OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodiyor Hazrat Ismat
Asar nomiYaxshilik manzili (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shodiyor Hazrat Ismat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Yaxshilik manzili (hikoya)
Shodiyor Hazrat Ismat

Uni hamma narsaga qoʻl siltab, choʻlgami, toqqami, ishqilib, bu yerlardan ketsam, ketsamu shuning barobarida bu yerlarga qaytib kelmasam, koʻrmay-kuyinmay oʻsha xilvatda yashasam, degan oʻy ezayotgan edi.

U boshida charx urayotgan xayollarni haligacha hech kimga aytmagan. Aytguday boʻlsa, «yosh oʻtavergandan keyin shu ekan-da...» deb, uning sigʻinib, koʻnglida asrab-avaylab yurgan ilinju istagini ikki ogʻiz soʻz bilan ruhsizgina ifodalab berishlarini va eng yomoni, ustidan kulishlarini biladi-yu, oʻzining nochorligidan yanada kuyinadi.

Rahmon yarim tunda uygʻonib ketganida, boshida ogʻriq borligini sezdi. Tashqariga chiqmoqchi boʻlib, oʻrnidan amallab turdi-da, eshik oldigacha keldi, nariroqqa borishga kuchi yetmagach, zinaga oʻtirdi. Shunda uning yodiga bir rivoyat tushdi. Rivoyatning mazmuni shunday ediki, Ibrohim paygʻambar oʻgʻli — Ismoilni uylantirgach, kelinining odamgarchiligini sinash uchun unikiga boradi. Kelin qaynotasining izzatini joyiga qoʻymaganidan soʻng, u keliniga Ismoil kelsa ayt, ostonasini tuzatib qoʻysin, deydi. Eri kelgach, u qaynotasining gapini aytadi. Amri padar arshdan a’lo. O’gʻil xotiniga taloq aytadi. Ostonani «tuzatadi», ya’ni, qaytadan roʻzgʻor tiklaydi. Paygʻambar bu kelinini ham imtihon qilgani keladi. Kelin qaynotasining izzatini joyiga qoʻyadi...

Paygʻambar ketar oldidan keliniga tayinlaydi: «Ismoilga ayt, ostonasi yaxshi boʻlibdi...»

Ayni chogʻda oʻzini rasulzodaning oʻrniga, otasini esa paygʻambarning oʻrniga qoʻyib taqqosladi. Yettinchi osmonga chiqayotganida kimdir uning yengidan tortganday boʻldi. U oʻzini bunaqa osmonoʻpar qilib mengzashni nooʻrin sanadi. Xayolini ham, otasini ham oʻz holiga qoʻydi-yu, biroz taskin topganday boʻldi...

Shu ahvolda ham Rahmonning rahmatli otasi tirilib kelsayu oʻgʻlining turish-turmushini koʻrsa... O’shanda valine’matining oddiy soʻrogʻi ham ogʻir botarini sezadi. Sezgandayam nima qilsin, tili qisiqlik joyi koʻp. Onasining tixirlik qilib uylantirganini aytib, u bechoraning ruhini chirqillatishdan qoʻrqadi.

...Qizning ismi Norxolmidi, Norgulmidi, haliyam chalkash aytadi. Lekin guldek qiz edi, yonogʻidagi xoliyam yuziga yarashiqli edi, Qaniydi, anovi yotgan ayolning oʻrnida oʻsha oʻzi istagan Norxolmi, Norgulmi boʻlsa, yonlaridagi beshovlon ham oʻzlaridan tarqagan farzandlar boʻlardi... Ular bilan ovunardi, bujmaygan yurakning chigilini yozardi...

Ayni damda onasi oʻlaman sattor deb, qarindoshining qiziga uylantirib qoʻymaganida ahvoli bundan ming chandon yaxshi boʻlariga ishonadi. Va shunga ishonib yashadi ham.

«Xudo bir tomondan qisgan odam injiq va tutgan joyidan kesadigan boʻlarkan,— deb aytgandi doʻsti.— Men oʻshanda nima qilarimni bilmay, oʻsha oʻzim yaxshi koʻrgan qizni oʻgʻliga obermoqchi boʻlgan kachalning uyiga bordim. Langning oʻgʻli oʻzi kelib, uylanganman, uka, ishonmasang boshpurtimni koʻrsatay, ikkita bolam ham bor, dedi. Yaxshi gap bilan inidan chiqqan ilonning bolasi yana aytdiki, otam u qizni amakimning oʻgʻliga obermoqchi. Noiloj, padaringga la’natni chaqirtirdik. Otasi hassasiga tayanib, chiqib keldi.

