OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

4 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSobir Sayhon
Asar nomiYurt sogʻinchi (qissa)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Sobir Sayhon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Qissalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotТошкент «Mumtoz Soʻz», 2011
Hajm184KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/12/6
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Масъул муҳаррирлар:
Маҳкам Маҳмудов,
Алижон Бозоров,
филология фанлари номзодлари

Тақризчи:
Абдумурод Тилавов



Annotatsiya
Ўзбекистон мустақиллигининг 20 йиллиги арафасида халқи-мизнинг босиб ўтган йўлига назар ташлаб, истиқлол берган ҳуррият ва эркка эришиш осон бўлганини англаш қийин эмас. Айниқса, чет ўлкаларда яшаган кишиларнинг она юрт, Ватан соғинчи армон бўлиб қолганини англатувчи ушбу қисса озод юр-тимизга бўлган муҳаббатни улуғлайди, мустақилликни қадрлашга ўргатади.

Асар кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Yurt sogʻinchi (qissa)
Sobir Sayhon

Nadir, Vatan ishqi?!

Xalqimizda maqol bor: yeridan ayrilgan yetti yil yigʻlar, Va-tandan ayrilgan oʻlguncha yigʻlar. Biz oʻz ona yurtida yashab, Istiq-lol nashidasidan bahramand boʻlayotganlar Vatan qadrini bili-shimiz, uning muhabbatini dildan tuyishimiz uchun Vatan tari-xidan xabardor boʻlishimiz lozim. Bu xabardorlik bizni Vatanni sevishga, uning imkoniyat va qulayliklarini ardoqlashga oʻrgatadi. Chunki Istiqlol nafaqat xalqimizning chinakam ma’noda ozod-likka chiqishi, balki mamlakatdan tashqarida yashayotgan vatandosh-larimiz uchun ham “mening ozod va hur Vatanim bor”, deya olish imkonini berdi. Shuning uchun ham sharoit taqozosi bilan chet oʻl-kalarda yashayotganlar ham mana shu muqaddas Vatanga xizmat qi-lishga, uning qadrini oshirishga burchlidirlar. Ana shu insoniy-lik burchini muqaddas bilgan adiblardan biri Sobir Sayhondir.

Sobir Sayhon kamtarinlik bilan oʻzini shoir, yozuvchi, ijod-korlikka aloqasi yoʻq, bir oddiy vatansevarman desa ham, uning ilk badiiy asari “Adashganlar” qissasi xalqimiz tomonidan qiz-gʻin olinib, katta qiziqish uygʻotgan edi. Ma’lumki, shoʻrolar istibodi yillarida, qizillar qatagʻonida vaqtida yurtni tark etib, chet ellarda panoh topgan vatandoshlarimiz hayoti haqida haqiqatni yozish ta’qiqlangan edi. Oʻzbek adibi Yoqubbek Yakvalxoʻjayev “Qaytar dunyo” romanida mana shu haqiqatni qisman yoritgan. Mistiy Istiqlol sharofati bilan ona Vatanini, tugʻilgan, oʻsgan zaminini qayta koʻrish baxtiga erishgan ziyoli vatandoshimiz Sobir Sayhon ona Vatan haqida imkoni boricha qalam tebratishga urunadi. Asarlarida shoʻrolarning jazokorlari xalqimizning boshiga solgan musibat, kulfatlar, inson qadri oyoqosti qilingani, shu sababli, ayrim yurtdoshlarimiz juda katta mashaqqatlar bilan oʻz mehnatlari va insoniy fazilatlari, goʻzal xulqi bilan chet elllarda ham qadr topganlar haqida hikoya qiladi. Bu kabi asarlar yosh avlodni mustaqillikning buyuk ne’matlarini yanada qadrlashga, Vatanga muhabbat hissini tarbiyalashga yordam berdi.

Sobir Sayhonning qissasi “Yurt sogʻinchi”da bu mavzu davom ettirilgan va yanada chuqurlashgan. Asarda muallif oʻzidan ham koʻproq mashaqqatlar tortgan, qatagʻon vaqtida sakkiz yoshda togʻasi bilan xorijga ketib, jon saqlashga uringan, togʻasi halok boʻlib, begona olamda ota, onasiz, qarindoshlarsiz qolgan oʻsmirning qay-gʻulari, yaxshi insonlar yetimchaga mehr-oqibat koʻrsatib, uni yoʻlga solib, oʻz qadrini topishga yordam berganliklari hikoya qilinadi.

Chet elda mashaqqatlarga bardosh berib, Istiqlolni kutgan va-tandoshlarimizga hurmat bilan, yana bir haqiqatni aytishimiz kerakki, shoʻrolar istibdodi kuchaygan XX asrning 20-30 – yil-larida Vatanda qolib uning saodati uchun kurashgan Fitrat, Choʻlpon, Qodiriy, Elbek, Ashurali Zohiriy, Vadud Mahmud, Xoji Muin kabi adiblar mamlakatimizning eng yetuk farzandlari Vatan uchun qurbon boʻldilar. Afsuski, ular Istiqlol kunigacha yetib kela olmadilar. Ularning chekkan azoblari xorijdagi sarson sargardonlikdan ham dahshatliroq edi, ular oʻz qahramonliklari bilan ona Vatan himoyasiga oʻz asarlari, faoliyati va mehnati bilan hozir ham xixmat qilmoqdalar. Shu kabi Vatandan ayrilgan ayrim kimsalarning hayot yoʻli ham bizga Vatanni qadrlashda, uning yaxshi-yomon kunlarida ham millat koriga yarashga, xizmat qi-lishda saboq boʻlishi mumkin. Ularning sarson va qiyinchilik-larini “koʻrgan” kitobxon Vatanimizni chuqurroq sevishga, uning mustaqilligini qadrlashga oʻrganishi mumkin. Ana shu niyat bilan ushbu qissani garchi oʻta mahorat bilan yozilmagan, uning syujet va kompozitsiyasi, badiiyatida ayrim nuqsonlar sezilsa ham aziz oʻquvchilarga taqdim etamiz.

Mahkam Mahmudov,
filologiya fanlari nomzodi
«
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining
20 yilligiga bagʻishlanadi
»

Ona Vatanim!

Bunchalar yaktosan, jonu tanim,
Tabiat chiroyin senga atagan.
Sen yoniq armonim, orzumsan manim,
Boqiy quyoshimsan – mehrini toʻkkan!
O, Vatan! Vatan, Ona Vatanim!
Togʻlaring gʻururim yuksakligidur,
Bogʻlaring sururim oxoriga rang.
Sen shirin ozorim, koʻzlarimga nur,
Abadiy allamsan: begʻubor ohang!
O, Vatan! Vatan, Ona Vatanim!
Quyosh kokilini qoshingda oʻrar,
Tunda oy qoʻriqlar xur jamolingni.
Bu yurak intilib, talpinib yashar,
Sogʻinch izhoridan taskinim qonar!
O, Vatan! Vatan, Ona Vatanim!

Muqaddima

«
Charxning men koʻrmagan jabru jafosi qoldimu?
Xasta koʻnglim chekmagan dardu balosi qoldimu?

Zahiriddin Muhammad Bobur
»

Ashrafi maxluqot sifati bilan musharraf odam zotini inson martabasiga koʻtargan ilmdir. Kishilarning fazilatli boʻlishiga sabab shu chiroyli Vatanga sadoqat kabi ma’naviy boylikdir. Bu oliy ne’matni totgan sayin, bandasi ishonch bilan Yaratganga boʻy-sunib, yurt muhabbati qalblarga oʻrnashib, kindik qoni toʻkilgan ona Vatanga xizmat yoʻlida, xayrli ishlar qilishga harakat bilan vijdoniy vazifasini ijro qilish niyatida boʻladi. Chunki vijdon kishilarga mas’uliyat yuklovchi bir kuch. “Kishi oʻz hayotida ikki muhim yoʻldan birini tanlashga majbur” degan soʻz bejizga aytilmagan. Inson yo jamiyatga foyda keltirish uchun bir sohada oʻz mehnati, ijodi bilan harakat qiladi yoki nopok insonlar ta’-sirida, ular yetaklagan tomon bosh egib, eliga yaxshiik qilish his-sidan mahrum qoladi. Oʻz irodasi bilan hur fikr yurgizolmay, boʻyinturuq ostida manfaatparastlarga qul boʻlib yashaydi. Azalda peshonada yozilganday, zehnlar dangasalashib, insoniy hislar tubanlashib, tafakkur choʻgʻini kul bosib, hatto soʻnib, charchab, har ahvolga rozi boʻlib, boshiga tushgan savdolarni qismat deya qoʻyaqolarkan. Kindik qoni toʻkilgan muqaddas Vatan tuprogʻini tark etib, chet oʻlkalarga koʻchib, jannatmakondan ajrab, gʻurbatu musofirotni tanlaganlarni ana shu qaror berolmagan ikkinchi sinf qatoriga qoʻshilib qolganlar desa boʻladi. Vatanni ikkinchi bor qayta koʻrolmay, gʻurbatda gʻarib boʻlib, foniy dunyodan oʻtganlar oʻz yurtlarida burgut boʻlolmay taqdirga tan berishib, jabru jafo va darbadarlik davrida xoru zor oyoq osti boʻlishsa-da hech bir zamon oʻz an’ana, ona tili, Vatanini unutmay, doim ishonch bilan ona-yurtga qaytish shiori bilan chin koʻngildan sadoqat koʻrsatishgan. Yuz yilga yaqin davr mobaynida yelkama-elka sarsonu sargardon boʻlgani holda oliy tuygʻu dogʻlagan yuraklarida borgan sayin umid urugʻi soʻnib, duogoʻy boʻlishlari tahsinga sazovor va sadoqatlarining isbotidir. Olis ellarda yashab, firoq ichra Vatan ozodligi yoʻlida jiddu jahd bilan mehnat qilib, ibratomuz sinovga dosh berishlari, albatta, tarix varaqlariga koʻchadi. Bir zamonlar Vatanda yashab, ximmatu jasorat bilan kishan zanjirini parchalab, chilparchin qilib, ozodlik ne’mati va mustaqillik lazzatini totganlar ham bu voqealardan xabardor boʻladilar. Ammo kecha-kunduz Vatan hasratida kuygan majnunsifat maftun, gʻurbatzadalar dardi, ba’zi yoshlarga ibrat boʻlib qolgudekdir. Mustaqillikdan keyin oʻz iqtisodiyotini tiklab olish uchun qonuniy yoʻllardan chet oʻlkalarga borib, halol mehnat qilib, Vatanga qaytgan, peshona teri bilan halol topgan mablagʻni yurtiga olib borib, obodonchiligi uchun sarflagan opa-singil, aka-ukalarni tabriklash har bir insofli pok kishining vijdoniy burchidir. Lekin hurriyatu ozodlik ma’nosini bilib-bilmay yot nogʻorachilar oʻyiniga oʻynab, adashab, aldanib, chet oʻlkalarga qochib, ona tili va oʻzligini yoʻqotganlarni koʻz oldiga keltirganda bir asrga yaqin vaqt davomida Vatan ishqi bilan yashaganlarning sado-qatlarini ham qadrlamaslik mumkinmi? Charxini yelkasiga ortib, oʻtmas pichoqlarni qayrab, dunyo oʻlkalarini piyoda bosib, toʻgʻri-liklari bilan millatlar koʻnglida joy topgan, oʻz hayotlarini dostonga aylantirgan kishilar ham bor. Bu mavzuda kamina avval ham bir hayotiy qissa yozib, chop etgan edim. Yoqubjon Yakvalxoʻjayev “Qaytar dunyo” degan roman yozdi. Kamina yana havaskor qalamim sadoqatiga ishonib, alamzadalar dunyosining minglarcha drama-sidan yolgʻizgina bittasini ibrat uchun bitishni ma’qul koʻrdim. Jon bera turib ham, kalimai shahodat qatori Vatanni eslab, foniy dunyodan abadiyatga koʻchgan doʻstlar kabi 80 yildan beri aziz vatandan judo va mahrum yashaganlar Vatan qadrini yaxshi bila-dilar. Odamzodning xayrlisi bani Odamga yaxshilik qilguvchilar deyilgan-ku! Elu ulusdan bexabar, koshonalarda umr kechirib, hayotini faqat oshqozon deb oʻylaganlar bilan parvosiz, sudxoʻr va talonchilik bilan umr oʻtkazganlar orasida nima farq bor?

Bir oʻylab koʻraylik: dunyoviy tajribalardan ibrat olib, Va-tan va xalqi kabi muqaddasotlar uchun kurashgan qalam egalarini qadrlash lozim! Taqlidchi hayvonu parrandalarga hunar oʻrgatish mumkin, hatto zamonamizda har jonlining oʻxshash nusxasini yaratib yasash judayam qulay ish boʻlib qoldi. Lekin qalblardagi sadoqat, ahdga vafo va vatanparvarlik tuygʻusini taqlidiy sing-dirish aslo mumkin emas! Toʻgʻri yoʻlni izlab, qidirib, topib foyda-yu zararini vijdon tarozusida salmoqlab, sadoqat yoʻlida qat’iyatli boʻlish, odamiylik uchun fazilat boʻlib hisoblanadi. Yaxshini yomondan ajratib, oqu qorani idrok qilib, kezi kelganda yuksak maqomlarga koʻtarib, oʻtganlarni xayr bilan eslash va qadrshunoslik martabasida yaxshi ishlarini qilish har bir kimga ham nasib boʻlmaydi. Elimga arzim bor, Vatanimdan qarzim bor, bu muqaddas Vatan uchun men nima qildim degan dunyoqarash bilan yashash, kindik qoni toʻkilgan Vataniga chin koʻngildan xizmat qilish har bir kishining muqaddas burchidir. Vatanga muhabati susayib, ishonchiga sadoqat koʻrsatolmaganlarni arosatda qolgan-lar deya ta’riflasak, haqsizlik boʻlmasa kerak! Kichikligida boshi-dan oʻtganlarni ifodalashda ojiz voqealarni bugungi aqlu faro-sati bilan hikoya qilib hatto oʻz qarashlarini aniqlab olish imko-niyatiga ega boʻlgan qahramonimiz Sarson togʻaning tili burro-ligi taqdirga shoyon. Sarson togʻaning azmu jazmi soyasida roʻyobga chiqqan qissani vaqt sarflab, oʻqigan oʻquvchilar undan qanoat ho-sil qilishsalar, bas! Oʻshanda Vatanni qayta koʻrolmay, yurt has-ratida ma’nan choʻkib, jisman oʻlib ketganlarning ruhini ham shod qilgan boʻlasiz! Ana shu umid va ishonch bilan qoʻlga qalam olar ekanman, Istiqloling muborak boʻlsin Vatanim deyishga haqliman.

I bob

Boshidan oʻtgan achchiq kunlarni hikoya qilib bergan Sarson togʻa meni koʻrgach, soʻzni choʻzmasdanoq zehnida saqlanib qolgan oʻz qissa daftarchasini ochganday uzoqlarga nazar tashlab turib, oʻz tarixini bir-bir bayon qilgani boshladi! 90 yoshlardagi koʻm-koʻk koʻzli, sariq sochli bu zot soʻzini erinmay bayon qilishini oldin-dan bilardim. Hazilkash, nuktadon, lekin alifni koʻrsa, kaltak deydigan savodsizlardan edi. Ammo shaft desa shaftolini payqa-gan yoshiga koʻra tetik, bardam. Soʻzga boshlar ekan, borliqni his qilib, yigʻlab uqtirishi har qanday yuraksiz, gumroh kishini ham eritib, milliy tuygʻuni qoʻzgʻab, oʻziga keltirib qoʻyardi. Oʻtkir koʻzi chaqmoq-chaqmoq, bagʻri qon inson degan vatanparvar muxojirni yigʻlatmay qoʻymasdi. Laqabi Sariq Sarson togʻa xorijga koʻchganda ismiga qoʻshimcha familiya, nom ham olgan. Lekin kamina Sarson togʻa ismini uygʻun koʻrib, shu nom bilan zikr qilishga qaror Ber-dim! Kosonsoyda tugʻilganman, deya yigʻlamsirab soʻz boshladi Sar-son togʻamiz. Chaqaloqligimda soy boʻyida yugurib, lolaqizgʻaldoq va koʻzchumchuq kabi rang-barang dala oʻsimliklarini toʻplab, ariqcha-lar labidagi hidi olamga tarqab, burqsigan yovvoyi yalpiz, jambil boʻyini ichimga singdirib yayrardim. Kichik boʻlishimdan qat’iy nazar oʻsha paytlardayoq yaxshi-yomon hidning farqiga borib, xilma-xil rayhonlarni soʻlib qolmasin degan niyatda tomiri va butasi-dan qoʻparib uzmasdim. Koʻzim oʻngida hanuzgacha qizil guppicha Ki-yib, yalangoyoq koʻkalamzorda parvona misoli uchib yurganlarim xayol boʻlib koʻrinadi. Hatto har kecha tushimda oʻsha chiroyli sahnalarni qayta-qayta koʻrib, yigʻlab uygʻonaman desam, kulgili boʻlar. Bir kun toʻsatdan vizillab peshonamga qoʻngan chiroyli sariq arini quvaman deya talpinganimda oyoq ostidagi yumaloq toshga urilib, tezoqar suvga yumalagach, dodlab, chinqirib, baqirib yuborgandim. Yigirma qadamcha narida ariqcha tozalab, yer bezab turgan bogʻbon, usta Ochil chapdastlik bilan ikki oyogʻimdan ushlab koʻtardi-yu, bo-shimni yerga qarata silkidi. Shunda ogʻzimdan shalagʻay1 aralash, suv sharaqlab oqqanida koʻzim yalt etib ochilib, ammo koʻz oʻngimda xilma-xil uchqun uchib, botganday garanglashib qolgandim.

Usta Ochil quchoqlab hovli tomon yugurarkan, qoqilib yiqilganda oʻzim-ga kelib, qah-qaha otib kulib yuborgan ekanman. Yoqimli bahor havosi bor edi. Onajonim duduqlanib, sochu boshimni yuvgani boshlab, «shamollab qolmasin»; deya qoʻrquv aralash shafqat bilan usti-boshimni yechgani boshlaganlarida, shoʻxligim ustun kelib kulib yuborsam, «Nimaga kulasan, jonim bolam, oʻzingni tut»; deya xavotirlanib, jar solib, yigʻlagani boshlagandilar. Bolalik ti-lim bilan «Onajon, yigʻlasangiz, qoʻrqaman»; deganimda, onam oʻzla-riga kelib, qoʻrquv tuygʻusidan qutilib, mahkam quchib, mehri-bonlik koʻrsatgandilar. «Ochil amaki oyogʻimdan tutganda hayot, ta-moman boshqacha koʻringandi, shu esimga tushib kulyapman»; degan-dim. «Bolasi tushmagur»; deya yonogʻimdan ushlab sevgandilar« deb uzoqlarga koʻz tikib dam olganday boʻlardilar Sarson togʻa. Keyin »;bilasizmi« deb koʻzini nigohimga taqab, »;hozir bu esdaliklar qayoqdan yodimga tushib, nima uchun zavqlanib ketganimni yecholmay-man«. Lekin tomdan tarasha tushganday, »;dunyoga gʻamu jafo tort-gani kelganimni payqab, oʻksiyman« dedi-yu gʻamu anduh bilan ohla-di togʻajonim. Keyin »;ey, ukam-ey" dedi kosonsoylik Sarson togʻa, - u damlarning xayoli ham umrga umr qoʻsharkan, endi bilsam. Qani endi u daqiqalar, qani daraxtlar novdalariga qoʻnib, ona tilida navo qilgan yoqimli, rang-barang qushlar. Ba’zan koshki, oʻshanda soyda oqib ketsaydim-u qabrim Vatan tuproqlarida qolsaydi degani Xudodan qoʻrqaman. Chunki shu azim shaharda yashamoq nasib boʻlgan ekan. Hali bu yoshdan keyin ham boshimizdan nimalar oʻtadi. Yaratgandan barcha qatori itni ham vatansiz qilib qoʻymasin deya kecha-kunduz duo qilaman, derdi oh tortib Sarson togʻa. Oʻqib odam boʻlganimda – koʻz armonlarimni ifodalab, doston yozardim-a, le-kin oʻtgan kunlarga salovot, afsuslanishning foydasi yoʻq endi. Ariq boʻylarida ozod oʻsgan yovvoyi chechaklarning xandon gʻuncha-siday kulimsiragan xushbuy gullarning yoqimli hidi bir umrga teng ekan endi bilsam. Guldan gulga qoʻngan arilarning mehri zahar oqqizganda ham goʻyo, hayotda ekanligini eslatar ekan kishiga. Pishib yerga tapillab tushgan xilma-xil mevalarni yuvmasdan yesam ham qornimni ogʻritish oʻrniga maza berib, goʻyo orom olib yayrar-dim.

Mana, pul topdim-u ammo sogʻinch, firoq, armonlarim yura-gimni ezadi. Qisqa oʻtgan mas’ud, baxtiyor kunlarim, ota-onamning «bolam, bolajonim»; degan mehru shafqatli tovushlarini oʻksib es-lasam, sharillab oqqan soylarning zilol suvlari bilan hamohang edi desam, xato boʻlmaydi. Afsuski, yaqin xomiylarimni raqiblar tutqin qilib, kishanlab olib ketishgandi. Oʻshanda opajonim Diloromxon meni quchoqlab, hovli burchagidagi tandir orqasida joylashgan oʻtinxonada jon saqlagandik. Oʻsha azobli shomdan ke-yin goʻyo shabkoʻr degan ochiq koʻr boʻlib, a’zoyi badanim karaxtla-shib qolgandi. Hovlimiz huvillab, goʻriston zindonidek qoʻr-qinchli edi. Qoʻshnilar xazar qilishar, ahvolimizdan xabar olish-dan qoʻrqishardi. Bir necha balo-kulfat, mashaqqatlar ichida goʻyo oʻlik-tirikday yashagandik. Moddiy tomondan tinch, lekin goʻlaxi1 misoli yovuzlik azobi ichra bezovta edik. Ota-onam, qavmu qarin-doshlar dom daraksiz, qoʻni-qoʻshnilar qoʻrquvdan oʻzi bilan ovora, goʻyo. Yer yorilgandi-yu odamni yutib, ovozi oʻchgandi. Bir kun ertalab 7-8 bezori, badbashara odamlar qoʻllarida qurol bilan kirib ke-lishdi. Meni yetimxonaga olib ketishmoqchi. Opajonim qanotiga olib, oyoq tirab, dodlaganida ayol kishiga hurmat koʻrsatish oʻrniga, bechora opaginamni vahshiylarcha otib tashlashgandi. Na qilarimni bilolmay yugurganimcha soy boʻyidagi yogʻochlar orasiga jonu jah-dim bilan oʻzimni urib bekingandim. Oʻsha kundan buyon butunlay oʻzgarib, bir muddatgina qaytib, tugʻilgan ona makonimni koʻrol-may gʻamu anduh ichida yetmish yil ovora boʻldim. Toki aziz xalqim-ning himmati bilan mustaqil boʻlgan kungacha... Ota-onam, yaqinla-rim va mahalladoshlarim nima boʻlishdi, qayerda qolishdi bilol-may, 1993 yilgacha dovdirab yurdim. Mustaqillik tufayli muqad-das vatan tuprogʻiga oyoq bosgan kun, goʻyo ikkinchi bor tugʻilgan edim. Ota-onam, opam qadam bosgan tuproqlarni yalab, koʻzimga toʻ-tiyo qilib, oʻpdim. Soy boʻyida yoʻqotganlarimni eslab, hoʻngrab yigʻlab, haqlariga duo qildim. Chunki oʻz Vatanimda yigʻlashning oʻzi ne’mat ekanligini payqagandim.

Lekin jigarbandlarimdan asar ham yoʻq edi. Qarindoshlaringizmiz deganlar bilan hasrat-lashib, ajdodimni esladim. Ammo, afsuski, koʻrganlarim orasida sezilarli darajada ong farqi bor edi. Fikriy kelishmovchilik «san-manga»; borib qolgandi. Oʻshanday boʻlsa-da Vatan yana oʻz Vatanim, xalqim - jonu jigarimdir. Chekkada shoh boʻlib yashagan-dan koʻra yurtimda gado boʻlib yurish, men uchun dasturdir. Hindistonda yurgan paytlarim Boburshoh haqida ajoyib, ulugʻ soʻzlar eshitgandim. Vatan, xurriyat va ozodlik hamda oʻzboshim-chalik haqida filьmlar tomosha qilgandim. Koʻcha maddohlarining Boburshohning ichki dardu alamlari haqida hikoya va nasihat eshit-gandim. Shoh boʻlib turib, firoqu figʻoni, nolai zori qulogʻimni jaranglatardi. Men kim edim oʻzi? Biz muxojirlar mustaqillik imkoniyatlaridan yetarli darajada bahralanmay yot xalqlar qatoriga qoʻshilib, yetimcha boʻlib qolgandik desam xafa boʻlganlar chiqib qolar. Ammo bu ahvolimiz ham oʻzimizning noshudligimiz-dan boʻlsa kerak deb ovunganday boʻlaman. Oʻshanday boʻlsa-da kecha-kunduz Vatan hasratida yongan majnunsifat, gʻurbatzada bizlar-ning dardimizni payqab, ibrat ololmagan vatan sevmaslarga koʻr-gan-ibratomuz voqealarni dars sifatida eslatib, milliy vazifa-mizni ado qilish niyatida jar solib nido qilamizki, «Vatani-mizni asrab, jonfido rahbaringizni qadrlanglar»;. Oʻtkinchi qi-yinchiliklar Sizlarga ogʻir kelmasin, yaxshi kunlarga yoʻl olmoqda-sizlar, oydin kunlar yaqin. Bordi-yu, sinchkov boʻlsangiz, merosxoʻr oilangiz va ularning bolalari koʻrishar, baxtli boʻlganda Vatan tuproqlarini meros tashlab ketgan ajdodimiz haqiga duo qili-shadi. Bizu Siz ham nurafshon kunlarni oʻylab, bu aziz tuproq-larga ega chiqaylik. Siz baxtli xalqimizga saodat va yutuq tilagan-lardan ibrat olish Sizlar uchun milliy vazifa deya jonu jiga-riday yigʻlab Vatanda yashovchilarga duo nasihat qilardi Sarson togʻa. Shiorimiz sadoqat, manfaat kutmay, vatan omon boʻlsin deganlardanmiz. Chunki ona Vatan omon boʻlsa, rangu roʻying somon boʻlmas deganlar. Bizga Vatan sogʻ boʻlsa bas, begonalik qatori qadrlansak, boshimiz koʻkka yetadi, - deya bir oz oʻylanib fikr yuri-tardi hurmatli Sarson togʻa soʻzlariga soʻz ulab, yana qoʻshimcha qilardi. Chunki biz Vatan egalariga oʻzimizni loyiqi xislatimiz bilan tanita olmadik. Chet ellarda baxti ochilib, mol-mulk egasi boʻlib qolgan bizlar kindik qonimiz toʻkilgan muqaddas Vatanga nima qilib qoʻydik oʻzi? Moddiy vajni xayolga ham keltirmay, ogʻzimizga olmadik. Duduqlanib hatto borib-kelishlar ham ma’na-viy yanglish - xatolarga sabab boʻlib, ularni oʻzimizdan sovitdik desam, ogʻrinmang, deya soʻnibroq qolgan nigohini koʻzimga taqa-gandi Sarson togʻa.

Toʻgʻri soʻzga javob topolmay hayronmiz. Toʻgʻri soʻzlaganni yetti qishloqdan quvishadi degan maqolni eslatib togʻamiz bilan tortishganmiz. U shu soʻzlarni ado qilar ekan, xuddi men Vata-nimga xiyonat qilib qoʻygandek qahr bilan boqib qoʻrqitgandi togʻa janoblari. Men iljayib kalla liqillatib, toʻgʻri ma’nosida hur-mat koʻrsatib eshitardim. Tasdiqlash uchun ortiqcha soʻzning keragi yoʻq edi, nazarimda. Haq soʻzni hurmat qilish ota-onamdan meros edi menga. Vatanga borganimda dardimga davo topish uchun yaqin-larimni qidirsam deyman, derdi afsuslanib, Sarson togʻam. Asli-da bu soʻzlaridan qat’i nazar haqiqatni asalari uyasiday qabul qilish kerak. Gʻurbat hayotiga chidashdan boshqa choralari qolmagan gʻurbatzadalarning boshidan oʻtganlarni xotirlab qoʻyish odamiy-lik boʻlardi. Buning uchun koʻp narsadan kechib yashadik. Mana, Xu-doga shukr, bukunlarni koʻrib, istiqlolga ishonganim uchun hayotim-dagi koʻrgan-kechirganlarimni hikoya qilmoqchi boʻldim, jiyan! Koʻzidagi jiqqa toʻlgan yoshni qoʻlining kafti bilan artdi Sarson togʻam, otam-onam va oʻtganlarni Xudo rahmat qilsin, makonlari jannat boʻlsin deya, jovdirab derdi yana togʻajon!

Kosonsoy soychasiga chegaradosh bogʻimiz boʻlardi, deya uzoqlarga tikildi yana. Ichki, tashqi boʻlimdan iborat, manzilimiz pishgan gʻishtdan bino boʻlib, paxsa devor uylarning katta koʻchasiga borib taqalardi. Keng ravoqli darvozasidan katta gʻildirakli qoʻqon-arava bemalol kirib chiqardi. Sakkiz yoshli oʻspirin boʻlganim uchun kim oʻziga toʻq, kim qashshoq ekanligining farqiga bormagan-dim-da, hovlimizga kelib-ketadiganlarni nazarda tutganda oʻzi-mizga yetarli darajada tinch bir xonadon boʻlsak kerak deb oʻylay-man. Otam uzun boʻyli, istarasi nuroniy bir kishi. Lekin onajo-nim, oʻrta boʻyli, moʻmingina ayol edilar. Soʻzlariga qaraganda bir oʻgʻil va bir qizlari qazo qilgan. Opam, mamnun edi hayotdan. Juda ham erka yashardi. Tashvishlarga ishorat qilgan Oxun amakining Oygul nomli rafiqasi bor edi. Lekin u urush yillari noma’lum joylarga ketib qolgan edilar. Yaxshi, toʻgʻri soʻz inson edilar. Menga xuddi oʻz bolalaridek qarab, asrashardi. Koʻp vaqtlar ular xonadonida boʻlib, hatto ba’zan yotib qolardim. Bir kun toʻsatdan shamollab qoldim. Oʻtgan voqealar ularni ma’yuslantirib, mendan xabar olish uchun gʻamxoʻrlik qilish niyatida kirib kelishgan. Shu vaqtdayoq yetimxonaga olib ketishga kelganlarni farqiga borgan eru xotin hayron boʻlishib, koʻzi bilan imlab, ochiq turgan bogʻ darvo-zasini koʻrsatgandi. Bolalikdanmi yoki qoʻrquvdanmi, bilolmayman odamlarni chalgʻitib daraxtlar orasiga kirib ketganman.

