OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShuhrat Matkarim
Asar nomiChorrahadagi «ahmoq» odam (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Shuhrat Matkarim
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Sharq yulduzi» jurnalining 2012 yil 1-sonidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Chorrahadagi «ahmoq» odam (hikoya)
Shuhrat Matkarim

Avvaliga qattiq qoʻrqib ketdim. Keyin oʻz tanimni oʻzim his qilmay turib qoldim.

Churr!!! Hushtak yana qattiq chirillaganida hushimga kelib atrofga alang­ladim. Tevaragimda mashinalar «shuv-shuv» oʻtar, haydovchilar menga norozi baqrayardilar.

Churrr!

Endi hushtak chalayotgan kishini koʻrdim. U yoʻl chetida turar, qoʻliga qizil latta bogʻlab olgan havaskor drujinachi ekan. Menga shaxt bilan «qayt, qayt» ishorasini qilardi. Noiloj yoʻl oʻrtasidan izimga qaytdim.
– Joningizdan umidingiz bormi? – qulogʻim ostiga kelib shangʻilladi u. – Nev­chun yoʻl berk vaqtida kesasiz koʻchani?!

Kun ancha salqin boʻlishiga qaramay uning manglayida reza-reza ter, ertalabdan baqirsa kerak, ovozi boʻgʻilayozgan edi.

U javob kutmay tagʻin bir toʻda e’tirozlarini bidirlab tashladi. Chamasi mening javobim yoki oʻzimni qanday oqlashim uning uchun ahamiyatsiz edi. Uning uchun oʻzi va qilayotgan ishi muhim edi. Men esa oʻngʻaysizlanib boshqa yoqqa qaradim.
– Siz, siz ne yoqqa borasiz?! – xirilladi endi oʻsha ovoz allaqachon ancha uzoqda.

Qaradim. Semizlikdan pishillab zoʻrgʻa yurib kelayotgan xotinni drujinachi qorniga deyarlik turtib toʻxtatdi.
– Qarang! Siz uchun yoʻl yopiq-ku!

Xotin unga hech narsa demadi, orqasiga ham qaytmadi. Oʻsha drujinachi sabab yashil chiroq yonishini majbur kutayotgan yoʻlovchilar yigitning nega buncha yonib kuyayotganligini tushunmay, ba’zilari esa asabiylashib kiftlarini qisib qoʻyishardi.

Chur! Churr!

Endi drujinachi yoʻlning nariyogʻidagi oʻtish qoidasini buzayotganlar tomonga ola tayogʻini vajohat bilan silkitib yugura ketdi.
– Qayting, qayting, qayting axir orqaga!

Shunda yonimda turgan yoʻlovchilarning biri toʻngʻilladi.
– Kallasi joyida emasga oʻxshaydi bu bechoraning!

– Ahmoq! – dedi boyagi semiz, yuzi rapidaday xotin. U ham yashil chiroq yonishini kutayotganlar safiga qoʻshilgan edi. – Qip-qizil ahmoq!

Yonimizda turganlardan biri yashil chiroq yonishini kutishga sabri chidamay yoʻlni kesib oʻta boshlagan edi, «Ahmoq» biz tomonga yugurdi. Churrr!!!
– Toʻxtang, qayting!

Mashinalar shovqini uning ovozini koʻmib ketdi. Shu payt qaysidir mashina qattiq tormoz berdi: «gʻiyyqqq!!!» «Ahmoq» chap beraman degan edi boshidagi

doʻppisi uchib ketdi. Tormoz bergan mashinaning shofyori – barzangi yigit tusha solib «Ahmoq»ning jagʻiga musht tushirdi:
– Oʻlging keldimi?!!

«Ahmoq»ning ikki qoʻli jagʻida, koʻzi yonida tirjayib turgan qoidabuzarda edi. Barzangi shartta mashinasiga oʻtirdi-da, joʻnab qoldi. «Ahmoq» esa qoidabuzarni chetga unday boshladi. U koʻnmadi. Ikkovi, «sen ne deysan, men ne deyman» deb, yoʻl oʻrtasida tiralishib qoldilar. Ular bir-birlarini turtishar, itarishar, biri-biridan qattiqroq baqirishga harakat qilishardi. Mashinalar esa yonverlaridan «gʻir-gʻir» oʻtishardi. Endi qoidabuzar bilan «Ahmoq» oʻrta yoʻlda rasmanasiga tatalashardilar. Ne boʻldi-yu qoidabuzar «Ahmoq"ning koʻkragidan itarib yubordi. Mashinalar ketma-ket qattiq tormoz bera boshladilar. Qoidabuzar chaqchayganicha kotib qoldi.

Mashina bosib ketgandi chorrahadagi «Ahmoq» odamni!

Oʻtgan asrning 90-yillari