OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShukur Xolmirzayev
Asar nomi«Esse – erkin ijod»
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Shukur Xolmirzayev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Adabiy suhbatlar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm10KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2003 yil 16-sonidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





«Esse – erkin ijod»
Shukur Xolmirzayev

Taniqli adib Shukur Xolmirzayev oʻzbek adabiyotida nasrning turfa xil janrlarida sermahsul ijod etmoqda. Uning ijodiy yoʻlida yangicha izlanishlarni kuzatamiz. Xususan, bu uning esse va badialarida koʻrinadi. Shuning uchun biz ijodkor bilan esse janri tabiati va bevosita Shukur Xolmirzayev ijodida essening oʻrni, yaratilishi haqida suhbatlashdik.
— Shukur aka, ma’lumki, esse qadimiy janr sifatida nafaqat adabiyot olamini, boshqa fanlar va jamiyat hodisalarini ham qamrab oladi. Sizning ijodingizda essening turli yoʻnalishlarini koʻramiz. Chunonchi, badiiy, adabiy-tanqidiy, tarixiy, publitsistik, xotiraviy yoʻsindagi esselaringiz mavjud. Esse janri tabiati, genezisi haqida mulohazalaringizni bildirsangiz. Sizningcha, bu janrning ocherk, hikoya singari nasriy janrlardan, shuningdek, xotiralardan tafovutli jihatlari nimalarda koʻrinadi?
— Bizda bir keksa yozuvchi bor. Janrlarning bir-biridan farqini bilmagani bilan faxrlanib yuradi. «Man bilmayman qanaqa janrda yozib qoʻydim. Kitobxonga yoqsa, bas», deydi. Va janrdan janrning farqini Sadriddin Ayniy ham bilmaganini roʻkach qiladi. Ha, endi bunday «bilmaslik»ning sabablari boʻlsa bordir, albatta...

Ammo shofyor odam mashinaning mashinadan farqini, chavandoz yigit otning otdan farqini bilganidek adib degani ham adabiyot ilmidan baholi qudrat xabardor boʻlishi kerak. Bu — aksioma, singlim. Endi mening «esse»ga, oʻzingiz aytmish, uning «tabiati»ga doir mulohazalarimga kelsak, ma’lumingiz, asosan hikoyanavis sifatida gapni hikoyadan boshlasam.

Ruslarda «rasskaz» — «rasskazat»dan olingan deydilar. Ya’ni bir voqeani «aytib berish, hikoya qilish» demakdir. Boshda aksar rus adiblari haqiqatan ham «hikoya qilish, bayon etish» yoʻlidan borganlar. Hatto frantsuz, hatto hind adiblari ham avvalda shu yoʻsinda ijod qilganlar. Keyinchalik ijodning tadrijiy takomili taqozosida Chexov kabi novator yozuvchilar chiqib: «Yoʻq, voqeani bayon qilmaslik kerak, balki koʻrsatish lozim», deb shu yoʻrigʻda asarlar bitganlar. Illo, «koʻrsatish, xolis tasvirlash yoʻli» — asl adabiyotning yoʻli edi.

Demak, hikoyada ma’lum bir voqea (inson hayotining ma’lum bir boʻlagi) tasvirlanadi. Demak, xolis tasvirlanadi va aksar hollarda hikoyadan chiqariladigan xulosa oʻquvchiga havola etiladi... Eng yaxshi hikoyalar shu tariqa yoziladi. Shu oʻrinda aytib ketishni istar edimki, bugungi kunda — keyingi oʻn yilliklarda yozilayotgan hikoyalarning koʻpchiligida orqaga qaytishni, ya’ni oddiy bayon qilish, shunchaki aytib berishni koʻraman. Bu hol — oʻsha mualliflarning qandaydir ongli ravishda «ortga», aniqrogʻi, hikoya janrining ibtidoiy holatlariga qaytishidan dalolat bermaydi — aksincha: oʻsha mualliflarning hikoya janri xususiyatlaridan, hikoyaning janr sifatidagi takomilidan bexabar ekanligidan dalolat beradi.

