OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShukur Xolmirzayev
Asar nomiOlma yemadim (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shukur Xolmirzayev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/16
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Olma yemadim (hikoya)
Shukur Xolmirzayev

Togʻdan qaytib kelayotgan edik. Men, yana uchta oshnam. Hammamiz eshakdamiz. Ola Chopon qishlogʻiga kirdik. Odamlari yangi yerlarga koʻchib ketib, uylari huvillab qolgan. Tomlari buzilib, yogʻochlari ham tashib ke-tilgan. Mol oʻtmaydigan balandlikdagi devorlari ham nuragan, bogʻ ichidagi olma va togʻolchalar esa pishib yotibdi.

Soy yoqalab, devorlarning yonidan borayotgan edik. Oshnalarimning biri — shoʻx, shum, tiqmachoqday Habibulla:
— Picha olma olmaymizmi? — deb qoldi. Taklif boshqalarga ham ma’qul boʻldi. Eshaklardan tushdik.
— Xurjunlarni olinglar. Uyga ham eltamiz. — Bu taklif ham boshqalarga ma’qul boʻldi. Xurjunlarni olib, biri yelkasiga tashladi, biri bilagiga osdi. Men esam, eshagimning kalta yolidan ushlab, uyoq-buyoqqa qarab turaverdim. Nima boʻlsa ham, bu ish — Oʻgʻirlik-da...
— Ha? — dedi Habibulla.
— Men eshaklarga qarab turaman, — dedim.
— Eshaklarni boʻri yeydimi, yuraver.
— Borgim kelmayapti...
— Erinyapsanmi? — dedi Moʻmin.
— Yoʻq...
— Birovning narsasiga tegishni yomon koʻradi bu kishi, — dedi kesatib Habibulla, soʻng bir shumlikni oʻyladimi, tirjaydi: — Koʻramiz hali, koʻramiz...
— Ha, yomon koʻraman, — dedim men. — Bormayman.

Habibulla boshliq bolalar tosh devordan oshib, qovjirab yotgan oʻt-oʻlan ichiga tushishdi. Keyin sakrab-sakrab olmazorga kirib ketishdi. Men, oʻtlar ichida ilon-pilon yoʻqmikin, deb ularning ortidan qarab turdim. Keyin eshagimning noʻxtasiga bogʻlangan qilchilvirni oyogʻim ostiga bosib, toshga oʻtirdim. Soy oʻrtasidagi suvdan xoli yerda oʻsib, xarsanglar ustiga yoyilib yotgan yovvoyi uzumni, qishloq uylarini tomosha qildim.

Devor ortida oʻt shitirladi. Oʻrnimdan turdim. Oshnalarim xurjunlarining koʻzini toʻldirib, bittadan olmani tishlab iljayib kelishardi. Birin-ketin menga koʻz qiri bilan qarab, devordan oʻtishdi.

Habibullaga qaraganda Moʻmin menga yaqinroq. Qoʻshni boʻlmasak ham, birga yuramiz. Maktabda pryanik olsak, boʻlib yeymiz. U xurjunini eshagiga ortarkan, bir pallasini ochdi.
— Ol, paxtaseb.
— Yemayman, bu oʻgʻirlik, — dedim.

Paxtaseb — olmaning bir turi. Kichkina, sargʻish boʻladi. Lekin, juda mazali, sersuv.

Joʻnadik.

Yoʻl tor: bir tomon devor, bir tomon soy. Tizilishib ketyapmiz. Orqada men. Oldinda Habibulla. Shartlashib olishganmi, baravariga olma tishlashadi. Poʻchogʻini boʻlsa, oldinga choʻzilib, eshaklarining ogʻziga solishadi...

Soy bizdan uzoqlashishi bilan, eshagimni niqtadim. Oldinga oʻtdim. Qarshimizda Jirgʻoti degan dovon bor. Balanddigi uch kilometrcha keladi. Eshakning yelkasini xalachoʻpning uchi bilan qitiqlab, haydayverdim. Kun qizib kelayotgandi. Mayli, bir oz yuray, keyin eshakdan tushaman. Archazor boshlanadi. Soyasidan ketaveraman.

