OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShukur Xolmirzayev
Asar nomiAhad Mirzo yigʻladi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shukur Xolmirzayev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm17KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/01
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ahad Mirzo yigʻladi (hikoya)
Shukur Xolmirzayev

Ateistlar jamiyatiga rais etib tayinlangan Mirzo bugun oqshom toshloq koʻchadan uyi tomon yurarkan, yoʻl yoqasidagi yolgʻiz qabrga birinchi marta e’tibor qildi va unga tikilib qoldi.

Shunda orqasidan buldozerini haydab, oʻzidan sinf keyin oʻninchini bitirgan mexanizator gʻolib kelib qoldi.
— Ha, Ahad aka? Chiqing mashinaga! — dedi u.
— E, mashinagayam chiqarmiz, — dedi Ahad Mirzo — Manavi qabr qiziqtiryapti meni. Kimniki ekan?
— Bitta paymonasi toʻlgannikidir-da, aka, — Gʻolib. — Nima, yoqmayaptimi sizga?
— Gap yoqish-yoqmasligidami! — Gʻijindi Mirzo. — Gap uning xalqqa qiladigan ta’sirnda, masala!
— E, xalqqa nima ta’sir qilar edi! — dedi gʻolib. — Turibdi-da. Eski qabr. Men yalangoyoq yur paytlardayam bor edi bu. Oʻzingiz-chi, oʻzingiz bilmaysizmi?
— Oʻzim-ku bilaman. Lekin nima uchundir e’tibor qilmaganman-da! — dedi Ahad Mirzo. — Har holda bu qabrning bu yerda yolgʻiz turishi yaxshi emas... bilasizmi, uka, bu bekorga tikkayib turibdi deb oʻylaysizmi? Qarang, atrofi devor bilan oʻralgan. Tugʻiyam bor, tugʻi! Hozir tekshiramiz. Qani, tushing siz ham pastga... Mana, mana muni koʻring! Bu toshni koʻring. Ustiga yogʻ toʻkilgan, mana, gugurt choʻplari, bu yerda chiroq yoqilgan... Vot masala!
— Xoʻsh, nima qilish kerak endi? — soʻradi gʻolib ensasi qotib.
— Nima boʻlardi, buni bu yerdan koʻtarish kerak!
— Yoʻgʻ-e, qoʻying-e!
— E, qarshimisiz, gʻolibboy?! Menga maslahat berish oʻrniga bu qabrning yonini olasizmi? Kim biladi, balki bu bir shayxning mozoridir? Balki bir eshonning, mullaning qabridir? Boʻlishi mumkinmi. Juda mumkin-da! Shunaqa...
— Boʻpti, men betaraf! — dedi gʻolib va buldozerini jildirdi.

Biroq Ahad Mirzo boʻsh kelmay, uning yoʻli toʻsdi:
— Toʻxta!
— Nima?
— Tush pastga?
— Gapiravering, ishim zaril. Ovqatlanganim yoʻq, choʻlga ketaman.
— Tush deyapman. Nimaga majbur qilasan kishini?
— E, men nima qildim sizga?
— Tushmaysanmi?
— E...

Gʻolib tushib, unga roʻpara boʻldi.
— Oʻchir aravangning ovozini, oʻchir, gapni koʻpaytirma!
— Uf...
— Bu yoqqa ke!
— Qulogʻim sizda.
— Bu qabr kimniki?
— Esingiz joyidami, men qaerdan bilay! Bitta-siniki bordir-da... Bir yilda ham koʻzim tushmaydi bunga.
— Yolgʻon aytasan, yolgʻon! Koʻzingdan bilib turibman... Boʻlmasam, buzamiz deganimda, nimaga xoʻp demading? Yoʻq, uka, chuchvarani xom sanama... Men nimagadir e’tibor qilmaganman-a! Lekin sen... sen emas, enang ham, otang ham, bobong ham bilasizlar buning tarixini! Bundagi chiroqni enang yoqmaganiga meni qanday qilib ishontirolasan? Yoki boʻlmasam, shu yerdan otang oʻtayotganda, fotiha oʻqimaganiga kimni kafil qilolasan?! A? Ana shunday! Meni alday olmaysan!

