OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Soʻfi Olloyor. Sabot ul-Ojizin
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSoʻfi Olloyor
Asar nomiSabot ul-Ojizin
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Islom
Mualliflar
   - Soʻfi Olloyor
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm133KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/06/30
Manbahttp://www.e-adabiyot.uz/ki...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Sabot ul-Ojizin
Soʻfi Olloyor

Muqaddima

«Sano lil xoliqi gʻabrovu aflok»,
Yaratdi qatrayedin gavhari pok.
Samovot uyini tutdi muallaq,
Jahona hukmini koʻrsatdi mutlaq.
Qilib gʻabro madorin zimmai hut,
Bani Odamgʻa andin qism etar qut.
Padid etdi jahon ichra favosil,
Qilur har fasl turluk nash’a hosil.
Ajab sun’u, ajab ahkomi taqdir,
Qilur bir qursdin olam koʻzin ser.
Iroda qilsa ul Hayyu tavono,
Qilur bir lahzada bilmasni dono.
Safiy tufrogʻin etgach, jon ila jism,
Nechuk ki ayladi donoyi har ism.
Xalos etsa birovni Rabbud —aflok,
Qolur togʻ ostida, andin chiqar pok.
Nechukki tutdi toʻfon dashtu togʻi,
Va lekin boʻlmadi hoʻl Nuh oyogʻi.
Xalilluloh uchun yondirdilar nor,
Qadam qoʻymay oʻshal oʻt boʻldi gulzor.
Gʻazab yel odilarni qildi nobud,
Edi ul yel nasiymi tobei Hud.
Baliq qornida bir sohib karomat,
Chila oʻltirdi —yu, chiqti salomat.
Agar amr etsa kimni Foriqul —farq,
Kelur bir lahzada gʻarb ustidin sharq.
Nechukkim doʻstini Sultoni kavnayn,
Yeturdi soateda qoba qavsayn.
Agar har kimga bersa izzu imdod,
Kelur xizmatga jinnu odamizod.
Sulaymonkim egurdi insu jindin,
Aning farmoni erdi bir nigindin.
Gʻaraz qudrat namoligʻ ayladi fosh,
Va gar na qadri erdi bir diram tosh.
Kalim ilgidagi qutlugʻ asoye,
Gahe koʻfruk edi, gah ajdahoye.
Gʻaraz qudratnamoligʻ erdi, ey doʻst,
Va gar na erdi bir qad choʻbi bepoʻst.
Agar amr aylasa, kavnayn barpoy,
Boʻlur bir pistaning poʻchogʻina joy.
Dedilar, hazrati Ruhul — aminni,
Qanot yozsa, tutar roʻyi zaminni.
Aningdek Jabroile sidra parvoz,
Muhammad yengida aytur edi roz.
Agar qilsa birovning haqligʻin fosh,
Shahodat bergusi gahvorada yosh.
Aziz etsa qayu qulni oʻshal shoh,
Agar choh ostida qolsa topar joh.
Sulaymon xizmatida qildi parvoz,
Hisobin bilmagan shoxinu shaxboz.
Vale bir mushtipar hudhud edi payk,
Dedi sultonigʻa: «Oriyu labbayk».
Madad qilsa Xudoye olamoroy,
Habib etsa ishorat, ayrilur oy.
Kishining roʻzisin gar qilmasa kam,
Yetar har yerda mehnat qilmasa ham.
Kalimin chehrasin qilmas uchun zard,
Chiqordi lahzada Nil ostidin gard.
Nechukkim hazrati Solih uchun fosh,
Bolaligʻ teva tugʻdi hukmidin tosh.
Yubordi roʻze Maryama malakdin,
Masiyha moida tushdi falakdin.
Azalda har kishini aylasa sa’d,
Xalil oʻgʻlidek etsa sodiqul—va’d.
Agar zabh etsalar, qaytarmagʻay qosh,
Koʻrunmas bosh aning oldida bir mosh.
Kima bersa jaholat xamridin jom,
Behisht oldigʻa kelsa, bosmagʻay gom.
Yetar rahmat suvi koʻk kavkabina,
Yetushmas qatraye gumroh labina.
Koʻrung Bu Tolib ila Bu Lahabni,
Ulugʻ daryo labinda xushk labni.
Agarchi oʻt bila suvda boʻlur farq,
Chiqordi suv makonidin nechuk barq?
Agar chandiki sham’ oʻtdin boʻlur jam’,
Qaro suvdin qilur koʻz nuridek sham’.
Qayu bir qudratin qilmoq kerak yod,
Erur qosir uquli odamizod.

Hazrat Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallam Sifatlarining Bayoni

Durudi beadad hodiyi dingʻa,
Rasuli «rahmatan lilolamin»gʻa.
Xudoning doʻsti muxtorul—qurayshi,
Mudom ummat uchun talx erdi ayshi.
Emas mavjud aningdek gavhari pok,
Dalil uldurki kiydi toji «lavlok».
Oʻshal shohanshahikim sham’i dindur,
Aning parvonasi Ruhul—Amindur.
Dedi Ma’bud aning otin «Muhammad»
Maqomatigʻa hargiz yetmadi had.
Tushurmay yer yuziga soyasini,
Yeturdi Arsh uyiga poyasini.
Qadam bosqon manozil erdi pur atr,
Sahobul—abyaz erdi boshida chatr.
Jamoli ne’mati matlubi kavnayn,
Kamolidin muyassar «qoba qavsayn».
Sharofat mundin oʻtmas — sunnatu farz
Yurusa to xuruji Dobbatul —arz.
Hama dindin boʻlubdur dini bolo,
Guvohi hazraty Vojib Taolo.
Aning avsofini yoʻq intihosi,
Nagʻu, yetmas desa vasfin Xudosi.
Xudoning rahmati boʻlsun damodam
Aning avlodigʻa, ashobigʻa ham.
Kitob ta’lifining sababi bayoni
Yozildi forsiy til birla maktub,
Aqiydotu furu’ qurbi mahbub.
Anikim koʻrdilar turkiy yoronlar,
Dedilar: «Gar duo qilsa eranlar.
Bitilsa turki til birla aqiyda,
Koʻngullar boʻlsa andin oramiyda».
Tamalluq qildilar chun bir necha yor,
Qalam tortay, Xudo boʻlsun madadkor.
Va lekin aylayin soʻzlarni ijmol,
Manga yoʻqtur mufassal qilgʻali hol.
Mane bechora, chunki omidurman,
Giriftori malomat domidurman.
Erurman bandalarning sarniguni,
Toʻlay yoru birodarlar zabuni.
Agar chandiki boʻlsam magʻzi yoʻq poʻst,
Ishorat qildilar, chun bir necha doʻst.
Alarning soʻzlarin buzmay mane zor,
Savod ettim necha manzuma nochor.
Aqiyda soʻzlarini qildim isbot,
Anga qoʻydim «Sabotul—ojizin» ot.
Oʻzimdek xastalar boʻlgʻaymu deb shod,
Nasoyihdin ham andak ayladim yod.
Nasihat tinglamas dil saxti mahjub,
Koʻkarmas tosha yomgʻur yogʻsa ham koʻsh
Olloh taoloni tanimoq bayoni
Nedur qulluq ani mushtoqi boʻlmoq,
Oʻzidin foni Haqgʻa boqi boʻlmoq.
Tonimoq Tangrini tonmoq havodin,
Keyin turmoq fioli noravodin.
Boʻyinsunmoq, yugurmoq «qil!» demishda,
Qazogʻa rozi boʻlmoq barcha ishda.
Umid etmak oʻshal qudratli Shohdin,
Yonardin xavf etib, yonmoq gunohdin.
Yaqin bilmak, jamoat e’tiqodin,
Keyin solmoq muxolif ijtihodin.
Aqiyda bilmatan shaytona eldur,
Agar ming yil amal deb qilsa, yeldur.
Uyolma ma’rifatni oʻrganurdin,
Tanur joying boʻlur, qolsang tanurdin.
Uyolmasdur talab amrini olgʻon,
Qolur yaxshi uy olgʻandin uyalgʻon.
Olloh taoloning birligi bayoni
Xudovandiki birdur beshaku rayb,
Ravo ermas anga oʻrtoq ila ayb.
Aning farmonidin hech kim qutulmas,
Tavonodur hamisha, oʻzga boʻlmas.
Erur ul barcha olamning Xudosi,
Aning ioʻq ibtidosi, intihosi.
Erur hozir hamisha, yoʻq makoni,
Anga qilgʻon emas sabqat zamoni.
Oʻzi beshubhadir ham benamuna,
Ravo ermas anga chunu chiguna.
Koʻngilga kechsa, koʻzga tushsa har shay,
Erur andin munazzah Xoliqu Hay.
Udur hokim ki hukmin oʻzga etmas,
Aning zotigʻa hech kim aqli yetmas.
Farishtalar, nabilar yetmadilar,
Boʻyinsundilaru fikr etmadilar.
Vale fikr et, Xudoning qudratigʻa,
Ajoyib ishlarigʻa, san’atigʻa.
Olloh taoloning sifatlari bayoni
Subutidur aning sakkiz sifoti
Sifat zoti emas, na gʻayri zoti.
Hayotu, ilmu, qudrat ham basar, sam’,
Irodavu, kalom, takvindur, ey sham’.
Hayot ulkim tirikdur, oʻzga boʻlmas,
Oʻlar har zi nafs, hargiz Ul oʻlmas.
Oʻzini zotidin haydur oʻshal shah,
Va lekin jism ila jondin munazzah.
Kerakmasdur Xudogʻa hech qayu shay,
Gʻanidur barcha olamdin oʻshal Hay.
Emas muhtoj hech ishga Haq Taolo,
Yubormagʻil koʻngilni shaybu bolo.
Agar munda yuborursan koʻngilni,
Solur shayton koʻngilga oʻzga yoʻlni.
Sifotining biridur ilm, yoro,
Erur donoyi gʻaybu oshkoro.
Xaloyiqdin kichikdur yo ulugʻdur,
Boʻlibdur har na ish yo boʻlgʻulugʻdur.
Turushdur yo yurushdur xayru shardin,
Na kim, tegsa anga naf’u zarardin.
Koʻngilga kechsa qaysi holi pesha,
Emas poʻshida ilmidin hamisha.
Bilur har kimda boʻlsa ma’rifatdin,
Biri qudrat erur sakkiz sifatdin.
Nafslik yo nafssiz, budu nobud,
Ne kim ikki jahonda boʻlsa mavjud.
Zarardur, naf’dur yo xayr, shardur,
Yaqin bilgil, qazo birla qadardur.
Xaloyiqning jami’i fe’lu qavli
Emas bir zarra betaqdiri Mavli.
Iroda aylagach, Xalloqi olam
Har ishni «boʻl!» dedi, boʻldi oʻshal dam.
Na etsa erki boru, qudrati bor,
«Qoʻli birla yaratdi» dema zinhor.
Tilingni saqla mundogʻ qavli baddin,
Xudovandim munazzahdur jasaddin.
Kalomi haqdakim «yad» ayladi yod
Aning bir vasfidur, ey odamizod.
Aimma bildi Qur’on ma’nisin tuz,
Koʻngilni qoʻymagʻil, san har qayu yuz!
Basar ham sam’ aning vasfi bilo shak,
Basar ma’nisi — koʻrmak, sam’ —eshitmak.
Ne kim mavjud erur dunyovu dunda,
Falakdin yuqori, zeri zaminda.
Eshitmak, koʻrmagi beshubhavu rayb,
Erur birdek hamisha zohiru gʻayb.
Eshitmak, koʻrmagidur qudratidan,
Quloqdin, koʻzdin ermas, bilgil, ey tan.
Quloq, koʻz bandagʻa hojat erur, bas
Xudo hech qaysining muhtoji ermas.
Tirilsang oxiratda, ey xaridor
Xudoyim koʻrsatur doʻstlargʻa diydor.
Vale koʻrmakni bechunu chunon bil,
Jihatsiz bil, mislsiz, bemakon bil.
Oʻshalkim bildirur beshakligini,
Bilur ul yaxshi koʻrsatmakligini.
Bilur har odamiyning boʻlsa esi,
Kalom ermish sifotining birisi.
Kalomi hodis ermasdur, qadim bil,
Ani aygʻon soʻzi bekomu betil.
Xaloyiq soʻzlamas bekomu tilsiz,
Xudo muhtoj emas, hech ishga hargiz.
Bitilsa yo oʻqilsa, olsa el yod,
Bular hodis erur, ey odamizod.
Xudoyimni kalomin yaxshi bil boz,
Soʻzini zotida yoʻq harfu ovoz.
Na kim maxluqida bor ersa, ey shah,
Xudovandim erur andin munazzah.
Sifotining birisidur iroda,
Muni bilgan kishi yetgan muroda.
Qadalsa bir tikan yo tushsa bir qil,
Irodasiz emas hech ish, yaqin bil.
Agar moʻre qoʻyar yer ustigʻa po,
Va gar bir zarracha qum boʻlsa bejo.
Bulardin yo kichikdur yo ziyoda,.
Emasdur hech nimarsa beiroda.
Sifotining birin takvin demishlar,
Xudodin xalqa roʻzi barcha ishlar.
Yaratdi kim nechuk sizniyu bizni,
Taqi xalq etdi bizni fe’limizni.
Agar chandiki qoʻimas erkimizga,
Beribdur ixtiyori juz’i bizga.
Munosib ish erur yo nomunosib,
Ani qilmoqgʻa banda boʻldi kosib.
Oʻshancha ixtiyori juz’idin boz,
Topar banda jazo koʻp qilsa yo oz.
Na kim rizqeki boʻlsa shaybu bolo
Yaratibdur ani Vojib Taolo.
Haromidin va le man’ etdi bizni,
Beribdur ixtiyori juz’imizni.
Xudo rozi emas isyonimizgʻa,
Rizosidur aning ehsonimizgʻa.
Kishi rozi, desa— isyon qilurgʻa,
Aimma hukmidur kofir boʻlurgʻa.
Xudo zulm etmadi hech bandalargʻa,
Vale tuz ioʻlni koʻrsatdi alargʻa.
Oʻshal xalqiki tuz yoʻldin toyarlar,
Alar oʻz jonlarigʻa zulm etarlar.
Azob etsa bu olam yo u olam,
Erur bul adl, ey farzandi odam.
Nafssiz xalq erur yo zi nafsdur,
Aning oʻz mulkidur hech zulm emasdur.
Agar afv aylasa, oʻz fazlidur ul,
Budur sidqingu ixlosing, budur yoʻl.
Yetar biz omilarga buncha bilsak,
Tutub mahkam boʻiinsunsak, egilsak.
Jamoat ahli sunnat tuzgan erlar
Dedilar: «Turfa nozikdur bu yoʻllar».
Ulugʻ yoʻlni qoʻiib oʻlguncha, ey yor,
Qadam qoʻyma, toyar yerlargʻa zinhor.

Iymonning Bayoni

Xudodin har na kelsa, rost bilding,
Tiling birla yana iqror qilding.
Musulmonligʻ yoʻlida buldir iymon,
Muni bilmas kishi Tongla pushaymon.
Yaqin bilgilki, iymon boʻlmagʻay kam,
Erur birdek, ziyoda boʻlmagʻay ham.
Bu soʻzdur ahli sunnatni tariqi,
Jadal etdi bu soʻzda har fariqi.
Boʻlur ammo amal zoyidu nuqson,
Topar yaxshi amaldin ujra inson.
Amal aylang va lekin aymogʻaysiz:
«Amaldin doxili jannat boʻlurmiz».
Ani amrin dilu joning bila ol,
Amal qil ham Oʻzining fazlina sol.
Nasib etsa bihisht Oʻz fazlidin bil,
Amalga ittiko qilmay amal qil.
Gʻaraz ulkim, amalga boʻlma magʻrur,
Amal qilgʻil, amalga banda ma’mur.
Amal qilmoqdin axdi istifoda
Dedilar: «Nuri iymondur ziyoda».
Va gar na boʻlmas iymon zoyidu kam,
Aqida buldur, ey farzandi odam.
Amalning naf’i ham iymon bilandur,
Qachon yolgʻuz amal qilgʻon bilandur.
Na’uvzu billah, iymonsiz kishini
Qabul etmas Xudoyim hech ishini.
Agarchi yaxshilar a’molin etsa,
Tasadduq yer yuzini molin etsa.
Riyezat birla boʻlsa ertayu kech
Oʻshalkim sidqi ioʻqtur - qilgani hech.
Boʻlur doʻzax ani oxir makoni,
Qutulmas hargiz andin jismu joni.
Agar iymon nasib etsa kishigʻa,
Berur ujra ani xoʻb qilmishigʻa.
Agar chandi kaboir qilsa behad
Tamugʻda qolmas iymonligʻ muabbad.
Iloxi, osiymiz, bechoradurmiz,
Havoyi nafs ila ovoradurmiz.
Qoʻnoqmiz bir kecha dunyoyi hecha,
Na ishlar kechadur bizdin bu kecha?!
Bu tunda tut butun iymonimizni,
Saboh qutqor tutundin jonimizni.
Koʻngil sanduqina bir bebadal dur
Oʻzing rost aylagil, yo Koshifaz —Zur.
Oʻshal dur qasdina shaytoni badbaxt
Tushubdur koʻp havoxohi bilan saxt.
Agar boʻlsang mani holimga homiy,
Toʻzar kuldek aduvlarni tamomi.
Agar Sen saqlasang rahmat yoʻlidin,
Aduv qul kelsa, na kelgay qoʻlidin.
Yana iymonda aydi ahli tahqiq:
«Xudodindur hidoyat birla tavfiq».
Xudoning fe’li ul maxluq emasdur,
Kishi hargiz ani maxluq demasdur.
Dedilar ma’rifat birla ul iqror
Oʻshalkim bandasini fe’lida bor.
Nechukkim bandani xalq etti Mavli,
Taqi maxluq erur fe’li va qavli.
Erur bir ma’nida iymonu islom,
Buni bilsa kerak, har xosu har om.
Aimma qavlini berk ushla zinhor,
Jadalni naf’i yoʻq boʻlsa, na darkor.

Farishtalarning Bayoni

Maloikkim erurlar olami gʻayb,
Hama Haq bandasidur beshaku rayb.
Alar forigʻ erur ichmak — yemakdin,
Yomon qilmoq, qabohat soʻz demakdin.
Niso ermas alarning vasfi, er ham
Bi lo shaqvat yaratgi Shohi olam.
Alar barcha Xudoning toatida,
Emas gʻofil alar hech soatida.
Agarchi barchasi toat sirishta,
Muqarrab ba’zidin ba’zi farishta.
Musulmonlar oʻqur Qur’onki holo,
Erur barcha kalomi Haq Taolo.
Taqi Paygʻambarimizdin burun, bil,
Xudovandim kutubki qildi nozil.
Yubordi har qayu paygʻambarigʻa,
Ki iymon keltiribdurmiz barigʻa.
Barisi Haq Taoloning kalomi,
Muni bilsa kerak, har xosu omiy.
Kalomi vasfidur, ey odamizod,
Qilib erdim sifoti bobida yod.

Paygʻambarlarga Iymon Keltirish Bayoni

Sanovu hamd qudratligʻ Xudogʻa,
Ki iymon keltirubmiz anbiyogʻa.
Alarning avvali kim Odam erdi,
Muhammad barchasigʻa xotam erdi.
Barisi Tangrini suygʻan qulidir,
Barisi jannati rizvon gulidur.
Xudoning hukmini har fe’lu soʻzga,
Nabilar qilmadi bir zarra oʻzga.
Yetushmas hech valilar jolarigʻa,
Yetushmas balki xoki polarigʻa.
Alardur zurriyoti Odami xok,
Gunahdin anbiyoni barchasi pok.
Alardin ba’zi ishki qildilar naql,
Qilur ta’vilini Noʻ’moni boaql.
Ul ish qasdan emasdur anbiyodin,
Alargʻa lagʻzishi podur xatodin.
Alar qasd ila hargiz qilmadilar,
Buyurgʻon amridin ayrilmadilar.
Bari daryoyi rahmatda edi gʻarq,
Rasul ila Nabida boʻldi bir farq.
Barisi Tangridin tobti xitob ul,
Nabigʻa shart emas, ammo kitob ul.
Rasuligʻa erur shart, e neku nom
Vale boʻldi barigʻa vahyu ilhom.
Nabidur har Rasul anglagʻuvchi boʻl,
Va lekin har Nabi ermas Rasul ul.
Dedilar porai moʻmin bolosi:
«Erur bir ma’nida har ikkalasi».
Salaf kim ayladi lutfu inoyat,
Dedi: «Avvalgʻisi mashhur rivoyat».
Bashar paygʻambarin Sultoni a’dal,
Malak paygʻambaridin qildi afzal.
Bu soʻzdur mazhabi sunnat jamoat,
Alar har ne dedi, qilgʻil itoat.
Dedilar: ommai farzandi odam,
Malakning ommasidin fazli koʻp ham.
Kitobi «Kofiy»kim pur bosafodur,
Dedi: «Omma bu yerda atqiyodur».
Basharda var na chandon beamaldur,
Bahoyimdek erur, bal ham azalldur.
Payambarning bori odilu a’dal,
Va lekin ba’zisidin ba’zi afzal.
Savobu rutbada afzal erur hol,
Musoviydur nubuvvat birla irsol.
Barining mehtarini Mustafodur,
Habibi Haq, nigini anbiyodur.

Rasulullohning Me’rojlari Bayonida

Muhammadkim erur afzali asdaq,
Erur beshak shabi me’roji barhaq.
Haramdin masjidi Aqsogʻa nogoh,
Olib borgʻanidur oyatda ogoh.
Ham Aqsodin samogʻa bordi ul nur,
Bu soʻzning sidqigʻa axbor mashhur.
Samodin yuqori har qaysi jogʻa,
Inoyat ayladi ul bo saxogʻa.
Bariga sidqimiz, iqrorimiz bor,
Emas hech qaysi ish Tangrigʻa dushvor.
Maqomi sidravu najmu malakni,
Bihishtu Arshu Kursi, noʻh falakni.
Agar bir kechada koʻrsatsa, ne kam,
Va gar bir damda koʻrsatsa, ne shak ham.
Nechuk hukm aylasa, qodir Xudodir,
Charovu chun demak, quldin xatodur.
Yaqin bilgil, aning me’rojin, ey yor,
Tani birlan edi, ham erdi bedor.
Habibin har nechuk qilsa sarafroz,
Xudoni rahmati koʻpdur, emas oz.