Oʻsha daqiqalar hamon yodimda. Qancha oʻtdi noayon. Uygʻonsam, oyogʻim titrab, turishga majolim yoʻq. Bosh ustimda Oxun amaki va rafiqasi oʻltirishardi. Koʻzimni ochib, atrofga boqib hayron boʻl-gandim. Shunda ikkalalari: hayriyat-e, Xudoga shukur, deya xotir-jamlashib, shoshilib, koʻtar-koʻtar qilib ikki mahalla naridagi qoʻshni hovlisiga olib borishgandi. Vujudimni uqalashardi. Am-mo badanim jimirlar edi. Havo muloyim. Bir qultum suv, keyin shoʻrtak atala ichirishgandi. Oʻrnimdan, xuddi uchgandek yengil tor-tib turgandim. Lekin hech narsani eslay olmay, mijja qoqmay bir nuqtaga qarab mixday qotib qolganimni his etardim-u, avvalyotim1 va nada ota-onam esimga tushmay, tevaragimdagilarni taniy olmay, bir qancha kun sham yoqilgan xonada yotganimni bilolmay yana isit-malab, inqillab, qoʻrqitdim shekilli atrofimdagilar figʻonu no-la, dodu faryod koʻtarib «voy-voylab»;, yigʻlashib «kalimai shahodat»; oʻgirganliklarini sezgandek boʻlardim. Shu noma’lum muddat ichi-da goʻyo bolalikdan qutilib, yuqoriga qadam tashlaganday miyamda yaxshi-yomonni ajratib qaror berish martabasiga erishgandek ser-gaklangandim. Ana shu tong bilan kunduz orasidagi bir muddat vaqt oʻtmishimni eslashga sabab boʻlib, oʻtgan kunlardan boshimga tushgan mashaqqat, umr uqubat savdosi koʻz oʻngimda namoyon boʻlgan. Dodu faryod bilan yigʻlab oʻrnimdan shoshib turgandim. Bomdoddan soʻng oʻnga yaqin oqsoqol otaxonlar toʻplanishib, mehmonxonada ti-lovat qilishib, duoi fotiha tugagach, nonushta qilindi. Ellik yosh-lardagi bir amaki tojikchalab: «biyo»;, ya’ni «kel»; ma’nosida bar-moq ishorasi bilan yoniga chaqirib, «oʻgʻlim»; deb mehribonlik koʻr-satdi. Hurmatli otang dasturxonida yillar davomida tuz-namak boʻlgan oila-doʻstlarimiz. Qarindoshi oz boʻlsa-da mahalla koʻy, bu-tun qishloq ahli ul zotga juda yaqin edi. Bosqinchi zolimlar qoʻ-lida nima va qanday kun kechirayotganini Xudo biladi, xabar olishga qurbimiz yetmay, xijolatmiz! Vatan ozodligi uchun togʻu tosh, och-toʻq demay jon fido qilganlarga moddiy-ma’naviy koʻmak-lashib, bor-budini ayamay xizmat qilganlardan edilar. Sen biz-larga ul zotdan tabarruk nishonasan. Lekin bu muqaddas yurtda xa-tardasan. Zudlik bilan himoya qilish zarurati bor. Shu mas’uliyat sabab sani Boltaboyga-yu, uni Xudoga omonat qilib, uzoq pana joylarga joʻnatish kerak. Chunki bu kishining oʻzi ham otalaring kabi xavf ostidadir. Sababini senga uqtirish qiyin. Bu kishiga amaki sifatida hurmat koʻrsatib, mute boʻlsang, Xudo xohlasa, anjoming baxayr boʻladi deya atrofga koʻz yugurtirdi.

Oʻtirganlarning koʻzlari yoshga toʻlib, piqillab yigʻlashardi. Qoʻlimdan ushlab Boltaboyga topshirgach, Xudo yoring boʻlsin deya yigʻlamsirab, yuzini yashirgan edi. Boltaboy mahkam quchib, oʻgʻlim-dan ziyod koʻrib asragayman, Xudo xohlasa, deb oʻtirganlarga mardlarcha soʻz berib qoʻl qovushtirgan va duoga qoʻl tortgan edi. Oʻtirganlar oq yoʻl tilab, duo va omindan soʻng siljishgandi.

II bob

Boʻlib oʻtgan suhbatlarga qaraganda oʻtgan asrning 30-yillari boʻlsa kerak Boltaboyning qon-qarindoshi xavf ostida afgʻonga koʻchmoqchi boʻlishib yoʻlga tushganda qoʻlga tushib, barchasi halok boʻlishgan. Boltaboy dushmanlardan oʻch olish uchun koʻngilliklar safiga qoʻshilib sezilarli xizmatlar bajargan boʻlsa-da, keyincha-lik sir fosh boʻlib, xatar ostida qolgan. Koʻz ostidan uzoqroq joy-ga koʻchish kerak boʻlgan. Yoʻlga chiqish uchun safarga duotalab boʻl-ganmiz. Oʻsha paytlar oq yoʻllar tilashib, duoga qoʻl koʻtarganlar-ning yuzidagi sarosima, hadik hamon koʻz oʻngimda. Oʻsha ahvol bola-ligimda ham umr egovi boʻlib titratgandi. Ertasiga yoʻlga tushgan-dik. Hovlimizni yana bir bor koʻrish orzusida yana bir bor talpin-gandim, ammo aygʻoqchi agentlar sezishsa, niyatimga yoʻl bermay koʻz yoshim daryo boʻlib, anchagacha ketga qarab, yoʻl yoʻlakay yigʻlaganman. U vaqtlar kindik qonim toʻkilgan makon muqaddas vatan ma’no-sini jovdirab, taxmin qilolmasam-da bolalik chogʻidagi yalangoyoq tuproq taftini his qilgandek, hamon entikish bilan eslayman. Oʻsha damlarni qoʻmsab afsuslanish, umr boʻyi miyamni qotirdi. Taqdir taqozosimi yoki xalqimizning soddaligidanmi, jannat yur-timiz bosqinchilar, kelgindilar oyogʻi ostida uvol boʻlganligini endi-endi bilib, jigarim eziladi. Ota-onadan ajrab, vatandan judo boʻlishlik qanchalik ogʻir kulfat desangiz, vatan hasratiga javob berishim mumkin. Hijrat ma’nosini yetarli darajada hazm qilolmay koʻchganlarning umr boʻyi azob-uqubatda yurgan ekanlik-larini vatandan ayri yurganlar biladi xolos.

Ota-ona oʻlimi albatta ogʻir… Lekin u azaliy meros. Ota-ona-siz yashamoq mumkin, ammo vatansiz, aslo. Ota-onasi oʻlmagan kim bor? Sarson togʻa shu jumlalarni aytar ekan, holsizlanib yuragi ming boʻlakka parchalangandek oh tortib, uzoqlarga tikilib, bola-lik chogʻi-yu zilol suvlarni eslardi deya oʻylayman. Barmoqlari bilan oʻtirgan joyini silab, goʻyoki vatan tuprogʻini eslagandek be-hud edi. Yana bir zumdayoq oʻziga kelib muloyim ovozda peshonaga yozilganidan qochib, qutulish ojiz bandasining ishi emas ekan derdi Sarson togʻa. Vatan chegarasi haybatli keng daryoga yetib bor-guncha, boshga tushgan aziyat toshlaridan holi emasligini ishora qi-lardi. Chunki vatanning eng uzoq hududlarida ham barchamiz uchun ona tuproq, ona vatan ekan bilsam dedi koʻzlari porlab Sarson togʻa. Daryodan oʻtarkanmiz, “boshlandi vatansizlik dardi, Xudodan boshqa dodimizni eshitadigan madadkorimiz yoʻq”, degan figʻonni koʻzidan anglamaslik mumkin emasdi. Ichi havo bilan shishirilgan qoʻy, hoʻkiz terisidan iborat mesh qayiq tezoqar daryo gʻazabini oʻzi qanday azob ekanini boshiga tushmaganlarga uqtirish juda ham qiyin, chunki tomdan tushgan dardini tomdan yiqilgan biladi degan maqol bor. Katta boylik evaziga chegaradan oʻtkazib qoʻygan birodar turkmanlarning oʻta haqoratomuz harakatlari vijdonan qiynaydi. Ana shunda ham vatansizlik, musofirlik ma’nosini miyyamda chaqib koʻrganman. Bechora sarson xalq ahvolini koʻrib, hanuz seskanib ketaman. Hamyonimizdagi oxirgi chaqani olish uchun koʻrsatilgan nayrang, hunar va xiylalar qochoqlar ma’nosidagi imolari vatandan majbur ketayotganlar uchun qiyomat kuni edi. Xususan, qochoq, qoʻrqoq kabi soʻzlarni tinglashdan boshqa chora ham yoʻq edi, chunki ogʻir soʻzlarga qarshilik qilib, qayiq harakatiga halaqit berish, daryoning qoq oʻrtasidan lapanglab qalqib turgan kezda, qazo ehtimoli aniq koʻringan haqiqat...

Bu achinarli sahnani qayta yashayotgandek, hayajonlanib uqti-rardi Sarson togʻa. 9-10 yoshlarda boʻlsam kerak, bir inson itning bolasini asraganini koʻrib, dodlab yigʻlab yuborganman. Bir hay-vonning shafqati oldida qayiqchilarning rahmsizligini koʻrib, insonligimdan juda choʻchib, it bolasiday qadrlanmay xoʻrlangan-dan koʻra dushman bilan yoqalashib, oʻlmak afzalroq emasmi deya afsuslanaman. Kelajak nasllarga bunday savdoni Xudo nasib et-masin deya, xoʻngrab yigʻlardi Sarson togʻa.

Chegaradagi dushman askarlariga xabar berib, daryonnig eng chu-qur joyida muxojirlarni qip-yalangʻoch qilib, olingan daromadni dushmanlar bilan boʻlishganlar oʻz birodarlarimiz edi-ku bu noba-korlar?! Bu birodarlarimiz dushmanlar qatoriga nega oʻtishgandi? Bu badbaxtlar. Kulma qoʻshningga, kelar boshingga, degan soʻz ma’-nosini boshlariga shunga oʻxshagan savdo tushganda payqashadi, le-kin hayit oʻtgandan xino kerak boʻlmay qolganda, afsuslanishning foydasizligidan bexabar edilar. Xudoning mehribonligiyu, yaxshi hamrohlarim yordamida Afgʻonistonning Xonobod shahriga yetib borgandik, lekin xanuz balolarga yoʻliqib, baribir yoʻl olish ke-rak edi. Himoyasizligi sababli hamrohlarim tum-taraqay har biri bir panaga kirib, jon saqlash majburiyatida qolishgan. Boltaboy qandaydir tuhmat bilan ushlanib, bola-chaqasi kishanlanib, qayer-gadir joʻnatilarkan bolasi xayol qilishib, ushlashmoqchi edi, lekin guvohlar koʻrsatib, ahdga vafo vazifasini ado qilib, oʻzi taqdirga tan berib, mendan rozilik tilab ketgandi. Muxojirlarning koʻpchiligi cholu kampir, sodda musulmon kishilar, men kabi uch bola bor, xolos. Xonobod shahrida dovdirab qolgandim. Asr va shom orasi, havo iliq. Ust-boshimdan teri va kir hidi ufurardi. Yurtimda pokizagina kiyinib yurganim, onajonimning ter hidi-dan hazar qilishini eslardim. Oʻksib ichimga tuz sepgandek boʻlar-di. Hamrohlarimning boshiga nimalar keldi, qanday bir-birimiz-dan ayrildik - bu muammoni hozirgacha yecholganim yoʻq. Iflos koʻchalarda itlar qatori daydib, ne qilarimni bilolmay yursam, «Oʻgʻlim, yoʻlingni yoʻqotdingmi?» degan oʻzbekchaga yaqin ovoz uygʻot-ganda choʻchib ketgandim. Yelkamga zilday ogʻir bir qoʻl yopishgandi. Negadir ichimda bir yengillik his etib, entikib yigʻlab yuborgan-dim. Qarasam, oq kiyimli, boshida doʻppi bir kishi koʻzimga ilash-di. Onam Xizr, farishta soʻzlarini koʻproq ishlatardilar. Miyamga singdirish uchun toʻgʻri, qalbi poklarni qoʻriqlagan sifatni ta’-riflab, tushuntirardilar. Oʻsha soʻzlar miyamni yoritgandek, Xizrga uchradim shekilli deya oʻylab ichimdan quvongandim. Lekin ular ust-boshi kirlarga uchramaydi deb ikkilandim. Endi bilsam har ma’noda, xususan, ma’naviy ma’noda ekan. Soʻzini qaytarib, yonimga kelib, bor boʻyimga osmonga qaraganday «Ha, amakijon oʻzimni yoʻqotdim» deganimni bilaman yigʻlamsirab. Undan keyin nima boʻldi bilolmayman.

Koʻz ochganimda kir koʻrpacha ustida yotganimni payqadim. Bo-shimda muzday narsani peshonamga bosgan haligi farishtanamo odamni koʻrib esladim. Begona odam yupatdi: qoʻrqma, oʻgʻlim, nomim Abdurazzoq Oxund. Uch kun oldin koʻchada majolsiz, bexush Yurga-ningni koʻrib, olib kelgandim. Xudoga shukr, yaxshisan, deganda du-doqlarim bir-biriga qovushmay duduqlandim. Xayolim algʻov-dol-gʻov, boshim oshqovoqday, bazoʻr-bazoʻr koʻz ochganligimni eslayman. Keyin nimalardir aljiraganimni his etgandek boʻldim. Qancha vaqt oʻtdi, Xudo biladi. Oʻzimga kelganimda ichimni it tirnagan-dek ochligimni his qildim, ishtaha karnay boʻlgandi. Ichimda chaq-moq chaqib, oʻqchib yuborgandim. Burchakda Oxund amaki eski-tuski kovushlarning u yoq bu yogʻini tekshirar, poygakdagi sermoʻylov kishi bilan gʻujullashgani qulogʻimga chalinardi. Keyin koʻz uchi bilan nazar tashlab, sekin oʻrnidan turib yonimga kelib, pesho-namni silab, oʻzicha «xayriyat» ma’nosida dudogʻini oʻynatib, tish oqini koʻrsatdi va bir kosa suv bilan bir burda non olib kelib, koʻz ishorasida «marhamat» koʻrsatdi. Lapanglabroq, oʻrmalab egi-lib oʻtirdim. Keyin labim qora sopol kosadagi suvga tegdi va qot-gan nonni suvga botirib, suyak yalagan itday kovshagani boshlagandim.

Oxund xursand, kulimsirab, iljayardi. Chunki bir burda non uvogʻi oʻrtada qolmagandi. Ikki kun deganda oʻzimga kelib, tetapoya qilib, Oxundning kelishini kutmay, u oʻylamagan chaqqonlikda doʻ-kon muyulishida torgina yoʻlakni suvlab, pok-pokizalab qoʻygan-dim. Oxund bir tomoni ochiq doʻkonning taxta-paxtasini koʻtarib, uzoqdan salomlashib, loyqa suv oqayotgan hazon toʻla ariqcha suvi bilan yoʻl changini tinchitgan boʻldi. Yoʻlning narigi qirgʻogʻidagi somsapaz pishirgan yemaklarning hidi dimogʻimga gupullab, ochlik tuygʻusini oshirib, qamchilar, ichimdagi ajoyib, kuchli ishtaha be-zovta qilardi. Ishning qizigʻi koʻcha tozalaganimizdan xursand so-tuvchi xoʻjayin «rahmat» degandek keng sallali kallasini ot mi-soli oʻynatib qoʻyaqolgan. Yolgʻondan boʻlsa-da, kuygan–puygan yoki qozon qirmochlaridan ham sovgʻa qilish niyatida emas edi. Xayolan tandirdan non uzayotgan onamni koʻrayotgandek boʻlgandim. Pish-guncha sabr qilolmay erkalanganimni, ba’zan pishgan nonni kosa-dagi suvga tashlab yegan nonning mazasini tatigandek boʻlgandim. Yurtida odam bolasiday qornim toʻyib, hatto qiltomoqlik qilib onajonimni qiynaganlarim esimga tushib, koʻz yoshimni tiya olmas-dim. Bu falokat xoʻjayin «koʻz haqqi» degan odatlardan xabari yoʻqqa oʻxshaydi. Dashnom berdim oʻz-oʻzimga: xonadonim koʻzi toʻq, dasturxonim ochiq, moʻl-koʻl yashar, mehmon, xususan, gado kelib qol-gudek boʻlsa, oʻzi yeb turgan yegulikni zudlik bilan baham koʻrishar-di-ku, deb ajablanardim. Shu-shu yerlarga kelib, tomogʻi xirillab, xoʻrligi kelib, nafasini ichiga qamardi Sarson togʻa. Oz kunda, qisqa zamonda koʻz qarashim oʻzgarib, aqlli yigitlarday boshimga tushgan savdoni sabr bilan muhokama qiladigan boʻlib qolgandim. Kelajak uchun oʻylanar, lekin oʻtgan kunlar koʻz oʻngimdan xohlasam ham ketmas, bir qadam ham tashlay olmay sarsonu hayron edim. Oxund har kun bir kosa suv bilan qotib qolgan nonni ravo koʻrib, oʻzi ichib, somsa yeb koʻzim oldida baland ovozda Xudoga shukur qi-lib, siyrak soqoli-yu moʻylovini silab oʻltirardi. Jahldan emas, odamiylik tuygʻusi qayonlarga olib ketsa-da, aslida xursand edim. Chunki och qolsam ham supur-sidir qilib, yotar joy bergani uchun xushnud boʻlishim kerak. Har tomonidan gʻirillab yel kirib chiqqan vayrona doʻkonchadagi kir koʻrpacha ustida yotib turishimning oʻzi Xudo bergan ne’mat edi, aslida.

Kechalari nola zori bilan yaratganga sigʻinar, sabr qilishni oʻr-ganib, koʻnikib qolgandim. Chunki Xudodan boshqa bir panohim yoʻq. Koʻchalarda sarson qolsaydim koʻcha daydisi, ba’zan axloqsiz-lar qoʻlida holim nechuk kechardi. Rasvo boʻlishim hech gap emas edi-ku. Akaxon Sarson togʻa labini tishlab: «voy-vuy, Xudoyim» deb charchagan koʻzlarini bir nuqtaga tikib, hikoyasida davom etardi.

Katta bir aziyatdan qutulib qolgandek, osmonga qarab koʻz yoshi bilan Xudoga shukr qilardi. Kir boʻlib qolgan ust-boshimni, as-lida bir fanor bonkasida qayta qaynatib-qaynatib yuvsam-da, badandagi qoʻlansa hidning zarrasini yoʻqotolmay boshim qot-gandi. Mavsum yoz, ariqchalarda choʻmilib kun kechirgan bolachalarni koʻrib, men ham kattaroq bir ariqchada choʻmilish orzusida bir par-cha qora sovun Oxunddan tilanib, mahalla tomon yalangoyoq yurgan-dim. Chunki munji ajdaho ogʻzi misoli ochilib ketgan kovushimni Oxund amaki mixlab bergan boʻlsa-da, mixlar qayta tiklanib, ko-vush yorilgani boshlagandi. Yalangoyoq yurish afzalroq aslida. Tuproqqa botishni yaxshi koʻrardik. Chunki bolalik Vatanni esla-tardi. Tinchoqar ariq ikki quloch chuqur boʻlsa kerak degan tax-minda ariqning andak-mundek yerlarida doʻppaygan harsang tosh irgʻab chiqqandi. Bolalar shu qoyalarga chiqishib, suvga otishardi, oʻyin qilishardi. Negadir har tomon chivin, pashsha qoni, koʻzni bezovta qilar, bolalarning a’zoyi badani yara-chaqa, koʻzlari shil-piq, koʻplari bezgak baloyi azimga duchor. Mish-mishga qaraganda, Xonobod isitma kasali bilan shuhrat qozongan. Bu yerda tandir yerga oʻrnatiladi. Nonlar orasidan, albatta, bir-ikki pashsha chiqa-di. Lekin muxojir va yerlik xalqning tandirlari devorda, ozoda-roq. Qovuni mashhur, chunki urugʻi Fargʻona tomondan kelgan. Ammo hali pichoq tegmay kishini isitma tutib, qaltiroq tutardi. Yeb qoʻysangiz-ku baloga qolardingiz. Xalqda mikrobga chidamli, bego-naning oʻlimi koʻproq bezgakdan deguvchilar bor. Xalqning rangi za’faron. Xullas, Vatandagi zilol suvlar bilan sugʻorilgan gʻu-borsiz qovunlarni-yu, qizarib pishgan singak nonlarni eslab, har qanday odam chiday olmay, “... yeb keldimmi” deya ichim oʻrtanardi.

Sarson togʻaning koʻzlaridan afsuslanish va nadomat hissi yaqqol koʻrinar, oz nafas olib, xirillab qolgan ovozini rostlab: «ilvirab qolgan koʻylagimni endi chiqarib turgan edimki, bir toʻda bolalar dodlashib orqasidan bodom gulli, qizil roʻmolga oʻralgan bir ayolning «bolajonim» deya ariq tomon yugurganini koʻ-rib qoldim. Ellik qadamcha narida toʻplangan bolalar gʻovur-shovur, shovqin bilan ariq boʻyini qiyomatga aylantirishgan edi. Hayron boʻlib men ham yugurdim, 5 yoshlardagi bolani suvga botib chiqqanini koʻrib, hanuz voqeaga voqif boʻlmay, suvga tashlanib, yarimjon bolani odam boʻyi chuqurlikdagi suvdan qirgʻoqqa olib chiqqandim. Shu asnoda toʻpalon orasidan 45 yoshlarda qoraqosh bir kishi bolaning oyogʻidan koʻtarib ogʻzini pastga qaratgach, ogʻzidan sharaqlab suv oqib, bolani quchoqlab olib ketgandi. Yana har kuni qotib qolgan non yeb, xizmat qilib, shu majburiyat peshonamga ot qashqasiday yozilmagan boʻlsa kerak deb oʻylardim, ammo hamyonda xemiri yoʻq, bor-yoʻgʻimni yoʻlda talatib, ikki barmogʻim burunda qolgandi. Oʻshanda yotar joyim yumshoq boʻlmasa-da, aniq-ku deb Xudogʻa shukr qilardim va Oʻziga sigʻinardim.

Asli Oxund amakining ogʻzi chatoqroq. Xonadonimizdagilar hech bunaqa nomaqbul soʻzlarni ishlatishmasdi. Odamzodning asli Hazrati Odamga borib taqalardi-ku. Holbuki Turkiston zamini-dagilar bir qoʻlning 5 barmogʻi birodar-ku. Aslida oʻzi ham tojik emas, uyida oʻzbekcha soʻzlashardi. Mabodo, bir uygʻur hamjinsim-ning haqiga tajovuz qilsam, holim nima kechardi. Men haqorat qilgan kungacha nimaligini bilmasdim. Chunki biz yashagan atrofda har narsa va sheva rivojda edi. Bir-birovimizga yov qaramay hur-mat qilib faxrlanardik. Vatandaligimizda ba’zan arslonsifat begona it koʻchadan oʻtsa, dumi qisiq boʻlardi. Itbachchalar oʻz kuchiga qaramay yot itni gʻajimoqchi boʻlib narigi chegaralargacha quvib qay-tishardi. Buni koʻrib hayron boʻlardim. Unday desam Oxundning oʻzi kelgindi, begona edi-ku. Oʻshanda oʻzini xoʻrlanganligini koʻrib oʻksirdi. “Kim biladi shu niyat bilan qayergacha borarkanmiz” degan xayol choʻchitardi. Shu nomaqbul odatdan afsuslanadi, odam. Bizlarga toʻgʻri yoʻlni topish nasib boʻlarmikan deya xunob boʻlardi Sarson togʻa. Boʻlmasa-ku, birodarlarimizning bizlarga qilgan zulmi, och qolishdan ham ogʻir kelardi.

Koʻz ochib koʻrgan tugʻilgan qishlogʻimniyu daraxt novdalaridagi gʻazalxon qushlarni koʻraman. Nimaga shikoyat qilasan, jannatmak-qon Vatanni tashlab qanday darbadarlikni qabul qilding, degan gʻoyibdan eshitilgan ovoz uygʻotgandek boʻlardi. Oʻsha yoshda oʻzimni 30 yoshlarda his etardim. Peshonamdagi ajinlar gʻamdan qavatma-qavat ortib borardi. Ba’zi jonu jigarlarning diydiyolariga mu-ruvvat-hurmat va iltifotga boʻlgan tubanliklarni koʻrib yana zid axloqiy harakatlarga hayron boʻlardim. Bu muxojirlarda ham ularda ham koʻrinish boshqa-yu, amal boshqacha edi. Munofiqat, gʻam, shafqat ma’nolarini payqaganday boʻlar, kamchiligimday boʻlsa-da bu tuygʻularimga ega va hurmat qilgani boshlagandim.

Movoraunnahrdan koʻchganlarning eng berahimi ham ba’zi pash-tunlardan vijdonliroq deya oʻzimni yupatardim. Chunki ularning kirdikori-yu ba’zi adabsizliklari men uchun ibrat oynasi boʻlib qolgandi. Agar Vatan boʻlsa, har qanday yaxshi-yomon qilmishlar xalq orasida hazm boʻlib, bosti-bosti boʻlarkan. Nomiga boʻlsa-da afgʻon odob-axloq, urflari bor. Qancha gʻururlanib bizlarga ta’na qilsa arzib, yarashardi. Sochim oʻsib ketgan, orasidagi bit, sirka-lanib koʻpaygan. Qanday qilib yoʻqotishni bilolmay, oʻsgan tirnoq-larim bilan doim «gʻart-gʻurtlatib» qashimoqdan boshqa choram yoʻq. Oxund amaki hazar ham qilmay, soʻramaydiyam. Bir kun munkillab qolgan afgʻon otaning rahmi keldi, shekilli, bir kiron pulni us-taga koʻrsatmay berdi. «Gadoy emasman» demoqchi boʻldim va chaqa pulni qaytardim. Lekin Oxund amaki koʻrib qolib: sadaqa emas, sovgʻa-baxshish, ol deya qovoq soldi. Majburan tashakkur ma’nosida bosh irgʻab, qabul qilgandim. Keyinroq Oxund bu odam Fargʻona xalqining mardligini koʻzi bilan koʻrgan bir afgʻon degandi-da chiqib ketgandi. Nomiga yashar joyimizning zang bosgan qulfini ildimu sartaroshga yugurdim. Hali doʻkonga oyoq bosmasdan muxo-jir ekanligimni payqab, barmogʻini bigiz qilib: qayerdan, nimaga kelding demoqchi boʻlib kalla likillatgandi. Shoshib, qoʻlimdagi chaqa pulni-yu sochimni koʻrsatdim. Sartarosh usta iljaygancha: oʻl-tir deya qoʻlidagi qaychi bilan yerni koʻrsatdi. Yerga choʻkib: qal-tirab, ey Xudo, qachon qutilarkanman degan xayol bilan mizgʻib qo-libman. Tushimda hovlimizni koʻrib endi tandir yoniga borga-nimda, yelkamga gursillab ogʻir bir musht tushgandi. Seskanib, koʻ-zimni ochsam, sartarosh usta doʻq qilib, yerga choʻkishimni buyurdi. Yoʻqolib qoldi degan qoʻrquv bilan oʻshandayoq chaqa pulni ustaga bergandim.

Hanuz oʻtirganimcha yoʻq, boshimga tushgan gurziday musht koʻzimda chaqmoq chaqnatib gangiratib yuborgandi. Qornim hushtak chalib yuborgandi. «Yoʻqol, tojik bachcha, biting bilan doʻkonimni rasvo qilasan» deya pisanda qildi. «Pul berdim-ku, amakijon», dedim duduqlanib, yigʻlamsirab. Oʻtirganlarning ham-masida bit bor-ku dedim. Boshimga urib qolmasin deya, ikki qoʻlim bilan boshimni qoʻriqladim. «Rahm qiling», dedim jonim xalqu-mimga kelib. Bular vatan egasi, biti ham oʻzi bilan. Aslida oʻzi ham alamdan kinoya qilmoqchi. Ammo oramizdagi farqning, bitga nima aloqasi bor, haligacha yecholganimiz yoʻq. Keyin yumshoqroq qi-lib dedi: «bor, yuvinib-puvinib kel». Oʻshanda ruhan tubanlashib, bit azobini unutgandim. Ular Vatan egasi ekan. Bu soʻz jigarimni laxtalab, parchalab, ustiga qalampir sepgandek yoqardi. Boshim loʻ-qillab, shu soʻz ta’sirida goh keksa chollardek jonim xalqumimga kelgandek tuyulardi. Bu qanday bedodlik. Pulimni olib, ravo koʻ-rilgan muomalaning egasi fargʻonalik boʻlsa-yu, yarashmagan gapni oʻylamay xafa qilsa kishini. Mening bitim bilan bir afgʻon biti orasida nima farq bor edi, dedim tajanglashib oʻz-oʻzimga. Bir pasda doʻkonni oʻntagina bitim rasvo qilarkan-a, dedim. Eh, bular-ni qara-ya, derkan bir otaxonning soʻzini eslagandim. «Baliq SA-sisa tuz, ammo tuz sasigan boʻlsa-chi?» degandi. Ammo boshimga tushgan bu savdo oʻsha tuzning tarjimasimikan, deya istehzo bilan koʻzini qisgandi Sarson togʻa. Bu savdoyu ado goʻyo oʻsha kunlarni qayta yashayotgandek jonsiz sariq sochlarim bitlanib, terlagandi. Soddagina soʻzlar bilan u kishini yupatmoqchi boʻlardim. Lekin bu zotning tomogʻida nimadir tiqilib, yutingandi qiynalib. Oʻshanda andishasi bor yoshgina ayol shafqat va rahmat, hurmat bilan birgina sovuq choy ichirdi va nafas rostlab, qayta soʻzlay boshladi. Sar-taroshning kayfiyati chatoqroq. Qilib qoʻygan harakatidan pushay-monga oʻxshab, miyasi aynigandek, koʻziga yosh olgandi. Men koʻz yoshimni artib, kuchli jahl bilan itqarash qilib, tish gʻijirlatib, koʻcha tomon talpingandim.

