OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSobir Oʻnar
Asar nomiBir oʻlarman chavandoz (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Sobir Oʻnar
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm13KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Bir oʻlarman chavandoz (hikoya)
Sobir Oʻnar

Ey joʻralar-ey, ey yoronlarim-ey, bir gapning gali keldi, gapning gali keldima oʻzi, aytinglar. Birodarim haqida aytib berayin, birovingiz bilasiz uni, birovingiz bilmaysiz. Bilmaganingizga qiziq, bilmaganlarga aytayin — bosh gurung boʻlmasam qaytayin. Uzim orqasi yer iskamas jaydari tabilchi boʻlsam, xullasi, — gapga chechanmasman, yozuvchiligim boʻlganda-ku, oʻzim bilardim-a, ha mayli. Xuydoyimning berganiga shukr.

Joʻramning oti Davlatboy, badanida yaroqli joy yoʻq, yaroqlisi qovurgasimi - doʻxtir naq uchovni sanab turib kesib tashlagan. Sogʻ boʻlsa kesarmidi, koʻpkarida sindirgan, keyin doʻxtir optashlagan. Gap qovurgʻadami, men aytayin siz ishonavering, tagʻinam oʻzingiz bilasizku-ya, gavdasiii kesib tashlasangizam bu oʻlarman hech balo koʻrmaganday yuraveradi, sizga garantiya berayki, oyogʻini jodiga qoʻyib qirqing, voy demas Indallosi gap, joʻramning gavdasi tikkayib qolgan, men qaridim, qaddim bukildi, uning bukilmaganiga sabab — oʻng egnidan suyagiyam siniq, optashlashganmi, olishmaganmi, unisini bilmadim-u, ammo tikkaypb qolganinig manisi shul. Engashsa tomiri tortishib ogriydi.

