OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiOʻzimizning futbol (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oʻzimizning futbol (hajviya)
Tohir Malik

Hah! Sen bola «ustoz ekanman», deb oʻzingdan ketavurma. Oʻzimam u-bu narsani eplayturgʻon boʻlub qoldum, akovsi jonidan! Ashula bozoridan riportaj aytgonimdin soʻng futbolning idorasidan bir amaldor kelub, «bizlarni ham bir maxtab yozsangiz-chi», deb yalindi. «Nimangni maxtayman, bachalaring futbol oʻynashni bilmasa, toʻpni toʻxtatib tepish oʻrniga «ustimdan oʻtib keta qolsin», deb shart yotib olsa. Darvozaboning «Ey Xudo manim darvozamni toʻplarga toʻldirib yubor», deb toʻqson daqiqa nola qilib tursa...» degan erdim, yigʻlab yuborib «aqlingizdan aylanay akaxon, unda bizga bir yangilik yasab bering, qanday qilsak dunyoning chimpioni boʻlamiz?» dedi.

Yangilik yasash oson emas, lekin men yasadim. Ensang qotmasin, eshit.

Dunyoning chimpioni boʻlish uchun dunyo oʻynayotgandan boshqacharoq futbol oʻynash kerak. Inglising oʻylab topgan bu oʻyini oʻziga buyursin, bizlarga sirayam toʻgʻri kelmaydur. Amerikada boshqachami? Eshitganman, «Amerikacha futbol» deyilar erkon. Xitoyliklar boks degan mushtlashuvni ham oʻzicha oʻzgartirib olibdurlar. Qoʻli yetmagan joyga oyoq bilan ham tushirib qolarkan, azamat. Xoʻsh, hammaniki oʻzicha ekan, biz «Oʻzbekcha futbol»ni yasasak nima boʻlibdi? Shoshilma, qanaqaligini tushuntirib beraman. Oʻyinchilarning boshiga doʻppi kiygʻozib, beliga belbogʻ bogʻlaganing birlan «oʻzbekcha futbol» boʻlib qolmaydur. Hozirgi toʻpteparlaringning belida belbogʻ turmayturgʻon boʻp qogʻon. Men bu oʻyinning qanaqa boʻlarini ipidan ignasigacha oʻylab, topdim. Hozir trenir degan xoʻjayinlari «Juma kuni oʻyin, soat oʻn birda stadionda boʻllaring», desa hammasi oʻn ikkiga qolmay yetib keladimi? Yangicha futbolda bunaqasi boʻlmaydi. Shuning uchun bunaqasini «gʻalatfutbol» deb atasak-da yarashur. Trenir oʻyindan ikki kun oldin toʻptepar bachalariga tilpon qilib chiqadur. Masalan, bunaqa deydi:
— Akovsi boʻyidan, futbol fitrasiyasi mandan bemaslahat bir ish qilib qoʻyibdi. «Toʻrteshar» qoʻmondasi birlan oʻyin juma kuni boʻlar ermish. Vaxtingiz boʻlarmikin?

Yangicha futbolchi peshonasini tirishtirib, keyin bosh chayqaydi:
— Juma kunimi? Yoʻq, bratan, payshanbaning ertasiga toʻp tepishga holim boʻlmaydi.

Gapi toʻgʻri-da! Qaysi erkak payshanbaning ertasiga hakillab yuguradi? Erkak ham odam, dam olishga haqi bor. Trenir aqlli odam-da, bachalarining ahvolini bilib, fitrasiyaga iltimos qilib, oʻyinni shanba kuniga koʻchiradi. Yana tilpon qiladi. Gal darvozabonga kelganda yana ishkal chiqadi. «Kuyov chaqirdi»ga bormasa boʻlmas ekan. Yakshanbada himoyachining togʻasi xatna toʻy qilayotgan erkon, dushanbada yarim himoyachining xotini tugʻib qolishi ehtimoli bor erkon. Seshanbada chap qanot hujumchining qaynonasi «gap» berarkan. Chorshanbada oʻng qanot hujumchining xolasi uchinchi eridin ajrashib, toʻrtinchisiga nikohlanarkan. Oʻyin payshanbaga belgilanganini eshitib, markaziy hujumchining chapaqay jahli chiqib ketdi. «Akaxon toʻqson minut itday yugurib, charchab uyga boramanmi? Xotinimning koʻziga qanday qarayman?» Shunaqa qilib, oʻyin oʻn kundan keyinga belgilanadi. Hoy, Abdumalik akaning oʻgʻli, gapimni eshityapsanmi, namuncha anqayasan?! Ana endi tasavvur qil: bir tomonda «Toʻrteshar»ning qorin qoʻygʻon azamat yigitlari. Ikkinchi tomonda oʻzimizning «Yumalabtepar» qoʻmondasi. Hakamboyvachcha ularning joʻraboshilarini chaqirib «Agar ruhsat bersangiz, xushtakni chalsam-u oʻyinni boshlab yubora qolsak», deb iltimos qiladi. «Voh!-deydi «Yumalabtepar»ning joʻraboshisi.-Betoqat xotinga oʻxshab namuncha shoshasan? Bir yildan beri bu ogʻaynim bilan endi uchrashib turibmiz. Oʻyindan keyingi osh-poshning maslahatini qilib olaylik». Hakam sal tarangliq qiladi-yu palovxontoʻradan oʻziga ham nasiba tegishini bilgach, sal nari ketadi. Joʻraboshilar bir chekimdan nos otib olishgach, «Pachoqtoʻp» choyxonasida oshxoʻrlik qilib olishga kelishib olishadi. «Yumalabtepar» oʻyinda yutqizib berishga, «Toʻrteshar» esa oshning harajatini koʻtarishga kelishadilar. Homiylar tomonidin «Yumalabtepar»ning har bir oʻyinchisiga maydaqaviq chopon, ikkita aroq, ikkita kon’yak, yigirmata «Koka-kola», ikki kilo son goʻshti, uch kilo biqin goʻshti, bir kilodan jigar tayyorlab qoʻyilgani eslatilgach, 4 : 1 hisobida toʻxtalishdi. «Yumalabtepar» bachalarining kayfiyatlari sal pachoqroq boʻlib turgani uchun ular urishlari lozim boʻlgan toʻpni ham «Toʻrteshar» himoyachisi oʻz darvozasiga kiritadurgʻon boʻladir.