Yurtim, tugʻilgan joyimdan ajraganimdan beri minglab Dash-nomga dosh bergandim. Insonlar nega bunchalar zolim? Yosh boʻlsam-da axir men ham inson edim-ku. Qozoq kimu qirgʻiz kim, tojik kim, oʻzbeku turkman kim oʻzi… Tarixan chatishib, paygʻambari, Ki-tobu urf-odati, an’anasi bir-ku. Qoʻshigʻi-yu allasi bir boʻlgan odamning bolasi emasmi? Bungacha davom etib kelgan bu noma’-qulchilik bir kasallik emasmi? Vatan jamoasidagi bu xalq bir tanu bir jon boʻlishgan-ku axir. Endi biz ham aqllarni charxlab koʻrsak, bu balolarning hammasi tariximizni bilmasligimiz edi. Vatansizlik telbalikka yoʻl topar, telbalik esa ahmoqlikni topar ekan. Toʻgʻrisi, taqdirdan kaltak yegan Sarson togʻaning haqqoniy soʻzlariga yigʻlashni ham, kulishni ham bilolmay qolardim. Savod-siz bir turkistonlikning aqli raso, huquq oʻqigan bir qoziga teng dunyo koʻrishiga hayratlanardim. Nima uchun Vatanimiz xalqi pandavaqi dushmanlarga rom boʻlgan ekan, deb miyam gʻovlangandi. Dushmanlar birlik va butunlikka ahamiyat berar ekan. Biz besh birodarlarning mojarolashib, bir-birovimizga balchiq otishimiz ajdodlar ruhini bezovta qilmasmikan deya achinardim.

Sarson togʻa yana bulbulday sayrab, soʻzni boshladilar: “Qaytga-nimda negadir Oxund doʻkon pinjida kutib turgan ekan. «Ochmi-san, toʻqmisan», - deb soʻrab, koʻz yoshimni artish oʻrniga, bir tarsaki tushirib: «Qayerda yuribsan, tojikbachcha», deya baqirgancha qiyshiq darparchani ochib ketarkan, unutgan bir xaltachani olib uzoqlash-gandi. Endi oʻylayman: «XIX asrda axloq tubanlashgani uchun shaf-qatu odamiylikdan uzoqlashgan ekanmiz. Qur’oni karimga amal qilyapmiz degan bizlar, amaldan uzoq, Vatan va hurlik ma’nosini butunlay yoʻqotib, tariximizdan voz kechgan ekanmiz. Shu jaholat oramizda nifoq urugʻini undirib, shu ahvollarga tushib qolgan ekanmiz», deya jon kuydirardi Sarson togʻa yoqamga yopishmoqchi boʻlgandek. Bir qashqarlik bilan oramizda nima farq bor. Nechun qalblarimizda shayton hunari choʻlgʻab olgan, axir? Iymonimizni manqurtlashtirib, bir-birovimizga qayrab, yov qilib qoʻygan ekan dushmanlar. Hayotda xoʻrlangandan keyin payqab qoldik bu savdo-larni. Lekin afsuslanishning foydasi yoʻq edi. Shu ahmoqona haqoratlar, ozor berishlar meni ham «tojikroq» qilib qoʻygandi, desam xafa boʻlmang, adashganligimga hukm berib, qoʻya qolmang. Xiyonatkor boʻlib qolish oson emas edi. Soʻz egalarining foydasiz qilmishlarini qiliqlarini fosh qilmoqchiman. Unutmang, lekin lainlarning qilmishlarini kelajak naslga uqtirib qoʻyish sizu bizlarga insoniy, milliy vazifa. Sadoqatingizga ishonganim uchun bu dardu alam, jumboqni yelkangizga yuklab oʻzimdan soqit qilib yengillamoqchiman, dedi yigʻlamsirab Sarson togʻa. Hikoya qiziqarli tomon koʻchmoqchi degan yengillik bilan ertangi kunga soʻz berib koʻnglini olib ayrilgandi.

III bob

Shukr qilib, nafas rostlab, taranglashgan vujudini rohat-latib, jirkanch bir voqeani eslab, hazar qilgandek koʻrinardi. Aslida emin-erkinroq soʻz boshlagandi Sarson togʻa. Hanuz raso-lashmagan aqlim bilan oʻylardim: “Koʻchadan xilma-xil kiyimda yuzlarcha xotin, katta-kichik insonlar, hatto juldurvoqi tilamchi-lar ham pulga somsa sotib olib tamaddi qilishga qodir. Bu holat-larni koʻrib havaslanardim. Miyamdagi asorat ma’nosi tarqarmi-kan. Tugʻilgan yurtimda boyvachchalardek yashagan damlarni eslab, qup-quruq dudogʻimni yalab, och yurgandan koʻra tilanchilikka borgim kelardi. Lekin boshqasiga yuk boʻlmaslik shiori va mehnat bilan halol topib qorin toʻygʻazishning fazilatiga nima yetsin degan aqidaga ega edim. An’anamga bogʻliqligim ogʻir botar, or tomirim mungsiz ingrardi. Muxojir biror birodar koʻrib qolsa, oriyat ma’nosida millat tanini boʻlgan boʻlaman degan andisha ichimni kemirib, xunob qilardi. Bugundan boshlab afgʻon xalqining kasbi kafangadolik ekan, degan axloqiy haqiqatlar miyamni qamrab olgandi. Tavakkal qilib, bir burda qotgan nonu bir piyola suvga qachongacha sabr qilib yashash mumkin. Vahimasi choʻchitib yuborardi. Oʻshanda xayol yana Vatanga koʻchib, boʻynida qora kachkul, qoʻlida aso hech ikkilanmay xalqqa nasihat bergan, chidamli darvesh–qalandar-larni eslab, taskin topardim. Sakkiz yoshlarimda ushbu soʻzlarni ertangi umid bilan rozima-rozi eshitganmiz. Zora, bir kunmas bir kun omad yurishib, yopiq darvozalar ochilib qolar degan umidu ishonch kuch berib, tirik tutardi. Maktab koʻrmagan boʻlsam-da, bu-tun borligʻim bilan Xudoga ishonar, oilaviy tarbiyam doimo xudo-joʻylik va yaxshilikka yetaklardi. Ana shu niyat va orzularim bir kun roʻyobga chiqadi degan bir tuygʻu ichimni yoritardi. Umidsiz shayton derdim. Xudo mehribon, sabrning soʻngi salomat degan soʻz bejiz aytilmagan ekan. Ma’lum makonda ertani kutarkan, shunday ham boʻldi.

Negadir butun vujudimda boshqacha rohatni sezgandim. Hatto, boshim va vujudimda ogʻriq, charchoqni faxmlamay uxlab qolibman. Tushimda tugʻilib oʻsgan hovlimiz va bogʻimiz chegarasidagi ariqda zilol suvni koʻrgandim. Ariq labidagi yovvoyi jambil, rayhon va yalpiz hidi, goʻyo yotgan joyimni mushki anbar bilan qoplagandi. Qoʻshaloq qushlar sayrashi, uzoqlardan qoʻzichoqlarning ma’rashi eshitilardi. Shu payt bostirib oqib kelayotgan qizilga boʻyalgan suvni koʻrib, qirgʻoqqa chetlanmoqchi boʻldim. Lekin kuchim yetmadi. Boshimni bir toʻnkaga urib, dovdirab qolganimda, oppoq soqolli nuroniy kishi dast koʻtarib, qirgʻoqqa chiqarib, bir daraxt nov-dasiga oʻtqazib qoʻygandi. Jon holatda oʻz ovozimdan uygʻonib ket-gandim. Kir boʻlgan koʻylagimning yengi boshqaroq tuyulardi goʻyo. Xudoga shukur, jiyan, axir xayolim oʻzimdamas. Yuragim gupullardi. Uzoqdagi masjiddan bomdod azoni eshitilar, xoʻrozlar qichqirar-di. Sinchiklab quloq solsam, ohang har galgidan boshqacharoq. Yoqimli ohang vujudimni eritgandek ta’sirli. Rostini aytsam, shu bugungacha biror kishini ranjitmay, otam-onam kichikligim-dayoq majbur boʻlib, uzoqlarga ketib qolishgandi. Oxund moddiy jihatdan yordam qilmagan boʻlsa-da, diniy vazifamga xalaqit qil-may kelardi. Ogʻzidan sarimsoq hidi kelib turardi, aqli sustroq edi. Obdasta olganini hecham koʻrmagandim. Oʻrnimdan sapchib tur-gandimu bilganimcha niyat qilib bet-qoʻlimni yuvib, poklanib, ichimdan «Xudo» deya oddiy soʻzlar bilan Yaratganga sigʻinib, «bismilloh» deb masjidga qarab qadam tashlagandim. Yetib borganimda muazzin endi qomat uchun oʻrnidan turib farzni adosi niyatida imomni kutmoqda edi. Kichikligimda bomdod namozi sunnatini farzdan oldin oʻqib boʻlmaslik kerak degan soʻzni mehmonxonadagilardan eshitgandim.

Birov bilan sunnatni ado qilib, farz oʻqimoqlik nasib boʻl-gandi. Sajdaga borganda koʻzimdan duvillab yosh oqa boshladi. Salomdan soʻng imom duolariga chin koʻngildan oʻz tilagimni ham ona tilida qoʻshimcha qilib, yigʻlab olishga qoʻl koʻtargandim. Vazi-fani ado qilgach, masjiddan tarqalmoqchi boʻlganlar atrofimni oʻrab olishganda qoʻrqqandim. Aftidan, jamoa uncha gavjum emas edi. Biroz Badaxshon ahli, muxojirlar va toʻrt gaz surpdan ishton tiktirib kiydirib olganlar soni juda oz. Ust- boshga ahamiyat bergan ba’zilari qoʻlansa hidimdan, sochimdan hazar qilishar, jirkanishar, ba’zilari afsuslanib rahmi kelganlar ham bor. Buni boqishlaridan sezgandim. Ichlaridan pahlavon bir kishi qaradi. U kishi oppoq sallasini tuzatib, biz tomon yurdi. Oʻzaro imo va ishorasi bilan soʻzlashib, yaqinimga kelishdiyu pokizagina kiyingan kishi: “yo Rabbim, bu oʻsha bola” deya menga qaraganda, ichim boʻgʻzimga kelib, qoʻrquvdan mixlanib qolgandim. Chunki oʻsha kunlarda muxojirlarning juda koʻpchiligi qoʻlga tushishi va uzoq-larga yuborilishi haqidagi mish-mishlar oqar edi. U kishi yonimga kelib, boshimni silab: “san kecha ariq boʻyiga borganmiding?” deya soʻrab, oʻtkir koʻzini nigohimga qadagandi. Qilgan ishim ma’lum boʻlsa-da, ikkilanibroq gʻamimni ichimga yutgandim. Hayrat meni qamrab olgandi. Ammo u qoʻrqma, oʻgʻlim, men suvda choʻkkan bolaning otasi boʻlaman, dedi. Koʻzim yalt ochilib, “ha” ma’nosida bosh ir-gʻadim. Qoʻlimdan mahkam ushlab, mahalla tomon qadam tashlarkan, “uyda tushuntiraman”, – dedi. Men shoshib: yotar joyim menga omonat, borishim kerak, deya talpinib duduqlandim. Orqaroqdan turgan doʻkonga imo qildim. Chunki Oxundning qanaqa odamligi emas, koʻchada sarson yurganga ishonib boshpana berishi uningoda-miyligining isboti edi. Bolaligingda omonatga xiyonatchilarning oxiratda ahvoli chatoq boʻladi, degan nasihatomuz soʻzlari qulo-gʻimga qoʻrgʻoshinday oʻrnashib qolgandi. Haligi odam doʻkonga yetak-lagandi. Nima boʻlarkin deya, ham xavotirlanar, hardam xayol edim. Tasodifni qarangki, Oxund aka bizga qarab: Nima boʻldiykin, deb biram andisha bilan rangi za’faron, dovdirabroq: bola oʻgʻirlik qildi-yu uni ushlab olishdi, ushlanib qolguday boʻlsam, meni ham uzoqlarga surgun qilishadi, – deya xavotirlanganday koʻringandi. Qoʻlimdan mahkam ushlab, Umarali bir menga, bir unga nazar tashlab qoʻli koʻksida “Assalomu alaykum, usta” – deya ta’zim bajo qildi. Oxund amaki, Xudoga shukr qiling, degandek yuzi yorishib: “Vaalaykum assalom. Tinchlikmi, nima gap?” deya boshini tebratdi. Umarali bor gapni bir zumdayoq uqtirib qoʻyaqolgandi. Qarangki, Oxund oʻzi ham qachon ketarkan deb oʻylanib turgan ekan shekilli, voqeadan xabardor boʻlgach, sevinch izhor qilib, bu bolaga yaxshilik qilolmay hayron edim, rahmat sizga, dedi Umaralini quchoqlab. Soʻng menga roʻyxush koʻrsatib “Rozi boʻl, bolam”, – dedi qandaydir bir ahvolda. “Siz rozi boʻling, amakijon, otalik qildingiz, turli balolardan qutulib qolishimga sabab boʻldingiz. Tuzingizni yala-dim, – deya qoʻlini oʻpib, - xato oʻtgan boʻlsa uzr”, deya rozilik tilab, ajrashgan boʻlganmiz. Hozirgi aql bilan oʻylasam, Oxund amaki qoʻlidan kelmagan yaxshilikni Umaralidan kutganday edi. U bundan rozi boʻldi. Kishi peshonasiga yozilganidan boshqasini koʻrmaydi. Chunki koinotni Yaratganning quli zolim emasligini, farosatim bilan payqab qolgandim. Haqiqat yoʻlini sabr bilan kutish bandasining qoʻlida ekan. Kishi boshiga tushgan yaxshi-yomon savdo oʻz qoʻlida. Ya’ni irodang juz’iyga bogʻliq boʻlsa, boʻlarkan.

Sinovlarni tushunmaslik nodonlikning oʻzginasi. Yaxshi niyat bilan oqkoʻngillilar boshiga ham ogʻir kulfatlar tushishi mumkin-ku. Masalan, agar otam Margʻilon tomondan kelgan vatanparvar mujohidlarga homiylik qilib, ularga boshpana bermaganida, balki bugun dushman qoʻlida nom-nishonsiz yoʻqolmagan boʻli-shardi. Hali noraso boʻlsam-da, Oxund amakiga hurmat koʻrsatib, sabrli boʻlishim, meni tanimaganlarga shu or va qarashlarim haqida ma’lumot bergan boʻlardi, degan ishonchdaman.

Umarali xursand. Xullas, uning uyiga borganimdayoq mehri-bonligini sezdirib, Oxundga koʻrsatgan oliy harakatimdan, “Seni tabriklayman” degandek soʻzlar bayon qilgandi. Hovliga qadam qoʻyishim bilan qoʻl yuvdirib, taom berishdi. Keyin ust- bosh qilib, ozoda tutib, oʻz bolalaridek bagʻriga bosishgandi. Yoshli-gimda onamizdek doim kitob oʻqib berib, odob haqida gapirib, oʻziga hammani qaratgan bir nuroniy kishi boʻlardi. Meni ikka-lasi moʻ’jiza degan soʻzlar bilan koʻp maqtab shafqat koʻrsatardi. Moʻ’jiza desa jizza esimga kelardi. Soʻz ma’nosini toʻliq tushu-nolmasdim. Vaqt oʻtgan sayin bu hikmatli soʻzga aqlim yetib, oʻsha oqsoqol koʻz oʻngimda namoyon boʻlardi. Chunki otam qoraqosh, onam-ning sifati ham oʻshanga yaqin qora koʻz, Xudo bergan yuzga ega edi. Sariq soch va koʻzimga qarab moʻ’jiza, moʻ’jiza derdi. Mana, moʻ’-jiza degan soʻzga mahliyo boʻlib yoqa ushlab Xudoga shukr qilardim va moʻ’jizaviy bir ahvolda oradan oz fursat oʻtdi, oʻtmadi, qornim toʻyib, betim qizarib, gʻam-anduhdan qutuilib, badanim rohatlanib qolgandi. Goʻyo, Umarali otayu rafiqasi ona oʻrnida miyamga singib, xonadan bir nimalik boʻlgandek edim. Hatto ular oʻz bolasidek erkalatardilar, desam yolgʻon boʻlmaydi. Anchagina zamon shunday oqib, shamolday oʻtib, bir kun Umarali amaki chaqirib, niyatim haqida soʻrab qolgandi. Ulugʻ kishi yonida javob berishga ojiz boʻl-ganim uchun javob topolmay, boʻyin yutgandim. Harchand qistovga olib, e’tibor berib, javob kutsa-da, ich-ichimdan xursand, shafqat va mehribonligiga rahmat demoqchi boʻlardim. Lekin gʻururim yoʻl bermasdi. Oxund amakining oʻzi: “voy-voyov” dedi. Bu shaharda biz shaksiz musofirmiz, nasib boʻlsa, yaqinda butun jahonga chiqmoq-chimiz. Oʻylanib: qanday soʻylasam, deya sukut saqladim. Xohlasan-giz, xudojoʻy bir doʻstim bor. Sizni omonat topshiramiz, lekin rozi boʻlmasangiz, oʻzim bilan birga olib ketay. Ammo uzun yoʻl-larda boshingizga nimalar keladi, taxmin qilish qiyin, qiynalib qolguday boʻlsangiz, uvol boʻlmasmikan, deb qoʻrqaman, deya chuqur nafas olib qaradi. Toʻsatdan ichim shuvullab vasvasaga tushgandim. Oʻz-oʻzimga: ey Xudoyim, endi oʻzimga kelaman deganda, chiday olmay duvillab, koʻz yoshim sel boʻlib oʻksib, yigʻlab yuborganimni hanuz-gacha unutolmayman. Menga qoʻshilib, amakimning koʻzi jiqqa yoshga toʻlgandi. Boshimni bagʻriga bosib, tobora ortgan mehri bilan gʻamxoʻrlik koʻrsatgandi. Yigʻlab, yuragimni qon qilmang, aslida men sizni oʻgʻlim oʻrnida koʻraman, lekin oʻzingizni yot tutmang degandi. Hanuz uning soʻzi tugamasdanoq: men ham sizni amaki oʻr-nida hurmat qilaman, himoyangizga muhtojman, xizmatingizda boʻ-lay, jon amakijon, deya yolvordim. Iltimosim inobatga olindi shekilli, peshonamdan oʻpib: “Xudo nasib qilganini baham koʻra-miz, xotirjam boʻling”, deya bagʻriga ota muhabbati bilan bosgandi.

Bilolmayman, negadir Umarali amaki peshonasini chimirib, ayoliga taraddudlarni tezlashtirish uchun tinmay buyruq berar, im-koni boricha birovlarni xafa qilib qoʻymaslik uchun gʻamginsaro, unsiz koʻrinardi. Yoshingga qaramay vatandan chiqishgacha hamrohla-rimning qoʻrquv toʻla dovdirashlari meni unchalik choʻchitmagani qoyil qoldirgan edi, – dedi Sarson togʻa. Va oh uka, oh derdi, ichi-dagi vatan sogʻinchini yashirolmay, goʻyo muxojir yurtdoshlarning jabru jafosini ifoda qilib, tarjimon boʻlganday... Firoqu fi-gʻon ma’nosini faryod tariqasida hayqirib, ado qilmoqchi boʻlardi. Keyin mayda-chuydalarni yigʻishtirib, bomdod namozidan oldin huvillab qolgan hovli bilan vidolashib, jadallab, yoʻlga talpin-gandik. Uning qoʻlida choynak-piyola, yana bolasi yelkasida. Ayoli bir tugunchayu, menga oq boʻz xaltada yegulik, nonu quruq meva-cheva topshirgandi. Qancha yurdik bilolmayman, charchagandim, koʻprikka borganda bir ot va aravasi bilan bir kishi kutmoqda edi. Ama-kining bergan ma’lumotiga qaraganda, koʻprikning nomi “Muxiboʻlloxon koʻprigi” ekan. Ikki ot qoʻshilgan faytun ara-vasiga joylashgandik. Muxoliflar bilib qolmasin deya ish tut-gandi, deya oʻylayman. Umarali amakining kelib chiqishi laqay qabilasiga borib taqalarkan. Ibrohim laqayning faoliyatlari sababli qora daftarga yozilib qolganligini oʻzi hikoya qilib bergandi. Asosiy sabablariga aqlim yetmasdi. Ammo xalq orasida e’tiborga tushib, adolatparvar boʻlganlar. U doim kuzatuv ostida turar, xavf ostida ekan. U tez orada koʻchib, jon saqlash niyatida ekan. Afgʻon xalqidan boʻlib, eski pashtu balosiga duchor boʻlgan ul zot meni hayratlantirardi. Biz-ku Vatanimizni dushman bosib olgandan soʻng koʻchgandik. Alifdan xabarim yoʻq, ammo koʻp oʻtmay, fahmlay boshladim. Musofirlik, vatansizlik alami yuragimda chigil tugun bilan oʻralashib qolgani uchun hamdard ekanmiz deb oʻylab, Umarali amakiga achingan edim. Hamdard, sirdosh topish qancha qiyinligini keyinroq tushundim, xolos. Musofir, muxo-jirlarning, faqiru aftodahollarning fe’lu atvori ma’lum. Hatto bu qonu jondan boʻlib turib, bir-birovini kamsitganlarni koʻrganim uchun bu badbaxt bechoralar oracida ham bor ekan bu kasallik deya kulgandim. Oʻtirishda qornim toʻq, tetapoya qilib yurganlarim koʻz oʻngimdan ketmasdi. Shunday boʻlsa-da, shu yoshda oʻzim kabilarning gʻamiga gʻamdosh boʻlib tasalli berishga urinar-dim. Shu bois Umarali amakining dardi ham aziyat berardi. Shun-day xoru zorlik ichida tang koʻnglim homiy topganiga shukur qi-lardim. Qoʻllarda tugun, qishloqma-qishloq, shaharma-shahar yoʻl olar ekanmiz, jonimiz xalqumimizga kelgandi. Arava toʻxtamay jadallab borarkan, togʻlar orasida nega dam olishmaydi deb oʻylar-dim. Ammo amakiga sezdirishga tortinar, ancha-muncha arava gʻildi-ragi shikast yeganda bir amallab birgalashib ta’mirlab yoʻl olar, otlar ham shunda yemlanib, hordiq chiqarishardi. Horigan otlar-ning qora koʻzlari jiqqa yoshga toʻlganday, moʻltillab qarashardi. Rahmim kelib pishqirib turgan otlarning ahvolini koʻrib jigar bagʻrimga oʻq sanchilganday boʻlardi. Qancha vaqt oʻtdi oʻylashga qur-bim ham yetmay, hayron boʻlib yoʻl olar, baloqor shaharlardan oʻtib, Polixumri nomli qishloqning vayrona musofirxonasi hamda ayqonasiga kelib qoʻndik. Aslida hayvonlar uchun bino qurilgan yalanglik, bir tomonda pastak loy uychalar bor edi. Daraxt zotidan asar yoʻq. Sasib ketgan uyda chang shamoldan kishi dimogʻini qoʻlan-sa hid bezovta qilardi. Bilasizmi, bolalik chogʻim oʻtib, belda qon qaynay boshlagan paytga yaqin, xom sut emgan inson qorni toʻygach, nimalar orzu qilmas ekan. Qani endi, serdaraxt bogʻimizdan oʻtgan soy suvida choʻmilib, hordiq chiqarsam degan xayolning oʻzi ham kuch berardi, menga. Ikki kun, uch kechadan soʻng arava joy haqi toʻlab safarga chiqarkan, aravakash bilan xayrlashgandik.

Men hozir koʻrib turgan joylarda Afgʻonistonning suvi jannatiy desa boʻlardi. Lekin daraxt zoti anqoning urugʻiday noyob. Pushtu xalqi koʻpchiligi umrbod darbadarlik bilan umri oʻtarkan. Togʻdan soʻnggi tuproqlar pashtunlarga makon. Shimoliy Pomirlar, oʻzim tomonlar turkiyzabon, ya’ni Umaralilarning oʻz vatani. Pashtun xalqi tut daraxtiga oʻchroq, qishloqlarning aksa-risi shu ne’mat daraxti bilan obod. Chunki tut xalqona yegulik-larning eng sarasi hisoblanarkan. Lekin ipakchilikdan xabarlari yoʻq. Bularning ibtidoiyliklarini payqaganday boʻlardim. Yana bir qiziqarli haqiqati shuki, togʻlar choʻqqisida oppok qor koʻri-nib tursa-da, boshini toshdan toshga urib yoqimli ovozda qoʻshiq aytib oqqan soy suvlari iliq. Nega bizdagi soy suvlariday muz-day emas, deya vatanni eslardim. Soy boʻyidagi koʻkalamzorlar men tanigan oʻsimliklarga oʻxshamasdi. Bu soʻzlarim boshqalar uchun bach-kana tuyular, shu oʻlkaning hozirchalik bir parchasi boʻlgan. Xonobod dovonlarining qa’ridagi boyliklari Vatanimizning boyliklariga oʻxshab yuragimdagi dardga davo boʻlganday edi. Endi oʻsha ozgina rohat qaymogʻi, ma’naviy huzurdan ham quruq qolish qoʻrquvi vujudimni qamrab olgandi. Yoʻlda koʻringan qishloqlar aholisining ahvoliga qushlar yigʻlardi. Xonobodda boʻlgan payt-larda mendan qashshoqroq kiyinganlarni koʻrib yuragim orziqardi. Endi koʻrganlarimni oʻylasam, oʻzim ham koʻzimga ishonmasdim. Mustaqil bir oʻlkaning turmushi shu boʻlsa, deya aqlim yetmay hayron qoldim. Lekin xandon boʻlgan bu xalq baxtli boʻlganligini endi payqagandim. Chunki ular hur va mustaqillik ne’matlaridan faxrlanishardi. Oʻn kun deganda Chorikor degan bir oz odam-shavandaroq joyga, soʻngra Saroyxoʻjaga yetib keldik. Bu yerdagi xalqning koʻpchiligi duragay - panjiri hazora makoni. Rivoyat-larga qaraganda Panjir vodiysi aholisining kelib chiqishi Samarqanddan ekan. Ham pokizaroq. Dehqonchiliklari biz tomon-dagilarga oʻxshash. Xalq odobliroq ekanliklari suhbatlardan sezi-lardi. Albatta, savodsiz, kichik boʻlganim uchun tajribali keksa-lar soʻzlariga aqlim yetmasdi. Lekin boʻlib oʻtgan, eshitgan soʻzlar-dan xulosa chiqarishga urinardim. Darhaqiqat, Panjirlar orasida oʻzimni qarindoshlar orasida yurganday his qilar edim. Endi oʻylasam, hayotlari, qiliqlari, tillari, hatto suratu siyratlari bizga oʻxshardi. Ammo pashtunlar ta’sirida bizga haqorat ma’-nosida oʻzbek, vatanfurush, kallaxom, kafangado, qochqoq deya ozor berishlari afgʻonlar tushunchalariga yaqin edi. Ikki oygacha zamo-naviy yuk mashinasida yurib, kun yarmida poytaxt Qobulga qadam bosgandik. Ilk bor har tomoni rang-barang bezangan va u yerda yurgan har bir latta osilgan va gurillab yurgan mashinalarni koʻrib, Vatanimdagi qabristonlarda latta osilgan daraxtlar yodimga tushib oʻtganlar haqqiga oʻzimcha duo qilgandim. Umarali amakining qayfiyati joyida, xursand. Haq yoʻliga yaqinlashganini oʻylab, Xudoga ming bor shukur ado qilganday koʻrinardi. Hatto vatan ishqi uni majnunsifatroq qilib qoʻygandi, desam yolgʻon boʻlmasdi. Aslida bu gʻam emasdi. Chunki uning koʻngli toʻqligi menga ma’lum.

Lekin tugʻilgan joyidan uzoqlashib qolishni oʻylab hamdard boʻlish yoʻlini topolmagandim. 8 oycha vaqt oʻtdi. Xaroba bir karvonsaroy xonachalarida yashardik. Ish yoʻq. Oshqozon oʻlgur ovqat soʻraydi, ishtaha karnay. Umarali amaki negadir ikki-lanibroq nima qilishini bilolmay yurardi. Bir kuni hovliga chaqirib: “Oʻgʻlim, - dedi yigʻlamsirab, sahrosifat ogʻir qoʻlini yel-kamga qoʻyib, sen yigit boʻlib voyaga yetding, amaki sifatida senga foydali boʻlgan boʻlsam, baxtliman, ammo, - deya toʻxtabroq keyin davom etdi. -Hammamiz uchun hujjat kerak. Hozirgacha baxtimizga yoʻllarda balo-qazosiz, tinch keldik. Bundan soʻngrasi qiyin. Chunki chegaralardan oʻtamiz. Menda uch kishilik afgʻon yoʻl izi bor” deya soʻzini yakunladi. Eng muhimi, aqcha, pul deya soʻzini sochib, yuzini achinarli burishtiribroq: yoshim bir joyga borib qoldi, ayangni onang oʻrnida koʻrsang-da, nomahram hisoblanarkan, deya nochorligini sezdirmoqchi boʻlgandi. Keyin agar malol kelmasa, shu shaharda koʻpni koʻrgan, asl-nasabi ma’lum, vijdonli bir tanishim bor. Falak gardishi bilan Fargʻona tomonlardan kelib qolgan. Xohlasang, seni ul zotga, u kishini Xudoga topshiray, shoyad inda-masang yana oʻylab koʻramiz, – deya yerga qarab jim qolgandi, dov-dirab. Chunki bunday halol, mard, koʻzi toʻq, tadbirkor kishi oʻz amakimdan asrab, yaxshiliklarini olmagandi. Odamiyliklari kuchli. Jim boʻlib yerga qaragandim. Umarali amaki yana soʻz bosh-lab: soʻz beraman, Xudo nasib qilib hajga yetib olguday boʻlsam, bir yoʻlini topib, albatta, chaqiraman. Hayron boʻlib oʻylardim: rozi boʻlishdan boshqa chora yoʻq. Chunki soʻzlari haq. Bundan boshqa koʻnglida kir boʻlmasa-da, meni omonat qilmoqchi bir kishidan soʻz ochar ekan, unda sizdan deya men hazar qilgan Sizdan, bizdan kabi soʻz ogʻzidan chiqib, menga ogʻirroq tushgandi. Yana soʻzga boshlab: ul yurtdoshing boʻlgan zotga ham uqtirib qoʻyganman, kelgusi reja-larim sening rizongga bogʻliq, deya koʻnglimda qolgandi. Shuni bil-ki, ul zot vatanida oʻziga e’tiborli kishi. Fargʻonalik vatanpar-varlardan. Seni oʻz vatandoshi, oʻz bolasiday asrashini yaxshi bila-man. Ajab emas, vatanlaringiz ozod boʻlib seni vatanga yetkazsa, degan umidim ham bor. Ishonchim shul, ham bir hunarli boʻlib qolsang ajabmas. Umarali amakimni bolalik muhabbati bilan quchib, hoʻngrab yigʻlab yuborgandim. Buning ikki sababi bor edi. Birinchisi, shunday halol odamdan ajrab qolish, ikkinchisi, vatan ozodligi-yu, ota-onamni eslatishi ta’siri ostida oʻtmishim, baxtli paytlarim koʻzim oʻngida namoyon boʻlgandi. Yosh emasdim. Endi oʻylasam, oʻzimga ham qiziqarli, ma’qul ahvol ekan. Oʻshanda u kishi qoʻlini duoga ochib: “Ey Xudo, sen qudratlisan, muxo-jirlarga yoʻl koʻrsat” deya iltijo qildik. Havolar anchagacha iliq, ayvonga yoyilgan bir palos ustida qoʻlimga bosh qoʻyib, vatanga chaqirgandek charaqlab yotgan yulduzlarga qarab oʻy surib uxlab qolibman.

