OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Tohir Malik. Ilmli bozor (hajviya)
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiIlmli bozor (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ilmli bozor (hajviya)
Tohir Malik

«
Hech qaerda sodir boʻlmagan hangoma
»

Nafasingdan aylanay, bu Yoʻqqulobod degan joyda ne-ne ajoyibotlar boʻlmaydi. Mana, bozor deganda biz qanday manzarani koʻz oldimizga keltiramiz? Bir moshin qovunni tushirgach, eski choponini buklab, tagiga yakandoz qilib olib, nosni otvolib, savdo qiluvchi dehqonnimi? Sadagʻang ketay, Yoʻqqulobodda boshqacharoq, u tomonlarda bozor ilmiylashib ketgan. Shunaqasini eshitmaganman, deysizmi? Menam eshitmaganman, lekin Yoʻqquloboddan bir hangoma kelib qolgan edi, ishonishdan oʻzga choram qolmadi. Keling, menga begona emassiz, siz ham eshitib koʻring: biz oʻzimizning bozorda «bozorkoʻm» degan martabali odam boʻlishini bilamiz. Yoʻqquloboddagi bozorkoʻm maktabni arang bitirgan, oʻnta barmogʻini bir amallab sanay oladiganlardan emas. Aksincha, naq filologiya fanlari nomzodi! Sal oshirvordikmi? Mayli, unda omadi chopmagan oliy ma’lumotli shoirlardan biridir. Yoʻqqulobodda boshqacha boʻlishi mumkinmas, chunki bozorga gapdon, soʻzamol odam kerak. Bir kuni Yoʻqquloboddagi katta bozorga qoʻshni sayyoradan mehmonlar keldi. Bozorkoʻm ularni aylantirib yuribdi. Yaxshiki, mehmonlar «Siz qanday qilib bu martabani egalladingiz?» deb soʻrashmadi. Soʻrab qolishsami,nomzodi bozorkoʻmlik roʻyxatida turgan ikkita iqtisodchi, uchta biologni dogʻda qoldirganini aytishga majbur boʻlarmidi? Shunda ham kindigi yuqori martabali bir odamning kindigi bilan ulanganligini aytmay, suvab ketardi. Aslini olganda mehmonlarga buning qizigʻi ham yoʻq. Xullas, bozorkoʻm oʻziga tobe saltanatini qoyilmaqom qilib tanishtirdi:
— Mana goʻsht bozorining salohiyati bilan tanishing: kalla goʻshti sotayotgan yigit toʻrt yil rayon kasalxonasida nevropatolog boʻlib ishlagan. Kallaga doir barcha ilmlarga ega. Anavi mol oyoqlarini sotayotgan singlimiz ikki yil davomida meditsina institutida travmotologiya boʻlimida oʻqiganlar. Nasib boʻlsa, bu yil oʻqishni kontrakt asosida tiklab, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ilm olishni davom ettiradilar. Endi bu tomonga qaranglar: roʻmol sotayotgan birodarimizni koʻryapsizmi? Bu kishi kimyo fanlari nomzodi boʻladilar. Har qanday matodagi tabiiy ip bilan sun’iy kimyoviy tolalarni bir pasda ajratib beradilar. Bu kishining zavjai muhtaramalari ham kimyogar boʻladilar. Bu xonim shirin ichimliklar sotuvi bilan bandlar. Ammo bugun kelmaganlar, ammalarinikida beshik toʻyi ekan. Endi elektr boʻlimiga oʻtaylik: sim oʻlchayotgan kishiga e’tiboringizni tortamiz: bu kishi naq yigirma yil maktabda yosh avlodga fizikadan dars berganlar. Elektr buyumlarining sarasini hamma shu kishidan oladi. Radio buyumlari bilan savdo qilayotgan doʻstimiz bozorimizning faxri. U Yoʻqqulobod chempionlarini ham yutib tashlaydigan shaxmatchi robot yasaganlardan. Choynak-piyola sotayotgan singlimiz geologiya sohasida dissertatsiya yoqlamoqchi boʻlganida ozgina bilimi yetishmay qolgan ekan. Biz bozor ahli nomidan bu singlimizga topshiriq berganmiz. Bu yil qanday qilib boʻlsa ham dissertatsiya yoqlashlari kerak. Biz bozorimizdagi fan nomzodlari sonini koʻpaytirishga harakat qilishimiz shart. Chunki qoʻshni viloyat bozoridagilar bu sohada bizdan ancha ilgarilab ketishgan. Ammo biz yuk tashuvchilar orasida oliy ma’lumotlilar koʻpligi boʻyicha ulardan oldindamiz. Bu ham bizning faxrli koʻrsatgichimizdir.

Bozorkoʻm shunday ilhom bilan tanishtirayotganida yonlaridan eski paxtalik kiyib olgan pattachi yigit oʻtib qolsami? U pattachini tanimaydiganday teskari qarab oldi. Agar mehmonlar «bu kim?» deb soʻrashsa, nima derdi? «Yettinchi sinfning yarmidan keyin maktab nimaligini bilmay yurgan bola bu» dermidi? Ilmli bozor degan nomga bu toʻgʻri keladimi? Aslida, bozorkoʻm bu pattachining bahridan oʻtsa boʻlardi. Matematik qoʻshnisi bu ishga anchadan beri xaridor. Picha xamir uchidan patir ham berib qoʻygan. Ammo nima qilsin, noiloj bu bechora. Agar shu pattachi oʻzining kuyovi boʻlmaganida, allaqachon bu savodsizning bahridan oʻtib yuborgan boʻlardi-ya!

Ana shunaqa, Yoʻqquloboddan yuborilgan hangomaning qisqa bayoni bilan tanishib ham oldingiz. Bir pasda qanday ajoyibotlarga guvoh boʻldik-a? Endi sadagʻang ketaylar, bu gaplar oramizda qola qolsin. Tasavvurimiz darvozalarini yopib qoʻya qolaylik. A, labbay?