Sahobayi Kirom Bayoni

Sahobai nabidur barchasi haq,
Yomon yoʻlda emas, hech qaysi mutlaq.
Erur har qaysisi najmi hidoyat,
Xudo xalq oʻgʻliga qilgon inoyat.
Bihishtiydur alardin qat'i oʻn yor,
Bashorat berdi ul Sultoni abror.
Abu Bakru Umardur soʻngra Usmon Alidur,
Tolhadur ham Abdurahmon.
Zubayru, Bu Ubayda boʻldi axbor,
Sa’idu, Sa’ddur aygʻon bu oʻn yor.
Muhammadkim edi hodiyi olam,
Bashorat berdi uch farzandigʻa ham.
Birisi Fotimadur ham xatira,
Hasan birla Husayn ikki nabira.
Nabilar soʻngidin bilgil, batahqiq,
Ki inson afzali —   Bu Bakr Siddiq.
Ki andin soʻng Umardur soʻngra Usmon,
Ki andin soʻng Ali beshubha, ey jon.
Erur bu toʻrti ummatning nigini,
Shafoatxohimizning jonishini.
Rasul aydi: «Oʻgursam dunyodin yuz,
Xilofat boʻlgʻay oʻttuz yilgʻacha tuz».
Ul oʻpuz yilda shoh erdi u toʻrt er,
Alar vaqtida boʻston erdi har yer.
Alardin soʻngra hech olimu odil
Qila olmas alardek adli komil.
Oʻshal toʻrt erga Ahmad yori erdi,
Bihishti ma’rifat gulzori erdi.
Rasululloh tariqin ertayu kech,
Sari moʻii taxalluf qilmadi hech.
Nechuk boʻlsun xilof ul chori sa’da,
Payambar qildi oʻttuz yilgʻa va’da.
Alarning vasfini hech soni yoʻqtur,
Tamom aytay desam, imkoni yoʻqtur.
Sahobaning bari ham pok dindur,
Barisi rahnamoyi rohi dindur.
Kishi boʻlsa Nabining suhbatida,
Gumon yoʻqtur alarning qurbatida.
Alardin soʻngra hech kim jolarigʻa,
Yetushmas balki xoki polarigʻa.
Sahoba ba’zisi kim Murtazogʻa,
Taxalluf ayladi ul bosafogʻa.
Savob erdi ul erlarni murodi,
Xato boʻldi banogoh ijtihodi.
Xato qilgʻon bilan yozdi demasmiz,
Jamoat ahlidin ozdi demasmiz.
Aimma — ahli sunnat kim edilar:
«Xatoyi mujtahid ma’fu» dedilar.
Xatogʻa balki tobtilar savobe,
Bu soʻzdur ahli sunnatning javobi.
Bitibdur «Majma’ ul—ashyo»da, ey sham’,
Xatodin balki qaytib erdi ul jam’.

Imomat Bayoni

Imomat shart boʻldi har diyora,
Hududi shar’, to turgʻay qarora.
Yurutgay, to shariatning qiyomin,
Taqi qilgʻay yomonlar ehtimomin.
Agar chandi ki sulton boʻlsa fosiq,
Buyursa ish shariatga muvofiq.
Qilurmiz jonu dil birla itoat,
Uzi boʻlsa agarchi beqanoat.
Emasdur shart, imom ul boʻlsa ma’sum,
Qilibdur shart, ammo shi’ayi shum.
Musulmon, oqilu boligʻ, er inson —
Imomat sharti boʻldi, ey musulmon.
Ravodur iqtido fojirgʻa qilsang,
Hadisi Mustafodur, yaxshi bilsang.
Oʻqusang yaxshilarni keynida lek,
Savobi beadaddur, xislati nek.
Bilurmiz barcha mashi moʻzani haq,
Nechukkim qildi ta’yin shohi asdaq.

Karomati Avliyo Bayoni

Erur barhaq karomat avliyodin,
Inoyatdur valiylargʻa Xudodin.
Karomat xoriqi odat erur ism,
Boʻlubdur xoriqi odat necha qism.
Nabidin xoriqi odatni ta’yin,
Dedilar: moʻ'jiza, e tolibi din.
Nubuvvatdin burunni derlar irhos,
Muni bilsang kerakdur, ayyuhannos
Agar solih kishidin boʻlsa har goh,
Karomatdin boʻlur beshakku ashboh.
Koʻrunsa bu avom moʻmin ishidin,
Maunatdur oʻshal aygʻon kishidin.
Agar koʻrsatsa mundogʻ kofir inson,
Ul istidroj erur monandi shayton.
Va le ul orifi billoh boʻlsa,
Yomon ishdin qoʻli koʻtoh boʻlsa.
Avomirni hamisha qilda ul qul,
Taqi «qilma» deganni qilmasa ul.
Yaratqon Tangrini qoʻrqunchidin nez,
Qayu shubha degondin qilsa parhez.
Taqi lazzat bilan shahvatga, ey yor,
Furu ham ketmasa ul yaxshi kirdor.
Bu ta’riflar kishiga boʻlsa sodiq,
Valiydur ul aqoidga muvofiq.
Shariatsiz kishi uchsa havogʻa,
Koʻngil qoʻymang aningdek xudnamogʻa.
Havogʻa uchsa monandi chibindur,
Ani hodiy dema shaytoni dindur.
Shariatsiz kishi gar yutsa oʻtni,
Havo oʻrtasida minsa bulutni.
Qachon topgʻon erur qurbat idini,
Valiy bilmang taqi andogʻ kadini.
Boʻlubdur mundogʻ ishlar kofiriydin,
Nechukkim boʻldi sehri Somiriydin.
Eshitgil bul, ki Fir’avn amridin Nil,
Quyidin yuqorigʻa oqdi beqiyl.
Muni bilgilki Hindustonda holo,
Ucharlar kofiri sannosi bolo.
Shariat hukmin etmay istiqomat,
Taajjub ishlari boʻlmas karomat.
Shariatni kishi kim tutsa xoʻb pos,
Karomat mundin oʻtmas, ayyuhannos.
Xilofi nafsu istikmoli toat,
Boʻlurmi andin ortiq xarqi odat.
Kishi desa valiyni gʻaybdondur,
Na’uvzu billah, ul soʻz koʻp yomondur.
Nabi ham bilmagay ushbu ravishdin,
Magar bildirsa Tangrim ba’zi ishdin.
Xudoning xossasidur ilmi gʻaybi,
Bu soʻzning boʻlmagʻay bir zarra raybi.
Yaqin bil, gʻayb ishidin folbinlar,
Xabar bersa agar yo ahli jinlar.
Kishi chin desa ul botil soʻzini,
Boʻlib kofir, qaro qilgʻay yuzini.
Na’uvzu billah, andogʻ moʻ’taqaddin,
Xudoyim saqlagʻay bu ra’yi baddin.
Yaqin bilgil ki ba’zi nomusulmon,
Demish: «Vaqtiki qurbat tobsa inson,
Koʻtarur Haq shariat hukmin andin!»
Boʻlur yuzi qaro mundogʻ degandin.
Bu botil soʻz erur qavli malohid,
Shariatta erur ul firqa johid.
Shariatga kishi kim boʻlsa munkir,
Gumon yoʻqdur, boʻlur albatta kofir.
Kishi boʻlmas muqarrab anbiyodin,
Alar bezor erur ujbu riyodin.
Kugarilmadi oʻlguncha alardin,
Xudo hargiz koʻtarmas oʻzgalardin.

Hikoyat

Muhammadkim muhabbat koni erdi,
Habibi Haq, rasul sultoni erdi.
Ketar vaqtida andogʻ boʻldi holi,
Vuzu aylarga yoʻq erdi majoli.


Eshitti chun azone bobashorat,
Dedi: «Yo Oisha, qildir tahorat».
Tahoratdin soʻng ul shohi ulul—azm,
Jamoatgʻa borurgʻa ayladi jazm.
Qadam bosmay turib, ketti oʻzidin,
Araq saylon edi guldek yuzidin.
Oʻziga keldi boz etdi tahorat,
Yana qoʻptiki to topqay jamoat.
Qadam bosmay turib ul sohibi roz,
Oʻzidin ketti darmon yoʻqidin boz.
Aningdek Mustafo qoʻrqunchidin ul,
Vuzu qildi oʻzidin ketdi uch yoʻl.
Nafas chiqquncha, to qutlugʻ tanidin,
Xilof etmadi bir qil aygʻonidin.
Suyuklik bandasi, to boʻlsa mahram,
Boʻlur qoʻrqunchi ortuq, ishrati kam.
Agarchi anbiyo beshak omondur,
Muborak dillari xavf ila qondur.
Vale ummat agar gʻavsi zamondur,
Eson ketmogʻi oxir dargumondur.
Agar olam yorusa san sababdin,
Quyoshdek titra doim xavfi Rabdin.
Kerak oliy qadamni xavfi koʻprogʻ,
Biyik yerdin yiqilgʻon qolmagʻay sogʻ.
Ulugʻ tutmas kichikdek mazhabin keng,
Teva toymogʻi ermas qoʻy bila teng.
Tavahhumlik boʻlur af’oli xoʻbning,
Safarda xavfi koʻbrogʻ moli koʻbning.
Tavahhumdin yirogʻ gʻaflatli banda,
Ketar gʻussa bilan gʻam uxlagʻonda.

Ajal Bayoni

Ajal albatta birdur, oʻzga boʻlmas,
Oʻlar har zi nafs hargiz Ul oʻlmas.
Qayu qulgʻa ajalning vaqti yetsa,
Qutulmas har necha kim hiyla etsa.
Keyin qolmas ajal, ey ibni Odam,
Yetushsa soate yo ilgari ham.
Kishining ilgida ham oʻlsa har jon,
Ajal birla oʻlubdur ushbu inson.
Qayu bois bilan har jon oʻlubdur,
Ajaldindur, qazo mundogʻ boʻlibdur.

Azobi Qabrning Bayoni

Azobi qabr kofirlargadur chin,
Koʻrar goʻrning azobin ba’zi moʻmin.
Bitik koʻp nusxai mashhur ichinda,
Kelur iki farishta goʻr ichinda.
Soʻrar: «Kimdur Xudo birla rasuling,
Nadur derlar, yana diningu yoʻling?»
Agar kirsa farishtalar gʻazabdin,
Chiqar oʻt burnidin, ogʻzu labidin.
Agar haybat bilan qilsa nazora,
Boʻlur gʻamgin koʻngullar pora — pora.
Degay: «E odamiy, buldur sanga joy!»
Javobin bermasang, «voy» ustiga «voy».
Urarlar gurzi bilan ul iki yor,
Eshitur insu jindin oʻzga jondor.
Alarning zarbiga tob etmagay togʻ,
Nechuk toqat qilur, bir musht tufrogʻ.
Toʻlar doʻzax soridin qabr ichi dud,
Pushaymon anda hargiz qilmagʻay sud.
Inoyat aylasa, donoyi asror,
Kirar goʻrga muloyim ul iki yor.
Degaylar kirsalar: «xavf etma mandin»
Soʻrarlar mehribonlik birla andin.
Agar bersang javobe bosavobe,
Ochar jannatdin ul manzilgʻa bobe.
Qorongʻu goʻr boʻlur andoq farahnok,
Jahonning shavqi yodingdin chiqar pok.
Koʻngilda gʻussa qolmas bir chigitdek,
Yotursan yangi uylangan yigitdek.
Ki mundin soʻngragʻi ne’matlarini,
Xudodin oʻzga kim bilgay barini.

Munojot

Iloho, bandaman, bechoradurman,
Havoyi nafs ila ovoradurman.
Erurman barcha nuqsonimgʻa iqror,
Musulmon oʻgʻli qilmas ishlarim bor.
Erurman bandalarni sarniguni,
Toʻlay yoru birodarlar zabuni.
Maningdek osiy boʻlgʻaymu jahonda,
Gunohim zohirimdan koʻp nihonda.
Netay, chun ayni aqlim beziyodur,
Amal ham yoʻq, agar qilsam riyodur.
Agarchi man yomon qul poy to farq,
Boʻlibman ma’siyat daryosigʻa gʻarq.
Vale sodiq erurman birligingga,
Tayonibman Sani gʻofirligingga.
Lahadga kirsa bu yolgʻuz gʻarib bosh,
Oʻgursa yuz hama qavmu qarindosh.
Tahayyur boʻlsa joni gʻam .sirishta,
Yetushsa soʻrgʻoli iki farishta.
San oson etmasang andogʻ savoli,
Nechuk kechgay gʻarib bandangni holi?
Desa: «man robbuk» iki abdi dargoh,
Tilimga joriy qilgʻil: «Rabbim —Olloh!
Agarchi osiydur, yo Rab, bu banda,
Oʻzing bandam degil, «Rabbim» deganda.
Agar sen qilmasang, qulluq otin jud,
Maning «qulman» deganimdan nechuk sud?
Iloho, lutf qil, munda va anda,
Mani banda etib, berkit bu banda.
Agar chandi ki goʻrsiz oʻlsa inson,
Soʻrolur, albatta, beshakku nuqson.
Agar daryoda oʻlsun yo osilsun,
Azob etsa, bani odam na bilsun.
Daranda odam oʻgʻlin qilsa xoʻrok,
Gumon yoʻqdur, soʻrar qornida, ey pok.
Agar banda mu'azzab boʻlsa anda,
Qolur tuymay bu ishni ul daranda.
Nechuk qilsa erur Qodiru Nosir,
Bu yerda bandasining aqli qosir.
Na kim aydi Xudoying yo Payambar,
Ani maxkam tutib, fikr etma digar.

Qiyomatning Haqligʻi Bayoni

Qiyomat haq erur, ey odamizod,
Xudo Qur’on ichinda qildi koʻp yod.
Boʻlur qudrat bilan tufrogʻimiz tan,
Kirar jon qaytadan beshubqavu zonn.
Taning har turli boʻlgʻon boʻlsa barham,
Qilur burnogʻidek Xalloqi olam.
Xudo hech yerda yoʻqni ayladi bor,
Yaratsa qaytadan, ermas bu dushvor.
Udur hokim, nechuk kim hukm qildi,
«Tiril!» degach, hama olam tirildi.
Yigʻar mahshar yerinda barcha jonni,
Soʻrar bandasidin yaxshi —yomonni.
Har ishni koʻp qilibdursan va yo oz,
Hisobin ham tilar ul bandadin boz.
Xudo har bandasigʻa qilsa oson,
Javobin bergusi banda oʻshal on.
Agar qattiq tutar banda hisobin,
Oʻzi bilgʻay anga solgʻon azobin.
Bilur garchi jami’i holimizni,
Yuborur nomai a’molimizni.
Yuborsa nomani rahmat yoʻlidin,
Kelur noma u qulning oʻng qoʻlidin.
Qizil yuzluk boʻlub ul ham sarafroz,
Suyungandin qilur ul banda ovoz:
«Oʻqung nomamni, ey turgʻon xaloyiq,
Kelibdur noma ixlosimgʻa loyiq!»
Behishti oliya boʻlgʻay makoni,
Gʻariqi rahmati Haq jismu joni.
Agar noma kelur boʻlsa gʻazabdin,
Kelur orqasidin yo dasti chapdin.
Qaro yuzluk boʻlub, sharmanda ul qul,
Tutarlar ham solurlar boʻynigʻa gʻul.
Taqi zanjir etarlar gardanigʻa,
Tarahhum boʻlmagʻay yolborgʻanigʻa.
Boʻlur turluk mashaqqatlar havola,
Qilurlar jonibi doʻzax kashola.
Iloho, qoʻrqadurman hazratingdin,
Umidim koʻp erur Gʻaffor otingdin.
Yigʻilgʻonda yomonu yaxshi banda,
Qulingni qilmagʻil sharmanda anda.
Agar a’molima solsam koʻzumni,
Sazovori alam derman oʻzumni.
Agar altofinga boqsam, Ilohim,
Umidim koʻp, bagʻishlangay gunohim.
Agar San yopmasang, ey Olimi gʻayb,
Boʻlur tongla muayyan soni yoʻq ayb.
Iloho, magʻfirat muhtojidurman,
Saning keng rahmatingdan rojidurman.
Umidlar koʻp erar andogʻ sharafdin,
Yuborsang nomamizni oʻng tarafdin.
Hijobi afv yopsang aybimizgʻa,
Duri rahmatni solsang jaybimizgʻa.
Iloho, qoʻrqadurmiz jonimizdin,
Yuborma nomani soʻl yonimizdin.
Umidlik bandadurmiz ham haroson,
Hisobimizni ul kun qilgʻil oson.
Talattuf birla soʻrgʻil korimizni,
Qaro qilma u kun ruxsorimizni.
Agarchi nomunosibman, yomonman,
Oʻzing ayding: «Qulimgʻa mehribonman».
Agar chandi ki boʻlsam zishtu badkor,
Habibing ummatiman, qul otim bor.
Tarozuyi Qiyomatni bayoni
Tarozu haq erur roʻzi Qiyomat,
Aning sidqigʻa nozil boʻldi oyat.
Bilur Tangri agarchi holimizni,
Tarozugʻa solur a’molimizni.
Qilur ogoh qulin qilmishlarigʻa,
Yetushmas aql Egamning ishlarigʻa.
Tarozu borigʻa iqrorimiz bor,
Nechuk erkonigʻa ne korimiz bor.
Iloho, qil ogʻir mezonimizni,
Salomat tut, bizing iymonimizni.

Sirot Koʻprugi Bayoni

Jahannam uzra bir koʻpruk erur oh,
Oʻshal koʻpruk Sirot otligʻ guzargoh.
Qilichdin tez erur. qildin ingichka,
Pushaymonlar oʻshal kun tushkay ichka.
Ajab hayron boʻlur farzanli odam,
Qadam qoʻysa, aning osti jahannam.
Agar qaytay desa, qoʻymas muakkil,
Boʻlur farzandi odam holi mushkil.
Muayyan koʻrsalar, xalq ul tabu tob,
Boʻlur jon vahmi birla zahralar ob.
Yuraklar qon boʻlib, koʻzlar toʻkar yosh,
U manzildin qutulgʻaymu gʻarib bosh?
Figʻonlar qoʻpqay avlodi bashardin,
Kim oʻgkay, kim yiqilgʻay ul guzardin.
Inoyat qilsa, ba’zi odamizod,
Oʻtar avdin yashindek, ba’zi chun bod.
Oʻtar ba’zisi andin yugruk otdek,
Oʻtar qurbigʻa loyiq ba’zi har yak.
Oʻtar ba’zi musulmon toya —toya,
Yetar «Oxir» degan ishratli joya.
Qadam qoʻisa, yiqilur ba’zi inson,
Iloho, aylagil ul Kunni oson.
Agar oʻtkarmasang andin salomat,
Quling rasvo boʻlur roʻzi Qiyomat.
Bilib, tasdiq etib, bu koʻp xatarni,
Bu miskin qoʻimadi isyon etarni.

Munojot

Iloho, bandani sohib nadam qil,
Siroti shar’ uza sobit qadam qil.
Hidoyat piriga topshur qoʻlumni,
Inoyat koʻyiga keng qil yoʻlumni.
Ma’osiy loyigʻa toydirma poyim,
Behishti ma’rifatni ayla joyim.
Agar chandiki behaddur gunohim,
Salomat qil xatarlardin, ilohim.
Karamlik Podishoho, Kirdikoro,
Rahimo, magʻfiratlik Biru boro.
Agarchi soni yoʻq isyon qilibmiz,
Umid ulki sani Vohid bilibmiz.
Iloho, birligingni hurmatidin,
Salomat qil u koʻpruk mehnatidin.

Kavsar Hovuzining Bayoni

Qiyomatda Payambar havzidur haq,
Sifotin qildi ta’yin shohi asdaq.
Suyi ul havzni sutdin zrur oq,
Isi chun mushkdin ham erdi behroq.
Dame su ichsa andin har musulmon,
Yaqin bil, suvsamas hargiz ul inson.
Xudovando, nasib etkaysan andin,
Umidi koʻp erur bandangni Sandin.

Paigʻambarlar Shafoatlarining Haqligʻi Haqida

Xudo izni bilan haqdur shafoat,
Qilurlar anbiyovu ahli toat..
Shafoatkim musulmonlargʻadur sud,
Va lekin boʻlmagʻay beizni Ma’bud.
Xudo izn aylasa, roʻzi Qiyomat,
Suyuklik bandasi aylar shafoat.
Qiyomat kun ajab shiddatli kundur
Aning qatgigʻligʻi haddin fuzundur.
U kunning haybatidin beshaku rayb,
Boʻlur koʻk pora —pora, togu tuz gayb.
Zamin avtodi barcha koʻhi sangin,
Boʻlur Haq xashmidin chun pashmi rangin.
Oʻshal shiddatga yer-koʻk qilmasa tob,
Nechuk toqat qilur bir qatrayi ob?!
Boʻlur xam gʻam bilan xurdoni zebo.
Dalilim: «yaj’a^ul vildona shiybo»
Boʻlur bir - birga dushman, doʻst deganlar,
Magar taqvo yoʻlida gʻam yeganlar.
Havo misdek qizir, yer ham temurdek,
Gʻazab qilgʻon kishi boʻlgʻay koʻmurdek.
Kelur nayza boʻyi xurshidi tobon,
Xijolat teriga gʻarq ul biyobon.
Boʻlur oʻz holi birlan odamizod,
Kelur koʻngulga qilgʻon ishlari yod.
Agar Haq yopmasa, jurm aylagʻon joy,
Guvoqlik bergusi, bil, dast ila poy.
Qaboxatlik amallar tushsa koʻzga,
Ilojin kim bilur, Hazratdin oʻzga.
Muxammadkim erur Haqning habibi,
Ma’osiy dardining qoziq tabibi.
Belin himmat qurigʻa bogʻlab ul er,
Hama «nafsim» desa, ul «ummatim» der.
Hama oʻz nafsiga boʻlsa giriftor,
Muhammad ummati miskin uchun zor.
Agar boʻlsa ematurgʻon bola gum,
Topilgʻonda nechuk javlon qilur um.
Ming andogʻ onadin koʻbrogʻu behroq,
Muhammaddur gʻarib ummat uchun dogʻ.
Oqar daryo boʻlur ul muhtaramdin,
Shafoat shiri pistoni karamdin.
Qilur Haq izni birlan har taraf joʻsh,
Nasib etgan u daryodin qilur noʻsh.
Nasiba etmagan farzandi odam,
Qolur andogʻ ulugʻ yammdin qurut fam.
Kishi bilmas Qiyomat dashtida, oh,
Bu qullarni degaymu «ummat» ul shoh.
Agar «ummat» desa, xush davlatu baxt,
Yoʻq ersa, osiylargʻa ish boʻlur saxt.
Agar «ummat» desa, nurun alo nur
Yoʻq ersa, osiylargʻa ish boʻlur zoʻr.
Oʻshal sultonki do’iyan ilalloh,
Gʻarib ummat uchun dogʻ erdi, valloh.
Bu ummatlar ajab zisht etdi hrlin,
Yopar bid’at bilan sunnat jamolin.
Bahoyimdek ishi ichmak, yemakdur,
Quruq til birla «ummatmiz» demakdur.
Iloho, lutf qil munda va anda,
Yigʻilgʻonda yomonu yaxshi banda.
Iloho, lutf qil hasratli soat,
Habibingdin nasib etkil shafoat.
Ayirma yaxshilarni orasidin,
Yiroq etma habibing qorasidin.
Behisht va doʻzaxniig bayoni
Erur jannatu doʻzax holo mavjud,
Yaratibdur ani xalqigʻa Ma’bud.
Koʻngilgʻa solma, ey aqli diyoda,
«Sigʻar ul ikki manzil qaysi joda?»
Agar amr aylasa, kavnayn barpoy,
Boʻlur bir pistani poʻchogʻina joy.
Kirar doʻzaxga kofir, qayta oʻlmas,
Azobi saxtdin hargiz qutulmas.
Hamisha qolmagʻay iymonli banda,
Tutar oxir qoʻlin iymoni anda.
Agar afv etsa, osomi kaboir,
Degil joyiz, Udur gʻofiru sotir.
Sagʻiradin agar tutsa Xudovand,
Degil kim erk aningdur, ey xiradmand.
Oʻzi Qodir, Oʻzi Gʻofir Xudodur,
Quligʻa qar na hukm etsa, ravodur.
Na’uvzu billah, istihloli isyon,
Olur moʻmin kishidin sham’i iymon.
Behisht ichra kishi kim boʻlsa doxil,
Boʻlur anda hama maqsudi hosil.
Tirikdur doimo, andin soʻng oʻlmas,
Alamdin, huznu gʻamdin zarra boʻlmas.
Hamisha aysh ila ishratda banda,
Koʻngilga kechmagʻon ishratlar anda.
Agar jannat bilan doʻzaxni avsof,
Qilurgʻa jam’ boʻlsa, qof to qof.
Ado boʻlmas iki manzil sifoti,
Ani yaxshi bilur Tangrimni zoti.
Iki manzil sifotin soni boʻlmas,
Alar ahli bilan hech foni boʻlmas.
Bitibdur shorihi «Avrod» ani,
Ki boʻlmas arshu kursiy, ruh foni.
Fano boʻlmas dedi Lavhu Qalam ham,
Aqida buldur, ey farzandi Odam.