Gʻolib yolgʻon toʻqidi:
— Kechirasiz, aka. Sizning gaplaringiz rost... Ota-onang bu yerga kelib, ilmi-amal qiladi deganingiz, lekin yolgʻon! Shu gapni otam eshitsa, sizni yomon xafa qiladi. U frontovik, pensioner! oʻzlari pionerlarga mullalarni, eshonlarni yomonlab yuradi. Bilarsiz. Enam ham shuning biri. U ovqatni yeb, dasturxonga fotiha oʻqishni ham bilmaydi... Bilmaydi! Buni oʻziyam isbotlab beradi. Xohlagan joyingizga chaqirtiring! Mayli.. Lekin bitta gapingiz rost, biz buni kimning qabri ekanligini bilamiz. — Gʻolib tiliga kelgan gapni qaytarmadi: — Bitta musofir oʻtgan vaqtida. Afgʻonimi, eronmi boʻlgan. Uni odamlar sazoyi qilgan, shu yerda oʻlgan, shu yerga koʻmishgan uni! — Gʻolib shunaqa bir muhojirni inqilob arafasida toshboʻron qilingani haqidagi hikoyani otasidan eshitgan edi. Hozir uni aytar ekan, oʻsha musofirning qabri shu ekaniga endi oʻzi ham gumon qilmai davom etdi: — bechoraning nima uchun sazoyi qilingani ham ma’lum aka. Bitta Narzi degan kampir boʻlar ekan-da, kimi yoʻq, birovlarning kirini yuvib berib, tirikchilik qilarkan. Oʻsha afgʻoni ham ust-boshini yuvdirarkan. Buni bir eshon bilib qopti, qarasa, kechqurun xorijiy odam Narzi xolaning uyidan chiqib kelyapti. Eshon oʻlgur ayyuhannos solibdi: «O, musulmonlar, nas chikdi, nas! Yuzini koʻrmanglar!» deb. Keyin, odamlarni bilasiz, koʻr boʻlgan u vaqtlar, darrov yopirilib kelib, bechorani tosh bilan ura ketibdi. Shu, aka! — Shunda gʻolib, bu oʻjar yigit surishtirib ketsa, soʻzi yolgʻon chiqmasin uchun yana bir hikoya aytdi: — Lekin, Ahad aka, yana bir gap ham eshitganman, qizil askarning goʻri deyishadi buni. Ishonmaysizmi? oʻzingiz bilasiz... Ana, anavi togʻning tili boʻlsa gapirsin... Qishloqni qizillar egallab olganda, otlariga yemish topisholmagan. Shunda birovdan Yetim choʻqqi ostida bugʻdoy bor, bosmachi koʻmib qoʻyibdi, degan gapni eshitishgan. Keyin, borishgan. Lekin bundan bosmachilar xabar topgan ekan, togʻning orqasiga oʻtib, tepadan kelishgan. Oʻ, bilasizmi, tepaning orqasida qor qalin! Bosmachilar u yoqdagi chorvadorlarning yerga toʻshab qoʻygan kigizi bormi, gilami bormi, hammasini olib, qorga toʻshab, keyin shuning ustidan yurib kelishgan. Keyin qizillarni otib tashlagan. Shunda ulardan bittasi aravani olib qochgan deyishadi. Shu yerga yetganda, bosmachi orqadan yetib kelib, otib tashlagan. Ishonmayapsizmi? Bilasizmi, men ham bu gaplarga uncha ishonmayman, Ahad aka. Xoʻp, endi men ketay!..
— Ketmaysan!
— Nima?
— Ketmaysan deyapman!
— Xoʻsh, endi nima deyin? — Gʻolibning jahli chikdi. — A, aka, oʻzi odammisiz! Men nima

