OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Tohir Malik. Xotira (hikoya)
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiXotira (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/05/24
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Xotira (hikoya)
Tohir Malik

1

Zuhrani qargʻashdi. Sultonni la’natlashdi. Ikkovlari gʻam gʻazab toshlari bilan toshboʻron qilindilar. Mish-mish gaplar tuprogʻiga koʻmildilar.
—Ular avvaldan don olishib yurishar ekan, qochib ketishganmish...
—Voy oʻlmasam, qochib ketishganmish-a...
—Ha, qochib ketishibdi...

...kim biladi, balki toʻgʻridir...
—O'lib koʻyaqolsin, juvon oʻlgur, bolasini tashlab ketmay qora yerga kirsin. Bitta er kamlik qilibdimi?
—O'lib qoʻyaqolsin, juvon oʻlgur...
—Bitta er kamlik qilibdimi...
—Bolalarini tashlab, oʻynashi bilan qochibdimi, a?

...kim biladi, balki toʻgʻridir...
—Qornida bola boʻlib qolgan ekan, eridanmas, Sultondanmish...
—Sultondanmish...
—Bolasini oldirmoqchi ekanmi?..

...kim biladi, balki toʻgʻridir...

Bu gaplar kichkina ishxona doirasidan chiqib, shaharchaga tarqaldi. Tanishlar uchrab qolganda suhbatlari shu «yangilik» bilan boshlanib, koʻshimcha ma’lumotlar bilan toʻldirilgan holda yakunlanardi. Bir haftacha shunday boʻldi. Ezilib yoqqan yomgʻir tindi. Bulutlar tarqaldi. Quyosh yerning hovurini koʻtarib, qizdirib yubordi. Odamlar suhbatining mavzui oʻzgardi.

2

Tuman idorasidan viloyat boshqarmasiga ishga oʻtgan Sulton Zuhrani birinchi marta koʻrganidayoq unga mahliyo boʻlib qolgan edi. Oppoqqina, doʻmboqqina, charos koʻz boʻlmasa ham jonni olguday qarashi bor... Yoz kechasidagi osmon husni - hilolni eslatuvchi qoshi qop-qora... Qizga suqlanib qarab turgan Sultonning koʻzi barmogʻidagi nikoh uzugiga tushdi-yu, afsusdan nafasi qaytdi. Bir xonada ishlagandan keyin istaysanmi-istamaysanmi koʻz-koʻzga tushib turadi. Sultonga shayton «eri boʻlsa nima boʻpti, ehtimol ota-onasi zoʻrlab uzatgandir, balki eriga koʻngli yoʻqdir», deb vasvasa ham qilib turdi. Lekin Zuhraning ona ham ekanini bilgach, unga suqlanib qarashdan oʻzini tiydi. G'oyibona oshiq boʻlib yuraverdi.Juvonni har koʻrganida shayton vasvasasini boshlardi-yu, lekin uni magʻlub etishga ojizlik qilardi. Sulton yengiltak xayollari uchun oʻzini oʻzi koyiy boshlaganda esa shayton shaytonlab qolardi.

Keyingi kunlar ichi havoning avzoyi aynidi. Bir yomgʻir quyadi, bir shamol turib odamni uchirib yuboray dedi. Ba’zan esa oftob koʻrinib odamni lanj qilib yuboradi.

Bugun ertalab havo ochiq edi. Endi maydalab yomgʻir yogʻyapti. Bunaqa paytda xonada qogʻoz titib oʻtirgan ham durust edi. Ukasining qoʻngʻirogʻidan soʻng Sulton yoʻlga otlanishga majbur boʻldi. Tashqariga chiqib, mashina peshoynasiga sachragan loyni artayotganida qoʻshni bino tomondan kelayotgan Zuhraga koʻzi tushdi. Yelkasiga roʻmol tashlab olgan Zuhra uning yonidan oʻta turib, bir nafasga toʻxtadi:
—Ketyapsizmi?-deb soʻradi.
—Xoʻjayin yoʻgʻidan foydalanib Mirzabodga borib kelay,-dedi Sulton.
—Mirzabodgami?-Shunday deb Zuhra oʻylanib qoldi.-Menam borib kelishim kerak edi-ya. Dugonam bir haftadan beri kasalxonda ekan, uydan ortib borolmayapman, uyat boʻlib ketdi. Bitta dori soʻratuvdi, topib qoʻyuvdim. Ishingiz koʻp boʻlmasa dorini tashlab oʻta olasizmi?
—Tashlab oʻtishning menga ogʻirligi yoʻq. Lekin dugonangizni koʻrgingiz kelayotgan boʻlsa, birga borib kelaqoling.
—Borsam yaxshi boʻlardi-yu, lekin... xoʻjayinimdan soʻramaganman.
—Yuravering. Ish vaqti tugaguncha qaytib kelamiz. Borib-kelishga koʻpi bilan ikki soat vaqt ketadi. Yarim soat dugonangiz bilan xasratlashib olishga yetadimi? Ungacha men uyga kirib ukamning topshirigʻini bajarib chiqaman.
—Qanaqa topshiriq?
—Fizikadan test savollarining yechimini ishlab qoʻyuvdim. Ukam bu yil oʻqishga kirishi kerak. Imtihonga tayyorlash vazifasi mening yelkamda.