IV bob

Miyadagi qon yurishib, bir kechada 5-6 yosh oʻsganday oʻz-oʻzimcha kelajakka umid qilib, tavakkal koʻchaga kirganday, ichim yorishib ertalab bomdod namozini birga ado qildik, – deb eslaydi Sarson togʻa.

Nonushta payti amaki javob kutganday ikkilanibroq qarardi. Choy ichsam-da qonmay, ogʻzim qurib boʻgʻzimga tiqilardi. Yuti-nolmay yerga qarab oʻtirardim. Onam oʻrnidagi goʻzal aya chuqur en-tikib, jayronday entikib, nima qilishini bilolmay hijolat-namo koʻz yoshini ichiga toʻkardi. Ukam oʻrnidagi ziyrak Botirjon vaziyatni sezar, yeguliklarga qoʻl uzatmay otasining boshlab beri-shini kutar va koʻz ostida menga nazar tashlardi. Shu payt notanish kishi ayvondan chaqirib qoldi. Amaki zudlik bilan chiqdi-yu, “Salom, ey Poʻlatjon, xush kelding, kutib turuvdim, qani-qani, marhamat choyga”, – deya taklif qildi. Lekin mehmon rahmat degach, hovliga chiqishib gʻoyat sekin ovozda suhbatlashgan boʻlishdi. Mavzuga tushunmasam-da, Hindiston tomonga yoʻl olish masalasi ekanligini taxmin qildim. Chunki eshik orasidan koʻringan qoʻl harakatlari va Peshovar, Karachi, Mumbay degan soʻzlar eshiti-lardi. Bu shaharlar hind tomonda ekanligini Umarali amaki bir aytganday boʻlgandilar. Qoʻllarida bir qogʻoz bor, bir narsalar yozishardi: harajat haqida boʻlsa kerak. Umarali amaki peshona chi-mirib, qoʻlini peshonasiga qoʻyib, ajablanib, ikkilanibroq toʻx-tab qoldi. Keyin baland ovozda: “Xudo poshsho, qoʻlimda hunarim bor-ku. Shu kasb orqali...” deya soʻzni qisqa qilgandilar. Och qolsak ham mayli Baytullohga yetib olsak boʻldi-da, ertalab yoʻlga solib qoʻyarsan, deya soʻzda davom etdilar. A’zoi badanim titrab, goʻyo jon-sizday ichim shuvillab yuragim oqqandi. “Qolarkanman-da” ajo-yib, qoʻrquv aralash bir tuygʻu miyani chulgʻab olgandi. Na qila-rimni bilolmay garang boʻlib qolgandim. Poʻlatjon bizga uchra-masdanoq xayrlashib joʻnagach, amaki bitta-bitta qadam tashlab, xonaga kirib quchib, peshonamdan oʻpib: omad niyatida majolsiz koʻziga yosh olib tikilib qoldi. Amakijon, deya boʻyniga osildim, siz nimani ravo koʻrsangiz – oʻsha, – deya oʻpkam toʻlib qaradim. Amaki javobni tezlashtirishimni kutganday xursand. Unday boʻlsa deya yelkamga qoqib: yugur, ayang bilan xayrlashib, ukang bilan koʻrishib chiq, ungacha men bet-qoʻl yuvib, kutaman, – deya buyruq berdilar. Xonaga kirsam, aya shoshib koʻz yoshini arta boshladi. Demak, butun boʻlib oʻtgan voqeani kuzatib turgan ekan. Zaifa opaga onamday koʻnikib qolgan ekanman. “Rozi boʻling, deganimda, ukajonimni yuzidan oʻpganimda, Botirjon mahkam quchib: “Hovliga chiqib oʻynaylik” deya gapni choʻzib, erkalagandi. Jigarim ezilib ketgudek qonga aylandi. Xoʻp boʻladi, ukajon, bir joyga borib kelaylik, dadangiz kutadilar degan yolgʻonni ishlatib, ketsa qaytmas hikoya soʻzini tugatolmay koʻz yoshimni ichimga yutdim. Ey Xudo, derdim, ikkimiz ham oʻz Vatanimizda boʻlsaydigu, musofir-chilik, judolik dardini chekmasaydik, deya yaratganga orzuimni arz qilib sigʻingandim. Ungacha aya tugunchada mayda-chuyda, kiyim-kechak oʻrab topshirarkan, mahkam quchib, Xudo xohlasa, diydor nasib boʻlar, hajga yetib borgach, albatta, seni oldiramiz, xotir-jam boʻl bolam, ogʻrinma deya mehribonlik koʻrsatib yigʻlamsira-gandi. Dodu figʻon yuzida aks qilgan bolaga ikki qoʻli bilan yuzini toʻsib, qarashga botinolmasdi. Bir burchakda hang-mang boʻlib jimib qolgandi.

Hanuzgacha koʻzim oʻngida, – deya birovning bolasini qayta tomo-sha qilayotganday hansirardi Sarson janoblari. Hikoyani tinglar-kan, boshimdan oʻtgan ayrim voqealar vatansizlik sababli gʻurbat-da xoʻrlanib, ozor chekishlari yodimga tushib koʻz yoshi qilardim. Judolik dardiga choʻmgan Sarson togʻa koʻz yoshimni farq qilish u yoqda tursin oʻzi bu yerdayu aqli fikri Vatanda ekanligi aniq va yaqqol bilinardi. Yoʻllarda chekkan azob-uqubat bilan ovora. Ancha tin olib turib, u ulugʻ xonadon bilan vidolashgach, deya soʻz bosh-ladi. Chetga boqishga botinolmay, hovliga chiqdim. Amaki qaysi xayollarga toliqdi, bilmadim, ammo sabrsizlik bilan kutardi. Qoʻlimdan ushlab yetaklarkan: “Onasi, kechroq qolsam xavotir olma, degan soʻz boʻgʻzidan zoʻrgʻa chiqqandi. Karvonsaroydan chiqarkan, otlarning kishnashiyu, eshaklarning hangrashi, qoʻy, echkilarning oʻziga xos ovozi bir-biroviga qarshi goʻyo tarona boʻlib qulogʻimga yoqib ma’yuslashgandi. Vaqt-zamon ma’nosi toʻxtab, kallam vang. 2000 qadamcha yurdik shekilli, shovur orasidan ortilgan goʻng hi-diga chidab boʻlmas “Beadhulud” nomi bilan mashhur bir yaqindagi novdasi qurib qolgan tut daraxti ostida dam olgandik. Yoʻl-yoʻlakay koʻrganlarim hayratga tushirgandi. Bu yerning markazi va koʻchalarning ikki tomonidagi ifloslik, kishini dimogʻini jiyib ketgan havo, chang-tuproq tugʻilgan qishlogʻimning pokizaligini eslatardi. Goʻng oʻrtasidan oʻtgan 70 qadamlar kenglikdagi Kobul daryosi goʻyo axlatxona. Jildirab oqqan shaltoq oʻrtasida choponini boshiga yopib olgan, lozimini oxiriga tushirib, odob yeri ochiq holda hojat chiqarayotgan hayvonsifat odamlarni qilmishlariga achinmay oʻtish mumkinmas edi. Men tugʻilgan yurt koʻchalarining po-kizaligiyu axlat toʻkilmay asrangan ariqchalarini eslardim. Yoʻl boʻyidagi daraxt shoxchalarida gʻazalxonlik qilib sayragan xilma-xil qushlarning taronasi qulogʻimni jaranglatgandek boʻlardi. 75 qadamcha narida hovuz misoli suv oʻrtasida 15-20 oʻrdak gʻagʻilla-ganda oqar suv borligi bilinardi. Sohilida bir qator mevasiz daraxtlar va atrofida bir qavatli loy doʻkonlar va koʻkat yuvib yotgan baqiroq sotuvchilar oʻngida toʻxtagandik. Yana 30 qadamcha nariga borganimizda nisbatan pokizaroq doʻkon ichida margʻilon doʻppisi kiygan, bilagida nimcha, tandirdan non uzib turgan 35 yoshlardagi kishini koʻrib, dunyoga sigʻmay sevinib ketgandim.

Umarali amakim ovoziga, ichkarida qorachadan kelgan, novcha bir yigit “vaalaykum” deya qoʻlida hamir zuvalasi bilan qarab: xizmat, degandek koʻzlari porlagandi. Amaki ikkilanib barmogʻi bilan tandir bilan ovora kishini ishora qilganda yigit jiddiy ahvolda oʻz qoʻlini koʻrsatib “qulogʻim ogʻirroq” deya qisqa tushuntirgan boʻldi. Va 3-4 qadam tashlab novvoyni koʻrsatdi. Oʻshanda e’tibor bergan zot bizni koʻrib qolib: “Xush keldingiz” deya burro ona tilida bir qoʻli koʻksida qarshi olgandi. Ichkariga da’vat qilib, “Ozgina sabr qilinglar, hozir boʻshayman” degan ma’noda bosh tebratdi. Darhaqiqat, 5-10 non uzgandan soʻng bafurja qoʻl berib xonasiga yetaklagandi. Umarali amaki muloyim muomala bilan qoʻlidagi qogʻozni koʻrsatgandi. Novvoy amaki “Balli, man u kishining kuyovi Umarxoʻja boʻlaman, deya hurmat bilan oʻrnidan qoʻzgʻalib, bemalol harakatlariga qaraganda bugungi vazifasi oxiriga borganga oʻxshardi. Chunki bizni xonaga taklif qilib qoʻyib orqadagi boʻlimga kirib, pokizagina bashang kiyinib chiqqandi. Umarali amakining ishorasiga binoan men hamirgir yigit yoniga chiqqandim. Lekin yoshidan koʻringaniga amaki qoʻlu qosh-koʻz imolari bilan koʻngildan bir narsalarni uqtirayotganiga shohid boʻldim. Hamirgir yigit kulimsirab, meni kutib yaqinlik izhor qilgandi. Ichkarida amakilar orasida yana qandoq mavzular borasida suhbat boʻlayotgani menga noma’lum. Ammo men haqimda soʻz borayotgani aniq.

Ichki dunyomni kuchli bir andisha qamrab olgan. Qishlogʻimdan chiqishdan oldin ham shunday dardu alam tuygʻusi hokim boʻlgandi. U zamonlar yoshligim sababli bunaqa oʻrtanganim yoʻq. Endi-chi, oʻz ota-onamdan ajrab qolayotganday, ma’yuslanib, gʻam balchigʻiga botgandim. Koʻnglim shogird hamirgir akada. Hatto labxandon bilan kulimsirab qoʻydimu ichimda olov alangali tandir misoli yonmoqda. Duvullab oqqan yosh koʻzimni xiralashtirgandi. Narigi tomondan men ham novvoy boʻlsammikan, qornim toʻyib non yeb, oʻzimga oʻxshashlarni toʻydirib yursam, degan havas butun vuju-dimga singganday xayolga tolgandim.

Bir zumdayoq bugungacha boshimdan oʻtgan uqubat hayotimdan yuvilganday, ichimda bir sevinch havosi va umid uygʻonganday boʻldi. Shu payt chamasi 45 yoshlardagi ixcham soqolli oʻrta boʻyli, yumaloq qorniga shoyidan belbogʻ taqib olgan nuroniy bir zot salom berib keldiyu, amakilar gurung qilib turgan xonaga oʻtar ekan: “Xush keldingiz, yigitcha”, – deb mehribonlik qilib, oʻtkir nigohini qadagan edi. Ungacha hamirgir boʻlib oʻtganlarni zudlik bilan bayon qilib, xonada mehmon borligini imo bilan hurmat koʻrsatdi. Ul zot kelib ketgach, hamirgir yigit meni ogohlantirib qoʻyish uchun Asomiddin xoʻja eshon mingboshi Rustamning qaynotalari, hatto menga ham ma’naviy ota desa boʻladi, – deya uqtirgandi. Duvuzlashib qoʻlimni koʻksimga qoʻyib tashakkur ma’-nosida hurmat koʻrsatdim. Shu payt koʻzim orqa tomondan pastlik-da oqayotgan suvga tushib, qoʻl-bet yuvib bir oʻzimga kelay niyati bilan oʻtmoqchi boʻluvdim, shunda shogird bola; “Ukajon, mabodo u suvdan ichib yurmang, xohlasangiz hamirga ishlatiladigan halol suv bor, oqqan suv 3 yumalasa halol, ammo bu suv 3 ming bor yuma-lasa ham foydasi yoʻq, ehtiyot boʻling”, degandek jonkuyarlik qildi. Kulib: “Rahmat, shunchaki qiziqib koʻrmoqchi boʻldim” dedim. Ke-yin qoʻlida choynak-piyola bilan mehmonxonaga choy berib qaytdi. Ichkaridan ovoz chiqmas, sabr bilan natijani kutishdan boshqa choram yoʻq. Bir soatcha oʻtdi. Ungacha shogird hamir taxtasini pok-pokiza qilib ustiga mayda-chuyda qandu meva tuzab, meni chaqirib choy uzatdi. Oʻsha onda 2-3 bora amakilar bor xonaga ham kirib chiq-di. Lekin oramizda aniq bir gap oʻtmadi. Bir payt ikkalalari koʻz-lari yoshli boʻlib, yonimizga kelishib, Umarali amaki boshimni si-lab hijron tuygʻusi bilan: “Oʻgʻlim, – deya quchoqlab, seni Eshon ama-kiga topshirib, ularni Xudoga topshirsam”, – deya xayrlashib ketdi.

Kelganimga bir necha oy boʻldi. Ish joyimiz bir qavatli imorat, har tomoni boʻr bilan oqlangan oppoq. Hamirgir Hamid bilan togʻorasini kunda bir bor boshdan oyoq poklab ozoda tutishni odat qilganmiz. Bu ishni boshdayoq ta’kidlab tayinlashgan. Kir-chirini Umarxoʻja ustam har hafta uyda yuvdirib kelardilar. Kun-da kamida bir bor yuvinib yurishimni koʻz ostida tutishardi. Us-tamning uyi bir soatchalik yoʻl, piyoda borib kelardilar. Murda-shusi mahallasiga yaqin. Har kuni erinmay borib-kelgan Umarxoʻja amaki ish vaqtidan keyinga qolmasdan yetib kelardi. Toʻgʻri, meh-natkash. Qaynotalari Asomiddinxoʻja eshon mingboshi ota haftada bir kelib, qizini, poshsho va nabirasi Mohtobxonni koʻrib kechardilar. Yegulik moʻl-koʻl. Xususan, shogird bola eshon otadan oʻrgangan tunuka samovarda qiymali goʻshtli shoʻrva qaynatishiga qiziqib, lazzatiga oʻrganib qolgandim. Mingboshi ota har gal kamchiligimni oʻrgatib, hisoblashardilar. Shu asnoda taomlar lazzatliroq boʻlib tatirdi. Har payshanba milliy taom, sergoʻsht palovxontoʻrani ota oʻz qoʻli bilan pishirib, qoʻni-qoʻshniga, hatto yon tomondagi masjidda muazzimlik ado qilgan pakana, qop-qora domlani ziyorat qilardi. Bu odamni kafti sap-sariq somonday, badani arabnamo. Hayron boʻlardim. Chunki biz tomonlarda bu da-rajadagi qora rangda odam boʻlmagandi. Qadimgi arablardan qol-gan loʻlilardanmikan, deya hanuzgacha oʻylayman. Katta, rishtonso-pol laganga suzilgan palovni qoshiqlamay, qoʻl bilan oshardik. Qora odamning osh yeyishi boshqacharoq: qoringa yostiq tirab, mar-jonnamo oq tishlari bilan rosa chaynab, goʻyo «choʻlpillatardi». Ba’zan laganni yeb yuborgudek tozalab, soʻfiyligini isbotlamoqchi boʻlardi.

Ariq boʻyidagi daraxtlar novdasiga 10 ta bedana osilgan. Biri sayrab, narigisiga navbat berardi. Vatandagi bogʻimizni, beda-zorni eslatardi. Ezilgan yuragim shuvillab, orziqib ketardi. Unda-bunda Eshon otaning yigʻisiga sabab boʻlardi. Oʻshanda xonaga kirib, shogird bilan gurunglashar, dardlashar, jannatmakon kin-dik qonim toʻkilgan makon – Vatanni eslardik. Esdalik ba’zida sevintirib, ba’zida gʻam-anduhga gʻarq qilardi. Shogird bola Qodirjon bu yerda yashamoqqa majbur emas. Chunki hozirchalik af-gʻonlar qoʻlida boʻlgan bu tuproqlar Badaxshon, Imom shoir shahar-chasidan boʻlib afgʻon fuqarosi edi. Bundaqalar ingliz siyosati, istiqomati va kelishuvi sababli afgʻon oʻlkasi hisoblanardi. Dala-dasht ularga boʻlib berilgan, mahalliy xalq haqsizlikka uchrab, tumtaraqay yurtsiz boʻlib qolishgan edi. Ota-onasi ana shu haqsizlikka, zulmga chiday olmay qazo qilishgandi. Bola tasodi-fan Eshon ota Asomiddinxoʻjaga ota deb, himoyasida kun kechirar ekan. Bechora alamzada edi. Bu gʻaribning soʻzlariga qaraganda, Eshon otaning sanoqsiz tanishlari, doʻstlari bor. Barchasi teng-dosh. Har hafta mashhur Shermuhammadbekning Qobul, toʻrtinchi chap mavzesi Rezbon charmfurushon mahallasida katta koʻchaga yaqin kenggina hovlisida Vatansizlik amalini bedanabozlik bilan unu-tisharkan. Lekin Eshon otaning urushqoq bedanalari boʻlgani holda yeng ichida olib yurar, aslo urushtirmas, Orifjon nomli qoʻqonlik, jiyan oʻrnidagi bir yigitga omonat qilar ekan. Chunki qushlarga ziyon boʻladi, deya asrab urushtirishdan tonar ekan. Qoʻshning koʻr boʻlsa, koʻzingni qis, soʻziga binoan xoʻja koʻrsinga va zavq uchun bedana tarbiyalar ekan. “Rahmdil bu zot agar diqqat qilsangiz, har kuni kamida 20 xonadonga non yuboradi”, deya Eshonota saxiyligidan soʻz ochib, maqtar edi, oʻz otasini yaxshilaganday shogird bola. Darhaqiqat, kelganimga bir yilcha boʻlib, hamirkorlik va zuvala ishini qovrib, koʻrarda malaka hosil qilib, ustalarni soʻziga amal qilgandim.

“Yaqinda ustalik orzusida yurardim, – dedi Qodirjon. U beva-bechoralarga non berib turinglar”, deya tayinlardi. Kelgan-ketgan mehmonlarga koʻrsatilgan izzatu muomalani koʻrib, bu zot novvoy-likdan foydalanish oʻrniga tekinga ishlar ekan, deb ajablanar-dim. Ammo baraka, baxayru hosil, degan soʻz meni ham saxiylikka da’vat qilardi. Atrofimizda afgʻon usulida pishirilgan nonlar sotilmaydi. Egalari ketganda bizda hali tandirdan non uzilmay odamlar navbat turishardi. Oʻzidagi himmat, bizning doʻkonimiz-dagi axloqiy qoidalarga rioya qilish muhim edi. Masalan, suvni ariqdan emas, pulga sotib olib ichardik, dorilangan shaharning rasmiy, davlat suvi edi. Pokizaligi aniq, quvur suvi iste’mol qilardik. Chunki rasmiylar tomonidan tozalanib, tindirilgan suv edi. Bu yoshga kelganda odamiylik harom va halol, yordam berish ma’nosiga tushunib qolgandim. Savodsiz boʻlsam-da, Umarxoʻja ustam ishonib nasiyachilar hisobini butunlay menga topshirib qoʻygan va silliq daraxt novdasiga nasiyaga sotilgan har 5 dona non choʻpxatga bir belgi bilan yozilar, shunga qarab har hafta hi-soblanar va pul undirilardi. Hech bir qoldirilmayotgani kabi savob ishlar uchun tandirdan uzilgan non va chaqa pul tayyor turardi. Ariq boʻyidagi ma’lum joylarga non ushatib, gʻazalxon qushlarni yemlash Eshon otaning ajoyib xislat va odatlaridan. Novvoylar bir qop kuygan nonni hamirga qoʻshib, pul qilishadi, – degan shubha Eshon otani behuzur qilar, asalaridek boshqalarga foydali boʻlishdan zavq olardi, desam yolgʻon boʻlmaydi. Lekin haqsizliklarga toqati yoʻq, chiday olmasdi. Shu bois koʻp oʻylamay, men ham shu odatlarga boʻysunganday odatlangandim. Masalan, koʻchaning narigi betidagi devor ostida daydi afgʻonlar doim oʻti-rar, ikki koʻzi faqat bizlarda. Biror maxfiy voqeaga nazorat qilganday qarashlari gʻashimga tegardi. Oʻshanday boʻlsa ham ovqat-lanish paytlari rahmim kelib, ba’zan issiq nonu ba’zan ovqat-povqat berar, yaqinlik paydo qilishga urinardim.

Kelgan-ketgan-lar bilan qilib turgan qiliqlariga aqlim yetmas, ikkilanardim. Chunki savodsiz edim. Savodsizlarning bilgani oʻzidan kattalar-dan olgan pandu nasihat va eshitganlaridan iborat xolos. Shu tajriba tufayli Fargʻona tarafdan kelganlarning qilmishlari tekshiruv ostida boʻlsa kerak, deya oʻylardim. Ertalabdan shomgacha itqarash bilan baqrayib koʻzi bizlarda, hatto kichik hojatini ham devorga qarab, it misoli bajarardi. Oramizda 30 qadamcha masofa bor xolos. Bir tomondan, orqadan har xil axlatlar toʻplanib, oqib badboʻylik ulashayotgan ariq, narigi tomonda devordan taralgan qoʻlansa hid, oʻtgan-ketgan, xususan, bizlarni bezovta, hatto garang-latib qoʻyardi. Har kuni yegulik joʻnatib, shu xususda eslatib, shu xususda iltimos qilardim. Juma kuni kosada shoʻrva olib borib, muloyimlik bilan yana bir bor iltimos qildim. Lekin u dariy forsiy tilida “vatansiz it” deya soʻkinib, shoʻrvani ustimga sochib yubordi. Jonim xalqumimga kelib, oʻzimni tutolmay qolgandim. Sariq boʻlganim uchunmi, burnim shishib yigitlikka qadam qoʻyganim uchunmi, qonim qaynaganidanmi haqoratga chiday olmay, toʻsatdan kallasiga bir mushtlasam, bir zumdayoq peshonasi moma-taloq boʻlib boʻrtib chiqdi. Dodlagach, odamlar orasidan 2 maxfiy mirshab kelib, “Qani, koʻtar-koʻtar”lashib, yaqindagi mirshabxonaga olib borishdi. Meni koʻrgan boshliq hali gap boshlamasdanoq, “voy, xomkalla oʻzbek, itbachcha, vatanfurush, vataningdan qochib, xalqimizdan yordam olib, qorning toʻyib, quturib, endi bizday rasmiylarning mushkul yoʻlini qiladigan boʻlib qoldingmi”, – deya qator-qator, turli-tuman dashnom bilan qoʻlidagi tayoq bilan doʻpposlab, savalay ketdi. Kaltakka chidasam ham, bir tomondan, gʻururim, boshqa tomondan, omonat qilingan doʻkon nima boʻlarkin deb, dodlash alami bilan uqtirgani borib, arz qildim. Lekin bu ohu zorimni Xudodan boshqasi eshitmasdi. Soʻkishlarning eng qoʻ-poli boʻlgan ogʻir soʻzlar qulogʻimni qizdirib, dovdirab qolgan-dim. Tasodifni qarangki, oʻsha payt oʻz ishi bilan militsiyaxonaga uchragan tanish muxojir bir yurtdosh ahvolni koʻrib novvoyxonaga yugurgan. Shogird bola endi kelib havotirlanib oʻtirgan ekan. Hodisadan xabardor boʻlgach, tengdoshlari bilan gap majlisiga qatnashgan Eshon ota qayerda ekanligini aniqlab, xabar tushirgan. Xuftonga yaqin ul zot yonida bir zobit bilan kelishib, ma’murni ma’lum yoʻlda xursand qilishib, yupatishib meni qutqazishdi. Qi-lib qoʻygan xatoimdan hijolatligimdan ezilib vaj topolmay, yerga qarab ishga qaytgandim. Lekin koʻzimdan oqqan yosh goʻyo Sirdaryoning chalasiday telba oqar, meni girdobiga toʻgʻri sudrab zavq qilib yutmoqchi boʻlardi. Eshon ota keyin oʻzi bilgan usulda koʻkargan yaralarimni dorilab, omonatning bagʻri yumshoq boʻladi, deya oʻz-oʻziga dalda va taskin berardi. Sabriga qoyil qolib, shukr qilmoqqa majolim qolmagandi. Va ancha oʻtgach, Qodir akani chaqi-rib: “Ukangiz shu xonada dam olsin, men yoʻq boʻlaman, ulfatlar xavotirda boʻlib, kutib qolishmasin. Xudoga omonat boʻlinglar” deya chiqib ketdilar. Qodir “Xoʻp, Eshon ota”, – dedi. Uning itoat-korligi, qoʻlini koʻksiga qoʻyish odobi menga ibrat boʻlib, oilaviy tarbiyaning nima ekanligini anglaganday boʻlardim. Otani xafa qildingiz, degandek, moʻltillar, koʻzini mendan uzolmas, lekin indamas edi va yaxshi dam oling deb, xonasiga chiqib ketdi. Har za-mon Qodir aka bilan narigi xonada yotib turar, bomdod namozidan oldinroq uygʻonib, tahorat va namozdan soʻng ozgina mizgʻib olar, soʻng tandirga oʻt qalab, qizigach, Umarxoʻja amaki kelib non yopishni boshlardi. Bu kecha men uchun juda uzun kecha boʻldi. Choʻzilib, lat yegan a’zoyi badanim loʻqillab bezovta qilsa-da, Qodir aka choyxonada shoʻrva pishirib, tongda achchiqqina shoʻrva olib kelib ichirib, koʻngil olgandi. Kayfiyat chatoq, tomogʻimning tiqilishiga parvo qilmay shoʻrvani ichib uxlab qolibman.

V bob

Ertalabgacha ishlar bajarilib, usta Umarxoʻja va Qodir aka nonushtaga boshlashdi. Men hijolatnamo orqa tomonga oʻtib, bet-qoʻl yuvib, qazo namozini ado qilgach, bosh egib salom berdim va dasturxon chetiga choʻkdim. Shu payt Eshon ota yoqimli ishtaha va yutuqli kunlar tilab, ikkalamizga iltifot koʻrsatib ketgandilar. Lekin peshonasidagi ajinlar gʻijimsimon, oʻzi bilan oʻzi gaplash-ganday nimanidir oʻylardi. Ichkariga choy olib kirganimda qoʻli-dagi koʻk varaqli qogʻozga boqish bilan ovora boʻlib, salomlashganda ham bosh bilan javoblab, koʻz ostidan kulib, “rahmat”, “chiqing” ma’nosida imlagandilar. Boshim egik holda hijolat bilan tisa-rilib chiqib ketdim. Bu holat ogʻir kelgach, tahorat uchun obdasta olib, Umarxoʻjani tashqariga imlagandi. Koʻchaning narigi tomo-nida anchagacha gurunglashishgandi. Oralarida qanday suhbat oʻtgan-ligi menga noayon. Ammo ustaning yuzidan tashvish alomati sezi-lar, chunki garangnamo harakatlari boshqacharoq. Usta bajonidil ishda davom etar, xohlagandan ham intizomli edi. Eshon ota haf-tacha koʻrinmadilar. Payshanba kuni asr payti qoʻlida tuguncha bilan salom berib kirib keldilar. Barchamiz bilan judayam sogʻinch va mehribonlik bilan soʻrashib, toʻgʻri xonalariga kirdilar. Yoʻq-liklarida devorlarni oqlab, anjomlarni jobajo tartiblab qoʻy-gandim. Oqshom oʻsha kuni Qodir aka ichak shovla pishirgandi. Toʻrttalamiz ish joyi, burchakdagi hamirtaxta ustida ovqatlandik. Eshon ota huftonga yaqin dasturxonga uzundan uzun duo fotiha tortdi. U zotning piqillab yigʻlab duo qilishlarini ilk bor koʻr-gandim. Yuzidan bolalarday nur yogʻilar, ixcham soqol tolalari ora-sidan marjon donalariday yosh oqishini va titrashini hanuzgacha unutolganim yoʻq. Dasturxonni toʻpladik. Qozonchada ortgan shov-lani kosaga solib, har oqshom salom berib, musht yegan darvesh bobo haqi deb tayyorlab qoʻygach, Eshon ota uchalamizni xonaga chaqirdi-lar. Qaynoq choyni toʻrtta piyola, novvot va quruq meva-cheva bilan olib kirgandim. Oʻshanda Qodir akaga bir buxcha sarpo topshirib turganliklarini koʻrgandim. Men kirgach, ustam qoʻzgʻolib tancha-dagi buxchani “Bu sizga, otadan sovgʻa”, deya uzatgandi. Hushimdan ketgudek dovdirab qolgandim. Chunki aziz yurtdan ajraganimdan beri Umarali amakidan keyin ilk bor otaxon meni sovgʻaga loyiq koʻrgandi. Choyxoʻrlik paytida mingboshi otaning nasihatomuz soʻzlaridan soʻng nafas olib: “Xudo xohlasa, juma kuni ertalab hammomga borib, kiyinib turinglar, nasib boʻlsa birgalashib mehmonga boramiz, ishni amakingiz oʻzlari eplab turadilar”, – deya buyruq berib, Xudoga omonat boʻlinglar, deb chiqib ketdilar.

