OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShuhrat Matkarim
Asar nomiFikrsiz odam (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Shuhrat Matkarim
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Sharq yulduzi» jurnalining 2012 yil 1-sonidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Fikrsiz odam (hikoya)
Shuhrat Matkarim

Bu odamning yuzi yoʻq. Demak koʻzi yoʻq, qoshi yoʻq. Umuman boshi yoʻq.

Uning silliq taralgan sochi bor, xolos. Yana ogʻzi ham. Lekin lablari yoʻq. Chunki, lablar qimtilishi yo kulishi muqarrar. Shuning bilan biror kayfiyat ifoda etilishi mumkin. Bu esa xavfli. Sababiki, bu odamning oʻz fikri yoʻq, demak oʻz kayfiyati yoʻq. Shuning uchun uning yuzi yoʻq, koʻzi yoʻq, qoshi yoʻq, boshi yoʻq.

Yaltiragan sochlari orasida esa xuddi aqchadondagi kabi tirqish bor. Aqchadonga tanga tashlansa, bu tirqishga undan yuqoriroqda turgan odamlar fikr tashlaydilar. Va bu odamning yuzida, aytaylik, koʻz paydo boʻladi jilmaygan yoki qosh paydo boʻladi chimirilgan.

Xullas, men shu odamni taniyman. Unga ishim ham tushib turadi. Yaqinda qabulida boʻldim.
– Assalomu alaykum!
– Keling, keling! – dedi u kursisidan turib meni kutib olar ekan mehr bilan. – Biz yoqlarga ham kelar ekansiz-ku!

Uning yuzida lablar paydo boʻlgan, ular kular, koʻzlar paydo boʻlgan, ular tabassumdan qisilgan edi. Ishim bitishiga darrov ishondim. Va yana bildimki, yuqoridagilarning men toʻgʻrimdagi fikrlari yaxshi. Bundan qoniqish tuydim. Hammamiz ham xudbinmiz-da oz-moz!

Lekin kutilmaganda oʻsha ishim bitmadi. Qoʻngʻiroq qildim xavotirlanib. Oʻzimni tanitdim. U esa uzoq vaqt eslolmay turdi. Boʻsh kelmadim. Yon bermadi. Ezmalik qilib yopishib oldim. Qayirib tashladi. Ovozida qahr bor edi uning .

Demak, oʻyladim men, yuqoriroqdagi kimgadir yoqmayman. Axir hammaga ham birday yoqish mushkul-da! Qolaversa, shu arzimagan ishimning bitishi uchun nega buncha xor boʻlishim kerak?! Tutoqib ketdim. Otlandim. Yuziga tufurmoqqa. Bordim. Xonasida oʻtirgan ekan. Oq kuylak , qora kostyum – shim kiygan, galstuk taqqan bir maxluq. Qoʻli bor, oyogʻi bor, qulogʻi, sochi bor. Lekin yuzi yoʻq. Tufirdim! Sochidan pastga, galstugidan yuqoriroqqa. U qilt etmadi. Bir soʻz ham aytmadi. Na rahmat va na la’nat. Chunki uning yuzi yoʻq, koʻzi yoʻq, qoshi yoʻq, boshi yoʻq. Unga baribir.

Shunday kun kechiradi fikrsiz odam.