OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Shukur Jabborov. Germenevtika
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShukur Jabborov
Asar nomiGermenevtika
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Shukur Jabborov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Maqolalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
"Hurriyat" gazetasidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Germenevtika
Shukur Jabborov

Gʻarbiy Yevropada 18-asrda fanga kirib kelgan germenevtika metodologiyasi hozirda barcha jamiyatlarning boshqaruv boʻgʻinlarida ham qoʻllaniladi. Bu istiloh avvalda muqaddas diniy kitoblarning matnini oʻrganar va tushuntirar edi.

Ayniqsa, teolog faylasuflar Vilgelm Diltey (1833-1911) va Fridrix Shleyermaxer (1768-1834) germenevtikani (yunon asotirlariga koʻra, yoʻlovchi va savdogarlarning homiy xudosi «Germes» soʻzidan olingan) oʻsha davrlar Gʻarb olamining konstitutsiyasiga aylangan Bibliya matnlaridagi hamd-sano va na’tlarni keng sharhlashda qoʻlladilar. Keyinchalik esa oʻrta va kenja avlod germenevtlari tomonidan bu metod universallashdi. Edmund Gusserl va Martin Xaydegger germenevtikani fenomenologiya hamda ruh haqidagi fanlarga olib kirdi.

Xaydeggerning shogirdi Xans Georg Gadamer (1900-2001) esa metod imkoniyatlarini kengaytirib interprotatsiya sferalarini koʻrsatib berdi. Matnni tushunish hech qachon oxiriga yetmaydi, — deydi u «Haqiqat va metod» asarida. Zamondoshimiz Yurgen Xabermas esa germenevtikani sotsiologiyaga olib kirdi. G. M. Mayer, X. Volf, A. Bek, F. Ast va boshqalar bu tushuntirish amaliyotini falsafaga olib kirishga uringanlar. Shulardan, Xristian Volf (1679-17654) (Kand uni ratsionalistik dogmatizmda ayblagan) va «Aristotel sillogizmi», «Suqrot» kabi falsafiy traktatlarning muallifi Genrix Mayer (1867-1933) teologiyada ham, hatto teosofiyada ham matnlarni sof aqliy quvvat bilan germenevtik talqin qilishni targʻib qilganlar. Germenevtikaning ibtidoiy shakli oʻrta asrlar Gʻarbda teologiya, patristika, sxolastika, egzetika bagʻrida yashaganini bilamiz. Lekin, har qanday ta’limotning oʻzgacha shaklida boʻlsa ham oʻz oʻtmishi bor. Talqin masalasi bilan bogʻliq dastlabki asar Gomerning «Iliada»si boʻlgan. «Iliada» va «Odisseya» asarlarini talqin etgan grammatistlar germenevtiklar rolida namoyon boʻlishgan (Q. Blass, 1891,1). Keyinchalik, musulmon Sharqida ham germenevtikadan yuksak ta’limotlar paydo boʻldi. Boʻ soʻzimizga dalil shuki, Qur’oni Karimni tafsir qilmoqchi boʻlgan mufassirga qoʻyiladigan talab juda katta boʻlgan. U 8, 10, ba’zi manbaalarga koʻra, 13 ilmni mukammal egallagan boʻlishi lozim. Tafsir va ta’vil vazifalarini germenevtika metodiga shartli ravishda qiyoslash mumkin. Sufiylarning sharhi esa ta’vildir.

Bu metod jamiyatning boshqaruv tizimida musulmon mamlakatlarida katta oʻrin tutadi. Ma’lumki, shariat fiqh qoidalari asosiga qurilgan. «Fiqh» soʻzining etimologiyasi esa arab lugʻatlarida «anglash», «anglatish» degan ma’noni bildiradi. Bu esa interprotatsiya hodisasi bilan bogʻliq «tushunish», «tushuntirish» ma’nolariga uygʻundir. Fiqhda, xususan, ahli sunna val jamoat mazhabining asosiy shoxtomirini tashkil qiluvchi Hanafiya maktabi metodlari shunday mukammal ishlanganki, mana asrlar oʻtsa-da undan istifoda etib kelinmoqda. Bizning konstitutsiyamiz va boshqaruv tizimimiz nizomlari ham sof milliy, diniy manfaatlar ustiga qurilgan boʻlib, uni aholiga chiroyli yoʻsinda anglatib borish lozim boʻladi. Fiqh rukn (asos)lari 4 qismga (1. Ijmo, 2. Qihs, 3. Ra’y, 4. Urf) boʻlinadi. Sunna tarmogʻdagi boshqa maktablarda masolixi murosala, istexson ruknlariga ham amal qilinib fiqhiy masalalar hal qilinadi. Qadriyatlarimiz silsilasiga kiruvchi ushbu fiqh asoslari va moturidiy e’tiqod ta’limi bizda germenevtik sferaning nechogʻli chuqur va kengligini bildiradi. Deylik, oʻlkamizdagi urf-odat fiqhiy metodning toʻrtinchi (Urf) rukniga koʻra, diniy qadriyatdan past boʻlmasa (masalan: koʻpchilik bilan taom tanavvul qilishda sunnatga muvofiq ovqatga hamma teng qoʻl ursa, bizda milliy odat boʻyicha yoshi katta kishi boshlab beradi) milliy urfimizga qarab harakat qilinadi.

Tafsir va ta’vil, buyuk mutafakkirlarimizning asarlariga sharhlar bizning eng katta ma’naviy boyligimizdir. Vaholanki, Gʻarbda Gadamerga davriga kelib germenevtika toʻla ratsionallashdi.

Gadamerga kelsak, haqiqiy tushunish mahsuldor munosabatdir. Bu bilan tarixni bevosita tushunish jarayonini yengillashtiradi. Tarixshunos bir muallif asarini oʻrganar, tarixiy hodisani talqin qilar ekan, oʻrganuvchining tasavvuri, mulohazalari doimo asar mazmunini, ruhiyatini aynan aks ettira olmaydi, degan xulosaga keladi (Istina i metod. M. 1988. Str.304).

Falsafiy germenevtika Forobiyning aktsidentsiyalarning koʻchish qonunida ham bor. «Rasoil ul-xukamo» ta’kidlashicha, tushunishdan avval anglash keladi. Buni zamondoshlarimiz E. Betti, Gadamer germenevtika va uning sferalari toʻgʻrisidagi ta’limotlarida endigina ta’kidlashdi. Gadamerning matnlarni qismlarga boʻlib oʻrganish toʻgʻrisidagi ta’limoti toʻgʻrisida ham fikrimiz shunday. Bu metodning ham tajribadan oʻtgan usuli azlida bizda mavjuddir.