Juma kuni ertalab, tor koʻchalardan oʻtib, haroba bir hammomga borgandim. Qobuldagi hammomlarning suvi quduqlardan olinar-di. Va koʻchalardan toʻplangan axlatlar hammom gulxanida yoqilib, suv isitilardi. Boshdan oyoq qop-qora gulaxi bir kishi oʻt yoqib, kuya ustiga tinmay axlat solib, shu xona uchun issiq suv tayyorlardi. Doshqozonda suv toʻplanib, hammom ichidagi hovuzchalarga toʻldiri-lardi. Odamlar oʻsha suv bilan yuvinib, kir chiqarishardi. Hammom juda tor, qora chiroq bilan yoritilgani uchun lipillagan piltasi sababli koʻlankalar jin va shayton misoli oʻynoqi boʻlib aks etar-di. Gʻoʻla olgan kishi chiqaman deganida yangi kelgan koʻlankalar yorishardi, shuning uchun ma’nan haromlashgani uchun bizga yana bir bor pokiza suv bilan poklanish kerak boʻlardi. Ammo bu ish har kishining oʻz e’tiqodiga bogʻliq ikkinchi bor tozalanish shakli hi-soblanardi. Odam ozligidan moʻylovi yangi terlagan yigitchalar-ning yolgʻiz borishlari xavfliroq. Chunki “jinlar toʻy qilishardi” degan vahima va mish-mish bor. Mobodo bir jinni bosib olgudek boʻlsa, baloga qoladi, degan gap-soʻz yuradi. Aslida jinlar emas, ikki oyoqli shaytonlar bilan har turli axloqsizlik sodir boʻlishi mumkin va nomiga bid’atchi musulmonlar orasida amalda har turli munosabat namoyishi desa boʻlardi. Kir chiqadiyu haqiqiy ma’naviy pokizalik haqida Xudoni oʻzi biladi, xolos. Endi toza-lanib chiqaman deganda boshqa bir kishiga harom suv sachrab qoli-shini aqldan uzoq tutmaslik kerak.

Yuvinib joyimizga qaytgach, hammom suvi bilan yana bir bor gʻusl qilib, sovgʻa matolarni kiyib masjidga joʻnadik. Aytganday, Umarxoʻja amaki ozgina hamirni nomiga koʻpchitib qoʻygandilar. Zudlik bilan tandirni qizdirib, endi nonushta qila boshlagani-mizda Eshon ota salom berib, agar yogʻli patir pishib, sizlar tayyor boʻlsangizlar, ketdik dedilar. Ammo patir hanuz tayyor emasdi. Shu bois xonaga kirib, choy ichib qoʻya qoldilar. Batamom hozirlaga-nimizda, uchalamiz ustani Xudoga omonat qilib, yoʻlga tushdik.

Toʻgʻrisi, sevinch a’zoyi badanimga singib, saylgohga ketayotgan bolalarday hayajonda edim. Usta bilan xayrlashib, yoʻlga tushganda Eshon otadan ozgina orqada qolib, Qodir akaga “qayerga borarkan-miz” deya soʻramoqchi boʻlardim. Payqab qolgan otaxon bir zum toʻxtab, oʻng qoʻli bilan meni-yu chap qoʻli bilan Qodir akani mah-kam ushlab, oʻz qatorlariga tortgandilar. Qodirjonni bilmaymanu oʻz otam yetaklaganday, xayolim Kosonsoy guzaridagi shod damla-rimga koʻchib, yuragim hapqirib, ota-onamni eslagandim. Koʻzimdan yosh marjon donalari kabi oqa boshlagach, boʻkirib yigʻlab yubor-gandim. Eshon ota ma’noli boqib, tabassum qilib qoʻydi va yoʻlida davom etdi. Sezgirligi, ichidagi dardu alam peshona jimiridan aniq bilinardi. “Diatyulon” nomi bilan shuhrat qozongan, ya’ni Afgʻon qishlogʻi ma’nosida, goʻyo Kobul eng obod va xalq uchun saylgoh joyi edi. Ammo bu suhbatni tasdiqlash uchun ming guvoh kerak. Tor koʻchaning boshida yarim qurigan daraxt ostida loy tup-roqdan qilingan supachaga borib oʻtirgandik. Oʻshanda ota belbo-gʻini chiqarib, ostimizga yoyib, roʻmolchasini menga berib, “Oʻzin-gizni tutib, koʻz yoshingizni arting, oʻgʻlim” degandilar. Qodirjon-ni yonimga oʻtkazib, oʻzi boshini ikki qoʻli orasiga olib, anchagacha jim boʻlib qolgandilar. Yigitlik chogʻi ta’sirimi yo uyalibmi, oʻzimni tetik koʻrsatish uchun koʻzimga chang tushdi, deya Qodir akaga qaragandim. U tabassum bilan yelkamga qoqqandi. Tomdan tushgan ahvolini yana tomdan tushgan biladi, degan afandining gapi aq-limga kelib yana tabassum ma’nosiga yetib borgandi. Ikkalamiz dardlashib Eshon otani unutgan ekanmiz. Ana shunda mehribon tovushda “endi bas”, deya xayol olamidan qutqazgandilar. Yana ikka-lamiz ikki qadam ortda yurardik ergashib. Eshon ota negadir yuzini koʻrsatmay qadam tashlar, ovozlari chiqmasdi. Endi bilsam, ahvolimizni sezib, soqolu sumbatli otaxon ham yigʻlagan ekanlar. Chunki uchalamiz ham vatanidan judo, uzoqlardan kelgan gʻariblar edik. Qodir aka oʻz vatanida turib, zulm sababli gʻurbatda gʻarib, jabrdiyda. Bizlar esa vatandan butunlay ajrab qolgan muxo-jirlar edik.

Besh-olti yuz qadam yurib, yana Kobul daryosining qirgʻogʻidagi qoʻpol qoya toshlar ustiga qoʻndik. Vaqtli boʻlgani uchun hanuz xalq batamom bozorlaganmas. U zamonda Kobulda ishlab chiquvchi kattaroq ishxona yoʻq. Xalq mayda-chuyda hunarlar va qoʻl ishi – kosibchilik bilan ovora. Dangasalikda vaqtu zamonning ahamiyati yoʻq. Uyqusirab, bang bilan shugʻullanishardi koʻpchiliklari. Daryo, desangiz ma’lum ahvolda. Yozda qurgʻoqchilik, suv goʻyo, shaharda anqoning urugʻi. Dam olishga majburmiz.

Oʻshanda otaxon tebranibroq soʻz boshlab, tajribalarini ongi-mizga singdirmoqchi boʻlganday, quloq bering, degan qarash bilan nafas rostlagandilar. Ikki-uch bor yoʻtalib ham qoʻydilar. Lekin biz hali ham shirin va zid xayollar ketidan tushganimizni payqadi shekilli, silliqqina qilib: “Jon oʻgʻillarim, sizlarni oʻz oʻgʻilla-rimdan, hatto ziyodroq koʻraman. Shuning uchun hijolat qilib qoʻy-may deb, ba’zi xatolaringizni ham koʻrmaslikka olib, koʻz yumaman. Lekin ba’zi haqiqatlarni bayon qilish vaqti keldi, deb oʻylayman. Kobulning quruq togʻlariga, shoxlardagi manzaraga nazar tashlab turib, afgʻon xalqi judayam qashshoq, sizlar yosh boʻlganingiz uchun vatanimiz bilan bu oʻlkani taroziga solib, taqqoslashishingiz mumkin emas. Lekin shuni bilib qoʻyinglarki, bu xalq baxtli, masrur, baxtiyor. Chunki hur, ozod, bayrami bor. Oʻziga xon, oʻziga bek. Qancha maqtashib bizlarga yov qarashga haqli. Chunki vatan bu-larniki. Biz esa muxojir vatangadomiz, koʻzga ilashib, toʻrroqqa oʻrnashganlardan ibrat olib, kelajak uchun soya ketidan yurishimiz kerak. Toʻgʻri, bularning ta’na-tuhmatlariga duch kelib, dumimiz qisiq. Ammo har kechaning bir belgisi bor. Ajabmas, bir kun biz ham kulib qolsagu bular ham bizga koʻrsatgan haqsizliklaridan uyalib qolishsa, Xudo mehribon. Shuning uchun bu xalqqa har tomonlama insonligimizni isbotlashimiz kerak. Shoshilib quruq togʻlaru atrofga koʻz tashlab dedi: ikki oʻgʻlim bor edi: biri Xolmuhammadxoʻja. Hozir bola-chaqasi bilan Mozori Sharif shahrida.

Xudo xohlasa sogʻ-salomatdir. Yana biri Yusufxoʻja. Ho-zir oʻz vatanim – Margʻilonning Varzak qishlogʻida onasi bilan. Xudo oʻz panohida saqlasin. Dushmanlar surgun qilgan boʻlishlari mumkin. Bilolmay, boshim qotgan. Vatanimiz Turkistonni asrdan beri dushmanlar bosib olishgan. Muqaddas tuproqlar ajdod yodgo-ri, meros. Lekin aksari xalqimiz ozodlikning asl ma’nosini jaholatimiz sababli butunlay unutishgan. Parokandalashib, bego-nalashib, asorat panjasida ezilib bormoqdamiz. Koʻpchilik jaho-lat davridagi qabilachilik, bid’at, ayirmachilik bilan ovora. Ozchilik majburan chet ellarga koʻcharkan, Amu daryosiga koʻmdik. Ba’zilarimizni Xudo asrab muxojir boʻldik. Lekin ozod odamlar orasida sarsonu sargardon, dumimizni qisib yurishga majbur boʻl-dik. Insonning boshi Xudoning toshi ekan, agar sabr ma’nosiga rioya qilib, chidab, vazmin harakat qilmas ekanmiz, yana ham battar-roq ahvollarga tushib qolishni aqldan uzoq tutishlik katta nodonlik boʻladi. Sizlar hali yosh, oʻspirin, yoʻlning boshidasiz-lar. Odamzod kindik qoni toʻkilgan muqaddas makonni qoʻmsab, ma’naviy tomondan charchab, choʻkishi aniq. Lekin musulmon taq-dirga tan berishi kerak. Yaratgan bizlarga oz boʻlsa-da bir iroda kuch ato qilgan. Har qanday qiyin ahvolga giriftor boʻlsak-da, vatanga qaytish rejasini miyamizda doim tirik tutmaslik katta xiyonat. Ajdod merosi aziz tuproqlardan dushmanlarni quvmas ekanmiz, Tangri taolo rozi boʻlmaydi. Hijrat vatandan qochish emas, qaytish uchun himmat va aql yoʻli bilan payt poylab harakat qilish, qabih yoʻllarni jasorat bilan yoʻq qilish uchun yoʻl qidirish. Buni esa moddiy-ma’naviy fidokorlik bilan amalga oshirish mumkin.

Hozir milodiy 1940 yil. Bu asorat yana qachongacha davom etadi, Xudo biladi. Lekin dunyo algʻov-dalgʻov, dushmanlarimiz boshqa oʻlkalar bilan oʻzaro ittalosh bilan ovora. Shu fursatdan foyda-lanib qolish umidi paydo boʻldi, degan ishonch bizlarni qamchila-shi kerak. Yosh boʻlganliklaringiz uchun soʻzlarimdan qanchalik bah-ramandlanasizlar, bilolmayman. Chunki maktab koʻrmay, savodsiz qolganlar soʻz poyoniga yetib borishi qiyinroq. Ammo qalbu mehringizdagi vatan hasrati-yu gʻurbat sizlarni qiynayotganini sezmoq qiyin emas. Iymonim komilki, vaqti, zamoni kelganda vatan yoʻlida jonlaringizni ham ayamaysizlar. Kelajakni tayin-lab yoʻl topishga moddiyan va ma’nan qudrati yetmagan millatlar umrbod boshqalarga qul boʻlishga mahkum. Oʻzim ham bu haqiqat ma’nosiga gʻurbatda yetib borgandayman. Millat yoʻlida bosh qoʻygan kishi doim metin irodali boʻlib, oʻzini anglab yurishi kerak. Jahl asaldan ham totli, ammo uni totgan kishi oʻz qoʻli bilan bilagini kishanlab balolarga yoʻliqadi. Xato yoʻlga kirib qolishi aniq. Oxiri berk joydan qutilishi oson boʻlmaydi. Bu sizlarni ado qilar ekan”.

Eshon ota menga koʻproq nazar tashlab, nasihatimning koʻplari senga tegishli, deganday qilgan xatoimga imo qilardilar. Sarson togʻa Eshon ota soʻziga soʻz ulab, hech bir zamon bandaning kuchiga ishonib boʻlmaydi. Aqlning yoʻli bir: oʻzingni er bilsang, bosh-qani sher bil, degan, dedi.

Boshidan oʻtgan yana bir hodisani tabassum bilan hikoya qilgan-dilar. Bir muddat yerga qarab oʻtirishdan boshqa ilojim qolmagan-di, hijolatnamo xatoimni anglagandek boʻlgandim. Men ham Eshon otaning u zamonlar qilgan nasihatlariga askiyanamo soʻzlar bilan hazillashgan boʻldim. Oradan bir soatcha oʻtdi. Sarson togʻa soʻz boshlab: “Ruhi shod boʻlsin Asomiddinxoʻja mingboshining”, deya xayr bilan yod qilgandi. Keyin ota soʻziga soʻz ulab tabiiy boʻlgan vatanparvarlik shioru tuygʻusini tarbiyalash uchun tajribali kishilar suhbatidan bahramand boʻlishingiz kerak, deya dam oldi.

Eshon ota hikoya qilishda davom etib, “Sizlarni bugun doʻstlar davrasidagi yaqinlarimga tanishtirib qoʻymoqchiman, oʻz idrokla-ringizga qarab, qissadan hissa chiqarishga urinib, kelajakda bizlarni duo qilsangiz, bas”, deya oʻrinlaridan siljib, katta bir saylgohga olib borayotgandek yetakladilar.

Jamoatga yetib olish uchun yoʻl yaqinidagi masjidga yetib kel-dik. Hali azonga ancha vaqt bor. Obdasta bor, lekin qaytadan taho-ratni yangilab, bemalol harakat qilardik. Suhbat ancha vaqtimizni olmagan boʻlsa-da, soatlar suvday oqib ketgandi. Toʻgʻrirogʻi, vaqt rejalagandi desam ham boʻladi. Kir salla oʻrab, qirq gaz oq boʻzdan ishton tiktirib, qora koʻylak kiygan, pahmoq soqollilar masjid-dagi quduq suvidan foylalanishar, ibodat uchun tayyorgarchilik bilan ovora.

Kobulning mashhur masjidlaridan hisoblangan bu ibodatxona gʻisht koʻprikning qarshisida Xoʻja Safo togʻi tomonda joylashgan. Jamoat doim gavjum. Masjid xonasiga kirganimizda takbir ovozi yangradi. Soqoli xina bilan boʻyalgan keksaroq domla dariy-forsiycha tilda va’z aytib, halolu harom ustida soʻz olib borardi. Jamoat orasidagi ba’zilarning kir kiyim va badanlaridan ke-layotgan qoʻlansa hid oldingi ahvolimni eslatar, va’z ma’nosiga mos tushmasdi. Jamoatdagilar orasida saf tortgan muxojirlar-ning nazofati tozaligi baqadri hol, domlaning soʻzlariga muvo-fiq koʻrinardi. Va’z oxirida vatan ozodligi, hurriyat, bayram ma’nosini izohlab, bu Xudoning ulugʻ ne’matlariga shukr qilish kerak, deya soʻzni johil millatlar va parokanda xalqlar orasida biz muxojirlarni ibrat qilib koʻrsatgan edi. Oʻshanda Eshon ota piqillab yigʻlab yubordilar. U kishiga qoʻshilib biz va bizga qoʻ-shilib yonma-yon safdosh muxojirlar ham yigʻlarkan, vatan egalari haqli suratda xursand, bizga boshqacharoq qarashardi. Juma namozi qoidalariga muvofiq ado qilinib, masjiddan chiqdik. Umumiy duoga qolmadik. Yoʻlda bir dagʻachalik boʻlolmadik, deya oʻz-oʻzicha mingʻilladi Eshon ota. Afgʻonlarga ofarin deb, bizlarga imo fikrida borgandi, dedi Sarson togʻa qissadan hissa chiqarganday.

Sarichoq nomli usti yopiq rasta bozordan oʻtib, toʻrtinchi qatordan chap qoʻldagi maydonga Goʻriyon va Resfonfurushon, ya’ni bayroq, arqon bozori tomon burilgandik. Qadimiy bozor boʻlgan rastadagi sotuvchilarning koʻpi hindu, juhud, oʻzlariga ishongan puldor, kuchli kishilar. Ba’zilari, xususan, Samarqandning ju-hudlari Eshon otani tanib qolishib, juda samimiy, oʻzbekchalab hol-ahvol soʻrashganidan sevinib ketdim. Qoʻpolroq muomalali afgʻonu hazoralar bizlarni qishloqi, sodda xaridor hisoblab, aldamoqchi boʻlishar, ammo biz beparvo, qarab ham qoʻymay oʻtardik. Unda-munda fargʻonalik muxojir yurtdosh yerga doʻppi, mayda-chuyda yoyib oʻtirishar, kim boʻlishidan qat’i nazar hurmat bilan kutib olib, qoʻl qovushtirishar edi.

Bizlarni koʻrmay qolishi tabiiy, chunki bozor tiqilinch. Rivoyatlarga qaraganda, bozor rastalarining rejasini Bobur ustalari yaratgan. Biroq chala tashlab Hindistonga ketgach, Buxoroyi sharifdan usta olib kelinib, bunyod qilishgan ekan. Rastadan chiqishda bir muxojir qovun, meva sotib oʻtirgan edi. Eshon otani koʻrgach salomlashib, ikki dona qovun tanlab, uzatdi. Hayron boʻldim. Chunki Eshon ota uzatgan pulni olmaslikka tirishardi. Ammo Eshon ota pulni choʻntagiga tashlab, hurmat va rahmat bilan xayrlashgandi. Qodir akaning soʻziga qaraganda Asomiddin xoʻja Eshon qovun turganda boshqa noz-ne’matlarga qoʻl uzatmas ekan. Tavba, derdim oʻz-oʻzimcha otamni eslab.

Yetti yuz qadamcha yurib taxta darvoza oldida toʻxtadik. Eshon ota uch marotaba “taq, taq, taq” deb darvoza toʻqmoqchasini qoqqanda, zum oʻtmay: “Hozir, Eshon ota” degan tovush kelib, qoraqosh, oq tanli bashanggina yigit bizlarni odob bilan kutib oldi. Hayron boʻldim: hozirgi aqlim bilan oʻylab koʻrsam, har ehtimolga qarshi oʻzaro “parol” ishlatisharkan. Chunki barchalari ham vatanda dush-manlarga qarshi ozodlik yoʻlida jon olib, jon berishar, ayovsiz kurashgan muxojirlardan edilar. Ancha yoʻl yurdik. Charchamadim desam yolgʻon. Ammo Eshon otaning bardam qadam tashlashiga ajablangandim, yigitlar misoli peshqadam, ixcham edilar, bada-niy kuchdan koʻra ma’naviy kuchga ega ekanligiga ishongandim. U zamonlar mashina yoʻq, ot arava gohi yoʻl chatoqligi sababli har doim qatnamasdi. Yoʻllarga yangi-yangi qum, tosh toʻkilib, obod boʻlmoqda. Turmadagi tutqunlar tekinga qoʻllarida bolgʻa, kurak, tosh ishlarida mehnat qilishardi. Aslida afgʻon xalqi mehnatkash, chidamli. Lekin kerakli yoʻl tuzatish texnikasi, imkoniyatlari yoʻq. U zamondagi oʻlkaga hokim, podshoh, siyosiy toʻda manfaatidan boshqani oʻylamas edilar. Haqiqatni soʻzlab, mahmadonalik qilib, bosh koʻtarganlarning boshi soʻroqsiz yanchilardi.

Hovliga qadam tashlaganda supurilib, tozalangan, pokizalik-ni koʻrib yayraganday boʻldim. Uzunligi yuz-ellik qadamcha keng hov-lining ikki tomoni qatorasiga bir qavatli loy uylardan iborat. Ayvon ham qurilishga mos. Devorlar oqlangan. Oʻng qoʻldagi xonaga kirdik. Dahlizga oyoq yechib, Eshon ota ketidan qoʻl qovushtirgan edik. Chunki oʻtirganlar Eshon otani koʻriboq qoʻzgʻalishib, bizni uy toʻriga da’vat qilishgandi. “Shukur-e, sizni ham koʻrarkanmiz”, deya bir ogʻizdan iltifot koʻrsatishardi. Choʻgʻdek qip-qizil eroni gilam yoyilgan. Fargʻonacha atlas koʻrpachalar toʻshalgan, baxmal yostiqlar boshqacha havo berib, vatan manzarasini eslatdi. Bir-bir qoʻl berib, ayrimlari bilan quchoqlashib koʻrishib, oʻtirilgach, sogʻlik, xotirjamlik va vatanda koʻrishaylik, deya tamshanib, duoga qoʻl koʻtarilgandi. Hurmat bajo keltirib, poygakda kutayotgandik, Eshon otaning oʻng tomonida joylashgan muloyimgina kishi: “Xush kelibsizlar, yigitchalar”, deya oʻtirishimiz uchun ruxsat berib, qoʻl olishdi. Bizni darvozada kutib olgan yigit “oʻtiringlar” ma’no-sida imo qilgandi, bemalol oʻtirib oldik. Har tomondan koʻz yugur-tirib, lafz tashlarkan, Eshon otaning jaranglagan ovozi tomon oʻtirganlar quloqlarini ding qilishdi.

Avval Qodir akani koʻrsatib, “aslida vatanimizning bir par-chasi boʻlgan Imom Sohib shahridan Qodirjon. Falakning gar-dishi bilan tuhmatga uchrab, tugʻilgan makonidan judo, musofir. Bu kishi koʻpdan buyon yonimdalar. Toʻgʻri, halol, chaqqon, dastyor, mehnatkash, qadrshunos, xizmatkor, ishonarli bir yigit” dedi. Keyin men tomon barmogʻi-la koʻrsatib, “Bu ikkinchi oʻgʻlim. Zukko, usta novvoy. Ota-onasi qatagʻon qilinib, surgunga uchragan. Qarin-doshlari gʻamxoʻrligi bilan omon qolsin deya bu tomonlarga joʻ-natilgan. Musofirlik dardini chaqaloqligidayoq tortgan. Koʻp jabru jafo chekkan, haqsizliklarga chidamsizroq. Bir oz asori-mijoz, kuch-quvvati joyida. Har xususda ishonarli. Ismi Sharif-lari Sarsontoy. Sadoqatiga imonim komil, kafolat beraman. Maktab koʻrmagan. Himoyangizda tarbiyalanib, yoʻl koʻrsatilsa, Xudo xohlasa, oz kunda yoʻlini topib olar, degan ishonchdaman. Umid qilamanki, mushtumzur boʻlmay, Xudo lutf qilgan aql kuchini yaxshi yoʻlda ishlatar. Chunki niyati pok, yuragi begʻubor, deya soʻzini tamomladilar. Oʻtirganlar chapak chalishib, xursandchilik izhor qilishdi. Eshon ota yana soʻz boshlab, oʻng qoʻlda oʻtirgan zotni bizga koʻrsatib: “Bilingiz, mujohidlar rahbari, hurmatli Shermuham-madbek boʻladilar”, deya hurmat bilan qoʻzgʻalib bekka qaradilar.

Bu zot uzun boʻyli, muloyimgina, boshidagi doʻppi ustiga oq roʻmolini salla misoli oʻrab olgan «rahmat» deya bosh irgʻagandi. U kishining yonida oʻtirgan sermoʻylov rasmiy askarning ikki koʻzi bizda, odamni koʻrsatib: doʻstimiz, davradoshimiz, afgʻon generali Zulmayxon, uning yonida oʻtirganga ishorat qilib, janoblari Zumarayxon afgʻonli doʻstlarimiz. Xalqimiz da’vo va dardlaridan xabardir. Haqiqiy suhbatdoshlarimiz.

Keyin soʻzga soʻz ulanib, 15 ga yaqin muxojir suhbatdoshlarni tanishtirib, poygakroqda oʻtirgan bugʻdoyrang tanli, oʻrta boʻyli kishini koʻrsatib: «ukam oʻrnida, Nurmuhammadbek bizni darvozada kutib olgan xushbichim yigitni koʻrsatib: bek janoblarining akalari Toshmuhammadbekning oʻgʻillari Xolmuhammadbek, oʻgʻlim Xolmuham-madxoʻjaga kuyov» deya soʻzlarini yakunlagandilar. Shu payt qoʻlida oftoba, chilobchin va oq dasturxon olib kirishib, xizmatga shay-lanishgan edi. Yoyilgan dasturxon nonu turp va sabzavot bilan be-zalgan edi, xolos. Yana toʻrt yigit katta Rishton sopol laganlarida sargoʻsht palovni, yana bir necha qoshiq olib, tanlangan nuqtalarga nazokat bilan qoʻyishib, chiqib ketishgandi.

VI bob

“Bismilloh, yoqimli ishtaha” deya boshlab bergan Eshondan keyin ovqatlanishga boshladik. Barchalari qoshiqqa e’tibor ber-may, qoʻllari bilan oshab, tanovul qilishdi. Shu choq Xolmuham-madbek bizlarga homiylik qilib, jasorat berib, hatto uzoqroq-dagi turpni yaqinimizga qoʻyib, “olinglar, yigitlar”, dedi. Qodir qulogʻimga shivirlab, “bogʻbon beshak mehmon shavi, bogʻdod kishi sayyoh shavi”, ya’ni “oy bilan oʻtirsang oy, qozon bilan oʻtirsang, qora boʻlasan” ma’nosida tojikchalab, goʻyo meni xursand qilmoqchi boʻlardi.

Qodir akaning soʻziga qaraganda, oldin ham mehmonxona koʻr-gan. Chunki mehmon uzatish odobidan ancha boxabar, tajribali koʻrinardi. Men ham bir zumdayoq taxminan xizmat bajo qilishga urinib koʻrgandim. Ovqatlanish payti dasturxon odobiga mos pa-zanda va uy egasi haqida “rahmatu maqtovlar”dan iborat soʻzlar boʻldi. Soʻngra dasturxon duosiga navbat kelganda vazifa Eshon otaga havola qilindi. Eshon ota duoga qoʻl koʻtarib, “alham-dulilloh”dan boshlab, arabcha shukur adosigacha Xudoga iltijodan soʻng ona Vatan ozodligi, xalqimizning rizqi, baxtli boʻlishi, milliy hamkorlik, ittifoq va Vatandagi vatanparvarlarga bardam boʻlishlari uchun yigʻlab turib, Yaratgandan rizo tilab, yana duoga qoʻl ochib, “Yo Parvardigor, olam va koinotni bor qilgan qudrat egasi Xudoyim, dunyodagi butun islom olamiga, musulmonlarga, vatanidan ajrab qolganlarga, vasiylik hurmati yordam ber, biz-larni dunyoda vatansiz, oxiratda iymonsiz qoʻyma, dinu iymonimiz yonida, ruhiy iymonimiz boʻlgan Vatanga, el-ulusparvarlik, shioru e’tiqodimizga kuch bagʻishla, dunyo bor boʻlgandan beri ajdodimiz doim vaqtda va birga ekanimizga ishonib, ibodat va qulluq qilib, bizlarga Xudo bir, paygʻambar barhaq, degan aqidaga amal qilish fursatidek, milliy iymon shiorimizning isboti va ajdodlar ru-hini shod qilish va shunday majlislarni vatanda ham, yaqin kun-larda nasib qil, dushman niyatlarini oʻzlariga qaytar, yo rabbil-olamin! Bilib-bilmay dushmanlar qatoriga qoʻshilib, xalqimizga zulmni ravo koʻrganlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsat, biz muxojirlarga qoʻlidan kelgancha homiylik qilgan pok niyatlilarni oʻz panohingda saqla. Vatanni bizlarga omonat qilganlarning qabrlarini nurli, ruhlarini shod, makonlarini jannat qil. Ularning yonida yuzi-mizni qaro qilma, bizlarni kechir, xatolarimizni avf et, yurt dushmani kabi ta’nalardan biz vatangadolarni qutqaz”, deya qish-loqcha, oddiyona duo qilib, oxirini arabcha duo bilan tugatgandi-lar. Oʻtirganlarning koʻzi toʻla yosh. “Omin” deb fotiha tortish-gandi. Hatto vijdonli afgʻon, pashtun va narigi mehmon ham dod-lashib, gʻamxoʻrlik bildirishib, Eshon otani quchib, rahmat bil-dirishgandi. Dasturxon yigʻishtirilgach, dunyo masalalari ustida suhbat boshlagach, ikkimiz xizmat ado qilganlarga yordam berish niyatida choy-poy tashish uchun qoʻzgʻoldik. Lekin Shermuhammad ja-noblari suhbatga qatnashishimiz uchun bizni oʻtirishga undashardi. Suhbatdagi soʻzlarning ma’nosiga uncha tushunmasdim. Vatanu gʻurbatdan boshqa milliy ruh, milliy birlik, milliy iymon kabi soʻzlarni ilk bor eshitgandim. Tarixdan xabarim yoʻq. Tajribali kishilarning siyosiy va joʻgʻrofiy soʻzlari men uchun Qof togʻidan balandparvoz. Ongim kuchsizlik qilardi. Qodir aka engashib, qosh-koʻz harakatlari bilan, ba’zan bosh liqillatib, soʻz ma’nosini si-mirib-simirib, zavq olgandek koʻrinardi. Oʻz kamchiligiga afsus-lanib, ufqlarga tikilib oʻqiyolmaganimga sabab Vatansizlik ekan-ligini endigina payqadim, deya boshini siqib yigʻlardi, shekilli, bir piyola sovuq choy xoʻplab, ikki qoʻli bilan boshini qisib churq etmay ancha tin olgandi Sarson togʻa. Keyin bugungi muxojir-larning dardini his etdim. Ammo na foyda, derdi yuzimga boqib Sarson togʻa.

Armon toʻla alamlarni yuraklarga sigʻdirolmay oʻlib ketganlar dardini oldinroq tushunsaydim, koshki, ichlarida qaynar buloq boʻlib, toshgan dardu alamlarni oʻz yaqinlariga uqtirolmay dunyoni tark qilganlar ruhiga duo qilishdan boshqa choram yoʻq, endi.

Yana ikki soʻzni sizga hikoya sifatida ado qilayotgan boʻlsam, oʻshalarga oʻxshash anjuman va mehmonxonalardagi gapu gashtaklar-dan olingan meva va hosilot. Qani endi, oʻsha marhumlar sogʻ boʻl-sayu u kishilarning oyoqlarini oʻpib, xizmat qilsam, deya kuyunib yigʻlardi Sarson togʻa. Shomga yaqin xayrlashib, kelasi suhbatlar kuni aniqlanib, mehmonlar tarqashgandi. Ba’zilari ketarkan, ik-kalamizga alohida nazokatu shafqat bilan mehmonga taklif qilib, erkalatishgandi. Xolmuhammadbek bularni kuzatib, pazanda va xizmatdagilarni qoʻliga sovgʻa va haqlarini berib joʻnatdi. Eshik tagida xizmat bajo qilib, koʻplarning diqqatiga sazovor boʻlgan-dik, desam xudbinlik va yolgʻon boʻlmasa kerak. Shu payt Eshon ota ikkalamizni ichkari chorlab Shermuhammadbek amakiga tanishtir-gan boʻldilar. U kishining qulogʻiga bir narsalar shivirlagandi-lar. Shunda bek yaqinlashib, peshonamdan silab, umr, baxt tilagan-dilar. Qoʻlini oʻpmoqchi boʻldim. Lekin u zot, bolajonlarim, tik yurishni odat qilib, birovlarga aslo boʻyin egmanglar, bizlarning ahvolga tushib qolish sizlarga yarashmaydi, deya nasihat qilgan boʻldilar. Oʻsha-oʻsha bugungacha birovning qoʻlini oʻpmay, hurmat bajo qilaman, dedi Sarson togʻa. Ularga “rahmat” aytib, bir-bir quchoqlashgan kuyi Eshon ota xayrlashib, “Xudoyimga topshirdim” deya bizni yetakladilar.

