OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Tohir Malik. Temir odam (hajviya)
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiTemir odam (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Temir odam (hajviya)
Tohir Malik

«
Choʻntakda asralgan hangoma
»

Nasrquldan soʻrashibdi: «Xudo odamni loydan yaratgan ekan, somon ham qoʻshganmikin?» U javob beribdi: «Qoʻshgan, qoʻshmagan boʻlsa odam bu dunyo tashvishlariga chidolmay, yorilib ketgan boʻlardi». Bu bir latifa. Ammo Jazqulning fikricha, boshqalar loydan yaralgan boʻlsa ham Yoʻqquloboddagi oʻqituvchi zoti temirdanmi yo betondanmi yaralgan boʻlishi kerak. Qirq yil maktabda muallimlik qilgan Jazqulning, oqibat, topgan falsafasi shu boʻldi. Bilmaganlar derlarki, maktab bolalari shoʻx va bebosh, oʻqituvchining asablarini qiyma-qiyma qilib tashlashadi, ularga chidash uchun odam temirdan boʻlishi kerak. Jazqul bu gapga qoʻshilmaydi. Bolalarning shoʻxligiga chidamoq uchun odam balchiqdan yasalsa ham boʻlaveradi, yorilmaydi.Tunovinda maorif mudirining oʻzi kelib, Jazqulning sinfini bir koʻzdan kechirdi. Sinf tokchasida turgan Janubiy Yoʻqqulobod xaritasiga koʻzi tushdi-yu tutoqib ketdi. «Tevosqul davrida chiqarilgan xaritadan foydalanilmasin», degan buyruqqa itoat etmagani uchun Jazqulni bolalarning oldida bir pul qilib tashladi. Jazqul «baraka topgur mudir ukam, yigirma yil oldin ham Yeraziliya shu yerda edi, hozir ham joyida turibdi», demoqchi boʻldi-yu, ammo indamay qoʻya qoldi. Ana oʻshanda bilmaganlar uni «temirdan yasalgan, yorilmadi-ya!» deyishdi. Jazqul esa «be, shunga ham temirdan boʻlish shartmi, bunaqa paytda odam plastilindan yasalishi kerak», deb qoʻya qoldi. Bilmaganlar, «oʻqituvchilar dars berishga chidashadi-yu dastyorlikka chidashlari qiyin», deyishadi. Jazqul bu gapga ham qoʻshilmaydi. Axir dastyorlik koni savob-ku! Mana, saylovga tayyorgarlik jarayonida uyma-uy yurish, roʻyxatga olish ham ogʻir ish ekanmi? Haq toʻlashmasa, toʻlashmas. Agar xojalar hurmat qilishmasa, ishonch bildirishmasa, shu ishlarni buyurisharmidi? Buning uchun odamning temirdan boʻlishi shart emas, loyqa suvdan yasalsa ham boʻlaveradi. Bir marta qaysi bir idoraga qishloqdagi chuvalchanglarning soni kerak boʻlib qolibdi. Yana boshqa idoraga echkilarning roʻyxati. Yana bitta idoraga homilador xotinlarning roʻyxati kerak boʻlibdi. Shu topshiriqqa kelganda Jazqul sal qiynaldi. Roʻyxatni olib, topshirgunicha homilador xotinlarning yarmi tugʻib qoʻyib, roʻyxatni ikki marta yanglishga majbur boʻldi. Temirdan yasalmagan boʻlsa ham gʻing demadi. Bolalarni fermer xoʻjaligiga chopiqqa olib chiqayotganda xotini «oʻzingizning tomorqangizga qachon qaraysiz?» deb javrasa ham yorilmadi. Nomini kimdandir eshitgan, oʻzini esa koʻrmagan gazeta obunasiga maoshidan ushlab qolishganda ham, qishloqning yaqiniga yoʻlamagan tsirk tamoshasi uchun chegirib qolishganda ham yorilmadi. Buning uchun odam temirdan yasalgan boʻlishi shart emas, chang-toʻzondan yasalsa ham boʻlaveradi. Yil yakunlanayotgan chogʻi oʻquvchilarini baholayotganda bir ishbilarmonning oʻgʻli, dabdurustdan stoli ustiga beli sinmagan pulni qoʻyib «Ustoz, bizda ham nomus bor, «uch» bahoni toʻrtga aylantirib qoʻying», deganida ham yorilmadi. Buning uchun ham odamning temirdan boʻlishi shartmas, chirigan qogʻozdan yasalsa ham boʻlaveradi.

Ammo... har narsaning chegarasi bor. Jazqul «Bu yil xojalarning koʻchalarini tozalashga maktab oʻqituvchilari jalb qilinmas emish», degan yangilikni eshitdi-yu chidolmay qoldi. Bu yangilik unga kamsitish boʻlib koʻrindi. Xojalar oʻqituvchilarga ishonmay qoʻyishgandirki, shunday qaror chiqarishgan. Mana shunaqangi adolatsizikka chidash uchun odam albatta temirdan yasalgan boʻlishi kerak. Nima dedingiz?