Men u oqsoqqa: «Iltimos, buva, oʻsha qiznikiga qaytib sovchilikka bormang», dedim. Choʻloq chol gapimni ham eshitmadi, qaytaga hassasi bilan urmoqchi ham boʻldi. Boʻynimni moʻljal qilib xezlangan ekan. Hassasini tutdimu indamay qoʻydim. Ursam boʻlardi, lekin uyini toʻldirib oʻtirgan chuvrindilarining qargʻishidan qoʻrqib, teginmadim. O’sha choʻloq chol nomard ekan. Ertasiga mirshabxonaga borib, meni, kechasi uyimga bostirib keldi, tuhmat qildi, xotinu bola-chaqamning oldida onamni soʻkdi, deb ustimdan arz-dod qilgan edi. Mirshab ham oʻzimizning urugʻimizdan edi, arzgoʻyning arzi yolgʻonligini sezganmi, ishqilib, choʻloq cholning onasini rostakamiga esiga solib, jami urugʻ-aymogʻini oborib opkebdi».

Bu joʻngina xotirotni doʻsti bundan oʻttiz yillar avval, ayni salt-suvoy yurgan kezlarida aytgan edi. Doʻsti oʻsha qizga uylandi. Toʻyiga oʻsha choʻloq cholni atayin borib aytdi. Lekin oqsoq chol toʻyga kelmadi...

Rahmonning bu doʻsti kamsuqum edi, birovlarning mahrami haqida gap sotishni yoqtirmasdi. Fisqu fasodni unchalik xushlamasdi.

Rahmon avvalboshda doʻstiga maslahat soldi: «Boʻlmaydi, joʻra, men bu bilan qanday yashayman? Joʻra, men oʻsha xoli bor qizga uylanishim kerak edi. O’sha boʻlsa bas, qolgani bir pul. Hozir oʻshaning oldiga borsam, u yuzimga tupurmasmikan?.. Yoki dunyo deganlari shu ekan deb, indamay yashayveraymi?..»

Doʻsti mulzam tortdi. «Endi, chidashga urinib koʻr, toza boʻlmasa, talogʻini ayt-qoʻy. Bu trmoni oʻzingdan qoladigan gap».

Bu safar ham doʻstiga istak-ilinjini aytsa, turgan gapki, u ham savdoyiligining boisini soʻraydi. Bunga javobni qaydan izlaydi?

«...Xuddi shunday, — ahd qildi u. — Hammasiga qoʻl siltaymanu ketaman, ajabsinib qoladigan koʻngil yetar doʻstlarga ketish vajhini tushuntiramanu togʻu toshlarga ketaman. O’sha toqqa jami mazmuni yaxshi odam borki, yigʻilsak, soʻng uni joʻngina boʻlsa-da, «Yaxshilik manzili» deb atasak. Unda-munda bu maskanning dovrugʻini eshitganlarning keti uzilmasa. Qolganlar ham biror yurt yoki kishvar tuzishsa-da, ungayam bir nom qoʻyib, oʻz toifalarini jamlashsa... Ana oʻshandagina nimaiki boʻlsa, bari yaxshi boʻladi, hamma oʻz qavmlari ichida yurgandan keyin, hech kim bir-biriga ziyon yetkazmaydi. Koʻrilgan ziyonlar ham sezylmas boʻlib ketadi. Koʻngil ozor topmaydi».

Rahmon toqqa yetgach, buloqning muzday suvidan bir hovuch ichdi-da, sal balandroq, butun qishloq koʻrinadigan joyga kelib oʻtirdi. Koʻpdan beri togʻning xuddi mana shu yeridan turib qishloqni tomosha qilishni diliga tugib qoʻygandi. Ayni damda u oʻzini me’rojda turgandek, hamma narsaning hadisini olgan kabi, goʻyo barchasi hozir koʻz oʻngida namoyon boʻladigandek tuyuldi...

Xayoliga qoʻshilib, osmonga yuz tutdi: uning tubida sanoqli yulduzlar qolgandi. Ismini haliyam chalkash aytadigan qizni eslab, qishloqning kunchiqar tarafiga qaradi. Uylar koʻpayib ketgan, Rahmon qizning oʻsha paytlar qaerda yashaganligini eslay olmadi.

«Endi kech, ancha kechikding. Hech narsa kor qilmaydi. Boshni qay tuynukka suqma, qay xarsangga urma, bari befoyda. O’zgarish mumkin boʻlgan damlar oʻtib ketdi. Hayit bir kunlik. Men bu togʻni «Yaxshilik manzili» demoqni istagan. edim, biroq adashgan ekanman. Niyat puch ekan. Xayolim siqqan joyga oʻzim sigʻmas ekanman».

Rahmon uyiga kelganida hali hech kim uygʻonmagan ekan. U asta yotoq boʻlmasiga kirdi-yu, oʻrniga yotdi. Uxlamoqchi boʻlib, u yoqqa-bu yoqqa agʻdarilib koʻrdi. Boʻlmadi. Axiyri, koʻrpani yuzi aralash burkab oldi...

«Sharq yulduzi» jurnali, 1992 yil 7-son.