OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShukur Xolmirzayev
Asar nomiYangi zot (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Shukur Xolmirzayev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm14KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/20
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Yangi zot (hikoya)
Shukur Xolmirzayev

«
Doʻstim Izzatilla Qahhor oʻgʻliga
»

Denov bozori. Surxonda eng gavjum bozor. Bu yerda, eshitganimiz, unda-bunda tarixda oʻqiganimiz va tasavvurimizda shakl topgan qadim Sharq bozorlarini esga soluvchi bir nimalar bor.

Mitti yaprokdari gezarib, chang qoplagan yolgʻiz akatsiya daraxti tagida alyuminiy stol yonida kabob pishishini kutib, chekib oʻtirar edim. Yon-verimdagi stollar atrofida odamlar ovqatlanishyapti. Mening stolim qoshida — bir oʻzim. O’zga stul ham yoʻq.
— Aka, mumkinmi?

Tepamda rangi oqargan — qoni yoʻq, ammo oʻzi qoramagʻiz, oʻrta boʻy bir yigit turibdi. Egnida yengi kalta, oldi tugmali, yerrang kitel, boshidagi och-sariq shlyapaning gardishi ustidan aylantirilgan tasmasi terdan qorayib-shoʻralab ketgan. Uni, daf’atan qaragan kishi yo dala brigadiri, yo hisobchi, deb oʻylashi mumkin edi.

Ammo uning suyanchigʻi qiyshiq stulning oyokdarini yerga tegizib-tegizmay turgan holda: «Mumkinmi?» deb soʻrashi...
— Bemalol, — dedim.

U stulni qoʻyib, narida kabob tutuni burqsiyotgan tomonga qarab:
— Uka, biz shu yerdamiz! — dedi-da stolga koʻz solib, turib ketdi. Odamlar oralab yurib, bir juft chapati non olib keldi. — Issiq ekan. — U nondan birini ushatdi. — Oling.

«Uni biron yerda koʻrganmanmi?» — deb yuziga zehn soldim: tanimas ekanman. Bir piyola choy uzatdim.
— Rahmat, aka!.. Kun ham rosa isidi-ya?
— Yozning kuni-da, — dedim. — Salqinroq tomondanmisiz, deyman?

U siniq jilmaydi. Labining ikki cheti tirishdi. Soqolini ikki kundan beri olmagani aniq edi.
— Ha, togʻdan, — dedi. — Uyoq salqin.
— Men ham suptropik bogʻni koʻrgani kelib edim, — dedim. — Tamaddi qilib olay deb, shu yerga oʻtirdim.
— Goʻshti sal dimiqqanga oʻxshaydi, — u tutun kelayotgan yoqqa qarab qoʻydi.
— Chorvaga aloqangiz bormi?

U yana jilmaydi. Shunda koʻzlariga e’tibor berdim: tiniq, uyatchan, faqat bola nigohiga xos bir ifo-dalar bor edi.
— Ha, ha, — deya boshini koʻtarmasdan silkitdi. Soʻng menga qaradi. — Bu yerning odamiga oʻxshamaysiz?
— Termizdan keldim.
— A-a. — U xoʻrsinib, yana boshini liqillatdi. — Chorvaga aloqamiz bor.
— Ferma mudirimi? U kulib qoʻydi.
— Ioʻq... Choʻponmiz, aka, choʻponmiz.
— Choʻpon emassiz.
— E, nima farqi bor... — U yana turib ketdi. Choynak, piyola koʻtarib keldi. Choyni qaytarar ekan, darvoza tarafga ikki-uch qarab qoʻydi-da, stulini bu tomonga oʻtkazib, darvozaga orqa qilib oʻtirdi va menga tagʻin iliq jilmaydi.
— Nima gap? — dedim, odatda, bunaqa vaqtlarda tanishingning oʻzi gap aytmaganucha unga savol berish odobdan emasligiga aqlim yetsa-da...
— E! — dedi u yana va chap qoʻlini silkitgan kabi koʻtarib qoʻydi. Soʻng tirsaklarini stolga, barmoqlarini bir-biriga chalishtirib iyagiga tiragan koʻyi kabobpazga koʻz tikdi.

Men yana bozorni tomosha qilish umidida uyoqqa qaradim.
— Koʻp ish qilish kerak, koʻp ish... — U stoldagi yozuv-chizuvlarga tikildi. — Koʻp ish... — Soʻngra menga samimiy kulib bokdi. — Soʻraganning aybi yoʻq: kasbingiz nima?
— Muxbirlik...
— A-a! Boʻldi-boʻldi! — dedi u va menga bosh-oyoq qarab chiqdi. — Yaxshi... Har qanday kasb ham yaxshi. Chorvadorlik ham. Chorvachilikda, eng muhimi, aka, menimcha... — U birdan sovuq tus oldi. Koʻzlarida bola nigohi yoʻq: jiddiy, vazmin, hatto qattiqqoʻl kishining koʻzlarini koʻrib turardim endi. — Zotni yaxshilash kerak! — dedi u.
—A, bu zoʻr gap! — dedim. — Mana, sizday kishilarning qoʻlidan keladi-da, bu ish... Unda yozish-chizish uchun bizgayam gap topiladi... Toʻgʻrimi?

