OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSobir Abdulla
Asar nomiXomtamalik balosi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Sobir Abdulla
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/06/13
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Xomtamalik balosi (hikoya)
Sobir Abdulla

Oq poshsho zamonida, shaharlarning birinda Parpixoʻja nomli kishi bir katta mahallaning ellik boshisi boʻlib, uzoq yil davr surdi, boshqa ellik boshilar koʻpincha uning maslahati bilan ish qilar edilar, u doim shahar boylarining toʻylarida bel bogʻlab xizmat qilib, dasturxonchilik «fazilati» bilan ham mashhur edi.

Biroq, Parpixoʻja ellik boshining gʻashiga tegadigan yana bir «fazilati» boʻlib, toʻylarga taklif qilingan hofizlar yoniga oʻtirib olar, yoqimsiz, gʻaliz, yovvoyi ovozi bilan xonishlarga qoʻshilar, hammaga malol kelar, doʻstlari bu haqda tanbeh bersalar quloq solmas edi.

Bir kuni bir ziyofatdagi mayxoʻrlikdan keyin bir-ikki koʻngiltortar ulfatlariga «Mastlik— rostlik» qilib, yuragida tugib yurgan «dardi»ni aytdi va ulardan oʻpkaladi:
— Hozirgi shahar ming boshisi boʻlib yurgan odamlardan nimam kam?.. Mahalladayam, shahar boylari xizmatidayam, hukumat mahkamalari oldidayam uncha-muncha obroʻyga egaman!.. Shuncha ming boshi saylovlar oʻtadi-yu, na boylar, na siz savdogarlar va na hokim toʻra meni shu ming boshilikka lozim koʻrmaysizlar!.. Axir, qadrimga yigʻlayman-da!..

Ulfatlar uning yelkasiga qoqib, yupatib, koʻz yoshlarini artib, shunday dedilar:
— Oʻzingiz aytmasangiz, bizning esimizga kelmas ham ekan! Bu bizning aybimiz, shu choqqacha eslatmaganingiz sizning aybingiz! Ammo saylov tagʻin yaqinlashyapti, bu tomonini bizga qoʻyib beringu, oʻzingiz bilmagan kishi boʻlib tura bering!..

Oradan besh-olti oy oʻtgach, shaharda yana ming boshi saylov boʻlishi haqida gap tarqaldi, Parpixoʻja ellik boshining yuragi taka-puka boʻlib, tez-tez ulfatlarga yoʻliqar, ular uning qoʻynini puch yongʻoqqa toʻldirib joʻnatar edilar. Bir kech ulfatlardan uch-toʻrttasi Parpixoʻjaning eshigini bevaqt qoqdilar va bunday dedilar:
— Ish pishdi, Parpixoʻja aka! Qoʻyni soʻysangiz ham boʻla berar edi-yu, bir joyi chatoqlashibroq turibdi! Nima desangiz, sizning ming boshilik nomzodingizni shahar bayonlaridan tortib hokimlargacha ma’qullashib turganda ulamolardan birlari qarshilik koʻrsatib, «Bu odam ashulachi! Ashulachini ming boshilikka saylash notoʻgʻri!» deb, ishning pachavasini chiqaribdi!

Shu payt, sizni taniydigan boylardan birlari masalaga aralashib, oʻsha onda ulamolardan yoʻl-yoʻriq soʻragan ekan, qarshi chiqtsan ulamo shunday debdi:
— Agar Parpixoʻja ellik boshining ming boshilik nomzodi sizlarga ma’qul ekan, u vaqtda uning shar’iy yoʻli bor! Parpixoʻja qozixonaga borib, «Bundan keyin ashula aytsam falon-falon!..» degan qabih iboralar bilan qasamyod qilishi kerak!.. Oʻshandagina mumkin!..

Parpixoʻja kechasi bilan toʻlgʻanib tong yorishishini kutdi va ertaturib, qozixonaga bordi, shunday deb qasam ichdi, ming boshi saylovini entikib kutdi, saylov ham boʻldi, hech kim Parpixoʻjaning nomini yodlamadi, tarvuzi qoʻltigʻidan tushdi.

Eng alam qiladigan joyi shu ediki, ming boshilik umidida ashula aytish chilpakka chiqdi. Eng quvonadigan joyi shu ediki, shinavandalar Parpixoʻjaning yoqimsiz, gʻaliz va yovvoyi ovozi bilan ashulaga qoʻshilishidan qutuldilar.