OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

3 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSomerset Moem
Asar nomiIjod alangasi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Britaniya adabiyoti
Boʻlimlar
   - Simvolizm
Mualliflar
   - Somerset Moem
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonHulkar Muhammedova (Ingliz tilidan)
Hajm10KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Yoshlik» jurnali, 2001 yil, 5-6-son


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ijod alangasi (hikoya)
Somerset Moem

Missis Foresterning «Axilles haykali» nomli ilk detektiv asari chop etilganda u 57 yoshni qoralagan, bir qator asarlari bilan koʻzga koʻrinib qolgandi. Avvallari uning oʻziga xos iste’dodi oʻquvchilar nazariga tushmagan, bu esa uning kitoblari sotilmasligi sababli edi. Lekin tanqidchilar Foresterning yangi asarini maqtab koʻklarga koʻtarishdi.

Ijod bilan birga bu ayol siyosatda ham kuchini sinash va hatto parlamentga chiqish fikridan ham holi emasdi. U har shanba kungi ziyofatida koʻpchilik qatnashishini istardi. Bazmlarga faqat bir kishi, ya’ni eri Albert Foresterning xushi boʻlmasdi, xolos. Koʻpchilik uni ziqnaligi bois ziyofatlarga ishtiyoqi yoʻq deb hisoblardi. Forester xonimning unga qanday turmushga chiqqani ham jumboq edi. Albertning marka yigʻishga moyillishni sezgan tanish-bilishlar unga «Filatelist» deb laqab qoʻyishgandi. Albert kattagina boylikka ega biznesmen edi. Oʻzi gʻamgin, ma’yus yursa-da, goho huda-behuda soʻzlab qolar, egnidan ohori toʻkilgan kiyimlar tushmasdi. Biroq xotini bunga mutlaqo e’tibor bermas, aksincha unga mehribon, oʻrni kelganda erini mensimaganlarni izza qilardi. Missis Foresterning hayotini tubdan oʻzgargirgan voqea yil oxiridagi ziyofatda sodir boʻldi. Oʻsha kuni stol atrofida bu ayol barchani ogʻziga qaratgan edi, butun vujudi bilan tinglayotgan mehmonlar faqatgana savol berish mavrudi kelgandagana notiqning soʻzini boʻlishardi. Ziyofat qizigandan qizib borardi. Kutilmaganda shovqin-suron koʻtarildi.
— Nima boʻldi, Karter? — deb soʻradi missis Forester oqsoch ayoldan. — Uy qulab tushmadimi mabodo?
— Kechirasiz, xonim, yangi oshpaz jomadoni bilan kirayotib qoqilib ketdi.
— Yanga oshpaz deganing nimasi?
— Missis Bulfinch bugun ishga chiqqani yoʻq.
— Janob Foresterning xabari bormi? — soʻradi xonim goʻyoki bu ishga eri mas’uliyat bilan qarashi lozimdek.
— Janob Forester chiqib ketganlar. Mana bu xatni yetkazishimni aytdi, — deya buklangan qogʻozni uzatdi oqsoch.

Xat mazmuni missis Forester kayfiyatini asta-sekinlik bilan oʻzgartira boshladi. Uning yuz ifodasidan Albertdan butunlay ajralganligani uqib olish mushkul emasdi.

Forester xonim oʻqib boʻlgach, xatni gʻijimlagancha yigʻlab yubordi:
— Qanday nohaqlik! Qanday dahshat!
— Nima boʻldi? Tinchlikmi? — soʻradi hamkasbi janob Simmons.
— Olib oʻqing, — dedi xonim gʻijimlangan qogʻozni uzatarkan.

Janob Simmons koʻzoynagani taqib oʻqishga kirishdi: «Azizim, missis Bulfinch ishini oʻzgartirganligi va usiz yolgʻiz qololmasligim bois birga ketishga qaror qildim. Bunday hayotdan sabr-kosam toʻlgan. Missis Bulfinchni nikoh qiziqtirmaydi, ajrashishni istasang, qaytadan oila qilishga qarshi emas. Uning joyiga yangi oshpaz yolladim. U bilan til topishasan degan umiddaman. Biz Kenington-rouddagi 41-uydamiz.