Munojot

Iloho, e’tiqodi pok birlan,
Mani ogʻishta qilgʻil, xok birlan.
Dilim sodiq tilimgʻa boʻldi qoyil,
Bu soʻzdin qilmagʻil, bir zarra moyil.
Xudavando, Oʻzingni hurmatingdin,
Karimu Gʻofiru Sattor otingdin.
Bu miskinlargʻa moʻmin ism qilding,
Jamoat ahli sunnat qism qilding.
Oʻshal otdin ayirmagʻil hamisha,
Agar chandiki boʻlsak jurmpesha.
Malak kelsa jasaddin olgʻali jon,
Qilur shaytoni mal’un qasdi iymon.
Qilurda jon shirin jismdin naql,
Aziz jon achchigʻidin kam boʻlur aql.
Koʻngil shahbozini qilmoq uchun sayd,
Qilur har yonda shayton hiylavu kayd.
Madad San qilmasang ul damda, yo Hay,
Urar tirnogʻimizga ul la’in nay.
Xudovando, tirikda, jon chiqarda,
Lahadda, hashrda, koʻprik oʻtarda.
Jami’i yerda moʻmin otimizdin.
Ayirma sidqimizni zotimizdin.
Hamisha nafs ila shayton kaminda,
Mani ozgʻurmagʻil dunyovu dinda.
Tilokim bu, ayo Subbuhu Quddus,
Qulingni qilmagʻil rasvoyu ma’yus.
Xudovando, yongildim, turfa yozdim,
Shayotin makri birlan yoʻldin ozdim.
Pushaymonman parishon oʻtkan ishdin,
Bahoru tiyramohu yozu qishdin.
Yomon ishdin hama uzvimni pok et,
Koʻngil mulkin maqomi dardnok et.
Yana sharmanda qilma qayta boshdin,
Uyotligʻ qilmagʻil dastoru fashdin.
Munojot etdi Olloyore miskin,
Qabul etkaysan, ey dorandai din.
Telim uzr aygʻoli, ey Koshifi roz,
Tilimni ming tilim qilsam erur oz.
Uyotligʻman vale yo olimas —sir,
Qani uzr aygʻoli, yuz mingidin bir.
Emasman tuz, karam xoninda yeb tuz,
Kerak tuzlarga qoʻysam xavf ila yuz.
Tila aydim: «Tila har matlabing bor»
Dedi: «Haqdur Oʻzi donoyi asror».
Oʻshal beh xavf etib borur yerimdin,
Terim xijlat bila oqsa terimdin.

Musannifning Ojizlik Va Shikastalik Bilan Aytgan Soʻzlari

Oʻtar dunyoda Olloyore ma’yub,
Muningdek yurganingdin oʻlganing xub.
Yomon nafsing sani oʻtdek tutashdi,
Gunohing bora —bora haddin oshdi.
Bila olmam, ayo noqobil avqot,
Nechuk jonsan, nechuk tansan, nechuk zot?
Bahoyimsan, bashar, devonasan, sogʻ,
Gunohing oldida arzancha yoʻq togʻ?
Muxannasmusan, zr, boligmusan, yosh,
Yuzish1 qattigʻ, tiling achchigʻ, diling tosh?
Fi’oling nomuborak, tal’ating shum,
Humoyi baxting oʻz ka’bing bila bum.
Na kim san ahd qilding, boʻldi yolgʻon,
Qani sandek gunoh ostida qolgʻon?!
Yiroq tushting nagʻu, qurbatli yoʻldin,
Yubording rishtayi toatni qoʻldin.
Na kim qilding jaqonda ertayu kech,
Riyo birla ul ishni aylading qech.
Belingni bogʻla mahkam, boʻlma mafluj,
Koʻzung och, korvone qildilar koʻch.
Yotib gʻaflat qorasin surtma yuzga,
Yedi xalq oʻz gʻamini sandin oʻzga.
Musoxiblarki hamahd erdi munda,
Ketarlar boqiy uyga kunda —kunda.
Koʻrarsan qofilani oʻgkanin fosh,
Koʻtarmassan xatarlik uyqudin bosh.
Koʻzing oldidagi begonavu xesh.
Safar raxtini bogʻlarlar pasu pesh.
Vale sen xamri gʻaflatdin boʻlub kayf,
Yotibsan necha rasvoligʻ bilan, qayf.
Ulugʻlardin, kichiklardin bayakbor,
Ketarlar xonayi maqsadgʻa nochor.
Agar sandin kichiklar tutsalar roh,
Yotursanmu hanuz, ey aqli koʻgoh?!
Banogoh korvon Sultoni yetsa,
Sanga asliy vatanning hukmin etsa.
Ulugʻ yoʻlga kirarsan xoh, noxoh
Na qilgʻaysan va le betoʻshayi roh?!
Ajab yoʻl, uqbaye har bir qadamda,
Jami’i korvone bahri gʻamda.
Xususan yoʻlda bir vahshatli uy bor,
Kirar yolgʻiz boshing ul uyga nochor.
Ayirib korvondin qoʻndirurlar,
Qizil guldek yuzungni soʻldirurlar.
Aziz jismingga ne’mat xora boʻlgʻay,
Qaro yer ostida bechora boʻlgʻay.
Yuz alvon birla soʻz aygʻon suchuk til,
Demas farmondin ortiq birgina qil.
Lahad qurti agar kelsa yegoli,
Qani, ul damda darmon «kish» degoli?!
Yetushsa soʻrgʻali ikki farishta,
Na qilgʻay, bandai hasrat sirishta?
Magar Tangri Taolo qilgʻay imdod,
Va gar na qayda yetkay dodu faryod.
Yaqin bilgil muni, ey bandai zor,
Xudodin oʻzga hech yoʻq hokimi kor.
Nagʻu, qulluqqa bogʻlasang belingni,
Sanosi birla sabz etsang tilingni!
Lahaddin barcha odam oʻgʻli tursa,
Boʻlib bir karvon Mahsharga yursa.
Va lekin har kishi oʻz motaminda,
Boʻlur oxirgi savdosi gʻaminda.
Xudo qilsa nido: «Ey bandai zor,
Na keltirding, na turluk qilmishing bor
Tanu teringda totliq jon yarattim.
Bahoyim qilmadim, inson yarattim.
Hamisha ayladim tarbiyyatingni,
Nagʻu qilding parishon niyyatingni?
Sani soldim musulmonlig yerina,
Qani shukr etganing mingdin birina?
Tamom a’zolaringni solim ettim,
Arigʻ zotim bilurgʻa olim ettim!
Sugʻordim obi ne’matdin tishingni,
Qani, aygʻil mango qilgʻon ishingni?!»
Na bergaysan javobin, ey tan oroy,
Bu hasratdin figʻon, ey roʻsiyoh, voy.
Erur boshdin ayogʻing barchasi ayb,
Magar afv aylagay, Donandayi gʻayb.
Yana kelsa nido, andin bilinglar:
«Yomonlar yaxshilardin ayrilinglar!».
Musulmon oʻgʻlida turfa yomonsan,
Yomonlar oʻrtasida begumonsan.
Yomonligʻni magar Donandai roz,
Yopub qoʻshqay saodat ahlina boz.
Tilingda xalq aro tasbihu taxlil,
Va lekin botining tazvir ila xiyl.
Tilingda xalq ichinda va’z ila dars,
Va lekin botiningda oncha yoʻq tars.
Va gar na san jahon rasvosidursan,
Xaloyiq ichra fitna boshidursan.
Kiyibsan xalq aro faqrona malbus,
Va lekin botiningda nanggu nomus.
Yo nar xunsomusan qavlingda yonar,
Uhuding naxli hargiz bermadi bar?
Koʻrar koʻzga ajab soʻfinamosan,
Nihonda nafs itiga mubtalosan.
Magar rahmat bilan donoyi asror,
Gunohlaringni afv etgay bayakbor.
Oʻshal gʻamlik koʻngulni aylagay shod,
Nekular oʻrtasida aylagay yod.
Kishi to shar qilur savdosi toshar,
Na’uvzu billah, ulkim haddin oshar.
Bashar boʻlsang, qoʻi af’oli ba sharni,
Abas oʻgkarmagil isna asharni.
Yoshing yetkon sari fe’ling sani yosh,
Koʻzing yoshi qani, ey magʻzi yoʻq bosh?!
Qanoat ma’danigʻa och koʻzing, och
Tama’ boʻii koʻrunmay, boʻiidin qoch.
Sochilmasdin burun sochgʻil oʻzingni,
Soʻralmasdin burun soʻrgʻil oʻzingni.
Qazilmay yer sanga, qayt ozgʻaningdin,
Yozilmay uqdalar, yon yozgʻoningdin.
Baqodur dema, ayshi bebaqoni,
Yoqoni tut, ajal tutmay yoqoni. –
Makon etkon yeringdur muxtalit loy,
Nasihat goʻsha olsang, goʻsha qil joy.
Yonib ayshu tarabdin, ista Rabdin,
Oʻzin bilgan qachon qolgʻay talabdin.

Musanifni Vasiyatlari

Man oʻlsam, ey jami’i mahrami roz,
Mani oʻzga oʻlukdek qilmang e’zoz.
Xasu xor ustiga tashlab tuting xor,
Qiling mandek baxoyim jismidin or.
Boʻsagʻo ustiga tashlab tanamni,
Kafan aylang chirik piyrohanimni.
Mango xayf etmangizlar tutmagʻon boʻz,
Agar chandiki mardum qilsalar soʻz.
Yuboring tez boraturgʻon yoʻlimgʻa,
Mabodo qolmagʻaysiz shumlugʻimgʻa,
Koʻzingizdin chiqormang qatrayi yosh.
Janozam orqasidin otingiz tosh.
Oyogʻimdin tutib sudrang lahadga,
Na uchun qilmading qulluq Ahadga?!
Agar chandiki man boʻlsam gunoxkor,
Duovu zorigʻa sizlar boʻling yor.
Deyingiz: «Parvardigoro, Kirdikoro,
Raqimo, magʻfiratlik Biru Boro.
Olib keldik Sango qochgʻon qulingni,
Xatolar bobini ochgʻon qulingni.
Kelibdur, hiylasi yoʻqdur ketarga,
Tili yoʻqdur bu qulni uzr etarga.
Gunohi koʻp, boqar ruxsorasi yoʻq,
Boʻyinsunmoqdin oʻzga chorasi yoʻq.
Agar bersang jazo, qodir Xudosan,
Va gar afv aylasang, San podishosan.
Iloho, barcha oting hurmatidin,
Arigʻ zoting, sifoting hurmatidin,
Bu qochgʻon bandaga qilgʻil tarahhum,.
Agarchi qildi qulluq rishtasin gum.
Muhammad otli doʻsting hurmatidin,
Nasib et oxiratning rohatidin.
Hama oʻtgan rasulning hurmatidin,
Jam’i yaxshi qullar hurmatidin.
Agar chandiki bandangdur bad af’ol,
Raxi isyona savbi magʻfirat sol.
Muhabbat ahlining asrori uchun,
Raxi zardu dili xunbori uchun.
Gʻazot qilgʻon eranlar joni uchun,
Shahidlarning muborak qoni uchun.
Ulugʻlarning soqoli oqi uchun,
Yigitlarni dili mushtoqi uchun.
Ajuzlarni oqargʻon boshi uchun,
Yetimlarni koʻzini yoshi uchun.
Shikasta bevalarni dardi uchun,
Asir xalqini ohi sardi uchun.
Agar chandiki yoʻq ilginda hech shay,
Bu qochqon qulni rasvo qilma, yo Hay!»
Na boʻlgʻay bu duolardin Xudoyim,
Bu qochqon bandagʻa oʻtkay jaroyim.

Har Bir Ishda Yetuk Ustoz Istamakning Bayoni

Kel e tolib, bu dundin yuz oʻgirsang,
Tariqi ka’bayi maqsuda yursang.
Qadam qoʻisang agar bul vodiygʻa,
Qoʻlungni topshir avval qodiygʻa.
Ajab yoʻldir, aning poyoni yoʻqdir.
Xatarlik yerlarining soni yoʻqdir.
Talab qilgʻon oʻshal rohi adamda,
Halokat chohidur har bir qadamda.
Ajab yoʻldir, tamomi mehnatu ranj,
Va lekin har qarishda bir nihon ganj.
Oʻshal ganji nihon yotqon zaminda,
Muhayyodur qaroqchilar kaminda.
Agar boʻlmasa yoʻl boshlagʻuvchi pir,
Solur boʻynunga shayton domi tazvir.
Agar boʻlmasa bir sohib karomat,
Emas mumkin kishi yetgay salomat.
Qachon har pir bilur qutlugʻ yoʻlungni,
Topib er yaxshisin toppgur qulungni.
Oʻshar piriki erning eri boʻlgʻay,
Tariqat beshasining sheri boʻlgʻay.
Taxalluf qilmasa hech shar’ ishidin,
Tama’lik boʻlmasa hargiz kishidin,
Olib qoʻlgʻa chirogʻi ilmi zohir,
Ulumi botiniyda boʻlsa mohir.
Fano boʻlsa tanu jondin toʻloydin,
Qutulsa mosizodin lutfi Haydin.
Qayu ermish fano boʻlgʻon nishoni,
Takabbur boʻlmasa miqdori doni.
Oʻzining nafsini ul bilmasa pok,
Boʻlib qulluqda aytsa: «mo abadnok».
Agarchi boʻlmasa forigʻ ishidin,
Oʻzin kam tutsa har moʻmin kishidin.
Eshitmasa kishi hech «man» deganin,
Oʻzi ham bilmasa foni ekanin.
Oʻzi aytsa: «fano boʻldum»— emasdur!
Fano boʻlgʻon kishi hargiz demasdur.
Oʻzining boshini sotsa oʻzi qul,
Qachon oqil kishi bergay anga pul.
Agar roʻ bersa ham ba’zi makoshif,
Inonmasdur anga hech mardi orif.
Agar koʻrgan bilan oʻzdin ketibdur,
«Yetibsan» deb ani shayton yetibdur.
Bu kunni tush bila tush qilma, ey xom,
Bayon qilmoq bila qolgʻonini shom.
Agar kam boʻlsa koʻrmakdin maxofat,
Yetar axshom sabo bu tushdin ofat.
Oʻzin aygʻon kishi albattadur xom,
Valoyat taxtiga bosqon emas gom.
Agarchi har kecha koʻk boʻlsa tavfi,
Burungʻidin ziyoda boʻlsa xavfi.
Mabodo gʻirrayi tushsa koʻngulgʻa,
Bu gʻirra boshlasa ofatli yoʻlgʻa.
Boʻlur holatlik er albatta xomush,
Agar yetmasa may hech qilmagʻay joʻsh.
Koʻgarmas un valoyatlik xiradmand,
Sado chiqmas u naydin bogʻlasa qand.
Demas har kimga asrori haqoyiq,
Agar topilsa ganj, ixfosi loyiq.
Kishi uchqon bilan soʻii samovot,
Tavarru' qilmayin boʻlmas kamolot.
Valiy uldur, chiqorsa mosivoni,
Havodindur talab qilmoq havoni.
Nabiy tab’iyyatidur rishtai hub,
Vara’ qilmoq kamolotu taqarrub.
Agar fildek erur manhiy va gar qil,
Vara’ ashobi ayturlar: «Hazar qil!»
Agarchi koʻp erur judu sujudi,
Koʻrinmas zarracha orif vujudi.
Agarchi zohiru botin desa dars,
Saqar oldida turgʻondek qilur tars.
Aningdek hodiy amrin qoʻyma zinhor,
Shayotin shattalar ayrilsang, ey yor.
Nabining amrigʻa qilsang itoat,
Saodatdur, saodatdur, saodat.
Gadoyi koʻchayi dargohi boʻlsang,
Umid ul, mulki dilni shohi boʻlsang.
Kishi qilsa xilofi hukmi shar’iy,
Ani jinni degil yo mardi sar’iy.
Agar suv ustida yursa oʻshal kas,
Degil: «Chandon boʻlur suv ustida xas».
Havogʻa uchsa gar monandi jindur,
Ani hodiy dema, shaytoni dindur.
Koʻran ortiq emasdur, koʻrmagan kam,
Kim atqo boʻlsa, indalloh ul akram.
Kerak tobe’gʻa matbu’i mukammil,
Ulugʻ tandin boʻlur paydo ulugʻ zill.
Kerak koʻp tolib ichra bir neku roy
Yorutmas muncha yulduz boʻlmasa oy.
Uluv himmat yigiglarga kerak pir,
Kamonsiz uchmagay koʻb boʻlsa ham tir.
Oʻshal jundiki harb olatin osar,
Agar bo sar yurusa, yovni bosar.
Sogʻaltur telbani piri zabardast,
Quyunning shoʻrishin daryo etar past.
Tushib shoh ilgina bozi qochar boz,
Boʻlur zogʻlarga bozi, ey sarafroz.
Bu ta’riflarga sodiq boʻlsa piring,
Va lekin boʻlmasa ravshan zamiring.
Erur nuqson oʻzingdin koʻrma andin,
Boʻlur albatta sa’y «pirman» degandin.
Piring farmonidin qilsang taxalluf
Tasassufdur, taassufdur, taassuf.
Sharobi muhabbatni piri komildin ichmak bayoni
Kel, e soqiy, ikavlon aylali shurb,
Oʻshal shurbe ki xalq andin topar qurb.
Sharobe ber, ki dil andin boʻlur sohv,
Qilur bir muddaodin oʻzgani mahv.
Agar Fagʻfuri Chindur, Qaysari Rum,
Muhabbat ahlini oldida ma’dum.
Muxabbat jomidin topsa kishi baqr,
Na qilsun mulki moli Movarounnahr.
Koʻngil mulkiga bir oliy sifatdur,
Muhabbat ganji bogʻi ma’rifatdur.
Rizoyi hazrati Ma’bud oʻshanda,
Jami’i istagan maqsud oʻshanda.
Aningdek mulkni sultoni boʻlsang,
Na xojat yer yuzini xoni boʻlsang.
Agar xardalcha boʻlsa mehri agʻyor,
Boʻlur botin koʻzing mahjubi asror.
Nechukkim zarracha xas tushsa koʻzga,
Qilur albatta koʻrmaklikni oʻzga.

Solik Qazogʻa Rozi Va Balogʻa Sabrli Boʻlmogʻining Bayoni

Kel e soqiy, muhabbat jomidin may,
Xaridor ilgina bergil payopay.
Xaridor ul erur juz niyyati fard,
Koʻngil koʻnglakina yuqtirmagʻay gard.
Qayu holatda boʻlsa ertayu kech,
Xilofi hukmi mahbub etmagay hech.
Bu yoʻlning barchasin tay qilgʻon erlar
Rizo bermak maqom a’losi derlar.
Agar boshida yursa osiyo sang,
Rizo joʻyanda hargiz boʻlmagʻay tang.
Agar har kunda ichsa zahr ayogʻin,
Suyukluk bandasi chatmas qabogʻin.
Kishikim rozilik kominda boʻlsa,
Qilur shukr, ajdaho kominda boʻlsa.
Rizo ayvonida topqon kishi jo,
Demas «vo» bobi ofat boʻlsa ham vo.
Agar magʻzi diling ayrilsa to poʻst,
Yigʻini yigʻ, agar chin qulsan, e doʻst.
Soʻnar gʻam tushsa har ozoda erga,
Oʻchar oʻt tushsa xasdin xoli yerga.
Xudo amrigʻa oqil gʻam yemasdur,
Demas gardun qilur gar dun emasdur.
Egam hukmigʻa har kim boʻlsa mamnun,
Koʻtarmas un agar boshin qilur un.
Bu toqqa sursalar, tashlab u togʻdin,
Sanodin oʻzga chiqmas aqli sogʻdin.
Agar kindur magar ming qilsalar qiyn,
Qachon tushkay chin erni koʻnglina chin?
Qayu holat bilan jon boʻlsa tanda,
Boʻlar shokir hamisha rozi banda.
Ulugʻ yoʻldin adashqon necha beaql,
Qilur erlardin u yolgʻonchilar naql:
«Kishi kim oshiqi diydori Haqdur,
Muhabbat ahli birlan hamsabaqdur.
Na hojat oʻzgacha toatlar andin!»
Boʻlur yuzi qaro mundogʻ degandin.
Buyurgʻonigʻa har kim boʻlsa munkir,
Gumon yoʻqtur, boʻlur albatga kofir.
Oʻshal xalqiki koʻp beaql emishlar,
Xudoning dushmanin oshiq demishlar.
Dilu jon birla boʻlgʻon oshiqi zor,
Xilofi hukm qilmas zarrai kor.
Buyurgʻon ishlarini shodu gʻamda,
Qilur birdek farogʻatda, alamda.
Agar toʻldirsalar yerning yuzini
Qizil tillo bilan, solmas koʻzini.
Balo oʻqi qadalsa, urmagʻay oh,
Qilich boshigʻa kelsa, buzmagʻay roh.
Kishi kim qilsa oshiqlikni lofin,
Qilurmu hech ma’shuqi xilofin.

Hikoyat

Musulmoneni yuz choʻp urdi bir dun,
Oʻshal ozodadin hech chiqmadi un.
Dedi bir nozire: «Qoʻb, hokima bor».
Bu aydi: «Hokimim hozirdur, e yor!»
Tanu jon barchasi amloki Rabdur,
Maqosid istamak bizdin ajabdur.

