OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTeodor Drayzer
Asar nomiIzgʻirinda (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Amerika adabiyoti
Boʻlimlar
   - Naturalizm
Mualliflar
   - Teodor Drayzer
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonSaidjalol Saidmurodov (Rus tilidan)
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Izgʻirinda (hikoya)
Teodor Drayzer

Qish kunlaridan biri. Kunduz soat toʻrt boʻlganiga qaramay, qosh qoraya boshladi. Qor qalin yogʻardi. Mayda-mayda qor zarralari uzun xipchindek shamol aralash yuzga jiz-jiz uriladi. Koʻchani olti dyuym qalinlikdagi sovuq va yumshoq oppok gilam qoplagandi; fayton va piyodalar uni toptab tashlashgandi. Qor qoplagan Baueri-strit boʻylab yoqalarini koʻtarib olgan, shlyapalarini qoshlarigacha bostirib olgan kishilar sangʻib yurishardi.

Iflos boʻlib ketgan toʻrt qavatli bino oldida bir toʻda odamlar yigʻila boshladi. Avvaliga ikki-uchtasi yaqinlashdi; biroz boʻlsada qizish maqsadida oyoqlarini bir-biriga urib taxta eshik oldida izgʻisha boshladilar. Ular xatto ichkariga kirishga urinib ham koʻrishmaydi, faqatgina gʻamgin bezovtalanib u yoqdan bu yoqqa tentirab yurishar, qoʻllarini choʻntakka tiqqancha piyodalar va yonib turgan chiroqlarni zimdan kuzatishar edi. Ularning orasida koʻzlari kirtayib ketgan oppoq soqolli moʻysafidlar ham, koʻrinishidan yosh, lekin kasallanganlar ham, oʻrta yoshdagilar ham bor edi.

Eshik oldidagi olomon koʻpaya borgani sari past tovushdagi gʻala-gʻovur ham kuchaya bordi. Bu suhbat emas, balki toʻxtovsiz noroziliklar edi. Norozi ovozlar, soʻkishlar eshitila boshladi.
– Sal tez harakat qilishsa boʻlarmidi.
– Anavi mirshabni baqrayishini qara.
– Nima, hozir yoz deb oʻylashyaptimi?
– Pirda – Shimoliy qutbda ham bundan koʻra issiqroq.

Izgʻirin qattiqroq savalay borgani sari odamlar bir-biriga zichroq yopishishadi. Birov jahl ham, doʻq poʻpisa ham qilmaydi. Biron hazil yoki muloyim soʻzni ham eshitmaysiz, faqatgina ogʻir kutish.

Shu payt koʻchada avtomobil oʻtib ketdi, uning ichidagi yoʻlovchi yalpayib oʻtirardi.
– Buni yalpayib ketishini qara! – dedi kimdir eshik tagidan.
– Unga sovuq ta’sir ham qilmaydi-da!
– Hoy, hoy! – yana kimdir qichqirib yugurdi, biroq avtomobil allaqachon ketib boʻlgan, ichidagi yoʻlovchi uni eshitmasdi.

Asta-sekin kech tusha boshladi. O’tkinchi piyodalar uylariga shoshishar, olomon esa hali ham eshik tagida hech qayoqqa siljimay turardi.
– Eshikni ochishadimi oʻzi yo yoʻqmi? – janjal chiqarmoqchiday xirildoq ovoz yangradi.

Harakatga kelgan olomon yopiq eshik tomon siljiy boshladi: barchaning nigohi eshikka qadalgandi. Olomonning koʻzida tilsiz jonivorlarnikiday ma’yuslik: eshik tutqichi buralib ochilarmikin? Ular ogʻirliklarini goh u, goh bu oyoqlariga tashlashar, sovuqdan koʻzlari qisilgan, nimalardir deb toʻngʻillashar, soʻkinishar edi. Ularning barchalari kutishar, qor esa hamon boʻralab yogʻar, savalar edi.

Bino ichida chiroq yondi va eshik tepasidagi oynada uning xira shu’lasi paydo boʻldi. Olomon birdan jonlandi. Qor yanada qalin yogʻar, eskirgan shlyapalarda, ozgʻin yelkalarda toʻplanar edi, birov uni qoqib tushirmasdi ham. Eshik oldida toʻplanib turgan odamlar chiqargan bugʻdan qor erir, shlyapadan burun va yuzga tomchilardi, ammo bunday tiqilinchda qoʻlingni koʻtarib yuzingni artolmaysan. Olomon cheti siyrakligidan u yerda qor erimasdi. Oraga suqila olmaganlar qunishib chekkada turishardi.

Nihoyat, zulfinning gʻichirlagani eshitildi. Olomon hushyor tortdi. Kimdir baqirdi: ,, Hoy, eshikni itarmanglar». Eshik ochildi. Bir daqiqalik tiqilinch va ur-surdan soʻng, hamma jimgina, xoʻmraygancha ichkariga intila boshladi, olomon zumda siyraklashdi. Odamlar oqim olib ketayotgan yogʻochdek bino ichiga gʻoyib boʻlishar, salkigan shyapa va jiqqa hoʻl boʻlgan paltodagi sovqotgan, holdan toyganlar bu noxush tusdagi bino eshigiga yoppasiga selday yopirilishardi.

Roppa-rosa oltida har bir oʻtgan-ketganning yuzidan kechki ovqat kutib turgan uyiga shoshayotganligini payqash mumkin edi.
– Sizda biron yegulik topiladimi? – soʻradi kimdir oppoq soqolli eshik qorovulidan.
– Yoʻk, faqat karavot topiladi.

Bugun eshik tagida kutib turganlarning barchasi tunash uchun joy topishdi.