Men bunday havaskor adiblarni yuqoridagi aytganim — «janrning janrdan farqini bilmaydigan» adiblarga oʻxshataman. Endi «ocherk» janrining oʻziga xos jihatlariga kelsak, bunda ham ma’lum bir voqea — inson qismatining bir boʻlagi qalamga olinadi-yu, ammo hikoyadan farqli oʻlaroq ocherkda mavjud — bor hayotiy odam qalamga olinadi. Shu bois muallifning oʻsha odamga — qahramonga munosabati ochiq-oydin boʻrtib turadi. Shuning uchun hamdir men oʻqigan aksar ocherklarda ijobiy xislatli kishilar tasvirlanadi... Endi «Esse»ga kelsak, bu janr hikoya, ocherk janridan juda yosh boʻlishiga qaramay, yozuvchiga behad keng erkinliklar beradi: ya’ni esse yozguvchi adib tasvirlayotgan yoxud bayon etayotgan voqea-hodisaga — yana oʻsha gap: inson qismatining ma’lum davri boʻlagiga nisbatan oʻz munosabatini (ocherkdagi kabi) ochiq-oshkor bildirib turishi barobarida (bu yoʻrugʻda) oʻz koʻnglida tugʻilgan qandaydir his-hayajonini ham, hatto shaxsiy mulohazalarini ham bemalol yozish imkoniga egadir. Demak, aytish mumkinki, esse janri ocherk bilan hikoya oʻrtasidan oʻsib chiqqan janr — tasvir usulidirki, u maqola — maqola ilmiy boʻladimi, badiiyroq boʻladimi, baribir, — maqolaga xos unsurlardan ham foydalanadi, toʻgʻrirogʻi, ularni-da oʻziniki qilib oladi.

Marhabo singlim, esda tutingki, adabiyotdagi har bitta janr ham oʻz davriga xos, uning ehtiyojlarini toʻlaroq ifodalash zamirida paydo boʻlar ekan.

Esse ham shu tariqa paydo boʻlgan ekan. Darvoqe, uning paydo boʻlgan makoni Frantsiya hisoblanadi. Umuman, frantsuz adabiy tafakkuri hamisha boshqalardan oldinroqda yurgan va zamonning talabu ehtiyojlarini boshqa dunyo adiblaridan ilgariroq his etgan. Qarangki, «roman» janri ham dastlab frantsuzlarda paydo boʻldi va eng dunyoviy-milliy romanlar oʻshalarda yaratildi. Buyogʻi ham qiziq: taajjub qilasanki, «Antiroman» (Sartr asarlari) ham oʻshalarda paydo boʻldi.

Esimdan chiqibdi: Siz «Xotira janri» haqida soʻrovdingiz. Singiloy, «Xotira — xotira»-da: uni har kim yozishi mumkin va unga qoʻyiladigan talab ham oʻziga yarasha boʻladi. Toʻgʻri, Tagorning xotiralari («Rossiyadan xatlar»i yoki Erenburgning xotiralari yoxud Uelsning «Rossiya zulmat qoʻynida») yoxud shu kabi yodnomalar borki, ularni esse deyish ham mumkin, ocherk deyish ham.

Ular shunchaki «xotiralar» deb janrini qoʻyib yuborganlar. Qolaversa, ularni qiziqtirgan dolzarb masalalar oldida «janr» haqida oʻylash xayollariga ham kelmaganov...
— Esse, mening nazarimda, yozuvchining hayot, inson va jamiyatni tushunish va tushuntirish shakllaridan biridir. Ayting-chi, sizning aynan shu janrga murojaatingizning boisi nimada?
— Essega murojaat qilishimning boisi — fe’limda boʻlsa kerak: bolalikdan erkinlikni sevardim. Esse — erkin janr, bundan tashqari, u agar ta’bir joiz boʻlsa, «razmersiz janr»ki, kiyim tanlaganda boʻyinggayu eningga oʻlchab oʻtirganday siqilmaysan.
— 70-yillarda Yevropa adabiyotida esse-roman, esse-qissa, esse-hikoya, hatto fantastik esselar ham yaratish avj olib ketdi. Shuning uchun boʻlsa kerak, Gʻarb adabiyotshunosligida romantika va fantaziyaga qurilgan adabiyot oʻrnini bir kun kelib esse egallaydi, degan shov-shuvli munozaralar paydo boʻldi. Ammo 30 yil vaqt oʻtdi hamki, prozaning barcha janrlari baravar ijod shakli sifatida rivojlanmoqda. Sizning shu bahslarga munosabatingiz qanday?
— Rost aytasiz, oʻsha yillarda esse-roman, esse-qissa...lar koʻp yaratildi va adabiyotshunoslikda «boshqa janrlarning shoʻri quridi», degan gaplar ham paydo boʻlgan edi.