Zuhra bir oz ikkilanib turdi-da, Sulton taklifni yana takrorlagach, ichkari kirib paltosini kiyib chiqdi.

3

Zuhraning dugonasi derazadan tashqariga tikilib turgan edi. Uning mashinadan tushib kelganini koʻrib «kim u yigit, xushtoringmi?» deb hazillashib soʻradi. Zuhra jilmayib, hazilga hazil bilan javob berdi: «senga yoqdimi, xushtorlikka arziydimi?»

Yigit haqida boshqa gaplashishmadi. Zuhraning yoʻqolgani ma’lum boʻlib, mish-mishlar tarqalgach, dugonasi oʻsha gapni esladi. «Hazillashmagan ekanda...», deb oʻkindi. Ammo dardini birovga bildirmadi.

Sulton ukasiga savollarni umumiy tarzda tez-tez tushuntirdi. Ukasi uning hayajonini sezdi.

«Aka, shoshilyapsizmi?»-deb soʻradi.

«Shoshilyapman»,-deb javob berdi Sulton.

«Qayoqqa?»

«Bir qizning oldiga», shunday deb jilmaydi. Ukasi buni hazil deb oʻylab, u ham jilmaydi.

«Boʻlajak yangamizmilar?»

«Balki...»

Ukasi uning shunday deb xoʻrsinib qoʻyganiga ahamiyat bermagan edi. Akasi yoʻqolib, u haqda turli mish-mishlar toʻqilgan kezlari yodiga oldi. Ammo dardini birovga bildirmadi.

4

Qaytishda avval ballon teshilib qoldi. G'ildirakni almashtirguncha Sulton adabini yedi. Keyin motor hadeganda oʻt olavermadi. Sulton avtomashinani haydashnigina bilardi, uning «kasali»ga esa aqli yetmasdi. Juvonga sir boy bermaslik uchun oʻzicha motorni titgan boʻldi. Keyin yordam soʻrab yoʻlovchi mashinalarga koʻl koʻtara boshladi. Bunaqa havoda toʻxtab, birovga koʻmak berishni istovchi insof egasining topilishi oson boʻlmaydi.

Mashina shom qorongʻusida yoʻlga tushdi. Xavotir chodiriga oʻralgan Zuhra miq etmay oʻtirardi, aybiga iqror Sulton ham jim edi. Faqat «katta yoʻlga chiqib olsak, bir pasda yetamiz», deb ovuntirmoqchi boʻldi. Lekin katta yoʻlga chiqishganda quyuq tuman bagʻriga kirib, tezlashishning imkoni boʻlmay qoldi.

Shaharga boradigan keng yoʻlda qatnov siyraklashgan. Sultonning yuragi duk-duk uradi. Negadir xansiraydi. Ichini nimadir yondirayotganday boʻladi. Mashinani yoʻl chetiga olib chiqib toʻxtatgisi keladi-yu, shaytonga yana boʻyin bermaydi.

Sulton yoʻldan koʻz uzmaydi. «Anhor yaqin qoldi. Hozir koʻprik keladi. Yoʻl chaproqqa buriladi...»

Sulton moʻljalda adashdi: koʻprikka qancha borligini bilolmay kalovlandi.

Juvonga qarashga botinmaydi. Qarasa, huddi dahshat ichida qolib ketadiganday tuyuladi. Zuhra hamon jim. Boshini oynakka tirab olgan: uyga borgach, boʻladigan savol-javobni oʻylayotgandir ehtimol...

Sulton mashina tezligini oshirdi. Shu imillab yurishi boʻlsa oʻzini tutolmay qolishi mumkin. Irodasi chidash bera olmaydi. O'ng oyogʻi oʻziga boʻysunmaydi, nuqul tormoz pedalini bosmoqchi boʻlaveradi...

Tezlikni yana oshirdi.

Mashina birdan pastlikka shoʻngʻidi.

«...obbo, koʻprik tomonga burmabman-ku?!»

Sultonning xayoliga shu fikrgina keldi... Tormoz ishlamadi. Mashina qattiq-qattiq silkindi.

5

O'sha kuni Zuhralarning uyida chiroq oʻchmadi. Jajjigina Nafisa «ayajon-ayajon» deb yigʻlayverib uxlamadi.

Ertasiga mish-mish tarqaldi.

Shahardagilar bu voqeani asta unuta boshlashdi. Bahor kelinchaklik libosini yechib, oʻrnini yozga boʻshatib berdi. Yoz ham oʻtdi. «Qochoqlarning daragi chiqavermadi. Quyoshning tafti kesilib, shamol qorning isini olib keldi. Ana shunda dehqonlar anhorni tozalagani hasharga chiqishdi. Suvni toʻxtatishdi. Kimdir koʻprik yaqinida tepasi loy bosgan bir narsani koʻrib qoldi. Qarashsa - avtomashina. Hamma oʻsha yerga yigʻildi. Ichini ochishdi. Mashinaning ichida odamga oʻxshash, lekin tanib boʻlmaydigan ikki jasad bor edi.

Mashinaning raqamiga qarab, egasi Sulton ekanligi aniqlandi.

6

Shaharchada yana mish-mish tarqaldi:
—O'liklari anhordan chiqibdi...
—Qochib ketishayotganda tushib yetishganmikin?
—Kim biladi...

—Bechoralar...