Tolibi Haq uldurki, jahon savdosidin mosivo boʻlsa

Kel e koʻngil, jahon savdosidin kech,
Qadam gʻam kishvarigʻa urmagʻil hech.
Jasad qolmasdin ilgari nafasdin,
Havo koʻb qilmagʻil, kechgil havasdin.
Dari tavba ochuqda ysta maqsud,
Ish oʻtkan soʻng pushaymondin nechuk sud.
Egil tezroq Xudoning toatigʻa,
Keyin qoʻyma bu damni soatigʻa.
Yigitlikda ajab xush xavfu zori,
Yogʻinligʻ kelsa xoʻb, yilning bahori.
Koʻzidin yosh agar qoʻrqib toʻkar yosh,
Duri rahmat boʻlur har yoshigʻa chosh.
Mabodo tavba qilmasdin burunrogʻ,
Ajal kelsa, ketarsan tavbasiz dogʻ.
Oʻlumni doimo yoningda bilgʻil,
Aning ilgin giriboningda bilgʻil.
Oʻlimning soqisin peshonada bil,
Labingni doimo paymonada bil.
Ajal tortib turubdur yoy bilan oʻq,
Yoshunur yer, qochar darmonimiz yoʻq.
Koʻgoribdur qilich bizga solurgʻa,
Kishi bilmas qoʻyarmu dam olurgʻa.
Bilursan yoʻq bu dunyoning baqosi,
Qadam qoʻygʻon yeringdur jar yaqosi.
Taajjub mundin oʻgmas, jar labinda
Bani Odam qanuz oʻz matlabinda.
Qadam daryo yuzinda — roʻii xasda,
Hanuz avlodi Odam ming havasda.
Sahar boʻlsa, nido aylar farishta:
«Eshit, ey odamiy, gʻaflat sirishta!
Sani xalq aylagan Sultoni gʻolib,
Hamisha bandasidin tavba tolib».
Egamning magʻfirat daryosidur joʻsh,
Ajabdur bandasidin gʻaflat ogʻush.
Egamdin lutfu rahmat bobin ochmoq,
Ajabdur bandasidin muncha qochmoq?!
Yotursan tobakay emdi uyangʻil,
Dilu joning bila Hazratgʻa yongʻil.
Na kim qilmishlaringdin tavba qilgʻil,
Boshing koʻb yuqori qilma, egilgʻil.
Agar yer yuzining sultoni boʻlding,
Oʻlim changoliga oxir tutilding.
Agar tobsang hayoti Xizru Ilyos,
Ketarsan bu jahondin ayyuhannos.
Agar topsang hayoti hazrati Nuh,
Qilur bir kun oʻlim joningni majruh.
Agar topsang tiriklikni du bora,
Sanga yoʻqdur oʻlumdin oʻzga chora.
Nadur tavba demoq —yonmoq gunohdin,
Tuzuk yoʻlgʻa yurumak oʻzga rohdin.
Xudo dargohida chun aylading ahd,
Ani sindurmagʻil, nafs aylasa jahd.
Agar «tavba» demak chiqdi tilingdin,
Na sud, ul boʻlmasa jonu dilingdin?!
Dilu jon birla qilgʻonning nishoni,
Yana qilmas ki tavba qilgʻon oni.
Agar chin yonasan, tormosh bu yona,
Tahi poyonadur, toyrilma yona.
Nadam nurin koʻngildin qilma gʻoyib,
Agar toib erursan, ketma toyib.
Oʻlar bir ahd ila bir xayli boʻlsa,
Agar chandiki ishrat mayli boʻlsa.
Koʻngil tasdiqi —reshadur, amal—shox,
Ulugʻi —tavbadur, sindurma gustox.
Siniq shox zarbi birla zaxm olib asl,
Mabodo qolmagʻay xushk oxiri fasl.
Jarima chirki birlan zohiru sir,
Boʻlibsan kir, nadam daryosigʻa kir.

Hikoyati Robi’a

Eshitkil, Robi’aning ashkin, ey shoh,
Birovning chodiriga tomdi nogoh.
Dedi: «Yuv chodiringni, ey qarindosh,
Qizil qondur koʻzimdin sachragʻon yosh.
Uyotligʻ osiyadin, ey guziyda,
Boʻlibdur qona tabdil obi diyda.»
Agarchi Robi’adur mar’a bizzot,
Eranlar qoʻydilar «tojur — rijol» ot.
Oʻzin sudrab Haramgʻa joni birlon,
Yetishdi yetti yilda yoni birlon.
Aning sha’nindagi kasbu kamolot,
Adaddindur berun azvoqi holot.
Munungdek yigʻlasa andogʻ neku roy,
Bizingdek roʻsiyahning holigʻa voy.
Hamisha zavqimiz ayshu kulushga,
Yetushmas erta qilgʻon tavba tushga.

Munojot

Iloho, lutf qil, man mubtalogʻa,
Tushubdurman biyoboni balogʻa.
Yotibman yuz tuban isigʻda suvsob,
Kishi yoʻqdur tomizgʻay qatrayi ob.
Qurib qonim, yetibdur labga jonim,
Tushubdur yerga ogʻzimdin zabonim.
Baziyyot ahli atorofimdadur pur,
Umidlikman hanuz, yo Koshifaz-zurr.
Karam bahridin, ey sultoni Vahhob,
Ato qilsang mango bir jur’ai ob.
Saodat quvvatin qilsang inoyat,
Rafiqim boʻlsa tavfiqu hidoyat.
Berib sinmas asoyi tavba qoʻlgʻa,
Talab dardi bilan solsang bu yoʻlgʻa.
Tavarru’ zodi boʻlsa qoʻynimizda,
Ubudiyyat tanobi boʻynimizda.
Yurutub yaxshilar kezgon subulni,
Rizo mulkiga qoʻndursang bu qulni.
Munintdek ishlar, ey Donoyi asror,
Sango oson erur, gar bizga dushvor.
Koʻtoribman umid birlan bilakni,
Xudovando, qabul etkil tilakni.
Erur jovid lutfung bahridur joʻsh,
Erur biz chun xatogar, San xatopoʻsh.
Agarchi barcha ishim boʻldi ma’yub,
Mani aybimni lutfing yopmogʻi xub.

Kamtarinlik haqida mav’iza

Kel e nafs, ochmagʻil koʻz har qayona,
Yoʻq ermish e’timod ushbu zamona.
Muyassar boʻlsa tillodin sanga taxt,
Uzungdin pastga zinhor aymagʻil saxt.
Agar bersa jahon sultonligʻi dast,
Kishi oʻz holini bilmak kerak past.
Agar rutbang erur a’loyi ofoq,
Iiqilgʻon xastalarni holigʻa boq.
Bu rif’at birla koʻkni koʻr hamisha,
Yuzidur yer sori, ey yaxshi pesha.
Agar chandiki oʻrnung boʻlsa aflok,
Quyoshdek oʻp turib ruxsorayi xok.
Agar dunyoda boʻlsa zoʻr bozu,
Vale anda qurugʻlugʻdur tarozu.
Taraf moʻre ki sanda quvvati fil,
Musulmonligʻda anga marhamat qil.
Agarchi ul oyoq ostidadur xor,
Xudo maxluqidur, ogʻritma zinhor.
Takabbur qilmagʻil, ey bema’oniy,
Faloniy oʻgʻlidurman deb faloniy.
Agar oldingdagi qul boʻlsa voliy,
Koʻngilni kiynasidin ayla xoliy.
Burungʻi holigʻa qilma nazora,
Ani Tangrim aziz etsa, na chora?!
Ishonma otagʻa, qolma talabdin,
Qiyomatda   soʻrulmasdir nasabdin.
Hasab favqi nasabdur, ey neku hol,
Yipak toʻndin oʻtar xoʻb ishlagan shol.
Qoracha oʻgʻli xoʻja oʻgʻlidin kam,
Mu’allam boʻlsa sayyiddin oʻtar ham.
Agar sohib nasab tuzdur ishiga,
Na soʻzdur ikki xislatli kishiga.
Agar qilsang safar dorul—hayota,
oʻb ota bor dema, tormosh xoʻb ota.
Agarchi Nuh edi hodiyi inson,
Tugʻubdur andogʻ erdin nomusulmon.
Agarchi Nuh oʻgʻlin arzin etdi,
Xudodin «laysa min ahlik» eshitdi.
Abu Tolibki ammdur Mustafogʻa,
Ota erdi Aliyyul—Murtazogʻa.
Kichikdin Mustafogʻa erdi mushfiq,
Va lekin boʻlmadi dinda muvofiq.
Diyonatsiz oʻshalkim boʻldi nobud,
Payambar shafqati ham qilmadi sud.
Aning hukmidadur idboru iqbol,
Tikondin gul chiqordi, zahrdin bol.
Xalilulloh edilar Ozar oʻgʻli,
Taqi Lut nabiydur Hozar oʻgʻli.
Hasud ettan kishi dunu dagʻaldur,
Bu bir soʻz xalq aro eski masaldur:
«Chirogʻiniki, Haq yondurdi qoʻydi,
Ani kim «puf» dedi, soqoli kuydi».
Xudoning sun’idin koʻrding karashma,
Bir eski yerdin oqti yangi chashma.
Ani band etkali oldi birov bel,
Muni gʻarq ayladi nogoh kelib sel.
Agar toriy kishi zulm etsa, tortar.
Va le mazlum deganning ajri ortar.
Musulmoniygʻa boʻlma hech mukobir,
Borur jo bir erur, ey nafsi jobir.
Tushurma naf’i yoʻq ranjish miyona,
Sani eltar ziyona toziyona.
Tirik yurguncha zolim oʻlgani xoʻb,
Gunohdin har necha kam boʻlgʻoni xoʻb.

Hikoyati Hajjoj

Musulmonegʻa bir kun aydi Hajjoj:
«Duoyi xayr uchun bizga qoʻlung och!»
Duogʻa qoʻl koʻtardi ul neku hol, Dedi:
«Yo rab, bu zolim jonini ol!»
Dedi Hajjoj oʻshal mardi Xudogʻa:
«Tiling bordi nechuk mundogʻ duogʻa?»
Dedi Hajjojgʻa ul mardi neku sayr:
«Sanga ham barcha moʻminlargadur xayr.
Gunohing kam boʻlur oʻlsang agar tez,
Ketar zulming alarni boshidin nez».

Tama’din tiyilish haqida 

Kel, e ozoda, boʻl himmat bilan yor,
Tama’ zindonigʻa boʻlma giriftor.
Bir igna boʻlmasa dunyo ishidin,
Ur istigʻno, tama’ qilma kishidin.
Xudoying har na bersa, qil qanoat,
Yurakni qilma minnatdin jarohat.
Yugursang kunda bir kavdiy uchun chand.
Buxoro oʻlkasidin to Samarqand.
Badaxshondin koʻtarsang yuz sori tosh,
Bahosi Balx ichinda boʻlsa bir mosh.
Agar boshi bilan choh qazsa banda,
Koʻzining yoshicha suv tobsa anda.
Agar qozsa arigʻ, kiprik bila mard,
Anga bir xoʻshaye joʻ qilsa Parvard.
Bu mehnat birla tobsang parchai non,
Kishini minnatidin uldur oson.
Qidirgʻon birla rizqing qidri toshmas,
Ketar qadring, qadardin hargiz oshmas.
Tavakkul ganjidin, ey yuz oʻtirgon,
Buyurganga muxolifdur bu yurgon.
Ola boʻlgon ola yurgondin ortiq,
Koʻmulgan termulib turgondin ortiq.
Agar tosh chaynasa eldin chiqib tosh,
Kishiga egmagay himmatli qul bosh.
Tama’ nonigʻa lab ochgʻuncha, oʻl och,
Minan oʻgidin uchqundek boʻlib qoch.
Agar qorni biror toʻymasa qarni,
Kishiga aymagʻay er banda sirni.
Tama’lik siyladin beqdur silingan,
Tilangandin erur oson tilingan.
Tama’ qilma toparga zar nigorin,
Bu zar mehri buzar dinning hisorin.
Kishini matlabi siym boʻlsa yo zar,
Xalilning otasi ham boʻlsa Ozar.
Musohib bilmagil dunyo xasimin,
Nasimi ma’rifat ista, na siymin.
Emaklab tushsa, ketsa et bila poʻst,
Tama’ qilma kishidin toʻsha, ey doʻst.
Gʻaraz dunyo boʻlub, ey odamizod,
Aziz umringni hargiz qilma barbod.
Kishining xizmatida bogʻlasang qoʻl,
Jilovida yugursang bir qadam yoʻl.
Bu yurmakdin fano kechganing ortiq,
Bu ne’matdin «zaqqum» ichganing.ortiq.
Va lekin tegsa xos erning jilovi,
Saodatdur, diling dardigʻa dovi.
Aningdek erni dargahinda qish —yoz,
Aziz umringni oʻgkarsang erur oz.
Oʻshal erning erikim beriyodur,
Qadam tufrogʻi koʻzga toʻgiyodur.
Aningdek bandani boʻlsang gadosi,
Na davlatdur, Xudoyimning rizosi.
Aning bir donasidur xirmani zar,
Dami suvdur ul erdin mushku anbar.
Saodatlik murid ul Haq rahinda,
Boʻlur yoʻlboshchisining dargahinda.
Na rasvo pir erur nafsi uchun xor,
Muridi eshikida yursa ul zor.
Hayo yoʻq, sharm yoʻq hargiz alarda,
Bitiklik hodiylardin nusxalarda.
Kecha — kunduzga kimning quti yetsa,
Harom ermish oʻzini soyil etsa.
Nabiy aydi, Qiyemat boʻlsa, ey doʻst'
Tama’girni yuzida boʻlmagʻay poʻst.
Bilay desang bu soʻzni, ista-«Mishkot»
Tama’ birla kechirgʻon hayf avqot!

Hikoyati Savbon

Ajab mard erdi Savbon atqiyoda,
Ul otliq erdi bir kun, el piyoda.
Qoʻlidin yerga qamchi tushdi nogoq,
Tushib oldi ani, ul koʻngli ogoq.
Yoronlar aydi ul pokiza xulqa:
«Na boʻlgʻay erdi amr etsang bu xalqa?!»
Dedi Savbon: «Tama’din boʻlmagʻay deb,
«Olib bergil!» — demakni koʻrmadim eb»

Yomonlar Suhbatidin Qochib, Yaxshilar Suhbatinda Boʻlmoqning Bayoni

Kel e tolib, koʻzing ibrat bilan och,
Muxabbatsiz kishidin qush boʻlub qoch.
Muqabbat axlining joʻyoni boʻlgʻil,
Oʻshal kim uchradi,  qurboni boʻlgʻil.
Kishining koʻngli kim begona boʻlsa,
Erur dushman agar hamxona boʻlsa.
Muhabbatsizki boʻldi qar qayu zot,
Agar farzandi shirindur, erur yot.
Muhabbat boʻlmasa har kimda, ey xayr,
Otang boʻlsa erur begonau gʻayr.
Aqorib yurmasa koʻngli oqorib,
Qoʻlingdin kelsa hech oʻltirma borib.
Agar begonayening dogʻi boʻlsa,
Anga sarf et, koʻzungning yogʻi boʻlsa.
Jigarbanding yuroking goʻshasidur,
Aning mehri Qiyomat toʻshasidur.
Aningdek yor ila chun aylading ahd,
Ichursa zahr, ani bilmak kerak shahd.
Tilosa boʻrkni, bermak kerak bosh,
Agar jon istasa, qaytarmagʻil qosh.
Agar boʻlsun desang yengil ogʻirlar,
Chiqib bir yona, tob, biryon bagʻirlar.
Qilur suhbat asar, ey tolibi roh,
Munungdek joriy boʻldi odatulloh.
Na kim tuz koniga tushsa, boʻlur tuz,
Ki andin oʻtsa necha kecha —kunduz.
Agar chandiki noqobilligʻing bor,
Nekular jam’idin ayrilma zinhor.
Agar chiqsa yipakning jam’idin los,
Boʻlur gʻarqi siyohi ayyuhannos.
Oʻzin qilsa qayu mis nuqragʻa zamm,
Qoʻyar mis otini xalq oʻgʻli dirham.
Olur suhbatda bir —birdin kishi bahr,
Agar koʻp chashma bir boʻlsa, boʻlur nahr.
Jamoatdin oʻzungni qilma mumtoz,
Chopar koʻp toʻpdin ayrilgʻon qusha boz.
Galaga boʻri chopsa, ey faloniy,
Qayu ayrilsa, avval tishlar ani.
Yurusant yakka, dev boshingni yanchar,
Qaroqchi toʻpdin ayrilgʻonni sanchar.
Xudoning rahmati boʻlsa jamoat,
Erur rahmatdin ayrilgʻon qabohat.
Na ul jam’iki gʻaflat ahli boʻlgʻay,
Bahoyimdin ziyoda jahli boʻlgʻay.
Alarning suhbatin bil zahri qattol,
Buzar koʻp suhbatin, bil, bir bad af’ol.
Kerak suhbat eli bir tanu bir rang,
Baras bar roʻyi noxun boʻlsa ham nang.
Agar kelsa muzirr, nafrat qil andin,
Iilondin bezarar boʻlmas, bil, andin.

Hikoyati dev

Dedi bir devi hosid yana birga:
«Borib kayd et falon fohishli yerga».
Dedi: «Ul firqadin forigʻ boʻl, ey yor,
Alardur bir —biriga rahbari nor.
Bilibdur zohiriy dushmanlarin doʻst,
Emas hojatki kirsam rag bila poʻst».
Dunyodin tajarrud boʻlmoqlik haqida
Kel e solik, oʻzingni yoʻlga solding,
Ulugʻ himmat asosin qoʻlgʻa olding.
Agar qolmay desang kirgan yoʻlingdin,
Tajarrud davlatin berma qoʻlingdin.
Keyinga boqmagudek boʻlsa banda,
Yetar maqsudigʻa tez izlaganda.
Agar boqsang keyin bu togʻu choʻlda,
Maboda qolmagʻaysan oʻrta yoʻlda.
Mashaqqat boʻlmasa sungʻon boʻyinda,
Beh andin boʻlgʻoni yerning quyinda.
Ibodat bandaning manzuri boʻlsa,
Beh ul erdinki, uyda huri boʻlsa.
Va lekin etmasa shahvat judoligʻ,
Koʻngilgʻa tushsa qasdi kadxudoligʻ.
Diyonat istagudekni talab qil,
Agar topilmasa, kunjida xab qil.
Agar zangiy bachadur, koʻzlari koʻr,
U kim, mastura boʻlsa, bil ani hur.
Agar chandi ki boʻlsa bandazoda,
Ani sohib nasabdin koʻr ziyoda.
Tilining uzuni — sharmu hayosi,
Yuzining oqidur— erning rizosi-
Oʻshal xotunki nomahram nazardur,
Agar shamsu qamardur — mochaxardur
Agar chandiki buzrukzodadur oʻl,
Yaqin bil, toʻrt oyoqlik modadur ul.
Oʻshal xotunki yoshurmas yuzini,
Ki nomahramgʻa koʻrsatur oʻzini.
Ani man etmas erdur behamiyyat,
«Xulosa»da erur mundogʻ saviiyat.
Bogʻayrat er erur, rozi qazogʻa,
Yubormas ahlini toʻyu azogʻa.
Boʻlur rozi qora yerga tiqargʻa,
Qachon rozi boʻlur uydin chiqargʻa.
Gʻaraz, ey bandalar, nozir boʻlunglar,
Yomon yoʻl firqagʻa hozir boʻlunglar.
Bani Odamda bordur bir fariqa,
Tutarlar oʻzlarin ahli tariqa.
Alar shar’i Nabiyning dushmanidur,
Alarning oti ya’ni «ravshaniy»dur.
Alar oʻzlarigʻa orif qoʻiib ot,
Oʻqurlar omiylargʻa yaxshi abyot.
Va lekin aytishur behuda ma’ni,
Oʻzining yoʻligʻa solmoqqa ya’ni.
Alarda boʻlmagʻay hech yaxshi niyyat,
Ayolu ahlida boʻlmas hamiyyat.
Jami’i jonivorlar tushsa koʻzga,
Hamiyyatlik boʻlur toʻngʻizdin oʻzga.
Alarning fe’lidur toʻngʻuzgʻa oʻxshash,
Shariat munkiridur, ogʻzigʻa tosh.
Alarning fe’lini kim yaxshi bildi,
Boʻlib kofir, yonar oʻtgʻa yiqildi.
Boʻlibdur ham taqi bir firqa paydo,
Oti moʻmin vale nafsiga shaydo.
Yigʻarlar porayi boʻini yoʻgʻonni,
Solurlar oʻrtagʻa qizu juvonni.
Agarchi «ravshaniy» ermas, bu avbosh,
Vale bu ish shariat hukmidin tosh.
Bitibdur Bul Hasan ul yaxshi banda,
Kitobi «Tanbihuz — zolin» ichinda.
Bu aygʻon firqakim zollu muzilldur,
Shariat ahli bu eldin xijildur.
Inonsun deb taqi bir necha beaql,
Qilurlar Xoja Ahmaddin muni naql.
Xudoning doʻsti boʻlsa Xoja Ahmad,
Qilurmu hech muningdek bid’ati bad.
Shariatda edi ul ofitobe,
Qolibdur bizga ul erdin kitobe.
Oʻshal sulton bitibdur balki anda,
Chiqar mundogʻ fariq oxir zamonda. »
Aningdek firqa mal’uni Xudodur,
Alarning fe’li sunnatdin judodur.
Bu ishlar beshaku rayb, ey musulmon,
Oʻshal qutbi zamongʻa erdi yolgʻon.
Qayu erdinki, naql etsa bu ishni,
Inonmang zinhor andogʻ demishni.
Valiy boʻlsa ulugʻ yoʻldin toyarmu,
Xilofi shar’i Paygʻambar etarmu?
Aning sha’ninda yolgʻondur bu af’ol,
Agar chin boʻlsa, ermas sohibi hol.
Valiy bilmasmiz ul aygʻon kishini,
Qilib oʻtkan ekan shayton ishini.
Olib borsa kishi ahlu ayolin,
Koʻtarur behamiyyatlik vabolin.
Harom ishniki toat bilsa inson,
Erur bu e’tiqodi nomusulmon.
Birodarlar, bilinglar rohi Haqni,
Tuting dushman oʻshal aygʻon firaqni.
Qiyomat kun qoʻshilsa jon ila tan,
Qoʻpar har er oʻzini doʻsti birlan.