VII bob

Bu gal kelgan yoʻlimimizdan emas, mahalla oralab, iflos, tor koʻchalardan oʻtib, yotar joyimga yoʻl olgandim. Chunki rasta bozor-larda kechalar yurish toʻgʻri emasligini Eshon ota tayinlagandilar. Ba’zi zolim qorovullardan uzoq turish tadbir hisoblanarkan. Bu qisqa ma’lumot qulogʻimga qoʻrgʻoshinday oʻrnashib, hozirgacha amal qilaman, dedi soʻz orasida Sarson togʻa. Gʻira-shira, hali qorongʻu-lik tushmagan. Yoʻlda ozgina dam olgandek boʻldim. Ammo Eshon otaning nasihatomuz soʻzlariga qiziqib, yoʻl qisqargandi. Bir zum-dayoq yetib kelgandik. Eshon ota odobu muboshirat, tajribali ki-shilar majlislariga qatnashmoqning foydalaridan soʻz ochib, yax-shi-yomon, toʻgʻri-yu egri, va’daga vafolik, sirdosh kishilarni oʻsha-naqa ma’rakalardan topadi, kishi, deya aqlim yetgan soʻzlarni soʻz-lab, shivirlagandilar. Charchoq sababli ortiqcha gap oʻtmay oʻsha kecha Eshon ota oʻz joyida-yu biz ikkimiz Qodir aka xonasida kechalagan-dik. Hayotimizda bunday tinch, rohat uyqu uxlaganimni eslay ol-mayman. Tushimda butun dunyo goʻyo jannat misoli koʻm-koʻk. Hayot-baxsh nagʻmalar quloqqa chalingan, hovlimizdan zilol suv oqar, ota-onam osmondan uchib kelgandi. Peshonamni silab, toʻgʻrilik, azob, ahdga vafo toʻgʻrisida pandu nasihat oʻqib, soʻz oxirida, albatta, hovliga borishimni aytib buyruq berishardi. Otam qoʻyib, onam soʻzga boshlashib, yana navbat otamga kelib dunyo jannat, Vatanga borganda, albatta, tilovat qilib, duoga qoʻl ochgin derdilar. Va bir zumdayoq koʻzdan uzoqlashishgandi. “Onaxon, otajon” deya baqi-rib, Qodir akani uygʻotib yuboribman. Koʻzimni ochsam, Eshon ota peshonamga kaftini qoʻyib, “Nima boʻldi, oʻgʻlim, bosinqiradin-gizmi?” dedilar. “Yoʻq, otaxon, ota-onam kelib, toʻsatdan ketib qolishdi”, – dedim yigʻlamsirab, tushimni bayon qilib. Eshon ota zamzama bilan duo oʻqib “chu” degandan keyin, “Xudo xohlasa, va-tanni qayta koʻrasiz, lekin men...” deya koʻzlariga yosh olib chiqib ketgandilar. Bomdod yaqin, uyqu qochgan. Poklanib, tilagimni niyat qilib, ikki rakaat namoz oʻqib, savobini oʻtganlar ruhiga ba-gʻishlab, Xudoga iltijo bilan fotiha qilgandim.

Qish keldi. Borgan sayin Vatan, ozodlik haqidagi umidlar chil-parchin boʻlgandi. Eshon ota unda-bunda keladigan boʻlib qol-gandi. Bir kuni dasturxon ustida soʻz yana ma’lum dardga taqaldi. Shahar hayotidan koʻngil uzib, Vatandagi dehqonchilikni qoʻmsab Shermuhammadbeklar bilan togʻ orasidagi “Bomazang” nomli joy-dan dala olib, paxta, qovun, sabzavot ekishmoqchi boʻlishgandi. Hali soʻz tugamay, koshki men ham oʻshanday yerda ishlasam deya havas bilan soʻz yuritgandim koʻzlarim chaqnab, oʻynab. Umarxoʻja amaki: “Rostdan yaxshi boʻlardi”, deya koʻz-qosh oʻynatgandilar. Dunyolarga sigʻmay sevingandim. Polizlar orasida yugurib, paxta orasidagi ba’zi joʻyaklarga ekilgan joʻxori poyasini sindirib, shimiyman, degan xayolga choʻmgandim. Tarvuzi qanday maza, derdim. Bahor ke-lib, ekin-tekin boshlanganda, afsuski, borolmagandim. Chunki da-la ancha uzoq, dorilomon yoʻlida, Boburshoh bogʻiga yaqin daryo boʻyi togʻ ortida. Bir bor juma kuni Eshon ota Bobur bogʻiga olib bor-gandilar xolos. Yana bir juma ishini toʻxtatib, qovun sayliga, Umarxoʻja xonadoni bilan borib, aylanib kelgandik. Darhaqiqat, paxta, bir chekkasiga bodring, qovun, toʻrt atrofiga makkayu oq joʻxori ekilgan edi. Paxta joʻyaklari orasida onda-sonda yumalab yotgan tarvuz koʻz-koʻz qilib chaqirardi kishini. Manzara goʻyo jan-nat. Lekin Eshon ota va Bek janoblari uncha xursand emas. Qulo-gʻimga chalinganiga qaraganda ekin ozuqasiz suv masalasi qiyinroq ekan. Chegaradosh afgʻonlar rashk qilishib, suvni tanqis ahvolga so-lib qoʻyishgan. Ular halolu harom va nopoklikdan hazar qilmas, tabiiy xayrihohlik anqoning urugʻiday noyob. Va yana koʻp sabablar bor ekan. Otalar orzu qilgan hosil koʻp boʻlmaganda mayli-yu, le-kin oʻz xarajatini ham qoplamas, toʻqimi eshagidan qimmatliroq ekan. Biznikilar zararga ham rozi. Yerning kuchsizligi mayli-yu, suv muammosi ularni charchatdi. Ya’ni muxojir ishi emas, deya uq-tirgandi xazora bola. Keyinchalik Kobul yaqinidan yer olib, Saroyxoʻja ham havaslanib, silab, qoʻlidan bor-budini boy beri-shib qaytishgan ekan. Nima boʻlsa ham borini olib, bola-chaqa bi-lan qovun sayli qilib, qolgan-qutganini xazora bolaga tekin ulashibdi, bu tabarruk ishdan voz kechishgan ekan. Bir necha kecha oʻtdi. Bir kuni Eshon ota bizlar bilan xayrlashib, bor-yoʻgʻini bir tugunchaga tugib, Bagʻlon shaharchasiga tomon joʻnagandilar. Bu yangi shaharchada partav yerlarni oʻzlashtirib, xususan, fargʻonalik muxo-jirlar dehqonchiligidan foydalanish uchun hukumat reja tuzib, qarzga yer berib, goʻyo xushnud qilmoqchi boʻlgan.

1941-45 yillari boʻlsa kerak, olmonlar qizilcha lavlagidan shakar ishlab chiqarish fabrikasi qurmoqchi boʻlib, ish boshlagan kezlar edi. Xom ashyo yetkazib berishga moʻljallab, hukumat goʻyo muxojirlarga lutf koʻrsatmoqchi boʻlgan boʻlsa kerak. Eshon ota ketganlaridan keyin yetimcha misoli haqiqiy jonkuyarni yoʻqotganday dovdirabroq qol-gandim. Lekin hovlicha oʻzimga qolib, nisbatan uzun va uzoq tush koʻrish niyatida boʻlib, Qodir akani har kecha bezovta qilishdan tiyilgandim. Bir muddat oʻtdi, qanday boʻldi bilolmayman. Mozori Sharif tomondan bir oʻzbek yigit askar boʻlib kelgandi. Xurjun, mayda-chuyda va ortiqcha pulni omonat topshirgandi. Askar yigit har hafta jumadan chiqib yotib qolardi. Birga ovqatlanar edik, odobli, bosiq, qabla yigit edi. Lekin bir aybi bor: nosvoyga mubtalo va kechalari mendan koʻra koʻproq tush koʻrib, uygʻotib yuborardi. Taxminan biror qizga oshiq boʻlgan. Chunki tu-shida Guljon ismini tilga olib bosinqirardi. Hatto yigʻlab uy-gʻonib ketardi. U nosvoy chekishidan ta’sirlanib, lekin daryo sohi-lini yodlab, oh urardi. Ustam muloyim, vazmin, aqli raso kishi. Bir-ikki bor iymon va nasihatomuz soʻzlar bilan dunyoda nos-voyday rasvo bir ayb yoʻq. Qayerdan ham mubtalo boʻlganman, deya chekishdan shikoyatnamo soʻz qoʻshib bergandi. Aslida chekishni tashlay olmasdi. Lekin koʻngliga qarab “oʻlib ket ahmoq” degandek insofni oʻziga qoʻyib bergandim. Aslida chekishimning sababi ham yoʻq emas. Bir kun fargʻonalik bir amaki 12 dona yogʻli qatiq uchun pul berib, Xudo xayr bersin, mana bu yigit uyga olib borsin, deya bir qiron-chaqa pul mana bu senga, deya meni kamsitgandi. Javob berishga hayron boʻlib yerga qaragandim. Ustiga-ustak tomdan ta-rasha tushgandek, oʻgʻlim, sen tojikmisan, degandi. Asabim qoʻzib, jonim xalqumimga kelgandi. Shunda “Yo, sabr”, degandim. Ustam, bu kishi jiyanim boʻladi, deya qovoq osib, bahslashishning keragi yoʻq, deya tarsaki urganday, adabini bergandilar. Bu soʻzdan jasorat olib, “amaki, men sadaqaxoʻr emas, mehnatkashman, rizqimni shu yoʻlda berayapti, gadolarga berarsiz”, deya pulini qoʻl teskarisi bilan rad qilgandi. Ketgandan keyin ustam: “Attang, patir yoʻq ekan, desak boʻlarkanu, ammo nonkoʻrlik boʻlmasin, mayli endi”, degandilar. Ikki-uch bor qoʻpol harakatlariga guvoh boʻluvdim. Nachora u ham yurtdosh, xafa boʻlmang, oʻgʻlim, deya meni yupatgan-dilar. Negadir har koʻrganda “tojik” deb kamsitardi. Gʻoʻngʻillab, seni qarab tur, yana kelarsan, deya Xudoga havola qilib, patirlarni hovlisiga olib borgandim. Darvoza lang ochiq, keng hovli. Vodiy uylari kabi imorat solingan. Meva daraxtlari qator-qator, obod. Yoʻlaklar pok-pokiza.

Xususan, shahar suvi joʻmrakdan sharillab oqardi. Oʻz-oʻzimga: hamma suv topolmay ovora, bachchagʻarni qara, bekorga oqizib isrof qilayapti, deya hayratlangandim. Yana, balki ekin sugʻorayotgandir, deya oʻyladim. Ellik qadamcha ilgarida shaftoli rang ipak koʻylakli, sochini ikkita qilib oʻrib olgan, oq lozimli bir jonon yugurib: “Ey, patirni olib keldingmi, kutib turuvdim, deya koʻz qiri bilan qiya qaradi. Ayollar bogʻda dam olyapti, dugonalar bilan”, – deya soʻzini yarimta qilgandi. Hang-mang boʻlib, kar boʻlib eshitmay qolgandim. Yana u: “Ey, senga aytayapman, oʻzbekcha bilasanmi, yo beza-bonmisan”, – dedi baland ovozda doʻq urib, Nonni olarkan: “Voy qa-naqa odamsan”, deya roʻmolini tortib olgandi. Qora shahlo koʻzi bilan oʻgʻrincha masharaomuz qaradi. Oʻzimda emasdim. Bu yerga kelib qish-logʻimdan chiqqanimdan beri ipak koʻylak ichida har nafas olishda boʻr-tib borib-kelgan koʻkrakli, olmasifat yuzli qizga duch kelmagandim. Nonni berdimu gap topolmay, “Patirni kimga topshiray” deyman du-duqlanib. “E, tiling bor ekan-ku, Zayniddin boyning qizi, Jongir de”, deya qayrildi. “Hoy, qizim, nima qilib yuribsan hovlida, koʻcha darvozani tambalab qoʻy”, degan qichqiriq keldi ichkaridan. “Onajon, men hozir, bir anqov patirni olib keldi”, dediyu meni haydagandek “kish-kish”lab darvoza zanjirini tambalab qoʻygandi. Vujudim tit-rab, qaltiroq bosib, ikki-uch bor nosqovoqdan ogʻzimni toʻldirib, yutib yuborganimni payqamay qolgan ekanman. Gangirabroq darvoza yonidagi loy bilan suvalgan supachaga oʻtirib qoldim. Hovli yaqin, juda boʻlsa, bordi-keldi yarim soatlik yoʻl, tezda qaytishim ke-rak. Ammo nima qi-larimni bilmay ovoraman. Ustam havotirlab Qodir akani qidirgani joʻnatgan. Na ish, na Vatan, na qayerga borayotganim-u musofirligim esimga kelmay, xayol olamida mast odamlarday tebranib borarkanman, Qodir aka: “Nima boʻldi, ukajon”, dedi. Ichogʻriq boʻldimi yo urishib qoldingizmi, degan soʻzidan oʻzimga keldim. Negadir tanish ovoz qal-tirogʻimni bostirganday dam oldim. “Charchadim”, deya duduqlanib, uni chalgʻitmoqchi boʻldim. Qodir aka masjidda «boʻpti, yuring, ovora boʻl-mang, bilaman» deganday, payshanbaning kelishini chorshanbadan bil-ganini imo qilardim. Rashk tuygʻusi bilan koʻzim bulogʻidan boʻrtib, qulogʻim qizib, gʻilay qarardi. U yana kuldi: “Ukajon, tezroq boraylik, usta havotirlanadi.” “Ha”, desam, “ishi bor ekan, ketmoqchidir” deya soʻzlardi. Doʻkonga borganimizda usta oʻt boʻlib yongandek qoʻlida kosov, jahl bilan tandir kovlar, qovogʻi soliq. “Tinchlikmi” deganday soʻz qotdi: “Darvozani kech ochishdi, uxlab qolishgan ekan” deb yolgʻonni ham boshlagandim, ammo usta bosh irgʻab kulib qoʻya qolgandilar.

VIII bob

Eshon ota ketganlariga bir-bir yarim yilcha boʻlgandi. Uning yaxshi soʻzi, pandu nasihatlari qulogʻimni jaranglatar, hatto tush-larimda odamlar qatori suhbatida boʻlardim. Bir kuni qayerdandir sevintiradigan voqea uyushtirib, Mozori sharif shahrida yashovchi otaning oʻgʻli – Xolmuhammadxoʻja yonida qora otli, koʻzlari chaqmoq chaqib turgan bir yigitni yetaklab kelib qolishdi. Ismi sharifi Mamatjon ekan. Otasining ismini usta esdan qochirgan edi. Usta qaynogʻasi Xolmuhammadxoʻja kelishidan xabardormas ekan. Hol-ahvol soʻrashib, xonaga olib kirgan Umarxoʻja amaki edi. Choy olib kirib qaytdim. Hali tandir me’yoriga yetib borgani yoʻq, sovuqroq. Usta ust kiyimlarini oʻzgartirib, ishlarni ikkimizga omonat qilib, mehmonlar bilan ertasiga koʻrishmoq umidida xayrlashib ketishgandi. Oxirgi kunlarda hunarimni batamom oʻrganib olgandim. Shunchaki ozroq non yopardim. Ishlarni ertaroq tugatib, mehmonlar uchun otaning xonasini tartiblab, Qodir aka bilan yana hamxona boʻlgan edim. Mamatxonni birinchi koʻrishdayoq “doʻst topdim” degan fikrga borgandim. “Qancha vaqt qolisharkan” degan andisha hozirdan boshlab miyamni qotirgandi. “Mamatxon-ning ammasi boʻlgan Umar ustaning rafiqasi Gʻamzaposhsha va qizi Mahtam opa necha yillardan beri koʻrmagan qarindoshlarini tezdagina qoʻyib yuborishi aqldan uzoq ehtimol”, deb oʻyladim. Ishiga sodiq usta ertasi namozdan keyinoq yetib kelib, Qodirjon bilan ozroq hamir chamalab gʻayrat qilganimizni koʻrib, xursand boʻlgandilar. Chunki ertaroq uyga qaytib, mehmonlar bilan birga hasratlashib, xizmat qilmoqchi edilar. Peshindan soʻng ishni toʻxtatdik. Oʻshanda mehmonlar haqida oz ma’lumot bergandilar.

Mamatxon oʻrta maktabni Mozori Sharifda a’lo darajada poyo-niga yetkazib zukko boʻlishi tufayli rasmiylar yoqtirib, Kobuldagi metrologiya tashkilotiga yuborishgan ekan. Ota uni maktabga top-shirib, tezroq qaytish niyatida ekan. Chunki shu kunlarda Ikkinchi jahon urushi boshlanib, yurishlarning Mozori Sharifga kirib qolishi ehtimoli bor ekan. Bola-chaqasining boshida boʻlishi ota-lik vazifasi deb, singil va yaqinlariga toʻymasdan qaytishni reja qilgandi. Qolaversa, Qobul va Mozori Sharif orasi 400 chaqirim-dan ziyodroq yoʻl. U zamonning qiyinchiligini oʻylaganda, yoʻl azo-bi, goʻr azobi koʻrinardi. Bu soʻzlarni tinglagach, Kobulda qolish majburiyati paydo boʻlganini his qilgandim. Ustaning soʻziga qaraganda jumadan keyin Xolmuhammadxoʻja va Muhammadxon Shermuhammadbek ziyoratiga borishmoqchi bizni olib kelishni Umarxoʻjaga tayinlashgan. Usta uchun bizni olib borish mas’u-liyatli vazifa edi. Chunki Eshon ota yigitlarni onda-sonda maj-lis-ma’rakalarga olib boring, deya buyruq bergan ekanlar. Bu soʻz oʻz ziyosi bilan mamnun aytgan edi, meni sabab shu johilligim bilan dunyodan oʻtayotgan voqealardan xabardor boʻlib turish orzu-sida edim. Qolib ketganlarning tilida doim mish-mish va qoʻrquv bor. Oʻsha yili gʻalla mahsulotining ozligi xalq orasida gʻulgʻu-lani tobora orttirib, xususan, afgʻonlar turkistonlik muxojir-larni yurtlariga ushlab topshirmoqchi, – degan asli astari yoʻq gap-soʻz tarqagandi. Bir kun muxojir yurtdoshlar har shaharda mahal-laning panaroq joyiga koʻchishib, goʻyo mahalla darvozasidan dush-manlar kirolmaydi degandek axmoqona tadbirlar bilan ovora edi. Chunki Umarxoʻja ustaning uzoqlarda meningchun va Qodir aka uchun ovora boʻlishi ortiqcha mashaqqat boʻlardi. 5-6 marotaba borib-kel-ganim uchun mahalladagi uyni yodlab, koʻz yumib borib kelishimni yaxshi bilardim. Juma kelguncha uyqu kelmay betoqat edim. Sababi birinchidan, Muhammadxonni tezroq topish, ikkinchidan, u oʻti-rishlarda men sevgan mavzularda gap borishi. Balki Vatandan ham biror xabar chiqib qolar, degan umidda yurardim. Jumadan soʻng yetib borganimizda mehmonlar hanuz kelishmagan. Lekin yugurdak qozon osib, tayyorgarchilik bilan ovora. Meni tanishtirdi. Bori-boq xizmatga shaylangandim, ular ham xursand: hol-ahvol soʻrashib, koʻngil olishardi. Ba’zan ... soʻzlar bilan Vatandagi tulkilarni eslar, xushyorlikka chaqirishardi. Kichik boʻlsam-da amakilar suhba-tiga ham qoʻshilib yoʻqotganlarimni topganday ichim yorishib, ba’-zan yigʻlardim. Yarim soatcha oʻtgach, Bek janoblari ham jumadan qaytib, meni koʻrib alohida e’tibor bilan soʻrashgandilar. Ul zot endi ichkariga kirayotgan edilar usta Umar mehmonlar bilan kirib kelishdi.

Hol-ahvol soʻrashdik. Keyin birovlarni kutmasdanoq alohida xonaga kirib ketishgandi. Men ham eshik poygagida xiz-mat kutgandim. Bek Xolmuhammadxoʻja bilan juda ham quyuq soʻra-shib, Muhammadxonning peshonasidan oʻpib, minnatdorchilik izhor qilgandilar. Xolmuhammadxoʻjani Vatandagi dardnok koʻrgandan buyon endi birinchi bor koʻrishi ekan. Usta bilan gaplashib, Eshon ota haqida ma’lumot olgandilar. Patnisda tayyor mayda-chuyda, qora va koʻk choy olib kirib ustamga topshirdim. Ular oʻzaro bir soatcha suhbatlashdilar. Ungacha narigi mehmonlar ham birin-ketin kela boshlashdi. Xonaga kirishgach, Xolmuhammadxoʻja bilan bafurja soʻrashib, har kim oʻzi bilib oʻrinlarga oʻtirishgandi. Bir mehmondorchilikka nima kerak boʻlsa, hammasi muhayyo edi. Ovqat, choy, meva-chevalar bilan dasturxon bezalib, suhbat Xolmuhammad-bek imosiga binoan men va Mamatxon tashqariga chiqqach, suhbat boshlanganicha asr qazo boʻlmay shomgacha choʻzilgandi. Nima gap boʻlib oʻtganidan xabarimiz boʻlmadi. Biz oʻzaro hovlining burcha-gida aqlimiz yetgancha Vatanimiz Turkiston haqida gurunglashib, ozgina gʻamu kulfatdan uzoqlashib taskin topgandik. Yigitchilik chogʻiga qadam tashlaganimdan beri ilk bor yayragandim. Muhammad-xon sipo, vazmin tabiati bilan toʻralar xonadoniga mansubligiga ishora qilgandek tuyulardi. Narigi joʻralar bizlardan kattaroq. Har ma’raka va majlislarda yoshi ulugʻlarga xizmat qilishib, joy-joyida soʻz ochib, hurmat qilish odobiga ancha malakali koʻrini-shardi. Mamatxonga mehr qoʻyib, doʻstligiga ishondim. Tojikcha, dariy, forsiy pashtunchadan batamom voqif. Ona tilini vodiy she-vasida gapirar, men haqqimda ma’lumot olmoqchi boʻlardi. Bugun-gacha boshimdan oʻtgan achinarli voqea va hodisalarni qisqacha uq-tirib, yengillashdim. Eshon otadan: egri daraxtdan toʻgʻri soya boʻl-maydi, degan soʻzlari-yu bergan tarbiyasidan va savodsizligimdan soʻz ochib, gapni choʻzmoqchi edim. Lekin soʻz koʻp, fursat oz. Muhammadxon boʻlsa, suhbat oxirida besavod ekanligimga afsusla-nib, xonadonning barchasi kechayu-kunduz Vatan ishqida oʻylashga-nini aytib, tazyiq ostida qolganligini, hatto Shokir nomli uka-sining Vatan desa oshu non, nozu ne’mat xayoliga borib qolgan-ligini soʻzlab, agar Vatanda boʻlsangiz, albatta, oʻqib, savodli boʻ-lardingiz deya afsuslanardingiz. Shu kichik ishda dardimga davo boʻlmoqchi boʻlib talpinardi. Oʻzi Mozori Sharifda koʻp mashaqqat-lar bilan oʻqib, oʻz kuchi bilan sinovlardan oʻtib, natijada yuqoriroq maktabga kirish haqida ma’lum qilib, qabulga rasman joʻnatilgandi va bu bilan faxrlanardi. Shokir ukasining 9 yil oʻqiganini, zehni oʻtkir, hatto har doim bir boʻlib, har payshanba kunlari sinfdoshlari orasidagi bellashuvlarda minbarga chiqib, maqola oʻqib, oʻsha sabab qalam-daftar mukofot egasi boʻlganligini soʻzlardi. Lekin, afsuski, qashshoqlik sababli oliy maktablarga yetib borish juda qiyin ekanligini bayon qilib xoʻrsinardi. Oʻsha kuni oqshom dadasi Xolmuhammadxoʻjadan ruxsat olib, bitta novvoyxonaga borishni kelishib qoʻygandik. Men va Mamatxonni xuzuriga chaqirgan bek janoblari peshonamizdan oʻpib, xizmat-laringiz uchun rahmat, deb baxtu saodatimiz uchun duo qilishgandi. Umarxoʻja ikki oʻgay oʻgʻli, oʻzining Davron degan oʻgʻli va Saodat ismli qizi bor. Lekin men har gal kelganimda duch kelmaganman. Chunki tasodif har borganimda Amir Olimxonning Qal’ai fatvo degan bogʻiga ketishgan boʻlishardi. Xursand boʻldim, chunki kelgusida koʻrishib turamiz degan umid bor edi.

Turar joyimizga kelib yoʻl changining zararlaridan poklanish uchun bet-qoʻl yuvib, xonamga kirgandim. U zamonlarda kechayu kun-duz kiyimlarimiz bir, koʻylak ustini chiqariboq yotib turardik. Ammo boylar kechasi alohida kiyim kiyishardi. Charchaganimiz uchun namozni tunda qilarmiz degan niyatda suhbatni boshlagandik. Qodir aka ham zerikmay, yarim kechagacha chidab, keyin qanday boʻlsa ikki soat uylarida qayta ish boshlashni rejalab, sizni uygʻotaman, deya xayrli tun tilab oʻz xonasiga joʻnagandi. Sevinchdanmi yoki tinmay nosvoy kaplab, tomoq qirib, tuflab, bezovta qilganim-danmi Muhammadxonning peshonasi tirishib, yuz burishtirib, tashvishlanardi. Lekin biror yosh kichik boʻlgani uchun betgachopar-lik qilmas, odobga rioya qilardi. Payqab, oxiri uzr soʻrab, tish-larni rasvo qilgan bu balodan qutulishni oʻylab yuribman, degan-dim. Muhammadjonga tili burro bir adres yozdirgandim. Marjon-day batartib yozuvini koʻrib, savodsizligimga la’nat yogʻdirdim. Ertalabgacha suhbatlashish orzusi bor, ammo Muhammadxon ancha charchagan, koʻzlari yumilib ketayotganday. Hurmatan qilgan duola-rimizni oʻqib, kechaning tinch dunyosiga shoʻngʻidim.

IX bob

Otasi Mamatxonni maktabga yozdirib, zudlik bilan Mozori Sharifga joʻnagandi. Chunki yaqinda muxojirlarni Qobul shahri-dan chiqarmaslik haqida hukumat qarori amalga oshishi mumkin degan vahima tarqagandi. Bu gaplar tezda haqiqatga aylanib, muxo-jirlar Kobulda qamal boʻlib, ishlar har tomonlama taqa-taqa toʻx-tab, yoʻllar bekildi. Mayda-chuyda ba’zi oldi-berdi, sartaroshlik, kovushdoʻzlik, oziq-ovqat kabi ishlar bilan ovora boʻlib qolish-gandi, xolos. Biror ishga yoʻl berilmaydi. Hatto, ba’zi muxojir-larning bolalari maktablarda qisuvga olingan. Chunonchi, 6 oy oʻt-masdan Muhammadxon oʻqiyotgan maktabdan haqsiz boʻlib haydal-gandi. Asli bu xonadon, ya’ni Eshon ota toʻpi afgʻon fuqarosi boʻl-may, oʻz holicha vatansiz yashardi. Oxirgi siyosiy notinchlik bahona boʻlib, bir kun bu doʻstim ham ruhiy tushkunlikka uchrab, hardam-xayol boʻlib qolganga oʻxshardi. Ish yoʻq, opasi Kimyoxonning xoʻja-yini, pochchasi Xolmuhammadbek moddiy yordam berar, kovushdoʻzlik doʻkoniga borib, hunar oʻrgansin desa, Muhammadxon koʻnmay sar-son-sargardon. Ba’zan onasi, ba’zan biz bilan Xudo bergan rizqni baham koʻrardi. Bir kun qarasam, qoʻlida papirus, zoʻr berib che-kayotibdi ustma-ust. Hayron boʻldim. Oʻzim nosvoyga mubtaloman desam, bechora doʻstim undan ham battarrogʻiga uchragandi. Bir-ikki bor xafa boʻlsa ham zararlaridan soʻz ochmoqchi boʻlgandim, ammo ol-din oynaga qara deb qolgudek boʻlsa, nima javob beraman, deya tor-tindim. Lekin oʻzim ham nosvoyni tashlab, oliftaroq, zamonaviy chekishni boshlasammikan deya oʻylab ham koʻrdim. Faqat nosvoy oʻl-gur milliyroq va merosga oʻxshab koʻringandi koʻzimga. Bu gaplar hammasi ham hazil. Bilib turib mubataloi azimdan qutulishni oʻylamay qoʻygandim. Har kuni koʻzim nigoron. Yangi boy yana yogʻli patir buyurtma qilarmikan deya. Lekin uzoq muddat biz tomonga qa-dam ranjida qilmaydi. Tobora noumid boʻlardim. Bir kun ertalab doʻkon ochib tursam, hanuz usta kelgani yoʻq. Gʻoʻddaygan boy 20 dona patir buyurtma berdi. Kech qolmay olib borishimni tayinlab, bir hamyonchada qanchaligi ma’lum emas, chaqa pulni ustangga topshir, deya jadallab joʻnadi. Hamir tayyor, patir non yopishni oʻrganib ol-gandim. Tandir qizarishi bilan ustam kelib, ishni boshladilar, pulni topshirib, omonat salomimni ham arz qildim. Boʻpti degan-dek tezdagina oʻzib, tashlab ketgan oq dasturxoniga patirni oʻrab olib boring, kun boʻyi daydib yurmay, tez qayting, ma’nosida imlagandilar. Dunyo goʻyo meniki.

