OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiTeskari koʻzlar(hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Teskari koʻzlar(hajviya)
Tohir Malik

«
lofchining lippasidan tushib qolgan hangoma
»

Qanday shamol uchirdi, Alqul bilmaydi. Lekin koʻzlarini yumib ochgunicha oʻn sakkiz ming olamning birida paydo boʻlib qoldi. U yerdagi odamlarning turqu-tarovati yoʻqqulobodliklarnikidan sal boshqacharoq: ogʻiz-burun basharaning oldida, koʻzlari esa orqada. Quloq esa umuman yoʻq. Qilar ishlari ham mutlaqo oʻxshamaydi. U shunday joy ekanki, aravalari otdan oldin yurarkan, pashshalari fillarga xoʻjayin-u sichqonlari yoʻlbars ovlab kun koʻrarkan. Alqul «Vo, ajab!» deb turganida teskarikoʻzlardan biri kelib, teskari koʻzlari bilan sinovchan boqdi-da:
— Shu yurtning tobesi boʻlib, yayrab yashashni istaysanmi?-deb soʻradi.

Yayrab yashashni istamaydigan ahmoq bormikin, bu oʻn sakkiz ming olam aro? Alqul savolga javobni oʻylab ham oʻtirmay «albatta-da!» dedi.
— Amirlardan boʻlishni xohlaysanmi?-deb soʻradi teskarikoʻz undan koʻz uzmay. Alqul: «Bekorga soʻramayotgandir, yana biron shikast yetkazib qoʻymasin», degan hadikda darrov «yoʻq» deyishga qoʻrqdi. «Amirlik qiyinmasdir, biz tomonlarda kimlar amir boʻlmadi», degan qarorga kelib «Xohlayman», dedi.
— Unda koʻrik-tanlovdan oʻtishing kerak,-dedi teskarikoʻz.
— Saylovdanmi?-deb soʻradi Alqul tushunmay.
— Saylov keyin boʻladi. Avval koʻrik-tanlovdan oʻtasan, qani yur!

Alqul unga itoat bilan ergashdi. Qarasa, bir bino atrofi tumonat odam. Hammasi quloqsiz va teskari koʻzli.
— Bular ham amir boʻlishmoqchimi?-deb soʻradi Alqul.
— Agar tanlovdan oʻta olishsa,-dedi teskarikoʻz.

Alqul «navbatim bir yilda ham kelmasa kerak», deb yuragi siqilib turuvdi, uni mehmon deb siylashdimi, darrov chaqira qolishdi.
— Sening qulogʻing bor ekan, shuning uchun qoʻshimcha saylovdan oʻtasan,- deyishdi unga.

Xullas, birinchi tanlov - eshita turib, eshita olmaslik ekan. Alqul qiynaldi. Koʻzni yumsa, koʻrmaslik mumkin. Lekin quloqni qanday berkitsin? Lekin aqlni ishlatib, ilojini topdi.
— Biz tomonlarda muttahamlar koʻp, koʻrdingmi?-deb soʻrashdi undan.

Alqul koʻzlarini javdiratganicha eshitmaganday boʻlib turaverdi. Bu savolni takror va takror, ja’mi bir yuz sakkiz marta soʻrashdi. U esa gung holini oʻzgartirmadi. Uning bu san’atidan hayajonlanishib, eng yuqori baho - oʻn ball qoʻyishdi. Ikkinchi tanlov gapirmaslikdan edi. Qizigʻi shuki, bu mamlakatning amirlari mutlaqo gapirmasliklari kerak ekan. Alqul shunga ajablanib turganida: «Poraxoʻrlikka qarshi keskin chora-tadbirlar qoʻllash kerak», deb aytgin», deb buyurishdi. Birinchi tanlovda kar boʻlgan odam endi binoyi soqov boʻlib berdi. Bir yuz sakkiz marta buyurishdi, bir yuz sakkiz marta tilini tishlab turaverdi. Keyingi tanlov osonroq ekan: bir amr loyihasi ovozga qoʻyildi. Alqul qoʻl koʻtarib, ma’qullashi kerak ekan, loyihaning yarmini ham eshitmay shart ikkala qoʻlini koʻtarib ovoz berdi. Teskari koʻzlar bunaqasini sirayam koʻrishmagan edi, qoyil qolishdi. Loyiha ming marta ovozga qoʻyildi, Alqul ming bir marta tasdiqlab tashladi. Yana ovozga qoʻyishsa, oyogʻimni ham koʻtaraman, deb turuvdi, yoʻq, shu bilan kifoyalanishdi, ish oyoq koʻtarishga borib yetmadi. Toʻrtinchi tanlov undan ham osonroq ekan. Qonun qabul qilindimi, endi chapak chalish shart ekan. Alqul chunon qarsak urib berdi-ki, imorat titrab ketdi. Atrofda amirlik umidida turganlar bu qarsak zarbidan karaxt boʻlishib, «endi bizga bu yerda non yoʻq ekan», deb tarqab ketishdi. Qoida boʻyicha ikki daqiqa qarsak chalish shart edi. Alqul «bu yogʻi koʻtara savdo boʻla qolsin», deb uch oyligini bir qilib chalib bera qoldi.

Alqul amirlar saylovidan ham oʻtdi. Ochigʻi, qanday oʻtganini oʻzi ham sezmay qoldi. Endi Alqul teskari koʻzlar olamida amirlik ayshini surib yura tursin, gapni uning Yoʻqquloboddagi qishlogʻidan eshiting: erining yoʻqolib qolganidan tashvishga tushgan xotini bir poyi teshik kalishini sudrab, uni izlayverganidan kalishining ikkinchi poyini ham teshib oldi. Nima qilarini bilmay oʻtirganida gʻoyibdan bir ovoz keldiki: «Ey Alqulning xotini! Eringdan tashvishlanma, u oʻn sakkiz ming olamning toʻqqizinchisida amirlik ayshini surib yuribdi». Xotin bu ovozga avval ishonmadi. Keyin sinab koʻrish uchun: «Amir boʻlsa boʻlaversin, lekin menga yangi kalish olib bersin»,- dedi. Gʻoyibdan kelgan ovoz buni eshitdimi, Alqulga talabni yetkazdimi, biz bilmaymiz. Bizning bilganimiz xotinga hali ham yangi kalish bitgani yoʻq. Xotin eridan ham, kalishidan ham ajrab oʻtiribdi, deyishyapti, lekin bu gapga ishonishimiz qiyinroq.