OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShodmon Otabek
Asar nomiImtihon yaqinlashganda (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Shodmon Otabek
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm9KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Imtihon yaqinlashganda (hajviya)
Shodmon Otabek

Xullas-kalom, ana shu ajoyib davrning ajoyib gashtini «maza» qilib surib yurgan qahramonlarimiz — Toshpoʻlat, Moʻmin, Hamidlar yotoqxonada shirin uyquda edilar. Talaba xalqini bilasiz — uzzu kun tinib-tinchimaydi, qoq yarim tungacha uxlashni xayoliga keltirmaydi. Jamiki muammolarning yechimini oxirgi kechaga taqab qoʻyadi. Katta allomalar butun umrini sarflab oʻrganadigan fanni talaba bir kechada oʻrganib-oʻzlashtirib, ertasi kuni imtihon ham topshiradi.

Qahramonlarimiz tuni bilan kuymalanib, alla-pallada uxladilar. Ertasi kuni yakshanba boʻlgani uchun bemalol yotaverdilar. Odatda gavjum, sershovqin yotoqxona ayni tong pallasida nogoh sokin boʻlib qoladi. Ammo ana oʻsha sokinlikka bugun koʻz tegdi. Hali soʻfi azon aytmasdan qahramonlarimiz yotgan xona eshigi qattiq taqilladi. Birinchi boʻlib yoshi sheriklaridan kattaroq, harbiy xizmatni oʻtab kelgan Toshpoʻlat uygʻondi. Erinibgina oʻrnidan turib, eshikni ochdi. Ochdi-yu hayratdan lol qoldi. Ostonada «Materiallar qarshiligi» darsining domlasi, qattiqqoʻlligi bilan talabalarning yuragini olib qoʻygan Gʻoyipov turardi. «Kimki shu darsdan eson-omon imtihon topshirolsa, institutni bitirdim deb hisoblashi mumkin», degan gaplar bejiz aytilmagandi.
— E, keling, domla, — dedi Toshpoʻlat andak taraddudlanib, — qani ichkariga...
— Rahmat, arzimas bir iltimos bilan keluvdim, — domla dangaliga koʻchdi.

«Ajabo, domlaning talabada qanday iltimosi boʻlishi mumkin? Hamisha buning teskarisi boʻlardi-ku!» deya Toshpoʻlat hayron boʻldi.
— Shu... uchastkada ozgina ish bor edi. Shunga yordamlashvorsanglar. Bugun yakshanba, bahonada bir «razminka» qivolasizlar.

Toshpoʻlat boʻshashibgina «Mayli» deb yuborganini sezmay qoldi. Boyaqish bundan boshqacha javobni tasavvur ham qilolmasdi. Bir haftadan keyin Gʻoyipovning imtihoni! Qani yoʻq deb koʻr-chi! Faqat arboblar emas, domlalar ham har bob bilan urishga usta boʻlib ketishgan. Ayniqsa, Gʻoyipov! «Materiallar qarshiligi»ni oʻqib-oʻqib yengish mumkin, ammo domla bir oʻchakishsa, uning qarshiligini yengib boʻlmaydi.
— Boʻpti! — dedi domla ishning oson koʻchganidan mamnun iljayib. — Pastda sizlarni kutib turaman, sheriklaringni uygʻotib tusharsan.

Sheriklarni uygʻotish oson koʻchmadi. Moʻmin harqalay oʻz nomi bilan moʻmin edi, uni bir amallab uygʻotdi-yu injiq va nozikmijoz Hamidni oʻrnidan qoʻzgʻotguncha ancha xunob boʻldi.

Qahramonlarimiz yuz-koʻzlarini chala-chulpa yuvdilaru shosha-pisha pastga tushdilar.

Tashqarida tez-tez soatiga qarab, betoqat kutib turgan domla talabalarni avtobus bekatiga boshladi. Hamid Toshpoʻlatga iddao bilan oʻqraydi: «Qurumsoq domlang tekin ishlatganiga yarasha taksida olib ketsa oʻladimi?»