U menga «joʻr» boʻlib ohista kuldi.
— Aka, menga yokdingiz... ichasizmi?
— O, yoʻq!
— Men oʻzim ham ichmaydigan odamman!
— Unday boʻlsa, nega...
— Bilmayman! — dedi u va yana stolga tikildi. — Aytaymi?
— Bemalol boʻlsa...
— E!
— Qulogʻim sizda.

Bozor. G’ala-gʻovur.

...Bu yigitning ismi — Islom. Islom Oqboʻtaev. Togʻdagi rayonda — sovxozda bosh zootexnik boʻlib ishlar ekan. Bu yil Frunze shahrida qishloq xoʻjalik fanlari kandidati unvonini olish uchun dissertatsiya yoqlarkan.

Mavzusi...

Uning hikoyasi davomida men quyidagi narsalarni oʻzimcha tasavvur qildim.

Tap-taqir yer. Loysuvoq qilingan kulba, kulba ol-dida yeroʻchoq, qumgʻon. Kun tigʻida soʻfitoʻrgʻaylar uchadi. Suvi qurigan ariq boʻyidagi yulgʻunlar soyasiga oʻzini uradi.

...Kulbadan oq xalat kiygan yigit chiqadi. U yuz qadamlar yiroqda, atrofi uch paxsa devor bilan oʻralgan qoʻra-ogʻilga yoʻl oladi.

Qoʻrada ajabtovur maxluqlar: shoxi yoʻq, oyoqlari kalta-kalta, semiz va ola-bula buqachalar, tanachalar.

Oq xalatli yigit baland darvozadan kirishi bi-lan ular — ajabtovur hayvonlar past-past ovozda boʻkirishib, yigitni oʻrab olishadi. Yigit ularning manglayini silaydi. Erkalab, qoʻraning u chetidagi tevaragi uzun-qisqa xodalar bilan toʻsilgan yoʻlaksimon «qafas»ga yoʻl oladi. Qafasning ichida tarozi bor. Nari tomonda toʻrtburchak, baland stol. Unda qalin daftar, mol doktorida boʻladigan har xil asboblar.

Yigit bir payt qoʻradan qaytib chiqadi. Ajabtovur mollar past-past tovushda ma’rab, darvoza tirqishidan qarab qolishadi.

...Bu mollar ogʻilda ham, olamda ham yoʻq mahal. Bu yigit sovxoz qoramollarini koʻzdan kechirib yurib, archali togʻ ostida haybatli, semirib ketgan bir buqani koʻrib qoladi.
— Nima balo u?
— Aberdin Angus... Chet eldan sotib olingan. Zotli buqa... Yovvoyi boʻp ketdi.
— Nega sotib olingan edi?
— O’zimizning jaydari sigirlarni bilasiz... Sutiyam kam, goʻshtiyam. Ularni shu bilan qoʻshsa, yangi bir zot chiqarmi, deb oʻylashgan-da...
— Keyin?
— Shu koʻrib turganingiz... Mutaxassis boʻlmagandan keyin bu ishni kim qiladi.
— Ilgarigi mutaxassislar-chi?
— Ha, qiziqish boʻlishi kerak-da.

...Uch kundan keyin haligi yovvoyi buqa... anavi ogʻilga olib kelinadi.

Uch yildan keyin ajabtovur mollardan bir poda paydo boʻladi.

Yosh zootexnikning oʻzi «yaratadi» bu zotni.

Bu orada aspiranturaga kiradi.

Toʻrt yillik tajriba oʻz natijasini beradi: zot «oʻzgarishsiz» qoladi... Kandidatlik tayyor, refarat bosmadan chiqadi...
— Haliyam oʻsha kulbada yashayapsizmi? — deb soʻradim. -Ha.
— Ota-onalaringiz rayonda?
— Markazda.
— Nega darvozaga muncha qaraysiz? Uzr...
— E!
— Xoʻsh, bu yerga — Denovga nima ish bilan keldingiz?

Islom iljaydi.

...Ajabtovur zotga u «Eng yangi zot» deb nom qoʻyadi. Illo, yangi qoramol zoti Qirgʻizistonda, Qozogʻiston-da, Tojikistonda ham yaratilgani holda, O’zbekistonda hanuz yaratilmagan edi.

Utgan kuni Islomni sovxoz direktori kabinetiga chaqiradi.
— Xoʻsh, endi «Eng yangi zot» buqachalarni nima qilasiz?