Nosvoyni tilning ostiga kapalab yugurdim. Toʻgʻrirogʻi oʻqday vizillab uchgandim, desam kulmang. Darvozani qoqsam, tezdagina ochildi. Yana oʻsha jonon. Shoshib turgan ekan, shekilli, nonni olayotganda karashma bilan yaqin-lashdi. Ajoyib, yoqimli bir hid gupullab burnim ichiga, gul-boq-chasiday boʻstonga aylantirgandi. Nosvoyning oʻziga xos, bemaza, badboʻyligini bilmasa kerakki, jonon hali salom bermay “puf” bu nimaning hidi, deya dasturxonni hidlab, burnini jiyirib, jirkanch bilan xiyol qarab, “Nima balo yegansan?” deya nafrat bilan yuz oʻgirgandi. Onasi “qizim, kim ekan” deganda, “He anavi anqov bola, sasimay oʻlgur” deya dodlab, orqasiga qaramay qochgandi. Os-mon emas, butun dunyo-koinot boshimga yiqilganday, gangirab, xoʻr-ligim kelib, yigʻlab yuborganligim hali ham esimdan chiqmaydi, deya majolsiz, peshonasi terlab “uf”lab koʻz paxtasi irgʻib, koʻzyoshi qilardi Sarson togʻa. Hayron boʻlgandim: bu sevgi yigʻisimi yo xoʻr-lanish yigʻisimi, deya oʻylandim. Kuygan yuragini yaxlatish uchun 2-3 piyola sovuq choy simirib, yongan bagʻrini sovutganday boʻlardi Sar-son togʻa uzoqlarga tiqilib. Keyin yana soʻzga boshlab: ha, mayli sassigʻu jirkanch, derdi soʻz orasida. Oʻzbek, qirgʻiz, turkman, qozoq oʻz birodarim boʻlgan holda nega doim oʻz qardoshlarim xoʻrlashadi, degan alam bilan beixtiyor nosqovoqni otib yuborgandi. Oʻz-oʻzimga: “Balo bormidi, nosvoyga ahmoq”. Endi moʻylov terlab, sev-gi degan tuygʻuni nosvoydan qidirasanmi, ahmoq boʻlmasam” derdim gʻayriixtiyoriy kallamni ushlab, jinniga oʻxshab qolgandim. Koʻzim oʻngida qizning “puf” degan burun jiyirib ketgani namoyon boʻlar, haqoratomuz kamsitishi qulogʻimni kar qilardi. Qayerga ketayotga-nimni bilolmay dovdirab, bir baqqol doʻkoniga borib qolibman. Nosqovoqni tashlab qutilganim esimga tushar, xumori bosar, shay-ton “ha” deb ahmoq, endi nima qilasan? Nima qilib qoʻyding de-ganday turtib aqlimni chalardi. Mobodo tashlamagandurman deb butun choʻntaklarimni kovlab chiqqandim. Ammo, yoʻq, yoʻq, yoʻq. Baq-qol oldida garangsirab qolganman. Qargʻa goʻng yemay, bu nima qilib yuribdi, deganday. Baqqol hayron: qanaqasidan deb soʻrab qoldi. Qanaqasidan boʻlsa ham hammasi bir balo-ku... Oʻshanda ustida qaychi surati bor chiroyli alangirli bir pochka topshirib, pulim-ning qaytimini toʻlarkan, yana gapirmoqchi edi. Lekin nasihat olishdan qoʻrqib, tezdagina qochib qoldim. Yoʻlda pochkani ochib, bir donasini yoqib atrofimga kibrlanibroq koʻz-koʻz qilganday boʻldim. “Puf” bu nosvoydan ham rasvo, achchiq-ku... Hay endi boʻlar ish boʻldi-ku, razolatning zamonaviyrogʻi, madaniyatning ajdahosi-ku, zehnimda goʻyo qozilik qilmoqchi boʻlar, telbanamo doʻkonga yetib borsam, ustam: “Nima boʻldi, turqingiz ala-buji, boshqacharoq?” deya oxirat savolini soʻrab qoldilar. “Kelayotsam, bir sariq daydi it, tish koʻrsatib qoʻrqitdi desam ham, yana oʻsha jonon xayolimni band qilgandi. Nosvoy orqali yolgʻonchilar piriga aylangandim, chora topolmay. Ammo ustam karroq boʻlgani uchun juda xushyor, har galgidek miyigʻida kulib qoʻya qolgandi. Qodir aka boʻlsa, qah-qah bilan kulmaslik uchun ogʻzini qoʻli bilan toʻsgandi.

Oftob 5-6 nayza koʻtarilganda Mamatxon ogʻzida sigareta shimib - “puf”lab kelib qoldi. Ertalabki non tugagan, Muhammadni chetdagi ariq boʻyiga yetaklagandim. Qamish boʻyrada oʻtirib, suhbat qurarkan, Mamatxon ketma-ket chekar, birini qoʻyib, narigisini ustma-ust ulab, tutun yutardi. Oʻzicha emas, bir dardi borligi aniq. Oldingi Mamatxon emas. Alamzada, ahvolini koʻrib, rahmim kelib, ichim gʻamga toʻlib, haligi alangirli papiros qutisini chiqarib, bir dona yoqdim. Mamatxon farqiga bormagandi. Qodir aka hayratla-nib, afsuslanganday qoʻli bilan oʻtni yelpib, “chakki” qilibsan deganday xoʻmrayardi. Oʻshanda Mamatxon koʻrib qolib: “E, ha” taraqqiy borakanu degandek masharaomuz kular, endi Xudo uribdi ma’nosida bosh liqillatardi. Choy damlab, yarim soatda, goʻyo gu-runglashgandik. Zararkunanda odatlardan hech gap oʻtmadi. Mamat-xonni boshqa bir muammo gʻamu anduh girdobiga gʻarq qilmoqchi. Koʻz yosh qilardi. Hayron boʻldim. Vaziyat bir mushkulning xabar-chisi. Yuragim ezilib, andisha ichida yerga qarardim. Muhammadxon-ning soʻziga qaraganda turkistonliklar orasida Vatan ozodligi uchun olmonlar yordamida bir tashkilot qurilgan. Ammo bularning boshiga afgʻon rasmiy idorasidan muhim oʻringa va hukumat hi-sobiga ajrimlik olim Mahshar Roziviy nomli kishi haqiqiy, fidokor vatanparvarlar orasiga singib, boʻlayotgan butun maxfiy harakatlarni tekshirib turishi uchun ataylab tayinlangan. Olmonlar Ovroʻpada asir olgan turkistonliklarni parashyut or-qali Mozori Sharif shimolidagi Amudaryo qirgʻogʻiga olib kelib tashlamoqchi boʻlishgan. Lekin olmonlar Rusiyada magʻlubiyatga uchrab, yengilgach, afgʻon hukumati ruslarga laganbardorlik qilish maqsadida tashkilotchilarni ushlab qamagan. Lekin qizigʻi olmon-lardan kelgan boylik Olim Mahsharga qarashli 10 ga yaqin kishi va afgʻon rasmiylari orasida xazm boʻlib, yoʻqolib, chippakka chiqqan. Shular orasida mingboshi Xoʻja eshon Margʻilondan, Xolmuham-madxoʻja Mozori Sharifdan ushlanib, qayergadir olib ketilgan. Oxiri majhul, gumdon. Xonadon nima qilarini bilolmay, bor-ganda ham nima qilarini rejalay olmay boshi qotgan. Chunki Shermuhammad va Nurmuhammadbeklar ham shahar mahkamalarida koʻz ostida ekanlar. Xolmuhammadbek moddiyan kuchsiz, zoʻrgʻa kun kechirgani uchun yordam berishdan ojiz. Opa Kimyoxon tikkan doʻp-pilarni bozorga olib borib sotishdan boshqa chora qolmagan. Koʻchama-koʻcha changitib yurish ogʻir kelardi. Yana narigi tomondan otaning doʻstlaridan bir sartarosh “agar ma’qul koʻrilsa, shogird sifatida koʻzim ostida himoya qilishim mumkin”, degan ekan... Shov-shuv dunyoni qoplab, vahimasi osmonga koʻtarilgandi. Anchaga borib qolgan umrim ba’zi mayda-chuyda tajribalarga ega qilib qoʻygandi. Birniki mingga, mingniki tumanga degan maqol savod-sizlarning boshini ham gangiratib qoʻygandi.

Shu kunlarda Mo-zori Sharifdan 40 kishi tutilib, bir-birovlariga motamlanib, yuk mashinasida Kobulga olib kelinib, qamoqxonaga solishib, mah-kumlarning oyoq-qoʻliga 12 kilolik temir kishan bilan zanjirband qilingan ekan. Birinchi daraja yaqinlaridan boshqa birovlarning ziyorati ma’n qilingan. Bordi-yu unday boʻlmaganida ham chetdagi-larning jasoratsizliklari sababli ulardan xabar olishlari mum-kin koʻrinmasdi. Vatan uchun harakat qilishgan boʻlishsa-da, xiyo-natchi hisoblanar, hukmsiz oldindan qoralanib boʻlishgandi. Bu-lar ichida Eshon otaning oʻgʻli Xolmuhammadxoʻja ham bor edi. Taxmin qilasizmi, usti ochiq yuk mashinasi ustida och, suvsiz, buzuq togʻ yoʻllarida 400 chaqirim yoʻlda jon-omon oʻtish sirot koʻprigidan oʻtishdan qiyin boʻlgan. Vatan uchun jonfido qilmoqchi boʻlganlar xoʻrlanilar ekan, oʻlgan ustiga tepgan degandek, becho-ralarga balchiq otib, qora kuya surishganlarning qilmishlari tala-bsiz bagʻriyoniqlarni anduhga gʻarq qilardi. Xususan, menga oʻxshash oʻylaganlar vijdonan juda qiynalgandi. Tashkilot qurilganda ziyodasi bilan sevingandim. Toʻgʻri yo notoʻgʻri, suvga tushgan gʻarq boʻlarkan, ilonga yopishadi degan soʻz bor. Ular tavakkal qilish-gandi. U zamonning sharoiti shu edi... Oradan koʻp vaqt oʻtmay Muhammadxonning hayoti xavf ostida, zudlik bilan Hindiston va yo boshqa muqaddas tuproqlarga joʻnashi uchun otasi Xolmuhammad-xoʻja buyruq berib, oʻz hayoti ham xatar ostida ekanligini bayon qilgandi... Moddiy tomon pochchasi Xolmuhammad tomonidan ta’-minlangandi. Bekning yaqin doʻsti, bedanaboz Zulmayxon orqali amalga oshgan bu yaxshilikning oxiri kelib, Xolmuhammadxoʻja Bemazang turmasidan shahardagi tavbaxonaga siljitilib, moʻ’ji-zaviy suratda ota-bola oʻlimdan qutulishib, afgʻon xalqiga yaxshi-lik qilishgandi. Ammo, afsuski, 6 oy oʻtmay, Margʻilon turma-sidan Bemazang turmasiga koʻchirilgan Asomiddinxoʻja mingboshi Eshon ota ahvoldan xabarsiz boʻlgani uchun bir haftada ma’lum tashkilotchilar intiqomiga duch kelib, zaharlanib, koʻzi ochiq dunyoni tark qilgan. Makoni jannat boʻlsin. Marhumning qabri Kobulning Oshiqonu orifon togʻida oyoqosti boʻlib yoʻqolib ketgan. Afgʻon idorachilari qamoqxonadagi Xolmuhammadxoʻjaga xususiy ruxsat berib, janozaga olib kelishib, bu marhum xoin emas, bir vatanparvar musulmon boʻlganini tasdiqlagani uchun oʻshanda qora loy chaplab yurganlar ham haqiqatni payqashib, janozaga qatnashib yigʻlashgandi, dedi Sarson togʻa yigʻlab turib.

Suhbatimiz kunlarcha davom etgandi. “Bir kuni, – dedi soʻz boshlab yana Sarson togʻa, – novvoyxonaga bir Qavoyili pashtun af-gʻon kelib, negadir boʻsh paytida suhbatlashib, choyxoʻrlik qilgan-di. Aslida 2-3 kunda bir kelib, yogʻli non buyurtma qilar, oʻziga tinch, toʻq odam edi. Hindu afgʻonning janub sharqi tomonidagi chegarada yashovchi bu qabila xalqi juda gʻalati, hatto taqlidiy diniga bogʻliq, sonlari 2 mln.ga yaqin bir qavmdan iborat. Hunar-lari qoʻlbola qurollar yasab, qochoq yoʻllarda narkotika, chars, bang, qoradori sotib, odam qochirish bilan kun kechirishadi. Gʻayri-qonuniy ishlarga mohir, arbob odamlar. Nomi bobla, ya’ni qoplon. Sermoʻylov, bahaybat, gapdon bir kishi voqealardan batamom xa-bardor. Chunki bular pul tikib, har ishni muboh-tijorat deb oʻyla-shardi. Afgʻonlarda bir odat bor: kimning qoʻli baland kelsa, oʻsha tomonga salom beradi. Masalan, olmonlarning qoʻli baland kel-ganda, biz ozorlandik deya gʻururlanib, da’vo qilishib, foydala-nishmoqchi boʻlishardi. Hatto ba’zan olahudlik iddaosida ham boʻlishgan. Bir yurtdosh rivoyatiga qaraganda juda odobli shoira qizini nikohlab qoʻymoqchi boʻldi. Oʻzi boygina. Ammo maktab koʻr-magan men “adiba” bir qizchaga uvol boʻlmasin degan fikrga shov-shuv boʻlgandayoq, vijdonni yoʻq qilib qoʻya qolgandim. Toʻy, majlis-ma’rakalarga baqadrihol qatnashar, anchagina soʻzga doʻst topgan-dim. Lekin Mamatxon kabi tengsiz doʻstim yoʻqligi men uchun gʻam-larning eng kattasi edi. Uning uchun Hindistonga safar qilish qiziqtirar edi. Shunday ham boʻldi. Babrak arzimas pulga Pesho-var yoʻli bilan oldin oʻz qishlogʻiga olib borib mehmon qilib, Turxon – Haybardan chegaradan oʻtkazib Peshovarda oʻz tanishlariga tayinlab, omonat qilib, vidolashdi. Kichikligimda Peshovar desa, har zamon, har mavsum mevalar pishaverarkan deya oʻylardim. Darhaqiqat, mavsumlar issiq va iliq. Lekin izgʻirinlari ham chakana emas edi.

Koʻp qavatli uylar. Xalq zich. Ammo iflosligi yonida Kobul shahrini maqtasa boʻlardi kishi. Xususan, hojilarning turar joyi keng, hovlining ahvoli va tom orqasidagi tor axlatxona koʻchasidagi har biri mushukday kalamush, odamni dunyoga pushaymon qilib qoʻrqitardi. Bir novvoyxonada ishlab bir yilgacha ovundim. Kuch-quvvat va chapdastligim meni oz kunda shuhrat pogʻonasiga koʻtargandi. Chunki haqorat qilgan 5-6 dashnomchini ezib tashla-ganimda hamisha kaltak yeb yurgan yarim yalangʻoch jonsiz hindular meni Rustami dostonga oʻxshatishib, murid misoli ergashgandi. Ammo tish gʻijirlatib yurgan afgʻonlar ham yoʻq emasdi. Bu tomon-larga kelishib, duragaylashib kelganlar. Bu Boburning avlod-laridan deya hindular qatori qiyshiq qarashmas, qaraganda ham ahvollari voy va chatoq boʻlardi.

Toʻsatdan qaror berib, poyezd orqali filьm va ortishlar makoni Mumbay diyori tomonga joʻnadim. Poyezdda ketarkanman, koʻringan manzaralari-yu, chala-chala xilma-xil hayvonotlarni koʻ-rib ogʻzim ochilib, “yo, tavba” derdim. Boʻmbayga borganda yana boshqa dunyoga kelganday boʻlgandim. Imoratlarning har tusda bino qi-linganligi-yu, shoʻr daryoning azamati meni Xudo qudratiga yana ham ishontiribroq qoʻygandi. Bunda hayot Peshovarga qaraganda tinch-roq. Musulmon va hindular oʻzaro raqobat qilishib, siyosiy avzo chatoqroq. Ammo ish joyi serob. Hamyurtlar bor joyda novvoylik ishidan yaxshigina daromad qilib, ustam Umarxoʻjani duo qilar-dim. Oz oʻtmay, Donbey va Narhu rahbarligida Hindiston va Dinor bilan Neopali boshchiligida Pokiston nomli mamlakat qu-rildi. Har ikki xalq orasida dushmanligu kin unib-oʻsib, avjiga chiqib, musulmonlar gʻarbiy tomon koʻchgani boshlagan edi. Bizlarga oʻxshab muxojirlar boʻlib qolishgandi. Boʻmbayga yaqin shahar-lardagilar ham xavf ostida. Hatto 1-2 yil zoye boʻlgandi. Men siyo-siy kishi emas. Ammo haqsizlik va mushtumzoʻrliklarga chiday olmay, yana oʻsha odat, badjahl, tengsizlik adosida bir nechalarni qoʻrqitib qoʻygandim. Qingʻir qaraganlar koʻpayib qolgach, Eshon otaning nasihatlarini eslab, jon shirinlik qilib, Karachi musul-monobod shahri tomon joʻnashga qaror bergandim. Ungacha Maham-madxon Hind, Moʻlton tomonga koʻchdi deb xabar keldi. Afsus-lanardim, doʻst yoʻqligi sabab dunyo goʻyo zindon. Vatan yoʻq, ota-ona yoʻq. Bir yurtdosh yoʻq. Til desangiz borgan sari boshqachalashib borardi. Lekin bir xusus meni qiziqtirardi. Boʻmbay fabrika-larida ishlab chiqarilgan matolar Karachida yaxshi pul boʻladi degan xabar tarqagandi. Ozgina narsa olib borilsa, yoʻl puli-yu xarajatini qoplab, ustiga yana foyda qoladi deganlarga ergashib, arzon joylarni bilib qoʻlimdagi mablagʻga mayda-chuyda oldimu joʻnadim. Ammo bir mushkulot bor, u ham boʻlsa, bojxona rasmiy-lari kirib-chiqishlarda oyoq osti pul toʻlamaganlar matolarini musodara qilarkan. Qarshi kelganlarni kaltaklasharkan. 2-3 bor bir yoʻlini topib kelib, toʻgʻrirogʻi, bu ishni oʻzimga kasb va hunar qilib olgandim. Bir galida koʻproq pul talab qilishdi. Ma’lum jahlim avjiga chiqib, eski odatim qoʻzgʻalib, oriq, ozib ketgan qora qoʻllarida bolta-tayoq bilan kaltaklagan 3-4 tasini doʻp-poslab, dunyoga kelganiga pushaymon qildirib, agʻdar-toʻntar qilib turuvdimki, boshliqlari kelib “nima gap” deya doʻq qilib qol-gandi. Urdu va hind tilini oʻzlaridan ham yaxshiroq oʻrgangandim, deya dam olib turib askiya qilganday. Boshliq masxaraomuz qah-qah urib, “shu odam toʻrttalangizni urdimi?” deya hayratlandi. Ham-masi bir ovozdan “Tavorix oʻqiganday: “Ey, sohib, ya’ni “bale janoblari” deya kalla liqillatishdi. Boshliq battarroq kulib yuborgandi-yu, menga qarab “Sen bizdan emassan, qayerliksan, pash-tunmisan” deya qistovga oldi. “Xudo saqlasin, pashtun emasman. Boburshoh nevaralaridanman, oʻlkangizda mehmonman” dedim. Va yonimdagi matolarni koʻrsatiib, “shugina narsa uchun falon pul talab qilishib, berolmasam, bambuk tayogʻi bilan kaltaklashdi” deya boʻlib oʻtganlarni arz qilib, mamataloq badanimni koʻrsatgandim. Hindu boshliq “Shu bizlarga adolatni oʻrgatgan Boburshohning avlodlaridanmisan?” deya qiziqdi.

“Ha-da, dedim”, kekkayibroq gʻurur bilan. Falak gardishi bois, ya’ni qardoshim deya oʻksiganday, oʻshanday xoqonga xiyonat qil-ganimiz uchun bizlar ham shu kunlarga qoldik. Bir-birovimizni boʻgʻizlab, “san-man”dan boshqa hunarimiz yoʻq. Urdu bilan musul-mon orasida ozgina aqida farqi bor, xolos, deya afsuslanganday koʻz yosh qilgandi ta’sirlanib. Oʻshanda “ha, bularda ham bizlardagi kasallik bor ekan” deya boshimdan oʻtganlarni eslagandim. Keyin “Sen qayerda yashaysan oʻzi” muloyimlik bilan soʻradi. Bir zumdayoq butun voqealarni qator-qator qilib qoʻyaqolgandim, sayrab turib. Yelkamga qoʻlini qoʻyib, toʻrttalasiga ma’noli qarab: “Bu odam qachon kelsa, tintuvsiz oʻtkazasanlar, boʻlmasam...” deya soʻzini choʻzgandi. Oʻz qoʻli bilan paraxodchiga topshirib tayinladi! Jaho-lat va asabiylik ilk bor ishga yarab, umrimda bir bor e’tibor qilib, Boburshohning ruhiga duo qilib, telbalarcha kuldim. Bir vatan egasi-yu bir muxojirat hayotini toptasa, xoʻrligim kelib, yana koʻz yosh qilgandim. Baralla ovoza boʻldi, shekilli, atrofim-dagilar kelishib, hol-ahvol soʻrashib “Nima boʻldi, tilingni yi-tirdingmi? desa, yana biri “Bolangni yoʻqotdingmi?” der, yana biri kelib “Tugunchangni yoʻqotdingmi?” derdi. Hindistonlik, xusu-san, musulmonlar juda rahmdil va jonkuyar boʻlishadi, hatto gadolar ham haftada bir tilanchilarga oziq-ovqat sadaqa qili-shadi. Koʻzimni ishqalab, bor-yoʻgʻimni, oʻzligimni yoʻqotdim, desam, hayron boʻlishgandi. Nima degani ekan deb bir-birovlariga qarashar, oxiri bittasi: “Nima deganing” dedi. “Ha, Vatanimni yoʻqotdim” deganim bilan atrofimni oʻrab olganlarning barchasi birdaniga: “Voy, dod” deb yigʻlab yuborishdi.

Hayron boʻlib tevaragimga qaragandim. Biror kinofilьm Oli-nayapti shekilli deb oʻyladim, irodasizcha kulgim kelib. Toʻsatdan: “Sizlar nega yigʻlayapsizlar” desam, 80 yoshlardagi koʻsa bir chol: “Bizlar ham Vatandan judo boʻldik” dedi jar solib yigʻlab. Biz-larni ham hindular quvib, tugʻilgan ota makonimizni egallashgach, yot yerlarga koʻchayapmiz. Keyin: “Sen andijonlikmisan” deya soʻradi jonkuyarlik qilib. “Yoʻq, Buxoro, Fargʻona, Movarounnahrlikman” deya tushuntirdim. Chunki ular biz tomonlarni Samarqandu Buxo-rodan tanishadi. U yana dodlagancha “Voy voyo, nima qilib yuribsan, dunyoning bir burchagidan kelib, yot ellarda”, dedi. Keyin “Xoʻp sizlar nima qilib yuribsizlar, bu keng tuproqlarning hammasi ham qayerga borsangiz Hindiston-ku. “Yoʻq, - dedi chol soʻzlab, - tugʻilgan joyimda 80 yil yashab, oʻlay deganda ajrab qolish qanday bir ogʻir mashaqqat ekanligini bilasanmi, u yerda ikki tup daraxt bor, ikkisini ham otam meni deb parvarish qilgan. Agar bu gapning ma’nosini bilmasang, nima deb yigʻlab oʻtiribsan” demasinmi? Toʻgʻri soʻzga sadaqa boʻlgisi keladi, kishining!

Alqissa, shunday voqealarda keyin yana koʻp marta qatnash-gandim. Lekin oxirgi paytlar chegaralar rasmiylashib, ishlar jahlu asabiylikka yoʻl bermay Karachi shahrida qolib ketgandim.

Х bob

Karachida hindular ham oʻz dindoshlari tomon qochishardi. Bu yerda musulmonlar koʻpchilik va kuchli. Oʻsha uchun aslida Bobur-shohning merosi ustiga oʻtirib olgan musulmonlar bu shaharni markaz qilib qabul qilishgandi. Shahar juda ham keng. Ammo Boʻmbaychalik obod emasdi. Biz uchun yaxshi tomoni hajga yaqinroq boʻlishi, niyat qilganlar uchun yoʻl puli arzonroq. Ammo men 1-2 bor takror Ladah tomonlarga ham sayohat qilib yurdim. Va har yerda haqsizlik borligini koʻrdim. Xususan, Qashqar yoʻlidagi togʻlik-lar orasida Sharqiy Turkistonlik qondoshlarning oʻzbeklarga boʻlgan har xil qarashlariga chiday olmay ba’zi qoʻli uzun, yangi boy, oʻzini yoʻqotmagan qudratli kimsalari ham qoʻlimdan qutil-madi. Oz qoldi shu johilligim sababli qamoqxonalarda chirib ketardimu, Xudo yana yordamini ayamay, yana bir vodiylik yetib kelgandi. Nomi Rahimjon bu qondoshim edi (oʻlgan boʻlsa Xudo rahmat qilsin). Lahor va Buluj degan shaharlarda kun kechirdim. Lekin baribir Mamatjon kabi doʻst topolmadim... Ana oʻshanda Karachiga yaqinda koʻchib kelgan Muhammadxon qatori men va Ahmad qora kabi tengdoshlar yangi vatan Turkiyaga ketishga qaror Ber-gandik. Aslida moddiy daromadlarimiz yomon emas. Oldi-sotdi, tijorat qatori oziq-ovqat va novvoylik biz uchun qulay hunarlar. Pokiston xalqi bizlarga hurmat koʻrsatar edilar, biz uchun rasm-rusumi, urf-odati, oʻtirib, turishlari, xususan, tili butunlay boshqacha. Mavsumlarning telbaligi, iqlimi biz uchun osmonu yer-dan farqli. Ikki kunlik dunyo uchun boshqacha ma’naviy baxt eshigi ochilgandi. Muhammadxonga yaqinlardan uzoqda qolish ogʻir kelar, undan tashqari uning taklifnomasi, viza va hujjatlari tayyor. Ketish ishqi uni qamchilardi. Shu hujjatlar tufayli Muhammad-xon himmaticha elchixonaning qulaylik koʻrsatishi bizga yoʻl ochilib, doʻstligimiz uzilmay yoʻlga chiqqandik. Mashhad, Bahrayn, Basra, Suriya deganday bir qator shahar va oʻlkalarni bosib oʻtib, Islohiya nomli uzun, bogʻlarga boy paxta koni, Chuqurogʻaga yetib kelgandik. 1953 yil birinchi oyning 4-kuni tasodifan qarangki, ertasi kuni bu shahar, ya’ni Odananing dushmandan ozod boʻlgan kuni ekan. Ya’ni milliy bayram. Bizdan 2 oy oldin kelgan Muham-madxonning ukasi yoshini 5 yosh kichik yozdirib, maktab uchun tayyor-garchilik rejalagan boʻlsa-da, moddiy kamchiliklar sababli oʻqish-ga fursat topolmay, mayda-chuyda, oldi-sotdi va uyda onasi tikkan namozlik doʻppilarni sotib, xonadonga moddiy yordamchi boʻlarkan. Men va Mamatxon bor-yoʻgʻimizni yoʻllarda tugatib, barmogʻimizni burunga tiqib kelgandik. Turk xalqi rasmiylaridan koʻp mehri-bonchilik koʻrsak-da, bu yerdagilarning oʻzlari ham moddiy kamchi-liklari sababli ortiqcha yuk boʻlishni gʻururimizga yedirolmay, hijolat boʻlardik. Xudo mehribon. Va sabr bilan sabr qilib, Yaratgandan yordam soʻrab, sir boy bermasdik. Xalqning tili ona tilimizga yaqin. Bir Xudoning bandasi chiqib, qayerdan kelding, kimsan deya soʻramas, yotsimas, oʻz birodarlariday yaxshi koʻrib, ota merosi asl ildizimiz deya e’tibor berishar edi.

Yurtdosh boʻlmagan joyda suvdan chiqqan baliq misoli bir-birovimizdan ayrilsak, oʻladigandek. Ergashmoqdan kuch olmoqni odatlangandik. Muxojirlarning koʻpchiligi va Fargʻonaga oʻxshashi sababli rizqni shu shaharda kutib yashashni a’lo koʻrgandik. Chunki toʻy, aza kabi yaxshi-yomon kunda bandasi uchun bir haqiqat, judo-likka toqatimiz qolmay, tobora jips boʻlib, bir tanu bir jon boʻlib yashamoq bizlar uchun goʻyo alohida baxt boʻlib koʻrinardi. Xudo mehribonchiligini qarangki, Sayhun daryosining ukasi boʻl-gan Sayhon daryosini buzib, suv ombori bino qilish harakatini boshlab, ishga boshlashgandi. Ishga olayotganda hammadan oldin biz turkistonliklarga ishonib, orqa chiqib, ishga qabul qilindik. Koʻpchilik shahardan uy olishgandi. Ayrimlar shahardan 10-15 chaqirim uzoqlikda havodor, keng dala joylaridan yer olib, baqad-rihol 4 devor orasiga kirib olgandi. Koʻp oʻtmay oʻziga tinchlar ham gavjum shaharda yurtdosh boʻlmagani uchun turolmay yana odatimizga binoan mahallaga koʻchib, obod qilishgandi.

Shu yerga kelganda Sarson togʻa kulib yubordi. Hayron boʻldim. U yana soʻzga boshlab, bilasizmi, biz olgan yerlar 40 yilda biri ikki boʻlmadi. Ammo shahardan olingan joylarning puli 100 chan-don oshib ketgan boʻlsa-da, bir Xudoning quli afsuslanmay, oʻzaro taralla-bedod jon gʻanimat qilishib, puliga ahamiyat berish-magandi. Oʻzaro urush janjal qilib boʻlsa ham, goʻyo tor uydan bah-ralanganday baxtli koʻrinishardi. Hech bir begona oramizga kirol-masa ham yana “gʻij-gʻij”lik bor. “Gʻij” deb nifoq chiqarolmay, milliy tuygʻumizga putur yetkazolmay, kamsitolmay qolishgandi. Chunki hur, ozod yashamoq lazzatini simirib yurishning qanday baxt ekanligini tatib payqagandik. Har kim oʻz fikrini ozod tilga keltirib, apoq-chapoq boʻlib, zidlikka emas, turkistonlikka aha-miyat berib, aziz yurtga fuqaro boʻlganimiz bilan faxrlanardik. Moddiy daromadimiz yetarli, serhosil boʻlgani sababli har kim oʻzi tengdoshiga qarab haftada bir bor gapu gashtak, unda-bunda toʻylar qilib, marakalarda birdamlikni shior qilib, mahkamlash-tirib, hatto yerlik xalq orasida sadoqatli kishilar boʻlib nom koʻtardik. Darhaqiqat, rasmu ravot, urfu an’ana toʻgʻrisida biz toifa hanuz ham sadoqatga sodiq qolib, yarim nonni bir-birimiz-dan ayamasdik. Ammo Saudiya Arabistonida yashovchilarga qaraganda moddiyan ancha kuchsiz.