Toshpoʻlat «ilojim qancha» deganday yelka qisdi. Yoʻl ham ancha olis ekan, domlaning shahar chetidagi hovlisiga yetguncha uyquga toʻymagan yigitlar avtobusda tik turib, mudrab-tebranib borishdi.

Manzilga yetishgach, domla ishni ma’ruza oʻqigandek, qisqacha tushuntirdi: ayvondagi chala kavlangan yertoʻlani qazib, oxiriga yetkazish kerak!

Shovvozlar yeng shimarib ishga kirishdilar. Yertoʻla qazilayotgan joy toshloq ekan, baquvvatroq Toshpoʻlat lom bilan shagʻalli tuproqni koʻchirib, zambilga solar, Moʻmin bilan Hamid yukni hovli adogʻidagi chuqurlikka eltib, toʻkib kelar edi. Toshpoʻlat har gal zambilga tuproq solayotganda Hamid mingʻirlaydi: «Hey, zambilni koʻp toʻldirma, senga oʻxshab hoʻkizdek kuchimiz yoʻq!» Toshpoʻlat bunga javoban «Hoʻkizdek kuching boʻlmasa ham, endi eshakdek ishlaysan, ha, boʻlaqol, xix!» deya qitiqpatiga tegadi. Moʻmin moʻmindek koʻringani bilan andakkina pismiqligi ham bor emasmi, «Mana koʻrasanlar, domla to qorongʻi tushmaguncha qoʻyvormaydi, kelajagimiz porloq», deya sheriklar koʻngliga gʻulgʻula soladi.

Ogʻir ish qilib oʻrganmagan Hamidning nozik qoʻllari shilinib ketdi. Zambil dastasini ushlashdan bezillab qoldi. Axiyri azobga chidolmay, zambilni otib yubordi:
— E bor-e, kimga kerak boʻlsa, oʻzi qilaversin. Menga nima zaril?!

Shu mahal domla ichkaridan eski chelakni koʻtarib chiqdi va bostirma tagida bogʻloqlik turgan ulkan ovcharka itning yalogʻiga yuvindi quydi. It yutoqib ovqatni icha boshladi.

Ertalabdan nonushta qilmay ishlayotgan talabalarning ichini it tatalaganday boʻldi.
— Domla bizni nonushta qilib kelgan boʻlsa kerak, deb oʻylagandir, — dedi Toshpoʻlat sheriklar nomidan ishga rozilik berib yuborgani uchun oʻzini aybdordek sezib.
— Haftada bir kun och yurish sogʻlikka koni foyda ekan! — dedi Moʻmin. — Amerikalik olim Pol Breggning kitobida oʻqiganman.
— Safsatani bas qilaylik! — dedi Toshpoʻlat nogoh jiddiy tortib. — Baribir shu ishni bitirmasak qutulmaymiz.

Nihoyat, domlaning tushlikka chorlagan chaqirigʻi eshitildi.

Talabalarning oʻziday gʻaribgina dasturxonga ayni «mardikorbop ovqat» — makaron shoʻrva tortildi.
— Aksiga olib, bugun mahallada qassob mol soʻymabdi!
— Hechqisi yoʻq, domla, goʻsht sogʻlikka ziyon ekan! — dedi Moʻmin hozirjavoblik bilan.
— Shunday deng?! — domla kesatiqni payqamadi. — Tarixda oʻtgan juda koʻp buyuk shaxslar goʻsht yeyishmagan!
—Lekin ular yertoʻla qazishmagan-da! — deb yubordi Hamid beixtiyor.

Toshpoʻlat «Oʻchakishma!» degandek xontaxta ostidan uning oyogʻini bosib qoʻydi.

Tushlikdan keyin oradan bir-ikki soat vaqt oʻtgach, nihoyat yertoʻlani qazib boʻlishdi.

Yigitlar «Endi bu yerni yelkamizning chuquri koʻrsin!» deya ketishga chogʻlanib turishganda domladan yangi gap chiqib qoldi.
— Barakallo, yertoʻlani bopladinglar! Endi ishning ikkinchi qismi qoldi. Hovli chetidagi hov ana bu simtoʻrlarni koʻryapsizlarmi? Hozir oʻsha yerga borib, avval armatura qoziqlarni qoqasizlar, soʻng unga simtoʻrlarni bogʻlab, hovli atrofini oʻrab chiqasizlar. Yana bir gʻayrat qilsanglar, quyosh botguncha bitirvorasizlar.

