OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiUshlang, oʻgʻrini! (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ushlang, oʻgʻrini! (hajviya)
Tohir Malik

«
yuz gramm achigan lof qoʻshilgani sezilmasa kerak
»

Yoʻqqulobodda emas, oʻzimiz yashayotgan sayyorada Frantsuzlarning bir filmi boʻlardi. Undagi qahramonning uyi Frantsiya-Italiya chegarasida joylashgan boʻlib, chegara uyning qoq oʻrtasidan oʻtarkan. Ya’ni, uyning bir-ikki xonasi Frantsiyada, oshxona bilan hojatxonasi esa Italiyada ekan. Boyaqish qaerda tugʻilganini bilolmay sarson. Agar mehmonxonada tugʻilgan boʻlsa, Frantsiyalik boʻladi, onasi oshxonada tugʻib qoʻygan boʻlsa, Italiyalik boʻladi. Bu endi kulgili bir hangoma. Shunga oʻxshash hangoma Yoʻqqulobodda ham boʻlibdi.

Borqul mashinasini koʻcha chetiga qoʻyib, bozorga kirib ketdi. Chiqib qarasa-ki, mashinani oʻgʻri ochib, kichkina hamyonni olib ketibdi. Darrov polis mahkamasiga bordi. «Mashina koʻchaning chap tomonida edimi yo oʻng tomonidami?» deb soʻrashdi. «Oʻng tomonida» dedi. «Unda «Oʻngqulobod» rayonga borasiz, oʻng tomon - «Oʻngqulobod» rayonining yeri, biz «Chapqulobod» rayonmiz», deyishdi. Norqul «Oʻngqulobod» rayon polis mahkamasiga bordi. Ular deyishdi-ki: «Toʻgʻri, mashina bizning rayonda turgan. Lekin oʻgʻri «Chapqulobod» rayon yeridan oʻtib kelib, oʻgʻirlab boʻlgach, yana «Chapqulobod» rayon yeriga oʻtib ketgan. Bu ish bilan «Chapqulobod» rayon polis mahkamasi shugʻullanishi kerak.» Norqul yana «Chapqulobod» rayon polis mahkamasiga borib «Oʻng»dan eshitganlarini aytdi. «Toʻgʻri,-deyishdi ular,-ammo oʻgʻri bizning rayonda qolmagan, u «Orqaqulobod» rayoniga oʻtib ketgan. Oʻgʻri oʻsha yerda, oʻsha yerga boring.» «Orqa» rayonga borgan edi, oʻgʻrining Biqinqulobodga oʻtib ketgani ma’lum boʻldi. Borqul deganimiz gapga koʻnib, «xoʻp» deydiganlardan emas. Shart Biqinqulobodga ham bordi. Unda ma’lum boʻldi-ki, oʻgʻri Quyruqqulobodga oʻtib ketibdi. Borqul u yerga, undan Boʻksaqulobod-u, Boldirqulobodga borib, Yoʻqqulobodning jam’i yerlarini bosib oʻtib, kamiga ummonlaridan oshib, yana oʻzining qadrdon bozor koʻchasiga kelib qarasa-ki koʻchaning chap tomonida turibdi. «Chapqulobod» rayon polis mahkamasiga borib sarguzashtini aytib, yurgan yoʻllarini xaritada koʻrsatdi. Xaritani diqqat bilan koʻzdan kechirgan polisqul «Aka, sal adashibsiz, xaritaga qaraganda oʻgʻri koʻchaning oʻrtasiga kelibdi. Koʻchaning oʻrtasi esa bizning rayonga qaramaydi. U «Yonboshqulobod» rayonga qaraydi», dedi. Borqul «Yonboshqulobod» rayoniga bordi, keyin undan narisiga. Oʻjarlik ham evi bilan-da! Oʻgʻrining izidan tushib yana necha mamlakatlarni bosib oʻtdi. Yaxshi hamki, Yoʻqqulobod yumaloq shaklda barpo etilgan. Qaysi tomonga qarab yurilsa, aylanib kelib, yana harakatini boshlagan oʻsha nuqtasida paydo boʻlinaveriladi. Borqul ham shu zaylda yura-yura yana «Chapqulobod» rayoniga keldi. Mashinasini qoʻyib, uch-toʻrt qadam bosib orqasiga qarasa, oʻgʻri kalit solyapti. Borqul quvonib ketib, oʻgʻrini quchoqlab oldi. «Ogʻayni, oʻgʻirlasang oʻgʻirlay qol, faqat mashinani rayon polis mahkamasining roʻparasiga qoʻyay, oʻsha yerda oʻgʻirlagin. Meni sarson qilmagin». Oʻgʻri koʻndi. Ammo... Mayli endi qolgan sarguzashtlarni aytib boshingizni ogʻritmaylik. Siz balki «oʻgʻri oʻgʻirlagan kichkina hamyonda nima bor edi, pul kattadirki, shuncha ovora boʻlib yuribdi?» deb oʻylayotgandirsiz? Be, Borqul anoyilardan emas, pul toʻla hamyonni mashinaga qoʻymaydi. Pul hamisha yon choʻntakda, yurakka yaqin joyda. Hamyonda… tishkavlagich bor edi. Axir Yoʻqqulobodda tishkavlagichsiz yashash osonmi? Lekin gap tishkavlagichda ham emas. Bu yogʻini oʻylab koʻrishimiz kerak boʻladi.