OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifTom Pacheko
Asar nomiXiyonatkor xotin (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Amerika adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Tom Pacheko
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonDilshodbek Asqarov (ingliz tilidan)
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Xiyonatkor xotin (hikoya)
Tom Pacheko

Mark Osborn xonasidagi kresloda oyoqlarini stol ustida chalishtirgancha oʻtirardi. U oʻzicha «agar hozir birortasi xonamga kirib qolsa mening omadli va iqtidorli detektiv ekanligimga shubha qilmaydi va bu fikri notoʻgʻri boʻlmaydi» deb oʻylardi.

Osborn endigina oʻttizga kirgan, boʻyi baland, yuz qiyofasi jiddiy va qora sochlari qalin erkak edi. u oʻzining koʻrkam ekanligini bilardi. Uch yillik faoliyatidan soʻng uning xususiy detektiv agentligi shaharda yaxshigina obroʻga ega boʻlgandi. U hali uylanmagan, lekin sevgilisi bor edi. Koʻngilga soya solib turadigan birgina narsa esa uning sevgilisi turmushga chiqqan ayol ekanligi edi.

Xona eshigining uch marta taqillashi uni xayolot olamidan voqelikka qaytardi.
-Kiring,-dedi u oyoqlarini stol ustidan tushirar ekan.

Gardishsiz koʻzoynak taqqan, bashang kiyinib olgan, sochlari siyrak oʻrta yoshlardagi kishi eshikni ochdi va ichkariga kirib keldi. Detektiv oʻrnidan turdi va tashrif buyuruvchi bilan koʻrishdi.
-Marhamat, oʻtiring. Men agentlik direktori Markus Osbornman. Xoʻsh, xizmat?-U koʻzgu oldida koʻplab marta takrorlab mashq qilgan bu soʻzlarni yarim hayajon bilan aytdi.
-Mening ismim Xarold Jons,-dedi tashrif buyuuruvchi past ovozda.-Sizni juda koʻpchilik tavsiya qildi. Mening bir nozikkina muammoim bor, eshitishimcha, sizning agentligingiz ishni judayam ehtiyotkorlik bilan olib borar ekan.

Osborn bu soʻzlarni eshitib kamtarlik bilan bosh irgʻab qoʻydi.

Osbornning yangi mijozi yuzini chetga burdi.
-Taxminimcha, xotinim menga xiyonat qilyapti, ammo bunga toʻliq ishonch hosil qilmoqchiman. Uni kuzatishlaringizni istayman... U uydan chiqqach qaerga borishini va kim bilan uchrashishini aniqlab beringlar.
-Sizga toʻliq va batafsil ma’lumot beramiz. Ma’lumot qachon tayyor boʻlishi kerak?
-Menimcha, ikki hafta bemalol yetsa kerak. Agar bu muddat kamlik qilsa uzoqroq vaqt kuzatishingiz mumkin.
-Koʻramiz... Lekin menimcha, ikki hafta yetarli.
-Yaxshi. Mana bu mening tashrif qogʻozim. Mana bu xatjildda esa xotinimning rasmi va pul bor. Sizlarning xizmatingiz bahosidan xabardorman. Qancha pul ketsa sarflayveringlar.
-Xotiningizning ismi nima?
-Kristin Enn.

Osbornning nafasi boʻgʻziga tiqilib qoldi. Kristin Enn uning sevgilisi edi. Bu kishi uning eri ekan-da. U xatjildni ochdi va oʻzini bosib olish uchun vaqtdan yutish umidida surat va chekka tikildi.

Jons uning bu jiddiyligini ishga zudlik bilan kirishish deb tushundi.
-Ishga jon-jahdingiz bilan kirishadigan odam ekanligingiz koʻrinib turibdi. Kelasi safar koʻrishganimizda menga batafsil ma’lumot berishingizga ishonchim komil. Xayr.

Markus nihoyat tilga kirdi.
-Xayr, janob Jons,-dedi u oʻrnidan turib, mijozini eshikkacha kuzatib qoʻyarkan.

Jons ketgach, Markus yana joyiga oʻtirdi. U karaxt boʻlib qolgandi. U javonni ochdi va ichidan bir shisha viski bilan stakan oldi. U viskidan quydi va ichkilik hoʻplagancha endi nima qilish kerakligini oʻylay boshladi.

Uning yangi mijozi Kristin Enning eri. «Unchalik ham koʻrimli emas ekan,-oʻyladi u.- Kristin u bilan ajrashib menga tegishni istashi bejizga emas ekan. Bundan tashqari, u meni judayam sevadi».

U mijoziga haqiqatni yetkaza olmasdi. Ammo baribir ma’lumot berishi shart.

U ishni agent Skott Palmerga topshirishga va ikki haftalik kuzatuv davomida Kristin Enn bilan uchrashmay turishga qaror qildi. Kristinning eri unga qanday vazifa topshirganini sevgilisiga keyinroq, ma’lumotni berib boʻlgach aytadi. Ular uning ustidan miriqib kulishadi.

Ikki haftadan keyin Skott Palmer, oʻz ishini chin dildan ado etuvchi yigirma bir yoshli yigit Osbornning xonasiga kirib keldi.
-Jonsning ishini nihoyasiga yetkazdim. Ertaga ertalab ma’lumot stolingiz ustida boʻladi.
-Zoʻr! Yana bir narsa. Iltimos, janob Jonsga qoʻngʻiroq qilib ertaga ertalab soat oʻnda xonamga kelishini aytib qoʻy.
-Xoʻp. Ertagacha.

Ertasiga ertalab Jons Osbornning oldiga kelganida Skott ma’lumot yozishni hali tugatib ulgurmagandi.
-Xayrli tong, janob Jons. O’tiring. Qahva ichasizmi? –dedi Osborn.
-Yaxshi boʻlardi. Rahmat.

Osborn plastik stakanga qaynoq qahva quydi, shakar va qaymoq solib Jonsga uzatdi.

Ular endigina qahvadan hoʻplay boshlashgan paytda xonaga Skott kirdi va Jons bilan koʻrishgach, xoʻjayiniga ma’lumot solingan jildni topshirdi. Osborn ma’lumotning asl nusxasini oldi va darhol mijoziga uzatdi. Ma’lumotning ikkinchi nusxasini esa teskari holatda oldiga qoʻyib qoʻydi.

Jons ma’lumotni bir tuki ham oʻzgarmay oʻqib chiqdi. U oʻqib boʻlgach, Osbornga tikildi va dedi:
-Uchta.
-Kechirasiz?
-Men shu narsadan qoʻrqqandim. Atigi ikki hafta ichida uch kishi.
-Nima toʻgʻrisida gapiryapsiz?
-Siz tayyorlagan ma’lumot. Batafsil yozilibdi. Ikki hafta ichida u uchta erkak bilan uchrashishga ulguribdi.

Osborn bu soʻzlarni eshitib bir qalqib tushdi. Ogʻzidagi qahvasi toʻgʻri oldidagi ma’lumot yozilgan qogʻozga tushdi.
-Nima? Kechirasiz,-dedi u.

U qahva toʻkilgan har bir varaqni artgancha ma’lumotni oʻqishga kirishdi.

O’qishni tugatgach, u oʻzini holsiz va goʻldek his qildi. Osborn bor kuchini yigʻib mijoziga tikildi. Mijozi esa asta soʻz qotdi:

-Dunyoda biz umuman ishonib boʻlmaydigan ayollar ham bor, shunday emasmi?