Maqtamayman, maqtaguli yoʻgʻ-u, bari bir qurmagʻurning yoshligida devimi, bir balosi boriydi, hayron qolar edim uning polvonligiga, togʻni kemirar edi, daryoni simirar edi, qiyomat edi polvonligi bir sari, bardoshiga balli der edim. Ayrimingiz bilasiz ofatining chavandozligini, ena suti ogzidan ketmagan ot chopar edi koʻpkarining enasini emdirar edi sinishining bari shu koʻpkarining kasri tagʻin aytayinma, tanasida dogʻi bor joy kam, shuning uchun qip-qizpl tentak shekilli bu, deb oʻylab, qolar edim ba’zan. Bir gal qahraton qishda Garashaga toʻyga ketyaimiz, mening ostimda choʻbir, uning ostida boʻz, gapdan gap chiqib uni maqtab yubora qolibman, sovuqqa oʻlguday chidamli deb, bu goʻrsoʻxta oʻzidan ketib poʻstin bilan telpakni yechib tagiga, egarga toʻshab oldi deng. Hav, bir kasrni qilarsan, oʻlarsan deyman, qayoqda quloq solsa, qaytanga kamzuliniyam yechyapti. Shu gapning nari-berisi, hay-haylashimizga qaramay bir fasilda chippa maykachang boʻldi koldi. Egarda toʻrganday oʻtirib ketayotir. Sheriklarimizam dod deb yalinadi, menam. Mazaq uchun ahyon-ahyonda kulib qoʻyadi. Sovuqni-ku, gapirmayin — odamning suyagidan oʻtib ketadi. Men poʻstin kiyganman, shuning ustidan yeb borayotir chimillab. Koshning ustiga qirov qoʻ-nadi, terlasa moʻnlabing muzlaydi. Jon-ponim chiqib, «bor-e», dedim, menga desa oʻlmaysanmi, beparvo haydayverdim, anavi bizni kalaka qilib muskullarini oʻynatib qoʻyadi har zamon. Sovqotyaptimi, deb razm solaman, burni qizargan, lekin, ishonsangiz badani hechqursa tovuqniki singari boʻrtmaydiyam, yo pirm, deyman, tavba qilaman. Avval achinishib turgan edik, toʻyxonaga yetavergach, nomusimiz keldi baloda endi, ayoz, boʻron urib tursa-yu, hech narsadan hech narsa yoʻq, dabdurustdan maykachapg kirib borsapg. Yana toʻyga! Uni-ku tentak-pentak deb oʻylar, yonida borgan bizni kim deb oʻylaydi odamlar. Otining jilovidan ushlab, joʻrajon, ukajon, akajon, deb yalinaverdik, oʻzingni oʻy-lamasangam bizga iching achisin. Jonimizga aro kirdi, sal eridi chamasi, mayli, deb kiyimlarini birin-ketin kiyib oldi. Agar aqling boʻlsa uni yonida maqtama, oʻlding maqtasang. Koʻpkariniyam oʻzi gursillatib chopaqoladi, bor eshittirmang, eshittirsangiz biron a’zosi majoq boʻlib ketgani bilanam ishi boʻlmaydi, ishonmasangiz hozir koʻring borib tizzasining koʻzi joyida turmay qolgan — goh pastga, goh yuqoriga siljib ketadi, shunda yurolmay qoladi, voy-voylaydi, oʻzi ulay-bulay bilan argʻab-irgab oʻrniga soladi-da, keyin qaqqayib soʻfiday ketib turgan kuni. O’sha toʻy kuni koʻpkarida bu xuni-muni Koʻliboy polvonga ilashdi deng. Koʻliboyniig oti zoʻr, otidanam oʻzi zoʻr. Davlatboy nima uning oldida, sapchaday otib yuboradi kerak boʻlsa. Uloqning bir putiga tarmashib ketyapti, shuytib maydonni naq toʻrt marta aylanib chiqdi-yov uyam bu chakamik ekan deb, qoʻyaqolmadi, buyam kamkuchman demadi, choʻzilishib, oʻzlariniyam qiynab, otlariniyam qiynab bordi-da qoʻydi odam bori tong kotgan, Qoʻliboyga kuch bermagan bu oʻlarman kim boʻldi deb. Ming qilsayam kuchli-kuchli-da, zoʻrga pesh boʻb boʻladima, Koʻliboy uloqni taqimiga oʻxshatib bosib, gavdasini yoniga olib bir siltagan edi. Ikki ot naq qoʻshmoq boʻlib qoldi. Egari egarqoshga tegib qarsilladi. Davlatboyimiz egardan uchib ketdi endi chupchak boʻlib yerga tushadi-yov, bir qiyomatni qiladi-yov deb tursak, yoʻq, shu boʻz otning naq yolida qolib ketdi. Oyoq uzangidan chiqmagan ekan, gavda yerga shalvirab ketgan, oyoq yolda. Shu ahvoldayam bir maydon aylandi-da, oxiri qoʻyib yuborar desak, bari bir qoʻymadi-e, otning jugani uzilib egar-pegari bilan uchib borib Koʻliboyning otiga qapishib qoldi olomon «qoʻy!» deb qichqiradi, guvlaydi, bu qoʻymaydi. Odamlar Koʻliboy endi bu shoʻrlikni uloq-puloq bilan qoʻshib chortoqqa gupchak qilib tashlar ekan-da, deb turishgan edi. Chakamik boʻlsa shilimday yopishib chortoqqa yetmay olib qoldi. Toʻrt yo besh qulochlar qolgan edi, uzoq emasdi uloqni uvib tushib, oʻzi yayov somonga sudrab olib borib tashladi. Rais ham mardligiga balli sovrin senga deb— yuz ellik soʻmni qoʻliga tutdi, qurgʻur yana oʻjarlik qildi, — mardligi bor-da oʻzi, — yuz ellikni xalqning koʻz oʻnggida Koʻliboyning qoʻliga tutqazdi. Rahmat aytdi. Kaytangga Koʻliboy polvon izza boʻlib qoldi.

Shuytib koʻp tomoshalarni koʻrsatib kelganmiz Garashada. Keyin katta chavandoz boʻlib tanilib ketdi, odamlar oʻrganib ketdi uni fe’liga. Kichkina oʻgʻli Sanjar unnng oʻziga tortgan. Xuddi quyib qoʻyganday. Kecha machitning berisidagi boʻzloqda oʻzidan barzangiroq bir bola bilan kurashyapti. Haligi bola buni dustaman olib tushdi, yelkasini yerga tekizaman, deb xay urindi, terlab-pishib, koʻkarib ketdi, oxiri boʻlmadi. Sanjar ustiga salmogini solib bosib turgan bolani bir tipirlab koʻtarib turib ketsa boʻladimi!

