OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiPuldan olsinlar, marhabo! (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Puldan olsinlar, marhabo! (hajviya)
Tohir Malik

«
Sariq chaqaga arzimaydigan hangoma
»

Biz yashayotgan sayyorada elning ogʻziga elak tutib boʻlmaydi. Puldan gap ochilguday boʻlsa, mahmadonalardan biri Shvetsariya banki yaxshi deydi, boshqa birovi Londonniki deydimi-ey... Kim Yoʻqqulobodga borib kelibdi, bu safsatalarni balchiqqa uloqtirib tashlashi aniq. Shvetsariya bankasini maqtaydiganni surishtirib kelsang, oʻzining yonidan toʻrt tanga chiqmaydi-yu orzu umidi osmoncha bor. Xudo unga besh-oʻn dollar bersa-yu yugurib borib pulini oʻsha Shvetsariya bankasiga qoʻyib kelsa-da, oʻsha puli bolalab yotaversa, koʻpayib ketaversa. E, orzu-umidingga pashsha qoʻngur, banka deganlari tugʻruqxona emas, deb yuborging keladi. Xoʻp, mayli, deylik, banka pulning tugʻrugʻxonasi. Sening puling homilador-u, bankaga tushishi bilan tugʻib beradi. Shunaqami? Voy, oʻsha ikkiqat pulingdan aylanay, ammo tugʻadigan paytida Xudo koʻrsatmasin-u lekin bola oyogʻi bilan kelib qolsa, yoinki qon bosimi oshib ketib bitta tomirchasi uzilib ketsa, tamommi? Ikkiqat pul ham asfalasofilinga joʻnavoradimi? Shunaqa boʻlgandan keyin uzoqni orzu qilmagan ham durust. Uzoqdagi bugʻdoydan yaqindagi somon yaxshi deb bekorga aytishmagandir. Men Shveytsariya bankasi qanaqaligini bilmayman-u ammo-lekin odamga xolis xizmat qilmasov. Oʻzing ikki tanga oladigan boʻlsang ham yugurib borarsan, birovga bir tanga hadya qilaman, desang ham ovoragarchilik. Shunaqa boʻlganidan keyin men aylanib ham, oʻrgilib ham oʻzim guvoh boʻlib kelgan Yoʻqqulobod bankasi zoʻr, deyman. Yoʻqqulobodda dongʻi ketgan tadbirkorlarni shu banka yorlaqamasa, kim qoʻllab-quvvatlaydi?

Bilib kelganlarimni shoshilmasdan aytaymi? Tadbirkor deganlari ish yuritaman, deb qarz soʻradimi? Bank berdimi? Ha, endi ozgina ovoragarchiligni aytib, gina kudurat qilish bu - nomardning ishi. Ozgina hadya bergan boʻlsa bergandir, endi shuni minnat qilib, bayroq qilishi kerakmi? Bu Yoʻqqulobod uchun isnod emasmi! Bankdagilar ham hadyani olib, qoʻl qovushtirib turishgani yoʻq, qaytaradigan foizini picha kamaytirib berishdi, baraka topgurlar. Xoʻsh, ozginagina hadya hisobiga kim oʻsha Shvetsariyada bir ishni pishita oladi? Garov oʻynayman, agar siz pishitib kela olsangiz, meni naq istagan bankangizning peshtoqiga osib qoʻya qoling.

Yoʻqquloboddagi korxona, Xudoga shukur, ishlab turibdi. Pul bankaga tushib turibdi. Bankaga tushgan pul ishlab turibdi. Ammo tadbirkor borib, ovorai sarson boʻlmaydi. Mana, shu kichkina shaharchaga futbol komandasi kerakmi? Kerak! Komandaga pul kerakmi? Kerak! Pulni kim beradi? Tadbirkorga oʻxshagan hotami toylarda! Ammo bankaga borib, futbol komandasiga buncha pul oʻtkazing, deb yalinib yurmaydi. Qalbidan oʻtganini bankaning oʻzi sezib, keragicha pulni oʻzi oʻtkazib yuboraveradi. Toʻgʻri, kechagi oyga pul olishmabdi. Tadbirkor ajablanib surishtirsa, oʻtgan yili kuzda bu futbol komandasi tarqab ketgan ekan. Bu ham bir taqdir-da! Eshitishicha, bu tomonlarga zoʻr bir teatru kelib tomosha koʻrsatar ekan. Shunga ham pul oʻtkazish kerakmi? Kerak. Lekin tadbirkorning oʻzi borishi sira shart emas. Pul allaqachon hisobidan olingan. Agar oʻsha teatru tarqab ketmasa biron yil kelib tomosha koʻrsatib ketar? Bu ham bir savob ish-da. Endi savobning xoʻrozi oldinda turibdi. Yaqinda Yoʻqqulobodda bir millioninchi eshakning tugʻilishi munosabati bilan katta bayram boʻlar ekan, tadbirkor nomardmi-ki, chetda tursa?! Bankaga rahmat, uni «puf sassiq», deb chetlatmay, hisobidan besh-oʻn tanga boʻlsa ham ayirib olibdi. Lekin yoʻqqulobodliklar orasida ham noshukurlari bor ekan. «Banka nimaga maoshga pul bermaydi?»-deb noliydiganlari ham uchrab turarkan. Shunaqalarga qarab: «E, nodon, sabr qil, savob ishlar qilib olinsin , keyin bu yogʻi taralla bedod-da!»-deb yuborging keladi.