OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Tohir Malik. Oltin baliq (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiOltin baliq (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oltin baliq (hajviya)
Tohir Malik

«
Baliqchining toʻridan tushib qolgan hangoma
»

Bulutsiz osmonda bir chaqin chaqdi-yu Yoʻqqulobodda aql bovar qilmas ishlar boshlanib ketdi. Hayratomuz voqealar avvaliga oʻrmonda boshlandi: tulkining ishqi filga tushdi. Fil esa toshbaqani sevib qoldi. Qargʻa «begonaga uylanmayman, xotin qarindoshdan boʻlsin», deb bulbulga koʻngil qoʻydi. Chuvalchang ilonning sovchilarini haydab chiqardi. Eshak otga uylandi-yu ertasigayoq uning yoli bilan dumini qirqtirib tashladi. Maymun qoplonga uylanmoqchi edi, kindigini ochib yurishga koʻnmagani uchun undan aynidi...

Oʻrmonda shunday gʻalat voqealar sodir boʻlayotganda teshik togʻorani yostiq qilib yotib olgan Yalqqul pashsha qoʻrish bilan ovora edi. Bechora yana nima qilsin? Yomgʻir chogʻi chakka oʻtishi hisobga kirmasa, binoyidek uyi bor. Darz ketgani inobatga olinmasa, qozon-tobogʻi ham yoʻq emas. Olov nimaligini esdan chiqarib qiyshayib qolgan tandiri ham mavjud.

Yerliklar lafzida «Bekorchidan Xudo bezor» degan maqol bor. Yoʻqqulobodliklarda bu sal boshqacharoq yangraydi: «Bekorchi choldan kampiri bezor». Bekorchini Xudo kechirishi yoki holi qoʻyishi mumkindir-u, biroq, bekorchi cholni oʻz holiga qoʻyadigan kampir oʻn sakkiz ming olamning besh ming yillik tarixida ham yoʻq. Shunday boʻlgach, Yalqqul qancha vaqt yalpayib yotishi mumkin? Har nechuk bir uyquni olishga ulgurmay, kampirshoning ovozi yangrab qoldi. Bu yangroq ovozning nimalarni bayon etganini batafsil bayon etmoqqa qalam ojiz. Yarim soat yangragan ovoz yerliklar tiliga oʻgirilsa, tahminan bu mazmun hosil boʻlur: «Sizga tekkuncha itga tegsam boʻlmasmidi. Hatto it ham uyiga bitta suyak koʻtarib keladi...» Bunaqa dadil gapni Yerda aytish mumkin, Yoʻqqulobodda bechora xotinlar bunday deyishga jur’at qilisholmaydi. Chunki qarindoshga tegish qat’iyan man etilganini hammalari yaxshi bilishadi. Xullas, yarim soatlik debochadan soʻng kampirsho Yalqqulga toʻrni olib, baliq ovlab kelishga amr etdi. «Xotin amri – vojib!» boʻlgach, Yalqqul dodini kimga aytsin? Bir paytlar baliq tutuvchi toʻr boʻlib yaralgan, endi esa chirib, uzulib, uvadaga aylangan matohni sudrab dengiz boʻyiga bordi. Suv tizza boʻyi boʻlgach, toʻrni tashladi. Bir ozdan soʻng dengiz mavjlanib, Yalqqulni hayrat olovi chulgʻab oldi. Avvaliga qochmoqchi edi, lekin uvada holidagi toʻrini tashlab ketishga koʻngli boʻlmadi. Toʻrni tortgan edi... Vo, ajab! Bir baliqcha... Baliqcha boʻlganida ham naq oltin baliq! Tipirchilaydi-yu biroq, toʻrdan chiqib ketgisi kelmaydi.
— Hoy nodon,-dedi Yalqqul,-bu toʻrning teshigidan timsoh ham qutilib ketsa boʻladi, sen nega qochmaysan?
— Toʻrdan-ku, qochib ketarman, akaxon, ammo taqdirdan qochib ketib boʻlmaydi-da. Taqdirimda shu toʻrga tushish, sizga sidqidildan xizmat qilish bor ekan.
— Voy, nodon-e, menga qanday xizmat qilishing mumkin?
— Koʻnglingiz nima istasa shuni, tilang tilagingizni?

Yalqqul qanday tilakni soʻrasam ekan, deb oʻylab oʻtirmadi. Kampiri har kuni togʻoraning teshikligidan nolirdi «Qoʻlingdan kelsa, yangi togʻora olib bera qol», dedi. Oltin baliqcha «uyingizga boravering, tilagingiz amalga oshdi. Yana xizmatim lozim boʻlib qolsa, shu yerga kelib chaqiring», dedi-yu, toʻrning teshigidan oʻtib gʻoyib boʻldi.

Yalqqul bu moʻ‘jizaga bir ishonib, bir ishonmay uyiga qaytib, qarasaki, hovlida yap-yangi togʻora oftob nurida jilvalanib yotibdi. Kampirsho esa unga hayratlanib qarab turibdi. Yalqqul boʻlgan voqeani unga aytdi-yu qoldi baloga:
— Hoy, miyasi achigan chol, kelib-kelib togʻora soʻraysizmi?!-deb naq toʻqson olti daqiqa javrab bersami! Toʻqson yettinchi daqiqaga yetganda malomat toshlari tugab, amr etildi:-Boring, baliqchangizga ayting, bu kulbada men bit boqib yashashni istamayman, saroy koshonasida umr kechirishni xohlayman!

Yalqqul bordi. Oltin baliqchani chaqirdi. Tilagini aytdi. Kampir amri bajo keltirildi. Biroq, iziga qaytishi bilan kampirsho uning «miyasi achigan chol» ekanini eslatib, yangi istagini bildirdi: malika boʻldi! Soʻng unga saroy xazinasidagi boyliklar kamlik qilib buyurdi:
— Dengiz ham mening hukmimga boʻysunishi kerak. Oltin baliqchangga borib ayt: bugundan boshlab u menga soliq toʻlasin!

Yalqqul bu amrni yetkazgan edi. Oltin baliqcha chuqur oʻyga toldi. Soʻng birdaniga gʻoyib boʻldi. Yalqqul qarasa, dengiz mavji soʻnib qolibdi. Uvada toʻri esa sohilda yotibdi. U ajablangan holda toʻrini sudrab uyiga qaytdi. Qarasa, saroy ham yoʻq, malika ham yoʻq. Oʻsha oʻzining vaysaqi kampiri teshik togʻoraga hayrat bilan qarab turibdi.

Bu ajabtovur voqeani Yoʻqqulobodda birov bildi, birov esa bexabar qoldi...