OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifShukurjon Islomov
Asar nomiAsar kimniki? (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Shukurjon Islomov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Asar kimniki? (hajviya)
Shukurjon Islomov

Ilgari bilimi bor ilm qilgan boʻlsa, hozir sharoiti bor ilmiy ish qilyapti, deb hisoblaydi koʻpchilik.

Haqiqatan, hamyoningiz qappaygan boʻlsa, har qanaqa asarni bir zumda yozib beradiganlar serob.

Lekin men bitta odamni uchratganman – uni haqiqiy kitob titib, tirishib oʻqib asar yozgan deb qoʻrqmay ayta olaman. Mana tasavvur qiling, biror sohada biror narsa yozmoqchi boʻlsangiz, mavzu nomini shart internetga kiritasiz – bir dunyo kitob taqdim qiladi. Ayniqsa tabiiy fan soha olimlariga qulay bu. Insofi borlari sal-pal uyoq-buyogʻini oʻzgartirib yozadi. Bir olim yozgan dissertatsiyaning teskarisini yozib yana bittasi olim boʻlib ketibdi. Adib Abdulla Qahhor aytgandek «boʻrining tishiga sera kislotasining ta’siri»yu , «baqaning asab sistemasi» boʻyicha ham ancha-muncha bilimlar toʻplanib qoldi.

Lekin u odamni koʻpchilik tanimaydi. Bilganlar uni Taxtaxoʻjaev deyishadi, aslida Toʻxtaxoʻjaev boʻlsa kerak. Xonasida kitoblarga koʻmilib oʻtiradigan odam.

Shu Taxtaxoʻjaev bir narsa ustida izlanish olib borayotgan ekan. Mavzusi: adabiy asarni oʻqib muallifi kimligini aniqlash. «Kitob muqovasiga qarab aniqlab qoʻya qolsa boʻlmaydimi», deb soʻradim. Keyin u mavzuning ahamiyatini tushuntirib ketdi rosa, baribir tushunmadim, sizga aytsam ham baribir tushunmaysiz.

Muhimi, men uning tadqiqoti bilan tanishdim. Ba’zi joylarida asar muallifini aniqlashda noaniqliklar ham mavjud ekan, hali tadqiqot davom etadi. Sizga ham ayrim qismlarini taqdim etmoqchiman, koʻring-chi..

Demak, boshladik:

Agar ilmiy muallif oʻquvchiga sensirab murojaat qilsa, Beruniy yo Ibn Sinoniki.

Agar «ey farzand» deb murojaat qilsa, Kaykovusniki.

She’rda mabodo «galdir» soʻzi uchrasa Choʻlponniki.

Agar asar voqealari oʻta sovuqqonlik, qisqalik va betaraflik bilan hikoya qilinsa va qahramonlar aqlli soʻz oʻyinlariyu istioralar bilan soʻzlashishsa, ulugʻ yozuvchi Abdulla Qahhorniki.

Asarni oʻqib boʻlib eski Toshkentning tor, chang koʻchalarida Xadradan Govkushga qarab yoʻl chetidagi choʻqqisoqol chollarning «voy, xuvori», «xumpar», «qoʻy, chirogʻim» deyishlariga qaramay gʻizillab yugurayotgan kir ishtonli bolachalar esingizda qolsa va voqealar har kuni takrorlanadiganday boʻlsa, ulugʻ adib Oybekniki.

Zamonaviyroq gʻazal «nur» bilan yakun topsa, Chustiyniki.

Agar asardagi har bir sahifada 20 talab maqol va iboralar uchragani yetmaganday, boblarning nomi ham maqoldan tashkil topsa, atoqli adib Shuhratniki.

Shumgina bolakay oila a’zolarini buvijonim, oyijonim, dadajonim deb chaqirsa Xudoyberdi Toʻxtaboevniki

Ehtirosli asarning ehtirosli qahramoni tez-tez bokira va pokiza xayollarga tutqun boʻlib tursa, «nachora», Oʻtkir Hoshimovniki.

Asarning salbiy qahramoni qaerda yashashidan qati nazar Buxoro shevasida biyron gapirsa Ne’mat Aminovniki.

Agar asarni birov bemalol joylashi-ib oʻtirib olib, doʻstona tarzda hikoya qilib bergandek tuyulsa, bu Shukur Xolmirzaevniki.

«Boshqacha»ni boshqacha qilib «digargun» deb yozilgan boʻlsa kuyunchak yozuvchi Nusrat Rahmatniki.

Agar asarda xatboshilar juda koʻp boʻlsa, juft ravishlar (ishlab-ishlab, oʻynay-oʻynay) ham koʻp qoʻllansa, Togʻay Murodniki.

Aksincha, agar asarda xatboshi ikki-uch varaqda bittagina uchrasa va dialoglar kamyob boʻlsa Nurali Qobulniki.

Asarni oʻqib sal xavotirga tushsangiz Omon Muxtorniki.

Asar qahramonlariga nisbatan yengilgina kinoya bilan yozilgan boʻlsa va bir qahramon boshqa bir asarda ham oʻz xarakteriyu galatepadagi uy-joyi bilan koʻrinish bersa Murod Muhammad Doʻstniki.

Asar qahramonlariga nisbatan achchiqqina kinoya bilan yozilgan boʻlsa Erkin A’zamniki.

She’rda «kangul» yozilgan boʻlsa shoir Ikrom Otamurodniki.

She’rbop chiroyli soʻzlar orasidan lop etib qishloqcha, toʻpori soʻzlar chiqib qolsa va she’rda may sal pal eslansa Muhammad Yusufniki.

Agar asarda hali birorta lugʻatga kiritilmagan soʻzlarni (rasmoyna, zinayoʻlak, bogʻkursi) uchratsangiz va Oltiariq bodringi ta’mini sezsangiz, shubhasiz, Anvar Obidjonniki.

She’rda klassik shoirlarga (Navoiy, Bobur, Fuzuliy v.b) ssilka berilsa Xurshid Davronniki.

Agar asarga faqat Qoʻqon atrofidagilar oʻzgartirib qoʻllaydigan soʻzlar (hadim, payannik, karanda.....) asta-sekin oʻrmalab kirib kelayotgan boʻlsa Said Anvarniki

Agar asar qahramoni (qahramon boʻlgandayam haqiqiy qahramon) besh-oʻn kallakesarlar changalidan abjirlik bilan omon chiqsa va hech oʻq tegmasa Nuriddin Ismoilovniki.

Agar asarda birovga aytishga uyaladigan joylari ham batafsil yoritilgan boʻlsa bu Olloyor Begaliev yo Habib Temirov yoxud Solih Qahhorniki.(izlanishlar davom etadi)

Lirik she’rda texnikaga oid (avto, aero) atamalar uchrasa Umida Abduazimovaniki.

Koʻngilni aynitib yuboradigan manzaralar ham «changini qoqmasdan» toʻgʻridan toʻgʻri tasvirlangan boʻlsa iste’dodli yozuvchi Salomat Vafoniki.

She’r yo dostonni oʻqib tushunmasdan vahimaga tushsangiz Faxriyorniki.

Izlanishlarimiz davom etyapti...