OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiAshula bozori qayda? (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ashula bozori qayda? (hajviya)
Tohir Malik

Boʻrining bir yumalab qoʻzichoqqa aylanganiga inonasiz-ku, tunda uyquga berilmish baqqolning tongda yozgʻuvchi kelbatida uygʻonmogʻiga nechun ishonmaysiz, sadagʻang ketay? Tushimga Julqunboy hazratlari kirsalar, ayb kimda boʻlur? Baqqollikdan topgon-tutgʻonim «tirikchilik» atalmish shaloq arobani yurgʻizib turgʻon erdi. Subhi kozibda uygʻonib, yozgʻuvchilikni kasb etarman, deb oʻylamagʻon ham erdim. Gapning poʻskallasi shulki, akovsi jonidan, bir tush koʻrdim, tushimda bozorda oʻtirgʻon emishman. Ul zot keldilar-da: «Men - Julqunboyman»,-dedilar. «Assalomu alaykum, togʻajon!»-deb yubormaymanmi! Ul zot dedilarki: «Toʻgʻri aytding, agar birozgʻina oʻgayligʻim e’tiborgʻa olinmasa, men sengʻa oʻn oltinchi yoki oʻn yettinchi boʻgʻinlarda togʻa boʻlurman. Seningʻ tomiringda, bola paqir, yozgʻuvchilarningʻ qoni oqadur, bilib qoʻy. Bu qonni bekorgʻa isrof qilma. Och, ogʻzingni!» Men ogʻziginamni ochdum, Julqunboy togʻam tupurdilar. Uygʻonsam-ki, naq yozgʻuvchining oʻzgʻinasiman. Ammo nimani yozaman? Sizgʻa yolgʻon, egasigʻa chin, oʻzbak yozuvidagʻi harflarning yarmidan koʻprogʻini bilurman. Piringdan akagʻinang aylansun, yozgʻuvchi boʻlishgʻa shu yetarlidir-a, labbay?

Shaklu shamoyil mas’alasida boshqalardan kamchiligʻimiz yoʻq. Onam rahmatli qad-qomatimgʻa qarab, «Sendan bir balogina chiqishi aniq»,-derdilar. Boʻyim Vali qiziq, enim Shukrullo masxaraga yaqin. Shularga qarab kaminaga kiyim bichaveradilar. Yoshimni asti soʻramang. Boshpurtdagʻisi gʻirt yolgʻon. Pensaga voxli chiqgʻayman, deb yozdirganman. Otam rahmatlining aytishlaricha, Tolib bedarvozaning qisir sigirini tramvay urib ketgan yili tugʻilgon ekanman. Oyma-oyiga hisoblaganda, oʻttiz ikkinchi aprelga toʻgʻri kelarov...

Qoʻshnimiz Abdumalik akaning oʻgʻli u-bu yozib yuradi, degonlari qulogʻimga chalinuvdi. Shu bolaning boʻyi bekorga uzunmasdirov, deb maslahatga chiquvdim, baraka topgur, «bilgan harflaringiz birlan dunyoni zabt etarga qodirsiz»,-dedi. Ana! Xudoyim menga berib qoʻygan ekan-ku, ilmimni xor qilib yurgan ekanman-da. «Boʻylaringga akang qaragʻay, nimani yozay?»- deb soʻrovdim, «Ashula bozoridan riportaj yozing»,-dedi. «Riportajing nedir, okovsi?»-dedim. «Ashula bozorini uzunasiga ham, koʻndalangiga ham kezib chiqib, maqtovini kelishtirasiz»,-dedi. «Xalolidan boʻlsin, riportajinggning haqiga uch-toʻrt kilo goʻsht beradimi?»-dedim. «Maqsad goʻsht boʻlsa, ashula yoza qoling. Hozir ashulaning bozori chaqqon»-dedi. «Maslahating durust boʻldi. Menday odamga bitta riportaj chikora? Ashulaning puliga goʻsht olsam, riportajnikiga piyoz-miyoz olarman. Endi...oʻzingdan qolar gap yoʻq, ismimni bilasan, jarangi tayinsizroq. Boshqa ism qoʻya qolamizmi?»-dedim. «Yozgʻuvchilar taxallus qoʻyadilar, siz endi «Joʻrj» boʻlasiz»,-dedi. «Joʻrjing nimasi, men nemismanmi?»-dedim. «Joʻrj» nemischa emas, «Julqunboyning Oʻgay Ramaqijon Jiyani» degani»,-dedi. Bunisi menga ma’qul boʻldi. Baqqollik doʻkonini yopib, yozgʻuvchilik supermarketini ochdim-u riportaj yozmoqqa belni mahkam bogʻlab, «Ashula bozori qayda? Eshak arobani hayda!»-deb yoʻlga tushdim.

Ashula bozori bizlarning bozordan boshqacharoq erkon. Biz bozorimizda sara meva, sara mollarni sotamiz. Xudoyim laqma xaridorlarni yoʻliqtursa, pachoqlarini aralashtirib yubormagan - nomard. Aldov boʻlmasa, bozor - bozormi?! Ashula bozorda-chi, ha, bolaginangdan aylanay, mening poyi qadamim yoqibdimi, nuqul gʻoʻru dumbulllar yigʻilibdi-ya! Ammo dabdaba katta:

    Keldi gʻoyibdan bir sado:
    «Ashula bozoriga marhabo!»