Albert»

Uzoq davom etgan sukunatni javob Simmons buzdi:
— Bu nima qiliq?
— Bu qanday xoʻrlik! Chidayolmayman, — baqirdi Forester xonim qoʻllari bilan yuzini yashirgancha. Vaziyatni tushunib turgan janob Simmons vazminlik bilan nasihat qildi:
— Agar osuda hayotni ma’qul koʻrsangiz, uning oldiga borishdan oʻzga chorangiz yoʻq.
— Uni deb men oshpaz bilan urisha olmayman, axir, — jahl bilan gapirdi Forester xonim.
— Aslzoda ayollari sizga ziyon yetkazmaydi. Biroq bunday ayollar adoyi tamom qshidi sizni, — tushuntirishga harakat qildi Simmons.
— Bugungi ishni ertaga qoʻymasdan borishingiz kerak, — qoʻllab quvvatladi mehmonlardan biri.
— Xoʻsh, bir qarorga keldingizmi?

Missis Forester biroz oʻylanib turdi, qoʻllari musht boʻlib tugildi, soʻngra javob berdi:
— Xonu monimdan kechamanmi, obroʻsiz boʻlamanmi, baribir, uning oldiga bormasdan qoʻymayman.

Missis Forester ertasiga yoʻlga chiqqanida kun choshgohdan oshgandi. Janob Simmonsning sa’y-harakati zoe ketmadi, u tez fursatda manzilni topib berdi. Qoʻngʻiroq chalingandan soʻng peshvoz chiqqan ayolni u tanigan edi.
— Salom, Bulfinch. Ahvollaringiz tuzukmi? — hol-ahvol soʻradi oʻzini bardam va mardona tutgan missis Forester. — Xoʻjayiningiz uydami?

Bekasini koʻrib, garang ahvolda turib qolgan Bulfinch salomlashgandan keyingina oʻziga kelib, mehmonni ichkariga taklif qildi:
— Keling, xonim, kiravering... Albert, missis Forester keldilar, — xabar berdi u keng xonaga bosh suqib Forester xonim uyga kirganda Albert kamin oldida, kursida gazeta oʻqish bilan band edi.
— Ahvollar qanday, azizim, — soʻrashdi u eski qadrdonlarcha gazetani chetta irgʻitib.
— Aft-angoringdan chakki emas, — koʻzini uzmay xulosa chiqardi janob Forester javobni ham kutmasdan.
— Marhamat oʻtiring, xonim. — joy koʻrsatdi Bulfinch.
— Men xoli gaplashsak degandim, Albert, — deya maqsadini bayon qildi mehmon.
— Buning iloji yoʻq, — dedi Albert bosh chayqab.
— Nachora, unda shunday gaplashaveramiz,. — rozilik bildirdi missis Forester.
— Xoʻsh, azizim, qulogʻim senda.

