OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiSatira teatri, qaydasan? (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Satira teatri, qaydasan? (hajviya)
Tohir Malik

«
Bu hangomaga ishonganlarga besh ketmadim
»

Betqul Tilqul bilan bahslashib qoldi. Betqul hech qachon osmondan olib gapirmaydi. Koʻrganini yo eshitganini gapiradi. Tilqul esa, juda-a eshshakday boʻlmasa ham, sal qaysarroq. «Ishonmayman» deb turaveradi. Mana, kechagi gap: Betqul «Kengqosh shahrida satira teatri bor», desa Tilqul «Yoʻq»,-deydi. Betqul «Kengqoshga borib kelganlardan oʻz qulogʻim bilan eshitganman», desa ham «Ishonmayman»,-deydi. Yana aytadiki: «Satira nima degani? «Hajv qilish, biror nimani tanqid qilish», deganimi? Bizning Yoʻqqulobodimizda nimani tanqid qiladi? Kimni hajv qiladi? Hayotimiz goʻzal boʻlsa, hamma yoq «oʻyna yor, oʻyna» boʻlsa!» Betqul Tilqulning bu gapiga ham qoʻshiladi. Lekin satira teatri borligini eshita turib, qanday qilib «yoʻq» desin? Hullas, bahs garovga aylandi. Xulosa shu boʻldiki: Betqul Kengqoshga boradi, oʻsha teatrni topadi, teatrning afishasi yonida biror artisti bilan suratga tushib qaytadi. Ana shunda Tilqul bitta mastava qilib beradi. Betqul palov talab qiluvdi, Tilqul yutqizishdan choʻchidimi, har holda «bitta teatrning bor yoki yoʻqligi palovga arzimaydi», deb uning shashtini qaytardi. Betqulning xotini esa «esingiz joyidami, bitta mastava deb Kengqoshga borib kelasizmi?» deganicha javrab qolaverdi.

Betqul surishtirishni poezddayoq boshladi. Tushgan bekatida davom ettirdi. Birov bilaman, demaydi-ya! Hayriyatki, ikki kishi qachondir shunaqa teatr borligini eshitgan ekan. Shu iqrorning oʻzi Betqulning koʻngliga chiroq yoqdi. Surishtirishdan charchamadi, uchinchi kuni kalavaning uchini topdi. Kengqoshday shahri azim boʻladi-yu ikki million odamning ichida satira teatri borligini biladigani topilmaydimi? Topildi! Hatto tarixini ham sal-pal bilarkan. Aytishicha, satira teatriningg tashkil boʻlganiga yigirma yil boʻlibdiyov! Oʻsha baraka topgur manzilni aytuvdi, qidirib topdi. Shundaygina kungirador bahaybat kinoxonaning roʻparasida, biqinida restoran ham bor ekan. Ammo binoning peshonasiga «Satira teatri» deb emas. «Yoʻqqulobod muxbirlari markazi» deb yozib qoʻyilibdi. Betqul ancha kalovlandi. Oxiri «Ehtimol tomoshaxonanang nomini shunaqa deb oʻzgartirishgandir» degan xayolda ichkariga qadam qoʻydi. Qarasa, ellik yoki yuz chogʻli odam aylana stol atrofida oʻtirib, biri olib, biri qoʻyib gapiryapti. Betqul bular artistlarmi, desa ba’zan chapak chalishadi. Tamoshabinlarmi, desa gaplari sal gʻalatiroq. Ammo bir-ikkitasini televizorda koʻrgan edi. Ularning gapiga nima uchun tushunish qiyin desa, artist ekan-da, a? Betqulning «ba ayni teatru ekan-u lekin nima uchun pulsiz, tekinga tamosha koʻrasatisharkan?» deb angrayib turganini koʻrgan bir odam «nima qilib turibsiz?» deb soʻradi. Betqul maqsadini aytuvdi, u odam hafsalasini pir qildi: bu yer satira tomoshaxonasi emas, gapxona ekan. Satira teatri boshqa joyga koʻchibdi. Betqul ishonmovdi devordagi e’lonni koʻrsatdi. Betqul hali unga e’tibor bermagan ekan, hijjalab oʻqidi: «Bor narsani yoʻq deyishda mahmadanalarning roli». Betqul «roli»degan soʻz teatrda boʻlguvchi edi, desa ham, haligi odam uni chiqarib yubordi. Betqul yarim yoʻlda ortga qaytib, bitta mastavaga tushadigan ahmoqlardan emas. Satira teatrining yangi joyini qidirdi. Oxiri topdi! Satira teatri bolalar bogʻchasiga joylashgan ekan. Betqul avvaliga ishonmadi. Bogʻcha ahvolining oʻzi hajviy tomosha boʻlsa kerak, deb oʻyladi-yu Tilqulning «Bizda tanqid qiladigan yomon ahvolning oʻzi yoʻq», degan gapini eslab, fikridan qaytdi. Bogʻchadagilardan surishtirsa, chindanam teatr shu yerda ekan. Bir-ikki artistlari ham bormish, direktori ham bormish. Mana shunisi zoʻr boʻldi! Direktor boʻlgandan keyin muhr boʻladi, muhr boʻlgandan keyin teatr boʻladi-da! Teatrning tomosha koʻrsatadigan binosi, sahnasi boʻlmasa nima qilibdi! Yigirma yilda bitta tomosha koʻrsatmaganni childirma chalib, ovoza qilish shartmi! Hajv qilishga arzirli gap yoʻqdir-ki, tamosha koʻrsatishmagandir.

Betqul bita-yarimta artisti kelib qolsa, shu bogʻchada boʻlsa ham suratga tusharman, deb ikki kun kutdi, boʻlmadi. Tarvuzi qoʻltigʻidan tushib qaytdi. Ammo yutqizganini tan olmadi. Tilqul ancha surishtirdi oxiri: «Xoʻp, oʻsha satira teatri bor boʻlsa, oti nima ekan?»- deb soʻradi. Betqul bu savolsiz ham toʻlib turgan edi, tiliga kelganini qaytarmadi: «Bedaning uyi yoʻq, qayga borsa pidpildiq!»-deb qoʻya qoldi.