Yana nechta bahona toʻqiy! Kim biladi, bu kimning qaeri! Lekin... bir kampir shu yerda is chiqarganini koʻrganman.
— Kim? Kim u? Qaysi kampir? Qaerda?
— E, Zinnat momo bor-ku... Uning gapi toʻgʻri edi: Zinnat kampir shu qabr boshiga goho kelib is chiqarib, chiroq yoqib ketardi.
— Yaxshi, — dedi Ahad Mirzo.

U ertalaboq nonushtani qilib-qilmay, kampirning hovlisiga bordi. Kampir oʻtgan yili qazo qilgan opasining chirogʻini yoqib oʻtirardi, bir necha tovugʻi, bir laycha iti, almisokdan qolgan charxi, urchugʻi va opadan meros qolgan ikki uy, bir ayvonli imoratdan boʻlak narsasi yoʻq... uning... Oʻzidan boʻlak kishisi ham yoʻq edi. Aytishlaricha, vaqtida koʻp serfarzand boʻlgan, soʻng ularni bir kechada bosmachilar soʻyib ketgan. Opa-singil oh-voh deb qolishgan.

Kampir tandir ustidagi supada urchuq yigirib oʻtirardi.
— Salom, momo!
— Salom. Kim bu?.. E, e, Safar Mirzoning oʻgʻlimisiz, bolam?!
— Xuddi shu. Ahad Mirzoman! — dedi ateistlar jamiyatining raisi. — It tishlamaydimi?
— Yoʻq, bolam. Hurgan bilan olmaydi, menga oʻxshab qolgan. Keling, oʻtiring. Ha, bahay?
— Momo, vaqtim ziq, sizdan bir narsa soʻray deb keldim.
— Voy, bolam, axir munday oʻtiring! Qani, soʻrang, oʻzimam zerikib oʻtiribman. Qarigandan keyin odamlarga yoqmay qolar ekansan...

Ahad Mirzo yerda yotgan toʻnkaga oʻtirdi. Kampir urchugʻini koʻrpachaga qoʻyib, boʻgʻinlari koʻpchib chiqqan qoʻllarini fotihaga ochdi:
— Yaxshilik kunlar boʻlsin, toʻylar boʻlsin! Bemahal oʻlim, quruq tuhmatdan asrasin, omin!..

Ahad Mirzo kampirga oʻqrayib, xuddi bir sirning tagiga yetgandek shodlanib ketdi:
— Kampir, savolim shundan iboratki, — deb gap boshladi. — Avvalasi, ayting, siz shu jamiyat tarafdorimisiz?

Kampir tushunmadi.
— Bu nima deganingiz, bolam?

Savol Ahadning oʻziga ham yoqmadi:
— Kampir, siz eshonlar, muftilar, mullalarga qanday qaraysiz? — dedi va ishtiyoq bilan qoʻllarini tizzasiga tirab oldi.
— Ular... ha, bu nima uchun sizga kerak boʻldi, bolam? Bir gap bormi. He, bir zamonlar shunday gaplar boʻlgich edi. A?

