OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSo Chi Hi
Asar nomiOvqatlanish vaqti (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Xitoy adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - So Chi Hi
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOtabek Yoʻldoshev
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ovqatlanish vaqti (hikoya)
So Chi Hi

Gus Xiddink biznesmenlar mamlakati - Niderlandiyadan keldi. Biznesmenning nutq mahorati boʻlmasa, qanday foyda koʻradi? Shu sababli niderlandlarning koʻpchiligi bir nechta chet tilida bemalol gaplasha oladi. Bu ularning hayot tarziga aylanib qolgan. Eng muhimi, nutqiy ustalik. Notiqlik bilimi ovqat stolidan boshlanadi. Qanday deysizmi? Buning uchun Gus Xiddinkning «ovqatlanish vaqti»; usulini qoʻllab koʻring...

Xiddink milliy terma jamoamizda bosh murabbiy boʻlib ishlab yurgan kezlarda mamlakatimiz futbolchilarini koʻrib, eng hayron boʻlgan narsasi - bir-birlari bilan arzimagan narsalar haqida suhbatlashib turishganligini e’tirof etdi. U oʻn bir futbolchi bir tan, bir irodaga aylanib yugurishsa ham uzoqlashib, xavfli vaziyatda hammasi ayri holda harakat qilganda qanchalik tashvishga tushganini tasavvur qilish mumkin. Shuning uchun tartib oʻrnatish maqsadida futbolchilarga ovqatlanish vaqtini bir soatdan qilib belgilab qoʻydi. Bu vaqt mobaynida telefon qilish mumkin emasligini aytdi. Futbolchilar boshida noʻnoqlik qilishdi va tez orada jahl bilan shovqin sola boshlashdi. Tabiiyki, bu holatda futbolchilar birlashishi yuzaga keldi.

Xiddink Jahon Chempionatiga sanoqli kunlar qolganida televideniye orqali intervyu berdi. «Yevropalik futbolchilar bolaligidan maqsadni aniq belgilab olish fanini oʻrganishadi. Bunday tarbiya hatto ta’lim dasturiga kiritilgan.Bu futbolchilar oʻylagan narsaning ilojini topishda, amalga oshirishda qoʻl keladi. Dastlab, koreys futbolchilarining tortinchoqligi koʻproq edi. Oʻzlarining muloxazasini oydinlashtirishdan qoʻrqishardi. Men jamoadagilarning fikrlarini bilish muhim, deb oʻyladim»;, dedi Gus Xiddink. U bu gaplarini ahamiyatli tarzda urgʻuladi. Biroq biz jur'atli murabbiyga nima deyishni bilmay qoldik. Uning soʻzlarini jimgina tingladik. Biz futbolni bilardik. Oʻylab qarasak, faqatgina futbolni bilishning oʻzi kamlik qilarkan. Biz kuchli terma jamoalar toʻrtligiga kirish uchun qoʻllagan «ovqatlanish vaqti»; usuli qanday ekan?