U gangib qoladi.
— Nima? — dedi va uning fikrini tushunadi: «Bir podada koʻpi bilan besh-oʻn buqacha qolsa, bas. Boshqasi... goʻshtga!»

Bugun... uch mashinaga ortib joʻnatdik. — Islom stoldan koʻz uzmasdi. — Podachi bor. Ikkita. — U koʻzi gʻilq yoshga toʻlib, kabobpazga tikildi. — Koʻnglim buzildi, aka... Mehr qoʻygan ekanman, shekilli, jonivorlar... Mashinaga... bortga men chiqqandan keyin chiqishdi, taxtadan yurib... Menga onasiga qaraganday qaraydi — U koʻzini artib, tiniq jilmaydi. — Qiziq-a? Yoʻq, siz meni koʻngli boʻsh haligiday demang. Otam ham chorvador...
— Tushunaman, — dedim.

U lablarini qimtib, yana koʻzlarini artdi.
— Aka, ichaylik!
— Hozir... Shunday qilib, goʻshtga topshirib kel-dingizmi?
— U boy punkti, kushxonamiz shu yerda... Darvozadan mashinalar kirdi... Men tushasolib qochdim. — U yana kuldi. — Qiziq-a?
— Hm...

Shunda u yana darvoza yoqqa qaradiyu:
— Obbo! — deya stolga «qoplanib», boshini egdi.

G’ujgʻon odamlar orasidan chiqqan oriq, shamol boʻlsa sollanadigan togʻ-terakni eslatuvchi novcha yigit oyogʻidan bir narsa orqasiga tortayotganday surilib-tortilib bosib, stolimiz qoshiga keldi.

Islomning ikki kiftiga ikki kaftini qoʻyib, unga yondan qiyshayib tikildi.
— Ha-ha-ha!
— Nima, ha-ha? — Islom kiftini silkitib, unga olaydi.

Keluvchi qaddini rostlab, burnini tortdi.
— Joʻra, bormasangiz boʻlmaydi!.. Hammayoqning toʻs-toʻpoloni chikdi. Biriyam tuttirmaydi oʻzini. Kushxonani boshiga koʻtarib boʻkirishadi... Qonning isi ta’sir qilganmi, kim bilsin. G’olib ham sizni qidirib yuripti...
— Bormayman! — dedi Islom. — Joʻna! Meni koʻrganing yoʻq.
— A, ular nima qilsin, bechoralar? Kushxonaning bari kattasi yigʻilgan...
— Sen aytgansan-da, Islom boʻlishi kerak deb!
— Men aytmasam ham, oʻzlari sezishdi... Siz darvozadan chiqishingiz bilan orqangizdan yugurishdi ma’rashib jonivorlar... Sezdingiz-ku oʻzingiz?

Islom menga tagʻin jilmaydi... Jilmayishmi bu? Titrab ketdim: uning holati menga ham yukdi.
— Nima qil deysiz, aka? — deb soʻradi u.

Men yelkamni qisdim.
— Bugun soʻyilishi kerakmi?
— Ha-da.
— Siz soʻyiladigan xonaga kirsangiz, bas, — dedi novcha yigit. — Ular izingizdan kiradi...
— Uf.
— Tushunib turibman, sizga qiyin, — dedim.
— Munday boʻlishini bilganimda... shu ishga qoʻl urmas edim.
— Bari bir shunday boʻlishi kerak edi. Hamma narsa inson uchun deyishadi-ku.
— Rost-rost.

Novcha «ish pishdi» degan ma’noda yengil tortib chetlandi. Islom oʻrnidan turdi-da, qabobpazga baqirdi:
— Uka, keyinroq kelaman!.. — Menga qaradi. — Men tez qaytaman.
— Xoʻp, — dedim. — Kushxona uzoqmasmi?

Bu yigitning xatti-harakatlari meni qiziqtirar edi.
— Men ham saldan keyin kelaman, — dedim kabobpazga.

G’ala-gʻovur bozordan chikdik... Koʻcha. Toʻrt qavatli imoratlar. Mashinalar... Eshitganimiz va unda-bunda tarix kitoblarida oʻqib, rassomlar asarlarida koʻrganimiz qadim Sharq bozorlarini eslatuvchi «narsalar» bozorda qoldi.

Asfalt yoʻlka. Chetida manzarali butalar.
— Bu orada qiynalgan boʻlsangiz kerak, Islom?
— A-a, oson boʻlmadi, aka... Sen sovxozning ishini qilasanmi, ilm qilasanmi, degan oʻrtoqlar ham chiqdi. Karerist degan ta’nalarni ham eshitdik. Chidadik. Keyin tushunishdi... Ishning qaltis tomoni ham bor edi: yangi zot yaralmay, yo otasi yo onasiga tortib ketishi, yoki uch-toʻrt yildan keyin aynishi mumkin edi... Ilmdayam bir oz tavakkalchilik kerak ekan. Jur’at deymizmi...
— Bularsiz yozish ham qiyin.