Bir payt orqadan Habibulla:
— Buyoqdan boramiz, — dedi.

Qarasam, eshagini dovonning bitta ham tikkaygan daraxti yoʻq yalang tomoniga buryapti.
— Nima qilamiz buyoqdan yurib?
— Ovul bor, qatiq ichamiz.

Qatiq... Qatikdan kim yuz oʻgiradi? Hademay kun qizib ketadi.

Indamay, eshakni iziga qaytardim. Ular yana oldinda, men orqada. Yana ular olma yeb, poʻchogʻini eshaklarining ogʻziga tiqib borishyapti.

Dovonning yarmigacha bordik. Lekin, ovuldan darak boʻlmadi. Chanqay boshladim... Kun qizib ketdi. Tevarakda suv degan narsa yoʻq...
— Ovul qani? — dedim Habibullaga xoʻmrayib qarab.
— Yoʻq, koʻchib ketishibdi, — dedi u beparvo va qarsillatib yana bitta paxtaseb olmani tishladi. Rosti, ogʻzimning suvi keldi.

Dovonning tepasiga yetishimizga besh yuz qadamcha qolganda holdan toydim... tanglay oʻlgur qurib, tilim ogʻzimda aylanmay qoldi. Ular boʻlsa, hamon pishillab, olma yeyishadi.

Eshakka oʻrnashib oʻtirgan kishi boʻlib, Moʻminga qaragandim, uning yuzidan menga achinganini payqab qoldim. Darhol koʻzimni qisdim. Bir mayizni ikki boʻlib yeydigan Moʻmin doʻstim fikrimni payqadi. Asta-sekin eshagi menga yaqinlashib keldi.

Moʻmin biqinimga turtdi. Unga qaramay, orqa choʻntagimni kovlayotgan kishiday, qoʻlimni sekin uzatdim. Muzdakkina, silliqqina olma qoʻlimga tegdi. Shartta changallab oldim-da, hech narsa boʻlmaganday, eshakni haydayverdim. A’zoyi badanim bilan Habibullaning kulgisini, ta’nasini kutdim. Gaplariga quloq soldim. Yoʻq... Boshqa mavzuda... Sezmabdi... Iyagimni qashimoqchiday boʻlib, olmani sekin ogʻzimga eltdim... Kars... Shum bola kuzatib kelayotgan ekan:
— A-ha! — deb yuborsa boʻladimi.

Bolalar kulib yuborishdi. Tuf, deb tashladim ogʻzimdagini. Qoʻlimda qolgan qismini ham yerga urdim. Titilib ketdi. Eshagim tumshugʻini choʻzgan edi, uning ham boʻyniga xalachoʻp bilan tushirdim.
— Qanday boʻlarkan? — dedi Habibulla.
— Yemayman, yemayman! — dedim.
— Koʻrdik yemaganingizni.
— Yemadim!
— Ha-ha... Oʻgʻrilikni yeding-ku?

Ancha janjal boʻldi. Keyin bolalar ikkalamizni yarashtirishga tushib ketishdi: «Hazil», «kelishgan edik», deyishdi. Oxiri Habibning ham achchigʻi chiqib ketdi: «Nima, besh-oʻn kilo olma bilan hukumatning davlati kamayib qoldimi? Shu olma bilan biz oʻgʻri boʻlib qoldikmi? Odamlar yesin deb ekishgan-da! Qorovuli boʻlsaki... Ah!»

Men quloq solmadim. Piyoda yurib, eshagimni haydab ketdim. Dovonga chiqib oldim. Oʻzimga endi juda alam qildi: «Chiqib oldim-ku? Oʻlmadim-ku? — deb oʻyladim. — Nega chidamadim? Nega hech kimdan soʻramasdan olingan olmani ogʻzimga soldim. Chidash mumkin ekan-ku? Demak, kishi toʻgʻri yashay oladi...»

1965