OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTohir Malik
Asar nomiZamonaviy tadbirkor (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Tohir Malik
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Zamonaviy tadbirkor (hajviya)
Tohir Malik

«
Laqashiqildoq hangoma
»

Juda zarurati boʻlmasa-da, Jumqulning katta shaharga borgisi, unda mardikor yollanib ishlagisi keldi. Katta shaharning tuzini totib, mashaqqatlarini unutmagan yigitlar «borma, shoʻring quriydi. Uch kun ichida roʻyxatda turmasang, topganing nazoratchilarning tomogʻini moylashga ketadi», deb qaytarmoqchi boʻlishdi. Tabiatan qaysar boʻlgan Jumqul «besh-oʻn soʻm topib kelmasam, Yoʻqqulobodning yigiti emasman», deb qishloqdan chiqdi. U katta shaharda yurib, adablarini yeganlarning oʻgitlarini unutmadi. Oʻzini toʻgʻridan toʻgʻri mardikor bozoriga urmadi. Toʻqqiz qavatli uydan bir xonani ijaraga olgan edi. Tongsaharda turib, derazadan qarasa, bir koshonasifat, koʻrkam binoning atrofida tumonat odam. Sinchiklab qarasa, bu yer toʻyxona ekan. Erta turganning rizqini Xudo beradi, degani shu-da, deb yaxshi kiyimlarini kiyib, pastga tushdi. Toʻyga kelayotgan bir guruhga qoʻshilib, osh yeb chiqdi-yu, qorni toʻymadi. Sal nari bordi-da, bir oz sabr qilib, soʻng boshqa guruh bilan yana kirib chiqdi. Unga birov «kimsan, nima uchun yana kiryapsan?» demadi. «Kambagʻalning toʻygani - chala boy boʻlgani», deganlaridek, koʻngli ham shodlikdan yorishdi.

Mardikor bozor uzoq emasdi. Borib, mijoz kutdi. Peshinga qadar ish chiqmadi. Qorni ochgan edi, toʻyxona esiga tushdi. Umid bilan borgan edi, och qaytmadi. Shu zaylda u qorin gʻamini hal qilib oldi. Soʻrab-surishtirib, toʻyxonalarni aniqladi. Odamlar gumonsiramasin uchun bugun bu toʻyxonada, ertasiga unisiga bordi. Endi uning uchun eng muhim muammo shaharda roʻyxatda turish edi. Shaharda tanishi, qarindoshi boʻlmasa uni kim uy daftariga tirkab qoʻyardi. Ammo Xudo uning bu ishini ham oʻngladi. Mijoz kutib turgan edi, nazoratchi yigitlar koʻrinishdi. Jumqul oʻzini odamlar panasiga oldi. Nazoratchilar alanglab yurgan uch kishidan gumonsirashdimi, ulardan hujjat koʻrsatishlarini talab qilishdi. Shunda uch kishi baravariga gapira boshlashdi. Ular inglizcha gapirishdimi yo nemischami, Jumqul bilmadi. Nazoratchi yigitlar esa bir-birlariga qarab «chet ellik ekan bular», deb nari ketishdi. Muhojirdan hujjat soʻramasligini bilib olgan Jumqul «mendan talab qilishsa, chet ellikka oʻxshatib gapiraveraman», degan qarorga keldi. Shu niyatiga ham farishtalar «omin» deyishgan ekan, oʻsha kuniyoq gʻaflat bosib nazoratchilarga roʻpara kelganini sezmay ham qoldi.
— Qani, hov boyvachcha, hujjatlaringni koʻrsat-chi!-dedi nazoratchilardan biri.

Jumqul avvaliga sal dovdiradi. Keyin oʻzining «muhojir» ekani esiga tushdi. Ammo darrov bir nima deyishi qiyin boʻldi. Maktabda bir yil inglizcha, uch oy frantsuzcha, toʻqqiz oy ispancha, yetti hafta nemischa oʻqiganida biron nimani durustroq oʻrganib olmagan ekan. Lekin Jumqul koʻcha koʻrgan yigit emasmi, kinolarda eshitganlari esiga tushib, ularga tik qaradi-da:
— Xendi xox!-dedi.
— Nima deyapsan?-dedi ikkinchi nazoratchi.
— Axtung, guden tak, gud,gud,-dedi Jumqul va beixtiyor iljaydi.
— Bu chet ellikka oʻxshaydi,-dedi birinchi nazoratchi.
— Bazaren guden morgen,- Jumqul shunday deb uning qoʻlini olib doʻstona siqib qoʻydi.
— Familiyasi Morgan ekan,-dedi nazoratchi sherigiga, keyin Jumqulga qarab, oʻzini «Shoboltqul» deb tanishtirdi.
— Amerikalikka oʻxshaydi, qoʻy, indama,-dedi sherigi.

Oʻsha kuni oqshomda Jumqulning omadi kelib, bir kishi uni naq ikki oyga yollab, olib ketdi.

Ikki oydan soʻng Jumqul yana bozorda paydo boʻldi. Nazoratchi hujjat tekshirib qolarmikin, degan havotirda turdi. Qarasa, nazoratchilar boshqa yigitlar, shunda yana eski hunarini qildi:
— Xelo Jonni, o key?-dedi kulimsirab.

Nazoratchilar gapga tushunmay, bir-birlariga qaradilar.
— Akasini yoʻqotib qoʻygan shekilli?-dedi birinchisi.
— Ha,-dedi ikkinchisi uning gapini ma’qullab, soʻng Jumqulga qarab dedi:-Bozor katta, biz akangizni topib berolmaymiz.
— Somsamova Kuraosva,-Jumqul tiliga kelgan bu soʻzlarni aytib, ularga bir-bir qoʻl uzatdi.
— Familiyasi Somsamova ekan,-dedi nazoratchilarning birinchisi va oʻzini «Shoteshqul» deb tanishtirdi.

Jumqul katta shaharda xor boʻlmadi. Qorin ham toʻydi, pul ham topdi. Eng qizigʻi - «Somsamova Morgan» degan yangi nom bilan uyiga eson-omon qaytdi. Hol-ahvol soʻraganlarga gapni kalta qildi:
— Chet tillarni bilgan odam shaharda hor boʻlmaydi. Chet tilni bilsang, bor shaharga, boʻlmasa, qishlogʻingda oʻtiraver.