Hikoyat

Payambar dorida bir koʻr gadoyi,
Tilar erdi kelib chizi Xudoyi.
Turub erdi qaroshib ba’zi azvoj,
Gʻazab birlan qarodi shohi me’roj.
Dedilar: «Ey shahanshohi qaboyil,
Biz andin qochmaduk, koʻr deb bu soyil».
Alargʻa aydi ul sultoni abror:
«Agar koʻr boʻlsa ul, sizlarda koʻz bor!»
Alar: «Biz bilmaduk», deb zori qildi,
Guharlar koʻzlaridin joriy qildi.
Na soʻz Paygʻambar azvojigʻa, ey xok,
Alar erdi jami’i shubhadin pok.
Taajjub fitnalikdur bu zamona,
Tushubdur erlar ahvoli yomona.
Xiradmando, eshit mandin necha pand,
Bu soʻzga boʻlmadim omil agar chand.
Zamona xotunini yoʻlgʻa solmoq,
Erur oson ul ishdin qal’a olmoq.
Uzulmas solmani boʻynunga solma,
Agarchi olmadur ruxsori, olma!
Dame ayshiki, boʻlgʻay oxiri sard,
Ani xushlab, qabul etma uzun dard.
Bola deb solmagʻil joning balogʻa,
Bola birlan boʻlursan mubtalogʻa.
Musulmon oli boʻlsang olma olin.
Agar olsang qabul etma vabolin.
Qoʻyub Tangri taoloning rizosin,
Nechuk tandur qilur zan muddaosin.
Agar bor olgʻoningning yaxshi holi,
Dema xotun, degil dinning kamoli.
Xush ul zan, bilmasa behuda derni,
Suchuk lafzi bilan shod etsa erni.
Agar oʻn yil uyida boʻlmasa un,
Uni chiqmas uni ayturgʻa bir kun.
Bilur er oldida doduk oʻzini,
Va gar yuz tilsa, qaytarmas yuzini.
Agar oʻysa koʻzin kulfat bila shoʻy,
Turib uydin chiqorgʻa aylamas oʻy.
Sirin fosh aylamas gar gʻamda boʻlsun,
Agar tang boʻlsa aytur: «Boʻlsa boʻlsun!»
Agar zanni muningdek boʻlsa xishti,
Ani bilgil bu dunyoni behishti.
Ilikka tushsa mundogʻ nozanin gul,
Degil, bu sandadur boʻsanda, man qul.
Saroyi oxiratning zodidur ul,
Inoyat gulshanining bodidur ul.
Qaro dema, qara xush fe’lu xoʻyi,
Nekudur na koʻcha koʻrsa, na koʻyi.
Gʻanimat koʻr, topilsa xulqi xush koʻr,
Balodur joninga mohi suxan shoʻr.
Oqizur oqligʻin, gar kelsa tilga,
Qizil deb olmagʻil, badxoʻ qiz elga.
Yomon boʻlsa, na’uvzu billah, andin,
Ziyondin oʻzga hech kelmas yomondin.
Yomon xotun shayotin qamchisidur,
Qoʻlung bogʻlaguvchi argʻamchisidur.
Du olam nori boʻlsa nori ketsun,
Koʻzung koʻrmasga shum diydori ketsun.
Agar ul ketmasa san ket olib bosh,
Koʻtarib yurmagil togʻdin ogʻir tosh.

Hikoyat

Neku zotegʻa aydi bir neku xoʻy:
«Erursan bulajab munqodai shoʻy?»
Dedi: «Qasdim mani Tangrim rizosi,
Bitar bu oʻrtada er muddaosi.
Iki toat muyassardur bir ishda,
Nechuk sunmay boʻyun amr aylamishda?
Shayxi komil istamakning bayoni
Kel e soʻfi, umid etsang safodin,
Qarish chiqma tariqi Mustafodin.
Amal qil, ittiko qilmay amalga,
Tavakkul aylagil azza va jallga.
Amal qilmay safo boʻlmas koʻngilda,
Oyogʻsiz hech kishi yurmadi yoʻlda.
Qachon qoʻlsiz kishi boʻlgʻay shinovar,
Shinovarman desa, hech qilma bovar!
Solibdur ahli sunnat rohi omma,
Bu yoʻldin chiqmagʻil oʻzga maqoma.
Dema, tutdum falon buzruk ishini,
Qoʻya koʻrma Nabini qilmishini.
Oʻshal buzrukki sohib himmatidur,
Rasulullohning xos ummatidur.
Payambar qilgʻonidin qilmagʻay tosh,
Agar chandiki boʻlsa koʻz bila qosh.
Shariat hukmidin tashqi riyozat,
Emas toat, qabohatdur, qabohat.
Amal qilmoq uchun kirsang bu yoʻlgʻa,
Kerakdur sham’i ilm albatta qoʻlgʻa.
Qorongʻuda qadam qoʻysang yozarsan,
Agar koʻz boʻlmasa, yoʻldin ozarsan.
Erur chunki ajoyib purxatar roh,
Qadam qoʻysang, oyogʻ ostidadur choh.
Tuzuk yoʻl deb qadam oʻtru solursan,
Quduqgʻa tushganing tuymay qolursan.
Koʻzung gar boʻlmasa, ey aqli hushyor,
Asokashsiz qadam hech qoʻyma zinhor.
Agar olim soʻzin xoʻb tutsa omil,
Ani omiy dema, de «mardi komil».
Udur johil — bilib murshid oʻzini,
Quloqgʻa olmagʻay olim soʻzini.
Diyonat behidur ilmi aqoid,
Tamursiz shoxa su bermak na foyid?!
Bu mahkam tub shajarni shoxi — a’mol,
Libosi boʻldi taqvo, mevasi — hol.
Ajab asleki, far’i fissamodur,
Chiqorur hodiyi ilm rahnamodur.
Biduni ilm agar qoʻysang anga poy,
Toyib ketsang sani ahvolinga voy.
Ilikka domani hodiyyi ilm ol,
Chiqib shoyad yegaysan mevayi hol.
Ajabdur yerdagʻi turgʻon amogʻa,
Uzotur ilgin asmori samogʻa.
Zaife aysa: «Befiqhi zaruriy
Muyassardur manga toat sururi». 
Oʻquy bilmasa zohir lafzi Qur’on,
Nechuk tafsirini bilgay ul inson?
Agar magʻzin olibdur mardi tohir,
Nechuk qoldi koʻrunmay qishri zohir?!
Erur din ilmi chun zardolu, ey doʻst,
Mulazzazdur aning ham magʻzi, ham poʻst.
Birodarlar, budur bu qulning arzi,
Valiy boʻlgʻaymu, qilgʻon tarki farzi?!
Erur fiqhi zaruriy farzi ayni,
Yomondur turfa nodonligʻni shayni.
Bu tark uzra boʻlur tarki faroyiz,
Nechuk boʻlgʻay vale tongla oroyiz?!
Agar ul bilmasa ilmi aqoid,
oʻlur ul akbari osoma oid.
Aningdek telba kasni, ey neku zot,
Valiy bilma, agar koʻrsang kushufot.
Yumub koʻz, uyquda koʻrgan bila kas,
Valiy bilmas ani mardi suxanras.
Bu koʻrmakdin oʻzin bilsa ziyoda,
Degil, otdin tushub, boʻldi piyoda.
Burungʻi holidin qildi tanazzul,
Tushar sarkashli qulning boʻinigʻa gʻul.
Na yaxshi yor, oʻzin koʻrsa gunoqkor,
Boʻlur koʻrgan sari qoʻrqunchi bisyor.
Agarchi boʻlsa koʻb pinhon sujudi,
Koʻrunmas zarracha orif vujudi.
Rizoyi Haq ani maqsudi boʻlsa,
Hayovu ilmu hilmu judi boʻlsa.
Aning ixlosi qulluq boʻlsa —u bas,
Riyodin boʻlmasa koʻnglida bir xas.
Jam’i ishlarin solsa Xudogʻa,
Qoʻlin topshursa bir hodiy rizogʻa.

Hikoyati imom Shayx Basriy

Imomi ahli sunnat Shayx Basrii,
Umid uldurki jannat boʻlsa qasri.
Aning bor ardi bir omiy muridi,
Va lekin tanda erdi kashfu dudi.
Muridi kelmadi bir necha ayyom,
Oʻzi topdi ani ul shayxi islom.
Dedi ul omini qilmoq uchun ol:
«Manga asroring aygʻil, ey neku hol»
Dedi: «Har gahki xufton kelsa qarshi,
Yetarman lahzada ayvoni Arshi.
Maloikdek boʻlib Arsh ichra mumtoz,
Xudo birlan uzun shab aytaman roz».
Dedi: «Borsang oʻshal manzilgʻa chun bod,
Bu miskin otini ham aylagil yod».
Yana kechaki ul manzilga yetdi,
«Hasan» otin tiligʻa joriy etdi.
Buzulgʻon koʻrdi joyi dilkushoyin,
Najosatxonayeda koʻrdi joyin.
Yaqin bildi, muni shayton qilib kayd,
Qilur erkan ani har kechasi sayd.
Inobat qildi borib, qayta boshdin,
Muyassar qildi ilm otligʻ quyoshdin.
Buzar botilni tuz olimni oti,
Fakayf, ul yerda hozir boʻlsa zoti?!
Arigʻ ilmu amaldur, rahbari hol,
Bu ikki bol bilan uchqon ichar bol.
Agar boʻlmasa ilming, ey sabuk sayr,
Bilur boling vaboling barchasi xayr.
Agar bilsang neku af’oli baddin,
Na’uvzu billah, andogʻ moʻ'taqaddin.

Ma’viza

Kel e oqil, buyursang aqlingishga,
Oʻzingdin ketmagil dono demishga.
Agar bolo chiqib, ketsang oʻzungdin,
Yiqilgʻoysan toyib yerga yuzingdin.
Oʻzin dono tutib, kibr aylamoqdin,
Na chobuklar yiqildilar oyoqdin.
Agarchi har kecha dil maxzanina,
Boqarsan koʻgx turib, koʻbturma siyna.
Agar chandiki boʻlsang qutbi abror,
Degil: «ne donishim, ne don ishim bor!»
Niholi mehnating bersun desang bar,
Rizoyi Haq uchun ilm et muyassar.
Agar yogʻingda boʻlsa gil riyosi,
Qachon boʻlgay chirogʻingni ziyosi?!
Agar qoli riyodin xoli ermas,
Haqiqat ul kishining holi ermas.
Oʻqur boʻlsang, oʻq ur nafsing koʻzina,
Qara chin koʻz bila Mushaf yuzina.
Muhaqqaq olim uldur odil oʻlsa,
Na koʻb jo dil yugurtib, jodil oʻlsa.
Jadaldin qol, ki qil ustindadir qol,
Yiqitsang yo yiqilsangdur zabun hol.
Vujuding uqbasi ermas alosha,
Tal osha kelgan oʻlturmas talosha.
Oʻqurdindur gʻaraz Tangri rizosi,
Na ul ilmeki boʻlgʻay xalq izosi?!
Yonib kelganda mehnat sham’i, ey yor,
Yonib tutma havo bodigʻa zinhor.
Zamona xalqi aksar tolibi qadr,
Boʻlay deb sadri majlis, qon qilur sadr.
Oʻqubdursan agar xolis ma’oni,
Yurak qoni bilan osori qani?
Agar qildiig muyassar ilm ishidin,
Oyogʻing bosma egri koʻr kishidin.
Bilib oʻz dushmaning qilmading harb,
Koʻrib oʻgqa oʻzing solmoq, nechuk zarb?
Muvofiq ilmiga qilsa ishini,
Degil arbobi ilm andogʻ kishini.
Tavarru’ shahrida, ey mardi koriy,
Keraqdur albatta qori vaqori.

Hikoyati badbaxton

Bitibdur «Jomi’i Mishkot» ichinda,
Nabiydin soʻrdi bir soʻrgʻuvchi banda:
«Yomonlarning yomoni qaysi inson?»
Javobin bermadi anga oʻshal on.
Uch aygʻon soʻng javobin berdi oni:
«Yomon olim yomonlarning yomoni!»
Taqi aydi oʻshal hamrozi mahbub:
«Erur xoʻbning xoʻbi ham olimi xoʻb!»
Ded*i Paygʻambari olamgʻa hodiy:
«Erur doʻzaxda bir shiddatli VOdiy.
Oʻshal vodiyni «Jubbul —huzn» atodi,
Riyolik qorilar joyi u vodiy.
Jahannam kunda toʻrt yuz qatla andin,
Panoh istar Xudoyi Zul—minandin».
Xudovando, yirogʻ etgil. riyodin,
Ayirma sidqu ixlosu ziyodin.

Mav’iza

Kel, e zohid, qoʻlungdin berma toat,
Ziyod et toating soat basoat.
Uyotlig pesha qil, xavf et tama’din,
Riyozat ayla taqvovu vara’din.
Farogʻat birla hech oshiq yetarmu,
Kishi roqat elin oshiq etarmu?
Agar qul xojasin joʻyanda boʻlsa,
Yotarmu yoʻlda oshiq, banda boʻlsa.
Yegil kam, kecha turmoqdin yesang gʻam,
Boʻlur ish kam, agar koʻb toʻlsa ishkam.
Egam axd etsa: «Fatlubniy tajidniy»
Qoʻyarmu bandalar bu jahdu jidni.
Arigʻ jisming agar boʻlsin desang sogʻ,
Sanoch ogʻzin san och, albatta kamrogʻ.
Riyozat mevasidur misli yongʻogʻ,
Agarchi zohiri shax, botini yogʻ.
Maishat avvali narm, oxiri qaxr,
Yilonni toshi yumshoqdur, ichi zahr.
Belingni bogʻlagil xizmatga chun nay,
Shakar toʻldursa shoyad qalbinga Hayy.
Riyozat xokigʻa har kecha ur bosh,
Yurak qon bogʻlasa, la’l atanur tosh.
Bilur oqil bu dunni sijni badboʻy,
Baland uy istasang, nafsing koʻzin oʻy.
Toʻshab qolin, yopib toat jamolin,
Qoʻyubsan boshinga bolin vabolin.
Tila nafsing tila toatga kam —kam,
Magar boʻlgʻay egilmas gardani xam.
Koʻzingdin ayla gʻaflat uyqusin dur,
Va lekin boʻlmagʻil toatta magʻrur.
Agarchi boʻlsang ahli ilm, zuhhod,
Takabbur qilmagʻil, aslingni qil yod.
Takabbur aylamoq shayton fi’oli,
Yigʻiyu zoridur odamni holi.
Riyozat birla ham ochsang koʻzungni,
Azozildek ulugʻ tutma oʻzungni.
Agar yerni yuzina aylasang dars,
Takabbur qilmagʻil, boʻlgʻil Xudo tars.
Saning kirgan yoʻlung turfa uzoqdur,
Oroda soni yoʻq bandu tuzoqdur.
Ajsb yoʻldur oroda koʻb xatar bor,
Kishi bilmas, chibin yetgaymu, shunqor?
Kishi bilmas, bu ummon ostida fosh,
Javohir pora qiymatdurmi yo tosh?
Agar chandiki gavhar poradursan,
Yaqin bil, bandasan, bechoradursan.
Hamisha bandadindur zori qilmoq,
Na haddur boshini yuqori qilmoq?!
Tavozu’lik boʻlub, tuggʻil oʻzing kam,
Shajarkim, mevalik boʻlsa, boʻlur xam.
Terakkim, ul koʻtardi yuqori bosh,
Samarsiz boʻldi, koʻrdungmi ani fosh?!
Kishikim, xoki roxdur, beriyodur,
Qadam tufrogʻi koʻzga toʻtiyodur.
Ketar damda toʻloydin past oʻtar kun,
Sabo chiqsa boʻlur olamdin ustun.
Na boʻlgʻay qatradek tutsang oʻzing gum,
Guxar boʻlsang, taqilsang toji mardum.
Agar fayz istasang qilma takabbur,
Buyukgʻa oqmagʻay baxr oʻlsa xam pur.
Agar tutsang tariqi Mustafoni,
Yomon koʻydur takabbur, kuydur oni.
Ogʻir tutdi oʻzini sangi xora,
Talab bozorida kirmas shumora.
Kichik bildi oʻzining qolini dur,
Baxosidur xaridor oldida pur.
Egarmish jazbi ishq shikasta kasni,'
Yigʻar girdob aksar xoru xasni.
Agar nafsing xamisha tutmasang kam,
Durust ixlos birla boʻlmagʻay xam.

Hikoyat

Azize komileni joqili xom,
Qabiqa lafzi birlan berdi dashnom.
Tutub saqolini ul mardi xushxoʻ,
Der erdi oʻz— oʻziga: «Ey xunuk roʻ!
Saning rasvoligʻingni ertayu kech,
Oʻzum aygʻongʻa bovar qilmading hech.
Bu moʻmindin eshitib keltur insof,
«Nekular axliman», deb urmagʻil lof!»
Ana insof, ana xulq, ey birodar,
Oʻzingni aybinga san yopma chodar.
Agar san qilmasang nafsing shikasti,
Yetar soqolinga har kunda dasti.

Tavakkul Bayoni

Kel e oshiq, koʻngilni aylagil bir,
Tariqi ka’bai maqsudinga kir.
Nechuk boʻlgʻay debon andisha qilma,
Tavakkul ayla, oʻzga pesha qilma.
Tavakkul bandani yoʻldoshi boʻlsa,
Ajab ermas qaro tosh oshi boʻlsa.
Agar qimmat kishining yori boʻlsa,
Ajab yoʻq jazralar bozori boʻlsa.
Yetar oxir tavakkul aylagan qul,
Tavakkul qil, tavakkul qil, tavakkul.
Erur bir ixtiyori juz’i sandin,
Talab qilgʻoninga yetkurmak andin.
Agar tutsa Xudo qul xotirin pos,
Chiqar qar goʻshayedin Xizru Ilyos.
Agar bitkarsa Mavlo qul ishini,
Qilur mushfiq koʻziga qar kishini.
Agar lutf aylasa, boʻston boʻlur choʻl,
Olov oʻrtasida paydo boʻlur yoʻl.
Oʻtarda ajdar ogʻzin sursa poying,
Ziyon etmas, omon etsa Xudoying.
Egam «qum!» dedi, ul qumdin qoʻpub chust,
Muhabbat qumqumidin qil oʻzing shust.
Buzugʻ yerda yotib boʻlmas ishing beh,
«Makonan toyyiban fazhab biavniq».
Agarchi boʻlsa sanda axlu farzand,
Yarotibdur alarni ham Xudovand.
Oʻzi qildi alarni jism ila jon,
Berur albatta jon bergan Xudo non.
Aziz jon chiqmasa qoliblaridin,
Kamaymas ne’mati Haq lablaridin.
Sanogʻligʻ umrdin to jon tutanmas,
Yaqin bilgil, ogʻizdin non tuganmas.
Agar daryo tubida boʻlsa joying,
Bahona birla yetkurgay Xudoying.
Gʻaraz, har qayda, ey farzandi odam,
Sanogʻliq roʻzi hargiz boʻlmagʻay kam.
Kishining boʻlsa mundogʻ e’tiqodi,
Anga boʻston erur har qaysi vodiy.
Vujuding xoru xoshoki qolindur,
Yolinsang ham havo oʻchmas yolindur.
Minib himmat buroqin chiq qolindin,
Yolin mahkam tutub, sachrat yolindin.
Yetibdur soli umrung, ey tabah hol,
Tavakkul soli maqsad bahrina sol.
Kirib jon bahrina, ey nafsi zolim,
Dema, solim maning yetgaymi solim.
Yetar — yetmasligidur hukmi Rabda,
Eranlar shartidur oʻlmoq talabda.
Tavakkulni talab qil, odamizod,
Yugurgil ka’bai maqsudgʻa chun bod.
Kirib yoʻlgʻa, koʻrub a’lomu osor, U
zun bar deb gumonbar boʻlma zinhor.
Bu bormoqda agar barmoq solur sher,
Qachon qaytar tavakkul aylagan er.
Xatardin ahli himmat xira boʻlmas,
Agar el tira tutsa, tiyra boʻlmas.
Tavakkuldin kishi kim olsa bahra,
Qachon zahra urar, gʻarq oʻlsa zahra.
Yema roʻzi gʻamin hech yerda, ey yor,
Kim asroring bilur, ul yaxshi asrar.
Xudogʻa qilsa har kim xoʻb tavakkul,
Na yerda boʻlsa, zoye boʻlmas ul qul.

Abdulloh ibn Muborak hikoyati

Muborak oʻgʻli bir kun ozgʻishib roh,
Ajoyib suvsagʻonda koʻrdi bir choh.
Kechurdi koʻnglidan: topildi matlub,
Agar dalvu rasan boʻlsa edi xoʻb.
Oʻshal damda bir ohu keldi suvsab,
Toshib chiqdi quduqning ogʻzigʻa ob.
Ul ichgan soʻng oʻshal shah bordi chahga,
Yetar —etmasda ul suv tushdi tahga.
Dedi: «Yo Rab, berursan ohuta ob,
Manga bermassan, ey sultoni Vahhob!»
Nido keldi oʻshal vajhi hasangʻa:
«Tiling bordi sani dalvu rasangʻa.
Oʻshal ohuki koʻrding chiqti barga,
Tavakkul qilmadi mandin digarga».
Eshitib bul nidoni boʻldi behush,
Ichidin qulzumi zavq ayladi joʻsh.
Muhabbat jomi hoʻl qildi tomogʻin,
Tiriklikda unutdi suvsamogʻin.
Edi avvalda ham er atqiyoda,
Yuz oncha himmati boʻldi ziyoda.
Mane miskin tavakkul bobida dogʻ,
Tushubdur himmatim kundin zabunrogʻ.
Hamisha nafsi zishtim mubtalosi,
Maningdek bormu hech moʻmin bolosi?
Iloho, bahri himmatdin qilib ser,
Mane xunsogʻa erlar nash’asin ber.
Erurman aqli yoʻq, idroki yoʻq qul,
Na tamkin bor, na himmat, na tavakkul.
Gila bottim, gila qilmam kishidin,
Koʻrarman barcha oʻz nafsim ishidin.
Bu moʻminlar ichida bir baloman,
Buzuq yoʻldin chiqolmay mubtaloman.
Boʻlubman gʻarqi bahri iztiroba,
Xarob oʻlmish tushub nafsi xar oba.
Erur koʻnglumda koʻb rozi nihoni,
Yuzum yoʻqdur turub ayturgʻa oni.
Oʻzungsan Olimus — sirril — xafiyyot,
Muayyandur sanga majmu’i holot.
Agar qaytarmasang royim varodin,
Qutulmasman muningdek mojarodin.
Agarchi soni yoʻq bu qul gunohi,
Giriftori gʻazab qilma, Ilohi!

Darvishlik Bayoni

Kel e darvish, agar darvish atonding,
Tariqat ahli nek andish atonding.
Axar oting xilofi bandalikdur,
Qiyomat kun nechuk sharmandalikdur.
Qurut ot birla oʻtgan hayf avqot,
Uyongʻil, boʻdma magʻruri quruq ot.
Quruq yurma, quruq dasti ajalda,
Solur nogoh gumon etmas mahalda.
Oʻzingdin ketma ixlosi avoma,
Suyunma noma kelmay yaxshi noma.
Kishi roʻda kirib gar yursa roʻda,
Qachon vosil boʻlur durri shuhuda.
Sivoni nafy ekanin aylab isbot,
Tavakkul bahrina bot, ey koʻngil bot.
Na boʻlgʻay, kirsa qoʻlgʻa durri maqsud,
Va gar na suvda yurgandin nechuk sud?
Koʻngil Haq fayzina boʻlsun desang chok,
Ki avval martaba — halqingny qil pok!
Yema zarra harom ogʻishta nondin,
Boʻlur chohe najas bir qatra qondin.
Agar osh manhi boʻlsa, koʻz yumub osh,
Va gar na tongla qorningdin chiqar tosh.
Erur xardalcha manhi zahri qotil,
Qilur bir qatra may xum suvni botil.
Harom oz boʻlsa ham koʻbdur yomoni,
Samoniy boʻlsa ham bilgil samm oni.
Bitiklik «Shir’a»da, ey lobisi dalq,
Faroyiz a’zamidur pokiyi halq.
Qayu toatki ul marzoyi Rabdur,
Yaqin bil, quvvati luqma sababdur.
«Kifoyai Sha’biy»da bul bitildi,
Rasululloh soʻzidin naql etildi:
«Arigʻsiz luqma birlan qilsa toat,
Qabul ermas oʻshal qilgʻon ibodat».
Xudoning man’ini nafs istaganda,
Agar bir zarrasin tark etsa banda.
Ibodatlarki boʻlgʻay insu jindin,
Bu aygʻon bandalik afzaldur andin.
Agar tark etsa zarra shubha, ey yor,
Dedi, yuz hajdin ortyq, ey neku kor.
«Risolayi Abullays» ichra mazkur,
Nabiydin qildi naql ul ma’dani nur:
«Libosida harom ogʻishta boʻlsa,
Oʻshal ogʻishtasi bir rishta boʻlsa.
Oʻshal toʻn birla oʻtkargan namozi,
Qabul ermas» — dedi ul bahri roziy.
Siyom ila agarchi oʻtsa kunlar,
Qiyom ila kechursa barcha tunlar.
Riyozat birla oʻtkarsang ba har kayf,
Arigʻ boʻlmasa luqmang, mehnating hayf.
Manohiy rangidin oshing boʻyogʻligʻ,
Bu yogʻligʻ osh ila hayf u yogʻligʻ.
Faroyiz a’zamin qilgʻon kishi tark,
Muhabbat boʻyini qaydin qilur dark.
Oting chiqti ibodat ahli xalqa,
Egurding halqa, shubha solma halqa.
Koʻnulsun tan desang, zuhd ayla pesha,
Ochilsun ich, desang, pok ich hamisha.
Agar ogʻzingdadur boli vaboliy,
egil uldur hamim, ey mardi holiy.
Agar manhiy emas boʻlsa ba’iding,
Boʻlur koʻp va’dalik iyding va’iding.
Agar qilsa kishi lima valima,
Giriftor oʻlmagʻil ranji alima.
Taomeki agar anda xatardur,
Yaqin bil, lujjayi oʻgdin batardur.
Agar boʻlsa harom ul luqmai shum,
Ani ne’mat dema, de zahri zaqqum.
Nadur zaqqum, erur ta’zibi saxti,
Jahim ostida bitgan bir daraxti.
Jami’i zahr hargiz boʻlmas andogʻ,
Yeganni qorni qaynar mis qozondogʻ.
Ichining bori pora —pora boʻlgʻay,
Ilojin topmagʻay, bechora boʻlgʻay.
Iloho, koʻnglumizni begumon et,
Oʻshal sharmandaliklardin omon et.