Buning sababini men oʻsha Gʻarbdagi ma’naviy-adabiy va boshqa-boshqa ehtiyojlardan, deb bilaman. Qolaversa, oʻsha tur asarlarning mualliflari juda unaqa — adabiyot — mening qismatim degan ijodkorlar boʻlishmagan. Adabiyotshunoslarning karomatu bashoratlarida esa adabiyotga nisbatan yengil taklifni koʻraman. Sizga bir misol aytayin: oʻtgan asrda rangli fotografiya san’ati yaratildi. Va... karomatu bashoratchilar nimalar deyishdi: «Tasviriy san’atning kuni bitdi!» deb ayyuhannos solishdi... Yoʻq, sal vaqt oʻtmasidan Tasviriy san’at insoniyat yaratgan eng ulugʻ san’atlardan biri ekaniga yana iymon keltirdilar. Bunday gaplar boʻlaverar ekan. Axir, har bitta janr kabi San’atning har bir turi ham — ming-ming yillik aqliy va hissiy, ma’naviy va madaniy izlanishlar hosilasidir. Biz ularni faqat boyitishimiz, yanada kamol toptirishimiz lozim, xolos...

Shu oʻrinda bitta chekinish qilsam: yaqinda Komil Avaz degan qalamkashning «Qoʻnalgʻa» nomli esse-roman deb janrini belgilagan asari qoʻlimga tushdi. Bu haqda xorazmlik ogʻam — goʻzal shoir Erkin Madrahimov (Oshiq Erkin) aytgan edilar: «Shukurjon, shuni bir oʻqing». Xullas, oʻqib chiqsam, juda gʻaroyib esselar majmuasi ekan. Bekorga «majmua» demayapman. Illo, bironta essening boshqa birontasi bilan deyarli aloqasi yoʻq. Tagʻin »birinchi roman» degan ilova ham bor.

Tavba, buning nimasi roman? Oʻylab-oʻylab shu fikrga keldim: romanli boʻlishni istabdilarda Komil ogʻa. Ha, orzuga ayb yoʻq. Qolaversa, «roman» nomi bilan qanaqangi xom-xatala, aljirashga oʻxshab ketadigan asarlar chiqib ketmayotir. Mana shunaqa gaplar. Siz Gʻarb adabiyotida paydo boʻlgan esse-romanlarni gapirib yuribsiz. Oʻtaveradi... Shoshmang, agar «Qoʻnalgʻa» — esselar toʻplami deb e’lon qilinganda, kamina Komil Avazni tabriklagan boʻlardim.
— Shukur aka, sizga yana bir savol bermoqchi edim, jahon essenavislaridan qaysi yozuvchi koʻproq yoqadi?
— Jahon essenavislaridan... Esimga kelmayapti. Ha, oʻtgan yili Skandinaviya yozuvchilaridan Farli Mouetning shimol muzliklarida yashayotgan elatlar hayotidan yozilgan esselar toʻplamini topib oʻqidim. Keyin ruslardan Yuriy Nagibinning «Dunyo boʻylab» degan kattagina esselar toʻplamini oʻqib chiqdim. Farli Mouetning ayrim esselari Jek Londonning shimol hikoyalari bilan boʻylashar ekan. Yuriy Nagibin esa, aslida essenavis ekan. Men u adibni «yozuvchi, stsenarist» deb yurardim.
— Bugungi kunda oʻzbek adabiyotida kimlarni essechilikda faol qalam tebratayapti deb oʻylaysiz?
— Bugungi oʻzbek adabiyotida Dadaxon Nuriyni eng faol essechi, deb bilaman. Uning bir necha esse toʻplamlari chiqdi. Ularga man-man degan adabiyotshunoslar soʻz boshi yozishgan. Chunonchi, Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov... va boshqalar. Ammo matbuotda shu publitsist adibning durustroq maqtalganini bilmayman. Holbuki, bunaqangi jonkuyar, yurtparvar adibni topish qiyin. Boshqa essenavislardan domlamiz Ozod Sharifiddinovni aytgim keladi. Ammo lekin, shu paytgacha Odil Yoqubovning «Farzandlar burchi» nomli esselarichalik goʻzal esselarni oʻqimaganman. Bugungi kundagi essenavislardan tagʻin Sobirjon Qodirov, Karim Bahriev, Qulman Ochil, Fotima Sharipovalarni mamnuniyat bilan tilga olaman.
— Mana siz 68-yildan beri shu janrda ijod qilmoqdasiz. Ayniqsa, keyingi paytlarda juda koʻplab yozuvchi, shoirlar, umuman san’at ahli haqida, jamoat arboblariga bagʻishlab yozilgan esse va badialaringiz bor. Ayting-chi, esselaringiz orasida sizga eng ma’quli qaysi biri?
— Deyarli barcha esselarim oʻzimga yoqadi. Chunki... ulardan birontasini qayta yozgim kelmaydi.

Suhbatni Til va adabiyot institutining aspiranti Marhabo Qoʻchqorova yozib oldi.