Kampir, oʻsmoqchilamang, men sizga konkret savol beryapman.
— Uf... bolam, — chuqur xoʻrsindi Zinnat buvi. Axir, qarang endi, qancha yillar oʻtib ketdi. Su azon aytadigan mezananing buzilganida men kelinchak edim.
— Boʻlmasam, sizga boshqa savol beraman. Xudoga ishonasizmi?
— Xudogami? Xudoga.. Oʻ, bolam, biz endi sop boʻlganmiz. Kishi qarigandan keyin boshqacha boʻlib qolar ekan. Xudoni soʻkkan mahallarim ham boʻlgan. Axir meni: bola-chaqam, erim, qarindoshlarimdan ayirgan kim, bolam? Bosmachilar! Sizlar bilmaysizlar-da. Xoliqboy eshon ularning kattasi edi, eshitgandirsiz? Shuning fatvosi bilan urugʻ-aymogʻim soʻyilib ketgan. Siz menga yana eshon, mulladan gapirasiz, jonim!
— Hozir-chi, hozir xudoga ham ishonasizmi, oʻsha din peshvolarigayam. A?
— E, bolam! Meni chiqartirib otmaysanmi? Men dunyoni koʻrganman! oʻlikniyam, tirikniyam, qonniyam koʻrganman. Bu umr foydaga qolgan, chirogʻim! Savolingni qarang!
— Demak, javob berishni istamaysiz. Xoʻp, buni e’tiborga olamiz. Endi... sizga boshqa bir savol: anavi yoʻlda bir qabr bor-ku, ustida tugʻiyam bor. Oʻshanig nima uchun vaqt-bevaqt ziyorat qilib kelasiz? A?

Kampir xayolga toldi.
— A? Unimi, — dedi-da, koʻziga yosh oldi: — Shuniyam koʻp koʻrdingizmi, bolam? — birdan ovozini koʻtardi: — Axir, men nima qilay? Kimga sigʻinay,» kimga topinay? Men bilan opamni olib ketishgandan keyin oʻliklarni koʻmishgan ekan. Biz oʻzimizni bilmay qolganmiz! Shunda otish, tutishning hisobi yoʻq edi. Qaerga koʻmgan, kim biladi! Soʻrab-surishtirib ham biololmadik... Keyin, bir odam sen aytgan qabrni koʻrsatdi... Men ham noiloj shunga bordim. Shundan beri har seshanba chiroq yoqib kelaman, arvohlari shod boʻlsin deyman-da.
— Arvohlar... Arvohgayam ishonasizmi-a?
— Bolam, men aytdim-ku, chiqartirib ottirmaysanmi qoʻlingdan kelsa! Toʻxta, nimaga meni soʻroq qilasan? Kim boʻlding sen oʻzi? E, odam deganniyam muncha qiynaydimi! Bor-e, nima...
— Yaxshi! Sizga soʻnggi savol, — dedi Ahad Mirzo. — Demak, siz qabrda kim yotganini umuman bilmaysiz? A?
— Endi u.. kim boʻlsayam, — kampir boʻgʻildi, — kim boʻlsayam... mening jigarlarim!
— Yoʻq, bu yerda aniqlik kiritish kerak!

Kampir birdan itini chaqirib, baqira boshladi:
— Ol! Ol manavini! Ol-e, bergan tuzim koʻr qilsin! Ol, tishla, deyapman!
— Kampir, baqirmang! Yaxshimas!

Ahad Mirzo bu masala bilan toʻrt kun shugʻullanib, biror natija chiqara olmadi: birov qabrda yotganni bosmachi dedi, birov qizil askar dedi, boshqasi uni musofirga chiqardi, yana biri shahid, deb turib oldi...

Oxiri Ahad Mirzo shu xulosaga keldi. Agar bu yerda qizil askar yoxud bizning odamlardan birontasi yotganida edi, qabr bu ahvolda boʻlmas, unga boshqacha tus berilgan boʻlar edi. Ahad Mirzo qishloq chetidagi qabristonda ming-ming oʻliklarning ham goʻri shu goʻrdan farq qilmasligini bilsa ham shu fikrda turib oldi... «Yaxshi emas, buning tarbiyaviy ishimizga zarari bor!» deb, uni buzdirib, tekislatishga qaror qildi.