Shunday boʻlsa-da, shikoyatchi emas, shukr qilar, ularning davlat va boyligi toʻgʻrisida hech qanday yomon fikrga bormasdik. Toki, u tomonlardan kelgan ba’zi yangi koʻrin-gan boyvachchalarning notoʻgʻri harakatlarini koʻrgandik. Vatandagi ahvollari ma’lum. Uy-joy, mol-mulk tufayli tabaqaga aylanib qolgan ba’zilari bizlarni xor qilishsa-da, xabarlari yoʻqki, Arabistonda ming niyatda oq koʻylak kiyib boshlariga chambarak taqsalar-da, arab fuqaroligiga ega boʻlmasligi aniq edi. Shu haqi-qatlarni payqab qalbida Vatan muhabbati boʻlganlar koʻchish orzu-sida maqsadlariga yetib boʻlishgandi. Ana shular orasida ham xalq-ni parchalashga orzumand bechoralar bilib-bilmay nifoq yoʻlini tanlashgandi. Men kabilar sabr qilar, Mamatxon va ukasi doʻst-lardan torinishgan bu bechoralar adashganligidan ham xabardor emas edi. Oldinlari hazillashsak-da, endi notoʻgʻri bir his miyam-ni chulgʻab olgandi. Lekin “yomonlik har kishining ishi, yaxshilik er kishining ishi” degan eshon otaning soʻzlarini eslab yupansam-da, miyamda oʻz kuchim, fikrim hayot yoʻlimni tanlayman degan niyat-ni shior qilgan edim. Daromad borgan sari ortgach, chekish orzusi-ni, boʻydoqlik sabab choyxonalarga borib-yurib, arzimas pulga kar-ta oʻynab, ismim Sariq qimorbozga chiqqandi. Shunga qaramay, bir koʻngildoshim qizini bermoqchi boʻlardi. Chunki koʻpchilik doʻstla-rim haqimda toʻgʻri soʻzlashar, haqiqatga ega chiqishib, askiya boʻlsin deya “sariq” laqabini qoʻshib qoʻyishardi. Toki Fozil ota degan aq-li raso boʻlgan kishining qizi Gulbadanni koʻrgunimcha. Bu zot Ashtarxon qishlogʻidan. Shuning qizi Varzakli Asomiddinxoʻja mingboshi eshon otaning yaqin doʻsti, hatto muridlaridan biri. Suhbatlarda eshon otadan bahs borganda, “E, oʻgʻlim eshon otaning oʻzi kabi boʻlib qolgan ekansan, men u kishining yetti pushtini bilaman. Endi menga oʻgʻil boʻlasan”, – deya tasalli berardi. Har ehtimolni koʻzga olib, qoʻrqmay sovchi yuborish orzusi paydo boʻlib, niyat qilgandim. Rafiqalari otincha, pokiza ayol. Yana bir qizi va Kibriyo oʻgʻli “tojikchi” yurtdoshlar orasida nom chiqargan. Oʻgʻli Afgʻonda bir oz oʻqib, oʻrta darajada ingliz tilini oʻrganib, suv omboridagi amerikaliklar oldida yaxshigina ishga ega. Meni hurmat qilardi. Haqiqatni dangal soʻzlab qoʻya qolgandi. Bir kecha uyiga borib, mehmon boʻlib, onasi Ulugʻposhshoni onam oʻrnida ziyo-rat qilib mavzuga kirib, qalbimdagini ochgandim. Shu munosat-dagi maqsad hali natijasiga bogʻlanmay, mujmalroq boshqa suhbatga qolib, oʻsha kecha Muhammadxonlarda tunab qolgandim.

XI bob

Sayhun va Jayhun daryolarining ukalari shu joʻgʻrofiyada Sayhon va Jayhon boʻlib tugʻilgan. Balki 10 joyda Toshkent, Qora-suv, Oqsuv kabi Turkistonda mavjud shahar va suv ismi. Aholisi zich. Chuqursoy, Balandtepa katta-kichik qishloqlar bor. Chuqurova, ya’ni vodiy paxta koni, xullas, achchiq-chuchukka oʻch, xususan, bordi-keldi odatlarimizga juda yaqin. Mavludxonlik va bibiseshanba kabi ayollar orasida surpa ochishlar xuddi bizdagidek. Navroʻzda sumalak oʻrniga oʻzlariga xos yeguliklari bor. Duo, marosimlarda xuddi biz. Ustiga bizlar ham qoʻldan kelguncha odatlarimiz haqida qoʻshnilararo yaqinlik koʻrsatardik. Ana shunday tadbir kunlar-ning birida Muhammadxonning onalari, dalolatlari bilan qiz onasi bir oqshom uylariga da’vat qilishdi. Oʻz ona tilimda otasi bilan yayrab, gurunglashib, koʻproq Vatanni eslab, dardimni toʻkib, yengillaganday, gʻurbat gʻamlardan uzoqlashdim. Favqulodda dono, muloyim, diniga sodiq, gʻaribparvar, kichikligida zaxmat yoʻli bilan - piyoda bir bor Hajga borib kelgan. Choʻqqisoqol, ochiq soʻzli odam edilar. Men sovchi boʻlmoqchi toʻngʻich qizi mayda-chuyda, choy-poy olib kirgandi. Uzun koʻylakli, boshida shapaloq gulli, qizil roʻmolga oʻralgandi. Onalarini koʻrolmadim. Chunki haddan ziyod paranjiga oʻralib yurarkanlar. Xudo nasib qilgan ekan, 1-2 bor bordi-keldi maslahatdan soʻng soddagina marosim bilan nikoh-lanib koʻngildagi ota-ona, singil, diniy va dilimdagi rafiqaga ega boʻlib, Muhammadxon doʻstim tufayli baxtli boʻlgandim. Ish-larim yomon emas, oldinlari temir-tersak orasida shogird boʻlib qisqagina zamon ichida qurilishlarga kerakli ekskavator mashina-siga haydovchi usta boʻlib e’tibor koʻrgandim.

Mahallamizning atrofi bugʻdoyzor. 40-50 xonadonga makon. Hovli rayhon, gultojixoʻroz, namozshomgul, oʻsma bilan hushboʻy, obod. Bir qavatli uylarda yashaymiz. Toʻy-ma’raka va gap-gashtak-larda milliy yoʻlda xarajat uchun yordam puli toʻplaganda boylar qatori mablagʻ bilan qatnashar, vatan ozodligi uchun qoʻldan kel-ganini ayamasdim. Vaqti kelib Xudoyim bir qiz ato qilib, 4-5-6 yil ichida yana 2 qizu bir oʻgʻilga ega boʻlgandim. Gavjum xonadon gulday, Xudo rizqimizni bergandi. Biz muxojirlar qaysi daraxt novdasiga qoʻnsak, qush misoli uchib, yoqtirmay vatandagi daraxt novdasini topolmay darbadarlikka moyilroq boʻlib qolgan ekan-miz. Oradan oʻn yilcha oʻtdi-oʻtmadi. Bu gal jannatmakon ona Vatan-ni tashlab, Amerika kovboylar oʻlkasiga koʻchgandim. Har xonadon-ning oʻziga xos bahonalari bor. Ammo meniki moddiy, bola-chaqa koʻpayib, uyda gʻidi-gʻidi boshlab, yuragim qonga aylangandi. Ota-onam doim har ishda xayr tilab, oxiri baxayr boʻlsin, deb duo qilishardi. Men shu hikmat soʻzni butunlay esdan chiqargan ekan-man shekilli, butun topgan-tutgan daromadning koʻpini rafiqam qoʻliga topshirsam ham ismim qimorbozga chiqib, qoʻni-qoʻshniga sir fosh qilgani boshlagandim. Hatto 1-2 bor oʻz hamjinsim boʻlgan rafiqamga iltimoslar qilgan boʻlsam-da, negadir u toʻnini teskari kiyib olgandi. Oʻz hamjinsimning qilmishlariga chiday olmay aj-rab ketmoqchi ham boʻlgandim, lekin doʻstlar va qaynotamning nasi-hatlari tufayli rafiqamni tinchitib qoʻyishgan. Gapu gashtaklarga borolmay, kunida kamida 14 soat ishlab, qora koʻz bolalarimning rizqini ta’minlashga urinar, yanada xotin tarafidan kamsitilib, qimorboz nomim tobora avj olardi. Rafiqam gashtakdagilarga murojaat qilib, oralaringizga olib, isloh qilinglar deya gʻurur va nafsiyatimga putur yetkazardi. Oshnalar bu soʻzni inobatga oli-shib, oʻynamagan qimorbozligimdan qutqazmoqchi boʻlishganday ra-fiqamni goʻyo toʻgʻri yoʻlga da’vat qilishmoqchi boʻlishardi. Oʻsha majlislarda ba’zan eski odatlarni eslab, karta-parta oʻynaganda, arzimas pul toʻplab, oramizdagi notavonlarga koʻmaklashib yosh oʻspirinlarga oʻrnak boʻlmoqchi boʻlardik. “Noming chiqquncha jo-ning chiqsin” degan soʻz. Oʻshani ham qimor deb oʻylab, rafiqam boʻl-gan hamjinsim tuhmatda davom etar, qora chaplashni hunar qilib olgandi. Gapu gashtaklar harchand toʻgʻriligim haqida guvoh boʻ-lishsa-da, rafiqamning loʻliligi yogʻdek suvning ustiga chiqardi. Ba’zan koshki uylanmay, odamlarning notoʻgʻri ta’nalariga chidab yuraversam boʻlmasmidi degan notoʻgʻri fikrlarga ham borardim. Chunki oʻz hamjinsimdan koʻrgan zulm haddidan oshgandi.

Buning sababini yaxshi bilardim. Atrofimdagilar, ba’zilar-ning toʻsatdan charaqlab, uy-joy egasi puldor boʻlib qolishi-yu, ra-fiqamning menga boʻlgan ishonchi qolmaganligi va qizgʻanchiqlik tuy-gʻusining kuchayib, irodasizcha xit qilishdan iborat edi, xolos...

Ikki ishda ishlar, xizmatchilikning har turlisini bajarib, harakat qilsamda qimorboz degan tamgʻa bilan la’natlangandim. Koʻzidan yosh duvillab oqib gapirolmay qolgandi Sarson togʻa. Bu shaxsiy hikoyalardan maqsadim va murodim hech bir zamon taxmin qilingan qimorni oʻynamagandim, lekin Xudo bergan qismatda yozilgandan boshqa boylik nasib boʻlmagandi. Oʻzingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga degan soʻzni aytib, inson boʻlishni es-latib qoʻyish vazifam. Oldin inson, keyin yaqin jins qidirish ke-rak ekan. Oʻzinikidan koʻrilgan jafo begona zulmidan koʻproq azob berarkan, kishiga... Koʻringan azobu jafoning barchasi vatansiz-ligu gʻurbat natijasi degan ishonch miyamga oʻrnashib qolgandi. Ota merosi ba’zan harom pullarni koʻz-koʻz qilib, yashab, musulmonlik qoidasidan uzoq yashaganlar zamonamizning soʻzida “modachilik” virusiga giriftor. Bu giriftorlarning kasalmand ekanligini bi-lolmagan, qizgʻanchiq, oʻgʻri, kazzob har turli notinchlikka sabab boʻ-larkan. Alqissa, xotin borgan sari “qimor oʻynab, bizlarni tush-kun yashashga majbur va mahkum qilding”, deya jahlimni qamchilar edi. “Ol sanga, oʻz zaifangdan kelgan oqibat” derdim. Begonalar-ning xilma-xil ta’na va kamsitishlari holva ekan, kech payqagandim.

Xullas, Amerikada yillar boʻyi hojatxona va axlat tozalab, kun kechirib, shukr qilib, bor-yoʻgʻimni ikki qoʻllab rafiqamga topshirib hayot kechirardim. Bolalarni oʻqitdim, xotin savodxon. Inglizcha til oʻrganib, goʻyo qonunshunos boʻlib, meni hech nazarga ilmay, kamsitar, yumurtqalagan tovuqday tasavvur qilardi. Jah-limni sabr bilan yengib, eshon ota haqiga duo qilardim. Chunki “bola-chaqa etakdagi Xudoning omonati” degandilar. Ichim qon yigʻlasa-da, kindik qonim toʻkilgan aziz va muqaddas makon har ahvolda ham esimdan chiqmasdi. Oʻzim har joyda, koʻnglim sandadir degan xayol uzoqlarga olib ketib telbanamo kulardim. Umrim chal-gʻiganmidi yoki charchaganmidi, albatta, charchagandi. Qizlarimning kirdikori-yu, xotinimning chakagi jonimga tekkandi. Nasib boʻlib 3 kuyov koʻrgandim. Ikkisi oʻz jigarim edi, yana biri qardosh boy-lardan boʻlgani uchun negadir xonadonimda boyvachchalik hissi pay-do boʻlib, hammasi ham meni mensimayroq qolishgandi. Irodasiz-roq xotin bolalarimga rais ekanligimni bildirib, “haddingni bil” ma’nosida qoʻpolroq harakat qilgandim. Chunki erkakligimni isbotlab qoʻyish tuygʻusi qoʻzgʻalibroq, adashibman shekilli, uyda-gilarning har biri asrimizning bosh balosi telefonga yopishib, lang ochib qoʻyilgan eshikdan kirib, meni mirshablar kishanlashib olib ketishdi. Uydagilar yigʻlashib, dod-voy qilish oʻrniga “qi-qirlab” kulishib, oʻzlari bilan ovora. Goʻyo kibr ne’matidan bah-ramand boʻlishgan. Soʻrab-surishtirmay qilingan muomala va ano-yilikka xavfsizlik idoralari adolatda shoshgandi. Yerlik qizi erlarining urugʻ-aymogʻini quritib yuborgan Amerika askariy kuch-larining qilmishlariga uncha parvo qilmagandi. Chunki inson haq-lari qonuni shunday ekan. Ammo uydagi oʻzaro hamjinsimning ra-vo koʻrgan hurmatsizliklariga afsuslanib, qilib qoʻygan xatola-rimga la’natlar yogʻdirardim. Ichim qon yigʻlar, insonlikdan xa-barsiz qolgan ekanmiz, ahvolni izohlashdan ojiz edim. Olgan mu-kofotim meni hushga keltirib, uygʻonib, nadomat hissi qiynardi. Begonalar qilmishi oilamning zulmi oldida holva boʻlib qolgandi.

Sarson togʻa bu soʻzlarni ado qilarkan, dudoqlari pirpirab, bezgak tutgandek, qaltirab koʻz yosh qilardi. Yupatmoqchi boʻlib men ham koʻz yosh qilgandim ta’sirlanib. Sarson togʻa yana soʻz boshladi.

“Oʻgʻlim oʻqib, ma’lum bir joyga borib qolgandi. Farishtami-joz qaynotam qazo qilgandilar. Nevaralari unga oʻxshamas, rafi-qam ma’naviy zulmda davom etar, dindor qaynonam halol bir ayol. Lekin ichidan pishgan. Molu mulkka oʻchroq. Nevaralarining, xusu-san, oʻgʻlimning kelajagi unga muhimroq koʻrinardi. Yot ellarda qolmasin degan niyatda nasib boʻlsa, jinsimizdan qayliq olib ber-moq orzusida Xudoga iltijo qilardi. Hatto koʻz ostiga qizni e’tiqodi istiqomatida duo yoʻli bilan koʻndirishga undab, qim-matbaho sovgʻalar yuborardi. Qiz oʻziga tinch, boyligi sababli ob-roʻsi baland oiladan. Ammo qaynonamga oʻxshab puldor xonadon-ning odobli, oʻqigan qizi edi. Hanuz yosh. Oʻshanday boʻlsa-da, bir bora sovchi yuborsa ham qismat boʻlmaydi. Hatto eng qadimiy oila doʻstining oʻgʻliga ham qashshoq deya vaj uydirib, oʻgʻliga loyiq koʻrmagandi. Fabrika egasi kuyovimning boyligi oʻgʻlimga mador boʻlib, qizga undab qoʻygandik. Men ham xursand edim. Chunki yurtdosh boʻlsa boʻldi degan fikrga borib qolgandim.

Gʻurbatda bola orzu-havasini koʻrish nasib boʻlarkan deya se-vingandim. Zamon oʻzgargan, bir qator musulmonlar boshqa dindagi yosh qizlar bilan va qizlarimiz hatto juhudlar bilan birga yashab, kelasi yili ajrashganlar bor edi. Asli nasabimiz davom etarkan deya Xudoga shukur qilib qolgandim. Vodiylik moddiy kuchi bar-dam musulmon biri bilan quda boʻlish har kimga nasib boʻlmaydi derdim. Doʻstu dushman oldida boʻlib oʻtgan voqealardan keyin e’tiborim tushibroq qolgandi. Zora, shu safar, shu sababli xalqim orasida apoq-chapoq boʻlib qolarman derdim. Gʻurbatda yillarcha chekkan azobu uqubatlarim holva boʻlib qolgan edi. Mashrab kuy-lagan gʻazaldagi azob alangasi vujudimni qamrab oʻrtanardim. Oʻshanda bir zamonlar Bangladesh qamoqxonasida guruch yeb jon saq-lab qolgan kunlarim va Chatrolь Gil-Gitdagi oʻz yurtdoshim tuh-mati bilan turmaga tushib kunda bir gramm yogʻu bir paund un yeb tirik qolganligim koʻzim oʻngidan qonli surat boʻlib oʻtardi. Yol-gʻizlik va noilojlik goʻyo jaxannam azobi edi, yaqin oʻtgan kunlarda bir xitoy kishining soʻzlari qulogʻimni jaranglatib, telbanamo oʻz-oʻzim bilan gaplashardim.

Amerikaga yangi kelgan paytlarim edi, til bilmas, lekin soʻz-larni payqab uqardim, bir amallab bir ishga oʻrnashib olgandim, vazifam chetdan kelganlarni havo maydonidan olib shahardagi mehmonxonalarga joylashtirmoq edi. Kunda sakkiz soat ishlar, xitoy xoʻjayinning koʻziga tushgan edim. Bir oqshom kechki payt chaqirib qoldi: ijirgʻanibroq, hatto xoʻmrayib yoniga bordim, yigʻ-lamsirab, ikki bukilib, iltimos bilan havo maydonida bir xitoy mehmonni kutib olishimni va xizmat haqqim evaziga ikki kunlik haq toʻlashini soʻzlab, moʻltilladi hayron boʻlib, “qarindoshin-gizmi” deya imo bilan uqtirdim jahli chiqib qoʻl siltab “Nima demoqchisan?” degan edi gʻazab bilan, uyalib duduqlandim. Xoʻja-yin: “U bir xitoy, himoya qilish har xitoy vatandoshining vazi-fasi, qarindosh boʻlmogʻi shartmi?” - dedi asabiylashib, titrab xoʻmrayib turib. Chumoliday koʻpaygan millatning biri boʻlgan bu kishining ulugʻ ma’noli soʻzi, qulogʻimni jaranglatib, eslagach, af-suslanib, koʻz yoshi qilib xoʻrsindim. Oʻqimagandim, lekin odamiy-lik onamdan meros edi.

Bugungacha yuzlarcha ish bilmaganlarga ustozlik qilib, bu mod-diy va ma’naviy yaxshiliklarni eslashga ham arzimaydi deb yurar-dim, ishning qizigʻi bu qilmishlarimga guvoh edi. Shu shaharda, hatto men yashagan binoda muqim yashovchi, yaxshi, oʻziga tinch yurt-doshlar bor edi. Birortasidan dom-darak yoʻq. Har koʻrganda ir-jaygan bu vafosiz doʻstlar qisqa zamondayoq an’anaviy sifat-larini yoʻqotib, shu oʻlkaning gʻayriinsoniy oʻlchov balchigʻiga bo-tib “buqalamun” boʻlgan edi. Ba’zi chala mulla doʻstlardan umid uzish va Xudoga iltijo qilish zamoni kelib oʻtayotgandek, oʻngimmi tushimmi ma’lum emas edi.

Temir eshik chertilgach, choʻchib titradim, tasodifni qarangki, qorovul qoracha-qotma kishi. Koʻp yillar oldin Hindistondan koʻchgan bir hindining oʻgʻliga oʻxshardi. Baxt kulgandek boʻldi she-killi deya oʻyladim, chunki men hind tilining bir koʻp lahjasidan xabardor edim. U yigit xushtabiat soʻzlaridan sharq axloqi usu-lida tarbiyalangandek koʻrinardi. Oyoq yozib, havo olish uchun hov-liga chiqib kuzatuvda tutgan bu odam imo va ishorat bilan gap soʻ-rab qolgan edi. Hech qiynalmay hindicha oʻz tiling bilan suhbat qilib qoʻyaqol, deganimda, koʻzlari qinidan chiqib, hayratomuz du-duqlanib: “Hindchani qayerdan bilasan”, – deya mingʻilladi mehri-bon adoda suyunibroq. Taxminim toʻgʻri chiqib, tilu jagʻim ochilib umrbod boshimdan oʻtgan savdoni bir zumdayoq uqtirib qoʻya qol-gandim. U churq demay tinglar, ta’sirlanib yigʻlaganday uzoqlarga tikilardi. Nazarimda, oʻzi ham hanuzgacha bu diyorning qoidalariga koʻnikolmaganini koʻzi bilan uqtirmoqchi boʻlar edi. Toʻsatdan: “Shoshma, – dedi, qoʻlimni mahkam ushlab, qora qoʻllari bilan uqa-lab turib, – Rusiyadan koʻchgan qonunshunos bir juhud tanishim bor, uch kun soʻngra keladi, senga yordam berish uchun unga yalinaman, chunki sen yaxshi, bechora odamga oʻxshaysan”, dedi akasini topib ol-ganday. Yana ota-onam yurtini koʻrib, tilimizga e’tibor bergan zot ekansan dedi. Qoʻshimcha koʻngil olganday, oʻn kuncha oʻtdi-oʻtmadi, meni chaqirtirgan juhud hindi tilmoch vositasi bilan turkis-tonlik ekanligimni bilib, bir qogʻozga qoʻl qoʻydirib odamiylik qilmoq uchun yeng shimardi, oz fursatdayoq zudlik bilan sudda ado-lat oʻngida oqlanib, ozod, hur odamlar qatoriga qoʻshildim. Dash-nom eshitib, kaltaklansam ham, oʻz qondosh yurtdoshimga xiyonat qilmasligim ajdodimga hurmat edi. Bolaligimdan beri Vatanim, xalqim, qondoshim deya, fikran kurashib keldim. Bu oʻz Vatanimga sadoqat degan soʻzning ifodasi emasmi? Ana shu oliy tuygʻu ichim-ni yoritib, gina, kek va shikoyatlar ketidan yurmaslikka ahd qil-dim, shuning uchun turkistonlik boʻlishim bilan gʻururlanar edim. Balki oʻz vatanimda yashab, gʻurbatga qadam tashlamagan boʻlsam, dar-du alamimni totmagan boʻlardim. Vatansiz kishi boshiga kelgan-larni qismat deya taqdirga tan berib, sabr qilishi va Xudoga ishonishi insonga kuch beradi.

Peshonaga yozilgan qismatni yangi naslga uqtirish bechora zamo-naviylar uchun qiyin. Oxirida ma’naviy tayoq ostida qolishimni qayerdan bilardim? Bu tayoq boshimga tushganda uygʻongandim. Chunki oʻsha hamjinsim boʻlgan oʻgʻlim toʻyga taklif qilishdan or qilgandi. Qiz tomon bu fikrga qarshi chiqqan, lekin soʻzlari havoda qolib urushishgandi. Shunday sevinchli kun tajribasiz oʻgʻlimning ja-sorati yuragimga yomon botgandi. Bu ahvoldan juda oz kishining xabari bor edi, xolos.

Aksi boʻlsa edi, ismimga yana bir isnod qoʻshilib qolishi mum-kin edi. Boʻlib oʻtgan otalik tuygʻumni zarracha oʻzgartirmagan, xafa boʻlmay, togʻajonlarimni doim duo qilar, yana koʻngil olmoqchi boʻ-lardim. Oʻgʻlim vijdoni yonida pushaymonlik izhor qilolmay yursa-da, men baxtu umr tilab, kelinimni tabriklab, nevaralarim-ni bagʻrimga bosgandim. Oxirida uning onasidan ajragandim. U esa yoshi mendan kattaroq qoʻqonlik puldor bir odamga turmushga chiqqandi. Baxt tilagandim. Chunki qanday boʻlsa ham bolalarim-ning onasi edi. Baxtli boʻldi ham, eri qazo qilgach, kattagina mol-mulkka ega boʻlgandi. Men ham Vatanga borib, zidlikdan cheklanib, yetim va yoshroq tatar bir ayolga uylanib, bolasini oʻz bolamday bagʻ-rimga bosdim. Gʻurbatdagi yurtdoshlarning koʻpchiligi savodsiz ayollar bilan hayot kechirishardi. Hatto oʻzlari ham savodsiz. Lekin puldor. Ogʻzi qiyshiq boʻlsa-da, qoralashga usta, gapdon. Men uy-langan ayol oliy ma’lumotli mutavoze’ inson edi. Dunyoning pastu balandini bilgan insof egasi. Ma’naviyatga qiymat berib, dunyo yolgʻiz oshqozon emas ekanligini bilgan, munis ayol. Ushbu kun ham nevaralarimga muhabbat bilan yopishib, meni xursand qilish uchun gʻayrat koʻrsatdi. Minnatdorman, Tangri taolo rozi, bizga, bolala-rimizga umr va baxt bersin. Ayolimga e’tibor berganligim uchun uzoqroq joyga koʻchgan boʻlsam-da, oʻgʻlimni xijolatdan qutqazmoq niyatida uning mulki boʻlgan uyda istiqomat qilib, oʻz uyimni ki-raga berib, moddiyan huzur qilib yashamoqdaman, xolos. Hanuz yosh boʻlgan hozirgi rafiqamning shafqatga muhtoj oʻgʻliga homiylik qilish vijdoniy burchim. Daromadim oʻzimga yetib ortadi. Ma’-naviy tomondan nevaralarimni koʻrib, Xudoyimga shukur qilaman. Uzoq umr kishiga tajriba boʻlib, yoʻl koʻrsatar ekan. Ammo xom sut emgan odamzod ba’zan adasharkan, deya voqea-hodisalardan ibrat olib, qilgan xatolaridan uyalganday, nadomat his etib, Xudoga iltijo qilardi Sarson togʻa.

Dam olib, yana soʻzladi: “Toʻqson yillik umrimdan birgina esdalik vatansizlik sababli koʻz yoshlarim, xolos. Koʻngil ogʻritgan xatolarimdan soʻz ochib, koʻngil egalaridan uzr tilash zamoni keldi. Shoyad shu esdaliklar bir kun nashr boʻlsa, ba’zi doʻst-larimning dilini ogʻritgan boʻlsam, kechirishsin” deya xoʻrsinib soʻzlarini ulab ketdi Sarson togʻa: Bir yili hayitga qudamning uyiga borgandik. Shunda omon yerda qazo qilib singlisi Sohiba tomonidan olib kelinib, tuproqqa omonat qilingan doʻstim Muhammadxonning ukasi ham qadrshunosligi tufayli kelib qol-gandi. Qayerdandur eslab, “Oʻgʻling hayitda keldimi?” deya soʻragan-dim. Chunki oʻgʻli chet bir oʻlkada yashar, mehnatkash, oʻz qobiliyati bilan yaxshi ishga kirib olgandi. U ma’yuslashibroq: “Yoʻq, ishi boshidan oshgan, sogʻu baxtli boʻlsa bas” deya boshqaroq qarab qoʻy-gandi. Men yana betamizlik qilib, nevaram otasini koʻrmoq uchun keldi deb maqtanib, ikkinchi bor xato qilib qoʻygan ekanman. U bechora oʻzi yillarcha kasal boʻlgan bolasi bilan gʻam ichida qov-rilib, oʻgʻli hasratida turganda, soʻzlarim ahmoqona ekanligini yillardan keyin payqagan edim. Yillardan soʻng bu ukaxon doʻstim bu soʻzlarni eslatganda, yer yorilmadiyu yutmadi. Oʻshanda “nevarang kelibdi-yu sening oʻgʻling toʻyga nega chaqirmadi”, desa ahvolim nechuk boʻlardi. Shu xayol bilan ming bor uzr soʻradim. Ammo u, “Ukaxon, men sizni oʻsha paytdayoq kechirganman. Chunki hayotimizdan batamom xabardorman degandi. Birdaniga yaxshi kunlar nasib boʻlib, arzimas xatolarga sabab boʻlgansiz, deya doʻstligini yana bir bor isbotladi. Oʻshandan buyon ehtiyotkor boʻlib qolganman. Chunki xatoga xato qoʻshgan odam gʻorday kovak turadi, dedi uyalganday Sarson togʻa. Yana bir bor: agar Vatanimda oʻsib voyaga yetganimda shu xatolarni qilmas edim. Butun haqiqatlarni samimiyat bilan hikoya qilib, toʻgʻriligini isbotlagan bu hurmatli yurtdoshimni qutlash kamina uchun vijdoniy burch edi.

* * *

Hurmatli oʻquvchilar! Umr boʻyi oʻz fikrimni boshqalarga izoh qilib, ochiq aytish uchun koʻp urindim. Lekin qalamkashligimning jonsiz, zaif boʻlishi tufayli hozirgacha oʻz yurtdoshlarimga nima qilmoqchi boʻlganligimni uqtirolganim yoʻq. Ammo shoyad, agar qilgan ishlarimdan tariqchalik bahramand boʻlgan boʻlsangiz, oʻtib ketganlar ruhiga duo qilinglar. Men hozir 80 yoshimda bir inson sifatida har tomonlama Xudoga shukr qilaman. Lekin hayotda yasha-madim desam, ishoning. Chunki yashamoq dunyoda yolgʻizgina oshqozon emas ekan, mashina, davlat, pul emas ekan. Agar oʻz dardingizni boshqasiga uqtirolmas ekansiz, bu hayot hayot emas. Hamdard topish koʻp qiyin ekan.

Qabrimda ham Vatanimning tinchligi, xalqimning saodatini tilayman. Yangi naslga baxt tilayman. Sogʻlik, uzoq umr tilayman! Bayrogʻimni oʻpib qiyomatgacha hilpirashini istayman. Buni tugal gapirishning iloji yoʻq. Yana aytsam, bachkanalik boʻlib qoladi. Faqat qalbimdagi Vatan, Mustaqillik, Hurriyat, elu ulusparvar-likning qanchalik katta davlat boʻlganligini payqaganim uchun shularni aytib qoʻymoqchiman, albatta. Shu yoʻlda oʻlib ketgan-larning ruhi shod, qabri obod boʻlsin! Menga shu ikki kalimani oʻrgatib ketganlardan Alloh rozi boʻlsin. Men oʻqiy olmadim. Hayot boʻyi bu nadomat mening ichimni kemirdi. Ammo agar zarracha, tariqchalik dardimni uqtira olgan boʻlsam, men shodman. Xudoga omonat boʻlinglar, aziz millatdoshlarim! Vatanimizda yashab, unib-oʻsib, kelajak naslga yaxshi meroslar tashlab ketishingizni orzu va umid qilaman.