OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Tohir Malik. Pajaliska (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiPajaliska (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Pajaliska (hajviya)
Tohir Malik

Yozgʻuvchiga maktub

Kaminani yoʻqlab onda-sonda boʻlsa-da, maktub kelib turadur. Televidenie idorasidagi muhtaram muharrirlarning iltifoti va himmati ila oʻzbek tiliga doir mumammolar xususida berilmish bir koʻrsatuvda ishtirok etib edim. Ne baxtki, bul suhbat tomoshabin oʻrtoqqa ma’qul tushib, u zoti muhtaramning kichkinagina maktubiga arzibmiz. Ijozatlari ila mazkurni e’tiborlariga havola etsam.

Birinchi maktub budir:

«Xoʻrmatli okaxonla, bugun bayram bahonasida besh-olti ogʻayni kampaniya boʻlib baldet qilib oʻtiruvduk. Uzbekskiy til haqidagi peredachani koʻrduk. Nishtyak gaplarni etdiyla. Noʻ, bir bratan gapirganda quloqqa lapsha osdi. Vaabshe qoyil emasmiza unga. Hozir oʻzbek tili gosudarstvenniy tilga polniy oʻtgan-ku? Hammamiza chistiy oʻzbekcha gaplashishimiza kerakmi, abezatelniy kerak. Man bunaqa boltunlarni savsem yoqtirmiyman. Oʻsha boltun bratan «tramvayga oʻtirduk», deydi. Bizani predkalarimiza «tramvay» deyishmagan, oʻzbekchasiga «koʻnka» deyishgan. Oʻzbekchani chereschur yaxshi bilmasang, nima qilasan gapirib, odamlarni nastroeniyasini buzib. Pachti hammamiza shu mneniyadamiza. Hammamiza patriot boʻlishimiza kerak. Yesli hammamiza vse kak odin chistiy oʻzbecha gapirishga oʻtmasak, ming staratsa qilayluk, hamma ishimiza kapeyka boʻlib qoladi. Man oʻzbek tiliga toʻst etdim. Hamma oʻzbek tili uchun bir ryadda boʻlishi kerak, orada bittayam mesta svobodna qolmasin, dedim. Hamma do dna ichdi. Silayam bizani padderjka qilasila, deb podpisimni qoʻydim. Man Krasniy most kvartalidagi domda turaman. «Radji zolotoy» desayla, hamma tochna koʻrsatib beradi. Oq bryuk bilan pozalochenniy ochki taqib yuraman. Bilagimda tsigankalardan olgan brasletim ham bor. Boshpurt boʻyicha Rajabtilla Karimtillaevichman. Gapimni yana bitta dobavkasi bor: sila bilan otdelna oʻtirib, otdushi gaplashmoqchiman. Soglasna boʻlasila, silaga neudobna boʻmidi, degan mneniyadaman. O, keymi? »

Dilni oʻrtab yuborguvchi bu maktubga javobimiz tayin:
-Nima ham derdik, pajaliska deymiz-da...

Ikkinchi maktub budir:

Xoʻrmatli okaxon, pocherkim choʻ-ta sizga znakomiy boʻlsa kerak. Oldin ham sizga yozganman. Man har kuni televizorda astrologicheskiy prognozni eshitaman. Choʻ-ta chistiy oʻzbekcha prognozlar boʻlmaydi. Koroche, mandayam astrologicheskiy danniylar bor. Biotoklarim bor. Buni Toporikdan soʻrasangiz u tochna podverdit etadi. Uning nastoyashiy oti Boltavoy. Biza kulturniy qilib, Toporik deymiza. Shu Toporik boshqalar bilan ichsa, ikki butilkaga ham kayfi oshmaydi. Men bilan chetvertak ichsa ham baldet qilib qoladi. Biotoklarim moshniy-da! Koroche, yangi yilni vstrechat qilib oʻtiribmiza. Hamma ertaga qanaqa sluchaylar boʻlishi mumkin deb bashkasini qotirib oʻtiradi. Oʻzbek okaxonlarga chistiy oʻzbecha prognozlar kerak. Shu prognozni aytishga oʻzim staratsa qilmasam, boshqa patriotlar yoʻqqa oʻxshiydi.

Endi, mana, otdixdan keyin ponedelnik boshlanadimi? Muchali it boʻlgan bratanlar uchun bu ogʻir kun schitatsya qiladi. Chunki ponedelnikda xoʻjayinlar sobachiy nastroeniyada boʻlishadi. Po etomu ishga zaranee borish kerak. Toʻgʻri, ish boʻri emas, oʻrmonga qochib ketmaydi, no zato nachalnik zver, degan poslovitsa bor. Ponedelnikda magnitniy burya boʻlmaydi. Boshingiz ogʻrisa, dori-pori ichmang. Peshingacha ishga skvoz paltsa qarang. Ikki kunlik otdixdan keyin srazu ishga kirishish durnoy privichka boʻladi. Obedgacha u yoq bu yoqdan baltat qilib, obetda biron molodoyni supermarketga chiqaring. Pivomi, vinomi topib kelsin. Ponedelnikda vodka ichmang. Vodka jeludkaga ogʻirlik qiladi. Jeldukasida yazvasi bor bratanlar azgina spirt ichib yubora qolsin. Ponedelnikda xoʻjayinlarning zasedaniyasi koʻp boʻladi. Shuning uchun obeddan keyin ham ishlamang. Kechqurun pivnushkada zakuskasiz yuzta-yuzta qilib, po domam ketish kerak. A to xotinlar teringizni shilib, sosiska qiladi.

Vtornik kuni delovoy partnerlar bilan vstrechani obeddan bir soat oldin naznachit qilish kerak. Shunda ish ham bitadi, obed puli ham yonga qoladi. Obedgacha boʻlgan vstrechada ishning yarmini dogovoritsa qilib, qolgan polovinasini kechga oʻtkazsangiz, ujin ham ekonom boʻladi. Ujinda shampan ichmang, jeludkaning kislotasini oshirib yuboradi. Agar delovoy partnerning karmoni bitiy boʻlsa, do pobednogo kontsa konyak ichavering. Yazvangiz boʻlsa ham qoʻrqmang, «tekin konyak organizmni chistiy qiladi», degan poslovitsa bor.

Sreda kuni qizlar bilan svidanie naznachit qilishga udobno boʻladi. Svidaniyani obeddan keyinga naznachit qiling. Qiz aqlli boʻlsa, ujingacha uyiga ketadi. Shunda ortiqcha rasxod boʻlmaydi.

Chetverg kuni ostorojnaroq boʻlasiz. Sizni obedgacha neudacha kutadi. Obeddan keyin esa ishingiz nishtyak boʻladi. Agar chetverg kuni ishingiz nishtyak boʻlolmasa, pyatnitsada nacheku turing. Siz shu kuni dobriy odamlar bilan stolknutsya etasiz.

Subbota, vixodniy kunlari ishga borilmaydi. Delovoy partnerlar bilan ham uchrashmaysiz. Mening prognozimni mazza qilib eshitib, otdixat qiling. Prognozimning davomini keyin yana otpravit qilaman.

Izoh: Ajabki, boshqa maktub olmadik. Uzunquloq gaplarga qaraganda, doʻstimiz Rajabtilla, ya’ni Radji Zolotoy endi mister »Radji Gold» imzosi bilan chistiy ingliz tilida yaponiyaliklar uchun «prognozlar» yozayotgan emishlar. Omadlarini bersin.