Forester xonim vazminlik bilan gap boshladi:
— Albert, bu odatdagi hazillaringdan biri boʻlsa kerak. Uyga qaytsang degandim.
— Vaqtni bekorga sarflayapsan. Meni endi hech narsa sen bilan yashashga majbur qila olmaydi.
— Men bilan baxtli emasmiding? — soʻradi missis Forester yuragi qalqib.
— 33 yil durustgina yashadik. Ma’lum ma’noda sen oʻzingga xos eding, ammo menga emas, Sen ijodkorsan, men esa yoʻq.
— Lekin men har doim ish bilan ovunmaganman, seni ham qiziqtirishga harakat qilganman. Bir zum ham e’tiborimdan chetda qolmagansan.
— Toʻgʻri. Hayotimning bir tekisligiga balki oʻzim aybdorman. Biroq bunday hayot, umuman barchasi jonimga tekkan. Meni bir narsa qiziqtiradi. Shu mehmonlaringning yeb-ichishdan boʻlak qoʻllaridan biror ish kelarmikan?
— Bu nima deganing, Albert? — suhbatga aralashdi Bulfinch.
— Bulfinch ishdan boʻshashimni iltimos qilayapti, davom etdi Albert avzoyini buzmay. — Hamkasblarim bilan maslahatlashdim. Hal qilamiz deyishdi. Daromadim 900 paund boʻlsa, uchalamizga yiliga 300 paunddan tushadi, — deya hisob-kitob qildi u.
— Bu pulga qanda yashab boʻladi? — soʻradi lablari titragan missis Forester.
— Sening qalaming bor, — eslatdi Forester muloyimlik bilan.
— Kitoblarim daromad keltirmayotgani ayon-ku senga, — qoshlarini chimirdi ayol.
— Detektiv hikoyalar yaratib koʻring-chi, — taklif kiritdi oshpaz ayol toʻsatdan. Forester xonim bexosdan aytilgan gapni kulgiga oldi va xitob bilan dedi:
— Menmi? Bu aqlga sigʻmaydi. Bunday hikoyalar bilan odamlar talabini qondirib boʻlarkanmi? Oʻzi detektivga qaramagan insonman.
— Yomon fikrmas, — tasdiqladi Albert.
— Detektivlar jonu-dilim. Kutubxonada tungi koʻylakda hushdan ketgan ayol haqidagi syujetni oʻqisam hikoyani qanday tugatganimni sezmay qolaman, — entikib gapirdi Bulfinch xonim vujudida ajib bir yengillik his etib.
— Men esa Xayd-parkda tillo soatli jentelmanning oʻlik yotishini afzal koʻraman. Bunday voqea jiddiy e’tibor uygʻotadi, — dedi Albert qizishib.
— U muhim sirni bilgan. Qotillar unga ogʻzidan gullamaslik sharti bilan omon qoldirishni va’da berganlar.
— U dushmanlaridan qochishga ulgurmagan, — loʻnda qilib yakun yasadi Forester xonim.
— Sen yaxshigina detektivlar yaratishing mumkin, dalda berdi Albert uni ijodga chorlab. — Qoʻlimdan oʻtmagan detektivlar boʻlmasa kerak.
— Sening-a? — koʻzlari chaqnab, hayratda soʻradi Forester xonim.
— Mana shu narsa missis Bulfinch bilan ikkimizni bogʻladi. Oʻqib boʻlgan kitoblarni unga bermadim. Bir-biriga oʻxshashlarini topolmaysan. Solishtirsang, oʻziga xos boʻlgan fazilatni topasan, — past, osuda tovushda gapirdi janob Forester.
— Oramizdagi tafovutni endi angladim, — dedi missis Forester ovozi qaltirab va iztirob bilan bosh chayqab. — 30 yildan buyon adabiyotdan panoh izlagan ekansan-da.
— Toʻgʻri anglabsan. Detektiv haqida oʻylab koʻr.

Bulfinch xonim mehmonni kuzatarkan, undan taksida ketish-ketmasligini soʻradi.
— Tramvayga chiqaman, — javob berdi xonim.
— Missis Forester, siz janobdan havotirlanmang. Roʻzgʻorni binoyiday eplayman. Oʻzingiz bilasiz, oyday oshpazman...

Missis Forester ogʻiz ochishga chogʻlanganda, bekatga tramvay kelib toʻxtadi va u chiqib oldi.

Vaqtni soʻrash uchun u yoniga oʻgirildi-yu, tillo soatli, salobatli kishiga koʻzi tushdi. Bu Xayd-parkda oʻlib yotgan, Albert tasvirlagan kishi edi. U konduktordan toʻxtashni iltimos qildi va tushib, kichik, qorongʻu koʻchaga kirib ketdi. Nima uchun? Xayd-parkda tushish fikri Forester xonimning miyasiga yashindek bir kuch bilan urildi. U Axilles haykalidan biroz oʻtgach, toʻxtadi, haykalga razm soldi.

Yuragi haddan ziyod tez urardi.

Edgar Allan Po detektivlari mana shu tariqa dunyoga kelgandir.

Uyga kelgach, zaldagi bir necha shlyapalarga koʻzi tushdi. Hamma jamuljam edi. Xonim koʻksini toʻldirib nafas oldi va mehmonxonaga asta kirdi.
— Ancha kuttirganim uchun uzr. Choy ichdilaringizmi?
— Bizdan tashvishlanmang.
— Men muhim bir yangilik aytmoqchiman. Endi detektiv hikoyalar yozishga kirishmoqchiman.

Mehmonlar bu gapdan hangu-mang boʻlib qolishdi.
— Detektivni adabiyot choʻqqisiga koʻtaraman. Ilk hikoyamni «Axilles haykali» deb nomlayman.
— Albert nima boʻldi?
— Umi? U butunlay yodimdan koʻtarilibdi.
— Uni koʻrdingizmi?
— Kelinglar, Albertni oʻz holiga quyaylik. Hozir uni oʻylaydigan vaqt emas. Men detektiv hikoya yozmoqchiman, — takrorladi baland ruhda yana Forester xonim.

— Siz judayam ajoyib ayolsiz! — maqtashdi mehmonlar uning soz kayfiyatidan mamnun boʻlib.