Davlatboy bilan toʻqqiz-oʻninchn sinflarni raysentrda, Koʻshrabotda bitirganmiz. Koʻrgʻontepadan, naq oʻttiz chaqirimdan nonni belga tugib qatnaymiz nima qilaylik, bu yerda oʻrta maktab yoʻq. Uning eshagi bor, juda ildam. Lekin kichkina, arqasi choʻntoq, mingashib yolchimaysan, ikki qadamdan keyin tushib qolasai. Ikkovimiz almashib minib boramiz.

Endi borgan kezlarimiz. O’zimizni panaroqqa olib yuramiz. Boshingni sal kutarsang, sentrliklar populdirigʻingni pasaytirib qoʻyishadi. Doʻkaylari bor oʻzlarining, har qaysisining mushti mening boshimday keladi kamida, gʻiring desang boshingni olib tashlaydi. Bir kuni ular bizni chakirib, toʻqqizinchi sinfda oʻqiydigan mesniy bolani koʻrsatib, «kurashasan biroving shu bilan», dedi. Men endi, ayyorroqman, darrov Davlatboyni roʻpara qildim. Davlatboy olishib, oxiri yiqdi. Doʻkaylar keyin narign toʻqqizinchi sinfning zoʻrini chaqirib, «shu bilan kurashasanmi?» dedi Davlatboyga. Buyam kiprik qokmay «ha» deb yubordi. Unisiniyam yiqdi. Charchab qoldi. Haligi kurashtirayotgan bola aytdiki, shu maktabning ishongan shepi men boʻlaman, otim palonchi, endi men bilan chiq, yiqsang, oʻrnimga sen shepsan, tan beraman, qoʻlni tashla, dedi. Davlatboyga qarasam, qoʻliga bir tupurib ishqaladi-da, «boʻpti, kel», deb yubordi. Men borib haligi shepning oyogʻiga yiqildim. «Jon joʻra, jon joʻrajon, shep oʻzingsan, agar kurashsang buni oʻldirib qoʻyasan, oʻzi yetim bola, sening shepligingni tan oladi», deb yalinaverdim. Shesh Davlatboyga qarab: «Shunaqami?» dedi. Davlatboy menga termulib turib: «Ha», dedi-da yoniga tupurib yubordi. «Tan berdingmi, kurashmay-a?» deb qayta soʻradi bola. Men Davlatboyga jovdirab tikildim. «Tan berdim», dedi u noiloj. Davlatboyni shunda bir martagina soʻzidan qaytarolganman, oʻshandayam qaytib kelayotganimizda odam qatoriga koʻshmay boʻralatib soʻkkan. Ammo men undan aqlliroq edim, birdan-bir toʻgʻri yoʻlni tanlagan edim. Aniq ishonardimki, agar Davlatboy uniyam yengsa, doʻkaylarning bizga xusumati oshib, oxiri bir kul urib oʻldirib qoʻyardi. Yengmasang oʻlmaysan, ishqilib, musofirchilikda omon-eson bitirib ketaylik. deb tayinladim.

O’qishdan qaytayotganda ikki chaqirim yoʻl yurmay Davlatboyga eshagingni ber, birodar, oʻladigan boʻldim, deb yalinardim, u rostakamiga ishonardi, tushasolib «ma, min, mening oyogʻim umuman ogʻrimaydi», derdi. Eshagi haligi aytganimday juda yoʻrgʻa, minsang rohat qilar eding, hech tushging kelmasdi. «Mana shu qirdan oshaylik, keyin sen minasan», derdim men ham insof bilan. Kaltabaqay boʻlgani uchun qirga sekin koʻtarilardi. Men ataylab eshakni niqtabroq haydab, undan oʻzib chiqardim-da, oshugʻdan oʻtgach, enishga qarab qoʻshoyoq ottirib choptirardim. Xalalab choptiraverardim. Davlatboy u qirdan koʻringanda men bu qirdan oshayotgan boʻlardim. Joʻram qorasi koʻringandan mushtini oʻqtalib soʻkiia ketardi, yetib olsam burda-burdangni chiqaraman, derdi. Men uning jahligayam ishonmasdim, toʻxtamay ketaverardim. Keyin u yalinishga tushardi: «Hoy, Amrillo, sekinroq hayda, yetib olay, mingashib ketamiz, toʻxtagin!» Ishonarmidim bu gapga — eshakka xala bosgancha keyingi qirdan ham oshib ketardim. Shu paytlari sezardim orqamdan Davlatboy yugurib kelyapti, yetib olsa ayamay ursa kerak lekin xayriyatki eshak didni oladi — juda ildam. Men qishlaqqa yetib kelganda Davlatboyning qorasi haliveri koʻrinmagan bulardi. Uyning tushi-toʻprayiga kelganda eshakdai irgʻab tushib, ipini yigʻishtirib boglardam-da, orqasiga xala-choʻp bilan bir urib uyiga haydab yuborardim. Bilardimki, eshak albatta, uyini topib ayvoniga kirib boradi.

