OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTogʻay Murod
Asar nomiKuzning bir kunida (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Togʻay Murod
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/09
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Kuzning bir kunida (hikoya)
Togʻay Murod

Yelkasiga paxtalik nimcha tashlagan dotsent Obidovich, yonib boʻlgan oʻt choʻgʻida koʻmilgan kartoshkalarni uchi qorayib kuygan kosov bilan kavlab, tinmay sigareta chekadi. Choʻgʻ taftidan yuzlari qizarib ketgan bu salobatli, katta odamning qarshisida iymanib, oriq qoʻllarini qovushtirib, yigirma yoshlardagi moʻylovli yigit — Raximjonov oʻtiribdi. Hamisha talabalar davrasida boʻladigan Obidovichning bugun yolgʻiz, munis oʻtirishi Rahimjonovni ajablantirdi. Peshonasi tirishib, ustma-ust sigareta chekayotganlarini koʻrib esa domlaning kayfiyati yomon, juda yomon, degan xulosaga keldi. U, Obidovichning oldida tortinib, koʻzlarini pirpiratib, qobigʻi qorayib kuyayotgan kartoshkalarga tikilib oʻtirdi. Obidovich har qancha chekmasin, bari-bir kechadan buyon kiynayotgan tuygʻulardan qutulolmadi. Eh, hayot berahmdir, berahm, dedi ichida.. O'ziga, qolaversa, Rahimjonovga zavq bagʻishlaydigan biror qiziq gap oʻyladi, topolmadi. Kechagi yomgʻirdan hoʻl paxtazorga qaradi. Xoʻrsinib, bosh irgʻab qoʻydi. Turib, labiga yangi sigareta qistirdi-da, paxtazor oralab ketdi. Bir changal paxta terib yana qaytib keddi. Kaftidagi oppoq tolalarda yiltirayotgan yomgʻirning oxirgi tomchilariga, soʻng shiypon oldida oʻsma qoʻyib oʻtirgan qizlarga qaradi.
— Koʻryapsanmi qizlarning oʻsma qoʻyishini. O'smani oʻzlari uchun qoʻyadi, deb oʻylaysanmi? Yoʻ-oʻq, sen uchun, hammasi sen uchun, yigitlar uchun. Hayot shunaqa, goʻzal... — dedi.

Rahimjonov dotsent Obidovichning gapidan zavqlanib ketdi. Uyalgan boladay boshini chapga sal qiyshaytirib, tobora qorayib borayotgan choʻqqa tikilganicha jilmaydi. Buni koʻrgan va his qilgan Obidovich unga birgina boʻlsayam zavq bera olganidan quvonib, kulimsyradi. Hali yuvilmagan bir paqir kartoshka koʻtarib oshxonaga borayotgan yigitga:
— Mirkarim, bolalarni kechagi joyga olib bor, endi tersa boʻladi, — dedi.

Yigit hoʻl qoʻlini oldiga tutib olgan etakka artib, xoʻp, dedi-da, yoʻlida davom etdi.
— Sen, Rahimjonov uka, qolgin, ish bor.

Talabalar bir-birlarini quvlashib oppoq dalalarga qarab ketdilar. Obidovich shoshmasdan kartoshkalarni archib, mis tovoqqa soldi.
— Hoʻ-oʻsh, qalay, zerikmayapsanmi, ishqilib?
— Yoʻgʻ-e, domlajon, kelganimizga bor-yoʻgʻi uch kun boʻldi-yu.
— Qecha qancha terding?
— O'n besh kilo.
— Maza yoʻq-ku. Bolalar ikki yuz, yuz kilolab teribdi.
— Biza, endi, domlajon, paxta terib koʻrmaganmiz-de...
— Ha, mayli. Qoʻldan kelganicha terish kerak. Ukalaring koʻpmi? Opalaring...
— Toʻrtta ukam bor. Opamla hammasi erga chiqib ketishgan.
— Uylanganmisan? Yoʻq? Ha, yaxshi, hali birinchi kurssan. Ancha ogʻir boʻladi. Ma, kartoshkani ye.
— Yoʻq, rahmat, domlajon. Ja-a, toʻyib turibman, oʻziyiz yeng, rahmat.
— Olsang-chi, hammamiz ham toʻyib turibmiz. Bu shirin boʻladi, ol.

Rahimjonov bir qoʻlini koʻksiga qoʻyib, Obidovichning qoʻlidan kartoshkani oldi.

Obidovich yigitga achinish bilan qaradi. Juda rahmi keldi unga. Kartoshkaga tuz sepayotib, koʻngliga: «Bolalar... Ukalarimga qarayman, deb bu hali oʻqishni tashlab ketmasaydi», degan gap keldi. Hozir bor gapni aytmoqchi, kecha shtabdan olib kelgan telegrammani koʻrsatmoqchi boʻldi. «Hozir aytsam. Bu hali bola boʻlsa. Birdan miyasiga ta’sir qilsa... keyin nima boʻladi?» U oʻylab-oʻylab, bu gapni hozir aytmaslikka qaror qildi. Yana oʻylab oʻtirib, umuman, aytmayman, degan xulosaga keldi. Shunda Obidovich onasi bechorani eslab, koʻngli buzilib ketdi. O'rnidan keskin turib, sigareta cheka boshladi. Kichkina koʻk avtobusga ishora kilib, biror ish buyurilishini kutib turgan Rahimjonovga:
— Etaklarni qoldirib, mashinaga chiq. Bir joyga borib kelasan, — dedi.