Hikoyat

Eshittil Ahmadi Hanbalga bir yavm,
Dedi bir beva zan: «Ey hodiyi qavm!
Chirogʻim yoʻqtur aslo, ey ulugʻ narx,
Oʻgurur erdim oy yorugʻida charx.
furu ketti jahon ayvonidin moh,
Xalifa oʻtti mash’al birla nogoh.
Ani ravshanligʻida chustu cholok,
Oʻgurdim bir —iki yoʻl charxim, ey pok.
Manga ul rishtam, ey qutbi zamona,
Javob aygʻil, halol oʻlgʻaymu yana?»
Imom aydi: «Bu gʻaflat olaminda,
Nechuk zansan muningdek din gʻaminda?»
Zaifa, aydi: «Ey maqbuli.vofiy,
Maning hamzodim erdi Bishri Xofiy».
Eshitti Bishr otin, koʻzdin toʻkib ob,
Dedi: «Sizga ravo yoʻq, ey durri nob!»
Aningdek mar’aning tufrogʻi, ey meh,
Bizingdek yuz ming erning qonidin beh.
Darigʻo, er otin bulgʻab yuribmiz,
Imoma bir abas chulgʻab yuribmiz.
Lachak ortuq bizing dastorimizdin,
Eranlar or etar kirdorimizdin.
Havas bozorida, ey mayli koʻp nafs,
Yemak birla qilibsan gardaning gʻafs.
Sanga sud aylamas bu jismi varming,
Qilib shar ming, biror kelmasmu sharming?!
Boʻlub sharmandalik daryosiga gʻarq,
Yomonu yaxshini farq etmagan farq.

Suchuk Tillik Boʻlmoqni Bayoni

Kel e obid, oʻzingni aylagʻil xok,
Haromu shubxadin qalqingni qil pok.
Ochuq qoʻllik, kuvdoda yuzli boʻlgʻil,
Muruvvatlik, muloyim soʻzli boʻlgʻil.
Bu xislatlar muvofiq boʻlsa sanda,
Umid ulkim Xudoyim desa banda.
Musulmon oʻgʻlida boʻlsa suchuk til,
Olib kelsa boʻlur bir qil bila fil.
Suchuk lafzi bilan Moʻre xiradmand,
Solur zoʻr ajdoqoni ogʻzigʻa band.
Suchuk til boʻlsa qaysi muxtaramgʻa,
Solur koʻkdakini zeri qadamgʻa.
Suchuk lafzi bilan bexarbu bezarb,
Birovni keltirurlar sharqdin gʻarb.
Eranlar olmayin bir igna qoʻlgʻa,
Solurlar necha gumrohlarni yoʻlgʻa.
Suchuk tildir ajab ganji muazzam,
Ato qilgʻon bilan xech boʻlmagay kam.
Dema xarfiki boʻlsa bema’oniy,
Agar til zaqarlik boʻlsa, til ani.
Kalidi ganji ma’nikim zabondur,
Anga bir nuqta koʻb boʻlsa ziyondur!
Qilur qatgigʻ takallum oʻng ishing chap,
Soʻzing tiklab, koʻngil buzgʻuncha tik lab.
Agar soʻz jona paydo qilmasa soʻz,
Ani soʻz demagil, e majlis afroʻz.
Agar tutsang ulugʻlarning ishini,
Nabot et til, na bot ogʻrit kishini.
Sovuq aygʻuncha, ey xalqi zamona,
Zabona xavfidin muxr et zabona.
Chu Noʻ’mon muxrida bul erdi maktub:
«Qulil — xoyra va illo faskut», ey xoʻb.
Sovugʻ soʻzdin boʻlur iymon qorongʻu,
Zarardin oʻzga yoʻqtur, naf’i bormu?
Ba har joye tilingni saqla zinqor,
Kishi tilning yomonidin boʻlur xor.
Yomon til goxi sargʻaytur yuzingni,
Tuban boshingni, telmurtur koʻzingni.
Yomon til ikki olamda zarardur,
Gaxe isyon, gaqe xavfu xatardur.
Yomon til shumligʻi ki jongʻa urgʻay,
Gahe jondin oʻtub, iymongʻa urgʻay.
Musulmon oʻgʻligʻa yaxshi qiliq qil,
Tilingni xush, chiroyingni iliq qil.
Ogʻizdin soch, yerinda durri ma’ni,
Agar boʻlmasa xomush ayla ya’ni.
Agar boʻlmasa sanda soʻzga yetmak,
Na davlatdur sukut etmak, eshitmak.
Eshit, ammo qayu soʻz boʻlsa behroq,
Qulogʻinga ani halqa qilib toq.
Quloq, koʻzdin, qoʻlungdin, polaringdin,
Soʻrar tongla tamom a’zolaringdin.
Eshitsang naf’i yoʻq soʻz, ey neku zot,
Ani ham goʻsha olma, goʻsha chiq yot.
Kishi sanchiq soʻz aytsa, san chiq andin,
Yomondin qoch, yomondin qoch, yomondin.

Hikoyati hazrati Luqmon

Nasihat qildi farzandigʻa Luqmon:
«Sanga johil kishi bahs etsa, ey jon!
•Javob aygʻil anga shirinu yumshogʻ,
Magar boʻlgʻay jaholat xamridin sogʻ.
Agar naf’ etmasa, qilma i’oda,
Boʻlur aygʻon sari jahli ziyoda.
Anga sud etmasa aymogʻ savobi,
Sukut etmakdur anding soʻng javobi».

Ikki moʻmin bir-birigʻa xayr qilmogʻi

Kel e moʻmin, hamisha xush inon boʻl,
Musulmon boʻlsa har kim mehribon boʻl.
Ochilgʻaysan ani koʻrganda guldek,
Tavozu’ ayla xizmatkor quldek.
Sarigʻ yogʻdek anga boʻlgʻil muloyim,
Suchuklikni asaldek ayla doim.
Tut ul doʻstingni sut ustida qaymoq,
Aziz joningcha koʻrgil, balki behroq.
Xudoning buyrugʻidin toysa nogoh,
Birodarlik oʻshaldur — qilsang ogoh.
Birodar jismiga jondek yugursang,
Talattuf birla ul yoʻldin oʻgursang.
Agar chandiki qilsang mehribonligʻ,
Sani yaxshi soʻzing bilsa yomonligʻ.
Tiling zaxmi bilan qilgʻil jarohat,
Uyolib shoyad etkay istimo’at.
Agar til zaxmi anga qilmasa kor,
Qoʻlingdin kelsa, qilgʻil zarb nochor.
Bularni barchasidur mehribonligʻ,
Tarahhumdur anga ermas yomonligʻ.
Bu sa’y etkon bilan hech boʻlmasa tuz,
Koʻrarda oshinoligʻ rishtasin uz.
Vale botinda shogʻil boʻl duogʻa,
Aning ahvolini solgʻil Xudogʻa.
Kishi kim boʻlsa moʻminlikda mavsuf,
Erur vojib u qulgʻa amri ma’ruf.
Koʻzi yoʻq moʻmine borur edi roh,
Nazar qilding, ani oldidadur choh.
Xabardor etmasang, uldur xiyonat,
Qayu insof erur, qaysi diyonat?!
Figʻonu dod oʻshal bino qulidin,
Agar qaytarmasa doʻzax yoʻlidin!
Kishi yopsa quduq ogʻzigʻa chodar,
Nechuk dersan aningdekni birodar?!
Va lekin amri ma’ruf aylagan mard,
Oʻzi boʻlgʻay amallik sohibi dard.
Agar omir emas rosix ishiga,
Qachon ta’sir etar oʻzga kishiga?
Agar oldingda tifle boʻlsa nogoh,
Yonar oʻtgʻa tusharni bilsang ogoh.
Uzatmas boʻlsang anga dasti altof,
Nechuk boʻlgʻay musulmonligʻda insof?!
Bizingdek sharmi yoʻq, insofi ioʻq jism,
Boshinda magʻzi ma’no yoʻq quruq ism.
Ishimizdur riyovu hiyla, tazvir,
Qilur aygʻon soʻzimiz kimga ta’sir?!

Koʻzni Haromdin Yummoqni Bayoni

Kel e moʻmin, agar tarsanda boʻlsang,
Koʻzingni saqlagʻil, har qanda boʻlsang.
Quyi boʻlsin hamisha nuqtayi chashm,
Mabodo boʻlmagʻay bolo tushub xashm.
Nazar qilgʻuncha bad, ey nafsi ma’yub,
Tushub koʻz nuqtasi koʻr boʻlgʻoni xoʻb.
Saodatdur nazar boʻlsa qadamda,
Tajovuz aylagach, boʻlsa nadamda.
Agar qon chashma boʻlsa chashma, ey meh,
Xatarlik yerga tushgandin erur beh.
Na xushdur diydai tarsanda boʻlsa,
Va gar na kosasidin kanda boʻlsa.
Xatardin yum koʻzing, i’lonu xiyfa,
Nechukkim yumdi qoʻrqub Bu Hanifa.
Yurakim sof erur, deb urmagʻil lof,
Alarcha boʻlmagʻaysan, keltur insof.
Qaroring qoʻymasang, eltib qaroring,
Olur shayton zimomi ixtiyoring.
Baqosiz ma’siyatlarga baqosiz",
Nechuk oʻz joningizgʻa oʻt yoqosiz ?!
Banogoh tushsa nomahramki koʻzga,
Ikinchi boqmagʻil zinhor u yuzga.
Ikinchi chunki shahvatdin xatardur,
«Nihoya»kim kitobi moʻ’tabardur.
Dedi kim boqsa nomahram yuziga,
Quyarlar tongla qoʻrgʻoshin koʻziga.
Bitibdur «Shir’a»da ul sohibi bazl,
Kishi kim qilsa nomahram bila hazl.
Aning har bir soʻziga, ey xiradmand,
Boʻlur doʻzaxda to ming yilgacha band.
Agar ul iltizom etsa xaroma,
Taqi ul nusxada tortildi xoma.
Qiyomat kunga dorugir etarlar,
Ani shayton bila zanjir etarlar.
La’in shaytonki boʻlgʻay dushmani shax,
Aning birla boʻlur madxuli doʻzax.
«Xulosa»vu « Xizona», «Sharxi Avrod»
Bitibdur balki chandon nusxada yod.
Juvon xotunki nomaxram emishdur,
Salom etmak anga mamnu’ demishdur.
Berib boʻlmas, javob etsa salomi,
Erur avrat aning savti kalomi.
Juvon xotunki avrat boʻlsa ovoz,
Qabohatdur kishi kim boʻlsa damsoz.
Gʻaraz, e odamiy, saqla oʻzungni,
Ki nomaxram sari solma koʻzungni.
Ki nomahram sari boqgʻuncha beqil,
Bex ulkim koʻzlarigʻa tortsalar mil.
Bu dunyo mili oʻggay bir zamonda,
Qiyomat milidin tutgʻay omonda.
Qiyomat kun ajab, shiddatli kundur,
Gunohkor odam oʻgʻli sarnigundur.
Qizar koʻb farqi sar issigʻda chun tos,
Boʻlur sargashtalar parvonadek nos.
Tegar oʻtdek oyogʻ ostida tufrogʻ,
Boʻlur yungdek zamin ustidagi togʻ.
Boʻlur koʻp xalq oʻzining jonidin sir,
Bu gʻamdin toki goʻdaklar boʻlur pir.
Yoshurmoq boʻlsa qaysi roʻsiyohlik,
Ilik soʻzlab, oyoq bergay guvoxlik.
Tamom a’zolari da’vo qilurlar,
Xaloyiq oldida rasvo qilurlar.
U kun da’vosini hech daf’i boʻlmas,
Pushaymon boʻlgay, ammo naf’i boʻlmas.
Aningdek voqealardin burunrogʻ,
Oʻzingni ayla gʻaflat xamridin sogʻ.
Pushaymon boʻlsang ul qilmishlaringdin,
Dilu jon birla yonsang ishlaringdin.
Na boʻlgʻay kim qabul etsa Xudoyim,
Qiyomat shiddatin qilsa muloyim.
Qayu qulni Xudoyim qilsa mamnun,
Boʻlur yoʻlboshchisi Paygʻambar ul kun.
Boshida soya boʻlgay Arshi a’zam,
Farishtalar koʻngil bergay damo—dam.
Inoyatnomasin qoʻlgʻa olurlar,
U kunni oʻtganin tuymay qolurlar.
Ilohi, ayla muxlislar bilan yod,
Bu qulni aylagil, ul Kundin ozod.

Hikoyati Shayx Bastom

Qarigʻon pallasida Shayx Bastom,
Oʻzidin soate ketti bir oqshom.
Oʻziga keldi ersa, aydi ahbob:
«Nagʻu boʻldi munungdek, e durri nob?»
Dedi: «Boligʻ boʻlur holatda bir rox,
Koʻzumga bir jamila tushdi nogox.
Yenib bori digar soldim nigohim,
Chiqib erdi esimdin ul gunohim.
Esimga tushdi holo ul nazora,
Yuragim boʻldi qoʻrqub pora —pora».
Muborak otzidin koʻp tomdi qoni,
Oʻshal xavf ila oxir chiqti joni.
Munungdek yigʻlasa andoq neku roy,
Bizingdek roʻsiyahni holigʻa voy.
Hamisha zavqimiz ayshu kulushga,
Yetushmas erta qilgʻon tavba tushga.
Oʻtar dunyo ishin tutdik muqaddam,
Gunoh ayniqsa koʻb, qoʻrqinchimiz kam.
Xudovando! Oʻzungsan Olimi gʻayb,
Mane miskindadur hech soni yoʻq ayb.
Gunohi benihoyat bandadurman,
Bu koʻb sharr manda chun sharmandadurman.
Abas birla qoʻlumdin ketti vaqtim,
Amal mehrin yoshurdi abri maqtim.
Jarimam beadad boʻlsa agar chand,
Hijobi magʻfirat yop, ey Xudovand.
Yuvib rahmat bilan vajhim qorasin,
Nasib et barcha ne’matlar sarasin.

Xudoni Ne’matlarigʻa Fikr Aylamoqni Bayoni

Kel e ozoda, voqif boʻl koʻngilgʻa,
Koʻngil yoʻlboshchidur qurbatli yoʻlgʻa.
Tafakkurning qushin hech qilma gʻofil,
Palagʻda boʻlmagʻay to bayzai dil.
Tafakkur murgʻi doim boʻlsa damsoz,
Umid uldurki andin uchsa shahboz.
Aningdek boz ila chun aylasang qayd,
Koʻngil qushlarini qilsa boʻlur sayd.
Koʻngil har goh salohiyatda boʻlsa,
Topar banda qayu niyatda boʻlsa.
Hama a’zo raiyatdur, koʻngul—shoh,
Omonligʻ boʻlgʻusi shoh adlidin roh.
Agar sulton oʻzi qilsa yomonligʻ,
Qachon boʻlgʻay raiyatda omonligʻ.
Koʻngil joʻsh etmasa, koʻz boʻlmagʻay nam,
Chiqarmu suv quduqqa, toshmasa yamm.
Eshitgansan ani —dildur nazargoh,
Nazargohdur koʻngil, bir boʻlsa har goh.
Yugursa ul koʻngilkim har tarafga,
Qachon loyiq boʻlur mundogʻ sharafga?
Koʻngil darsini derlar, xush sabaqdur,
Tamomi ma’rifatdur, ganji Haqdur.
Koʻngil darsin savol etdim bir erdin,
Talattufdin dedi: «Soʻrma bu yerdin.
Bila olmang bu sharbat totmaguncha,
Oʻzungni yaxshilarga qotmaguncha».
Agar Oni unutsa, banda one
Tirik ermas, agarchi boʻlsa jone.
Koʻngil burchinda shflat illati pur,
Da’vom uldur — davom etsa tazakkur.
Oʻshal damni «nadam» der axli ma’ni,
Ogʻizdin chiqsa gʻaflat birla ya’ni.
Koʻngul anda qamisha, qoʻl xam isha,
Qachon boʻlgʻay muningdek yaxshi pesha.

Bandai Moʻmin Ishqda Haris Boʻlmoqni Bayoni

Kel e sodiq, harisi ishqi Haq boʻl,
Koʻngil yoroni birla hamsabaq boʻl.
Agar kezsang tariqi ma’rifatni,
Muyassar aylasang turluk sifatni.
Maqomoti xaqiqat aylading tay,
Koʻngilda boʻlmasa juz’ xillati Hay.
Buruyagʻidin ziyoda dur talab boʻl,
Agar daryolar ichsang, xushklab boʻl.
Bu yoʻlning chunki qech poyoni yoʻqtur,
Agar yetdim desang, imkoni yoʻqtur.
Desang qar laqza: «Olloqumma zidni»
Dedi Haq chunki: «Fatlubni tajidni».
Talab amrin eshitsa, banda Rabdin,
Oʻzin bilgan qachon qolgay talabdin?
Nabidin yoʻq kishini qurbi bolo,
Ani aydi «xabibim», Haq taolo.
Anga qam aydi Haq: «Qul Robbi zidni»
Qoʻyarmu oʻzgalar bu jahdu jidni?!
Suchuk jon sharbati, to boʻlsa labda,
Kerak kim, bandasi boʻlsa talabda.
Belingni quvvati borda olib bel,
Koʻngil. bogʻin sugʻor, kelmay turib sel.
Yetar yoʻl yurgali, holoki, holing,
Yura koʻr, bir kuni ketgay majoling.
Yurarga qolmasa vaqtiki darmon,
Emakla, qolmasun to ichda armon.
Emaklar quvvati ham ketsa qoʻldin,
Oʻzingni sudra hargiz qolma yoʻldii.
Yetushmas sudralurgʻa ham majoling,
Koʻzing tik yoʻlgʻa to yettuncha holing.
Koʻzung ham boʻlmasa boʻlsun koʻngilda,
Bu matlab birla jon chiqsa bu yoʻlda.
Agar mundogʻ talabda chiqsa joning,
Ulansa boqigʻa bu jismu foning.
Umid uldur — Xudoyim desa banda,
Tilagan maqsadingni bersa anda.

Moʻmin banda doim xavfu rajoda boʻlmogʻi

Kel e xoif, oʻlumni yodin ettil,
Ketar manzilni iste’dodin etgil.
Labin termay turib marqad labin xalq,
Qoʻyarsanmu tafakkur bobini gʻalq.
Yigʻib hima vahima qilmay anda,
Yotibsan ustida gʻaflatli banda.
Oʻlumni oʻqi turgʻondur suyonib,
U yonib oʻrtamay, qochgʻil uyonib.
Uyonmasdin burun oʻrtansang, ey qul,
Mabodo boʻlmagʻay kull ishlaring kul.
Burungʻa bodi gʻam esmay burunrogʻ,
Oʻzingni qil havas sakronidin sogʻ.
Yopishmasdin burun soʻngakinga poʻst,
Oʻlum birla oʻzingni aylagʻil doʻst.
Yaqin bil, kimni koʻproq aylasang yod,
Boʻlur doʻstung sani, ey odamizod.
Bilur har odam oʻgʻli boʻlsa uygʻogʻ,
Vatanning aslidur bizlargʻa tufrogʻ.
Yaqin bilgʻil, jahoni purxatargʻa,
Kelibmiz necha kun savdo etargʻa.
Yetushgach ushbu shahri muhtarafga,
Yoyildi korvone har tarafga.
Oʻzin bilganlarikim yoʻlgʻa soldi,
Xayolsiz naqdi umrin qoʻlgʻa oldi.
Urub yaxshi doʻkonlar uzra boshin,
Muyassar qildilar toat qimoshin.
Qilib savdolarini chobaku chust,
Safar raxtini bogʻlab, qildilar rust.
Qachon yuk qoʻy desa, tayyor erur zod,
Kirarlar yoʻllarigʻa xurramu shod.
Va lekin korvondin ba’zi inson,
Koʻrar bul foni uyni bogʻi xandon.
Koʻrub yaxshi ani naqshu nigorin,
Unutqaylar oʻshal kelgan diyorin.
Quloq solgʻay tagʻanniyu navogʻa,
Koʻngil bergay havas birla havogʻa.
Ajab makkoradur dunyoyi foni,
Ming alvon jilva birlan aldar oni.
Oʻshal makkorakim solsa qoʻiungʻa,
Suyungandin kirar shayton oʻyungʻa.
Kirar inson ani yolgʻon soʻziga,
Yugurtur surmayi gʻaflat koʻziga.
Gahi uygʻonib uyni eslasa yod,
Talattuf birla der: «Ey odamizrd,
Oshuqma, bir kuni savdo qilursan,
Bu kun gar boʻlmasa, tongla qilursan».
Bu ol ila oʻsha makkorayi din,
Ado qilgʻay jami’i naqdi umrin.
Ado qilgʻoch, bisoti umrini pok,
Berur ruxsat qoshidin chustu cholok.
Urar sila va der: «Ketgil bu yerdin,
Degay, bezor erurman sandek erdin».
Nazar qilmas figʻonu nolasigʻa,
Urar shatta ani dunbolasigʻa.
Amiri korvon ul damda yetgay,
Anga asl vatanni qukmin etgay.
Figʻon aylar, ketarni bilganim yoʻq,
Ketargʻa toʻsha paydo qilgʻonim yoʻq.
Figʻon sud aylamas, ammo u kasga,
Qachon muhlat qoʻyarlar bir nafasga.
Qoʻyulmay erkigʻa sudrab yoqadin,
Chiqorurlar jahoni bebaqodin.
Keyin qaytay desa, boʻlmas majoli,
Ketar asli vatanga dasti xoli.
Budur, ey odam oʻgʻli, hasbi holing,
Boshingdin ancha oʻtgan mohu soling.
Qulaqqa tiqma gʻaflat latgasini,
Yema shaytoni mal’un shattasini.
Suyunma, gar seni dunyo suyubdur,
«Suyubman» deb, koʻzunga qum quyubdur.
Kima koʻrsatdi bul foni vafoni,
Azaldin dushmani jon bilgil oni.