Yangi ishning daragini eshitgan talabalar qishda boshidan sovuq suv quyilgandek junjikib ketishdi. Balki hazillashayotgandir, deya domlaga moʻltirab qarashdi. Yoʻq «Materiallar qarshiligi» jiddiy edi.

Shoʻrlik talabalar tarvuzi qoʻltigʻidan tushib, yana ish boshlashdi. Moʻmin bilan Hamid bilakdek yoʻgʻon armatura qoziqlarni qoʻllari qaltirab zoʻrgʻa tutib turar, shashti ancha tushib qolgan Toshpoʻlat uni gurzi bilan inqillab urib, yerga arang kiritar, soʻng simtoʻrni bogʻlashar edi. Bu ishning oxir-adogʻi koʻrinmas edi.
— Topdim! — dedi Hamid kutilmaganda.
— Nimani topding? Tillami? — ensasi qotib soʻradi Moʻmin.
— Yoʻlini topdim, yoʻlini! Bu la’nati ishdan tezroq qutulish yoʻlini topdim.
— Xoʻsh, xoʻsh? — Toshpoʻlat ishonqiramay, ogʻir gurzini ushlagancha qarab qoldi.
— Ana bu qum uyumlarini koʻryapsizlarmi?
— Koʻrdik, xoʻsh?
— Najot oʻsha yerda. Mana bu armatura qoziqlarni sekin, birov koʻrmaydigan qilib oʻsha qumga koʻmib qoʻyamiz.
— Xoʻsh, keyin-chi?
—Keyin, domlaga «Qoziqlaringiz tugadi» deymiz. Qoziqlar tugagach, ish ham tugaydi.
—Boshladik. Tavakkal!
— Tavakkal!

Ishdan zada boʻlib, ezilib-siqilib turgan talabalar xash-pash deguncha armaturalarni qumga gumdon qilishdi. Qolgan sanoqli armaturani tezda yerga qoqib, simtoʻrni nari-beri tortgach, «Xayriyat, endi qutuldik bu dahmazadan» deya sekin oʻtirib tin olishdi.

Gurzining ovozi eshitilmay qolganidan xavotirlangan domla darhol yetib keldi.
— Armatura tugab qoldi, domla! — Toshpoʻlat tantanali ravishda masalaga aniqlik kiritdi.
— Yoʻgʻ-e?! Chamamda bemalol yetishi kerak edi-ku! Birontasi oʻgʻirlab ketdimikin? Atrof ochiq. Hay mayli, qoʻshni mahalladagi Qambaralida bor, soʻrasam yoʻq demaydi, kelasi yili oʻgʻli oʻqishga kiradi. Ketdik, oʻsha yoqdan tashib keltiramiz!

Ozodlikka chiqarilgan mahbusga «Avf notoʻgʻri ekan, Siz yana qamoqqa olindingiz!» deyilsa qanday holga tushadi? Boyaqish talabalar xuddi shunday ahvolda edilar. Hangu mang boʻlib, noiloj domlaga ergashdilar. Yoʻlda Moʻmin Hamidning yarasiga tuz sepdi: «He, yoʻlini topmay oʻl!..»

Ikkovi ham alamzada emasmi, mushtlashib ketishiga sal qoldi. Toshpoʻlat kattalik qilib, ajratib qoʻydi: «Jim! Janjallashgan... imtihonga yolchimaydi!»

Ishning osonini koʻzlab, qiyiniga tutilgan boyaqish talabalar oqshom choʻkkuncha sillalari qurib, qoʻshni mahalladan armatura tashidilar. Soʻng, chiroqning yorugʻida allamahalgacha qoziq qoqib, simtoʻr oʻrnatdilar. Yotoqxonaga yarim tunda qaytib kelganlarida, ularni ajoyib bir xushxabar kutib turardi: Domla Gʻoyipov pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan «Materiallar qarshiligi»dan imtihonni professor Azroilov shaxsan oʻzlari oladigan boʻptilar...