Rahimjonov, Obidovich kutgandan ham ertaroq avtobusga chiqdi. Ikkalovi yonma-yon oʻrtaroqdagi oʻrindiqqa oʻtirdi. Obidovich avtobusning ochiq derazasiga tirsagini qoʻyib, yoʻl chetidagi paxtazorga qarab ketdi. O'zini qancha boshqa fikrlar bilan ovutmasin, bari-bir onasi koʻz oldidan ketmadi... Obidovichning tomogʻiga bir narsa tiqilgandek boʻldi, qirinib yoʻtaldi, koʻzlariga yosh kelganini bilmay qoldi.

Kissasidan roʻmolchasini olib, shunchaki yuzlarini artayotgan kishiday koʻz yoshlarini artdi.

Rayon markazidagi avtobus bekatiga tushdilar. Rahimjonov ustma-ust sigareta chekayotgan Obidovichga ergashib ketaverdi. Shaharga boradigan avtobusni surishtirdilar: yana ikki soatdan keyin kelar ekan. Ular bir chetdagi uzun oʻtirgʻichga oʻtirdilar. Obidovich aytmaslikning hech ilojini topolmadi. Oxiri aytishga majbur boʻldi:
— Uka, bu dunyo shunaqa bevafo ekan, — dedi u xoʻrsinib. Biroq soʻzini davom ettirmay, xotirjamlik bilan oʻchib qolgan sigaretasini yana yondirdi. Juda siyraklab qolgan sochlarini orqaga silab, gapini davom ettirdi: — Uka, dunyo bevafo ekan. Onamiz bechorani eslasam, yurak-bagʻrim ezilib ketadi. Ammo odam boʻlish faqat onaga bogʻliq emas ekan. Bir shoirning gapi borku, ona boʻla qolgin, menga tabiat, deydi. Shundayin, mana, onasiz oʻsdik. Zamon, tabiatning oʻzi tarbiyaladi. Tabiat bizga ona boʻldi. Kecha de, Rahimjonov degan familiyaga bir telegramma keldi. Sengami, boshqagami, aniq emas. Har holda senga boʻlmasa kerak, chunki telegrammada isming yoʻq. Ikkinchidan, mexmatda ham shunaqa bola bor ekan. Chamasi, oʻshanga boʻlsa kerak telegramma. U bolani uyiga yubordik. Har hodda sen ham uyingga bir borib kel-chi... Ishonamanki, senga emas bu telegramma.

Obidovich yon choʻntagidan telegrammani olib unga uzatdy. Soʻng, goʻyo osmonga qarab sigareta chekayotganday, koʻz ostidan Rahimjonovni kuzatdi. Rahimjonov telegrammadagi, tez yetib kel... onang vafot etdi, degan -soʻzlarga angrayib qarab turdi. Koʻzlari pirpirab, yerda toʻntarilib, oʻzini oʻnglolmay, jajji oyoqlarini qimirlatayotgan chumoliga tikilganicha oʻylab qoldi. Shu holicha soʻzsiz, uzoq oʻtirdi. Haliyam kuzatib oʻtirgan Obidovich: «Shaharlik bolalar yengiltabiat boʻlardi. Bu juda irodali ekan, koʻzlaridan aqalli bir tomchi yosh chiqmadi-ya», deb oʻyladi. Obidovich, Rahimjonovning sochlarini silab:
— Xoʻp, xayr, yaxshi yetib borgin... — dedi.

Avtobus tomonga ketayotib, orqasiga bir qayrilib qaradi-da, yana qaytib keldi.
— Nima, Rahimjonov uka, buyoqdagi narsalaringdan tashvishlanmasangam boʻladi. Kursdoshlaringga tayinlab qoʻyaman, xoʻpmi? — dedi boshini irgʻab va butunlay ketdi.

Avtobus ketdi. Rahimjonov kursdoshlari paxta terayotgan olis dalalarga ketayotgan avtobusning orqa oynasidan unga gʻamgin termilib oʻtirgan Obidovichga qaradi. Avtobus koʻrinmay ketgandan keyin oʻrnidan turib, kassa atrofini uzun tayoqqa supurgi bogʻlab, chang chiqarmaslik uchun avaylab supurayotgan choldan, shaharga qanday qilib telefon qilishni soʻradi. Chol supurishdan toʻxtab, ogʻzidagi nosni toʻda-qoʻqim ichiga tuflab, shahar telegrafining qaerdaligini uzoq tushuntirdi. Rahimjonov chol aytgan telegrafni izlab topdi. Telegrammani koʻrsatib, otasining ish joyidagi telefon raqamlarini aytdi. Ikki qulogʻiga ham telefon trubkasini tutib turgan lablari qip-qizil qizga najot istab, yolvoruvchi ohangda bosh egib, qarab turdi. Qiz bu yigitning ruhiyatiga tushundi. Tezda unga aytgan raqamlarini olib berib, ikkinchi xonaga yuguring, dedi. Rahimjonov ikkinchi xonaga kirib, turbkani oldi:
— Ada? Sizmisiz? Man, Akromjonman. A? Ha, keldi. Ja-a, vahima qilib yozibsiz, kasal desayiz ham boʻlivurardi. A? Ha, mashina yuboring. Samarqand avtostantsiyasi bor-ku, oʻshatga kelib tursin. Xoʻp, xayr, xoʻp...

Rahimjonov telegrafdan chiqib bufetga qarab yurdi. Bufetdan tamaddi qilib chiqqanda oqshom tusha boshlagan, jafokash dehqon kuzining oltin bir kuni tugayotgan edi…

1967