Ha, aytmoqchi, «gʻalatfutbol»ning asosiy talabini aytmabman-ku? Talabga koʻra, har bir futbolchi bachada alohida-alohida qoʻl telponi boʻlishi shart. Chunki oʻyin paytida toʻpni kimga oshirsam ekan, deb bosh qotirib oʻtirmaydi. Masalan, darvozabon toʻpni qoʻliga olib, maydonga koʻz tashlaydi. Qarasa, chap qanotdagi yarim himoyachi boʻshroq turibdi. «Yoʻq, unga oshirmayman, kechagi oshda mening oldimdagi ustixonni urib ketgan edi», deb oʻylaydi. Oʻng tomondagi yarim himoyachiga qarasa, bechoraning ahvoli nochorroq koʻrinadur. Chunki kecha qovunning ustidan «Fanta» otliq sariq shirin suv ichgon erdi, har nechuk, nafsining bu oʻyuni endi qorin ichinda samara berayotgandur? Shunday toʻxtamga kelmish darvozabon oʻzidan hiyla uzoqroqda boʻlmish markaziy hujumchiga telpon qiladi:

«Akaxon, qalaysiz, charchamadingizmi? Toʻpni sizga oshirsam qabul qilib olasizmi?»-deb soʻraydir.

«Mendan boshqa oʻyinchi qurib ketibdimi? Ana, trenirning jiyaniga uzat, doim tayyor oshga bakovul boʻlib turadi. Umuman, menga boshqa tilpon qilma. Menga hozir xotinim telpon qilishi kerak», deb javob beradir hujumchi. Darvozabon chap qanot hujumchiga telpon qiladir. Telpon tushmagurdan bir jononning «Abonent hozir odamgarchilik doirasidan tashqarida», degan juvobni eshitgach, achchigʻi chiqib, toʻpni shart yerga qoʻyadir va ustiga oʻlturib oladir. Tilining tagiga nos tashlab, beburd oshnalarini soʻkadir.

«Nos qayoqdan keldi?» deysanmi? «Gʻalatfutbol»ning talabidan ikkinchisi shu-da. Darvozaning ortida bir xalta nos turmasa, hisobmas. Hakamning basharasiga nos tupurib yubormaslik uchun toʻp tepayotganida nos otmasa bas, boshqa payt ogʻzini toʻldirib olsa ham, birov birnima demaydi.

Darvozabon toʻpning ustiga oʻtirib olgach, hakam «boyaqishlar charchabdi, mayli bir dam olvolishsin», deb «Yumalabtepar»ning joʻraboshisidan ikki chekim nos olib, otvoladi. Shu payt joʻraboshining telponi jiringlab qoladi. Qulogʻiga tutib «alyo», desa oʻzining oshnasi - «Toʻrteshar»ning joʻraboshisi.

«Nimaga gʻoʻddayib turibsan? Darvozaboningga ayt, toʻpni tepsin. Besh minutdan keyin oʻyin tugaydi, biz hali senlarga yana ikkita urishimiz kerak», -deydi jigʻibiyron boʻlib.

«Hovliqma, hakam akamizdan iltimos qilamiz, oʻn minut qoʻshib beradilar», deydi bunisi.

«Esing joyidami? Vaqtni choʻzsang, u yoqda osh lanj boʻlib ketadi. Ikki minutda ikkitani uraylig-u akang hushtagini chalib, oʻyinni tugataversin», deydi unisi.

Shunga kelishadilar-da, bunisi darvozaboniga telpon qiladi:

«Vey, hebbim, tuxum bosmay, tur oʻrningdan, yana ikkita oʻtkazib yuborishing kerak. Anqayma!»

Joʻraboshi hakamga ham telpon qilib qoʻygʻonida, hakam hushtak chalib, darvozabonni ogohlantirmoqchi boʻladir. Lokigin, ogʻzidagi nos hushtak teshigini berkitib qoʻyib, qoʻli bilan ishora qilib qoʻya qoladir.

«Gʻalatfutbol» oʻyinidin soʻng qanday voqealar sodir boʻlgʻonin sen soʻrama, men aytmayin. Sen bir narsani bilib olsang yetarli: «Gʻalatfutbol» mavsumida «Yumalabtepar» qoʻmondasi hozirgi qoʻmondalargʻa oʻxshab ovora boʻlub, daydub, hasratlar chekub, oʻttiz oʻyun oʻynamaydurlar. Ulargʻa uch yoinkim toʻrt oʻyun kifoya erur.

Sen bu gaplarimni qogʻozga tushurub, gaznitga eltma. Buni qoʻllanma qilib yozasan. Futbol fetrasiyasidagi amaldorlar manim bu kashfiyotimni eshitib, yigʻlab yubordilar. «Bizarning ham koʻkragimizga oftob tegaturgʻon kun kelarkan-ku!» deb shodlanmishlar. Sen qoʻllanmani yoz, men tasdiqlab beraman. Tushundingmu?