Soʻng oʻylab-oʻylab gʻolibning oʻziga buzdirmoqchi boʻldi.
— Buzmayman! — dedi gʻolib.
— Buzmay ham koʻr! Tush buldozerdan boʻlmasam!
— Tushmayman, buni siz berganingiz yoʻq... Xoʻp, mana tushaman! Buzsangiz oʻzingiz buzing, men buzmayman. Hoy, inson, buning nima zarari bor sizga? Bu yerda yotgan axir... odam. Kim biladi endi u... kim boʻlgan. Bu bilan nima topasiz?
— Bu bilan biz koʻp narsaga erishamiz! — koʻtarilib ketdi Ahad Mirzo. — Men uchun juda katta problema tugʻildi, ukam! Men butun qishloqni aylanib shunday qabrlarni topishga ahd qildim! Barini tekislataman! Toki, bular haqida har xil afsonalar yurmasin hamda hech kim kelib, chiroq yoqmasin, sigʻinmasin, bildingizmi?! Yana yangi zamon odami bu... Bilyapsizmi, bu ishning qanchalik katta ahamiyati bor! Biz shu bilan xalqning, ya’ni ba’zi birlarning ongida saqlangan eng soʻnggi... eskilik, din qoldiqlarini ham chiqarib — supurib tashlaymiz!
— Bilganingni qil-ey! — Oʻdagʻayladi gʻolib sensirab. — Tirik yurasanmi shu qishloqda?

E, hali menga qarshi turadigan kishilar ham bormi?
— Yoʻq, hech kim qarshilik qilmaydi, — soʻzladi gʻolib. — Lekin buz-chi, biron shikastga uchraysan!

Ahad Mirzo qah-qah urib kuldi-da, qoʻllarini beliga tirab turib, dedi:
— Tush pastga! Koʻzingning oldida oʻzim buzaman!.. Bilaman buni yurgizishni, bilaman. Qani, tush!

Gʻolib bir nafas oʻylab turdi-da, pastga sakrab tushdi. Ahad Mirzo rulga oʻtirib, buldozerni bir amallab yurgizdi, uning surgichini ham bir amallab tushirdi va qabrga qaratib haydadi. Uni buzib-surib oʻtarkan, allanechuk bir titradi ham, lekin buni bildirmay, yana orqaga qaytmoqchi boʻldi, eplolmadi. Qabrning lahadi ochilib qoldi.
— Marhamat! Ol mashinangni! Koʻrdingmi?
— Koʻrdim, lekin sizni bir balo qiladi shu, qabr! — dedi gʻolib.
— Qilgan kuni menga salom berasan. Kelishdikmi?
— Kelishdik... — Gʻolib oʻkinch bilan qabr boshiga keldi, choʻnqayib tikildi va unda hech qanday inson suyagini koʻrmadi. Hayron boʻlib, pastroqqa ham tushdi, hech narsa yoʻq edi. «Har holda yaxshi ish boʻlmadi», deb yoʻlga chikdi.

Shu kecha bu buzilgan qabr boshidan Zinnat kampirning uvlagan ovozini butun mahalla-koʻy eshitdi. Uch kundan keyin uning uyiga ta’ziya bildirgani bo-rishdi. Kampirni qishloqning shimolidagi katta qabristonga qoʻyishdi.

Ahad Mirzo bu marosimni ham kuzatib yurib, yana xiyla problemalar topdi: nimaga kampirning tobutini koʻtargani shuncha odam talpinadi? Nega ular goʻrga tuproq tashlagani shoshadi? A, odamlarda dinning ta’siri zoʻr ekan... Vot masala qaerda! Qabr boshida fotiha oʻqishdi-ya? Obbo... Anavi oʻqituvchi ham bor edi, agronom ham! Gaplashamiz, gaplashib qoʻyamiz hali ular bilan... Shu saviya bilan maktabda dars beradi-ya! Biri xalqqa boshchilik qiladi! Koʻramiz... Raykomga kiraman! Yana bir oz fakt toʻplay!