U kulib qoʻydi.
— Podaxona qoshiga koʻchib kelganimni koʻrib, ayrimlar: «Islomga bir balo boʻpti», deyishdi... Iloj qancha. Markazdagi issiqqina kvartirada oʻtirsang, oʻtiraverasan.
— Kandidatlik yokdash ham osonmas, shekilli?

E, turgan-bitgani gʻalva ekan... Lekin meni kandidatlik diplomi qiziqtirmaydi. Zotni rasmiylash-tirish zarur-da.
— Endi oʻsha mollarning qismati nima boʻladi?
— Buyam bir masala. Ularni koʻpaytirish kerak, xolos. Alohida choʻpon, alohida poda... Chorva ishi paxta ishidan ham nozik, aka: dehqon bir yilda hosil olsa, chorvador — qirq yiddd, deydilar.
— Bu yigit kim?
— E, maktabda birga oʻqiganmiz. Podachilardan bit-tasi... Menga yaxshi yordamchi kerak edi. Shu podani boq, deb iltimos qilib edim... Bu oʻlgurning diydasi qattiq.
— Qoʻysangiz-chi, — dedi podachi. — Meniyam rahmim kelyapti jonivorlarga.

Islom menga yondashib, yana tiniq iljaydi.
— Odamzot qiziq-a?
— Delfinlar ham poda-poda baliqlarni haydab yurarkan. Qorinlari ochganda yer ekan...
— Ha-ha-ha!.. Lekin ular achinarmikan oʻsha baliqlarga!

Men unga qaradim.
— Bilmadim... Ular buni tabiiy hol deb bilsalar kerak.

...Shu qisqa, yoʻlakay aytilgan gap-soʻz Islomga tasalli berishi, balki uni bu holga koʻnikishga majbur etishi kerakday edi.

Biroq, u kushxona darvozasi oldida xalat kiyib, ichkariga kirarkan, koʻzlari yana gʻilq yoshga toʻldi. Otilib kirib ketdi. Men darvoza biqinidagi eshikcha ogʻzida turib qoldim. Ola-bula, oyoqlari kalta-kalta, shoxsiz mollar Islomni qanday qilib tanishdi? Oldin biri, soʻng ikkisi, soʻng hammasi boʻkirib, unga tashlanishdi. Ular Islomning qoʻllarini yalar, xalatini yamlar, koʻzlari kattarib ketgan, pishqirishar edi: aqllari yetsa... Islomni bu yerdan olib chiqib ketishsa!

Islom ham ularni silar, ba’zisining tumshugʻini ushlar va sahn oʻrtasiga asta-asta jilar edi.
— Buyoqqa, buyoqqa!

Islom oldinga bosdi... Mollar ham tipirchilab ergashib borardi. Islom toʻxtab, ularga qaradi-da, soʻng biz tomonga oʻgirildi. Keyin bir narsasini unutgandek qoʻl siltab, buyoqqa yoʻnaldi. Mollar ham tagʻin unga ergashishdi. U tez-tez qadam otib kelar, kaftlarini bir-biriga ishqar, xuddi qoʻlini yuvadigan yo suv ichadiganga oʻxshardi — qaqroq lablarini yalardi.

Eshikka yetdi-da, menga iljaydi. Soʻng... olim yi-git, zootexnik yigit... Otilib yoʻlakka oʻtdi. Soʻng, koʻchaga. Soʻng... mollarning nafasini sezib, buyoqqa qarasam ular tiqilishib kelib qolgan, surilishyapti. Qochmasa yo oʻzimni chetga olmasam, meni bosib ketadigan. Men birdan eshikni ular yuziga yopib, zanjirini ildirdim. Nega bunday qildim — bilmayman. Ehtimol, shunday qilishim kerak edi.

Nihoyat, men ham koʻchaga chiqdim.

Mening (yoqtirib qolgan) tanishim... Islom yoʻq edi.

...Oradan bir yilcha vaqt oʻtgach, Beshtepaga borib qoldim. Yaylovda yoyilib yurgan oyoqlari kalta-kalta, biqqa semiz, shoxsiz mollarga koʻzim tushdi: «O’sha zot!» Quvonib ketdim: bu qoramollar menga ham suyumli boʻlib qolgan edi.
— Bularning egasini... «ixtirochisi»ni taniyman,— dedim.
— U hozir chorva sohasidan ketgan. Qurilishda ishlaydi. O’qtin-oʻqtin bu yergayam kepturadi, koʻrgani... — dedi hamrohim.

Men uni negadir yanayam yaxshi koʻrib ketdim.

1982