OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiBozor darsligi (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Bozor darsligi (hajviya)
Tohir Malik

«
Pattachining sandigʻidagi hangoma
»

Sanqul qishlogʻida tinchgina yuruvdi. Qaysi shayton yuragiga gʻulgʻula soldi-yu shaharda ishlashga oshiqib qoldi. Xotini «mol doʻxtiriga shaharda nima bor?» deb diydiyo qilsa, «shaharda mol yoʻq deb oʻylaysanmi, menga atalgan biron ish bordir», deganicha joʻnavordi. Shahardan qoʻnim topgan hamqishloqlari uni kutib olishib, ish tanlay boshlashdi. Oxiri: «kasbing tabobatga yaqin, bozorda ishlaysan», degan toʻxtamga kelishdi.
— Mol bozoridami?-dedi suyunib Sanqul.
— Yoʻq, mol bozoridagi oʻrin band. U yerda ishi yurishmagan shoir oshnamiz ishlayapti. Mollarning dumidan ancha-muncha ilhom olarkan, unga tegib boʻlmaydi. Sen dehqon bozorida ishlaysan.
— U yerda nima qilaman, pattachilikmi?-deb soʻradi Sanqul.
— Shu ilming bilan seni pattachilikka qoʻysak, isnodga qolmaymizmi? «San-epid nazorati» degan kasbni eshitgandirsan?
— Ha, oz-moz oʻqiganman, ayni men bop ish,-dedi Sanqul quvonib.
— Oʻqigan boʻlsang, oʻqigandirsan. Lekin oʻqiganlaring kitobingda tura tursin. Bu bozorning kitobi boshqa. Ularning oʻzlari seni avval yaxshilab oʻqitishadi. Ular chizgan chiziqdan chiqmasang, boʻlgani,-deb qattiq tayinlashdi.

Sanqul bu nasihatni qulogʻiga olib, ishga bordi. Qiladigan ishining kitobini ham oʻqitishdi. Oʻqish jarayoni bunday boʻldi:
— Dehqon tong chogʻi bozorga qovun-tarvuz olib kelganda, siz nima qilasiz?-deb soʻrashdi.
— Tarkibini tekshiraman, kimyoviy moddalar darajasini aniqlayman,-dedi Sanqul donolik bilan.
— Darajasi ortiq boʻlsa-chi?-deb soʻrashdi.
— Sotishga ruxsat bermayman,-dedi Sanqul dadillik bilan.
— Nega?
— Kitobda shunaqa yozilgan.
— Kitobingizga amal qilsangiz, bozorni yopishga toʻgʻri keladi. Siz u kitobni tamoman unuting. Bizning kitobdagi qoida boʻyicha siz koʻzingizni chirt yumasiz-u sotishga ruxsatnoma berasiz.

Soddalik qursin-a, Sanqul: «unaqada odamlar kasal boʻlib qolishadi-ku?» deb donolik qilib ishdan ayrilishiga salgina qoldi. Uni tavsiya qilgan doʻstlarining hurmati bor ekan, haydashmadi, aksincha sabot bilan tushuntirishdi:
— Kim qovun yeb kasal boʻlsa yana yaxshi. Doʻxtirga boradi. Bahonada doʻxtirning ham tirikchiligi bitadi. Doʻxtir dori yozib beradi. Dorixonaning ham tirikchiligi oʻtadi. Koʻrdingizmi, qancha odamga foyda?

Sanqul «bu yoqda goʻrkovning ham tirikchiligi bor», deb luqma tashlamoqchi boʻldi-yu «Menga nima? Muhimi - oʻzimning tirikchiligim», deb tilini tiydi. Undan yana soʻradilar:
— Goʻsht bozoriga oʻtganda nima qilasiz?
— Goʻshtlarning toza-pokizaligini tekshiraman,-dedi Sanqul yana soddalik bilan.
— Bunaqa qilishingiz hecham shart emas,-deyishdi ular achchiqlanib. Keyin dona-dona qilib tushuntirishdi:-Goʻsht boʻlimiga oʻtganingizda koʻzingizni yumasiz, burningizni berkitasiz. Eskirib ketgan goʻshtlarga qaramaysiz. Badboʻyini xidlamaysiz, kir-chir aravalarda tashilayotgan goʻshtlarga ham qaramaysiz-u «yarim soat oldin soʻyilgan toza goʻsht», deb sotishga ruxsat berasiz. Harom oʻlgan jonivorlarning goʻshtlariga ham u-bu deb oʻtirmang. Kolbasachilar bor, somsachilar bor, pinhona olib ketishadi, isi chiqmaydi. Bilib qoʻying: har bir koʻz yumushingizning, burun berkitishingizning oʻziga yarasha narxi bor. Siz shu narsani adashtirib yubormasangiz boʻlgani. Tabiblar bilan kinnachilar «qoʻl haqqi» olishadi. Sizniki «koʻz haqqi» boʻladi.

Sanqul bozorning yangi qoida kitobini tez kunda oʻzlashtirib oldi. Faqat bir ish sal gʻalatiroq boʻldi. Sanqulning choʻntagi pul koʻrgach, uyiga borib keldi. Qishlogʻiga kirishi bilan odamlar unga qarab ajablanishdi. Ajablanmasinlarmi, yaqindagina shaharga ketayotganida koʻzlari ochiq edi. Endi yumib yuribdi. Odamning puli koʻpaysa, burni koʻtarilardi, buning koʻzlari yumilib qolibdi. Shahardagi ishlardan bexabar hamqishloqlari «tarki odat -amri mahol» degan gapni unutishgani uchun ham har hil taxminlar qilishdi.

Biz ham Sanqulning koʻzlarini yumib yurganini koʻrdik. «Balki qilgan ishlaridan uyalib, hamqishloqlari koʻzlariga qarashga botinolmayotgandir?» deb oʻyladik. Yana Xudo biladi.