Ertasi tong sahar tagʻin qishloqshshg oyogidagi zardoli ostida Davlatboyni kutib turardim. Menga koʻzi tushishi bilanok u uzoqdan dagdaga qilib, soʻkinib kelar, urib oʻldiraman derdi nuqul. Men oʻzimni bechoralikka solardim jon Davlatboyjon, oʻzing bilasan, sendan boshqa kimim bor, boshqa ishonadigan odamim yoʻq-ku, oʻzing bilib turib qiynaysan-a. Mayli, oʻl desang oʻlayin, lekin xarom oʻldirma. Shoʻrlnikning darrov avomligi tutardi. To mening oldimga kelguncha jahlidan tushib, rahmi kelib, boshqa qiyofaga kirib qolar edi, chinakam achinar edi menga. Eshakdan tushib meni mindirardi. Odam koʻp yayov yursa baquvvat boʻladi, deb qoʻyardi. Borib yetguncha ayamatigo minib ketardik. Qaytayotganda esa... yana xuddi kechagi hol takrorlanardi ertalab ham oʻsha ahvol — har kungiday oʻlarmanlik qilib «kechirgin» deb yalinib turib olardim. Davlatboy kecha qanday kechirgan boʻlsa, bugun ham shunday kechirib yuboraverar edi. Juda hayron qolar edim. Ba’zan oʻzimni ham koyib qoʻyar edim. Nachora, ishonuvchan, odam boʻlsa oʻzidan koʻrsii deb qoʻl siltab ketaverardim. Shunday qilib naq ikki yilni oʻtkazdik. Ikki yil har kuni urishib, har kuni yarashdik. Keyin men oʻqishga kirdim, hisobchi boʻldim hozir koʻrib turganingizday tabelchiman. Davlatboy esa oʻsha kezlariyoq oʻqishga parvo qilmadp, oʻzini koʻpkariga urdi. Daromadiniyam koʻpkaridan orttirdi, lekin och yashamasdi — har mahal dasturxoni obod boʻldi. Bir qisim oʻgillariniyam uylantirdi. Endi ikkovimizam ellik uchga kiribmiz, Kecha kichik oʻglining olishayotganiga qarab, bundan qirq yil burungi Davlatboyni koʻrganday boʻldim, keyin qurmagʻurning oʻzi esimga tushdi tip-tikka boʻlib kolgan qomati, yurib ketayotganda birdan tizzasining kosasi toyib ketib oyogi qotib qolishi, bechora voy-voylab oʻtirasolib, ishqalab-ishqalab bir amallab koʻzni oʻrniga solishiyu soʻng hech balo koʻrmaganday ketaverishi koʻz oldimga keldi. Nega zaril ekan, deyman-u, tagin oʻylab qolaman Nega bunaqa odam, a?! Tavba, nega bunaqa oʻzi?!

Bir narsaga bugun ham imonchim komil agar Davlatboyni hozir borib ham maktasam bilgan amalini qiladi. Esli-hushli boʻlgani bilan gupurtirsam agar, nimanidir qanirib, nimanidir sindirib, ishqilib oʻzining xumorini yozadi. Ha, hozir ham kuchi koʻp uning.

Men esa... Men butunlay boshqa odam, unday pahlavon boʻlolmayman, oʻzimni qattiq avaylayman.

Davlatboyning esa qarib-qartayishini hech tasavvur qilolmayman. Nafasimni yel uchirsin-u, kuchi toshib, quturibmi, yo bir joydan tushib ketibmi... jon topshirsa kerak deb oʻylayman.

Kechiringlar, joʻralar, joʻralarmas, yoronlar, gapimning oxiri mungliraq boʻlib ketdi. Kecha joʻramning kichkinasi Sanjarchani koʻrib bir oʻychan tortgan edim-da, Davlatboyning bir-ikkita qiziq hantomalari esimga tushib ketdi, xolos. Har xil odam bor ekan-da yer yuzida yashayverarkan, hammasi meniki toʻgʻri deb. Hay, mayli, birodarlarim, hammamiz oʻtib ketamiz dunyodan!..