Umrning Foniyligi Bayonida

Kel e moʻmin, yaqin bilding ketarni,
Hisobi umri besomon oʻtarni.
Oʻtar dunyo uchun boʻlma giriftor,
Oʻlumsa yigʻmagʻil monandi kaftor.
Agar dunyoga hirsing boʻlsa fajsan,
Najosatni yigʻargʻa kalhamajsan.
Esiz, umring najas yigʻmoq rahynda,
Qolursan bir kuni oxir tahinda.
Oʻramchidek hamisha tor etarsan,
Qanoatsizliging izhor etarsan.
Qilursan rishtai joning bila qayd,
Magasdek, moʻrdek qilmoq uchun sayd.
Supursa sohibi xona bayakbor,
Oʻramchi ham ketar, ham saydu ham tor.
Qolibsan tanga deb, ahvoli tanga
Mashaqqatlar boshingda ranga —ranga.
Yugurma jiyfa koʻb yigʻmoqqa yil—oy,
Boʻlay deb boy, bisoting bermagil boy.
Yaqin bilgil shuni, ey sohibi hol,
Haris ermas ziyod etgon bila mol.
Haris uldur, agar dunyoyi foni,
Yigʻay desa muhabbat birla oni.
Agar boʻlsa kishida moli sahli,
Koʻngul bersa erur dunyoning ahli.
Bisotida bir arpa qursi boʻlsa,
Ani dun ahli bil, gar hirsi boʻlsa.
Kishining koʻnglida bu foni boʻlsa,
Erur dunyo eli bir doni boʻlsa.
Agar bir qulda yuz xarvori zardur,
Agar boʻlmasa mehri, bezarardur.
Agar ming koʻza tillo tushsa koʻza,
Qachon davlat bilur, ahli dil oʻza.
Qayudur mehri yoʻq erning nishoni,
Buyurgʻon joyigʻa sarf etsa oni.
Desa, mehrim yoʻq, ammo tutsa mahkam,
Erur yolgʻonchi ul farzandi odam.
Kishi moliki beehson emasdur,
Xudoning fazlidur, dunyo emasdur.
Dema dunyo, chirogʻi oxiratdur,
Xudoyimdin nishoni magʻfiratdur.
Bizoat boʻlsa ham kam, ayla infoq,
Uzumdur bargi kam razdin suchukroq.
Kerak ahli karam xalq ettali jam’,
Oʻzini dambadam kam etsa chun sham’.
Kishining e’tiqodi boʻlsa solim,
Demas, goʻru kafanlikdur bu molim.
Ne gʻam, iymonli qulning oʻlganida,
Tanida boʻlmasa uch gaz tanida.
Salomat oʻlsa iymoni bilan kas,
Agar oriy koʻmulsa, ori boʻlmas.
Karamlik bandasi gar boʻlsa choʻlda,
Ichar suv boʻlmasa bir zarra qoʻlda.
Qoʻpub oʻlturgʻali qolmay majoli,
Halokat pallasigʻa yetsa holi.
Agar koʻz yoshicha suv tobsa anda,
Qilur yarmini ehson yaxshi banda.
Topilsa luqmaye, jonu jigardin,
Darigʻ etmas ani yoru digardin.
Karamlik bandagʻa yolgʻuz yegan osh,
Boʻlur xok ogʻzida, balki boʻlur tosh.
Shakar noʻsh etsa yolgʻuz, topmagʻay bahr,
Boʻlur qon ogʻzida, balki boʻlur zahr.
Qaro suv ichsalar ikki birodar,
Kurar sharbatcha, balqi obi Kavsar.
Iki hamdil yesa, bir luqma nondin,
Suchuk bilgay asaldin, balki jondin.
Kishi nondek qilur ehsonda xoʻyin,
Olur tanur ichinda obroʻyin.
Qizil yuzluk boʻlib chiqqon zamoni,
Tushar xalq ogʻzigʻa exsoni oni.
Kulub mehmon qoshigʻa chiqgʻil, ey qul,
Shajar mevadin oldin koʻrsatur gul.
Agar exson etar boʻlsang, eshit, harf
Ani ham joyigʻa qilmoq kerak sarf.
Bilib ber joyigʻa kaddi yaminni,
Ziroat aylama, shoʻra zaminni.
Yemon yerga ani sarf etma bori,
Boʻrini yirtorigʻa berma yori.

Nafsi Shum Bayonida

Kel e kas, boʻlma aknun tobei nafs,
Soʻlur axshom sabo bu gardani gʻafs.
Hama toatlaring xoʻbiyu sofi,
Yaqin bilsang, erur nafsing xilofi.
Qoʻyar kajlikka doim nafsi bad yuz,
Qachon oʻt tuz yonar, yolborsang oʻpuz.
Erur nafsing dimogʻi turfa yellik,
Qachon ellik qilur, yolborsang ellik.
Oʻzung past aylasang, nafsing zabardast,
Boshing chaynab solur chun ushturi mast.
Burungʻa bodi kibr esmay burundin,
Burunduq sol anga, qoʻpmay oʻrundin.
Riyozat bandigʻa berkit oyogʻin,
Koʻtarma boshidin taqvo tayogʻin.
Yiqilib qolmagudek ber yemishni,
Ziyoda ayla kam —kam qattigʻ ishni.
Qoʻyub andozai holicha yukni,
Ibodat yoʻligʻa koʻndur bu lukni.
Bu mehnat birla ul ammorai dun,
Na boʻlgay, mutmainna boʻlsa bir kun.
Semiz koʻb qilma bu tishlar itingni,
Quturib yormagʻay nogoh betingni.
Yilonni asrading necha yil oni,
Ulugʻ boʻlgʻon sari oʻsti ziyoni.
Oʻtubdur qoʻl bila boʻynin tutardin,
Xatardur kuch qilib boshing yutardin.
Yetibdur qoʻygʻoli koʻksin yuzunga,
Kima dersan, oʻzung qilding oʻzunga.
Dilo, qoʻb, holi ham tutma oʻzoʻng sust,
Belingga bogʻla himmat foʻtasin rust.
Tavakkul sayfini sidq ilkina ol,
Qil ichni xolis, andin soʻng qilich sol.
Taajjub bilma fazli bebahodin,
Xalos etsa muningdek ajdahodin.
Gʻaraz —mundogʻ aduvni qilma farbeh,
Agar kelsa qoʻlungdin qat’i sar beq.
Semursa nafs agar ichmak — yemakdin,
Yuz oncha et olur yaxshi demakdin.
Yana yuqori oʻtmakdin olur bahr,
Bu nafsi johila dunyoyi badqahr.
Oʻtarman deb, oʻtarda boʻlmagʻil shod,
Oʻtung deydur, oʻtung olgʻay bu jallod.
Kishi bilsa rizo shahdini zavqin,
Bilur birdek majolis taxtu favqin.
Turar oʻz holida bisyoru kamda.
Yurushin buzmagʻay hech shodu gʻamda.
Kishi koʻrsa Xudodin juzvu kullni,
Bilur xayriyat ul izzatu zullni.
Erur holo, ki tavba bobi maftuh,
Yomon nafsingni qilgʻil tobei ruh.
Agar nafsing sani yetmish boshingdin,
Na boʻlgʻay foida, yetmish yoshingdin.
Agar nafsing murodin istamaksan,
Agar saksanga umring yetsa, sak san.
Azal kundin agarchi xavfi yoʻqsan,
Agar toʻqsonga yetsang, koʻngli toʻqsan.
Azaldin qilsa kimning koʻnglini resh,
Degay oʻsh besh yoshin koʻb, balki oʻn besh.

Banda Ahdida Turmogʻi Bayoni

Kel e sodiq, ki qilding sidq lofin,
Oʻlancha qilmagʻil va’da xilofin.
Xilof etgan zabunlardin zabundur,
Bu dunyovu u dunyo sarnigundur.
Xaloyiq oldida koʻtah zabondur,
Xudo dargohida andin yomondur.
Xilof etsang agar aygʻon soʻzungdin,
Koʻtar erkaklik otini oʻzingdin.
Doduk qiygʻochi dastoringdin ortuq,
Saning yoʻq boʻlgʻoning boringdin ortuq.
Chiqarmagʻil ogʻizdan qilmas ishni,
Qilurman dema, qoʻldin kelmas ishni.
Ogʻizdin chiqsa soʻz qaytarmagʻil qosh,
Agarchi ketsa ham, ul soʻz uchun bosh.
Kerak, erman deganni va’dasi tuz,
Agar tuz boʻlmasa, andin koʻngil uz.
Yaqin bilgil, ki tuzlikdin asoni,
Eranlar oldilar oʻng qoʻlga oni.
Xususan tuz kerak, er e’timodi,
Boʻlurmi egri hech masjid imodi?
Soʻzin buzgʻon kishi buzmasmu iymon,
U kimsa birla qilma ahdu paymon.
Soʻzin buzgʻon kishini yaxshi erlar,
Qusib, qayta ani ichgancha, derlar.
Qayu toyyib kitpi ichgay qayidin,
Tiriksan, qolmagʻil ahding payidin.
Mabodo uzsang aqvoling, uquding,
Toʻkulub qolmagʻay yigʻgʻon nuquding.

Hikoyati Ismoil alayhissalom

Xalil oʻgʻli, ki Ismoildur, ey Sa’d,
Ani yod etdi Tangrim sodiqul—va’d.
Aning sodiqligʻin, ey odamizod,
Qilibdur bir hikoyat qilgʻuchi yod.
Borur erdi oʻshal shah bir tarafga,
Yoʻluqti moʻmine ul bosharafga.
Dedi: «Tursang bu yerda, ey neku kor,
Uyimda, ya’ni ba’zi ishlarim bor.
Borib kelsam, qoʻshulsam sizga minba’d».
«Turay»—deb va’da qildi sodiqul—va’d.
«Kelurman» — deb qoshidin ketgan ul kas,
Unutdi va’dasini, boʻldi kelmas.
Qilibman va’da deb, ul sohibi roz,
U yerda olti yil oʻlturdi qish —yoz.
Oʻshal va’da unutqonning guzori,
Yetushdi olti yildin soʻngra bori.
Oʻshal va’da uchun turgʻonni bildi,
Uyat bodi bilan tutdek toʻkuldi.
Ogʻizdin daftari a’zorin ochdi,
Durri ashkin oyoq ostigʻa sochdi.
Zabihulloh anga lutf etdi chandon,
Edi chun gʻuncha guldek, boʻldi xandon.
Suchuk tilni anga sarf etdi chun bol,
Ana va’da, ana afvu, ana hol.
Kishini va’dasi kim boʻlmasa rost,
Muhabbat ahdin andin qilma darxort.
Ishonma aygʻonigʻa, ey xiradmand,
Agar chandi ki ul yod etsa savgand.
Soʻzin buzgʻon kishi, buzmasmu iymon,
U kimsa birla qilma ahdu paymon!
Agar tuzluk bila barpo boʻlursan,
Alifdek jon ichinda jo boʻlursan.
Agar kaj boʻlsa af’oling bu dundek,
Qolursan, balki qon ostinda nundek.
Qilich boshingga kelsa, ayma yolgʻon,
Oʻlumdindur batar, chunki uyolgʻon.
Agar yolgʻonchiliqda oʻtsa oting,
Qiyomat kun nechuk boʻlgʻay uyoting?
Najas murdor emas yolgʻonchiliqdin,
Musulmonliqda sharm et, bu qiliqdin.
Shariat hukmi birla, ey neku roy,
Gahe chin soʻzni ham koʻnglunga qil joy.
Namimani yomon aydi shahi din,
Suxan chin boʻlsa ham boʻlma suxanchin.

Yaxshi Hamroh Bayonida

Kel e ozim, agar boʻlsant safarda,
Rafiqe tob tariqi purxatarda.
Kerakdur er koʻngullik yaxshi hamroh,
Rafoqatgʻa yaramas har qayu doh.
Nechuk kim magʻzini jonda tutar poʻst,
Muhabbat yoʻlida andogʻ kerak doʻst.
Oʻzin qul, yorini sultoni bilsa,
Oʻzini tan, rafiqin joni bilsa.
Oyogʻiga agar tegsa tikoni,
Qadalgʻoncha koʻziga koʻrsa oni.
Sovuq yel tegsa yoʻldoshin yuziga,
Agar qoʻldin kelur, olsa oʻziga.
Ango keldi degan tiri balogʻa,
Qilib jonin sipar, tutsa arogʻa.
Yomon yoʻldosh erur chun mori af’i,
Zarardin oʻzga yoʻqdur zarra naf’i.
Yomon boʻlmay va lekin boʻlsa nomard,
Qurugʻ surat erur, qilgʻil koʻngil sard.
Oʻlukdur, boʻlmasa har kimda goʻrda,
Tirilmasdur koʻtargʻon birla murda.
Emas erning nishoni reshu olat,
Nishoni himmatu gʻayratu holat.

Hikoyati Sa’idu Sa’d

Sa’idu Sa’d qildi ahdi yori,
Safar boʻldi alarning ixtiyori.
Dilu jondek edi, ul iki ogoh,
Qazodin oqdilar daryoga nogoh.
Birisin tutdi mallahe, oʻshal hol,
Dedi: «Qoʻigʻil mani, yorim qoʻlin ol».
Muni qoʻydi, ani chun tutdi mazbut,
Bu ham aydi: «Mani qoʻigʻil, ani tut».
Tamosho qil alardan ahdi yori,
Ana qavli durust erlarni holi.

Xavfu rajo xususnda

Kel e tan, boʻl hamisha iltijoda,
Davomul —umr boʻl, xavfu rajoda.
Koʻtarma hech rajovu xavfdin ra’s,
Yaqin bil, kufrdur, ham amnu, ham ya’s.
Saning oldingda paydodur iki yoʻl,
Biri oʻng qoʻl sori borgʻay, biri soʻl. .
Kishi bilmas Qiyomat dashtida, oh.
Ketar banda iki yoʻldin qayu roh?
Agar sonsiz ato qilsa Xudoying,
Behishti Adn eshigin sursa poying.
Qarish yoʻl qolsa jannat etgali tavf,
Burungʻidin ziyoda aylagʻil xavf.
Na’uvzu billah, ul borgʻan yoʻlungdin,
Agar qaytarsa, ne kelgay qoʻluntdin?!
Agar doʻzax labinda boʻlsa poying,
Umid uzma, ki Gʻofirdur Xudoying.
Ajab ermas, agar qaytarsa andin,
Nasib etsa, behishti jovidondin.
Agar ustingdaki yetti tabaqni,
Kezib dars aylasang, yetmish sabaqni.
Maloikdek agar parrandadursan,
Yaqin bilgil, ki oxir bandadursan.
Sani otingu zoting banda boʻlsa,
Nechuk xavf etmasang, jon tanda boʻlsa.
Erur qulning ishi - qoʻrqunchu zori,
Qabul etmak Egamning ixtiyori.
Agar afv etmasa, bechoradursan,
Qayu yoʻl desa, anda boradursan.

Hikoyati Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam

Muhammad kim shahi dunyovu dindur,
Sifoti «rahmatan lil—olamin»dur.
Zaminu osmonni xalqu xayli,
Yaratildi oʻshal ernint tufayli
Oʻqurda bir kuni Tangri kitobin,
Oʻqudi anda doʻzaxning azobin.
Ul oyat vahmidin ketdi oʻzidin,
Yiqildi yerga ul damda yuzidin.
Sahoba har qayu bir hola boʻldi,
Zaminu osmon dar nola boʻldi.
Zamondin soʻng koʻzini ayladi boz,
Sahoba aydilar: «Ey mahrami roz, *
Sani xalq afzali qildi Xudoying,
Muhayyo boʻldi jannat ichra joying.
Sifoting «rahmatan lil—olamin»dur,
Xudodin muncha qoʻrqunching nadindur?»
Dedi: «Garchi rasuli juzvu kullman,
Nechuk xavf aylamay, zero ki qulman».
Agar yuz ming bashorat bersa Boriy,
Kerak quldin oʻshancha xavfu zoriy.
Kishining ismi zoti boʻlsa banda,
Boʻlurmu farogʻiyyat qul deganda?!

Xudoning Rahmatidin Umidvor Boʻlmoq Bayoni

Kel e tan, bermagil vaqtingni qoʻldin,
Yugur daryoyi rahmatga bu choʻldin.
Gunohim koʻb erur deb, boʻlma ma’yus,
Ajab ermas, agar afv etsa Quddus.
Dilu jon birla tavba qilsang, ey yor,
Magar lutf aylagay, Donoyi asror.
Agar lutf aylasa, Sattori olam,
Bitar bir lahzada kori du olam.
Abasdin emdi yigʻ lab.titra yigʻlab,
Tila jonu dilingdin rahmati Rab.
Havoni past etar ashking nujumi,
Kavokibdur shayotinning rujumi.
Yurak yogʻin ketar boʻlsun desang boz,
Qilur koʻz yogʻini ich yogʻini oz.
Na davlatdur, kelib aybingga sharming,
Dili garming agar ayrilsa gar ming.
Xudoning xavfidin bir qatrai ashk,
Azozil oldida chandon boʻlur rashk.
Saodatlik kishi yeb doimo gʻam,
Koʻzin Haq xavfi birla qilsa shabnam.
Gʻaraz, uzma umid, ey tolibi roh,
Dedi: «Lo taqnatu min rahmatilloh».
Oʻtulmas chirki shirk, ey mardi solik,
Oʻtar lutf aylasa, «mo duna zalik».

Hikoyat

Eshitgil, fosiqe yondi gunahdin,
Pushaymon boʻldi ahvoli tabahdin.
Qilur erdi yomon nafsin malomat,
Gunohdin muddate erdi salomat.
Yomon nafsi taqozo qildi yona,
Yomonligʻ orqasidin ketdi yona.
Sahargohe, uyondi ul gunohsoz,
Pushaymon oʻldi qilgʻon fe’lidin boz.
Boʻlub erdi dilu joni bila narm,
Va lekin qildi buzgʻon ahdidin sharm.
Yoʻq erdi zahrasi tavba qilurga,
Yaqin yetdi yuroki yorilurga.
Nidoye keldi hotifdin oʻshal hol:
«Keyin boqma, oʻzungni ilgari sol.
Hamisha magʻfirat daryosidur joʻsh,
Dame obe oʻshal daryodin et noʻsh.
Agar chandi ki buzding ahdi basta,
Necha tavba etib, qilding shikasta.
Dilu joning bila chun aylading oh,
Erur tavbang saning maqbuli dargoh!)
Eshitdi bul nidoni marhamatnok,
Urib na’ra, yaqosin ayladi chok.
Oʻzidin kechdi va ujbu riyodin,
Xudoyim qildi oxir avliyodin.
Tarahhum bandaga koʻbdur Xudodin,
Umid uzmak ravo ermas gadodin.
Yaqin bil, garchi gʻofirdur Xudovand,
Ango ham boʻlma magʻrur, ey xiradmand
Oʻtar deb yotmagʻil qongʻa boʻyonib,
Uyonib lutfiga oʻltur suyonib.
Agarchi lutfi koʻbdur, qahri ham bor,
Boshing gar koʻkka yetsa, qulsan, ey yor.
Sening oldingdadur chandon xatardin,
Nechuk gʻofil yurursan xavf etardin?!
Inoyat qilsa Haq oʻlgan zamoning,
Uzulsa nuri iymon birla joning.
Javobi qabrni bersang chu behroq,
Qiyomat kunga qoʻbsang, yuzlaring oq.
Tarozugʻa ogʻir kelsa savobing,
Agar oʻng ilginga kelsa kitobing.
Jahannam ustidin oʻtsang salomat,
Behishti jovidon qilsa karomat.
Bulardin oʻtmayin, ey odamizod,
Nechuk forigʻ yurarsan, xurramu shod?
Jahon kulgu yeri ermasdur, ey qul,
Magar bu kull xatardin otlasang, kul!

Qazogʻa Rozi Va Balogʻa Sabr Aylamak Bayoni

Kel e banda, oʻzingni sol Xudogʻa,
Qazogʻa rozi boʻl, sabr et balogʻa.
Yaqin bil, banda boʻlsa asli isming,
Xudoning mulki boʻlsa jonu jisming.
Aningdur molu mulku, har na bori,
Nechuk qilsa, Oʻzining ixtiyori.
Boʻyunsungʻil nechuk kim qilsa farmon,
Boʻlurmu bandada hujjatu burhon?
Kishi kim boʻlmasa rozi qazogʻa,
Agar sabr etmasa, kelgan balogʻa.
Agar shukr etmasa, Haq ne’matigʻa,
Qachon loyiq boʻlur banda otigʻa?
Xudogʻa har ishing qilsang havola,
Boʻlur jannat bu oʻlturgʻon qavola.
Koʻngilda qolmagʻay dunyo gʻamidin,
Olursan bahra har oʻtgan damidin.
Qayu qulgʻa muyassar boʻlsa bu hol,
Agar ogʻu ichar, bilgay ani bol
Xudoning ganjidin bu boʻlsa yaxshi,
Rizojoʻ qul ani koʻrmasmu yaxshi?

