OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSobir Abdulla
Asar nomiOʻgʻrining soʻnggi yoʻli (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Sobir Abdulla
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/06/13
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oʻgʻrining soʻnggi yoʻli (hikoya)
Sobir Abdulla

Hokim oʻzi tugʻilib oʻsgan qishloqdan otliq sipohlari bilan oʻtib bora turib, ta’zimga egilgan dehqonlar orasida yoshligida, yigitlik davrlarida birga boʻlgan ogʻaynisini koʻrdi va uni yoniga chaqirib, hol-ahvolini surishtirdi:
— Holing qalay, qiynalganing yoʻqmi?
— Holimni koʻrib turibsan, toʻn ming yamoq, mehnatga toqatim yoʻq, bola-chaqalikman, dehqonlar orasida hurmatim yaxshi emas!..
— Unday boʻlsa, men bilan ket, oʻzingga yarasha kichikroq amal beraman, joy beraman, ot mindirib qoʻyaman!

Hokimning ogʻaynisi bu taklifni bosh chayqab rad etdi va hokimning qulogʻiga oʻz istagini izhor qildi:
— Yigitlik davrlarimni sen bilan kechalari oʻgʻrilik, yoʻltoʻsarlik-qaroqchilikda oʻtkazib, sen ishingni boplab ketdingu, men qishloqda «oʻgʻri» nomi bilan tanilib, xalq nazaridan uzoqda qimtinib hayot kechirish bilan keksaydim, toʻyda ham, azada ham doim poygada qolaman!..

Buni eshitgan hokim, hamon ta’zimga egilgancha turgan dehqonlarga gʻazab bilan koʻz tashlab, ogʻaynisiga asta murojaat qildi:
— Seni «oʻgʻri!» deb qishloqda kamsitayotganlardan bir-ikkisining nomini ayt? Men hozir ularning ta’zirini berib qoʻyaman!..

Hokimning ogʻaynisi kulimsirab, yana bosh chayqadi:
— Yigitlik chogʻlaringda ham hovliqma, oʻpkasi yoʻq, gʻoʻrroq eding, keksaysang ham bu qiligʻing qolmabdi! Bir-ikkisining ta’zirini berib, sen joʻnab ketasanu, men tagʻin shu odamlar bilan qolaman! Ana undan keyin koʻr! Oʻgʻrilik dogʻi kamlik qilganday, undan keyin chaqimchi ham boʻlaman!

Mening sendan iltimosim shu! Har oʻtganingda meni yoʻqla, yoningga kelganimda yelkamga urib, qulogʻimga yoshlikdagi soʻkishlaring bilan soʻk, soʻng oʻz yoʻlingga ketaber! Bu tomonini oʻzim bilaman!

Hokim kulib, ogʻaynisining yelkasiga qoqdi va eski soʻkishlarini uning qulogʻiga takrorladi-yu, otiga qamchi bosib joʻnadi, dehqonlar hokimning ogʻaynisini oʻrtaga olib, soʻradilar.
— Hokim yelkangizga qoqib, qulogʻingizga nimalar dedi?

U yana boshini chayqab, kaftini tiziga urib, oh tortdi va dedi:
— Unga koʻrinmasam ham boʻlar ekan! Keksaygan vaqtimda holi jonimga qoʻymay, «dehqonlar yashirincha yer, hovli-joy sotsa, soliqni vaqtida toʻlamasa yoki mening toʻgʻrimda igʻvolar yurgizsa, menga xabar qilib turasan!» deb, topshiriq berib ketdi!..

Buni eshitgan dehqonlar undan hayiqib, usiz yer savdosi, toʻylar, yigʻinlar oʻtkazmaydigan, qoʻy sotsalar ham unga shirinkomani uzatadigan boʻlib qoldilar.