkentda turadi. Bobom bilan yashaydi. Ha, aytmoqchi, sizlarning onangiz qaerda?
-Onamizni ilon chaqib oʻldirgan. Bizni yaxshi koʻrar edi, bechora onam, - deydi qizlar.

Temur oʻzining oʻgay singillari va onasining oʻgay qizlari bilan ancha suhbatlashdi. U oʻzini noqulay seza boshladi. Qizlarni urishgisi, jerkib tashlagisi kelardi. Onasidan ham xafa boʻldi. Oʻgay otasi bilan koʻrishishni umuman xohlamasdi.

Temur oʻgay singillari bilan boqqa ketdi. Olma, gilosu oʻrik, qaroludan toʻyib yeyishdi. Soʻng uyga qaytib kelishdi. Qaytish chogʻida qizlardan biri zinaga qoqilib yiqildi. Baqirib yigʻladi. Onasi chopib kelib, uni koʻtarib oldi. Ovuta boshladi. Shu paytda oʻgay otasi – Polvon ham yetib keldi. Qiz tinchlandi. Polvon Temurga qaradi. Bola esa indamaygina choʻntaklaridan gilos-oʻriklarni chiqarib bepisand ogʻziga solardi.
-Hov yigitcha, salom qani? – dedi Polvon.
-Men begona odamga salom bermayman, - dedi u.
-Men senga begona odam emasman. Endi senga otaman. Bilib qoʻygin, - deya uqtirdi Polvon.
— Siz menga ota emassiz. Mening otam beshkentda. Oti – Irismat. Oʻqituvchi. Otasining ismini esa Abduholiq chavondoz deydi. Siz onamni aldagansiz. Qizlaringizniyam aldayapsiz, - deydi bola.
-Sen jinqarchada koʻp gap borga ekan. Shumqadam bolaga oʻxshaysan. Mushtday boshingdan odamga aql oʻrgatasan-a? – deya Polvon boshini saraklaydi.
-Siz Narzibalandliklar kishiga aql oʻrgatishga ustasizlar. Odamni aqldan ozdirib, yoʻldan urasizlar. Kerak boʻlsa, hamma narsaga tayyor turasizlar, hech balodan qaytmaysizlar.Men baribir bu uyda sizlar bilan birga yashamayman. Shuni bilib olinglar, - deydi Temur baqirib.

U qosh qoragaygan bir paytda Polvonning uyidan chiqib ketdi. Allamahalgacha mahallani aylanib yurdi. Toliqdi, charchab koʻcha yuzidagi darvozaning oldida oʻtirdi. Tin olib, xayol sura-sura uyquga ketibdi.

Kamol gashtakdan kela turib darvozasi oldida yotgan narsadan hayiqdi. Sekin kelib uni kuzatdi. Hayriyat, yosh bola ekan. Borib bolani uygʻotdi. Uning qoʻlidan tutib uyiga opkeldi. Joy solib berdi. Yotdi.

Ertalab bola otning oldida turgan edi. Kamol uning yoniga keldi. Bola salom berdi. Ular hol-ahvol soʻrashdi. Kamol boladan bor oʻtmishini soʻrab, bilib oldi.

Ayni voqealar, odamlar va ular bilan bogʻliq tarixning hammasi Kamolga ayon edi. U bolani olib, birinchi Irismatnikiga bormoqchi boʻldi. Biroq bolakay unamadi. Soʻng Polvonnikiga elmoqchi boʻldi. Bola baribir rozi boʻlmadi.
-Menga oʻgay ota kerakmas. U odam qizlarini yaxshi koʻradi. Onam ham ularni yoqtiradi. U odam meni unchalik xushlamaydi. Sizdan iltimos, meni oʻzingizga oʻgʻil qilib oling, hamma ishingizni qilaman. Faqat yoʻq demang. Sizni ota deyman. Ayolingizni ona deyman. Tushuning, boshqa boradigan joyim qolmadi. Menga rahmingiz kelsin. Boshimni silang, - deya bola yalinadi.

Kamol oʻylanib qoladi. Bolaga rahmi keladi. Yuragi eziladi.
-Mayli, sen biznikida yuraver, keyinroq bir xulosaga kelamiz, - deydi Kamol viqor bilan.