Ovozlaringdan akaginang aylansin, bunda bitta ham pachoq ashulachi yoʻq boʻlsa-chi! Bittasi Quyoshu, bittasi Zuhro! Prostoylari yoʻq hisob. Dilbuzorga chiqqanda tuzuk qaramagon erkanman, bir bacho tushmagur sahnada qora marojniy yalayaptimi, desam, yonimdagi ukkikoʻz dakki berdi-ki, qoʻlidagi marojniy emas, mikrofun. Fahmim yetgani shu boʻldiki, bu bacholar mikrofunni qoʻldan qoʻymas erkanlar. Oʻyladim-ki, chaqaloq erkanlarida kindiklari kesilganu toʻgʻri oʻsha mikrofunga ulangandir. Ularning shiorlariga besh ketdum: «Jon ketsa ketsun, mikrofun ketmasun!»

Ana tamosha-yu mana tamosha! Boʻygunangdan akang qaragʻay aylansun, deyman. Yigit boʻlsa shunchalik boʻlar. Turgan joyidan jilmaydi-yu omma orqa tomonidagi yumshaq yerini yelpugʻuchday oʻynataveradi. Otam zamonidagi mayda qadamlar ham bunchalar mayin-mayiz boʻlmaganov. Yurishlariga ham besh ketdum, deyayin, desam, yura qolmasa. Xomkallam aytdiki, bu bacholar yurmaydurgon soʻrtidan, sahnaga chiqqanu panjalaridan taxtaga mixlangon. Yoʻgʻ-a, xomkallam aldabdi. Malades-e, mixlanmagon erkon! Yurib-yurib chiqib ketdi. Soʻngida bir parivash chiqdi-ki, koʻylagining yarmini xaptobus eshigi qisib, yirtib qolganov dedim. Ajabtovurkim, nozik joylariga xushim ketub, ashulasi qulogʻimga kirmadi. Omma chirmandakashiga rashkim ketdi. Koʻp qaradi gʻarkoʻz. Agar billa ketsa, bir narsa boʻlarov deyman. Parivashlardan yana birisi shim kiyib chiqdi-yu koʻnglim alagʻda boʻlib ketdi. Kufringdan ketay! Shim deganning boldirni tarang tortib turgoni mayli, qaldirgʻochning qanotiday qayrilib turgon lozimchasining koʻringoni ham mayli, omma parivash deganlarining kindigiga koʻzim tushmaganiga koʻp yillar boʻldiyov...

Dunyodagi kuyganlarning barisi shu ashula bozorida ekan. Birisi «Ketaman»,-deb kuydiradi, birisi «Tegaman!» deb qoʻrqitadi, yana birisi «novvot choy qilib beraman ichsangiz, tizzamdan joy beraman kelsangiz»,- deb nolish qilsami! O, shoʻrginong qurgʻur, tizzaga oʻlturadurgʻon xushtorining sovugʻi oshub ketgan ekanmi, novvot choy qilib, avval isitib olsa. Sholim bedanavoz derdiki, «bedananing erkagi sayraydi!» Ashula bozoriga besh ketdim, erkak-moda aralash sayrayverar ekan.

Koʻtara savdosi qayda-yu chakana savdo qayda boʻlarkin, deb boshimni qashib turganidim, kim oshdi savdo boshlanib ketdi:

    Xayolimni oldi soʻlim,
    Eshakka urdim toʻqim,
    Qoʻshnim soʻyibdi soʻqim,
    Taralla bedod yalla.

Ana bozoru, mana bozor! Kim oshmadi, kim toshmadi. Kim uloqni oldi. Kim pulni choʻntakqa soldi. Vey, Julqunboy oʻgay togʻam ogʻzimga bekor tupurmagandir, deb men ham bitta ashulani toʻqib yubormaymanmi, bozorga solmaymanmi?

    Achom-achom qilasiz,
    Ofati jon suyasiz.
    Bemaza qovun urugʻini
    Endi pachoʻm qilasiz?

Ana savdo-yu mana savdo! Bir shoirning riportajini eshitganday boʻluvdim. Nima edi? Ha: «Ashulani saqlabon netgumdir oxir, bozorga chiqorib sotgumdir oxir!» Yigirma uch yil baqqollikda yurub, bunchalik savdo qilmovdim. Ilhomim joʻshub ketub: «Oshqozonga osh kerak, ashula yozishga bosh kerak!»- deb yubormaymanmi! Ana qarsak, ana dabdaba! Abdumalik akaning oʻgʻli bilib aytibdi, bilgon oʻn beshta harfim bilan shuncha martabaga yetibman, hamma harflarni bilsammi!.. Dunyoni olmogʻim toʻgʻriga oʻxshabroq turibdi, koʻzginangdan akang qaragʻay!

Buguncha yetar deymanov. Hozircha ashula bozoridan olgonim riportaj shuginadir. Gaznitdan oladirgonim pulginadir. Ashulaga yetmaydirgoni - tuzginadir.

Aytib turgʻuvchi: JOʻRJ
JOʻRJ togʻaning bisotidagi oʻn besh harfni oʻttiz ikkiga aylantirib, oqqa koʻchiruvchi: Abdumalik oʻgʻli Tohir