Bir kuni Ahad Mirzo havaskorlar kontsertidan kech chikdi. Odam juda gavjum edi. Koʻchani kesib oʻtib, choyxonaga kirdi. Chollarning suhbatiga quloq solib oʻtirdi. Soʻng uyiga yoʻl oldi. Ahad Mirzo gʻolib bilan boʻlib oʻtgan oʻsha suhbatdan keyin, uni eslaganda kulsa ham, baribir qabrni buzayotgan mahalida seskangandek seskanib ketar, buni birovga aslo bildirgisi kelmas edi.

Oy sutdek yoritib turar, oʻyiq qabr ortidagi da-raxtzordan boyqush ovozi kelar edi. Ahad Mirzo bir-bir bosib, bir kuyni xirgoyi qilib ketaverdi. Qabr yonidan oʻtayotganda, ovoziga yana kimdir joʻr boʻlgandek tuyuldi. U kulimsirab toʻxtadi-da, qattiq yoʻtalib oldi. Balandroq xirgoyi qilib, ildamladi. Shunda yoniga bir kesak tushdi. Ahad Mirzo gir aylanib qaragan edi, qabrni koʻrdi. Uning ogʻzi qorayib turar, nari-berida yotgan yogʻochlari oqish boʻlib koʻrinar edi. U yana yoʻliga ravona boʻldi-yu, ingichka ayol ovozini eshitdi:
— Ahadjon!
— A? — Ahad Mirzo keskin oʻgirildi.

Goʻrdan oppoq kafan yopingan bir maxluq chiqib kelar edi.
— Ahadjon, qoʻrqma, — dedi u.

Ahad Mirzo yutindi, yoʻliga qaradi-yu, xirillab yubordi:
— Enajon! — Oʻzini oldinga otdi, yiqildi, oʻrmaladi...

Ahad Mirzo shu ketishda darvoza oldiga yetib yiqildi. Uni koʻtarib hovliga olib kirgan xotiniga qaynanasi baqirdi:
— Nima balo, ichibdimi? Mundoq odati yoʻq edi-ku!

Chiroq yorugʻida Ahad Mirzoning murdanikidek oqarib ketgan yuzi, qiyshayib qolgan ogʻzi koʻrindi. Qaynana birdan barmogʻini chakkasiga bosdi. Xotin oʻkinib yuborib, choʻnqaydi.

Oradan uch oy oʻtgach, Ahad Mirzo odam qatoriga kirdi. Bolaligi oʻtgan toshloq koʻchani qoldirib, aylanma yoʻl bilan raykomga bordi. Raykom sekretariga bor gapni oqizmay-tomizmay aytib berdi.

Sekretar diqqat bilan quloq solgach, kuldi:
— Xoʻsh, nima qilmoqchisiz endi?
— Endi ishlamasam degan edim, — dedi Ahad Mirzo.
— Ixtiyor oʻzingizda, — dedi sekretar.
— Menda?!
— Ha. Biz nima ham deya olamiz.
— Axir... Lekin men ham oxirgi soʻzimni aytay, — Aavom etdi Ahad Mirzo. — Xudo bor ekan, eshon, mulla, muftilarda gap koʻp ekan, oʻrtoq...
— Siz aynabsiz, — dedi sekretar.

Bir kun mahallada toʻy boʻldi. Ahad Mirzo bordi. U chopon kiyib olgan edi. Unga ichkilik tutishdi, u ichmadi. Bir mahal davra tarqay boshladi. Hamma eshik ogʻziga yetganda toʻrdagi soʻzana yor qaqqaygan gʻolib Ahad Mirzoni chaqirdi:
— Ahadjo-n!

Ahad Mirzo tanish ingichka ovozni eslab, keskin burilgan edi, gʻolib Ahad Mirzoning ovozida:
— Enajo-on! — deb oʻzini derazaga urdi.

Ahad Mirzo shu kecha gʻolibni qoʻlida pichoqni xoʻp izladi. Soʻng yigʻladi: raykomga boraymi, mozorgami?