Temur bu yerda roʻzgʻor ishlariga qarashib yuraveradi. Kamolni ota, xotinini esa ona deb atadi. Bolalar bilan ham asta-sekin aka-uka boʻlib ketishdi. Ular juda ahil yashay boshladilar. Ana shunday kunlarning birida Temurning daragini Barno bilan Polvon eshitadi. Soʻng Barno bolasining izidan Kamolnikiga keladi. Oʻgʻlini opketmoqchi boʻladi.
-Men baribir bormayman, - deydi bola qat’iy turib. – U yerda meni qiynaysizlar. Bu joy menga ma’qul boʻldi. Sizlar endi menga halaqit bermanglar.
-Oʻv, tirmizak, halitdan tiling chiqib qopdimi? Shoshmay turgin. Qani oldimga tush-chi? – deydi onasi.
-Yoʻq, bormayman deb aytdim-ku! – deya bola hovlidan chiqib ketadi.

Barno bolasining ortidan ergashadi. Bola qochib ketadi. Oxiri noiloj Barno uyiga ketadi. Boʻlgan voqeani Polvonga soʻzlab beradi. Bundan Polvonning gʻashi keladi. Negaki, u xotinini Kamoldan rashk qildi. Eski tarixni koʻz oldiga keltirdi.
-Sen oʻgʻlingni atay Kamolnikiga yashirgansan. Sen ermak uchun shunday qilding. Nega endi u aynan Kamolnikida yuradi. Boshqalarnikidan boshpana topsa boʻlmaydimi? – deya Polvon Barnoga oʻshqiradi.
-Oʻlimdan xabarim boru lekin bundan xabarim yoʻq. Ishoning axir. Ne gunohim uchun bu gaplar, - deya Barno yigʻlab yuboradi.
-Oʻsha shumqadam menga sening oʻtmishingni eslatadi. U bolani bu yerga opkelama koʻrma. Uni hovlimizda koʻrsam, asabim oʻynaydi. U menga Irismatni, Kamolni eslatadi. Oʻgʻlingni mahallada koʻrsam, seni ham tinch qoʻymayman. Bilib qoʻygin, - deya oʻdagʻayladi Polvon.

Barno yigʻladi. Ne qilarini bilmasdi. Bolasi esa ularni unutib, Kamolnikida xuddi tugʻishganlardek bemalol yurardi. Oxiri Barno dardini opasiga aytdi. Opasi Temurni ushlab Qarshidagi bolalar uyiga topshirmoqchi boʻldi. Ular Temurga tuzoq qoʻyishdi. Bir-ikki chap beradi-yu, soʻng baribir Temur qoʻlga tushadi. Xolasi uni uyiga opkeladi. Bolani ustunga bogʻlab qoʻyishadi. Temur yigʻlab, oʻzini qoʻyib yuborishlarini soʻraydi. Hech unga yordam bermaydi. Oxiri sillasi qurib, issiqda ustunga bogʻlanganicha uxlab qoladi. Uydagilar uni hushidan ketgan deya arqondan boʻshatib, uyga opkirishadi. Yuziga suv sepib, oʻziga keltirib olishadi. Kechga tomon bola yana Kamolnikiga qochib keladi.
-Ota, endi meni hech kimga berib yubormang. Men sizga oʻgʻil boʻldim-ku! – deya bola yigʻlaydi. – Ular menga azob berishadi. Men hali sizga koʻp kerak boʻlaman. Menga otalik qilishingiz mumkin-ku, axir! Sizni bir umr unutmayman.

Bola oʻzini Kamolning quchogʻiga otadi. Oʻksib-oʻksib yigʻlaydi. Kamol uni tinchlantiradi. Ikkalasi bir-biriga va’dalar beradi.

Kamol bolani bozorga opchiqib boshdan oyoq kiyintiradi. Uyiga bolani soʻrab keluvchi onasi-yu boshqa xeshlariga Kamol shirin gapirib yana iziga qaytarib yurdi.

Shu bilan Temur yangi oilada ulgʻaya boshladi.