Hikoyat

Gʻulome oldi Abdullohi Ansor,
Dedi: Ey qul, otingni ayla izhor.
Dedi: Ey xoja, sen qoʻysang qayu ot,
Maning otim oʻshaldur, ey neku zot.
Dedi: Ey qul, sevarsan qaysi xoʻrak?
Dedi: Sandin ne teksa behdur, ey pok.
Dedi: Qaysi kiyim koʻnglungda margʻub?
Dedi: San qaysini bersang oʻshal xub.
Dedi: Ey qul, nadur kasbingu koring?
Dedi: Har qaysi boʻlsa ixtiyoring.
Dedi: Bori qilursan qay hunardin?
Oquzdi ashkin ul qul chashmi tardin.
Dedi: Ey yaxshilarning shahriyori,
Boʻlurmi qul deganning ixtiyori?!
Agar amr aylasang, har qaysi yuzga,
Nadur choram, boʻiunsunmoqdin oʻzga.
Eshitdi xoja ul qulning soʻzini,
Yiqildi, yerga va urdi oʻzini.
Yaqosin chok etib der erdi anda:
Ey Abdulloh, ki koʻrdung fe’li banda.
Oʻzungni sol Xudogʻa juzvu kulldin,
Tariqi bandalik oʻrgan bu quldin.
Faqirlarni haqir koʻrmamak bayoni
Kel e nozir, musulmon boʻlsa har yor,
Nazar qilma haqorat birla zinhor.
Faqirni bilma kam dunyo elidin,
Hadise keldi Paygʻambar tilidin.
Dedi: «Al—faqru faxriy» ya’ni ul shoh,
Nechuk ortiq koʻrarsan hashmatu joh?!
Amaldur yaxshi qullarning kamoli,
Vara’dur hashmatu johu jaloli.
Emas dunyosi boʻlgʻon birla mahbub,
Hisobi oxirat kam boʻlgʻoni xub.
Agar beh boʻlsa boʻlgʻon birla moli,
Ki Qorun boʻlgʻay erdi ahli holi.
Quvondi necha kun dunyo uyigʻa,
Yubordi moli birlon yer quyigʻa.
Agar dunyosi yoʻqdin boʻlsa er xor,
Muhammadgʻa Bilol boʻlmas edi yor.
Muhammad kim nabiylargʻa edi toj,
Ato qildi Xudo ul kecha me’roj.    ,
Maqomi Sidragʻa yetdi u banda,
Bilol na’lini savti keldi anda.
Baloyi foqaga sabr etgan inson,
Diyonat mulkidadur mardi maydon.
Agar chandi ki boʻlsang bebizoat,
Sulaymonsan agar qilsang qanoat.
Qanoatdur koʻngillarning safosi,
Qanoat barcha illatning davosi.
Qanoat kim tabibi har kasaldur,
Qanoat ahliga ogʻu asaldur.
Birovning hukmi yetsa sharqdin gʻarb,
Birovning boshigʻa moʻre qilur harb.
Ajal jallodi koʻksin aylagʻach chok,
Qilur har ikkisin birdek qaro hok.
Birovning nuqrayi tillosi mul—mul,
Birov koʻrgani yoʻq umrida bir pul.
Muni muflis demas, tongla ani boy,
Boʻlur har qaysigʻa zeri lahad joy.
Birov oʻtkardi umrin aysh ila fosh,
Birov totqoni yoʻq ogʻzi toʻla osh.
Ajal jon achchigʻin koʻrsattach andak,
Boʻlur har ikkalasi koʻrmagandak.
Birovda boʻlsa doim mehnatu dard,
Birovning kulfati boʻlmasa bir gard.
Alar boʻlsa oʻlumning mubtalosi,
Boʻlur hech koʻrmagandek har ikkalosi.
Gʻaraz, har qayda, ey farzandi odam,
Yema hargiz oʻgar dunyo uchun gʻam.
Xiyonatdin yiroq boʻlmoq bayoni
Kel e komil, kamol etsang diyonat,
Kishiga qilmagʻil hargiz xiyonat.
Xiyonat kim kelur qoʻldinu koʻzdin,
Oyogʻdin, uzvi pinhondinu soʻzdin.
Muni bilgay jami’i odamizod,
Emas hojat, ki bir —bir aylasam yod.
Xiyonat kim erur paydo koʻngildin,
Muni angla, diyonat berma qoʻldin.
Nakim tushsa koʻngulga yo koʻzunga,
Ravo koʻrmasang ul ishni oʻzunga.
Ravo koʻrsang musulmonegʻa oni,
Muni derlar xiyonatning yomoni.
Qayu ishga rizo boʻlsang koʻngulda,
Agarchi qilmading, boʻlding u yoʻlda.
Erur isyon rizosi chunki isyon,
Rizoyi kufrdur —kufr, ey musulmon.
Musulmon oʻgʻlini koʻrsang koʻzingdek,
Zararda, naf’da bilsang oʻzungdek.
Qayu qulni munungdek boʻlsa holi,
Budir beshak musulmonligʻ kamoli.
Agar chandi ki boʻlsa shubhai kam,
Ravo koʻrsang ani oʻz nafsinga ham.
Ravo koʻrma musulmonegʻa zinhor,
Agar koʻrsang banogoh, ayla izhor.
Xususan, bermagyl taqvolik erga,
Mugʻilon sepmagil, rayhonli yerga.
Taqiyning koʻnglidur dorus — siyonat,
Siyonatxonagʻa qilma xiyonat.
Agar topilsa ne’mat oldigʻa soch,
Va gar boʻlmasa, ogʻzing uzr uchun och.
Agar ming xalta bersang, xilti koʻb zar,
Sango andin nechuk sud, ey birodar.
Agar bersang arigʻdin qatrai ob,
Erur chandon savobdur, ey durri nob.
Kishiga bersa kim moli haromi,
Umid etsa savob, ul mardi omi.
Boʻlur kofir umid etgan ul inson,
Bilib, olib, duo qilgʻon ham ul on.
Xiyonatning biri kim boʻldi mavsuf,
Bilib, qilmasa har kim amri ma’ruf.
Va gar nahy etmasa munkar ishini,
iyonatlik degil, andogʻ kishini.
Birov yoʻl bilmayin yuzlansa choʻlga,
Bilib san solmasang gar yaxshi yoʻlga.
Qayu insof erur, qaysi diyonat,
Erur andogʻ ulugʻ buxlu xiyonat.
Agar oldingda tifle boʻlsa nogox,
Yonar oʻggʻa tusharin bilsang ogoh.
Uzatmas boʻlsang anga dasti altof,
Nechuk boʻlgʻay musulmonligʻda insof?!
Jami’i bandai moʻmin sarosar,
Erurmiz bir — birimizgʻa birodar.
Birov chiqsa tariqi oxiratdin,
Oʻgursa yuz maqomi magʻfiratdin.
Agar koʻrsatmasa yoʻl koʻrgan inson,
Baxillik mundin oʻtmas, ey musulmon.
Sen aygʻon soʻngra tuz boʻlmasa holi,
Oʻzining boʻynigʻa boʻlgʻay vaboli.
Ochibdursan birodarlikni bobin,
Topibsan amri ma’rufning savobin.
Agar kelmasa qoʻldin yo tilingdin,
Yomon koʻr ul ishin jonu dilingdin.

Juvonmardlik nishoni

Kel e inson, agar boʻlsang chin erdek,
Ogʻirlik pesha qil dunyoda yerdek.
Agar tepsa sani har qaysi mavjud,
Ziyon qilma, taqi yetkur anga sud.
Yuraking qilsalar ohan ila chok,
Chiqar oldigʻa turluk ne’mati pok.
Agarchi olama sandin tegar naf’,
Oʻzingdin qilma tufrogʻ otini raf’.
Otang yerdur, sanam yerdek qiliq qil,
Yomonligʻ aylaganga yaxshilik qil.
Kishi tosh ursa bosha, ey xujasta,
Kulub boqgʻil yuziga, misli pista.
Bu sindurmoqgʻa diltang oʻlma zinhor,
Umid uldur ki xush koʻrgay xaridor.
Oyoq ostida qoldim deb, dema voy,
Boʻlur chin kosa, koʻb tepku yesa loy.
Agar dushmangʻa doʻstlugʻ qilsang izhor,
Boshing yorgʻon kishilarni desang yor.
Rizo mulkida tamkin aylagan nos,
Jafo olmosi tegsa, qattiq olmas.
Demas osib ani, xalq ursa osib,
Va yo mehnat jiboli yotsa bosib.
Jaholat ahli qilmas kina tarkin,
Qachon dar kin boʻlur, gar boʻlsa darkin.
Agar rozi, yesa ming zarbai yad,
Duoni hargiz ango qilmagʻay bad.
Zararga rozi boʻlmas hargiz akmal,
Hidoyat birla tavfiqin tilar bal.
Soʻlur kin gardidin holat jamoli,
Ketur gardin, kerak gar din kamoli.

Uhud togʻida boʻlgʻon muhoraba

Uhud togʻida Paygʻambar tishini,
Shahid etdi yana yetmish kishini.
Ajab kun tushdi moʻminlar boshigʻa,
Umar keldi Payambarni qoshigʻa.
Dedi yigʻlab: «Ayo sultsni abror,
Duo qilgʻil, qirilsun barcha kuffor!»
Va lekin qilmadi ul da’vati bad,
Hidoyatga duo qildi Muhammad.
Oʻshal roʻze ki anbuh erdi kuffor,
Abu Sufyonu Xolid erdi solor.
Ijobat boʻldi Paygʻambar duosi,
Musulmon boʻldilar har ikkalosi.
Ul ikki er bilan koʻb ahli tugʻyon,
Uhud kofirlari boʻldi musulmon.
Chu Xolid oldi dinning shahdidan bahr,
Musulmon boʻldilar ilginda ming shahr.
Iroq ila Damashqu, xittayi Shom,
Abu Sufyon qoʻlida topti islom.
Muhammad oldi olam xulqi xushdin,
Muyassar qilmadi oltun kumushdin.
Agar san mardi sohib himmatisan,
Rasulullohning xos ummatisan.
Tutarsan jon ila fe’li nabiyni,
Qilursan har mahalda payravini.

Hikoyat

Bahoul—Haq vad —dini toba masvoh,
Avonegʻa yoʻluqdilar banogoh.
Avon bir soʻz dedi, ul banda bir soʻz,
Avon qoʻidi yomonligʻ koʻiiga yuz.
Yuzigʻa soldi qamchin mardi holi,
Qizil qon boʻldi sunbuldek soqoli.
Oʻshal qonlik soqolin oldi qoʻlga,
Dedi: «Yo Rab, muni sol yaxshi yoʻlga.
Gʻazab qilma ango, qilgʻil inoyat,
Muhimmi uxraviysin qil kifoyat».
Bu soʻzni angladi ul mardi bebok,
Urub na’ra, yaqosin ayladi chok.
Yuzini yerga surtib, nola qildi,
Koʻzining yoshini chun jola qildi.
Olib himmat asosin, kirdi yoʻlgʻa,
Qoʻlin topshurdi ul himmatli qulgʻa.
Xudo ul bandaga qildi inoyat,
Necha kun oʻtmayin togggi valoyat.
Ana xulqu, ana hilmu, ana hol,
Ana davlat, ana nusratu iqbol.
Ana himmat, ana xullat, ana kor,
Ana tab’iyyati sultoni abror.
Yomonlarning ishidur kina tutmoq,
Musulmonlik — yomonlikni unutmoq.
Oʻzining nafsini kam aylagan nos.
Hamiyatda kerak chun qattigʻ olmos.
Hamiyat bobidi oʻtkarmagay mard,
Agar chandi ki ul ish boʻlsa bir gard.
Hamiyat qaysidur  bilsang bata’yin,
Nazar ayla kitobi mujtahidin.

Eshon Soʻfining yoronlariga vido qilganlari

Birodarlar ki bizga qildingiz ahd.
Olurmiz deb muhabbat jomidin shahd.
Topilmas bandada siz istagan hol,
Ochilmas osiydin siz aygʻon ishkol.
Talab qilmang, bu noqisdin karomat,
Kushufotu, maqomatu, alomat.
Bila olmam nihoniy tarbiyatdin,
Olib erdim ilik nafsoniyatdin.
Pushaymonman parishon oʻtkan ishdin,
Bahoru tiyra mohu yozu qishdin.
Pushaymonman ilik olgʻonlarimgʻa,
Tama’ nonigʻa qoʻl solgʻonlarimgʻa.
Boring emdi, yoronlar, har qayona,
Yurunglar bir mukammal er tayona.
Qurugʻ qoʻl olgʻonimdin dar izoman,
Azize istangiz, sizdin rizoman.
Mani deb qolmangiz oʻz koringizdin,
Uyotligʻman sizing ruxsoringizdin.
Bohill aylang, kelib ketgoningizdin,
Yelib — yugrib umid etgoningizdin.
Kechurmas boʻlsangiz man quldin, ey qavm,
Mening holimgʻa mushkuldur, sabo yavm.
Tonib mandin, tanib avro’ kishini,
Tutung mahkam aning qutlugʻ ishini.
Kerak murshid degan, monandi ummon,
Muborak botini pur durri marjon.
Jaholat dashtidin kim kelsa suvsob,
Aning zohir suvidin boʻlsa serob.
Agar boʻlsa kishi kim tolibi dur,
Choʻmub botingʻa, jaybin aylasa pur.
Demang, topilmagʻay bu nash’alik kas,
Jahon ayvoni kengdur, xoli ermas.
Topilgʻonda munungdek lujjai xos,
Qani, ixlosi koʻb himmatli gʻavvos?!
Choʻmub olgʻoy iligʻa durri maqsud,
Va gar na qoʻl solib, qochmoq nechuk sud?
Agar siz topsangiz bir yaxshi shahni,
Xabardor aylangiz man roʻsiyahni.
Qilay man ham yuzin koʻnglum ziyosi,
Qadam tufrogʻini koʻz toʻtiyosi.
Na boʻlgay siz birodarlar payidin,
Manga ham bersalar vahdat mayidin.

Eshon Soʻfining farzandlarigʻa nasihat qilgʻonlari

Tavallom uldur, ey farzona farzand,
Nigohdoring sani boʻlsun Xudovand.
Koʻzumni ravshani Sodiq Muhammad,
Yiroq boʻlsun koʻzingdin diydai bad.
Eshit, man xastadin biri necha qavli,
Yigitlikka sani yetkursa Mavdi.
Yomon yurma, yomon andisha qilma,
Otangdek roʻsiyohlik pesha qilma.
Yaratgʻon Tangrigʻa qilgʻil tavakkul,
Tama’ qilma kishidin birgina pul.
Tama’ bir parcha boʻlsa qilmagʻil roy,
Boʻlur bir parchadin yuz parcha bejoy.
Yuzungdin parda kam —kam boʻlmasun past,
Hayodin oriy yuzni ori boʻlmas.
Tama’ birla semurgon nafsi gʻammoz,
Agar ogʻzin tilar boʻlsang, tilar boz.
Niqobi sharm ochilmasdin burunrogʻ,
Ani berk ayla, har yoqdin taqib bogʻ.
Qanoat qil, malomat mulki boʻlma,
Otangdek xalqu elga kulki boʻlma.
Payambarlar fi’olidur qanoat,
Anga vobastadur majmui toat.
Belingni bogʻla mahkam, boʻlma mafluj,
Koʻzung och, karvone qildilar koʻch.
Belingni bogʻla mahkam bandalikka,
Otangdek qoʻima yuz sharmandalikka.
Sharorat ahlining payvandi boʻlma,
Havo birla havasning bandi boʻlma.
Kichiklikdin ibodatga boʻyun qoʻi,
Qiyomatni oʻiun qilsang, oʻiun qoʻy.
Ajab xushdur, kichiklikdin boʻlub sogʻ,
Bu kulmogʻni qoʻyub, gʻamdin bukulmogʻ.
Shabobe toʻksa koʻzdin har shab obe
Ani aynin degil, rahmat sahobi.
Riyo gardini yuqturma etakka,
Otangdek boʻlma tobe’ nafsi sakka.
Tavozu’din koʻtarma yuqori bosh,
Takabbur qilmagʻil monandi xashxosh.
Takabbur xotiringa kelsa filhol,
Azozil qissasini yodinga ol.
Koʻngilning manzilin qil goʻshai faqr,
Qiyomat zodi qilgʻil toʻshai faqr.
Jahonning hirsidin qilgʻil oʻzing dur,
Otangdek boʻlmagʻil dunyoga magʻrur.
Umid etgon koʻzumning nuri bolam,
Otangdek boʻlmagʻil rasvoi olam.
Agar chandi ki boʻlsang qoʻl—qanotligʻ,
Xudo dargohida boʻl miskin otligʻ.
Urugʻligʻman dema, tongla urugʻ bor,
Hisobu, nomavu, vaznu, soʻrugʻ bor.
Oʻzingni ayla kam, boʻlgon sari koʻb,
Necha «man koʻb» deganlar, boʻldi mankub.
Boʻlub xeshu taboring birla magrur,
Dema «man zoʻr» agar din boʻlsa manzur.
Bu dunyodin agar oʻtsang qurug lab,
Koʻngilga solma hargiz yodi mansab.
Oʻtar dunyoda qar kim boʻlsa dinlik,
Boʻlur mansabdin ortuq xoʻshachinlik.
Ajab ofat erur johi zarofat,
Shar ofatni bila koʻrma sharofat.
Bilib dunyo maqomin gʻayri ma’mur,
Boʻlur ziyrak «vazirak» otidin dur.
Koʻtarsang boshgʻa ortugʻ, boʻlma ortugʻ,
Boʻlur ma’lum sabo ursa malak bugʻ.
Xudodin har ne kelsa, aylagʻil sabr,
Otangdek qilmagʻil, oʻz nafsinga jabr.
Xudoning amrigʻa qilgʻil itoat,
Ziyod et toating soat—basoat.
Muhabbat foʻtasini bogʻla belga,
Otangdek umringi oʻtkarma yelga.
Havas dunyoda qilma muxtaramlik,
Va le boʻl holinga loyiq karamlik.
Agar uch kunda topsang parchai non,
Yema yolgʻuz ani, yarmin qil ehson.
Agar bir yilda paydo boʻlsa bir pul,
Yemas yolgʻuz Xudoni istagan qul.
Ketarni bilsa har kim joyi tanga,
Yemas tanga gʻamin bu nafsi langa.
Jaqon mehrin koʻngildin ayla zoyil,
Otangdek boʻlmagʻil dunyogʻa moyil.
Ishingni aylagʻil kun-kundin aqvo,
Xudoni suyganidur ahli taqvo.
Agar taqvo ishin qilsang boixlos,
Degay, shoyad, sani Haq «bandai xos».
Agar boʻlsun desang, jonu diling jam’,
Vara’ oyin boʻlub, ilm oyin et sham’.
Agar ilmu amal bir boʻlsa rangi,
Har oyina ketar oyina zangi.
Agar topsang Xudo dargohida qurb,
Muhabbat kosasidin bersalar shurb.
Saharlar qoʻb, koʻtar dasti duoni,
Tila munglugʻ ato birla ononi.

Xotimatul-Kitob

Kel Olloyor, soʻz koʻtoh qilgʻil,
Belingni bogʻla, azmi roh qilgʻil.
Qaro sangdur saning asling qarasang,
Beribdursan riyo qoni bila rang.
Ulum toʻfoni bu sirni qilib fosh,
Agar ich boʻlmasa, sud aylamas tosh.
Qarib jisming qariyb boʻlding havasga,
Nechuk sharmandalik san tusli kasga?
Oqardi soch, nadomat ashkini soch,
Yaqong ushla, dahani ma’zirat och!
Yoling oqi asar qilmadi holo,
Uyola yur, boqib har dam uyola.
Havo birlan tuzuk ish qilmading hech,
Boʻlubdur kech, havas bozoridin kech.
Sango aydi oʻshal piri koʻhansol:
«Agar qol ahlida topilmasa hol.
Amal kam aylagʻay oʻz qoli birlan,
Qolur izzatu hurmat oli birlan.
Boʻlur ortuq havas birlan havosi,
Erur hol ushbu illatning davosi».
Qalam qilding, qaro koʻnglungni qil oq,
Oʻshal erning soʻzin halqa qilib toq.
Qaro qon yigʻladim, tuttum qalamni,
Tunu kun eshitib mandin olamni.
Oʻzung qilmay koʻngil bozorini tay,
Kishiga soʻzlamak, to chandu tokay.
Agar boʻlsa koʻngulning ixtiyori,
Na boʻlgʻay, qolsa mandin yodgore.
Bitibsan forsiy tilda kitobe,
Tamom anda masoyilning javobe.
Hama fatvovu taqvoning bayoni,
Oʻn ikki mingdan ortuq bayti oni.
Deding shayi qalili Turkiy tildin,
Kech emdi, albatta, bu qolu qildin.
Agarchi yaxshi soʻz qandu shakardur,
Xatosidin vale xavfu xatardur.
Xatosi boʻlmagʻay aygʻon soʻzungni,
Tazarru hokigʻa surgʻil yuzungni.
Xudogʻa zori qilgʻil, ertavu shom,
Ishingni puxta qilgʻil, qolmagʻay xom.
Hijobi magʻfirat yopgay xatogʻa,
Sazovor aylagʻay turluk atogʻa.

Munojot

Xoliqo, qoyilman oʻz nuqsonima,
Koʻb jafo qildim oʻzimning jonima.
Zoti pokingdan inoyat boʻlmasa,
Hech ishonchim yoʻq amal qilgonima.
Xoliqo, qildim fioli gandani,
Qilmagil rasvo mane sharmandani.
San agar rahmat niqobin yopmasang,
Aybi koʻb, nuqsoni koʻbtur bandani.
Xoliqo, toʻkdum ibodat tosini,
San tuzarsan bandaning kam — kosini.
Qullaring bulgansa isyon loyigʻa,
Oquzarsan magfirat daryosini.
Xoliqo, qildim gunohi behisob,
Tongla san soʻrsang, ne bergayman javob?
Man ocharman jurmu isyon chehrasin,
San yoparsan afvu rahmatdin hijob.
Xoliqo, qildim gunohi beadad,
Jon berur holatda San bergil madad.
Nafsi shayton ilgidin qutqarmasang,
Boʻldi mushkil holimizgʻa, yo Ahad.
Xoliqo, yo avvalo, yo oxiro,
Nafsi shayton jonima boʻldi balo.
Garchi Olloyor oʻgarchidur yomon,
Qoʻymagʻil dushman qoʻlunda mubtalo.
Xoliqo, po ishlarim bosh aylagil,
Xirmoni rahmat manga chosh aylagil.
Munda tavfiqim — chirogʻim qoʻlga ber,
Anda iymonimni yoʻldosh aylagil.
Xoliqo, afv ayla oʻtgan yoshima,
Yaxshi qullarni ato qil qoshima.
Goʻr ichinda kelsa iki soʻrgʻuchi,
Anda san rahm ayla yolgʻuz boshima.
Xoliqo, hayf oʻtdi mohu solimiz,
Boʻlmadi nofe’ iyolu molimiz.
San hisobimizni oson etmasang,
Roʻzi mahsharda ne kechgay holimiz?!
Xoliqo, koʻnglumda dunyovu duni,
Man erurman bandalarning ozgʻuni.
Garchi bandang munda boʻlsa roʻsiyah,
Yuzlarin oq aylagil Mahshar kuni.
Xoliqo, yorliqo xalqi omani,
Oʻrtada mandek maosiy xomani.
Hashrda har kimga kelsa bir bitik,
Anda bergil, oʻng qoʻlumgʻa nomani.
Xoliqo, tutdum farogʻat xobini,
Istadim doim jahon asbobini.
Garchi Olloyor erur gʻarqi gunoh,
Och anga oʻlganda rahmat bobini.
Xoliqo, kam ayladim koʻyi amal,
Yaxshilardek' yurmadim soʻyi amal.
San karam birla Qiyomat dashtida,
Aylagil ogʻir tarozuyi amal.
Xoliqo, diydamga ashk zori ber,
Koʻngluma doim muhabbat yori ber.
Obi Kavsardin mani serob etib,
Ham manga koʻfruk oʻtarda yori ber.
Xoliqo, lutf ayla jannatun — na’im,
Qilmagʻil hargiz giriftori jahim.
Man gunohlik qul erurman, San gʻofur,
Man xatolik bandadurman, San karim.
Xoliqo, tuz aylagaysan rohimiz,
Mustajob etgil duovu ohimiz.
Tongla hayron boʻlsa xalq oʻz holigʻa,
Mustafoni qil shafoatxohimiz.
Xoliqo, lutf et gadoyi zoringa,
Bandadurman roziman har koringa.
Magʻfirat daryosigʻa gʻarqob etib,
Koʻzlarim shoyista qil diydoringa.
Xoliqo, umr ayladim foniy bilan,
Emdi bandang zor aylar joni bilan.
Garchi Olloyor erur zoru zabun,
Jonni ol nuri iymoni bilan.